Boshlang’ich ta’limda geografiya ta’limi mmazmuni
Boshlang’ich ta’limda geografiyaga oid dastlabki bilimlar 1-2-sinflarda
“Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik” o’quv fanlari orqali beriladi.
Atrofimizdagi olam
Hozirgi
ishlab
chiqarish,
texnika
va
tabiatdan
foydalanish
jadal
rivojlanayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik, geosiyosiy sharoit
tadrijiy ravishda o‘zgarib borayotgan vaqtda maktablarda atrofimizdagi olam fanini
mazmun jihatdan yangicha o‘qitish zamon talabidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Atrofimizdagi olam fanidan ta’lim berish,
uning ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari,
ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Atrofimizdagi olam ta’limida o‘rganiladigan tabiiy, ijtimoiy hodisalar va
tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim
maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va
o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga
e’tibor qaratishdan iborat.
Atrofimizdagi olam fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda tabiiy va
ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy
bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda Atrofimizdagi olam fanini o‘qitishning asosiy
vazifalari:
- joy nomlari va atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining mohiyati
va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik
madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
-
o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida
tarbiyalash.
I-II sinflarda Atrofimizdagi olam o‘quv fanini o‘rganish davomida
atrofimizdagi olam va uning xilma-xilligi, tabiat, tabiatni muhofaza qilish, shahar,
qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida boshlang‘ich tavsiflar berilgan.
Atrofimizdagi o’quv fanidan o‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga
qo‘yiladigan talablar:
tabiiy hodisa va jarayonlarni, tun va kun, yil fasllari almashinishi kuzatadi;
kuz faslida dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi, kishilar
mehnatini biladi:
hayvonot olami, uy hayvonlari va parrandalarning fasllarga moslashishini
biladi;
o‘zi yashaydigan shahar, qishloq, mahallasi nomini va maktabi joylashgan
ko‘chalarning nomlanishini to‘g‘ri aytadi;
maktab, sinfxonalari, kutubxona, maktab bog‘i, mahallasi, ko‘chasini toza
saqlashda o‘z hissasini qo‘shadi.
Atrofimizdagi olam o’quv fanini o’rganish jarayonida o‘quvchilarda
shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari quyidagilar:
Kommunikativ kompetensiya:
- mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon eta olish, darslik, o‘quv atlasi
tavsiflardan samarali foydalana olish, guruhlar bilan ishlaganda muomala
madaniyatiga amal qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
- kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur tavsiflarni izlab
topish, ulardan samarali foydalana olish va mediamadaniyatga rioya qilish.
- media vositalardan foydalanib, mavzuga doir didaktik topshiriqlarni bajara oish.
O‘zini o‘zi rivojlantiri sh kompetensiyasi:
- fan to‘garagida, uyda rasmli kitoblar, jurnallardan foydalanib, mustaqil ishlay
olish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullana olish, o‘zinituta
olish,
o‘zining xatosini tushuna olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
- farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga rioya qilish, maktabda, sinfdagi
jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
- o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish
maskanlarini asrab avaylash va ularning qadriga yetish.
- o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalariga doir albomlar
tayyorlay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘li sh hamda
foydalanish kompetensiyasi:
- harita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq
hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki
rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga
amal qilish.
Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda
fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Tabiatshunoslik
Tabiatshunoslik fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat
uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik
hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan fanning
tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.
Tabiatshunoslik fanida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va
tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim
maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va
o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga
e’tibor qaratishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi
o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolar haqida tushunchalarni
shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash
ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishning asosiy vazifalari- o‘quvchilarda tabiatga,
o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish,
nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini
shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom
ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim
sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan
tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida
foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanini o‘rganishning birinchi davri I va II sinflarda
Atrofimizdagi olam fanida Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi,
tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida,
III-IV sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida
boshlang‘ich tavsiflar beriladi.
Zamon talablari asosida xalqaro masshtabida o‘quvchilarga ta’lim -tarbiya
berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni
kuchaytirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda ham fanlararo
integratsiyaga alohida e’tibor qaratish zarur. O‘qish, matematika, texnologiya va
tasviriy san’at fanlari bilan o‘zaro bog‘liklikda o’qitish dars samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda
o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi
dars samaradorligining oshishiga va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tabiatshunoslik
o’quv
fanini
o’rganish
jarayonida
o‘quvchilarda
shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
- mavzuni ravon gapirib berish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.
tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarni nomlani shini ma’nosini aytib
bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
- televizor, radio va boshqa manbalardan tabiat va undagi hodisalarga oid zarur
tavsiflardan foydalana olish, o‘ziga zarur tavsiflarni o‘zlashtira olish.
- tabiat va undagi hodisalarga doir kichik albomlar tayyorlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
- kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish; fan
to‘garaklariga qatnashish, kitoblar, jurnallar yordamida mustaqil o‘rganish
orqali bilimini oshirib borish.
- o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
- o‘zining fuqarolik burch va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, maktabda,
ko‘chada, uyda o‘zidan katta va kichiklarga yordam berish.
- tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarda ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
- o‘z o‘lkasi, uyi, mahallasi, maktabi, yashash joyini qadrlash; do‘stlariga,
yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
- orasta kiyinish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘li sh hamda
foydalanish kompetensiyasi:
- maishiy texnika jihozlaridan foydalana olish, tejamkorlikka, ehtiyotkorlik va
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
- maktabda, uyda suv, elektr manbalaridan foydalanishda tejamkor bo‘lish.