Boshlangʻich sinflarda vaqt oʻlchov birliklarini oʻrgatish metodikasi.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
38,1 KB
Boshlangʻich sinflarda vaqt oʻlchov birliklarini oʻrgatish metodikasi.
Reja:
1. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni tarkib toptirish.
2. Vaqt va uning o’lchov birliklari bilan tanishtirish.
Tayanch iboralar: sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr, oddiy va
kabisa yili.
Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab
bo’lgan kattalik miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz,
og‟irlik xossalariga o’xshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani
ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklari taqqoslash, qo’shish, ayirish
mumkin.
Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o’lchash, taqsim qilishi, qadrlash o’quvi
bilan bog‟liq. Vaqt uzluksiz o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas.
Vaqt oraliqlari o’lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig‟idan bir
martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishda
takrorlanuvchi jarayon bo’lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib sekund
olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat, sutka, yil,
hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat, minut, sekund
birliklari kishilar o’ylab topgan. Yil Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, sutka
Erning o’z o’qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365 sutkaga teng. Lekin
kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan tuzilgan. SHuning uchun
har yilga olti soatdan qo’shish o’rniga har to’rttinchi yilga butun sutka qo’shiladi.
Bu yil 366 kundan iborat bo’lib, kabisa yili deyiladi. Bizning eramizgacha 46 yilda
Rim Imperatori YUliy Sezarь o’sha paytda chalkashib ketgan kalendarni tartibga
solish maqsadida yillar shunday navbat bilan keladigan kalendarni yaratdi. SHuning
uchun bu yangi kalendar yulian kalendari deyiladi. SHu kalendarga asosan yangi yil
1- yanvardan boshlanadi va 12 oy davom etadi. Bu kalendarda vavilonlik
astronomlar yaratgan vaqt o’lchovlardan hafta ham saqlanib qolgan. Oy vaqtning
uncha aniq bo’lmagan birligidir, u 31, 30, 28, 29 kundan iborat. Ammo bu birlik
qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning Er atrofida aylanishi bilan bog‟liq. Oy
taxminan 29,5 sutkada Erni to’la bir marotaba aylanib chiqadi va bir yilda taxminan
12 marta aylanadi. SHu ma‟lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo’ldi. Ko’p
asr davomida izlanish, mukammallashtirish natijasida-hozirgi kalendarь vujudga
keldi. Sutkaning hozirgidek 24 soatga bo’linishi ham qadimgi davrdan kelib chiqqan
bo’lib, u qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib
chiqqan.
1 soatni 60 minutligi, 1 minutni 60 sekundligini Vavilonlik olimlar topganlar. 1 soat
= 60 minutga, 1 minut=60 sekundligiga vavilonlik olimlar yaratgan oltmishli sanoq
sistemasining ta‟siri bor faraz qilinadi.
I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr “vaqt o’lchovi”
ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash o’quvi bilan bog‟liq. Vaqt beto’xtov
o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. SHuning uchun vaqt
oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi bo’yicha taqqoslash ham qiyin.
Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig‟ida nima
bo’layotganligiga bog‟liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o’tayotgandek bo’lib
tuyuladi. SHuning uchun vaqt o’rganish qiyin bo’lgan miqdorlardan biridir.
Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib
borishi jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni
bolalar maktabgacha bo’lgan 59 davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining
almashinishi, bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi
tasavvurlarni shakllantiradi.
Voqealarning vaqt bo’yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo’lgan edi, nima keyin
bo’lgan edi) va xodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar
tomonidan qiyin o’zlashtiriladi. Birinchi sinf o’quvchilarida vaqt haqidagi
tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy
faoliyatlarida shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar,
ertaklar o’qiganlarida va kinofilьmla ko’rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini
qabul qilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi-bola vaqt
o’zgarishini ko’rishga, vaqt o’tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1-sinfda
bolalarni hafta kunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. SHu
bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib
olishlarini, tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya‟ni nima uzoq davom etadi: darsmi
yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi
har xil kabi tushunchalarni o’rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig‟ilgan bunday
tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlarini o’rganishga zamin bo’ladi. Berilgan
mavzuni o’rganishga bag‟ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi
tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishda
o’qituvchi tabelь kalendardan foydalanadi. Bolalar tabelь–kalendarь yordamida bir
yilda o’n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo’lgan oylarning nomini
o’zlashtiradilar, ajratadilar: aprelь , iyunь, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy
esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat.
SHu bilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o’rgatiladi. Masalan
yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyulь, avgust, oktyabr tartib bo’yicha
nechanchi oylar?
Agar oy va chislo ma‟lum bo’lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha
haftaning kunlari ma‟lum bo’lsa, bu kun oyning qaysi chislosiga to’g‟ri kelishini
aniqlash mumkin?
Bolalarni kalendarь bo’yicha quyidagi savollarga javob berishga o’rgatiladi: - Bu yil
Mustaqillik bayrami, Navro’z bayrami, Xotira kunlari haftaning nechanchi kunigan
to’g‟ri keladi?
- YAnvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda ikkinchi, to’rttinchi, sakkizinchi bo’lib keluvchi oyning nomi nima?
- Kalendardan biling-chi bahorgi kanikulь necha kun davom etarkin? (bahorgi
kanikulь 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.)
Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini
belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga
yaqin bo’lgan qismlari-ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki eralabdan kechgacha
bo’lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibi
haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun,
indini, o’tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o’tgan vaqt
oralig‟i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabelь-kalendardagi chislolar sutkalarni
ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin
soat va minut tushunchasi o’rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq
tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi.
Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning
qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar
yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir
minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa olasan? O’rtacha qadam bilan bir
minutda necha metr bosish mumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga
bag‟ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o’lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi:
bir sutka yigirma to’rt soatdan, bir soat oltmish minutdan iborat. Bu bosqichda soat
bilan tanishtirish asosiy ish bo’lib hisoblanadi. Soatning demonstrasion modeli
yordamida o’qituvchi soatning tuzilishi, ishlashini, hamma soatlar shunday
yasalganini, ya‟ni katta strelka bir kichik chiziqchadan ikkinchi kichik
chiziqchagacha bir minutda o’tishini, kichik strelka esa bir katta chiziqdan ikkinchi
katta chiziqgacha bir soatda o’tishini aytadi. SHuning uchun katta strelkani minut
strelkasi kichik strelkani esa soat strelkasi deyiladi.
SHundan keyin o’qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan
boshlanishini aytadi. Bolalar vaqtni soatga qarab aniqlashni o’rganishlari uchun
siferblatli
soat
modellaridan
foydalanadilar.
So’ngra
soat
modellaridan
foydalanishga doir mashqlar tavsiya qilinadi: masalan belgilangan vaqtini aytish va
o’qituvchi aytgan vaqtni belgilash taklif qilinadi. So’ngra vaqtni soat va minutlar
bilan aniqlashning turli ifodalanishi o’rgatilinadi: masalan: “9-u 30 minut, soat 9 dan
30 minut o’tdi, 9 yarim”, “soat 4-u 45 minut, 15 ta kam 5, chorakam 5”. SHu bilan
birga dastur bolalarni kunduz yoki kechani birdan o’n ikkigacha bo’lgan soatlarning
aytilishi ham o’rgatiladi. YA‟ni soat modelida birdan o’n ikkigacha bo’lgan sonlar
bor. SHuning uchun vaqtni aytishdan oldin hozir ertalab yoki kechqurun, kunduzi
yoki kechasi ekanligini aniqlab olish lozim. Masalan kunduz soat 4 yoki kechasi soat
4. Sutka tungi soat 0 dan boshlanadi. Soat 0 dan kunduz soat 12 gacha sutkaning
birinchi yarmi o’tadi. Bir soatdan keyin soat 13 (yoki kunduz soat 1) bo’ladi. Sutka
boshidan 24 soat o’tgandan keyin soat yana soat 0 ni ko’rsatadi. 3-sinfda o’quvchilar
o’zlari uchun yangi vaqt birliklari-sekund va asr bilan tanishadilar. Sekundning
davomiyligi haqida aniq tasavvurlarga ega bo’lishi uchun bolalarga 1 sekunda 1-2
qadam bosish, 1 metr o’tish mumkinligi, 1 sekund ichida nima qilish mumkinligi
o’rgatiladi. Asr tushunchasini kiritish ancha murakkab, chunki bolalar bu ulkan vaqt
oralig‟ini fikran qamrab olishlari ancha qiyindir. O’qituvchining vazifasi vaqtning
yilga nisbatan eng katta o’lchov birligi asrni tushuntirishda shunday misollarni
tanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo’lsa ham 100 yilga teng vaqt oralig‟I
davomiyligi qancha bo’lishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oralig‟I
davomiyligi haqida tasavvurni bolalar o’z yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini
asr bilan taqqoslash asosida oladilar. Asr ko’rilayotgan vaqt birliklari oarsidagi eng
yirigidir. “Vaqt o’lchovlari” mavzusini o’rganish uchun bir qator darslar ajratiladi.
Bu darslarning vazifasi vaqt o’lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularni
sistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o’rganish vaqt o’lchovlari jadvalini tuzish
va uni o’zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund
Fevral oyi 28 yoki 29 sutka.
Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o’lchovlari
qatnashgan ismli sonlarni qo’shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga
bag‟ishlanadi.
4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut
194
56
253
194 minut = 3 soat 14 minut
1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut.
Boshlang‟ich sinflarda vaqt o’lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmunda
bo’ladi:
I. Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra
uning oxirini topishga oid masalalar.
II. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan
vaqtga ko’ra topishga doir masalalar.
III. Berilgan hodisalar orasida o’tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o’zaro
teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va echishga o’rgatiladi.
Nazorat savollari
1. Boshlang‟ich sinflarga qaysi vaqt o’lchovlari o’rgatiladi?
2. Vaqt o’lchovlarini o’rganish nechanchi sinfdan boshlanadi?
3. Birinchi bo’lib qaysi birliklar o’rgatiladi?
4. Vaqt o’lchovlarini o’rganish uchun qanday ko’rgazmali qurollardan
foydalaniladi?
5. Sutka nima asosida o’rganiladi?
6. Soat va minut qanday o’rgatiladi?
7. Asr va sekund o’lchov birliklari qanday o’rgatiladi?
8. Vaqt o’lchov birliklari ustida qaysi amallar bajariladi?
9. Vaqt o’lchovlariga oid masalalar qanday mazmunda bo’ladi?
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati.
I. Jumayev M.E. Matemalika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.)
Toshkent. “ Bayyoz”, 2022 yil. 320 b.
2..Jumayev M.E. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi. (O O'Y uchun darslik.) Toshkenl. “Fan va texnologiya”, 2005 yil.
3. Jumayev M.E. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan
praktikum. (O O ‘Y uchun o‘quv qo’llanma ) Toshkent. "O'qituvchi”, 2004 yil.
4. Jumayev M.E. Boshlang‘ich sinllarda matematika o‘qitish metodikasidan
laboratoriya mashg‘ulotlari. (OO‘Y uchun o’q|uv qo'llanma) Toshkent. “Yangi asr
avlodi”, 2006 yil.