BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA TA’LIMINI MAZMUNI
Reja:
1. Texnologiya ta`limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari
2. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni
3.“Kasbiy kompetentlik” tushunchasining mohiyati.
4.Boshlang`ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv
Tayanch so`zlar
Boshlang`ich ta`lim, texnologiya, tarbiya, faoliyat, jarayon, dars, bilim,
ko`nikma, malaka.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy
o`rta ta`lim mazmuni va sifatiga qo`yiladigan talablarni keskin ortib borishi, erkin
bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni
rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda o`quvchi shaxsi,
uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi, ta`lim va o`qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etilayotganligini inobatga olgan holda
umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan - Mehnat ta`limi fani nomi
“Texnologiya” fani deb o`zgartirildi hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqib
ko`p tarmoqli yo`nalishlarga asoslangan holda ishlab chiqildi.
Texnologiya ta`limi bo`yicha DTS da umumiy o`rta ta`lim maktablarida
texnologiya va kasb tanlashga yo`naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni
bitirgan o`quvchilarning texnologiya ta`limi fanidan tayyorgarlik darajasini
me`yorlari ifodalanadi.
“Texnologiya” tushunchasi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab moddiy
ishlab
chiqarish,
xom-ashyoni
qayta
ishlashga
texnologik
yondashish
zaruriyatining vujudga kelishi munosabati bilan fanga kirib keldi va yunoncha
“Texnik” – mahorat, san`at hamda “Logos” – fan ta`limot ma`nosini anglatadi.
Ta`lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha o`qish va o`qitishning o`zaro
uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta`lim-tarbiya jarayonida belgilangan
maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-
ketligi va bosqichma-bosqichligini ta`minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va
amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi.
Texnologiya
ta`limi
o`qituvchisi
rahbarligida
o`quvchilar
tomonidan
bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo`lib, yakuniy
natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini
hamda ma`lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy
ko`nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda
jamiyat va shaxs farovonligi yo`lida mehnat faoliyatida ko`nikishlariga imkon
beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o`quv fanidir.
Kichik sinf o`quvchilarini qo`l mehnatiga o`rgatishning asosiy maqsadi,
boshlang`ich mehnat elementlari bosqichlarini, ya`ni bajariladigan ishlarning oddiy
elementlari (qog`ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik shakllarni yasash,
applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Undan
tashqari
qo`l
mehnatiga
o`rgatishda
„Tikish
va
bichish",
„Pazandachilik", „Plastilin bilan ishlash", „Qog`oz va karton bilan ishlash",
„Applikatsiya va mozaika ishlari" turlari bilan bosqich ma-bosqich tanishib
boradilar.
Umumiy o`rta ta`lim maktabida texnologiya fanini o`qitishning maqsadi:
-o`quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan
tanishtirish;
-kasblar to`g`risida ma`lumotlar bilan tanishtirish;
-dastlabki mehnat ko`nikmalari va malakalarini shakllantirish;
-mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish;
-mehnat va kasblarni qadrlash, ularning ahamiyatini tushunishga o`rgatish.
Boshlang`ich sinf texnologiya ta`limi uchun uzviy bog`lanishni yaratish kerak.
Bular ta`limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi.
Ta`limiy maqsad – o`quvchilarning barkamol shaxslar bo`lib shakllanishlari
uchun ularga mehnat jarayonlari, qo`l mehnatiga o`rgatish, ularni kasblar haqida
ma`lumotlar
berish
bilan
birga
uyg`unlashtirish
orqali
ularning
kasbga
tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarning mehnat ko`nikmalarini egallashlari
jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad – texnologiya ta`limi mashg`ulotlari jarayonida
o`quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta`lim berish orqali
ularning barkamol shaxslar bo`lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
Texnologiya ta`limi va tarbiyasining maqsadi o`quv ishlarida mehnatga
nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab
qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko`p qirrali bo`lib,
u o`quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy va axloqiy tayyorgarlikning
barcha tomonlarini qamrab oladi. Texnologiya ta`limi va tarbiyasini tashkil etishda
quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o`quvchilarga mehnatning shaxs
kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo`lgan moddiy va ma`naviy
ne`matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o`rgatish;
3. Mehnat qilishga nisbatan rag`batni, shuningdek, muhabbatni uyg`otish;
4. O`quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga
keltirish;
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni
odatlantirish;
6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
7. Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda
bo`lish;
8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko`nikmasi va
malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
9. O`quvchilarda
mehnatsevarlik
xislatini
tarbiyalash;
o`z
mehnati
samarasidan g`ururlanish tuyg`usini shakllantirish;
10.
Muayyan kasb-hunar sirlarini o`zlashtirishga erishish va hokazolar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo`nalishlarda rivojlantiriladi va
tarkib toptiriladi: mehnat o`yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida
shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o`zlashtirilishiga
erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi
sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko`zlangan maqsad, avvalo, o`quvchilarga
mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-
foydali harakat yoki kasbiy ko`nikma
va
malakalarni shakllantirishga
yo`naltirilgan pedagogik jarayondir.
Mehnat tarbiyasining maqsadi shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy
munosabatni shakllantirishdan iborat.
Boshlang`ich maktablarda texnologiya ta`limi va tarbiyasining asosiy vazifalari
-o`quvchilarni mehnatga tayyorlash;
-o`qitish va umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflarida qo`l
mehnatiga o`rgatish;
-kasblar to`g`risida ma`lumotlar berish;
- davlat ta`lim standartlari talabi bo`yicha tarbiyalash;
-o`quvchilarni kasb-hunar egasi bo`lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim
berishdan;
-mehnat madaniyatini shakllantirishdan tashkil topgan.
Texnologiya ta`limi fani boshqa o`quv fanlaridan o`zining bir qator
xususiyatlari bilan farq qiladi:
Ushbu fanni o`qitishda amaliy mazmun ustivorligi;
Ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog`liqligi;
Mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi);
O`qitishda o`g`il va qiz bolalar mehnatining o`ziga xosligi.
1–4 sinflarda texnologiya ta`limi mashg`ulotlari mazmuni va usullari
o`qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb faoliyatlariga doir
dastlabki mehnat ko`nikmalarini o`zlashtirishga qaratilgan. O`quvchilar har bir
mehnat harakatini ongli ravishda va shu harakatdan ko`zlangan maqsadga muvofiq
shaklda bajarishga o`rgatib boriladi.
1–4 sinflarda texnologiya ta`limi darsi haftasiga 1 soatdan o`qitiladi. 1 sinfda
33 soat, 2–4 sinflarda 34 soatdan jami 1–4 sinflarda 135 soat o`qitiladi.
Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni
Mehnat ta`limi dasturida o`quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim
bo`lgan ilmiy-texnik bilimlarining, mehnat malaka va ko`nikmalari hajmi hamda
mazmuni belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga mehnat
ta`limini berish, ularni tarbiyalash sohasida qo`yilgan maqsad va vazifalar o`z
ifodasini topgan. Mehnat ta`limi dasturi o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.
Mehnat ta`limi o`qituvchisi o`zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va
uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o`qituvchi o`quv
dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma`lum o`zgarishlar kiritishi mumkin.
O`quvchilarni tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda
mehnat malakalari va ko`nikmalari katta o`ringa ega. Boshlang`ich sinf
o`quvchilariga mehnat ta`limini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat
malaka va ko`nikmalarini shakllantirishdir.
Mehnat ta`limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda,
malaka va ko`nikmalarni shakllantirishda o`quvchilarga ma`lum hajmdagi
politexnik bilimlar beriladi. Boshlang`ich politexnik bilim bilan qurollantirish
o`quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari,
texnologik o`ziga xosliklari, materialga qo`lda ishlov berilganda qo`llaniladigan
asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida ma`lumot
berib boriladi.
O`quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko`nikma va malakalarga
o`rgatish ma`lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.
Amaliy malaka va ko`nikmalar bilan qurollantirish amaliy mashg`ulot
turlarini o`rgatish ham demakdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari bajarishi kerak
bo`ladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq mehnat malaka va ko`nikmalarini
egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni o`lchab olish va belgilash,
ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yеlimlash, tikish, o`rash va bog`lash kabi
yo`llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig`ish va buyumni mantaj
qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug`diradi.
O`quvchilardagi mehnatga bo`lgan qiziqishni o`z vaqtida aniqlash va ularga
mehnat malakalarini sevgan mashg`ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish
juda muhimdir.
Bunda o`quvchilarning e`tiboriga eng oddiy buyum o`yinchoqlarni,
o`yinlarni, o`quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya
ishlari havola etiladi. Bundan tashqari o`quvchilarda mehnatga qiziqishni uyg`otish,
mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish,
ko`nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo`llar” to`garaklarida,
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Ko`nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma`lum
harakatni ongli bajarishga bo`lgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish
ko`nikmasi, qaychini to`g`ri ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish,
yo`nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.
Malaka
–
bu
faoliyatdagi
mashq
qilishlar
jarayonida
еtilgan,
mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib
topgan ko`nikma yoki bu ma`lum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda
ko`nikmadan sakrab o`tish degan ma`noni anglatadi. Shunung uchun mazkur
ko`nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar
to`g`ri tuzilgan bo`lsa u to`g`ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning
takommillashuv darajasi o`qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning
strukturasi ham o`zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o`quvchilar bajarilayotgan
harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab
malakalarga birlashuvi sodir bo`ladi.
Mehnat malaka va ko`nikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy
bosqichlardan tarkib topadi:
a) boshlang`ich tushuncha berish;
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish;
d) ish harakatlari natijasi;
e) yakuniy xulosa chiqarish.
Mehnat malakalari va ko`nikmalarini shakllantirishga mo`ljallangan amaliy
ishlar faqat vaqtga ko`ra taqsimlanganda hamda ma`lum tizim asosida
o`tkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o`z ichiga oladi:
1.
Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib
borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
2.
Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni to`liq tarzda oldingi amaliy ishga
asoslanishi lozim.
3.
Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.
Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bo`lishi bir qator shartlarga bog`liq.
O`quvchi o`z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qachon
to`liq bo`lmaydi. Nazoratning yo`qligi ko`pincha xato va nuqsonlarning amaliy
ishlar jarayonida ortib borishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida еtilmagan harakat
va usullarning shakllanishiga sabab bo`ladi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi mehnat ta`limi bo`yicha ishlarni amalga
oshirayotganda o`quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko`nikma,
bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda o`qituvchi
sinf uchun shu vaqtda zarur bo`lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bu o`rinda muhimi o`quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur
nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat. Boshlang`ich sinf
mehnat ta`limi darslaridagi ta`lim-tarbiyaviy vazifalar umumta`lim maktablaridagi
mehnat ta`limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg`ulot turlari
jarayonida amalga oshiriladi:
1. Qog`oz va karton bilan ishlash.
2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash:
a) plastilin va loy ishi;
b) urug`lar bilan ishlash;
d) applikatsiya va mozaika ishlari;
4. Loyihalash va modellashtirish:
a) badiiy qurish-yasash.
5. Qishloq xo`jalik mehnati.
1-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`oz va uning turlari, qog`ozdan buklash usulida turli o`yinchoqlar,
qog`ozdan savatcha, kitob uchun xat cho`p, “Qish” manzarasini applikatsiya usulida
ishlash, archaga osiladigan turli o`yinchoqlarni yasash. Turli bayramlar uchun
niqoblar, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini
yasash. Karton sirtida uycha shaklini gugurt cho`plaridan yasash. Rangli
qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlash. Navro`z bayramiga
tabriknoma tayyorlash. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikatsiya usulida
yo`lsimon naqsh tuzish.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (5 soat)
Tikuvchilikda ishlatiladigan asboblar. Gazlama bilan ishlash, to`g`ri chok
tikishni o`rganish. To`g`ri chok turlaridan foydalanib, quyosh tasvirini tikish.
Gazlama bilan ishlash. 2 teshikli tugmachani tikish.
Plastilin va loy ishi (3 soat)
Loy yoki plastilindan ishlash qoidalari haqida tushuncha. Plastilindan turli
haykalchalar, jo`ja shaklini yasash. Pazandachilikda ishlatiladigan xomashyolar,
asbob-uskunalar haqida suhbat (Plastilindan tort, pishiriqlar shaklini yasash) .
Turli materiallar bilan ishlash (4 soat)
“Oltin kuz” mavzusida gerbariy tayyorlash. Bahorgi dala ishlari. Maktab yеr
uchastkasidagi gullarni parvarishlash.
Badiiy qurish-yasash (8 soat)
Tabiiy va turli materiallardan o`yinchoqlar, parranda yoki hayvonlar shakllarini
qurish-yasash. Hokandoz, rangli qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga
yеlimlash, qog`ozni buklash va еlimlash orqali o`yinchoqlarni, turli maketlar va
uchuvchi planer qurish-yasash.
2-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`ozlarni buklash usullari, rangli qog`ozlardan turli gullar shaklini yasash.
Qog`ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar, kitobcha uchun muqova
tayyorlash. Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini yasash. Rangli qog`ozlardan
o`yinchoq pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikatsiya usulida
naqsh yasash. Qog`oz va karton yordamida “Bahorgi guldasta” applikatsiya usulida
tayyorlash. Uchiriladigan qog`oz qush yasash. Qog`ozdan applikatsiya usulida
tabriknoma tayyorlash. Qog`ozdan turli o`yinchoqlar yasash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (3 soat)
Oddiy chok turlaridan foydalanib igna uchun yostiqcha, gul urug`lar uchun
xaltacha tikish.
Texnik modellash (2 soat)
Geometrik shakllardan robot yasash-qurish. Harakatlanadigan o`yinchoqlar
yasash.
Plastilin va loy ishi (5 soat)
Turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish
namunalariga qarab plastilin yoki loydan o`yinchoqlar, uy jihozlari namunalarini
yasash. Svetofor maketini qurish-yasash. Gullayotgan daraxt shoxchasini qurish-
yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (9 soat)
Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Tuxum po`choqlaridan
hajmdor o`yinchoqlar yasash. Mozaika usulida qo`qongul, turli sabzavot va
mevalarning urug`laridan yo`lsimon va kvadart ichida naqshlar tuzish, tabiiy
materiallar bilan ishlash, quritilgan barglardan hayvonlar shaklini, tabiiy
materiallardan jonivorlar, chiqindi materiallardan o`yinchoqlar yasash. Maktab еr
uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish.
Badiiy qurish-yasash (2 soat)
Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini, Navro`z bayramiga sinfni bezash uchun
turli materiallardan osma o`yinchoqlar qurish-yasash.
3-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`ozdan turli parrandalar, turli geometrik shakllar, rangli qog`ozlardan gullar
yasash. Papye-mashe usulida o`yinchoqlar, idishlar, hajmdor gul tayyorlash va
bezash. Qog`ozdan gullar, o`yinchoqlar, gerlyandlar, archa bezaklarini yasash.
Rasm uchun ramka tayyorlash. Applikatsiya usulida bayramlarga tabriknomalar
yasash.
Gazlama bilan ishlash (7 soat)
Chok turlaridan foydalanib, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq
o`yinchoq tikish. To`qish turlari haqida ma`lumot, to`qishning oddiy usullari, turli
geometrik shaklarni to`qish.
Texnik modellash (2 soat)
Turli harakatli o`yinchoqlar yasash.
Plastilin va loy ishi (3 soat)
Plastilin yoki loydan turli idishlar, hayvonlar, o`yinchoqlar yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash. Chiqindi materiallardan turli
o`yinchoqlar yasash.
Badiiy qurish-yasash (7 soat)
Tabiiy xomashyolardan applikatsiya usulida, urug`lardan mozaika qurish-
yasash. “Qush bolasi bilan” kompozitsiyasini qurish-yasash. “Yil fasllari”
manzarasini qurish-yasash.
4-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (10 soat)
Mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli
foydalanish. Turli bayramlarga applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash.
Duradgorlik asboblari. Qog`ozdan turli buyumlar yasash va uni bezash. Qorbobo
ustaxonasida archa bezaklarini yasash. “Qish”, “Bahor” manzaralarini applikatsiya
usulida ishlash. To`g`ri to`rtburchak ichida applikatsiyadan foydalanib, naqsh
tuzish. Gilamdagi naqshlar. Kulolchilik kasbi haqida ma`lumot. Papye-mashe
usulida kosa yasash. Hamir tayyorlashga o`rgatish (qog`ozdan chuchvara).
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlari, yumshoq o`yinchoqlar tikish. To`qish haqida umumiy ma`lumot,
to`qishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ulardan foydalanish va xavfsizlik
qoidalari, to`qish usullari. Gazlama gullaridan applekatsiya usulida guldasta
tayyorlash. Ipdan o`yinchoq yasash.
Texnik modellash (2 soat)
Geometrik shakllardan uchuvchi modellar yasash.
Plastilin va loy ishi (5 soat)
Plastilin bilan ishlash. Ertak qahramonlarini yasash. Oshxona jihozlari bilan
tanishtirish. Plastilindan oshxona jihozlari yasash. Uy-ro`zg`or buyumlari bilan
tanishtirish. Plastilindan uy-ro`zg`or buyumlari yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (5 soat)
Kuzgi gullarga qarab donlardan, urug`lardan, tabiiy material, xomashyolardan
gullar yasash. Gullarni parvarish qilish. Maktab еr uchastkasida ishlash.
Badiiy qurish-yasash (5 soat)
Urug`lardan mozaika usulida turli hayvonlarni qurish-yasash. Mustaqil ravishda
tabiiy xomashyolardan kvadrat ichida naqsh qurish-yasash. Duradgorlik asboblari
bilan tanishtirish. Turli idishlar yasash va uni bezash. Geometrik shakllardan “Kuz”
manzarasini qurish-yasash.
Har bir o`quv yilida va barcha sinflarda ish turlari shu tartibda olib boriladi.
Birinchidan, o`quvchilar ma`lum nazariy bilimlarga ega bo`ladilar, ularning
fanlararo texnologik xususiyatlari, ularning hayotda qo`llanilishi bilan tanishadilar.
Ikkinchidan materiallarga ishlov berishda eng oddiy usullardan boshlab murakkab
usullargacha amaliy o`rganadilar.
Boshlang`ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o`rin egallagan
kuchli raqobatga bardoshli bo`lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka
ega bo`lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo`sh
kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?
Pedagog o`zida qanday kompetentlik sifatlarini erisha olishi zarur. Ayni o`rinda
shu va shunga yondosh g`oyalar yuzasidan so`z yuritiladi.
Kompetensiya (lotincha: competo — erishyapman, munosibman, loyiqman)
— 1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi) yoki
mansabdor shaxsning, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari,
huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba.
Inglizcha
“competence” tushunchasi
lug`aviy
jihatdan
bevosita
“qobiliyat” ma`nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni
namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta`lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib
kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan`anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda
mutaxassisning o`zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o`zaro
munosabatlarda yangi yo`l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to`la
ma`lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab
jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim,malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo`nalish bo`yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning o`zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o`rganishni,
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma`lumotlarni izlab topish, ularni
qayta ishlash va o`z faoliyatida qo`llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda
yuqori darajada qo`llay olinishi Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol
namoyon bo`ladi:
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: Kasbiy kompetentlik sifatlari. Kasbiy
kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi. Quyida kasbiy kompetentlik
negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.
1. Ijtimoiy kompetentlik-ijtimoiy munosabatlarda faollik ko`rsatish ko`nikma,
malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub`ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
2. Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish,
kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real
baholashni izchil rivojlantirib borish bo`lib, ushbu kompetentlik negizida
psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ
kompetentlik ko`zga tashlanadi.
Ular o`zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
Sifatlar:
Ijtimoiy kompetentlik
Shaxsiy kompetentlik
Texnologik kompetentlik
Maxsus (yoki kasbiy)kompetentlik
Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar
Ekstremal kompetentlik Psixologik,metodik,informatsion,kreativ, innovatsion,
kommunikativ va boshqa kompetentlik
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma`lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo`la olishda
- o`z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o`zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi;
- ularni qayta ishlaydi va o`z amaliy faoliyatida samarali qo`llaydi
1) psixologik kompetentlik– pedagogik jaraѐnda sog`lom psixologik muhitni
yarata olish, talabalar va ta`lim jaraѐnining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy
muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o`z vaqtida anglay
olish va bartaraf eta olish;
2) metodik kompetentlik pedagogik jaraѐnni metodik jihatdan oqilona tashkil
etish, ta`lim ѐki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to`g`ri belgilash, metod va
vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo`llay olish,
vositalarni muvaffaqiyatli qo`llash;
3) informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali
ma`lumotlarni izlash, yig`ish,saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o`rinli,
samarali foydalanish;
4) kreativ kompetentlik – pedagogic faoliyatga tanqidiy, ijodiy ѐndashish, o`zining
ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
5) innovatsion kompetentlik – pedagogik jaraѐnni takomillashtirish, ta`lim sifatini
yaxshilash, tarbiya jaraѐnining samaradorligini oshirishga doir yangi g`oyalarni
ilgari surish, ularni amaliѐtga samarali tatbiq etish;
6) kommunikativ kompetentlik – ta`lim jaraѐnining barcha ishtirokchilari,
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo`lish,ularni tinglay bilish, ularga
ijobiy ta`sir ko`rsata olish.
3.Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o`sishga erishish,malaka darajasini
oshirib borish, kasbiy faoliyatda o`z ichki imkoniyatlarini namoѐn qilish.
4. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogikni
boyitadigan ilg`or texnologiyalarni o`zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va
texnologiyalardan foydalana olish.
Pedagogning kasbiy kompetentligi. O`zbekistonda pedagogning kasbiy
kompetentligi, uning o`ziga xos jihatlari o`ranilgan bo`lib, ular orasida B.Nazarova
tomonidan olib borilgan tadqiqot o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining
fikriga ko`ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar
tashkil etadi Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo`lishda o`z ustida
ishlash,o`z-o`zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Savollar
1. O`quvchilarni qo`l mehnatiga o`rgatishdan asosiy maqsad nima?
2. Umumiy o`rta ta`lim maktabida texnologiya fanini o`qitishning maqsadi
3. Texnologiya ta`limi va tarbiyasining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
4. Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushinasiz?
5. Mehnatga ruhiy tayyorlash deganda nimani tushinasiz?
6. Mehnatga amaliy tayyorlash deganda nimani tushinasiz?
7. Mehnat ta`limi dasturi nima asosida ishlab chiqiladi?
8. Dasturga qanday sharoitda o`zgartirish kiritish mumkin?
9. Mehnat ta`limining mazmuni qanday talablarga javob berishi kerak?
10.
O`quvchilardagi mehnat malakasi va ko`nikmasi qanday shakllanadi?
11.
Amaliy mashqlar tizimidagi asosiy talablar nimalardan iborat?
Boshlang`ich sinf texnologiya ta`limi darslarida qanday mashg`ulot turlari amalga
oshiriladi?