BOSHLANGICH TA’LIM PEDAGOGIKASIDA TA’LIM QONUNIYATLARI VA QOLDALARI VA PRINSIPLARI.

Yuklangan vaqt

2025-01-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

58,8 KB


 
 
 
 
 
 
BOSHLANGICH TA’LIM PEDAGOGIKASIDA TA’LIM 
QONUNIYATLARI VA QOLDALARI VA PRINSIPLARI. 
 
Reja: 
1. 
Boshlang‘ich ta’lim metodlari va vositalari. 
2. 
Ta’lim jarayoni - yagona dinamik tizim sifatida.  
3. 
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. 
O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. 
4. 
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.  
 
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. 
Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki 
tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish 
va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. 
Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. 
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq 
o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi. 
Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U 
o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar 
beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har 
qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining 
o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqachai 
aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
BOSHLANGICH TA’LIM PEDAGOGIKASIDA TA’LIM QONUNIYATLARI VA QOLDALARI VA PRINSIPLARI. Reja: 1. Boshlang‘ich ta’lim metodlari va vositalari. 2. Ta’lim jarayoni - yagona dinamik tizim sifatida. 3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. 4. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi. Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
 
 
 
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga 
keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega.  
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish 
qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, 
dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.  
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. 
Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida 
ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi. 
 Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula 
asosida to‘laqonli anglash mumkin: 
DJ q M q O‘f q B 
Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;  
M – o‘quvchilarning o‘qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;  
O‘f –o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati;  
B –o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish. 
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining 
“yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. 
Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar 
(tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim 
yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 
ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, 
uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini 
boshqarish usullari.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon 
bo‘ladi: 
Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon 
bo‘luvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy 
faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega. Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to‘laqonli anglash mumkin: DJ q M q O‘f q B Bu yerda; DJ – didaktik jarayon; M – o‘quvchilarning o‘qish (ta’lim olish) motivatsiyasi; O‘f –o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati; B –o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish. Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi: Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
 
 
 
Ta’lim 
funktsiyalari. 
“Funktsiya” 
tushunchasi 
“ta’lim 
vazifalari” 
tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, 
vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi. 
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko‘rsatadi: 
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. 
Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, 
chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi 
muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil 
etilganligini ifodalaydi.  
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy 
bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham 
alohida ahamiyatga ega.  
Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish 
qobiliyati. 
Malaka 
deganda 
muayyan 
harakat 
yoki 
faoliyatni 
bajarishning 
avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va 
yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan 
ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi. 
Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, 
shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli 
sohalari rivojlanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, 
lekin o‘qituvchi va o‘quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan 
maxsus o‘zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir. 
Ta’limning 
o‘quvchi 
shaxsini 
rivojlantirishga 
yo‘naltirilganligi 
“rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali.  
XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan 
turli yondoshuvlar yuzaga keldi. Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat
Ta’lim funktsiyalari. “Funktsiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi. Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi. Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o‘qituvchi va o‘quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o‘zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir. Ta’limning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi. Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat
 
 
 
bilimlarni shakllantirishga emas, o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi 
navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga 
ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini 
ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning 
natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi. 
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim 
o‘rtasidagi bog‘liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim 
jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri 
tufayli qiyin kechadi.  
Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli 
ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiyalash 
funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va 
o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida 
yetakchi o‘rin tutadi. 
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-
atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi. 
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks 
etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o‘quv fanlari ham birdek 
tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi 
imkoniyatlari yuqori.  
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro 
munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi 
hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim 
jarayonida o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini 
inobatga olinishini anglatadi.  
 
O‘qituvchi 
va 
o‘quvchilarning 
ta’lim 
jarayonidagi 
faoliyatlari. 
O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi.
bilimlarni shakllantirishga emas, o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi. Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi. Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiyalash funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o‘rin tutadi. Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq- atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o‘quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi.
 
 
 
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim 
muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi 
rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy 
borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan 
iboratdir.  
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:  
1) 
rejalashtirish; 
2) 
tashkil etish; 
3) 
boshqarish (rag‘batlantirish); 
4) 
nazorat; 
5) 
natijalarni baholash va tahlil qilish. 
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar 
rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish 
uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari 
darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) 
imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars  olib 
borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi. 
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini 
qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning 
o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga 
ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba 
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, 
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim 
olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki 
faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir. 
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, 
ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini 
tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi 
(kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: 1) rejalashtirish; 2) tashkil etish; 3) boshqarish (rag‘batlantirish); 4) nazorat; 5) natijalarni baholash va tahlil qilish. O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir. O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv
 
 
 
harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); 
pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda  nutqdan foydalanish 
kiradi. 
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) 
harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, 
tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi. 
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga 
ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik jarayonda 
o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, 
faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.  
O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan holda 
o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat qilishning mohiyati 
va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘zini o‘zi nazorat qilishda 
o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, 
o‘z mehnati natijalarini baholashi kerak. 
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o‘quv  harakatlarining 
ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat 
qilish, o‘zini baholash va o‘zini analiz qilish amalga oshirish o‘qituvchining shunga 
o‘xshash o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni 
shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o‘zaro 
nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro 
baholash va tahlil qilishga yordam beradi. 
 
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilar o‘quv idrok 
etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni 
tuzilishini  yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash 
bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab yetish, 
mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash. 
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok 
etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega.
harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi. Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi. Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir. O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘zini o‘zi nazorat qilishda o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o‘z mehnati natijalarini baholashi kerak. Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o‘quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini analiz qilish amalga oshirish o‘qituvchining shunga o‘xshash o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilar o‘quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash. Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega.
 
 
 
SHuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani 
o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o‘quv 
materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy 
predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘tkazishdan 
iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni 
o‘rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib 
yetganda yakunlanadi. 
Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy 
jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, 
tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini 
xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini o‘rganib 
chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. 
Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi 
elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish usulini tushunsa, 
bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.  
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich 
o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida  saqlab qolishdan iborat. Unda idrok 
etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar 
xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil 
mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini 
kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni 
bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. 
Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni 
bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda 
o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi. 
To‘rtinchi bosqich bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda 
qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning 
mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga 
oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari,
SHuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi. Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi. Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari,
 
 
 
maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari 
sxematik ko‘rinishi quyidagichadir: 
 
 
Bilimlarni egallash bosqichlari 
 
                                                                            bilimlarini qo‘llash 
                                                 mustahkamlash 
                            anglab yetish 
                 idrok etish 
 
 
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim 
mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog‘liq. 
Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o‘rganish, 
logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, 
qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan 
borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot. 
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida  insonning atrof-muhitni  bilishi umumiy  
tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar 
o‘quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.  
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta 
hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda  yerdagi 
nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va 
tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, 
shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini 
aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. 
Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. 
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari 
suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga
maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir: Bilimlarni egallash bosqichlari bilimlarini qo‘llash mustahkamlash anglab yetish idrok etish Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog‘liq. Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o‘rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot. Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o‘quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi. Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga
 
 
 
ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar 
hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. 
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab 
chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy. 
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. 
Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, 
o‘zlashtirganlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar 
klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab 
chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan 
bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:  
1) 
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 
2) 
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni,  
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;  
3) 
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil 
qilishni, shuningdek,  haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. 
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom 
etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning 
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi. 
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot 
alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi 
holatlarini tahlil etish  asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning 
mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb 
hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o‘zining  tabiblik amaliyoti, 
kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida 
aniqlagan. 
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini 
ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi 
g‘oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga 
muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy. Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, o‘zlashtirganlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: 1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; 3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi. Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o‘zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g‘oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
 
 
 
YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog‘liqligi haqidagi g‘oyasi – g‘arb 
olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo 
qonunlarining  o‘quv jarayoniga ta’sirini ko‘rsatib berishga urinishlaridan biridir. 
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi 
o‘rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib 
ko‘rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni 
bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo‘ynida, qishloq joylarda rivojlanishi 
kerak.  
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib 
ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini 
quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish 
emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir. 
Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko‘ra san’atga 
yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi.  
Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm  
pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda alohida rivojlandi. Uning yetakchisi 
Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning  falsafiy g‘oyalarini asos 
qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy 
Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, 
haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi. 
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch keladigan turli 
muammo yoki qiyinchiliklarni  yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun 
kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz 
faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning  boshlanish yo‘li har 
doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi. 
“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko‘p jihatdan Dj.Dyuining 
falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning 
muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 
yillar) bilim olish jarayonida ko‘zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko‘rsatadi: 
idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish.
YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog‘liqligi haqidagi g‘oyasi – g‘arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o‘quv jarayoniga ta’sirini ko‘rsatib berishga urinishlaridan biridir. XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko‘rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo‘ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak. Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir. Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko‘ra san’atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi. Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda alohida rivojlandi. Uning yetakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g‘oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi. D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo‘li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi. “Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko‘p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko‘zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko‘rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish.
 
 
 
Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha 
yondoshishlar mavjud. Xususan: 
Sotsiologik yondoshish. Unga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni 
yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi 
natijalari bo‘lgan bilimlarni  o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilaring 
ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. 
Bu falsafiy  qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini 
tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy 
jarayon hisoblanadi. 
Boshqa bir yondashishni  xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb 
atash mumkin. Bu yondashish yaxlit  ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi 
bilim olish bosqichlari (o‘quv  materialini o‘rganishni, uni anglab yetish, 
mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur 
yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan bilim egallash 
bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.  
Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo‘lini quyidagicha formula asosida 
ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan 
amaliyotga. 
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik  yondashish bilimlarni 
o‘zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan 
g‘oyalarga tayanadi. 
Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo‘gotskiyning (1896-1934 yillar) 
ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish 
zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat 
yaqin zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga 
asos bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.  
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so‘zsiz boyitadi. Bilim olish 
jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo 
faqat psixologik g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir 
tomonlama talqin etishga olib keladi.
Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha yondoshishlar mavjud. Xususan: Sotsiologik yondoshish. Unga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilaring ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb atash mumkin. Bu yondashish yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat. Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo‘lini quyidagicha formula asosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan amaliyotga. Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni o‘zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g‘oyalarga tayanadi. Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo‘gotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi. Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so‘zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi.
 
 
 
XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik 
materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi 
borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’limotda 
Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu 
ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni  aks ettira olishiga imkon berishi zarur 
degan g‘oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya 
g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish 
qarama-qarshi kuchlar kurashidir. 
Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-
qarshiliklarini quyidagilar sanaladi: 
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar 
hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim  jarayonini 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga 
olib keladi. Umumiy o‘rta  va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik 
taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, 
uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini  izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib 
qo‘ymoqda.  
2. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rganishning amaliy jihatlari (shakl, 
metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o‘rganishning o‘quvchi 
egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-
qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi 
sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv materiali  aqliy 
rivojlanishning turli ko‘rsatkichlariga namoyon etishi mumkin. 
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada 
ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy 
talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga 
keladi.  
XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim 
muammolarini ham o‘rganishda  MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko‘zga 
tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) –
XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g‘oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir. Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama- qarshiliklarini quyidagilar sanaladi: 1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda. 2. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o‘rganishning o‘quvchi egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama- qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlariga namoyon etishi mumkin. 3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi. XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim muammolarini ham o‘rganishda MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko‘zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) –
 
 
 
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida 
shakllangan. 
Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.SHiyanov) mazkur 
yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning 
metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar.  
Hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, 
ijod va shu kabi qadriyatlar hamma  davrlarda ham inson hayoti uchun o‘ziga xos 
ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g‘oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar 
tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasida 
kechayotgan demokratik o‘zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash 
zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda. 
Insonparvarlik g‘oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish 
masalasi yotadi. Shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi asoschilari ushbu masalani 
nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining g‘oyalari XX 
asrning 80-yillarida pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik 
pedagogikasida o‘z aksini topdi.  
Hamkorlik 
pedagogikasini 
novator-pedagoglar 
(SH.A.Amonashvili, 
S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, YE.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon 
ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga 
asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik 
pedagogikasi uchun kontseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, g`.g`ulom, 
K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, 
K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik 
hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga 
singdirilgan va “XXI asr ta’limi Kontseptsiyasi” asosini tashkil etadi.  
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi 
g‘oyalar muhim o‘rin tutadi: 
1. SHaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – 
to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’ekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan. Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.SHiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar. Hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g‘oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan demokratik o‘zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda. Insonparvarlik g‘oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish masalasi yotadi. Shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi asoschilari ushbu masalani nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining g‘oyalari XX asrning 80-yillarida pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik pedagogikasida o‘z aksini topdi. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, YE.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun kontseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, g`.g`ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’limi Kontseptsiyasi” asosini tashkil etadi. Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi: 1. SHaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’ekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim
 
 
 
tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni 
tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi. 
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z 
kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan 
hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning 
erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi 
holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi.  
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini 
o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual 
yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy  sifatlarini ko‘ra bilish, 
shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.  
4. 
SHaxsning 
ijobiy 
«Men-kontseptsiyasi»ni 
shakllantirish. 
Men-
kontseptsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini 
shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-kontseptsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, 
Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga 
rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-
kontseptsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men 
hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga 
erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy 
sifatlarning shakllanishiga  olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi 
timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan 
iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida). 
5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. 
Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida 
tushunishdan iborat.   
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi 
quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga 
aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish,
tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi. 2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi. 3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish. 4. SHaxsning ijobiy «Men-kontseptsiyasi»ni shakllantirish. Men- kontseptsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-kontseptsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men- kontseptsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida). 5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat. 6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish,
 
 
 
tarbiyaning 
insonparvarlik 
xususiyatiga 
egaligi, 
umuminsoniy 
va 
milliy 
qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini 
rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish. 
Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida shaxsga 
yo‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining 
mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-
sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o‘zi o‘zini 
tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish. Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida shaxsga yo‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart- sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o‘zi o‘zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
 
 
Sharq mutafakkirlarining pеdagоgik qarashlarilar 
Ibn Sinо 
(980-1037 yillar) 
- tajriba; 
- tahlil, sintеz, umum 
lashtirish; 
- jamоaviy ta’lim; 
- o`qitish tamоyillari: a) 
bоlani birdaniga kitоbga 
bоg`lash mumkin emasligi; 
b) bоla bilan o`tkaziladigan 
mashqlar mе’yorlashtirilgan 
va kuchiga mоs, jamоaviy, 
uning jismоniy mashqlarga 
muvоfiq, bоlaning 
qоbiliyatini hisоbga оlishlik; 
v) o`qishda еngildan оg`irga 
muntazam bоrish; g) 
ko`rgazmalilik tamоyili; d) 
bоlaning alоhida shaхsiy 
хususiyatlarini hisоbga оlish 
mеtоdlari: a) matеrialni 
bayon etishda tizimlilik va 
kеtma-kеtlik; b)mantiqiy 
fikrlash; v)nazariya va 
amaliyot ning o`zarо 
bоg`liqligi; g)umumiydan 
хususiyga o`tish; 
d)o`quvchilarning mantiqiy 
fikrlashi; j)shaхsiy kuzatish; 
z)tajriba, amaliyot va 
bоshqalar. 
Al-Kindiy 
(800-871 
yillar) 
- o´qitish 
ning 
ilmiyligi va 
оngliligi; 
- anglash 
faоliyati 
ning 
faоllashtirish 
mеtоdi; 
- mantiqiy 
fikrlash; 
- qiyoslash, 
kuzatish, 
tajriba 
mеtоdi; 
- ko`rgazmal
ilik; 
- tizimli 
lik, kеtma-
kеtlilik va 
hоkazоlar 
Al-Fоrоbiy (870-
950 yillar) 
- amaliy va nazariy 
bilimlar ning щayot 
bilan bоg`liqligi 
- ilmiy bilimning 
qulayligi (anglashning 
ilmiy mеtоdi); 
- mantiqiylik va kеtma-
kеtlik; 
- ilmiylik, kыrgazmalilik, 
tizimlilik (kuzatish va 
tajriba); 
- muhоkama mеtоdi va 
usullari: 1) isbоtlilik, 2) 
dialеktik yoki munоzara 
mеtоdi; 3) sыfiylik, 
ya’ni raqibni 
adashtirish mеtоdi; 4) 
ritоrik; 5) pоetik; 
-
O`qitishning 
tajribaviy 
kыrgazmalilik mеtоdi; 
- mashq-takrоr lash 
(ыqitishning umumiy 
mеtоdi) 
- induktsiya va 
Al-Bеru- 
niy (973-
1050 yillar) 
- ekspеrimе
nt 
- o`quvchila
rni ilmiy 
ma’lumоt 
bilan 
qurоllantiris
h; 
- ilmiy 
amaliyot; 
- tajriba va 
kuzatish; 
- takrоr 
lash va хabar 
bеrish; 
- katехizik 
suhbat; 
- o`qish 
ning qulayligi 
(yaqindan 
uzоqqa, 
ma’lumdan 
nо’malum 
ga va 
bоshqalar) 
Al-Хоraz- 
miy 
(780-850 yillar) 
- Mustaqil 
lik (ijоdiy 
faоllik); 
- kuzatilgan 
vоqеa va 
hоdisalarni 
tushuntirishda 
muntazamlik, 
kеtma-kеtlik; 
- tajriba 
viy kuzatuv 
mеtоdi; 
- induktsiya va 
dеduktsiya; 
- matеmatik 
masalalarni hal 
qilishda 
algоritmik 
mеtоdlar; 
- o`qitish 
ning savоl-
javоb shakli 
(mеtоdi) 
Sa’diy 
(1184-1291 
yillar) 
- bilimlarni 
amaliyotda 
qo`llash; 
- aqliy 
qоbiliyat 
ni rivоj 
lantirish; 
- tizimli 
lik, bilimning 
tushunarliligi
; 
- shaхsning 
faоlligi 
tamоyili; 
- bilim 
ning 
hayotiyligi 
amaliyot 
bilan 
bоg`liqligi 
- mещnat 
ta’limi va 
bоshqalar 
ning 
еtakchilik 
rоli 
Jоmiy 
(1414-1492 
yillar) 
ilmiylik; 
amaliylik; 
tizimli 
lik; 
muntazam 
lik; 
qulaylik; 
bilimni 
amaliyot 
bilan 
bоg`liqligi 
egallangan 
bilimlar 
ni 
mustahkam 
lash,  amaliy 
aщamiyatli 
ligi; 
o`qitish 
Alishеr 
Navоiy 
(1441-1501 
yillar) 
-bоlaning 
shaхsiy 
хususiyatlari
ni hisоbga 
оlish; 
-оnglilik, 
faоllikni 
rivоjlan 
tirish; 
muntazam 
lik; 
matеrialni 
bayon 
etishning 
qulayligi; 
-o`qitishni 
insоnpar 
varlashti 
rish; 
-insоn
Sharq mutafakkirlarining pеdagоgik qarashlarilar Ibn Sinо (980-1037 yillar) - tajriba; - tahlil, sintеz, umum lashtirish; - jamоaviy ta’lim; - o`qitish tamоyillari: a) bоlani birdaniga kitоbga bоg`lash mumkin emasligi; b) bоla bilan o`tkaziladigan mashqlar mе’yorlashtirilgan va kuchiga mоs, jamоaviy, uning jismоniy mashqlarga muvоfiq, bоlaning qоbiliyatini hisоbga оlishlik; v) o`qishda еngildan оg`irga muntazam bоrish; g) ko`rgazmalilik tamоyili; d) bоlaning alоhida shaхsiy хususiyatlarini hisоbga оlish mеtоdlari: a) matеrialni bayon etishda tizimlilik va kеtma-kеtlik; b)mantiqiy fikrlash; v)nazariya va amaliyot ning o`zarо bоg`liqligi; g)umumiydan хususiyga o`tish; d)o`quvchilarning mantiqiy fikrlashi; j)shaхsiy kuzatish; z)tajriba, amaliyot va bоshqalar. Al-Kindiy (800-871 yillar) - o´qitish ning ilmiyligi va оngliligi; - anglash faоliyati ning faоllashtirish mеtоdi; - mantiqiy fikrlash; - qiyoslash, kuzatish, tajriba mеtоdi; - ko`rgazmal ilik; - tizimli lik, kеtma- kеtlilik va hоkazоlar Al-Fоrоbiy (870- 950 yillar) - amaliy va nazariy bilimlar ning щayot bilan bоg`liqligi - ilmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy mеtоdi); - mantiqiylik va kеtma- kеtlik; - ilmiylik, kыrgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba); - muhоkama mеtоdi va usullari: 1) isbоtlilik, 2) dialеktik yoki munоzara mеtоdi; 3) sыfiylik, ya’ni raqibni adashtirish mеtоdi; 4) ritоrik; 5) pоetik; - O`qitishning tajribaviy kыrgazmalilik mеtоdi; - mashq-takrоr lash (ыqitishning umumiy mеtоdi) - induktsiya va Al-Bеru- niy (973- 1050 yillar) - ekspеrimе nt - o`quvchila rni ilmiy ma’lumоt bilan qurоllantiris h; - ilmiy amaliyot; - tajriba va kuzatish; - takrоr lash va хabar bеrish; - katехizik suhbat; - o`qish ning qulayligi (yaqindan uzоqqa, ma’lumdan nо’malum ga va bоshqalar) Al-Хоraz- miy (780-850 yillar) - Mustaqil lik (ijоdiy faоllik); - kuzatilgan vоqеa va hоdisalarni tushuntirishda muntazamlik, kеtma-kеtlik; - tajriba viy kuzatuv mеtоdi; - induktsiya va dеduktsiya; - matеmatik masalalarni hal qilishda algоritmik mеtоdlar; - o`qitish ning savоl- javоb shakli (mеtоdi) Sa’diy (1184-1291 yillar) - bilimlarni amaliyotda qo`llash; - aqliy qоbiliyat ni rivоj lantirish; - tizimli lik, bilimning tushunarliligi ; - shaхsning faоlligi tamоyili; - bilim ning hayotiyligi amaliyot bilan bоg`liqligi - mещnat ta’limi va bоshqalar ning еtakchilik rоli Jоmiy (1414-1492 yillar) ilmiylik; amaliylik; tizimli lik; muntazam lik; qulaylik; bilimni amaliyot bilan bоg`liqligi egallangan bilimlar ni mustahkam lash, amaliy aщamiyatli ligi; o`qitish Alishеr Navоiy (1441-1501 yillar) -bоlaning shaхsiy хususiyatlari ni hisоbga оlish; -оnglilik, faоllikni rivоjlan tirish; muntazam lik; matеrialni bayon etishning qulayligi; -o`qitishni insоnpar varlashti rish; -insоn
 
 
 
TA’LIM qonuniyatlari va tamoyillari.  
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy 
tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni  qamrab 
oladigan qonuniyatlar umumiy,  amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy 
qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. 
I.P.Podlaso‘y ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib 
ko‘rsatadi: 
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va 
darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va 
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va 
maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi 
imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,  
o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich 
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material 
xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda 
o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda 
bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, 
ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil 
etish. 
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida 
qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi. 
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning 
ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari. 
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga 
quyidagilar kiradi:  
1. 
Didaktik qonuniyatlar.  
2. 
Gnoseologik qonuniyatlar.  
3. 
Psixologik qonuniyatlar.
TA’LIM qonuniyatlari va tamoyillari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. I.P.Podlaso‘y ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etish. 5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi. 6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Didaktik qonuniyatlar. 2. Gnoseologik qonuniyatlar. 3. Psixologik qonuniyatlar.
 
 
 
4. 
Kibernetik qonuniyatlar.  
5. 
Sotsiologik qonuniyatlar.   
6. 
Tashkiliy qonuniyatlar.  
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy 
maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini 
belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir. 
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, 
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; 
umumlashtirilgan talab. 
 
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy 
jamiyatda insoniyat o‘sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida 
amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O‘sha davrdayoq ta’lim amaliy qoidalari 
ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan. 
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib,  
amaliy ta’lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar 
to‘plami ko‘rinishida amaliyotiy ta’lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar. 
SHarqdagi 
Uyg‘onish 
davrida 
(IX-XI 
asrlar) 
arab, 
musulmon 
madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy 
madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – 
birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish)  madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar 
Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-
Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino 
(980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo‘ldilar. Bu 
madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida 
joylashgan. SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, 
tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda 
etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari 
bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa 
fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. SHarq allomalari
4. Kibernetik qonuniyatlar. 5. Sotsiologik qonuniyatlar. 6. Tashkiliy qonuniyatlar. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir. Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o‘sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O‘sha davrdayoq ta’lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan. Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta’lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar to‘plami ko‘rinishida amaliyotiy ta’lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar. SHarqdagi Uyg‘onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al- Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo‘ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. SHarq allomalari
 
 
 
tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy 
maktablarda ham qo‘llanilmoqda. 
Quyidagi jadvaldan SHarq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, 
ko‘rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi 
va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va 
qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va 
tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi.  
XVII asrda pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya 
qonuniyatlariga bo‘ysunishi e’tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to‘la qayta qurishni 
chex olimi YA.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.  
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko‘ra guruhlaganlar: 
1. 
Ijtimoiy-tarixiy. 
2. 
Tabiiy-tarixiy. 
3. 
Psixologik.  
Keyinchalik bir guruh ilg‘or pedagoglar umumiy  tamoyillar bilan qanoatlanmay, 
didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, YA.A.Komenskiy 
didaktikaning tematik belgilariga ko‘ra  guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini 
ilgari surdi: 
1. “Ta’lim va oson o‘qishning asosiy qoidalari” (“Buyuk didaktika” - XVII 
bob); 
2. “Tabiiy o‘qish va ta’limning asosiy qoidalari”; 
3. “Fanlarga o‘qitish san’atining to‘qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar.  
Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo‘lib, ular muayyan 
loyihalarga taalluqli ekanligiga ko‘ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh – 
o‘qituvchiga nisbatan, ikkinchisi – dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, 
uchinchisi – o‘quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). SHu bilan birga Disterveg 
mazkur  qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi. 
Ta’lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv 
jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim
tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo‘llanilmoqda. Quyidagi jadvaldan SHarq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko‘rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi. XVII asrda pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo‘ysunishi e’tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to‘la qayta qurishni chex olimi YA.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar. Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko‘ra guruhlaganlar: 1. Ijtimoiy-tarixiy. 2. Tabiiy-tarixiy. 3. Psixologik. Keyinchalik bir guruh ilg‘or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, YA.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko‘ra guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi: 1. “Ta’lim va oson o‘qishning asosiy qoidalari” (“Buyuk didaktika” - XVII bob); 2. “Tabiiy o‘qish va ta’limning asosiy qoidalari”; 3. “Fanlarga o‘qitish san’atining to‘qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar. Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo‘lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko‘ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh – o‘qituvchiga nisbatan, ikkinchisi – dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi – o‘quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). SHu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi. Ta’lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim