Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
45,6 KB
Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari
Umumiy ma’lumot: O‘zbekiston ta’lim sohasi davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi deb belgilangandi va ta’lim tizimida ulkan islohotlar boshlab yuborildi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning izchil amalga oshirilishini ,,Ta’lim to‘g‘risuda”gi
Qonun va ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’minlab bermoqda.
Boshlang‘ich ta’lim rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat ta’lim
standartlari yaratildi. Umumiy ta’lim maktablarining moddiy texnik ba’zasi
mustahkamlandi. Darsliklarning yangi avlodini yaratish sohasida juda samarali
ishlar amalga oshirilmoqda. Zamon talablari asosida darsliklarga qo‘yilayotgan
talablar belgilandi va tender asosida eng yaxshi darsliklar tanlab olinmoqda.
Darsliklarning amaliyotdagi natijalari monitoringi asosida, amaliyotchi o‘qituvchilar
fikrlari tinimsiz o‘rganilib, darsliklarga tegishli o‘zgartishlar kiritilib borilmoqda. Bu
esa ta’lim samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Boshlang‘ich sinfda ta’lim- tarbiya samaradorligiga alohida e’tibor qaratilishi
zarur. Buning birinchi sharti, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yetarli
tayyorgarlikka ega bo‘lishlari va kasb mas’uliyatining yuqori bo‘lishiga bog‘liq.
Ular tinimsiz o‘z ustilarida ishlashlari va yangiliklarni hayotga joriy qila bilishlari
zarur. O‘qituvchining mohirligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim-
tarbiya jarayoniga qo‘llay bilishi va bu sohada tinimsiz izlanishi ta’lim-tarbiya
samaradorligini ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya samaradorligining ikkinchi sharti, boshlang‘ich sinflarda
tasviriy san’at, musiqa va jismoniy madaniyat, horojiy til darslaridan tashqari barcha
o‘quv predmetlaridan bitta o‘qituvchining dars berishidir. Bu darslarni
integratsiyalashga, o‘quvchilarni bilimlarni yaxlit egallashlariga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, endigina oiladan kelgan o‘quvchining maktabga adaptatsiya jarayoni
oson kechadi. Bitta o‘qituvchiga oson o‘rganadi va erkin harakat qilishga, mustaqil
fikrlarini bayon qilishiga imkoniyat tug‘iladi. Bolaning yosh xususiyati ham shuni
talab qiladi. Shuning bilan birga tabiatshunoslik fanlarini o‘qish, ona tili,
matematika, mehnat fanlari bilan integratsiyalab o‘qitish imkoniyatlari mavjud.
Bunday o‘qitishda bilimlar o‘quvchilar tomonidan yaxlit o‘rganiladi, tizimlilik va
izchillikka asoslangan o‘qitishning samarasi ancha yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.
Bu dovrda o‘qituvchining innovatsion faoliyati katta ahamiyatga ega .O‘qituvchilar
ta’limni tashkil etishla pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishlari,
darslarni integrallashtirish imkoniyatlarini izlashlari muhim.
Boshlang‘ich sinfda ta’lim-tarbiya jarayoni (samaradorlikni ta’minlashning
uchinchi sharti) o‘quvchilarda yuksak ma’naviyatni tarbiyalashga qaratilishi lozim.
O‘quvchilarda Vatanga e’tiqod, unga muhabbat, tabiatga, mehnatga, insonlarga, o‘z-
o‘ziga munosabat boshlang‘ich sinflarda tarbiyalanishi zarur. Vatan uning hayoti
uchun qanday ahamiyatga egaligi, vatanda ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, ular
vatanning ertangi kuni uchun mas’uliyatli ekanliklarini anglashga o‘rgatish,
vatandagi milliy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilish va asrashga o‘rgatish -
bularning hammasi vatanga e’tiqodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu esa ta’lim
jarayoniga ham hurmat bilan qarashga, bilimlarni qunt bilan o‘rganishga
mas’uliyatni tarbiyalaydi.
Boshlang‘ich ta’limdan boshlab iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida dastur
asosida ishlash ham eng muhim muammolardan biridir. Chunki, jamiyatimizning
kelajagi ana shu iqtidorli yoshlarga bog‘liq. Ularni boshlang‘ich sinfdan boshlab
alohida o‘qitish, ular iqtidorini rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bunday o‘quvchilarga
e’tibor qaratilmasa ular uchun ta’lim jarayoni zerikarli bo‘ladi va asta-sekin unga
qiziqish pasayadi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib boshlang‘ich ta’limning kelajakdagi
taraqqiyotini ta’minlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Yuksak ma’naviyatli insonni tarbiyalash uchun xizmat qiladigan ta’lim
mazmunini yaratish.
1. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘llari va
usullarini yaratish ustida ishlash.
2. O‘quvchilarning mustaqil, erkin, ijodiy fikrlashi uchun imkoniyat yaratish
maqsadida pedagogik va innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish va
shunday dars loyihalari ustida ishlash.
3. O‘quvchilarni ko‘proq amaliy faoliyatga tayyorlash, egallagan bilimlarini
amaliyotga tadbiq qila olishlariga erishish, kasblarga yo‘naltirish.
4. O‘quv rejasi va dasturlarga o‘zgartishlar kiritish: dasturlar izchil va
bilimlarni tizimli egallashga imkoniyat berishi lozim. Ba’zi o‘quv predmetlari
mazmunini takomillashtirish ustida ishlash.
5. Iqtidorli bolalarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratish, imkoni bo‘lsa
iqtidorli bolalar maktabini tashkil etish va unda o‘qitiladigan bolalarga qo‘yiladigan
talablarning aniq tizimini ishlab chiqish. Bunday maktablarda beriladigan ta’lim
mazmunini belgilash. Iqtidorlilar maktabiga qabulning haqiqiy va real bo‘lishini
ta’minlash.
6. Dunyo mamlakatlarining boshlang‘ich ta’lim sohasidagi tajribalarini
o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish.
7. Ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish tizimini
yaratish.
8. Ta’lim muassalarida ijodiy muhit yaratish, har qanday tashabbuskorlik va
ijodiy ishlarni qo‘llab quvvatlash. O‘qituvchilarning yangiliklar ustida ishlash,
yaratuvchanlik faoliyatlarini qo‘llab - quvvatlash.
9. Boshlang‘ich ta’limning nazariy va amaliy muammolarini ishlab
chiqishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlariga e’tibor qaratish zarur. Bu sohada
ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar bugungi kunda boshlang‘ich ta’limdagi
muammolar yechimini izlashlari muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarda yuksak
ma’naviyatni tarbiyalash muammolari, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni
mustaqil, ijodiy va erkin fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchilarning intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish, tabiatni asrab - avaylashga o‘rgatish, mehnatga,
insonlarga va o‘z-o‘ziga munosabat kabi muammolarda tadqiqotlar olib borish
boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’lim
sohasidagi ilmiy ishlarning natijalarini amaliyotga joriy etish tizimini tashkil etish
ham bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Boshlang‘ich ta’limda ilmiy-ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish o‘quv
meyoriy hujjatlarga tayaniladi.
Har bir mutaxassislik fani o‘qituvchisi o‘quv meyoriy hujjatlarni bilishi va
ular asosida o‘ziga tegishli fan bo‘yicha o‘quv meyoriy hujjatlar tayyorlasi lozim.
Boshlang‘ich ta’limga tegishli o‘quv meyoriy hujjatlar:
Davlat ta’lim standarti.
Namunaviy o‘quv dasturi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va ijro etish uchun yuborilgan
boshqa qaror, ko‘rsatma va boshqa uslubiy materiallar.
Darslik va qo‘llanmalar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ularga asoslangan holda o‘zining ishchi
dasturini tuzib chiqadi. Ishchi dasturi asosida dars ishlanmasi, o‘quvchilar bilimini
nazorat qilish uchun nazorat savollarini tuzadi. Oraliq, yakuniy nazorat savollarini
tuzadi, test savollari ishlab chiqadi.
Talabalar bilimini tekshirishdagi qator afzalliklari hisobga olinib keyingi
paytda testlardan keng foydalanilmoqda.
Testlarni tuzishda o‘qituvchilar quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
1.Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra savolni aniq qo‘yish kerak.
2. Testda faqat bitta javob to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
3.Javoblarning bir-biriga o‘xshash bo‘lgani va haqiqatga yaqin bo‘lgani
ma’qul.
4.Testda iloji boricha inkor qiluvchi fe’l va boshqalardan foydalanmaslikka
harakat qilish zarur.(masalan, yuqoridagi ko‘rsatmalardan nima imkon bermaydi? va
h.)
5.”Yuqoridagi ko‘rsatilganlarning hammasi, yoki har biri” kabi ta’riflarni iloji
boricha ishlatmaslik kerak.
6.Bir necha komponentlar (aytaylik,A va S)ni mujassamlashtirgan javoblarni
iloji boricha kam ishlatish, ishlatganda test kimlar uchun tuzilayotganiga ahamiyat
berish zarur.
7.To‘g‘ri javob hammasi bir joyda(A,B yoki C) bo‘lishi mumkin emas.
8. Savollar va javoblar grammatik jihatdan o‘zaro mos va muvofiq bo‘lishi
kerak.
Sharqdagi uyg‘onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining
Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan
birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos -birlashish, yaxlitlik,
qo‘shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-
Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870
yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar)
va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo‘ldilar. Bu madaniyatning asosiy
markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. Sharq
mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va
shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim
masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari bois maxsus didaktik
nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o‘rgatish
san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari
surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham
qo‘llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi,
ko‘rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va
mustaqilligi,
shuningdek,
bolaning
individual
xususiyatlari,
layoqati
va
qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va
tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi.
XVII
asrda
pedagogika
amaliy
tabiatshunoslik
sifatida
biologiya
qonuniyatlariga bo‘ysunishi e’tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to‘la qayta qurishni
chex olimi Y.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko‘ra guruhlaganlar:
1.Ijtimoiy-tarixiy.
2.Tabiiy-tarixiy.
3.Psixologik.
Keyinchalik bir guruh ilg‘or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan
qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan,
Y.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko‘ra guruhlangan quyidagi
qoidalar tizimini ilgari surdi:
1.,,Ta’lim va oson o‘qishning asosiy qoidalari” (,,Buyuk didaktika” - XVII
bob);
2.,,Tabiiy o‘qish va ta’limning asosiy qoidalari”;
3.,,Fanlarga o‘qitish san’atining to‘qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar.
Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo‘lib, ular muayyan
loyihalarga taalluqli ekanligiga ko‘ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh -
o‘qituvchiga nisbatan, ikkinchisi -dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi
-o‘quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). Shu bilan birga Disterveg mazkur
qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.
Ta’lim tamoillari. Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan
ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning
asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga oladi. Ta`lim tamoillari o`qitishning eng
muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy
qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va
jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Ta`lim tamoillari deb - umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini
amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi,
o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va
malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy
jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta`limning ilmiylik tamoillari. Maktablarda ta`limning ilmiy bo’lishi,
prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri
taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda egallab
olishlarini, atrofini o`rab olgan ob`ektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va
voqeyalarning bir-biriga bog`liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini
ilmiy asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va
xulosalar chiqarish, shunindek, ularga o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda
bilish ko`nikma va malakalarni hosil qilish talabalarning o`z ichiga oladi.
Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi
fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan
qurollashtirishni hamda maktab ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan
tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta`limining mazmunigagina aloqador
bo`lib qolmay, o`qitish meto`dlariga ham aloqadordir.
U maktab ta`limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga
qaratilgan o`qitish meto`dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi.
Shuningdek, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh
xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan
tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o`quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va
hodisalarni mustaqil suratda kuzatish, eksperiment o`tkazish, dastlabki ilmiy
tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni talab qiladi.
Didaktikaning
ilmiylik
prinsipi
o`quvchilar
ilmiy
materialistik
dunyoqarashlarni shakllantirishga, atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqni o`rganish,
bilishga bo`lgan qiziqishlarni o`stirish, shuningdek ularning mustaqil ravishda o`z
ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib borishga bo`lgan moyilliklarini
rivojlantirish ham zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar hosil qilishga olib keladi.
Bularning hammasi o`quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi.
Ta`lim va tarbiyaning birligi. Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalash,
jamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga barkamol shaxs hislatlarini
singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun:
- o`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik
asosda dunyoqarash tarkib toptirish;
- shu jarayonda o`quvchilarga muayyan ma`naviy sifat, umuminsoniy ahloq
meyorlarini singdirish;
- o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish
nazarda tutiladi.
Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish
va xilma-xil o`qitish meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan
bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:
- bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham
g`oyaviy jihatda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi;
- o`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;
- bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda
turmushda ularga amal qilinishi;
-
ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va
tashabuskorliklarni oshirishga qaratilgan bo`lishi;
- ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va
javobgarlikni sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga
alohida ahamiyat bermog`i lozim.
Ta`limda nazariyaning amaliyot bilan birligi. Ta`lim nazariyasining
amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir. Nazariyaning
amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki
o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida
nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning
mazmuni va harakteriga bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy
bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki
tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan
amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini,
tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va
kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan
qurollanadilar.
Ta`limning muntazamlilik va izchillik. Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining
hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni
o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos
qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va
predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday
bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki
bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam
bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan
umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro
mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi
tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish
qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish
nazarda tutiladi.
Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi
qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi
materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va
malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan
yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi
bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun
zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik
prinsipiga muvofiq dars o`tadi. Bunda:
- yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan
materiallar bilan izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil
qilingan tasavvur va tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;
- bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda
qisimlarga bo`lish, undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib
chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;
- yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy
fikr qilishga da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda
tutilmog`i lozim. Shu bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon
qilinayotgan o`quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini
to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan
ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga oladi.
Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka
asoslangan ta`limning harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan
o`zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil
qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi
bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar
yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga
qaratilgandir.
Ta`limda onglilik va faollik. Ta`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy
bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib olishlarini taqozo qiladi.
O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy faoliyatlari bilan
fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning ongliligi
bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv
borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish,
abstraksiya va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari
hayotiyligiga ishonch bilan qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda
qo`llay olishlarida ko`rinadi.
Bayon
qilinayotgan
o`quv
materiallarining
ongli
o`zlashtirlgani
o`quvchilarning fikr qilish faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga
chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va
malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli, mustaqil, faol munosabatda
bo`lishlarini ta’minlaydi.
Ta’limni ongli o`zlashtirishda, bir tomondan, o`quvchilarning mustaqil va faol
fikr qilishlari nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida
o`quvchilarning mustaqil va faollik bilan mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini
tarbiyalab, takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Bu prinsip o`quvchilarning bilish
faoliyatida va dars berishda asos qilib olingan qoida sifatida uchta muhim jihatni:
- o`quvchilar tomonidan o`quv materiallarini ongli ravishda tushinilishi, o`quv
mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishni, bilish faoliyatining shakllanishini
o`z ichiga oladi.
O`quvchilar o`quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina
tushunishi,
o`quv
mashg`ulotlariga
ongli
munosabatda
bo`lishini,
bilish
faoliyatining darajasi turlicha bo`lishi mumkin.
Eng yuksak daraja. O`quvchi qiziqishi va o`qish istagi borligi uchun
mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsdagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga
tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o`rinda o`qituvchining ro`li o`quvchiga o`z
o`qish vaqtini to`g`ri tashkil etishga yordam berishidan, unga aqliy faoliyatining
ratsional usullarni o`rgatishdan iboratdir.
Yuksak daraja. O`quvchilar materialni faollik bilan, lekin o`qituvchining
rahbarligi ostida o`rganadilar. O`qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishga,
qat`iyatli , irodali bo`lishga yordamlashgan holda ular faoliyatini yo`naltirib boradi.
O`rtacha daraja. O`quvchilar mazmunni o`zlashtirib olishga intiladilar,
ammo turli sabablarga ko`ra, ya`ni yaterli ish qobiliyatiga ega bo`lmagani, o`qish
sababablarini yuksak bo`lmagani, asab sistamasini ojizligi va shu kabi sabablarga
ko`ra alaxsiydilar, diqqat-e’tiborsiz bo`lib qoladilar. Bunday sharoitlarda o`qituvchi
o`quvchining alaxsish sabablarini yaxshi tushinib yetishi va profilatka tarzida ta`sir
o`tkazish vositalarini oldindan rejalashtirib qo`yishi kerak.
Past daraja. O`quvchilarning diqqat-e`tibori boshqa narsalarga ham ko`chib
qoladi. Ular o`qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg`ulotlarga, mustaqil
ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. Lekin o`quvchilar o’quv
vazifasini anglaydilar va ularni yechish lozimligini tushinadilar. Odatda bunday
o`quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishni
talab qiladi.
Eng past daraja. O`quv vazifasi o’quvchi faoliyatini belgilamaydi. U
materiallarni zarurat bo`lganligi uchun o`zlashtiradi, ichki g`ayrat va omil tufayli
emas, balki o`qituvchi, ota-onalar, katta yoshdagilar majbur qilgani uchun o`qiydi.
O`quvchilarning faolligi o`quv jarayonida aloqasi yo`q faoliyati turlariga yo`nalgan
bo`ladi. Odatda bunday o`quvchilar yomon o`qishadi, ular individual yondashuvni
talab qilishadi. O`quv jarayonida uddaburonlik bilan rahbarlik qilish orqali maktab
o`quvchilarining bilish faolligini yuksak darajada olib chiqish vositalarini topsa
bo`ladi.
Ta`limning ko`rsatmaliligi. Ta`limning ko`rsatmali bo`lishi prinsipi o`quv
materiallarini o`quvchilar konkret obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini
ta`minlaydi. Kuzatilayotgan ob`ektning harakteri yoki o`quv materialining
hususiyatiga qarab idrok qilish quyidagicha bo`lishi mumkin:
- hayotdagi narsa, hodisa va voqealarni yoki o`quv materiallarini to`g`ridan-
to`g`ri kuzatish orqali, bevosita idrok qilish yo`li bilan;
- ilgaridan sezilgan, idrok qilingan narsalar va o`quv materiallarining
obrazlarini qaytadan esga tushirish, tasavvur qilish yo`li bilan;
- narsa, hodisa va voqealar yoki o`quv materiallarini tasviri ifodalangan
ko`rsatma materiallarini namoyish qilish yo`li bilan idrok qilish mumkin.
Ta`lim jarayonida ko`rsatmali materiallarni qaysi yo`l bilan idrok qilishdan
qat`iy nazar, to`g`ri tashkil qilingan ko`rsatmalilik prinsipi ta`limning yetakchi
qonun-qoidalar va talablarni amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o`z
ichiga oladi, ayniqsa:
- bayon qilinayotgan mavzuni harakteriga mos keladigan ko`rsatmali
materiallardan unumli va to`g`ri foydalanish o`quvchilarni o`tilayotgan materiallarni
o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Dars qiziqarli o`tadi, sinf
o`quvchilarining faolligi oshadi.
- ta`limda qo`llanilayotgan ko`rsatmali qurollar o`quvchilarning qanchalik
yaqqol va konkret, obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzatayotgan ob`ektga
mumkin qadar sezgi organlari safarbar qilinsa, o`quv materiallari shunchalik tez,
qulay va oson o`zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlab qolish hamda qayta esga
tushirish mumkin bo`ladi. Oqibatda o`quv materiallarining puxta o`zlashtirilishi
ta`minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. .Melanie Nind, Aliia urtin, Kathy Hall. Researh Methods for Pedagogy. UK,
Bloomsbury Publishing 2016.
2. Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar
metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
3. Choriyev A., Choriyev 1. Pedagogikaning fanlararo bogliklik metodologiyasi
(o‘quv kullanma). - Toshkent.: Fan, 2011.
4. Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv
kullanma).. - Toshkent.: Fan, 2010.