Boshlang`ich ta’limda innovatsion pedagogika.

Yuklangan vaqt

2025-01-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

17

Faytl hajmi

765,7 KB


 
 
 
 
 
 
 
Boshlang`ich ta’limda iniovatsion pedagogika. 
 
Reja: 
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining innovatsion faoliyati. 
2. Boshlang‘ich ta’limda kredit-modul tizimi. 
3. Ta’lim 
jarayonida 
pedagogik 
innovatsion 
usullarni 
qo‘llash 
va 
samaradorligini oshirish omili sifatida. 
 
 
 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining innovatsion faoliyati. 
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy 
ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida 
o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.  
“Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) 
elementlar olib kirish shug‘uliladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya 
o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining:  
- maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va 
boshqaruv tizimiga;   
- pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil 
etishga;   
- ta’limdarajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;  
-  o‘quv-metodik ta’minotiga;  
- tarbiyaviy ishlar tizimiga;   
- o‘quv reja va o‘quv dasturlariga;   
- o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq.
Boshlang`ich ta’limda iniovatsion pedagogika. Reja: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining innovatsion faoliyati. 2. Boshlang‘ich ta’limda kredit-modul tizimi. 3. Ta’lim jarayonida pedagogik innovatsion usullarni qo‘llash va samaradorligini oshirish omili sifatida. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining innovatsion faoliyati. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish shug‘uliladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: - maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; - pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; - ta’limdarajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; - o‘quv-metodik ta’minotiga; - tarbiyaviy ishlar tizimiga; - o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; - o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq.
 
 
 
Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi. Yangilik aniq tarixiy 
xarakterga ega, ya’ni o‘z vaqtidan oldin paydo bo‘lishi mumkin, o‘z vaqtida me’yor 
bo‘lishi yoki eskirishi ham mumkin.  
Maktab yoki oliy tizimning rivojlanish jarayonida, ehtimol ta’limtizimi 
butunicha:   
- absolyut yangiligi (o‘xshashi, prototipning yo‘qligi);  
- nisbatan yangiligi;   
- o‘ziga xos, ixtirochiligi ko‘rinishidagilar hisobga olinadi.  
Yangilik xillari (tiplar) maktab va oliy tizimda turlicha asoslarga ko‘ra 
guruhlanadi:  
Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda 
sodir bo‘ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni 
shug`ulishga tayanib, quyidagi ko‘rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin:   
- ta’limmaqsadi va mazmuniga;   
- pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga;  
- ta’limva tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari;   
- rahbariyat, pedagog va o‘quvchilar faoliyatiga.  
Ta’lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi 
(hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o‘zgarishlarni ajratish mumkin:  
- bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik);  
- kompleks, o‘zaro bir-biri bilan bog„liq;  
- butun maktab va oliy tizimni qamrab oluvchi, tizimli.  
Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga 
oshiriladi. Bu holatda e‟tiborga olinadi:  
-  ta’limdasturlari, o‘quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, 
ko‘rinishlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq ma’lum va qabul qilinganlarni 
modifikatsiyalash;   
- kombinatorlikka (o‘zgartirishlar) xos yangilik kiritish;   
- radikal o‘zgartirishlar.
Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi. Yangilik aniq tarixiy xarakterga ega, ya’ni o‘z vaqtidan oldin paydo bo‘lishi mumkin, o‘z vaqtida me’yor bo‘lishi yoki eskirishi ham mumkin. Maktab yoki oliy tizimning rivojlanish jarayonida, ehtimol ta’limtizimi butunicha: - absolyut yangiligi (o‘xshashi, prototipning yo‘qligi); - nisbatan yangiligi; - o‘ziga xos, ixtirochiligi ko‘rinishidagilar hisobga olinadi. Yangilik xillari (tiplar) maktab va oliy tizimda turlicha asoslarga ko‘ra guruhlanadi: Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda sodir bo‘ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni shug`ulishga tayanib, quyidagi ko‘rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin: - ta’limmaqsadi va mazmuniga; - pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga; - ta’limva tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari; - rahbariyat, pedagog va o‘quvchilar faoliyatiga. Ta’lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o‘zgarishlarni ajratish mumkin: - bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik); - kompleks, o‘zaro bir-biri bilan bog„liq; - butun maktab va oliy tizimni qamrab oluvchi, tizimli. Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e‟tiborga olinadi: - ta’limdasturlari, o‘quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko‘rinishlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq ma’lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash; - kombinatorlikka (o‘zgartirishlar) xos yangilik kiritish; - radikal o‘zgartirishlar.
 
 
 
Ta’limtizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini 
o‘rganishga kirishishdan oldin «Pedagogik tizim» va «Pedagogik tizimda yangiliklar 
kiritish» shug`ulchasini aniqlab olaylik.  
Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. 
Pedagogik tizim – bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular 
o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik 
kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning 
o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi.  
Pedagogik tizim – elementlarning juda mustahkam birlashuvidir.  
Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar 
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega:  
- o‘quvchi;  
- tarbiyaning maqsadi;  
- tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni;  
- o‘qituvchilar (yoki TTV – ta’limning texnik vositalari);  
- tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi.  
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga 
bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin.  
Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga 
asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning 
muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «natijalar», «o‘quv tarbiyaviy jarayonni 
boshqarish», «texnologiya»lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin.  
Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. 
Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning 
natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi 
bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy 
qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga 
egadir.
Ta’limtizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga kirishishdan oldin «Pedagogik tizim» va «Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish» shug`ulchasini aniqlab olaylik. Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim – bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim – elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: - o‘quvchi; - tarbiyaning maqsadi; - tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; - o‘qituvchilar (yoki TTV – ta’limning texnik vositalari); - tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «natijalar», «o‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «texnologiya»lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar 
birligi deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining 
texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan 
maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks 
bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana 
Shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy «to‘plamidan» 
ajratib olish osondir.  
Texnologiya – bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini 
belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash 
darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. 
Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib 
xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. 
O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik «tajribalarni umumlashtirishdan» 
farqli «mumkin emas» xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va 
harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, 
asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar 
o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi.  
Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi – aniq 
kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy 
yechimni shug‘ullanish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, 
tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab 
bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas.
Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana Shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy «to‘plamidan» ajratib olish osondir. Texnologiya – bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik «tajribalarni umumlashtirishdan» farqli «mumkin emas» xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi – aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni shug‘ullanish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas.
 
 
 
Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash – tadqiqotchilik 
tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining 
noaniqligini kuchaytiradi.  
Har doim, ayniqsa «aniq» fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida 
pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek 
pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. 
Endi quyida pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba‟zi prinsipial 
harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz. Pedagogik tizimining har bir aniq 
modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega 
degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan 
qat‟iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’limva tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan 
daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida 
o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va 
intensivligini ta‟minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning 
yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish 
oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi 
kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, 
«harajat» va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning 
foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. 
Intuitiv va sub‟ektiv baholarni juda oson noto‘g„ri deyish mumkin va bu yerda 
vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday 
pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la 
erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada 
bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar 
tashlaylik, u «yomon» va «yaxshi» pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun 
o‘qituvchi 
ham 
birdir. 
Uni 
o‘qituvchi, 
o‘quvchilar 
munosabatigacha 
soddalashtiramiz. Bu munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa 
ma‟lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50% esa o‘quvchiga bog„liq. Bundan kelib 
chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik 
o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo 
tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi. An‟anaviy pedagogik tizimning foydali
Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash – tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa «aniq» fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba‟zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz. Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan qat‟iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’limva tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta‟minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, «harajat» va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va sub‟ektiv baholarni juda oson noto‘g„ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik, u «yomon» va «yaxshi» pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma‟lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50% esa o‘quvchiga bog„liq. Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi. An‟anaviy pedagogik tizimning foydali
 
 
 
harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab 
tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko‘prog„i dasturni to‘la 
o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy 
nazariyasidan ma‟lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha 
yaxshilash mumkin emas. To‘g„ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga 
ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab 
kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga 
albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish, 
moslashish, sustkashlikni yengish kerak.  
4. Pedagogik tizimda innovatsion tuzilmalarning bosh yo‘nalishi:  yaxlit 
pedagogik tizim;  o‘quv yurti;  pedagogik nazariya;  o‘qituvchi;  o‘quvchilar;  
pedagogik texnologiya;  mazmun;  shakl, metodlar, vositalar;  boshqaruv;  maqsad 
va natijalar. Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo‘yicha innovatsion yangi 
kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish 
mumkin.  
 
Boshlang‘ich ta’limda kredit-modul tizimi. 
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, 
o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida 
baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda 
murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga 
ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini 
reyting asosida baholash. 
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof 
etiladi: 
 
o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; 
 
bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash; 
 
talabalar bilimini reyting ball asosida baholash; 
 
talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga 
imkon yaratish; 
 
ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko‘prog„i dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy nazariyasidan ma‟lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash mumkin emas. To‘g„ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish, moslashish, sustkashlikni yengish kerak. 4. Pedagogik tizimda innovatsion tuzilmalarning bosh yo‘nalishi: yaxlit pedagogik tizim; o‘quv yurti; pedagogik nazariya; o‘qituvchi; o‘quvchilar; pedagogik texnologiya; mazmun; shakl, metodlar, vositalar; boshqaruv; maqsad va natijalar. Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo‘yicha innovatsion yangi kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish mumkin. Boshlang‘ich ta’limda kredit-modul tizimi. Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:  o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;  bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;  talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;  talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;  ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
 
 
 
 
ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga 
qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi. 
Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim 
texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, 
zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga 
o‘rgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy 
rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida 
bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob 
bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir. 
Keling, shu o‘rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining 
bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy 
mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) 
majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video 
hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat 
qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni 
bajaradi. 
Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 
2—4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan 
murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy 
jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba 
mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, 
amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi 
va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
 
o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi; 
 
 talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi 
lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
 ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi. Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir. Keling, shu o‘rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2—4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:  o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;  talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
 
 
 
 
 modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), 
ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil 
ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar; 
 
o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; 
bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat. 
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda 
ko‘nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning 
barcha o‘quv faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, 
o‘zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi. 
Kredit (credit) — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) 
bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv 
yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit — talabaning me’yoriy hujjat 
bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda 
ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir 
fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli 
o‘tgandan so‘ng beriladi. 
Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov 
fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita 
ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-
o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash 
imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning 
o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi. 
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan 
bo‘lib, o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik 
yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan. 
Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir 
qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi 
uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni 
chog‘da, baholash tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib 
keldi.
 modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar;  o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat. Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi. Kredit (credit) — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit — talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi. Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor- o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi. Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan. Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog‘da, baholash tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da mamlakat oliy ta’lim muassasalarini 
kredit-modul tizimiva o‘tkazish belgilangan. Shu sababli 2020-2021 o‘quv yilidan 
boshlab Respublikaning 33 yirik oliy ta’lim muassasasi ECTS (Yevropa kreditlarini 
ko‘chirish va jamg‘arib boorish tizimi) kredit modul tizimiga o‘tdi. Shu sababli 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-sonli 
“Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Qarorida oliy pedagogic ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonini kredit-modul 
tizimiga o‘tkazish belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 
824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq 
tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda 
mamlakat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-
modul tizimiga o‘tkazilishi belgilandi va bu boradagi Nizom tasdiqlandi. 
“Oliy ta;lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy 
etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi 
va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalaridan tashqari barcha 
oliy o‘quv yurtlari ECTS kredit-modul tizimiga o‘tdi. Bu tizim ta’limning yevropa 
tizimi bo‘lib, unda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi. 
GPA (Grade Poin Average)  - ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha 
o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 
K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; 
U – har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847- sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da mamlakat oliy ta’lim muassasalarini kredit-modul tizimiva o‘tkazish belgilangan. Shu sababli 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Respublikaning 33 yirik oliy ta’lim muassasasi ECTS (Yevropa kreditlarini ko‘chirish va jamg‘arib boorish tizimi) kredit modul tizimiga o‘tdi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida oliy pedagogic ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda mamlakat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit- modul tizimiga o‘tkazilishi belgilandi va bu boradagi Nizom tasdiqlandi. “Oliy ta;lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalaridan tashqari barcha oliy o‘quv yurtlari ECTS kredit-modul tizimiga o‘tdi. Bu tizim ta’limning yevropa tizimi bo‘lib, unda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi. GPA (Grade Poin Average) - ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi: K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; U – har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho.
 
 
 
Akademik modullik – oliy ta’lim muassasasi talabalarining muayyan vaqt 
mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy ta;lim 
muassasasiga o‘qish maqsadida borish; 
Mobillik dasturi – ikki yoki undan ortiq oliy ta;lim muassasasi o‘rtasida 
o‘zaro ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillikdasturi; 
Oliy ta’lim muassasasi – belgilangan miqdordagi kreditlarni tan olishni 
hisobga olgan holda ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjat beruvchi muassasa; 
Kreditlarni berish – malaka yoki uning alohida qismlariga qo‘yilgan 
talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba yoki boshqa ta’lim 
oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni; 
Kreditlarni ko‘chirish talabalarning akademik mobilligini ta’minlash 
maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha olingan kreditlarni 
boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va tan olish; 
Kredit to‘plash – ta’lim elementlarini o‘zlashtirish va boshqa yutuqlarga 
erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini to‘plash; 
ECTS kredit-modul tizimida asosiy e’tibor bilim berishga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, unda tarbiya jarayonini amalga oshirish asoslari nazarda tutilmagan. Shu 
sababli o‘qitishning kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini amalga oshirish 
metodologiyasi hozircha ishlab chiqilgan emas. Bu o‘rinda e’tiboriningzni ana shu 
masalaning umumiy jihatlariga tortamiz. 
O‘qitishning kredit-modul tizimida o‘quv fanlari majburiy va tanlov 
fanlariga bo‘linadi. Bunda kasbiy fanlar ma jburiy va kasbiy mahoratni 
chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan  fanlar tanlov fanlar hisoblanadi. Shu ma’noda 
tanlov fanlar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya jarayoni 
asoslari bilan tanishtirishning imkoniyatlari mavjud. Bunda quyidagicha yo‘l tutish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- 
oliy pedagogic ta’lim jarayonida shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy-gumanitar fanlarni (etika, estetika, sotsioligiya, politologiya kabilar) tanlov 
fanlar tarkibiga kiritish; 
- 
tanlov fanlarning negizida shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan asoslarni 
belgilash;
Akademik modullik – oliy ta’lim muassasasi talabalarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy ta;lim muassasasiga o‘qish maqsadida borish; Mobillik dasturi – ikki yoki undan ortiq oliy ta;lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillikdasturi; Oliy ta’lim muassasasi – belgilangan miqdordagi kreditlarni tan olishni hisobga olgan holda ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjat beruvchi muassasa; Kreditlarni berish – malaka yoki uning alohida qismlariga qo‘yilgan talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba yoki boshqa ta’lim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni; Kreditlarni ko‘chirish talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha olingan kreditlarni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va tan olish; Kredit to‘plash – ta’lim elementlarini o‘zlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini to‘plash; ECTS kredit-modul tizimida asosiy e’tibor bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda tarbiya jarayonini amalga oshirish asoslari nazarda tutilmagan. Shu sababli o‘qitishning kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini amalga oshirish metodologiyasi hozircha ishlab chiqilgan emas. Bu o‘rinda e’tiboriningzni ana shu masalaning umumiy jihatlariga tortamiz. O‘qitishning kredit-modul tizimida o‘quv fanlari majburiy va tanlov fanlariga bo‘linadi. Bunda kasbiy fanlar ma jburiy va kasbiy mahoratni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan fanlar tanlov fanlar hisoblanadi. Shu ma’noda tanlov fanlar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya jarayoni asoslari bilan tanishtirishning imkoniyatlari mavjud. Bunda quyidagicha yo‘l tutish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - oliy pedagogic ta’lim jarayonida shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-gumanitar fanlarni (etika, estetika, sotsioligiya, politologiya kabilar) tanlov fanlar tarkibiga kiritish; - tanlov fanlarning negizida shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan asoslarni belgilash;
 
 
 
- 
tanlov fanlarning mavzulari va modullarini o‘qitishda nazariya hamda 
amaliyot uyg‘unligiga rioya qilish. 
Shu jihatdan o‘qitishning kredit-modul tizimida tanlov fanlar vositasida 
tarbiya jarayonini tashkil etish imkoniyatlari mavjud. Savol tug‘iladi:  
Talaba tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan tanlov fanlarini tanlaydimi? 
Buning uchun tanlov fanlari bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- 
tanlov fanlarning mavzulari va modullari bo‘yicha o‘quv materiallarini 
qiziqarli, o‘ziga jalb qiluvchi va yo‘naltiruvchi xususiyatlariga ega tarzida 
tayyorlash; 
- 
mavzular va modular bo‘yicha o‘quv materiallarining 30 foizini nazariy 
70 foizini amaliy qismlar asosida tayyorlash; 
- 
o‘quv materiallarida topshiriqlar, mustaqil ta’lim kombinatsiyalari, 
animatsiya va multimediyali tasvirlarning bo‘lishiga erishish; 
- 
o‘quv 
materialini 
tayyorlashda 
talabalrni 
takliflari 
va 
fikr 
mulohazalarini inobatga olish. 
Shu jihatdan tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan tanlov fanlarining o‘quv 
materiallarini mukammal tayyorlash ularning talabalar tomonidan kutilgan darajada 
tanlashga erishish imkonini beradi. 
Kredit-modul 
tizimi 
asosida 
ytarbiya 
jarayonini 
tashkil 
etish 
mexanizmlaridan yana biri Ustoz-shogirt an’anasidir. Unga ko‘ra har bir talaba 
Ustozga biriktirb qo‘yiladi, Ustoz talabani tarbiyalanishi jarayoni bilan 
shug‘ullanadi.  
Ta’lim jarayonida pedagogik innovatsion usullarni qo‘llash va 
samaradorligini oshirish omili sifatida. 
 
Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat 
umummilliy dasturi”ni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bilan ta’limda sifat va 
samaradorlikka erishish va shu orqali modernizasiya qilingan ta’lim standartlari 
to‘liq bajarilishi ta’min etish davri boshlandi.
- tanlov fanlarning mavzulari va modullarini o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uyg‘unligiga rioya qilish. Shu jihatdan o‘qitishning kredit-modul tizimida tanlov fanlar vositasida tarbiya jarayonini tashkil etish imkoniyatlari mavjud. Savol tug‘iladi: Talaba tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan tanlov fanlarini tanlaydimi? Buning uchun tanlov fanlari bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - tanlov fanlarning mavzulari va modullari bo‘yicha o‘quv materiallarini qiziqarli, o‘ziga jalb qiluvchi va yo‘naltiruvchi xususiyatlariga ega tarzida tayyorlash; - mavzular va modular bo‘yicha o‘quv materiallarining 30 foizini nazariy 70 foizini amaliy qismlar asosida tayyorlash; - o‘quv materiallarida topshiriqlar, mustaqil ta’lim kombinatsiyalari, animatsiya va multimediyali tasvirlarning bo‘lishiga erishish; - o‘quv materialini tayyorlashda talabalrni takliflari va fikr mulohazalarini inobatga olish. Shu jihatdan tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan tanlov fanlarining o‘quv materiallarini mukammal tayyorlash ularning talabalar tomonidan kutilgan darajada tanlashga erishish imkonini beradi. Kredit-modul tizimi asosida ytarbiya jarayonini tashkil etish mexanizmlaridan yana biri Ustoz-shogirt an’anasidir. Unga ko‘ra har bir talaba Ustozga biriktirb qo‘yiladi, Ustoz talabani tarbiyalanishi jarayoni bilan shug‘ullanadi. Ta’lim jarayonida pedagogik innovatsion usullarni qo‘llash va samaradorligini oshirish omili sifatida. Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizasiya qilingan ta’lim standartlari to‘liq bajarilishi ta’min etish davri boshlandi.
 
 
 
Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilishi, minglab maktablarni 
yangitdan rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash ishlari jadal sur’atlar bilan olib 
borilmoqda.  
Maktablarni yangi jihoz, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, 
moderinizasiya qilingan, tajriba-sinovdan o‘tgan standartlar, darsliklarning yangi 
avlodi bilan (ijara tariqasida) ta’minlash, kompyuterlashtirish davlat umummilliy 
dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Endi o‘quv jarayonini yangilangan 
dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish 
davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil 
etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdonlik, metodik mahoratga ega, 
ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib 
olgan, innovasiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib 
bormoqda.  
Ta’limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik 
takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy 28 natijaga erishish, chuqur va puxta bilim 
berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy 
mashg‘ulotlarni olib 
boruvchi o‘qituvchining 
ijodkorligi, 
izlanuvchanligi, 
malakasiga pedagogik mahoratiga bog‘lanib qolaveradi, o‘quv-biluv markazida esa 
o‘quvchi turmogdni taqozo etadi.  
Oliy ta’lim (shuningdek o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi) mutaxassis 
kadrlar tayyorlashda bodajak o‘qituvchilarning metodik mahoratiga, ularni 
o‘qitishning yangi usullarini o‘zlashtirishlariga yetarli e’tibor berilmayotganligi 
ta’lim sifati samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
 “Pedagogik texnologiya” atamasi o‘qituvchilarimiz orasida ikki xil ma’noda 
qo‘llanilmoqda:  
1. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial, 
vizual asboblarini ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llab samaradorlikni oshirish; 
 2. Ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‘rganish, 
qayd etish yo‘llari bilan o‘qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini ta’minlash.  
Ta’limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni 
belgilaydi. Bundan ko‘rinadiki natija maqsadga qancha yaqin bo‘lsa, o‘quv- tarbiya
Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilishi, minglab maktablarni yangitdan rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Maktablarni yangi jihoz, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, moderinizasiya qilingan, tajriba-sinovdan o‘tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta’minlash, kompyuterlashtirish davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdonlik, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, innovasiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta’limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy 28 natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog‘lanib qolaveradi, o‘quv-biluv markazida esa o‘quvchi turmogdni taqozo etadi. Oliy ta’lim (shuningdek o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi) mutaxassis kadrlar tayyorlashda bodajak o‘qituvchilarning metodik mahoratiga, ularni o‘qitishning yangi usullarini o‘zlashtirishlariga yetarli e’tibor berilmayotganligi ta’lim sifati samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Pedagogik texnologiya” atamasi o‘qituvchilarimiz orasida ikki xil ma’noda qo‘llanilmoqda: 1. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial, vizual asboblarini ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llab samaradorlikni oshirish; 2. Ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‘rganish, qayd etish yo‘llari bilan o‘qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini ta’minlash. Ta’limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni belgilaydi. Bundan ko‘rinadiki natija maqsadga qancha yaqin bo‘lsa, o‘quv- tarbiya