BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH
Yuklangan vaqt
2024-10-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
33,9 KB
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARINI
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Reja:
1.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik-
psixologik shart- sharoitlari, mediata’limni yo‘lga qo‘yish.
2.Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
3.Tarbiyaviy texnologiya turlari va ularning mazmuni.
Kalit so’zlar: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy,metodik,
psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish.
Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishda mediata’limni yo‘lga
qo‘yish.
Boshlang’ich ta`lim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish-
ularda tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik
texnologiyalardan
samarali
foydalanish,
shuningdek,
boshlang’ich
ta`lim
o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga
yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar
hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir:
•boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida
muayyan shart-sharoitlarni yaratish;
•boshlang’ich ta`lim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfaol metodlar
mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish;
•ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga
erishish;
•boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash;
•boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida
tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni
interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik
faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;
•boshlang’ich ta`lim darslarining samaradorligini ta`minlash.
- boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga amal
qilish asosida erishiladi:
1.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi
yagona maqsadning qaror topganligi.
2.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi
harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi.
3.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud
shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish.
4.Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.
5.Yangi tajribalarni ommalashtirish.
6.Nazariy va amaliy faoliyat birligi.
7.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy
mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.
Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi
omillar asosida amalga oshiriladi:
1.obektiv omillar:
•boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;
•Ta`lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan
ta`minlanganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslarida pedagogik monitoring (ma`lumotlar banki)ning
tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi;
2.Subektiv omillar:
•Boshlang’ich ta`lim limi darslarining o’qituvchilarida PT mohiyatini o’rganishga
nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi.
•ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror
topganligi;
•kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o’quv yurti faoliyatini interfaol
metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari;
•ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi
ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining o’z pedagogik faoliyatlarida PT ni
qo’llay olish mahoratiga egaliklari;
•ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich ta`lim o’quvchilari orasida
ko’tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi;
•PT asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirib
borish va hokazolar.
Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi ko’rsatgichlarga
muvofiq belgilanadi:
•Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida boshlang’ich ta`lim o’quvchilari
bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy
yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-harakatni
tashkil etish malakalari shakllanganligi;
•pedagogik faoliyat mazmuni, ko’lami, sur`ati hamda samaradorliginining yuqori
darajasi.
Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o’rganish natijasida shu holat
aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang’ich ta`lim darslari
pedagoglari o’rtasida targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan
tabiiy fanlar o’qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy
asoslarini tez va puxta o’zlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Buning boisi, boshlang’ich
ta`lim o’quvchilariining bilim, ko’nikma va malakalari, shuningdek, ta`lim-tarbiya
jarayonining samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan metodlarning statistik
xususiyatga egaligidadir.
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda
tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu
jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor
ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy,
V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining
zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy
(xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy
modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini
yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa,
bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun
muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik
sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”,
“o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas,
balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu
oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan
talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab
bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham
pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta”
ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda
pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi
“maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini
loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga
qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan
shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik
qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida
pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish
bilan shug‘ullanishlari kerakonsepsiya Pedagogik ta’lim amalga oshirishining
tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular:
kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular
o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan
bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim
hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida
o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS
da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash
imkoniyatlarini chagaralaydi. Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida
oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi
ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul
qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish,
birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan
bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim
to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli
innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa
mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston
Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning
o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy ta’limdagi
ko‘p bosqichli tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash qiyosiy
taqqoslab ko‘rilganda, talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy
ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori
ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-
funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga oshiriladi. Umuman olganda
oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga
kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish
mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting
tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan
talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.
3. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning
tashkiliy jihatlari Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim
mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan
shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak,
tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini)
o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy
maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim
mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq
qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa
o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu
o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash,
aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun
qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni
izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya”, “didaktik
texnologiya”, “ta’lim texnlogiyasi” atamalari qatoridan “pedagogik innovatsiyalar”
atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish,
o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga
Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning
uddasidan chiqdikonsepsiya Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir
o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish
mexanizmini yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda
yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan
faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va
qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari
bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga
oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab -
quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga
bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki, Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar
bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim
standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo
etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni
izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga
bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa -
ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab
ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi
kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab
yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat
ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim
saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga
erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni
yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal
qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik innovatsiyalarni izlab topish.
o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni
amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini
yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni “to‘plash” jarayoni deb
qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida
yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish
instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy
ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim
markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni
to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi “Pedagogik matbuot”
asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik
xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov
xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli
yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik
to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik
bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur.
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki
ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi
usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda
qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya
qilish.
4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni
rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa. Afsus,
ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning
hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga ishonchsizligi
uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy
munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va mavjud
qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli. Yosh o‘qituvchining
bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‘p variantli yechimlarga
olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi
ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z imkoniyatlarning
rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar
o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan maslahatlar erkin muloqotda,
fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish jarayonida bo‘lib o‘tishi
mumkin. Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: “Shuni
ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni hammasini tushunarmikan..?
Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?”. Menimcha: “ma’lumotlarim yetarli
emas: yetmagan to‘lato‘kislarni bilib olsam, yaxshi bo‘ladi... U nohaq deb
aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men
ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim kerak”. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni
rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash bilim va usullarni
shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‘ljal o‘quv jarayoniga pedagogik
yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Bu esa o‘z o‘rnida
ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy faoliyatda
yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni o‘zlashtirish
imkoniyatini yaratadi. Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan
bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida
biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy izlanishning tashkillashtirishni
bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz
didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor qaratamiz. Didaktik o‘yinlar
metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni ajratsa bo‘ladi.
Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‘xshatilishi va uning qoidalar
harakteristikasi,
o‘yin
mulohazalarining
bayoni,
o‘yin
o‘tkazishda
uning
sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega.
Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.
4. Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini
o‘rganishga kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar
kiritish” tushunchasini aniqlab olaylikonsepsiya Pedagogik jarayon bilamizki,
pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning
birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi.
Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib
ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi.
Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik
tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular
o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya
mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning texnik vositalari);
tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy
qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi
mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga
asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning
muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, “natijalar”, “o‘quv tarbiyaviy jarayonni
boshqarish”, “texnologiya”lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan
chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos
kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi
pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik
tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism
hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir. Pedagogik tizimning
tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb ta’kidlagan holda
ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. Bunday
yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan
mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik
tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning
tarkibiy qismlar ixtiyoriy “to‘plamidan” ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy
tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum
jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining
dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula
manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik
“tajribalarni umumlashtirishdan” farqli “mumkin emas” xulosasini bermaydi.
Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi
ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi.
Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi.
Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan
natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish
qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi.
Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi,
bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash -
tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti
natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb
nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib
turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish
va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir
bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz.
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq
hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar
tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va
tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos
pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning
kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni
takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga
dunyoda endi kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli
ko‘rsatgich, “harajat” va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu
muammoning foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish
imkonini beradi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va
bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday
pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la
erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada
bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik,
u “yomon” va “yaxshi” pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi
ham birdir. Uni o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu
munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50%
o‘qituvchidan, 50% esa o‘quvchiga bog‘liq. Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng
yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik o‘qituvchi, umuman hech qanday
harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi.
An’anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb
hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina
ko‘prog‘i dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr,
tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar
bo‘yicha yaxshilash mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning
foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni
o‘ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik
oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish,
moslashish,
sustkashlikni
yengish
kerakonsepsiya
Pedagogik
tizimni
takomillashtirishning asosiy yo‘llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish
pedagogik tizimni ichki imkoniyatlar xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar
jalb
etish
-
ya’ni,
vositalar,
asbob-uskunalar,
texnologiyalar
xisobiga
takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish
imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar
davomida hamma yo‘llarni sinab ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish,
tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga
chuqur tushib borishdan iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali
o‘lmagan bo‘lsa agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan
bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar
aytadilarki, juda yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga,
o‘tmishga, o‘ylab va oqilona tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va
tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar. G‘arb
maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni yangi informatsion
texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi differensatsiya
va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan
pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda:
ko‘pchilik mustaqil ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish
yo‘li “O‘zaro bog‘liqlikdagi innovatsiya (yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va
ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon beruvchi pedagogik tizim rivojlanishi
hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini chuqur tekshirishni talab
qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi pedagogik tizim
tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. Bo‘sh joylarini yangi
texnologiyalar bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini
yaxshilashga urinsa bo‘ladi. Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai “tashqi”
chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan
qayta tuzish hisoblanadi. Agar shunday nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga
qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski muammolarni hal
etish uchun yangi “retsept”lar ham yo‘q. Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga
insoniyat taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik
muammolarni hal qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy
texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz. Pedagogika fanida
berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha umumiy va
qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan
foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi.
Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda
so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy
nazorati, o‘z-o‘zini baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun
maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan
ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga
yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga yega
bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda o‘quvchi xohlagan
vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq
imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F.
Shatalov, avvalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib
xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan
bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf
qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab
o‘quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish
doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni
o‘qitishda ham keng tarqaldi. G. Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan
natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi.
Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:
1.Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor
pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning
murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.
2.Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv
jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo
to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi
obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha,
pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya
uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va tashqi qayta aloqa
ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy
faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa
ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki
pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi
texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib,
unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va
malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim
oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning
kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan
qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar
to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi.
Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa
tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan
o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu
tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va
tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga
imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi
tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik
vositalardan foydalanish tamoyili.
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy
programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:
• rayon programmalar;
• tarmoqlanuvchi programmalar;
• soddalashtirilgan programmalar;
• aralash programmalar;
• algoritm;
• blokli o‘qitish;
• modulli o‘qitish;
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;
Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining
almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon
programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan
javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv
axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga
tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda,
unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini
bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish
imkoniyatini beradi.
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini
murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda
o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini
beradi. Modulli o‘qitish. U modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida
o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la,
qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o‘zida barcha
yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan berilishi mumkin.
O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi
komponentlardan tashkil topadi:
• aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma);
• axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali;
• maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma;
• zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar;
• qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi.
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha
bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng
bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish,
tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish
- o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan
xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining
ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va
yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan
tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. “O‘qitish tizimining qurama
texnologiyasi” saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga
ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu
bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi:
1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining
chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari
(bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular
bo‘yicha sinovlar);
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya
qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish
ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va
takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu
texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S”
dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S” dasturi
tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan
bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S” dasturi
vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi
lozim.
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar
bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga
yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi
bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va
oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.
«A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga
ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi
ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi
joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash
metodikasi qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka
o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.
Davlatimiz rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog‘risida quyidagilarni ta’kidladi:
«Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning
asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar
etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har
tomonlama qo’llab quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazidabo’ladi» Demak, bugungi
kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar asosida
olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga kirishishdan oldin
«innovatsiya» so’zining ma’nosiga biroz to’xtalishni lozim topdik. Innovatsiya
tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX asrlarda
qo’llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga kiritishni
ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o’rganib firmalar foyda
olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatid o’zlashtirishdi. Mazkur
faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo’g‘inini yangilash bo’yicha umumiy belgilarga,
qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega. Innovatsion texnologiyalar pedagogik
jarayonda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni
amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar
ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr
yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o’quvchi uchun
qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo’llanilganda o’quvchilar
o’qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko’nikma va malakalariga ega
bo’ladilar. O’quvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar
o’tkazish asosida o’zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi.
Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo’lingan holda ishlaydilar. O’quv
topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga
beriladi. O’qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda
darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o‘quvchining
ijodiy qobiliyatini o’stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish va har bir yangilikni tez va to’la qabul qila olish ko’nikma va
malakalarining
shakllanishiga
xizmat
qiladi.
Dars
jarayonida
innovatsion
texnologiyalarni qo’llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg‘otadi,
ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim,
ko’nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o’zlashtirish sifati oshadi.
Buning uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni
to’g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilarni faol va ongli
ishlashlariga erishmog‘i lozim. Zero, o‘qituvchi ta’lim islohotining bosh ijrochisidir.
Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda kata miqdordagi axborot to’plamini
o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy
axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterlardan foydalanish yordam beradi.
Pedagogik innovatsiya bu pedagogik g‘aoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya
mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga
qaratilgan.Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion jarayon
uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish (ma'lum bir
holatda, ilmiy kashg‘iyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va yangiliklarni
amaliyotga tatbiq etish.Pedagogik innovatsiyalab samaradorligining o’lchovi sifatida
optimallik o’qituvchi va o’quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-
quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Turli o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarining
shaxsiy pedagogik hamda o’quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi
samaradorlikka erishadilar. Xuddi mana shuning o’zi pedagogik innovatsiyalarning
optimallik darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida
natijalanganlik o’qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon
bo’ladi. O’lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi
o’qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo’ladi. Mazku
o’lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini shakllantirishning
bir butunligida namoyon bo’ladi. Shu munosabat bilan innovatsion jarayonni ilmiy
g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan bog'liq ijtimoiy
pedagogik muhitdagi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayoni deb hisoblash mumkin.
G'oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta'minlaydigan va bu jarayonni boshqarish
tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir. Innovatsiya jarayoni
rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik tajribada
pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo’llash alohida o’qituvchilar ish faoliyatining
boshlang‘ich bosqichida namoyon bo’ladi. Mazkur innovatsiyalar tajribasi sinovdan
o’tkazilib, ob’ektiv baholangandan so’ng ommaviy tarzda qo’llash uchun taqdim
etiladi. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion
usullardan foydalangan holda o’qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.Pedagogi innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish
o’qituvchining pedagogik ijodning rang-barang shakllarini o’zlashtirishi uchun qulay
sharoit yaratadi. Pedagogik madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni takrorlash
shaklidan boshlab, ilmiympedagogik jamoatchilikka ma’lum bo’lgan g‘oyalar,
konsepsiyalar, texnologiyalarni o’z shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik,
kreativ ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qadar bo’lajak pedagoglarning
kundalik harakati mazmunini tashkil etishi lozim. Pedagogik innovatsiyalarning
mazmuni, uni qo’llash metodlarini bo’lajak o’qituvchilar tajribasiga singdirish muhim
ahamiyatga ega. Ta’lim muassasasi hayotiga pedagogik innovatsiyalarni keng
ko’lamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy
psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy metodik, psixologik xarakterdagi
choratadbirlarni kullash talab etiladi. Shu maksadda bulajak ukituvchilarning kreativ
funksiyalarini rivojlantirish, ularni pedagogik innovatsiyalar bilan izchil kurollantirib
borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq qilishga o’rgatish vazifasini kuyish
lozim[2]. Pedagogika fanida ta'lim tizimidagi yangilik masalalari muttasil
mutaxassislar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq, ijtimoiy-pedagogik yangiliklar
mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida,
bir tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va
amaliy faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi sababli, boshqa
tomondan,
ta'limni
markazsizlashtirish
va
mintaqalashtirishning
ijtimoiy
tendensiyasining nisbiy yangiligi bilan bog'liq. Bundan tashqari, xususiy, to'g'ri
pedagogik
(masalan,
uslubiy)
yangiliklarning
samaradorligi,
agar
ular
ijtimoiypedagogik rejada qo'llab-quvvatlanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa, ancha past
bo'ladi. Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni
qo'llabquvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos
va daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada
kuchaytirishi mumkin. Xususan, turli xil innovatsion jarayonlarning hayotiy davrlarini
o'rgan pedagogik innovatsiyalar sohasi mutaxassisi V.I.Zagvyazinskiy ta’kidlashicha
yangilikni rivojlantirish natijasida ijobiy natijalarga erishgan holda, o'qituvchilar uni
asossiz ravishda uni universallashtirishga, uni pedagogik amaliyotning barcha
sohalariga
tatbiq
etishga
intilayotganliklarini
ta'kidlaydilar.
Ko'pincha
muvaffaqiyatsizlik bilan
tugaydi va
umidsizlikka
olib
keladi,
yangilikka
soviydi.Boshqa bir tuzilmani (hozir aytilganiga juda yaqin) aniqlash mumkin. Bu
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar nazariyasidan olingan innovatsiya
genezisining tuzilishi. Ammo o'quvchi yetarlicha rivojlangan tasavvurga ega bo'lsa,
maktabdagi innovatsion jarayonlarga o'tish juda qulay: g'oyaning paydo bo'lishi -
rivojlanishi - dizayn (qog'ozda nima bor) - ishlab chiqarish (ya'ni amaliy ishda
o'zlashtirish) - boshqa odamlar tomonidan foydalanish. Yuqoridagilardan tashqari har
qanday innovatsion jarayonda yangiliklarni yaratish va yangiliklardan g‘oydalanish
(o'zlashtirish) kabi tuzilmalarni ko'rish oson; bir-biri bilan bog'liq bo'lgan
mikroinnovatsion jarayonlardan iborat bo'lgan butun maktabning rivojlanishi asosida
yotadigan
murakkab
innovatsion
jarayon.
O’qituvchilarda
ijodkorlikni
shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy
fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilar orasida ijodiy
muhit, muayyan ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, psixologik chora-tadbirlar
qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim.
Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o'qituvchilar zimmasiga
yuklatilgan eng oliyjanob vazifadur. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov oliy
majlisining IX sessiyasida so'zlagan nutqida shunday dedi: "Biz komil inson
tarbiyasining davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson
deganda biz, avvalo, ong yuksak, mustaqil fikrlay oladigan xulq-atvori bilan o'zgalarga
ibratli, bo'ladigan bilimli ma'rifatli kishilarni tushunamiz". Komil inson, o'qituvchining
mashaqqatli mehnatining namunasidur. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil
inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo'lib kelgan. Tarbiyalash va o'qitish, garchi
ilm- fan ularni farqlasada, bir-biriga bog'liq va ko'p umumiylikka ega. Shu ma'noda
uzoq tarixga ega millatimiz “ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratmagan -
bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” (I.A.Karimov). O'qitishning mazmunini,
asosan, dunyo haqidagi bilimlar tashkil etadi. Tarbiyaning mazmunida qadriyatlar,
qoidalar, ma'naviy boyliklar ustun qiladi. O'qitish, asosan, aql-idrokka ta'sir ko'rsatadi,
tarbiyalash esa birinchi navbatta, shaxsning iste'mol sohasiga aylangan. Ikkala jarayon
shaxsning ong va hulq-atvoriga birdek ta'sir ko'rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin
yaratadi. Qanchalik yaqin bo'lishiga qaramay, bu o'ziga hos jarayonlar bo'lib, ilm-fan
ularni tarbiya nazariyasida va didaktik (ta'lim jarayoni) da alohida ko'rib chiqadi.
Bunda o'qituvchi tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy
tamoyil va ayniqsa dolzarb hisoblangan butun pedogogik jarayonning yaxlitligi
ta’minlanadi.
Tarbiyaning tizimligi - tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki
tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xususiyatlaridan iborat. Aytish
mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar - bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma-ket
almashinuvidir. Tarbiyaviy jaroyonni tizimli ravishda ko'rib chiqish, tizim va
jarayonning tuzulmaviy xususiyatlarini, shuningdek, ular o’rtasidagi funksional
aloqalarning ajratib ko'rsatilishini ifodalaydi. O'qituvchi uchun har bir tarbiyaviy
uslubning o'ziga hos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta'siri natijasida
o'zgarishini anglab yetishi muhum ahamiyat kasb etadi. Masalan, tarbiyalash maqsadi
uning mazmunini belgilab beradi, tarbiya ko'rganlik darajasini esa tarbiyalash
usullarini tanlashga ta'sir ko'rsatadi va hakazo. Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta'lim
muassasalarida tarbiyaviy masalalarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit
yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayoning shakllari,
metodlari, usulari va vositalarini o'qituvchi tog'ri tanlab natijalarga erishishni ta’minlab
beradi. U ilmiy loyihalashtirish asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy
maqsadlar bir xil ma'noda beriladi va o'qituvchi tomonidan insonning shaxsiy
xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini abyektiv bosqichda
o'lchash va baxolash imkoniyatlarini yaratadi. O'qituvchining tarbiyaviy maqsadlarini
to’g’ri tanlash va alyutariestik (ko'ngilchanlik) xarakterga ega bo'lmaslik lozim. U
pedogogikan uslubiyoti va jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar , ushbu jarayon
yuzasidan qabul qilingan maxsus qonun va qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar
va milliy qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy tasavvurlar va shuningdek, jamiyat va davlat
taraqqiyotining ijtimoiy- iqtisodiy siyosiy va o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tarbiya texnologiyasida o'qituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli
darajada bolishi va bosqichma-bosqich bir-biriga bo'ysinishi va ketma-ket bajarilishi
mumkin. Biron tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati – davlat maqsadlari, ijtimoiy
buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja mamlakatda
inson va uning fuqorolari qadr-qimmati to’g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks
ettiradigan maqsadlardur, ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat
tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja-
ta'lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya'ni davlat ta'lim
standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta'lim maqsadlarining bosqichlari. Eng quyi
daraja- muayyan yoshdagi kishilarning maqsadning birligi. Shaxsni shakllantirish,
boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma'naviy va ahloqiy hislatlarga ega
bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tasodifiy harakatlar orqali emas, balki
oldindan belgilangan va puxta o'ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib
boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'z -
o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday
ekan, o'qituvchining tarbiyalash maqsadlarining to'g'ri belgilash va yo'lga qo'ya olishga
g'oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishda shart
sharoitlar yaratish talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jurnali: Uzluksiz faoliyatli
tarbiyaviy jarayon tarbiya texnologiyalarining asosiy tarbiyaviy qismlaridan biri bo'lib,
ta'limning uzluksizligini va nafaqat ta'lim muassasalarida balki tarbiya oilada ijtimoiy
va geografik muhitda mahallada olib borilishin bildiradi. Zero ota-ona avlod ajdodlarga
xos bo'lgan nutq, tafakkur, mehnat, ijod qilish qobilyati va boshqa iste'dot
allomalarining irsiyat orqali bolaga o'tishi orqali ta’minlovchi biologik omillarning
hamda insonga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatish mumkin bo'lgan, shaxsning
shakllanishiga ta'sir etuvchi oila, maktab, do'stlar va tengqurlar kabilarni o'z ichiga
oluvchi mikromuhitning uzluksiz tarbiyaviy jarayonida ta'siri beqiyosligi olimlarimiz
tomonidan e'tirof etilgan. Ayniqsa, oila muhiti shaxsni shakllanishida o'ziga xos muhim
tarbiyaviy maskan bo'lib, nihoyatda keng tarmoqli tarbiyaviy ta'sir etish quvvatiga ega.
Ota-onaning tarbiyalanganligi va tarbiyaviy tajribalarni mukammal bilishi, bola
tarbiyasida doimiy nazorat va javobgarlik hissi o'zbek oilasi uchun eng qadrli burch
sifatida e'zozlanadi. Bularning barchasi tarbiyalanuvchi subyektga nisbatan komil
inson shaxsiga xos sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan.Tarbiyaviy jaroyonni
modellashtirishda o'quvchilarning hayoti va faoliyatini ta'lim muassasalarida
pedagogik jihatdan to’g'ri uyushtirish uchun ularning tashqi ta'sir etuvchi omillariga
nisbatan ta'sirchan munosabatda bo'lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog
olimlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o'zaro ta'siri
avvalo o'quvchilarning o'zaro munosabatiga bog'liq. O'quvchilarning tarbiyaviy
faoliyatini uyushtirayotganda o'qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta'sir etuvchi omillarga
nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashni
baholashni ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganini bilishi zarur. Ijtimoiy jarayonda
faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib
boradi. Ushbu faoliyatini modellashtirishda o'qituvchi o'quvchilar jamoasining
manfaati talab va istaklarini inobatga olishi zarur. Bola o'z xulqi xatti-harakati uchun
jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach emas balki umumiy ishining faol
qatnashchisi bo'lib qoladi. Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama
qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommunikatsiyon
texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanib borishi natijasida o'quvchilar ko'p
vaqtlarini ta'lim va tarbiyaga umuman aloqasi bo'lmagan kommunikatsiyon texnologik
ma'lumotlarga sarflamoqdalar (mobil telefonlar, internet, kompyuter, DVD, Filmfare
va boshqalar) ushbu vositalardan oqilona foydalanishni o'quvchilarga o'rgatish,
taqiqlangan texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat etish o'qituvchi
va ota-onalarning hamkorligidagi vazifalariga kiradi. O'quvchilarning ko'p vaqtlarini
olayotgan keraksiz texnik ma'lumotlarni bartaraf etish uchun faqat modellashtirish
asosida ish olib borish mumkin. Xulosa qilib aytganda, o'qituvchining tarbiyaviy
rejasida ushbu muammolar yuzasidan turli mavzudagi suxbatlar uyushtirish rejasi o'rin
olishi lozim. O'qituvchi har tomonlama oqil va oqila bo'lishi lozim. Dars jarayonida
o'tkir zehinli, tartibli bo'lmog'i lozim, shundagina o'quvchi yoshlarning diqqat e'tiborini
darsga qarata oladi. Kelajak avlod har tomonlama bilimli, barkamol bo'lmog'i lozim.
Nazorat savollari:
1.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishda nimalarga e’tibor
berish kerak.
2.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik-
psixologik shart-sharoitlari.
3.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishda mediata’limni
yo‘lga qo‘yishda nimalarga e’tibor berish kerak?
4Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish haqida nimalar
ayta olasiz?
5.Tarbiyaviy texnologiya turlari haqida gapiring.
6.Tarbiyaviy texnologiya turlari mazmuni.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov "Ta'limda innovatsion texnologiyalar".
T.: Fan, 2018. 123 bet.
2. Texnologiya ta'limi strategiyalarini rivojlantirish ta'limi bo'yicha MAJMUA
Toshkent -2017.