BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA O‘QUVCHILARINING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH.
Yuklangan vaqt
2024-10-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
50,3 KB
BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA O‘QUVCHILARINING BILIM, KO‘NIKMA
VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH.
REJA:
1.Boshlang‘ich ta'limda ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
3. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
4.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
5.O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini baholash
mezonlari.
6.Xalqaro baholash dasturlarini va ularning ahamiyati.
7. PISA, PIRLS, TIMSS vа TALIS xalqaro dasturlari haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar: Ta'lim sifati, baho, baholash, tekshiruv, boshlang'ich ta'lim
sifatini baholash, yangi yondashuvlar, boshlang'ich ta'lim sifatini boshqarishda,
Xalqaro baholash,dastur, tadqiqot, savodxonlik, baholash, PISA, TIMSS, PIRLS.
1. Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllatirish. Bilim – kishilarning tabiat va
jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan maʼlumotlari, voqelikning inson tafakkurida
aks etishi.Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz
Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;
ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni Bilim darajasiga olib chiqadi.
Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan
usuli.
Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan
muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis – bu didaktik jarayon
kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir.
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal
natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning
mahsuli bilan bog’liq holda, o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta’lim
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va
hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning
uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab
borishi lozim.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan
o’quv materialini o’zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash,
ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi
rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va
o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
o’quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o’quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat.
O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko’rsatilgan mantiqiy
ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo’g’in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan
avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida
o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim
(kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli bo’ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo’g’ini har bir mavzuni o’zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashxislash
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o’rgatishdir. Bunday
tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali mazmuni,
murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari,
muayyan pedagogik sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bo’g’ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo’lishi mumkin. YAngi mavzuni
o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o’zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan
birga qo’llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to’rtinchi bo’g’ini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini
yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan
o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni
o’zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo’g’in ta’lim oluvchilarning, ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak va o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, o’rtacha
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo’lmasligi lozim. Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni
(natija sifatida) ham oladi.
O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu
kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar
baho ko’rinishida qayd etiladi. O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun
nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, ham
miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzuni
qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo’llash
malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, o’quvchi ham o’zlarining keyingi
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga
olish o’quvchilarning bilish faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o’zlashtirishni hisobga
olish o’qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O’qitish metodlari va shakllarining
tabora takomillashuvi natijasida baho o’qituvchining pedagogik mahorati
ko’rsatkichiga aylanmoqda va o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida
muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan
etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb
baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va
o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va
rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat qilish vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini
aniqlash va baholashdan iborat. Bu o’quv materiallarini o’rganishning keyingi
bosqichiga o’tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o’qituvchining o’quv
metodlarini va usullarini to’g’ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi
o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini topish bilan bog’liqdir.
O’qitish vazifasi o’quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko’rinadi. Yangi
mavzuni
mustahkamlash
jarayonida
yoki
uy
vazifalarini
tekshirishda
o’quvchilarning o’tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo’lgan
ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug’iladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o’quvchilar tekshirishga
tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar, bo’sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar.
Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri amalga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg’ulari va axloqiy sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu esa o’z-o’zidan nazoratning rivojlantiruvchi
vazifasi sanaladi.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada o’quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish
tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik
(obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko’rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik
(obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining
ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati
hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan
iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo’yilgan baholar nazorat metodlari va
vositalaridan, tashxis o’tkazgan o’qituvchidan qat’iy nazar xamma vaqt mos
kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash
nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok
etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik
barcha ta’lim oluvchilar o’quv muassasida bo’lgan birinchi kundan boshlab
oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi
va egallashi lozim bo’lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’lim
nazoratini tez-tez o’tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o’tkazishga bir butun
yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari,
metodlari, vositalari uzviy o’zaro bog’liqlikda va birlikda qo’llaniladi, bir maqsadga
xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini
mutloqlashtirishga yo’l qo’ymaydi.
Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilar-ni aynan
bir xil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida
belgilanadigan har bir o’quvchi reytingi ko’rgazmali, qiyosiy xarakterga ega.
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab
etadi. Baho mo’ljal (orientir) bo’lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o’zlariga
qo’yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni
amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e’lon qilish, ularni
manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning
istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o’quvchilar o’quv faoliyatini nazorat qilishning
qo’yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat.
Joriy nazorat o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir o’quv ishini muntazam
nazorat qilishni hamda ularning o’rganilgan mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim,
ko’nikma va malakalari darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish
fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi. Joriy
nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv faoliyati bo’yicha tezkor ma’lumotlar
bilan ta’minlaydi, o’qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o’zlashtirmagan
o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlaydi, o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha choralar
belgilaydi.
Oraliq nazorat – bu o’quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki
bo’limlarining o’zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o’qituvchi dars jadvali
asosida darsda o’quv materialining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o’tkazadi.
Oraliq nazorat o’tkazishdan oldin o’quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish
alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat – choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari
singari turlarga bo’linadi. YAkuniy nazorat og’zaki, yozma, test hamda amaliy
topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o’tkaziladi.
Nazoratning shakli o’quv ishini tashkil etish shakliga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi
uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o’qituvchi o’quvchilarga materialning
ma’lum bir hajmi bo’yicha savol beradi, o’quvchilar unga qisqa javob qaytaradi.
Mazkur so’rash ko’pchilik o’quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni
faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o’quvchilarning bilim darajasini har tomonlama
aniqlash uchun qo’llab bo’lmaydi.
nazoratning guruhli shaklida o’quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat
qilinadi. O’qituvchi tomonidan o’quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh
bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o’quvchilar ham qatnashishi mumkin.
Guruh ishlayotgan paytda qolgan o’quvchilar bo’sh qolmaydi, ular o’rtoqlarining
bajargan ishlarini baholash uchun o’z ustilarida ishlab o’tiradi.
nazoratning individual shaklidan har bir o’quvchining bilim, ko’nikma va
malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu
shaklida,odatda o’quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni
ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi
katta mavzularni barcha o’quvchilardan so’rash kerak bo’lgan vaqtda foydalanadi.
Har bir o’quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o’quvchini
tekshirish mumkin bo’ladi.
o’z-o’zini nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki aks aloqaning bo’lishini
ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning
samaradorligi o’qituvchining kasbiy mahoratiga bog’liq bo’ladi.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga
asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.
Og’zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi o’quvchilarga
o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga
undaydi. Ana shu tarzda ularning o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og’zaki tekshirish
o’quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi.
Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og’zaki tekshirishda o’qituvchi
o’rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o’quvchilarga
savollar beradi. Biroq o’quvchilarning nutqini o’stirish hamda ularning chuqur va
mustahkam bilimga ega bo’lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga
tushirishni talab qilish mumkin.
Yozma tekshirish – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish
va baholashning eng samarali usullaridan biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini
baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o’qituvchi alohida mavzu
yoki o’quv dasturining ma’lum bo’limini o’tib bo’lganidan so’ng oz vaqtning ichida
barcha o’quvchilarni tekshirishi mumkin. YOzma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon,
diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo o’qituvi va o’quvchi o’rtasida bevosita
aloqaning yo’qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo’lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy
harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga
tayanishdan iborat bo’lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi
fanlardan o’quvchilarning o’zlashtirishini hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul
yordamida o’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olish malakasi
aniqlanadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish uchun
ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy
vazifalarini tekshirish o’qituvchiga o’quvchilarning o’quv ishiga bo’lgan munosabatini,
o’rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik
darajasini aniqlashga imkon beradi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalari va kompetensiyalarini baholash
mezonlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma
vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq
mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va
malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf
(guruh)dagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
«5» baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi dasturdagi materialni to’liq o’zlashtirib
olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda erkin qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon
qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera
olsa.
«4» baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa;
b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni
amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan,
o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma
ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa qo’yiladi.
«3» baho yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin
mustaqil tushuntirib berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o’zgartirib berganda, javob berishga
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
«2» baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga
ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, b) yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa
qo’yiladi.
Ta’lim sifati monitoring. “Monitoring” atamasi ilk maratoba Birlashgan
Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish
arafasida “nazorat” atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan.
“Monitoring – inglizcha atama bo’lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’nosini anglatadi.
Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan
mustaqil bo’lim sifatida qaraladi hamda ta’lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat
natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi.
Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitish sofati monitoring tizimi
samarali yo’lga qo’yilgan.
Umumiy o’rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki
nazorat – O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib
asosida umumiy o’rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga
oshiriladi; tashqi nazorat – ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq
ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati –
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va
nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada
baholash – Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi
boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida
amalga oshiriladi
O’qituvchilar yoki maktab ma’muriyati, o’quvchilarning o’zlari, ota-onalar va
jamoatchilik vakillari o’quvchilarning bilimlarini o’quv maqsadlari asosida
tekshiradilar. Mazkur yo’nalish o’ziga xos bir qator afzalliklarga ega bo’lib, baholash
bevosita o’quvchining sinfda amalga oshirilgan ishlari bilan bog’liq, bunda o’qituvchi turli
uslublardan (masalan og’zaki so’rov o’tkazish, amaliy mashq bajarish, test va h.k.)
foydalanib, o’quvchi tomonidan bajarilgan ishlarga baho qo’yadi. Baholash jarayoni
tizimli ravishda o’quv choragi va o’quv yili davomida olib boriladi. Bunday baholashda
o’qituvchilar, maktab monitoring guruhi o’quvchilarning o’zlashtirishi sifati, o’quv
yutuqlariga asosiy me’yor bo’lgan davlat ta’lim standartlariga taqqoslagan holda individul
baho beradilar.
Baholashning ikkinchi turi hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari tomonidan amalga
oshiriladigan hududiy o’qitish sifati monitoringi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar
tomonidan davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarning
o’zlashtirish dinamikasini tizimli kuzatiladi, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar va ularning
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat; tashqi nazorat; davlat-jamoatchilik nazorati; milliy va xalqaro
darajada baholash.
kelib chiqish omillarini aniqlanadi, boshqa maktablar hamda bartaraf etish chora-tadbirlari
rejalashtiriladi.
Shu sababli zamonaviy shaxsga, raqobatbardosh mutaxassisga qo’yilgan talablarning
ortib borishi eng avvalo ta’lim muassasalari va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi
idoralaridagi alohida tuzilmalar tomonidan ta’lim sifati monitoringini tizimli va maqsadli
amalga oshirishni talab etadi. Ta’lim muassasalarida monitoring – yaxlit tizimning holati
va dinamikasini kompleks kuzatish, tahlil qilish, korrektsiyalash hamda prognozlash
jarayoni hisoblanadi.
Baholashning keyingi uchinchi turi – davlat attestatsiyasi va ta’lim muassasalarining
akkreditatsiyasi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan yoki uning nomidan vakolatli
tashkilotlar tomonidan o’tkaziladi. Ularda qatnashish huquqiga muayyan talablarga
javob beradigan barcha o’quvchilar ega. Mazkur baholash muayyan ta’lim bosqichi
yoki turi tugaganidan so’ng amalga oshiriladi. Ularning asosiy va ijtimoiy jihatdan
muhim vazifalari bitiruvchilar va ta’lim muassasalarining davlat va jamiyatning
ijtimoiy buyurtmalarni bajarish holatini tahlil qilish imkonini beradi.
Umummilliy baholash – barcha o’quvchilarni yoki ma’lum bir guruhdagi
o’quvchilarni tanlab olish yo’li bilan muntazam ravishda o’quvchilar o’quv yutuqlari
darajasini milliy standartlarga nisbatan mosligi baholash hisoblanadi. Mazkur turdagi
baholash o’quv dasturlari asosida olinib, imtixonlardan farq qiladi. Birinchidan,
alohida olingan o’quvchilarning bilim va malakasi darajasi emas, balki tizimning
ishlash natijalari o’lchanadi. Ikkinchidan, milliy baholash natijalari muayyan yoshdagi
yoki sinfdagi o’quvchilarning umumiy o’zlashtirish darajasining “rentgen surati”
sifatida foydalaniladi va milliy standartlarning ko’p muddatda monitoringini olib
borishga xizmat qiladi. Tanlash yo’li bilan o’tkazilgan umummilliy baholash qisqa
muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq o’tkazish imkoniyatini beradi. Uning
natijalari ma’lum o’quv fanlari bo’yicha o’quvchilar o’quv yutuqlari to’g’risida
qimmatli ma’lumotlarni berishi mumkin.
Xalqaro baholashni yaqin 15-20 yilda tashkil etish yo’lga qo’yilib, ularda bir necha
mamlakatlar o’quvchilarining o’quv yutuqlari tanlov yo’li bilan baholanadi. Bunday keng
qamrovli tadqiqotlarning asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan yoshdagi (masalan, 13
yoshdagi o’quvchilar) yoki sinfdagi o’quvchilarning bir yoki bir necha o’quv fanlari
bo’yicha o’quv yutuqlarini baholash va bir qator mamlakatlar kesimida qiyoslashdan
iborat. Misol tariqasida matematika va tabiiy fanlardan o’tkazib kelinayotgan - TIMSS
(Trends in International Mathematics and Science Study –Xalqaro matematika va tabiiy
fanlarning o’rganishdagi tendensiyalari)ni keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro
tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8- va umumiy o’rta ta’lim muassasalarining bitiruvchilari
(11- va 12-sinf o’quvchilari) qamrab olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46
mamlakat o’quvchilari qatnashganlar.
Yana bir xalqaro o’quvchilar ta’limiy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi – PISA
(Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot
birinchi marta 2000 yilda o’tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o’quvchilari
qatnashgan. PISA da asosiy e’tibor o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlar
(fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo’llay
olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot – PIRLS da turli mamlakatlar
boshlang’ich maktablari bitiruvchilarining matnni o’qish va uni tushunish darajasi
baholanadi.
Mazkur tadqiqotlarning maqsadi – o’quvchilar yutuqlari to’g’risidagi ma’lumotlarni
jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bo’lib, uning natijalariga ko’ra ta’lim
siyosati masalalari hamda o’quvchilar o’zlashtirishidagi tafovutlarni yaxshiroq anglab
etishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi. Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib
borishi bugungi dunyoda globallashuv jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib
kelayotgan o’quvchilarga mehnat bozorida qanday bilim va ko’nikmalar kerakligi
to’g’risidagi ijtimoiy buyurtmalarni hamda raqobatbardosh mutaxassislarga qo’yilgan
talablarni kengayib borayotganligidan darak beradi.
Ta’lim sifati monitoringini olib borishdan ko’zlangan maqsad o’quvchilar tomonidan
davlat ta’lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, ta’lim
sifatiga ta’sir etgan omillarni aniqlash, ta’lim muassasalari, hududiy xalq ta’limi
boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining faoliyatini baholab,
rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni bashoratlash natijasida
ta’lim sifatini oshirishdan iborat.
Xalqaro baholash tizimi.
Xalqaro
baholash
dasturlarining
ahamiyati
nimada?
So‘nggi
yillarda
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk
mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning
darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama
ta’limtarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi
uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari
rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan
ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima
beradi?
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar
tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda
mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni
hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan
milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi. O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning
yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali
mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati
rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.
Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi. PISA
– o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi PIRLS – matnni o‘qish va
tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot TIMSS – maktabda matematika va aniq
fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring TALIS – o’qitish va o’rganish xalqaro
tadqiqoti Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud? kabi bir qator xalqaro dasturlar
mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon
sifatida keng qo‘llanilmoqda.
PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study 4-sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga mo‘ljallangan.
Mazkur xalqaro dastur boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to‘g‘ri
qarorlar qabul qilishi orqali ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni muvaffaqiyatli
davom ettirishga zamin tayyorlaydi. TIMSS – The Trends in International Mathematics
and Science Study.
TIMSS – Matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoring
qilish va baholash tizimi. Bu tadqiqot o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar
bo‘yicha boshlang‘ich maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf o‘quvchilarining
o‘zlashtirish darajasini dunyoning turli mamlakatlarida qiyosiy o‘rganishni maqsad qilib
qo‘ygan va olingan natijalarga muvofiq har bir mamlakatning ta’lim tizimining o‘ziga
xos xususiyatlari va yutuqlarini e’tirof etadi.
Teaching and Learning International Survey TALIS – turli mamlakatlarda tashkil
etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot bo‘lib,
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.
Teaching and Learning International Survey Maktabda pedagogik faoliyat yuritayotgan
o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlarini ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishga
yo‘naltirish, ta’lim siyosatining asosiy aspektlari bo‘yicha ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini
aniqlash mezonlarini ishlab chiqish Xalqaro konsorsium, o‘qituvchilar assosiatsiyasi,
mamlakat-lararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Anketa savollariga yozilgan javoblarni
tahlil etish, ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash,
foydalanilmayotgan resurslarni belgilash, ular yuzasidan taqdimot, ko‘rsatma va
hisobotlar tayyorlash
TALIS NING VAZIFALARI:
1.
Pedagogning ijtimoiy mavqeini oshirish
2.
Pedagogika mutaxassisligi uchun iqtidorli yoshlarni tanlas
3.
Moderator o’qituvchilarni tanlash
4.
Uzluksiz malaka oshirish jarayonini takomillashtirish
5.
O’qituvchining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish
PISAProgramme for International Student Assesment
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur
PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda
bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi
marta qo‘llanilgan.
PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISA ning davriyligi 3 (19) yil:
1. O’qish savodxonligi Matematik savodxonlik Tabiiy -ilmiy savodxonlik 2000, 2009,
2018.
2. O’qish savodxonligi Matematik savodxonlik Tabiiy -ilmiy savodxonlik 2002, 2013,
2021
3. O’qish savodxonligi Matematik savodxonlik Tabiiy -ilmiy savodxonlik 2006, 2015,
2024 Funktsional savodxonlikni baholash modeli.
PISA testlarida ishtirok etayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda.
Ishtirokchi davlatlar soni
32 ta
2000 yil
43 ta
2003 yil
57 ta
2006 yil
65 ta
2009 yil
72 ta
2012 yil
74 ta
2015 yil
78 ta
2018 yil
PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha
aniqlanadi.
Tadqiqot yo‘nalishlari:
1.
O‘qish savodxonligi
2.
Tabiiy-ilmiy savodxonlik
3.
Kompyuter savodxonligi
4.
Matematik savodxonlik
5.
Moliyaviy savodxonlik
2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari (O‘qish savodxonligi yo‘nalishi)
O‘rin Mamlakat
O‘rtacha bal
1
Singapur
535
2
Gonkong (Xitoy)
527
3
Kanada
527
4
Finlandiya
526
5
Irlandiya
521
6
Estoniya
519
7
Janubiy Koreya
517
8
Yaponiya
516
9
Norvegiya
503
10
Yangi Zellandiya
501
2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari (Matematik savodxonlik yo‘nalishi)
O‘rin Mamlakat
O‘rtacha bal
1
Singapur
564
2
Gonkong (Xitoy)
548
3
Makao (Xitoy)
544
4
Tayvan
542
5
Yaponiya
532
6
Xitoy
531
7
Janubiy Koreya
524
8
Shveysariya
521
9
Estoniya
520
10
Kanada
516
2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari (Tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi)
O‘rin Mamlakat
O‘rtacha bal
1
Singapur
556
2
Yaponiya
3
Estoniya
4
Tayvan
5
Finlandiya
6
Makao (Xitoy)
7
Kanada
8
Vyetnam
9
Gonkong (Xitoy)
520
10
Xitoy
516
Programme for International Student Assesment 23 Xalqaro baholash dasturi PISA
tadqiqotni quyidagi vositalar yordamida amalga oshiradi:
1. O‘quv topshiriqlaridan iborat test to‘plami.
2. O‘quvchilar uchun o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasi haqida anketa savollari.
3. Maktab rahbarlari uchun o‘zi pedagogik faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasi
haqida anketa savollari.
4. Test va anketa savollarini o‘tkazayotgan rahbar uchun anketa savollari.
5. Ta’limni boshqarish organlari xodimlari uchun anketa savollari.
6. Test topshiriqlarini tayyorlash va olingan natijalarni matematik statistik tahlil qilish
yuzasidan ko‘rsatmalar.
Xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotni quyidagi vositalar yordamida
amalga oshiradi:
1. O‘quv topshiriqlaridan iborat test to‘plami.
2. O‘quvchilar uchun o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasi haqida anketa savollari.
3. Maktab rahbarlari uchun o‘zi pedagogik faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasi
haqida anketa savollari.
4. Test va anketa savollarini o‘tkazayotgan rahbar uchun anketa savollari.
5. Ta’limni boshqarish organlari xodimlari uchun anketa savollari.
6. Test topshiriqlarini tayyorlash va olingan natijalarni matematik statistik tahlil qilish
yuzasidan ko‘rsatmalar.
“Aljabr” matni asosida mantiqiy topshiriqlar:
Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday dedi:
-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi bo‘lsa,
birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni
qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-1000
bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib,
nollarning o‘zi qoladi.
1-topshiriq: Javobi tanlanadigan test
Al-Xorazmiy insonning qanday fazilatini 1 ga tenglashtiradi?
A.Uning nasl-nasabini B.Yaxshi xulqini S.Husn sohibi ekanligini D. Boylig
Mo‘ljalimiz: o‘quvchilarimizda XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish. Buning uchun nimalarni amalga
oshirdik va yana qanday ishlarni bajarish zarur?
O‘quvchilarning kompetentligini aniqlashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriq na’munasi
GULZOR Lola tomorqasida gulzor tashkil qilmoqchi. Unda gulzor atrofini chegara bilan
o‘rash uchun 32 metr sim bor. Lola quyida berilgan qaysi shakllarda gul ekishi mumkin?
Berilgan jadvalning har bir qatoridan “Ha” yoki “Yo‘q” belgisini belgilang.
BO‘Y O‘SISHI
1-topshiriq. Grafikdan foydalanib 12 yoshdan so‘ng qiz bolalar bo‘yi o‘sishining
o‘rtacha ko‘rsatkichi sekinlashganligini tushuntirib bering. Javob:12-14 yosh oralig‘ida
qizlar bo‘yi 10 sm, o‘g‘il bolalar bo‘yi 18 sm ga o‘sgan.
2-topshiriq. Grafikdan qaysi yoshlarda qiz bolalarning o‘rtacha bo‘yi o‘g‘il bolalarning
o‘rtacha bo‘yidan baland bo‘lganligini aniqlang. Javob:11-13 yosh oralig‘ida
3-topshiriq. Grafikda qaysi yoshlarda o‘g‘il va qiz bolalar bo‘ylarining o‘rtacha
ko‘rsatkichi teng bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. (yoshini va bo‘yi balandligini
ko‘rsating) Javob:11 yoshda 145 sm, 13 yoshda 160 sm Diagrammada o’g’il va qiz
bolalar bo‘yining o‘rtacha o‘sish grafigi ko‘rsatilgan Mazkur halqaro baholash dasturlari
Respublikamiz ta’lim tizimini mazmunan yangilash, innovatsion ta’lim muhitini
yaratish, ta’lim sifatini orttirishni talab etadi va quyidagi vazifalarni amalga oshirish
zaruratini keltirib chiqaradi:
Xalqaro baholash dasturlari PIRLS TIMSS va PISA talablari asosida o‘qish, o‘zbek
tili va adabiyoti, matematika va tabiiy o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv va nostandart adaptiv
topshiriqlarini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil ish daftarlarini bosma shaklda va
modulli o‘qitish tizimiga asoslangan elektron variantini tayyorlash axborot
texnologiyalari vositasida baholash mexanizmini ishlab chiqish Xalqaro
baholash
tizimi TALIS (Teaching and Learning International Survey) talablari asosida pedagog
kadrlarning kasbiy kompetentligini aniqlash uchun kvalimetrik diagnostika anketa
so‘rovnomasini tayyorlash va on-lain tizimi vositasida aniqlash Pedagog
kadrlar
tomonidan o‘zining kasbiy kompetentligini mustaqil nazorat qilish va o‘z-o‘zini
baholash imkonini beradigan kvalimetrik diagnostika topshiriqlaridan iborat metodik va
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish zarur.
Mustaqil nazorat uchun savollar:
1.O’quv faoliyati va uning elimentlari nimalardan iborat.
2.Ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish nimaga bog’liq.
3.O’qish motivlari.
4.Ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning qanday metodlari mavjud.
5.O’quv faoliyatini boshqarish.
6.Ko’nikma va malakalar ta’lim jarayonida qanday shakllantiradi.
7. Xalqaro baholash tizimi nima?
8. Talis ning vazifalari nima?
9. Xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotni quyidagi vositalari nimalar kiradi?
10.PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha
aniqlanadi.Ular qaysilar?
11. PISA ning davriyligi ?