BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
19,0 KB
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISHDA INNOVATSION
YONDASHUV.
REJA:
1. Ona tili fanini o‘qitishda yangi asr o‘qituvchisining vazifalari
2. Innovatsion yondashuv
3. Muammoli ta’lim texnologiyasi. ( amaliy jarayon) sifatida.
1. Yangi asr o‘qituvchisi o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirishda darslarda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish davr talabidir.
Innovatsion texnologiyalarni boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida joriy
etishning eng ahamiyatli jihatlaridan biri - bu o‘quvchilarning o‘z fikr va g‘oyalarini
bayon qilishga yonaltirilgan harakatlarning rag‘batlantirilib borilishidir.
Masalan, boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida aniq fan bo‘lganligi uchun
o‘qituvchilarda fikr va g‘oyalar muamoli vaziyatlar orqali turmushda uchraydigan
muommoli holatlar va undan chiqib ketishning maqbul yo‘llarini topishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Kundalik hayotdagi istimoliy munosabatlarni, tabiat va
tabiy hodisalarning o‘rtasidagi aloqalarni badiy ko‘rinishi tarzda yoritish asosida
vujudga keltirilgan muomolarni hamkorlikda, ro‘lli o‘yinlar orqali hal etishi
mumkin.
Bunday syujetli- ro‘lli o‘yinlarni jamiyat yoki tabiatga bog‘liq darslikdagi
maqsadlardan va mashqlardan oladi.
Ayniqsa, ona tili darslarida mashqlar va matnlar bilan ishlashda
o‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda,
qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishida ijodiy o‘yinlar muhim
rol o‘ynaydi.
Innovatsion texnologiya talim tizimining ratsional yo‘llarini ishlab chiqaruvchi
jarayon bo‘lib, unda o‘qituvchi asosiy ma’sul shaxs hisoblanadi, chunki uning asosiy
vazifasi axborotni o‘quvchilarga tez, aniq, tushunarli tarzda yetkazib berishdan
iboratdir.
Bugungi globallashuv jarayoniga yangicha yondashuv asosida o‘qitishning
yangidan-yangi usullari qo‘llanishni boshladi. Ulardan biri o‘quvchilarni faol
fikrlashga o‘rgatishdir.Bu qiyin ish emas albatta, buning uchun darslarda innovatsion
texnologiyalaridan foydalanishi muhim hisoblanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash
joizki, innovatsion texnologiyalaridan biri “Interfaol texnologiyalar” juda yaxshi
samara beradi.
O‘qitish jarayonida jarayonida qarama- qarshilik paydo bo‘lgan vaziyatni S. I.
Rabinshteyn muommoli vaziyat deb atadi. O‘quvchi o‘qish jarayonida qarama-
qarshiliklarga duch kelsa, uning bilishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi, ya'ni
motivatsiya paydo bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilarga punktuatsiya bo‘limini o‘tishda
finish belgilarini qo‘llashlari bo‘yicha quydagicha tavsiyani berib o‘tamiz.
Muommoni kelib chiqish sababi:
1.O‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuatsion xatolar.
Uni yechish yo‘llarini aniqlash:
1. O‘quvchilar bilan punktuatsion belgilarga oid bo‘lgan mashqlarni korib
chiqish.
Muommoning yechimi:
1. O‘qituvchining tez-tez nazorat qilishi va xatolarni bartaraf qilishga
komaklashishi
O‘quvchilar bilan o‘qituvchi keng muloqotda bo‘lishi uchun, o‘qitish jarayoni
mavzuga doir bo‘lgan muammoni qo‘yishi va shu asnoda uni bartaraf etishi
yo‘llarini ishlab chiqishi lozim dep hisoblaymiz.
Ma'lumki, innovatsion texnogiyalarning maqsadi “ilmiy bilish” bilimlar
tizimini natijalarini o‘zgartirishi emas, balki natijalarga erishish yo‘lini ham
yangiliklar bilan o‘zlashtirishdir. U o‘quvchilarni o‘quv materialini to‘la
o‘zlashtirishlariga aqliy izlanishi, yangiliklar yaratishi, ijodiy faolliklariga xizmat
qiladi [3].
O‘qituvchi
innovatsion
texnologiyalardan
foydalanganda
quydagilarni
rejalashtirishi zarur:
- o‘rganilayotgan mavzuning maqsad va vazifalari ,shu mavzuga oid bo‘lgan
muommoni hal etishini shakllantrish;
- mavzuni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan texnalogiya va
topshiriqlar mazmuni ;
- o‘quvchilarning muommoli topshiriqlarini yechishga xizmat qiluvchi, avvalgi
o‘rgangan bilimlar zaxiralari;
- muammoli topshiriqlarini hal etishga yordam beruvchi o‘quvchilarning
ko‘nikma va malakalari;
- topshiriqlarni yechishga qanday ko‘rgazmali qurollar,vositalarini tanlay
olishi;
- muammoli topshiriqlarni yechish natijasida bilish va malakalarining taxminiy
hajmi;
- bajarilgan ishlar va ularning natijalariga tog‘ri va yangi xulosalar chiqarish va
natijalash.
Innovatsion texnologiyalarning mohiyati shundaki, o‘quvchilar o‘zlari dars
davomida mustaqil fikrlashlari bilan bir qatorda yangi ijodiy fikrlarni hali yuzaga
keltirishlari tabiiy holdir. Shu sababli ham, o‘quvchilar uchun materiallar va
topshiriqlar tizimi shundaytuzilishi kerakki, ular asosan, mustaqil fikr bilan bir
qatorda yani g‘oyalar yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarni yanada faollashtirish uchun quydagi savollardan foydalanishi
mumkin:"Uni bilib olish uchun “Nima qilishi kerak?" "Ushbu muommoni yechimi
qanday?"
Aynan shu tufayli o‘quv materialiga muommo shaklida berilishi talab etiladi
O‘qituvchi o‘quvchilarni shu jarayonga jalb etsagina, o‘quvchilarning mustaqil
ijodiy faoliyati rag‘batlantiradi.
O‘quvchilarning muammo yechimini jarayoniga qatnashuv darajasiga ko‘ra,
ta’limning turli darajada shu holda tashkil etilganda farqlanadi. Eng asosiysi
o‘quvchilarni ushbu texnologiya orqali mustaqil fikrlashga yo‘naltriladi.
Bundan tashqari ona tili darslarida innovatsion texnologiyalari to’g‘rini-tog‘ri
qo‘llash orqali o‘quvchilarni yozma nutq jumlalarini to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni tog‘ri
yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarekterlanadi.
Yozma nutqni egallashi bo‘yicha bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar
yuzaga keladi.
Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlanganligi bois, bolada hali o‘zi
yozgan fikrlarini, so‘z va harflarni yozish malakasi hosil bo‘ladi, lekin finish
belgilarini qo‘llashga doir bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari sust bo‘ladi.
Agar yuqorida keltirilgan texnologiyadan unumli foydalanilsa, maktab
yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uni mazmunini aniqlash, fikrini
bayon etishi uchun ma’lumot toplash,muhim jihatlarini ajratib olish uni ma'lum
ketma- ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi [2].
Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalligi
shundaki;
- ta`limda ko‘rgazmalilik eng birinchi o‘rinlarda turadi;
- o‘quvchini izlanishga undaydi;
- o‘quvchi ta`lim jarayonini bir vaqtning ozida ko‘radi, eshitadi, o‘quchilarga
kengroq keng qamrovdagi katta hajimli materiallar I tezroq yetkazib beradi;
- o‘quvchi tafakkurini shakllantradi;
- o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;
- mashg‘ulotlarni jonli va ijodiy tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi;
- ta`lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni
xohlagan vaqtda o‘quvchiga taqdim etadi [1].
Xulosa o‘rnida shuni ta`kidlashi joizki, o‘quvchilarning ta'lim jarayonidagi
faolliklarini olishlariga, ularning mashg‘ulotlarni diqqat bilan tinglab, o‘quv
materialini tahlil qilib, taqqoslash, xulosalar chiqarish kabi aqliy faoliyatining
rivojlanishiga innovatsion texnologiyalar katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati:
1. Abdullayeva Q va boshqalar. 2-sinfda o‘qish darslari. -Toshkent:
“O‘qituvchi”, 2004.
2. Ishmuhammedov R va boshqalar. “Ta’limda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish”. Toshkent. 2008 y
3. Ishmuhammedov R va boshqalar. “Ta’lim-tarbiya jarayonlarida innovatsion
texnologiyalardan foydlanish”. Toshkent. 2010 yil.
4. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G 'ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev
"Ona tili o‘qitish metodikasi", Toshkent "Nosir" nahsriyoti 2009.