BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODOLOGIYASI O‘QUV FANI SIFATIDA
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
21,1 KB
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODOLOGIYASI O‘QUV FANI SIFATIDA
Reja:
1.Metodologiya o’quv fan sifatida. Metodologiya tushunchasining mazmuni,
tavsifi va funksiyalari.
2.Metodologiya
ilmiy
bilishning
tarkibiy
qismi.
Metodologiyaning
umumfalsafiy darajasi.
3.Ilmiy tadqiqot metodlari va ularning turlari.
Tayanch tushunchalar: Metodologiya, tushuncha, mazmun, tavsif.
Metodologiya o’quv fan sifatida. Metodologiya tushunchasining
mazmuni, tavsifi va funksiyalari. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar ma’naviy-axloqiy yo’nalishlarni ham keng rivojlantirishni
taqozo etmoqda. Chunki, bu demokratik, insonparvarlik jamiyat qurishning muhim
omillaridandir.Ayniqsa, boshlang’ich ta’limni yuqori darajaga ko’tarish muhim
ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, kelajagimizning taraqqiyoti ta’limning poydevori
bo’lgan boshlang’ich maktabda ilm olayotgan bolalarning ma’naviy-axloqiy
jihatdan mustahkam tarbiyalanishi, barkamol avlod bo’lib yetishishiga ko’p jihatdan
bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev takidlaganlaridek,
Bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli
bo‘lishlari shart!”degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng
jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan 1.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni komil inson darajasiga ko’tarishga intilish,
ma’naviyat sarchashmalaridan bahramand qilish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalash istiqlolning talabidir. Buning uchun
o’qituvchining o’zi ham yetuk pedagogik mahoratga ega bo’lishi, yuksak insoniy
fazilatlarni o’zida mujassam etmog’i lozim.
Bugungi kunda, ya’ni ta’lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida
o’qituvchining ishlash tizimi tubdan o’zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar,
integratsiyalar va innovatsiyalar amaliyotda keng qo’llanilmoqda.
O’quv
jarayonida
fanlararo
aloqadorlik
ta’minlangan
sharoitda
o’quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning
idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari
ortishiga erishiladi. O’quv jarayonida fanlararo aloqadorkikni turli o’quv o’quv
dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida
tushunish lozim.
O‘zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf
qilib, uni o‘zligini anglashda imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy
intellektual, aqliy - amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.
Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga
yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. O’zbekiston Respublikasi
birinchi prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: "Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir".
Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining obyekti va predmetini
kengaytirdi. Endi pedagogika fani faqat ta’lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik -
amaliy ta’minlovchi fan emas, komil inson shakllanishini, rivojlanishini
ta’minlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ,,Kadrlar tayyorlash
1 Shavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz “.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis
palatalarining Qo‘shma Majlisidagi nutqidan. T.: “O‘zbekiston”-2016. 13-14-bet.
milliy dasturi”dagi milliy ta’lim modelida shaxsga kadrlar tayyorlash tizimining
bosh subyekti va obyekti sifatida qaraladi.
Ma’lumki, pedagogika fani tarbiya va ta’limning inson rivoji, shaxs kamoli va
mutaxassis shakllanishida ta’lim tizimini o‘z ichiga olmaydigan etnik, antropologik,
genetik, tarixiylik, mustaqillik, tabiiy - ekologik, intuitiv, ruhiy-hissiy bilish,
rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan tashqari pedagogika fani
oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraniig keng qamrovli
sifatlarini shakllantirish vazifalari qo‘yildi.2
Endi pedagogika ta’lim - tarbiyada, hayot jarayonining hamma sohalarini,
jabhalarini qamrab olmasa, u o‘zining komil inson tarbiyasidagi juda katta asosiy
imkoniyatlarga ega bo‘lgani asosiy ijtimoiy fan mavqyeini egallay olmagan bo‘ladi.
Shuning uchun ham yangi ta’lim konsepsiyasida va mutaxassislar tayyorlash milliy
dasturida ta’lim ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi qilib
belgilandi.
Pedagogika
fanining
metodologiyasida,
mazmunida,
tarbiya
nazariyasida, ta’lim nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida komillik darajasi
sifatlarini aniqlashda katta islohiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar innovatsion
pedagogik texnologiyalar jarayonida o‘z asosini topishi lozim.
Pedagogika haqli ravishda tabiatning oliy mahsuli - insonning ma’naviy -
amaliy shakllanishi, uning shaxs sifatida rivojlanishi, komil inson shakllanish
qonuniyatlarini, mutaxassislik asoslarini o‘rgatuvchi ustuvor fanlardan biriga
aylandi. Insoniyat o‘zligini anglashga yangicha yondashish faqat uning o‘ziga,
jamiyatga, tabiatga munosabatlarida emas, balki uning faoliyatida ilmiy-amaliy,
islohiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, u yangicha fikrlash asoslarini egallashga qadam
qo‘ydi.
Bunday o‘zgarishlar pedagogik tadqiqotlar oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda.
Ilmiy pedagogik tadqiqotlar bugungi kundagi dolzarb muammolarni yechishga
qaratilmog‘i lozim.
Metodologiya ilmiy bilishning tarkibiy qismi. Metodologiyaning
umumfalsafiy darajasi. Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) -
tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va
usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. Metodologiya metodlar
2 Melaniy Nind, Aliia urtin, Katchy Hall. Research Methods for Pedogogy.UK, Blomsbury publishing 2016. 104 -b.
haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi.
Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini
oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim
holatini oʻrgatuvchi metodologiyaga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish,
oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro
aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi
keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda
qoʻllaniladigan metodologiyaga sinergetikapni misol sifatida koʻrsatish mumkin.
Metodologiyaga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va oʻzgartirishning
algoritmi sifatida ham qarash mumkin.Yunonistonda geometriya yer maydonlarini
oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini, falsafani
oʻrganish uchun muhim metodologiyaga deb bilishgan. Platon maqbarasiga
kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin"
deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk
metodologiya vazifasini oʻtagan. Metodologiya taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel ulkan
hissa qoʻshishgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini
40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushuna olmaganligini, bu asarning
mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini
yozib qoldirgan.
Metodologiya haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik
olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, metodologiya rivojiga Kant, Fixte,
Shelling, Geggel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik metodologiyaning
asoslarini ishlab chiqdi. XX asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik
metodologiyalar falsafada eng obroʻli falsafiy metodologiyalar sifatida nom
qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish metodologiyalari esa insonning barcha
hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.
Bugungi kunda sinergetika metodologiyasi olamning chigal muammolarini
tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohiyatini
tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish
quroli vazifasini oʻtamoqda.
Metod (yun. metodos - bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) -
voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl-
yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi.
Biror ishni bajarish metodni egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez
va soz bajara oladi. metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt
va kuch sarflaydi. Metodi oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda
boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid metodlar ham voqelikka xos
boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. metodlar haqidagi
taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni
kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida
bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda
qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy
(empirik) va nazariy metodlari vujudga keldi.
Fan metodlarining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar
tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan metod funksiyasiga
egadir. Metod oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga
vosita boʻladi. Shu nuqtai nazardan metod bilan ilmiy nazariya funksiyasiga koʻra,
bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal hisoblanadi.
Falsafa va fanlar tarixida ilmiy metodning mohiyatini tadqiq etish, yangi-
yangi metodlarni kashf etish alohida ahamiyatga egadir. Har qanday ilmiy
kashfiyotlarga nisbatan olimning biror yangilikni kashf qilishda qoʻllagan ilmiy
metodi koʻproq ahamiyatga egadir, chunki, boshqa kashfiyotchilar ham shu olim
qoʻllagan ilmiy metodga tayanib koʻplab kashfiyotlarni ochishi mumkin.
Bilish metodlari voqelikni qamrab olishi jihatidan 3 turga boʻlinadi: yalpi
umumiy bilish metodlari - hamma fanlarda va bilishning barcha bosqichlarida ham
qoʻllaniladigan umumiy va universal metodlar - metodologiya; umumiy bilish
metodlari - bir qancha yoki barcha fanlarda qoʻllaniladigan va bilishning muayyan
bosqichi (empirik, nazariy yoki empirik bosqichdan nazariy bosqichga oʻtish
chegarasi)da qoʻllaniladigan bilish metodlari; xususiy yoki maxsus metodlar - ayrim
fan doirasida qoʻllaniladigan bilish metodlari.
Oʻrta Osiyo olimlaridan al-Forobiy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn
Sino va boshqalar fan metodlarini rivojlantirganlar. Xorazmiy olimlarni uchga
boʻlib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qo`llaniladigan yoʻl-yoʻriq
va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb
yozganida, aynan shu metodlarni ishlab chiquvchi olimlarni nazarda tutgan.
Yaqin davrda Yevropa faylasuf olimlari ham metod taraqqiyotiga salmoqli
hissa qoʻshishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnits singari faylasuflar
metodlar haqida maxsus asarlar ham yozishdi.
Hozirgi zamon fanlarida koʻplab umumiy, xususiy ilmiy metodlar
qoʻllaniladi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashtirish va matematik metodlarning
yangi shakllari rivojlandi, kibernetik modellashtirish va kompyuter modellashtirish
metodlari jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qoʻllanilmoqda.
Zamonaviy ilmiy metodlar tadqiqotchilarga dunyo sir - asrorlarini ochishda yordam
bermoqda.
Ilmiy tadqiqot metodlari va ularning turlari.Ilmiy tadqiqot - yangi
bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik,
ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda
hamisha birdek, natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy
tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot
sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba
oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni
olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy
bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy,
noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning
metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy
masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Tarbiyalashga oid ish tajribalarini o'rganmay va umumlashtirmay, pedagogik
jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib, metodikani rivojlantirib bo'lmaydi. Hozirgi
ta'lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan uzviy, ammo
boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham o'ziga xos xususiy tadqiqot
metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog'lanishlarni, munosabatlarni,
aloqalarni o'rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish
usullaridir. Kuzatish, tajriba, bog'cha hujjatlari bilan tanishish, o'rganish, bolalarning
ishlarini o'rganish, suhbat va so'rovnomalar o'tkazish ilmiy pedagogik tadqiqot
metodlari jumlasiga kiradi.
Kuzatish metodi - odatdagi kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan
pedagogik| jarayonni bevosita maqsadga yo'naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish metodidan o'quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday
borayotganini o'rganish uchun foydalaniladi, bu metod pedagog-tarbiyachi va
bolalarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharda aniq material
to'plash imkonini beradi. Kuzatish aniq maqsadni ko'zlangan reja asosida uzoq yoki
yaqin vaqt oralig'ida davom etadi.
Kuzatishning borishi, dalillar sodir bo'layotgan voqealar, bolalarning
matemetik tushunchalarni o'zlashtirish tasawurlari kuzatish kundaligiga qayd qilib
boriladi. Kuzatish tutash yoki tanlama bo'lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq
olingan hodisa (masalan, matematika mashg'ulotlarida bolalarning bilish
faoliyatlari), tanlama kuzatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan,
matematika mashg'ulotlarida bolalarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. Kundalik
yuritish kuzatishlarni qayd qilishning eng sodda metodidir. Ammo kuzatishlarni
qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, videomagnitafon, foto va
kinos'yomkadan va teleekrandan foydalanishdir.
Eksperiment - bu ham kuzatish bo'lib, maxsus tashkil qilingan tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va muntazam ravishda o'zgartirib turiladigan
sharoitda o'tkaziladi. Pedagogik eksperiment mashg'ulot jarayonida kasbiy
qiziqishlarni tarbiyalashning u yoki bu usulini, ko'rsatma qo'llanmalarning
samaradorligini tadqiq qilishda qo'llaniladi.Tadqiqotchi eksperiment o'tkazishdan
oldin tadqiq qilinishi kerak bo'lgan masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday
masalalarni hal qilinishi amaliyotda va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega
bo'lishi kerak.
Bolalar tasavvurlarini rivojlantirishga oid material to'plash yo'llarini belgilash
imkonini beradi, tadqiqotchining aniq materialda chalkashib ketishiga yo'l
qo'ymaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Melaniy Nind, Aliia urtin, Katchy Hall. Research Methods for
Pedogogy.UK, Blomsbury publishing 2016.
2.Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar
metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
3.Choriyev
A.,
Choriyev
1.
Pedagogikaning
fanlararo
bogliklik
metodologiyasi (o‘quv kullanma). - Toshkent.: Fan, 2011.
4.Kpaeевский, B.B. Meтодология педагогического исследования: пocoб.
Для педагога-исследавателя / B.B. Kpaeвский. - Caмapa: Изд-bo CaмГПИ,1994
- 165 c.
5. Mirziyoev Sh. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston Davlatini
birgalikda barpo etamiz “. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining Qo‘shma Majlisidagi
nutqidan. T.: “O‘zbekiston”-2016. 13-14-bet.