BOSHLANG’ICH TA’LIM METODOLOGIYASI FANINING TARIXI VA TADRIJIY RIVOJLANISHI

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

18,6 KB


 
 
 
 
 
 
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODOLOGIYASI FANINING TARIXI VA 
TADRIJIY RIVOJLANISHI 
 
 
Reja: 
1.Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat 
ekanligi. Suqrot, Pifagor, Aristotel, Platonlarning inson kamoloti va tarbiyasi 
masalalariga oid qarashlari.  
 
 
 
 
 
 
 
 
2.Sharq mutafakkirlari Yu.X.Hojibning ,,Qutadg’u bilig” asari, Kaykovusning 
,,Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning ,,Hibat ul-haqoyiq”, Alisher Navoiyning 
,,Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p didaktik asarlarda ilgari surilgan pedagogik 
g’oyalar. 
 
 
 
 
 
 
 
3.Y.A.Komenskiy, 
Logann,Pestalotsi, 
disterverg 
va 
K.D.Ushinskiylarning pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida ilgari 
surgan g’oyalari.  
 
 
Tayanch tushunchalar: Pedagogika, ijtimoiy, iqtiisodiy, jahon va sharq 
mutafakkurlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy 
zaruriyat ekanligi. Suqrot, Pifagor, Aristotel, Platonlarning inson kamoloti va 
tarbiyasi masalalariga oid qarashlari. Pedagogika fanining metodologik asosi va 
amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim haqida”gi qonuni, 
”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy Majlis materiallaridir. 
 
 
 
Ob`ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish va o‘rgatish kerak, 
kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy 
bogliqdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud 
pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan 
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODOLOGIYASI FANINING TARIXI VA TADRIJIY RIVOJLANISHI Reja: 1.Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat ekanligi. Suqrot, Pifagor, Aristotel, Platonlarning inson kamoloti va tarbiyasi masalalariga oid qarashlari. 2.Sharq mutafakkirlari Yu.X.Hojibning ,,Qutadg’u bilig” asari, Kaykovusning ,,Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning ,,Hibat ul-haqoyiq”, Alisher Navoiyning ,,Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p didaktik asarlarda ilgari surilgan pedagogik g’oyalar. 3.Y.A.Komenskiy, Logann,Pestalotsi, disterverg va K.D.Ushinskiylarning pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida ilgari surgan g’oyalari. Tayanch tushunchalar: Pedagogika, ijtimoiy, iqtiisodiy, jahon va sharq mutafakkurlari. Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat ekanligi. Suqrot, Pifagor, Aristotel, Platonlarning inson kamoloti va tarbiyasi masalalariga oid qarashlari. Pedagogika fanining metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim haqida”gi qonuni, ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy Majlis materiallaridir. Ob`ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish va o‘rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bogliqdir. Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan  
 
usullari bilan o‘rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni 
tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki aloqa 
va munosabatlarni tekshirish, bilish yo‘llari, uslublari va vositalari majmui 
tushuniladi.  
Suqrot. Suqrot miloddan oldin 469 yilda Afinada haykaltarosh oilasida 
dunyoga keldi.U biron bir asar yozmagan,maktabda dars bermagan, lekin oz 
shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan.U haqiqatni bahs orqali ,suhbat yo’li bilan 
,anglash mumkin degan g’oyani olg’a surgan,suhbatda asosiy e’tiborni inson ongi va 
tafakkurini tahlil qilishga qaratish zarurligini aytgan.U tavsiya etgan bu usul o’z 
davrida “Suqrot usuli” deb atalgan.Suqrot miloddan oldingi 399-yilda demokratiya 
dushmanlari tomonidan o’ldirildi. 
Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad 
insonni bilimlarni bilib olishga erishish,uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir.U 
o’z ta’limotida martlik, donolik, mo’tadillik,adolatlilik tushunchalarini belgilab 
beradi.Uning fikricha ,mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik- jamiyat qonunlariga 
rioya qilish, mo’tadillik-o’z hissiyotlariga erk bermaslik, adolat- yaxshilikni amalga 
oshirish yo’llarini o’rgatishdir.Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy 
axloq mezonlarini inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarini egallab olishi 
kerak.Insonning fazilat egasi yaxshi fazilatlarni na’moyon eta oladi.Inson axloqiy 
fazilatlarini ilm-fan, ta’lim orqali egallaydi, axloqning yagona sohibi bo’ladi. Aql 
bilan axloq o’rtasida ziddiyat bo’lishi mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan 
ulug’roq narsa yo’q. Sharmu hayodan yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo’q, 
batfellikdan yomonroq dushman yo’qdir. 
Suqrotning axloq xususidagi ta’limotiga ko’ra, ezgulik-bilim, donishmandlik-
yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi yaxshlikni yo 
bilmaydi, yoki pirovadida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik qiladi. 
Oqil, dona odamlar halol kasb shug’illanib, shu kasblaridan topgan mol-
dunyolaridan muhtojlarga in’om-ehson qiladilar.Achchiqlangan vaqtlarida tillarini 
yomon so’zlarni, qo’llarni odamlarga ozor berishdan saqlaydilar.Suqrot, agar bir 
odam sening aybingni yuzingga solsa, kamchiliklaringni tanqid qilsa, uni do’st deb 
bil, go’zal xulq- atvorli bo’lishga, yaramas ishlardan saqlanishga g’ayrat qil, deb 
maslaxat beradi.Suqrot tadbirkorlikni ulug’lab,uni eng go’zal insoniy fazilat 
usullari bilan o‘rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo‘llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Suqrot. Suqrot miloddan oldin 469 yilda Afinada haykaltarosh oilasida dunyoga keldi.U biron bir asar yozmagan,maktabda dars bermagan, lekin oz shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan.U haqiqatni bahs orqali ,suhbat yo’li bilan ,anglash mumkin degan g’oyani olg’a surgan,suhbatda asosiy e’tiborni inson ongi va tafakkurini tahlil qilishga qaratish zarurligini aytgan.U tavsiya etgan bu usul o’z davrida “Suqrot usuli” deb atalgan.Suqrot miloddan oldingi 399-yilda demokratiya dushmanlari tomonidan o’ldirildi. Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilimlarni bilib olishga erishish,uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir.U o’z ta’limotida martlik, donolik, mo’tadillik,adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi.Uning fikricha ,mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik- jamiyat qonunlariga rioya qilish, mo’tadillik-o’z hissiyotlariga erk bermaslik, adolat- yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq mezonlarini inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarini egallab olishi kerak.Insonning fazilat egasi yaxshi fazilatlarni na’moyon eta oladi.Inson axloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta’lim orqali egallaydi, axloqning yagona sohibi bo’ladi. Aql bilan axloq o’rtasida ziddiyat bo’lishi mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug’roq narsa yo’q. Sharmu hayodan yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo’q, batfellikdan yomonroq dushman yo’qdir. Suqrotning axloq xususidagi ta’limotiga ko’ra, ezgulik-bilim, donishmandlik- yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi yaxshlikni yo bilmaydi, yoki pirovadida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik qiladi. Oqil, dona odamlar halol kasb shug’illanib, shu kasblaridan topgan mol- dunyolaridan muhtojlarga in’om-ehson qiladilar.Achchiqlangan vaqtlarida tillarini yomon so’zlarni, qo’llarni odamlarga ozor berishdan saqlaydilar.Suqrot, agar bir odam sening aybingni yuzingga solsa, kamchiliklaringni tanqid qilsa, uni do’st deb bil, go’zal xulq- atvorli bo’lishga, yaramas ishlardan saqlanishga g’ayrat qil, deb maslaxat beradi.Suqrot tadbirkorlikni ulug’lab,uni eng go’zal insoniy fazilat  
 
hisoblaydi.Uning o’qtirishicha go’zal tadbir ishlatib, dushmanni do’st etish, nodon 
va johil odamni ta’lim va tarbiya qilib, donolar davrasiga, badahloq fosiqlarni pand, 
nasihat bilan isloh etib, yaxshilar qatoriga eng afzal amallardan sanaladi.Suqrot 
o’zining pedagogik qarashlarida mehnat tarbiyasida alohida e’tibor beradi, mehnatni 
ahloqiy go’zallik deb biladi.Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti, qadimgi 
Yunonisda falsafiy-pedagogik fikr rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shiladi. 
Platon.Platon Yunonistonning mashhur, mumtoz faylasufi.U miloddan oldingi 
428-yilda Afinada aristokrat oilasida dunyoga kelgan.Platon Janubiy Italiya va 
Sitsiliyalarni kezib, 388-yilda Afinaga qaytib keladi. 4 asrning 80-yillarida Sitsiliya 
hukmdori Tong’ich Dionisi saroyida uning o’g’lini tarbiyalash bilan shug’ullanadi. 
Platon o’zi o’ylab chiqqan idial quldorlik davlati tuzishni shu shaharda amalga 
oshirmoqchi bo’ladi. Ammo,uning g’oyasi hukmdorga maqul bo’lmaydi va uni 
dengizchilar qo’liga topshirib, o’ldirishni buyuradi.Dengizchilar uni Egin shahrida 
bir savdogarga qul qilib sotadilar.Savdogar do’sti bo’lgani tufayli Platon yana 
Afinaga qaytib keladi va o’z falsafiy maktabini tuzadi,maktabni Afina qahramoni 
Akadema sharafiga “Akademiya”deb ataydi, jo’shqin ilmiy faoliyatini davom 
ettiradi.U “Ideal quldorlik davlati” haqidagi g’oyasini amalga oshirish niyatida o’zi 
tarbiyalagan shahzoda Kenja Dionisi hukmronlik qilayotgan Sitsiliya shahriga 
boradi.Lekin orzusi bu yerda ham amalga oshmagach, noumid bo’lib o’z vatani 
Afinaga qaytadi,368-yilda vafot etadi. 
Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini “Davlat” va “Qonunlar” 
asarlarida bayon etadi. Platonning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan tasiri, 
bolalarda ahloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. Platon his- tuyg’uga ta’sir 
etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashning asosi hisoblaydi. Kichik yoshdagi 
bolalar huzur qilish, zavqlanish, qayg’ulanish, orqali yahshilik va baxt saodat 
tushunchalari haqidagi tasavvurga ega bo’ladilar.Platon o’yin, adabiy asarlardan 
o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Kichik 
yoshdagi bolalarga nimani o’qitish, nimani hikoya qilishni qonunlashtirish 
kerakligini aytdi. Uning takidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turushlari, 
lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasliklari kerak. Fanlarni bolalarga 
zo’rlab emas balki oson yo’l bilan o’qitish lozim. Chunki, erkin odam har qanday 
fanni qullarcha o’rganmasligi kerak.  
hisoblaydi.Uning o’qtirishicha go’zal tadbir ishlatib, dushmanni do’st etish, nodon va johil odamni ta’lim va tarbiya qilib, donolar davrasiga, badahloq fosiqlarni pand, nasihat bilan isloh etib, yaxshilar qatoriga eng afzal amallardan sanaladi.Suqrot o’zining pedagogik qarashlarida mehnat tarbiyasida alohida e’tibor beradi, mehnatni ahloqiy go’zallik deb biladi.Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti, qadimgi Yunonisda falsafiy-pedagogik fikr rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shiladi. Platon.Platon Yunonistonning mashhur, mumtoz faylasufi.U miloddan oldingi 428-yilda Afinada aristokrat oilasida dunyoga kelgan.Platon Janubiy Italiya va Sitsiliyalarni kezib, 388-yilda Afinaga qaytib keladi. 4 asrning 80-yillarida Sitsiliya hukmdori Tong’ich Dionisi saroyida uning o’g’lini tarbiyalash bilan shug’ullanadi. Platon o’zi o’ylab chiqqan idial quldorlik davlati tuzishni shu shaharda amalga oshirmoqchi bo’ladi. Ammo,uning g’oyasi hukmdorga maqul bo’lmaydi va uni dengizchilar qo’liga topshirib, o’ldirishni buyuradi.Dengizchilar uni Egin shahrida bir savdogarga qul qilib sotadilar.Savdogar do’sti bo’lgani tufayli Platon yana Afinaga qaytib keladi va o’z falsafiy maktabini tuzadi,maktabni Afina qahramoni Akadema sharafiga “Akademiya”deb ataydi, jo’shqin ilmiy faoliyatini davom ettiradi.U “Ideal quldorlik davlati” haqidagi g’oyasini amalga oshirish niyatida o’zi tarbiyalagan shahzoda Kenja Dionisi hukmronlik qilayotgan Sitsiliya shahriga boradi.Lekin orzusi bu yerda ham amalga oshmagach, noumid bo’lib o’z vatani Afinaga qaytadi,368-yilda vafot etadi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini “Davlat” va “Qonunlar” asarlarida bayon etadi. Platonning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan tasiri, bolalarda ahloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. Platon his- tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashning asosi hisoblaydi. Kichik yoshdagi bolalar huzur qilish, zavqlanish, qayg’ulanish, orqali yahshilik va baxt saodat tushunchalari haqidagi tasavvurga ega bo’ladilar.Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Kichik yoshdagi bolalarga nimani o’qitish, nimani hikoya qilishni qonunlashtirish kerakligini aytdi. Uning takidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turushlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasliklari kerak. Fanlarni bolalarga zo’rlab emas balki oson yo’l bilan o’qitish lozim. Chunki, erkin odam har qanday fanni qullarcha o’rganmasligi kerak.  
 
Platon ”Davlat” asarida bolalarni yoshligidan boshlab ichtimoiy tarbiyalash 
g’oyasini olg’a surdi va uni tashkil etishning muayyan tizimini taklif etdi. Uning 
taklifiga ko’ra, shahar va qishloq aholisining 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalari 
mahsus joyda o’ynashi kerak. Bu joyda davlat tomonidan tayinlangan ayollar tartibni 
kuzatib turushlari va o’yinga rahbarlik qilishlari lozim. 6-12 yoshdan boshlab bolalar 
maktabda o’qish, yozish va hisobni, shuningdek ashula aytish va musiqa asboblarini 
chalishni o’rganadilar. 12 yoshdan 16 yoshgacha polestrada o’qiydilar. Polestrada 
jismoniy 
tarbiyaga 
ahamiyat 
beriladi. 
16yoshdan 
boshlab 
arifmetika, 
geometriya,astronomiyani o’rganadilar. 18yoshdan 20yoshgacha ular Efebiyada 
mahsus 
harbiy-jismoniy 
tayyorlikni 
o’taydilar. 
Bu 
bosqichda 
ular 
o’z 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, jangchilar, hunarmandlar, dehqonlar, 
savdogarlar guruhida bo’ladilar, ta’lim olishlari tugallanadi.  
Platon o’z faoliyatida birinchilardan bo’lib bolalarni izchillikda tarbiyalash 
g’oyasini olg’a suradi.Uning g’oyaviy taklifi maktabgacha tarbiya nazariyasining 
keying taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Platonning tarbiya haqidagi 
qarashlarida mehnat ulug’lanadi.U: “Men fidokorona qilingan rohatni boshqa biror 
narsadan ko’rmadim. Vujudimning salomatligi, ruhimning saodatini faqat mehnat 
topdim”-deydi. 
Buyuk faylasuf Platonning “Farzandlaringizning ilm va adabini o’zingizning 
ilm va adabingiz bilan cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki 
ularsizning zamonangizga tegishli emas, ular kelgusi zamon odamlaridir”- degan 
hikmatlari hozirgi davr ota-onalar, murabbiylar uchun, ham qimmatlidir. 
  
Aristotel. Aristotel - qadimgi Yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr 
yaratgan mutafakkir.Aristotel miloddan avval234-yilda Stagir shahrida tabib 
oilasida tug’ildi, 322-yilda vafot etdi. Aristotel 20 yil davomida Afina shahridagi 
Platon akademiyasi ta’lim oladi, 343-yilda Makedoniya taxtining vorisi Aleksandr 
Makedoniskiyning tarbiyachisi bo’lib xizmat qiladi. 335-yilda Afinada Likey 
nomida shaxsiy maktabini tashkil qiladi. U mantiq ilmiga oid”Kategoriyalar”, 
“Talqin haqida”, “Birinchi va ikkinchi analitika”,”Tonika”, biologiyaga doir “Jon 
to’g’risida”, “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning kelib chiqishi’”, falsafaga doir 
“Matematika”, axloqqa oid “Nikomax etikasi”, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy 
masalalarga oid “Politika”,”Politiya”, san’at, poetikaga doir “Ritorika”, “Poetika” 
Platon ”Davlat” asarida bolalarni yoshligidan boshlab ichtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a surdi va uni tashkil etishning muayyan tizimini taklif etdi. Uning taklifiga ko’ra, shahar va qishloq aholisining 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalari mahsus joyda o’ynashi kerak. Bu joyda davlat tomonidan tayinlangan ayollar tartibni kuzatib turushlari va o’yinga rahbarlik qilishlari lozim. 6-12 yoshdan boshlab bolalar maktabda o’qish, yozish va hisobni, shuningdek ashula aytish va musiqa asboblarini chalishni o’rganadilar. 12 yoshdan 16 yoshgacha polestrada o’qiydilar. Polestrada jismoniy tarbiyaga ahamiyat beriladi. 16yoshdan boshlab arifmetika, geometriya,astronomiyani o’rganadilar. 18yoshdan 20yoshgacha ular Efebiyada mahsus harbiy-jismoniy tayyorlikni o’taydilar. Bu bosqichda ular o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, jangchilar, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar guruhida bo’ladilar, ta’lim olishlari tugallanadi. Platon o’z faoliyatida birinchilardan bo’lib bolalarni izchillikda tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi.Uning g’oyaviy taklifi maktabgacha tarbiya nazariyasining keying taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Platonning tarbiya haqidagi qarashlarida mehnat ulug’lanadi.U: “Men fidokorona qilingan rohatni boshqa biror narsadan ko’rmadim. Vujudimning salomatligi, ruhimning saodatini faqat mehnat topdim”-deydi. Buyuk faylasuf Platonning “Farzandlaringizning ilm va adabini o’zingizning ilm va adabingiz bilan cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki ularsizning zamonangizga tegishli emas, ular kelgusi zamon odamlaridir”- degan hikmatlari hozirgi davr ota-onalar, murabbiylar uchun, ham qimmatlidir. Aristotel. Aristotel - qadimgi Yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan mutafakkir.Aristotel miloddan avval234-yilda Stagir shahrida tabib oilasida tug’ildi, 322-yilda vafot etdi. Aristotel 20 yil davomida Afina shahridagi Platon akademiyasi ta’lim oladi, 343-yilda Makedoniya taxtining vorisi Aleksandr Makedoniskiyning tarbiyachisi bo’lib xizmat qiladi. 335-yilda Afinada Likey nomida shaxsiy maktabini tashkil qiladi. U mantiq ilmiga oid”Kategoriyalar”, “Talqin haqida”, “Birinchi va ikkinchi analitika”,”Tonika”, biologiyaga doir “Jon to’g’risida”, “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning kelib chiqishi’”, falsafaga doir “Matematika”, axloqqa oid “Nikomax etikasi”, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy masalalarga oid “Politika”,”Politiya”, san’at, poetikaga doir “Ritorika”, “Poetika”  
 
asarlarini yozadi.U yaratgan bu ilmiy asarlari antik dunyosining eng ulug’ yutig’i 
sifatida manaviy madaniyat rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
Sharq 
mutafakkirlari 
Yu.X.Hojibning 
,,Qutadg’u 
bilig” 
asari, 
Kaykovusning ,,Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning ,,Hibat ul-haqoyiq”, 
Alisher Navoiyning ,,Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p didaktik 
asarlarda ilgari surilgan pedagogik g’oyalar. Sharqdagi Uyg‘onish davrida (IX-
XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining 
moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik 
(yunoncha synkretismos - birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish) madaniyat birlashgan turi 
yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr 
Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-
1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari 
sifatida mashhur bo‘ldilar.  
 
 
    
Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo 
hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, 
tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda 
etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari 
bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa 
fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari 
tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy 
maktablarda ham qo‘llanilmoqda. 
Quyida Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-
Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon 
Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko‘rgazmaliligi, 
tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, 
shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga 
olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari 
anglanadi. 
 
asarlarini yozadi.U yaratgan bu ilmiy asarlari antik dunyosining eng ulug’ yutig’i sifatida manaviy madaniyat rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Sharq mutafakkirlari Yu.X.Hojibning ,,Qutadg’u bilig” asari, Kaykovusning ,,Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning ,,Hibat ul-haqoyiq”, Alisher Navoiyning ,,Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p didaktik asarlarda ilgari surilgan pedagogik g’oyalar. Sharqdagi Uyg‘onish davrida (IX- XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos - birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973- 1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo‘ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo‘llanilmoqda. Quyida Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al- Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko‘rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi.