BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI FANINING PREDMETI VA METODOLOGIK ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2024-10-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
21,3 KB
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI FANINING PREDMETI VA
METODOLOGIK ASOSLARI
REJA:
1.Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining maqsad, vazifalari va predmeti va ob'ekti.
2. Pedagogika tarixi taraqqiyotining qonuniyatlari.
3. Pedagogika tarixining davrlar.
Tayanch tushunchalar: pedagogika, fan taraqqiyoti, kategoriya, shaxs, tarbiya, ta'lim,
bilim, ko'n ikma, malaka, shakllaniish, rivojlanish, pedagogik muhi, shaxs kamolotini
ta'minlas, ta'limiy konsepsiyalar.
Boshlang’ich ta’limning predmeti va vazifalari
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida har bir fan obyektiv bilimlar tizimi
sifatida tarkib topgan, o‘zining rivojlanish bosqichlari mavjud. Insoniyat hayotining
muhim tarkibiy qismi, pedagogik ta’limotlar taraqqiyot omili bo‘lgan, yosh avlodni
ta’lim-tarbiyasi tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.Pedagogik g‘oyalar, tajribalar
kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab paydo bo‘lgan, hayotiy tajribalar, ilmiy
tahlillar, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillar, yo‘llari, usullari, shakllari, vositalari
takomillashgan, tarkib topgan har bir davrda jamiyatning madaniy, iqtisodiy, ma’naviy-
siyosiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ana shu g‘oyalar, ta’limotlar, qonuniyatlar umumlashmasi yozma va og‘zaki,
hayotiy ananalar, qadriyatlar shaklida kelajak avlodlarga o‘tib kelgan. Unga har bir davr,
xalq, ning olimlari hayotiy tajribalari asosida o‘zining hissasini qo‘shganlar. Ana shu
tarixiy
araqqiyot
tahlili
pedagogika
tarixining
predmetidir.Professor
N.
SHermuhammedova: “Fan tarixini ‘rganish XX asrda boshlangan bo‘lsa-da, unga azaldan
falsafaning yoki umumiy madaniyat nazariyasining bir bo‘limi sifatida qaralgan”, - deb
yozadi. Bu fikr ayrim fanlargagina taalluqli bo‘lishi mumkin. Lekin IX asrdayoq Abu Nasr
Forobiyning Arastu asarlarining tahlili, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimiy xalqlardan
qolgan yodgorliklar ”, “Hindiston” asarlari, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning
adabiyotshunoslik haqidagi tazkiralari, Firdavsiyning ”Shohnoma” tarixiy asarida
podsholik davrida ta’lim-tarbiyani yoritilishi fanlar tarixi haqidagi tarixdir.Kishilik
jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab,ta’lim-tarbiya paydo bo‘lgani “pedagogika”
tushunchasi meloddan oldin V - IV asrlarda qadimgi Yunoniston tarbiyachilik faoliyatini
ifodalagani pedagogika tarixining qadimiyligidan dalolat beradi. Hayot sinovlaridan
o‘tgan ta’lim – tarbiya mazmuni metodlari, shakl va vositalari pedagogika
tarixining predmetidir.
N. Shermuhammedova “Hozirgi davrda fanning tarixiyligini asoslovchi uchta
modelni ko‘rsatadi:
- fan tarixi ketma-ket progressiv jarayon natijasi;
fan tarixi ilmiy inqilob natijasi;
fan tarixi individial xususiy vaziyatlar majmui”.
Pedagogika tarixini ketma-ketlik, uzluksizlikda tadqiq etish imkoniyati yo‘q, tarixiy
manbalar yo‘qolib ketgan. Afsuski insoniyat boshidan kechirgan har xil fojialar, urushlar,
tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk me’rosning aytish mumkinki mingdan bir
qismigina bizga yetib kelgan xolos”1,-degan edi. Yozma adabiyot ham keng
rivojlanmagan fan tarixiy taraqqiyotida ketma-ketlikni IX asrdan keyingi davrda ko‘rish
mumkin.Pedagogik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotida “inqilobiy rivojlanish” jamiyat
taraqiyoti bilan uyg‘unlik holatini “Avesto”da komil inson ta’limoti; qadimgi
Yunonistonda ta’lim tizimi va pedagogika atamasi joriy etilgani, Suqrot, Arastu, Aflotun,
Demokritlarning pedagogik qarashlari; VIII- IX asrlarda fanlar tarkibida “Ta’lim”,
“Tarbiya”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va samarali metodlari haqidagi (Al-Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibnSino Husayn Voiz Koshifiy)
ixtirolar, madrasalar, maktablarni tashkil topishi;
XVII-XIX asrda Yevropada pedagogik ta’limotlarni globallashuvi ta’lim-tarbiya
tizimini tarkib topishi ta’lim-tarbiya mazmuni va metodlarini takomillashtirilishi
(Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, A.Disterverg, I.Pestalotssi, K.D.Ushinskiy) da ko‘rish
mumkin. Pedagogika tarixini “xususiy vaziyatlar majmui” modelida o‘rganish ham
muhim ahamiyatga ega. Yani, “Avesto”da zaruriyatning o‘sha davriga xalqni marifatga,
yuksak ma’naviyatga, ezgulikka, oqilona hayot kechirishga yo‘llovchi inqilobiy ta’limoti
uzoq davr ta’lim-tarbiyaning qomusi bo‘ldi. Hatto uning eng nodir g‘oyalaridan yunonlar
bahramand bo‘lganlari tarixdan malum.
Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimini, fanni jamiyat hayotining ustuvor
sohasiga aylanishida Aleksandr Makedonskiyning davlat siyosati, ahamiyati katta
bo‘lgan. Davlat arbobi tomonidan fan va ta’lim-tarbiyani rivojlanishiga rag‘bati bir
tomondan pedagogik g‘oyalarni rivojlanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan
mamlakatni iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining hal qiluvchi omili bo‘lgan.
Xitoyda Konfutsiy ta’limotini bir necha asr millatni, mamalakatni ma’naviy,
mafkuraviy qudratiga aylangani buyuk shaxslarning fan taraqqiyotidagi hissalaridan
dalolat beradi. Arab malakatlarida V-VI asrga kelib, o‘zaro ziddiyatlar ma’naviy , hatto
qiz bola tug‘ilganda tiriklayin ko‘mish aqidasi bo‘lgan bir davrda Muhammad
payg‘ambar s.a.v. ning ta’lim-tarbiya borasidagi g‘oyalari millatni marifatga yetakladi.
Tug‘ilgandan umrining oxirigacha saboq olish, “Jannat onalarning oyog‘i ostida” kabi
ta’limoti mana qariyb bir yarim ming yilga yaqin yer yuzida musulmonlarni ezgulikka
yetaklovchi g‘oya aylandi.Temuriylar saltanatining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni
Amir Temur uning nabiralari Ulug‘bek, Boburlarning marifatparvarlik siyosatining
natijasidir.“Temur tuzuklari” dagi ta’lim-tarbiya g‘oyalari temuriylar oilasidagi ma’naviy
kodeks davlat qudratining omili bo‘ldi. Temuriylar davrida pedagogik g‘oyalar davlat
siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgani Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning komil
insonni, ta’lim-tarbiyani ahamiyatini madh etishga sharoit yaratdi.
Buyuk shaxslarni Chex qardoshlar maktabining rahbari, keyingi provaslav dinining
yepiskopi Yan Amos Komenskiyning “Didaktikaning oltin qoidasi”ni ishlab chiqishi
pedagogika tarixida “individial vaziyatlar modeli” asosida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Pedagogika tarixi taraqqiyotining qonuniyatlari
Klassik fanlar singari pedagogika tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos qonuniyatlari
mavjud:
- pedagogikaning predmeti ta’lim-tarbiyaning davr talabiga mosligi qonuniyati.Ya’ni
kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida, har-bir xalq millat va mamlakatning
rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni. Shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimi
takomillashuvida ijtimoiy sharoit;
- pedagogikani xalq pedagogikasi asosida rivojlanishi qonuniyati. Ta’lim-tarbiya
tajribalari, pedagogik g‘oyalar kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab xalqning
turmush an’analarida, og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topgani, xalq pedagogikasi
pedagogikaning buloq boshi, ekanligi, xalq pedagogikasining vorisiyligi;
- komil insonni shakllantirish, insonni ezgulikka yo‘llash, o‘zligini anglashi, o‘z-o‘zini
tarbiyalash predmetida pedagogika tarixini va dinlar tarixi, tasavvuf bilan uzviy
bog‘liqligi. Tasavvufning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini umumlashtirish, pedagogik
asoslarini ishlab chiqish jamiyat taraqqiyotiga, millat ravnaqiga zid har xil diniy niqobdagi
g‘oyalar taraxining oqibatlarini ilmiy asoslanishi nuqtai nazaridan qaraganda muqaddas
islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va
bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga
to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi
hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
- ta’lim-tarbiyaning mavjud shart- sharoitga bog‘liqligi qonuniyati. Zero, har bir hudud,
mintaqa mamlakat, milliy maktab qanday bo‘lsa, mamlakat taraqqiyoti shunday bo‘lgan
va mamlakat siyosiy tuzulishi qanday bo‘lsa, maktab ta’lim-tarbiya shunday bo‘lgani
aksioma ekanligi. Jamiyat taraqqiyotida bazis va ustqurma o‘zaro bog‘liqligi falsafiy
kategoriya asosida pedagogik fikrlar taraqqiyoti;
- pedagogika ayrim ijtimoiy fanlar qatori falsafa tarkibida rivojlangani. Pedagogika
tarixi va boshqa gumanitar fanlar tarixi bilan uzviy bog‘liqligi obyektiv olamning bir
butunligi, fanlar tarixi biri ikkinchisini to‘ldirishi.
- pedagogika tarixini mumtoz adabiyot bilan tarixan va mantiqan bog‘liqligi qonuniyati.
Sharqda adabiyot “adab”- axloq, odob, “yot”-ko‘plik, fan, ta’limot ma’nosini
anglatgani, adabiyot hayot darsligi, ta’lim-tarbiya vositasi ekanligi, mumtoz adabiyot
milliy ta’lim-tarbiya tajribalari va g‘oyalarini asrlardan asrlarga yetkazuvchi, manba’
ekanligi;
Badiiy obrazlar va uslublar orqali komil inson g‘oyasi, modeli ta’lim –tarbiya mazmuni,
metodlari ommalashtirilgan. Keyinchalik adabiyot badiiyot o‘rnida qo‘llanilib uning adab,
axloq haqidagi qimmatiga ham e’tibor berilgan. Adabiyotshunoslar badiiy asarlardagi
pedagogik g‘oyalarni o‘z imkoniyatlari darajasida tanqidiy tahlil qilishdan nariga
o‘taolmaydilar. Pedagoglar badiiy asar sifatida uning ilmiy va amaliy ahamiyatini yetarli
hisoblamaydilar.
Vaholanki, Ibn Sino ham o‘zining ta’lim – tarbiya haqidagi g‘oyalarini badiiy
uslubda bayon qilgan. Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy,
Abdurahmon Jomiy, Devoniy asarlari pedagogika tarixining noyob durdonalaridir.
Alisher Navoiy “Mahbub ul qulub ”15 asarida pedagogik g‘oyalarni ilmiy va badiiy
uslubda ifodalagan. “Hamsa”26 asarining “Hayratul abror” dostonidan boshlanishi ham
uning ta’lim – tarbiya maqsadiga qaratilgani emasmi? Inchunun, pedagogikaning mumtoz
adabiyot bilan mantiqan va tarixan bog‘liq qonuniyati mavjud. Yevropa pedagogika
tarixida ham Deni Didro, Jan Jak Russo, Iogen Pestalotssi asarlarida ta’lim – tarbiya
ustuvorligi fikrimizning dalilidir. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon pedagogikasi tarixida
XVII asrdan ta’lim- tarbiya muammolarini ilmiy – ommabop umumlashtirish, tahlil etish
boshlangani e’tirof etiladi. “Didaktika ( ta’lim nazariyasi va amaliyoti )ning oltin qoidasi”
ga Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika”48 (1631) “Hislar vositasi bilan idrok
qilinadigan narsalarning suratlari” ( 1633) kabi asarlarida asos solingani fanda tan olingan.
Biroq Yan Amos Komenskiyning pedagogik ta’limoti xristian dini va fanning o‘zaro
bog‘liqlik metodologiyasiga asoslangan. Ma’lumki, u katolikcherkoviga qarshi chex
xristian jamoasiga boshchilik qiladi, keyinchalik, yepiskop vazifasiga saylanadi. Har bir
didaktik g‘oyani “ollohning irodasi” bilan amalga oshirishni ifodalaydi. Pedagogika
tarixini o‘rganishni o‘ziga xos uch yo‘nalishini e’tirof etish mumkin:
- birinchidan-pedagogik g‘oyalarni rivojlantirishni izchil (xronologik) va tarkiban
tizimli (xalq pedagogikasi tarixi, oila pedagogikasi tarixi, makab pedagogikasi tarixi va
hokazo) tartibda umumlashtirish;
-
ikkinchidan-ilg‘or
pedagogik
ilmiy
g‘oya
va
muammolarni
tadrijiy
taraqqiyoti,jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi;
- uchinchidan-olimlarning, mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ijodining nazariy va
amaliy ahamiyatini umumlashtirish.Pedagogika tirixini o‘rganishda ta’lim tarbiya
jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, qonuniyat barqaror
takrorlanib turuvchi voqea va xodisalarning izchil aloqadorligi, bog‘liqligidir.Demak,
pedagogika tarixi manbalarini o‘rganish metodikasining yaratilishi xalqimiz madaniy
merosining nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi. Tarixiy
manbalarda kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti va bu borada fanlar tarixining o‘zaro
bog‘liqligi o‘z ifodasini topgan.Qadimgi bitiklar, qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar jamiyat
taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni, yoshlarni hayotga tayyorlash tizimidan
маьлумот beradi. Tarixiy manbalar jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash, milliy
taraqqiyot g‘oyasini yaratish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham har bir bosqinchilik
(yunon, arab, mo‘g‘ul, rus) siyosatida madaniy manbalarni yo‘qotishga harakat
qilingan.Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy,
ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi taraxiy yodgorliklar orasida bundan
qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, “Avesto” deb atalgan
bebaho madaniy obida alohida o‘rin tutadi.
Avesto”da Yunonistondagi ta’lim-tarbiya tizimidan 3-4 asr oldin didaktikaga komil
inson g‘oyasiga asos solingani aniqlandi. Milliy istiqlol g‘oyasini yaratilishida “Qur’oni
karim”, va “Hadislar”dan foydalanish boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixini tasavvuf
ta’limoti bilan bog‘liqligini o‘rganish fanning istiqbolini belgilab berdi. Xalq
pedagogikasidan foydalanishning metodik asoslari ishlab chiqildi. Xalqning ta’lim-
tarbiya borasidagi ertak, doston, rivoyatlari qayta-qayta chop etildi. “Alpomish”
dostonining ming yilligi nishonlanishi, unga o‘rnatilgan haykal xalqimizning ma’naviy
merosini qadrlash ramzi bo‘ldi.
- Buyuk bobokalonlarimizning asarlari, dunyoning eng nufuzli kutubxonalarida ko‘z
qorachig‘iday saqlanayotganligi fikrimizning dalilidir.Tarix o‘zi hayotiy haqiqatdir, uni
oshirib ta’riflash ham yashirib ifodalash ham mumkin emas. Har bir davrda ham insoniyat
yuksaklikka intilib yashagan, ta’lim – tarbiyaning maqsadi, mazmunida o‘z davrining
ideali ifodalangan.Malumki, qaysi mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimi rivojlangan bo‘lsa,
shu mamlakat har sohada ilg‘orlab ketgan. “Avesto” ta’lim-tarbiya tizimida xalqni ezgulik
g‘oyasida birlashishi Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimidagi V-IV asrlardagi
islohatlar mamalakatni fanlar o‘chog‘iga aylanishga sabab bo‘lgan Konfutsiy ta’limoti
Xitoy fan madaniyati tarixida taraqqiyot omili bo‘lgani, VIII- XIV asrlarda O‘rta Osiyoda
maktab madrasalar taraqqiyoti buyuk allomalar tomonidan fanni rivojlantirilishi,
Temuriylar, Boburiylar davri madaniyatini jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, Ayniqsa,
XVII-XIX asrlarda Yevropa xalqlarida pedagogikani rivojlanishiga alohida e’tibor berildi,
pedagogika tarixini o‘rganishga qo‘l urildi.
Masalan, rus pedagogikasining asoschilaridan biri K. D. Ushinskiy “Inson tarbiya
predmeti sifatida” ikki tomlik asarida yunon, hind, xitoy, olmon olimlarining ta’lim-
tarbiya haqidagi asarlarini qiyosiy tahlil qildi. Ayniqsa uning pedagogika fanining jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni, Germaniya, Fransiya, Angliya davlatlarida ta’lim-tarbiya tizimining
tashkil etilishi “Pedagogik adabiyotlarning foydasi haqida” risolasi muhim tarixiy
ahamiyat kasb etdi. Pedagogika tarixini o‘rganishdagi bunday qiyosiy metodologik
yondashuv fanni ham nazariy, ham amaliy rivojlanishida muhim omil bo‘ldi.XVIII-XIX
asrda Rossiyada pedagogik fanining rivojlanishi, ta’lim tizimidagi islohotlar mamlakatni
iqtisodiy inqirozdan olib chiqdi, jahon maydonidagi mavqeini mustahkamladi. Rossiya va
boshqa mamlakatlardagi ta’lim tizimidagi pedagogik tajribalar tasirida Ahmad Donish,
Furqat, Abduqodir Shakuriy, Saidrasul Aziziy va jadidchilik harakatining namoyandalari
Ismoilbek Gasparali, Munavvar Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Isoqxon Ibrat, Qori
Niyoziy, Abdulla Avloniy kabi marifatparvarlar ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablariga
mos takomillashtirish mamlakat va millat taraqqiyotining omili ekanligini targ‘ib qildilar,
o‘zlari maktablar ochdilar darsliklar yaratdilar.
Abdulla Avloniy “Pedagogika”, yani bola tarbiyasi demakdur. Ilmi axloqning asosi
tarbiya... Har bir millatning saodati, davlatning tinch va rohati yoshlarning yaxshi
tarbiyasiga bog‘liqdur”1 deb yozgan edi. YAni pedagogika fani va tarbiyaning ijtimoiy
mohiyati haqidagi Abdulla Avloniyning ta’limoti o‘z davri va bugungi kunda muhim
ahamiyatga ega. Demak, pedagogika tarixini o‘rganishni o‘ziga xos to‘rt yo‘nalishini
e’tirof etish mumkin: Birinchidan - ilg‘or pedagogik ilmiy g‘oya va muammolarni tadrijiy
taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi. Ikkinchidan - pedagogik
g‘oyalarni rivojlantirishni izchil (xronologik) va tarkiban tizimli (xalq pedagogikasi tarixi,
oila pedagogikasi tarixi, maktab pedagogikasi tarixi va hokazo tarkibda)
umumlashtirish.Uchinchidan-olimlarning, mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ijodining
nazariy va amaliy ahamiyatini umumlashtirish. To‘rtinchidan pedagogika tarixini
tasavvuf tarixi bilan o‘zaro bog‘l
PEDAGOGIKA TARIXINI O‘RGANISHNING METODOLOGIK ASOSI
Xalq pedagogikasi, og‘zaki, ijodiy, ertak,doston, rivoyat, maqol, turmush an’analari
Qadimgi obidalar, bitiklar, qo‘lyozmalar,arxeologik topilmalar Педагогика тарихини
ўрганиш.
Pedagogika tarixining davrlari.
PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXIY TARAQQIYOT DAVRLARI
Tarbiya haqida donolik, pedagogik g‘oyalar va pedagogika (Frans Xofman)
Maqollar, rivoyatlar ertaklar, dostonlarda ta’lim-tarbiya “Avesto” da ta’lim-tarbiya
g‘oyalarini rivojlantirish O‘rxun –Yenesey yodgorliklarida tarbiya haqidagi g‘oyalar
“Qobusnoma”,turkumidagi kitoblarda ta’lim-tarbiya Qadimgi Rimda “elementar”
grammatik va “ritorik” maktablar didaktik asoslari Mark Kvintilan (42-118 y)
«oratar»tarbiyasi
haqida
IBTIDOIY
JAMIYATDA
TARBIYA
XALQ
PEDAGOGIKASI YOZMA MANBALARDAGI PEDAGOGIK G‘OYALAR (I
DAVR) QADIMGI RIM VA YUNONISTONDA PEDAGOGIKA (II -AVR) Xalq
turmush an’analari, etnik xususiyatlarida Ijtimoiy pedagogik masalalar Qadimgi Xitoy
yozma manba’larida tarbiya haqida g‘oyasi.
Qadimgi Xind yozma manba’larida tarbiya haqida g‘oyalar Vladimir Monomaxning
bolalar o‘gitlari «Izrgil» (XIII asr)Sparta (Lakoniya) Afina (Attika) ta’lim-tarbiya tizimi
Suqrotning (469-399) e.q tarbiya haqida ta’limoti Platon (427-347er. q)ning tarbiya
haqidagi ta’limoti Arastu (384-322 e.q) ning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti “Avesto”
kitobi zardo‘shtiylik ta’limotida komil inson g‘oyasi “Qur’oni karim”hadislarda barkamol
inson mohiyati Muhaddislar Ismoil Buxoriy, At Termiziy, hadislarida ta’lim-tarbiya Al
Xorazmiy (783-850) ning didaktik ta’limoti.Firdavsiy, Abdushukur Balxiy, Y. X.
Xojib,Axmad Yugnakiy ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari Temur saltanatining ta’lim-
tarbiya tizimi Ulug‘bek madrasalarida ta’lim-tarbiya tizimi Bobur va boburiylarning jahon
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni Chex pedagogi Y. A. Komenskiyning mamlakat taraqqiyoti
va pedagogikani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi Fransiya, Angliya,Germaniya
taraqqiyotida maktab va pedagogika ILK RENNISEANS (O‘YG‘ONISH) VII-XIII
ASRLARDA SHARQDA PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR.(IV- DAVR) XVII –
XIX ASRLARDA YEVROPADA MAKTAB VA PEDAGOGIK TA’LIMOTNING
MAMLAKATLAR TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI.(VI DAVR) DINIY
MANBALARDA TA’LIM-TARBIYA TA’LIMOTINING RIVOJLANISHI (III
DAVR) “Injil” da ta’lim-tarbiya ta’limoti “Tavrotda” da ta’lim-tarbiya ta’limot A.
G‘ijdivoniy, A.Yassaviy, B. Naqshband,N. Kubro ta’lim-tarbiya ta’limoti Abu nasr
Farobiy (879-950) ning ta’lim-tarbiya xaqidagi ta’limot Abu Rayxon Beruniy (973-1048)
ning ta’lim-tarbiya xaqida ta’limoti Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning ta’lim-tarbiya
haqidagi ta’limoti Amir Temurning axloq va odobga oid ta’limoti Alisher Navoiyning
ma’rifatparvarlik faoliyati va pedagogik qarashlari Z. M. Boburning ta’lim-tarbiya
xaqidagi qarashlari J. Lokk, J. J. Russo, D.D. Dedrolarni pedagogik ta’limoti I. Pestalotssi,
I. Robert, Ouet Disterveglarning pedagogik ta’lim XVIII-XIX asrlarda Rossiyanining
rivojlanishi, pedagogik ta’limotlar o‘rni XVII asrda Ukraina va Belorussiya mustaqillikka
erishishida qardoshlik maktablarining tutgan o‘rni. Kiyev akademiyasi XXasr boshlarida
Turkistonda jadidchilik harakati va uni maktablar, milliy g‘oya va pedagogika fanining
rivojlanishidagi o‘rni.
Sobiq SSSRda pedagogika fani va uni kommunistik g‘oya,shovinizmga
moslashtirilishi Pedagogikaning jahon faniga integratsiya va globallashuvi XX ASRDA
PEDAGOGI KA FANI VII- DAVR O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIDAN
KEYIN PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISHI VIII- DAVR K.D.
Ushinskiy L.N. Tolstoylarning maktablarida ta’lim tizimi va pedagogika fani
taraqqiyotida qo‘shgan hissasi Munavvar Qori, Fitrat, M. Behbudiy, A.Avloniylarning
ma’rifatparvarlik faoliyati va ta’lim-tarbiya haqidata’limoti A.S. Makarenko,
S.Shatskiy,P.Blonskiy, Y.Babanskiy, V.Kupisevich, Y. Korchak, Z.Freyd va
boshqalarning pedagogik merosi.O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining
jahonshumul tarixiy mohiyati va pedagogika fanining tutgan o‘rni. Milliy g‘oya
pedagogika fanining rivojlanishi metodologik asosi va milliy g‘oyani xalqimizning
qalbiga singdirishdagi pedagogika.
XVIII-XIX asrlarda Rossiyanining rivojlanishi, pedagogik ta’limotlar o‘rni XVII
asrda Ukraina va Belorussiya mustaqillikka erishishida qardoshlik maktablarining tutgan
o‘rni. Kiyev akademiyasi XXasr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati va uni
maktablar, milliy g‘oya va pedagogika fanining rivojlanishidagi o‘rni.Sobiq SSSR da
pedagogika fani va uni kommunistik g‘oya,shovinizmga moslashtirilishi Pedagogikaning
jahon faniga integratsiya va globallashuvi XX ASRDA PEDAGOGI KA FANI VII-
DAVR O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIDAN KEYIN PEDAGOGIKA FANINING
RIVOJLANISHI VIII- DAVR K.D. Ushinskiy L.N.Tolstoylarning maktablarida ta’lim
tizimi va pedagogika fani taraqqiyotida qo‘shgan hissasi Munavvar Qori, Fitrat, M.
Behbudiy, A.Avloniylarning ma’rifatparvarlik faoliyati va ta’lim-tarbiya haqida ta’limoti
A.S. Makarenko, S.Shatskiy,P.Blonskiy, Y.Babanskiy,V.Kupisevich, Y. Korchak,
Z.Freyd va boshqalarning pedagogik merosi.O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy
dasturining jahonshumul tarixiy mohiyati va pedagogika fanining tutgan o‘rni.
Milliy g‘oya pedagogika fanining rivojlanishi metodologik asosi va milliy g‘oyani
xalqimizning qalbiga singdirishdagi pedagogika fanining rivojlanishi
metodologik asosi va milliy g‘oyani xalqimizning qalbiga singdirishdagi
pedagogikaning o‘rnI.
Mustaqil ta’lim nazorati savollari:
1. Boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixi predmeti nima ?
2. Fan tarixi metodologiyasi nima ?
3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tugan o‘rni nima ?
4. Boshlang’ich ta’lim pedagogika tushunchasi qachondan qo‘llanilgan ?
5. Xalq pedagogikasi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy mohiyati haqida Sharq
mutafakkirlarining qaysi asarlarini bilasiz ?
6. Qadimgi Yunoniston faylasuflarning ta’lim-tarbiya haqidagi nazariy qarashlari
ilmiy-tarixiy ahamiyati nimada ?
7. Fanning tarixiyligini asoslovchi modellarni tushuntiring ?
8. Boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixini rivojlantiruvchi o‘ziga xos xususiyatlari
nimada ?
9. Boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixini o‘rganish manbalari qaysilar ?
10. Boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixini o‘rganish qonuniyatlari va prinsiplari
qaysilar?
11. Boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixini davrlashtirishni asoslang ?