BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYON.
REJA:
1.Boshlang‘ich ta’limni tashkil qilish va tarbiya jarayoni.
2.Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendentsiyalari.
3.Boshlang‘ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish
Tayanch tushunchalar: barkamol shaxs, ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar
savodxonlik asoslari, zamonaviy ta’lim tizimi, milliy-ma’naviy merosimiz, Avesto,
milliy qat’iyatlar, ilm-fani, dunyoqarash, an’ana, urf-odatlar.
Mamlakatimiz taraqqiyotining ko‘p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta’lim-
tarbiyasiga oid davlat siyosatiga bog‘liq bo‘lib, unda ta’lim tarbiya sohasida sezilarli
sifat o‘zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e’tiborda bo‘ladi.
Bunday jihatlar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan sifat o‘zgarishlarining
mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, u ko‘proq boshlang‘ich ta’limga ham tegishlidir.
Bunga sabab boshlang`ich ta’limda o‘quvchilar savodxonlik asoslari, hisoblash
tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari va shaxs ma’naviyati elementlari bilan qurollantiriladi
hamda yuqori sinflarda o‘rganiladigan fanlar asoslari bilan tanishtiriladi. Shu sababli
ham zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad va vazifalari mamlakatimiz taraqqiyotiga
xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan muammo yechimiga mos
kelishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimida millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib
borish va boshlang‘ich ta’limda savodxonlik asoslarini puxta egallash hamda hisoblash
tafakkurini shakllantirishning innovatsion usullarini yaratishni taqozo etadi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi bo‘lmish
boshlang‘ich ta’limdan boshlash ahamiyatli va foydali hamda istiqbolli ekanligi hozirda
hech kimga sir emas. Chunki, bu orqali o‘quvchilar jamiyat taraqqiyotining ma’naviy
asoslarini egallagan, Vatanning istiqbolini o‘ylaydigan, Vatan ravnaqiga , yurt
tinchligiga va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘sha olish mumkinligini ongli
ravishda his qila oladilar. Bu tabiiyki, boshlang‘ich ta’lim mazmuniga katta mas’uliyat
yuklaydi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997 yil 29-avgustdagi
«Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma’ruzasida
«Agar poydevor mustahkam bo‘lsa (Bu erda boshlang‘ich ta’limga urg‘u berilayapti -
mualliflar), imorat baquvvat bo‘ladi (ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi - mualliflar)» degan
ko‘rsatmaviy fikrini bildirishi ham boshlang‘ich ta’limning uzluksiz ta’lim tizimining
dastlabki (poydevoriy – fundamental) asosi ekanligi va unga e’tiborni kuchaytirish
zarurligini ta’kidlashidir. Bu muammo yechimi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongi va
qalbiga ma’naviy va milliy qadriyatlarni singdirish orqali hal qilish mumkin. Bunga
sabab mazkur qadriyatlar o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashi va intellektual
salohiyatini kengaytirib, ularning tashabbuskorlikka va fidoyilikka hamda
ijodkorliklarga bo‘lgan moyilliklarini yanada oshiradi. Bu borada donishmandlarimiz
tomonidan qoldirilgan va bizgacha yetib kelgan boy milliy va ma’naviy,
meroslarimiz,hamda umuminsoniy, shu jumladan, milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar
ongiga singdirishimiz ularning kelajakda ma’naviy barkamol shaxs bo‘lishida muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu orqali o‘quvchilarning turli tahdid va salbiy ta’sirlar domiga
tushib qolishining oldi olinadi, chunki, ma’naviy jihatdan etuk va intellektual salohiyatli
o‘quvchilar hech qachon turli salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmaydi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi va ular bilan bog‘liq savodxonlik asoslarining dastlabki
ildizlari juda qadimiy tarixga ega, ya’ni ular Zardushtiylar ta’limoti bo‘lmish
«Avesto» kitobining paydo bo‘lishi va Urxun Enisey bitiklarining yuzaga kelishi
hamda Selenger madaniyatining shakllanishidan buyon to hozirgacha jamiyat
taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bulardan uzluksiz
ta’lim tizimining dastlabki bosqichlaridan biri boshlang‘ich ta’lim turli davrlarda turfa
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib kelmoqda. Bunga sabab, Markaziy Osiyo xalqlari,
jumladan, o‘zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan bo‘lib, ular orasidan
etishib chiqqan olimlarimiz, donishmandlarimiz va allomalarimiz jahon ilm-faniga,
jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganlar. Bular milliy-
ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga, ular haqida xolisona (qanday bo‘lsa
o‘shandayligicha) fikr bildirishga va qolaversa, mamlakatimizda Mustaqillikka
erishishda ma’naviy ozuqa va asos bo‘la oladi. Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi
sifatida xalq pedagogikasi ham millatimizning tarixidek uzoq o‘tmishga, ya’ni
eramizdan oldingi ming yilliklarga borib taqaladi.
Xususan, Zardushtiylar ta’limoti bo‘lmish, «Avesto» muqaddas kitobining yuzaga
kelishi bunga yorqin misoldir, chunki, xalqimizning savodxonlikka intilishisiz inson
ma’naviy-marifiy kamolotini yuksaltirish muammosini hal etib bo‘lmaydi. «Avesto»
kitobining muallifi Spitama Zardushtra ta’lim-tarbiya masalasiga katta ahamiyat
bergan donishmand bo‘lgan. Buni mazkur kitobdagi quyidagi fikrdan ham bilsa
bo‘ladi: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim.
Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa
yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin». Keltirilgan fikrdagi
«...yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan...» - degan talabning o‘zi o‘sha
davrda ham boshlang‘ich ta’limga nechog‘lik e’tibor qaratilganligidan dalolatdir.
Shuningdek, «Avesto» da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari asosan
quyidagicha uchta yo‘nalishda olib borilishi ta’kidlangan:
diniy va axloqiy tarbiya;
jismoniy tarbiya;
o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Agar bu yo‘nalishlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bizning ota-bobolarimiz
farzandlarini ma’rifatli va ma’naviyatli bo‘lishligini xohlaganligini anglash mumkin.
Bunga asos sifatida yuqoridagi yo‘nalishlarni misol sifatida keltirish mumkin. Ya’ni
birinchi yo‘nalishga (diniy va axloqiy tarbiyaga) e’tibor beradigan bo‘lsak, bu to‘liq
inson ma’naviyatini ta’minlovchi jihatlardir. Ikkinchi yo‘nalish esa (jismoniy tarbiya)
kishi ma’naviyatidagi sog‘lom turmush tarzining ifodasidir va uchinchi yo‘nalish
(o‘qish va yozishni o‘rgatish) farzandlarimizning «ma’naviy qashshoq» ligining
oldini olishdagi ma’rifiy negizdir. Bu haqda «Avesto»da yana shunday bir fikr bor:
«Tarbiya jamiyatning asosi.
Shuning uchun bolalar yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi o‘qishni, yaxshi yozishni
bilmog‘i lozim. Bolalarga voyaga yetgan sayin to‘rt narsani yaxshi o‘rgating. Eng
avvalo, ko‘chat ekib bog‘ qilishni, uy ro‘zg‘or buyumlarini yasashni, chorvani
boqishni hamda ekin ekishni yaxshi o‘rgating, mana shu to‘rt narsani bola yaxshi bilsa
xor bo‘lmaydi, farovon hayot kechiradi». Ota – onalar yetti yoshga yetganda bolalarga
muqaddas oq ko‘ylak kiydirib, shu kuni o‘qituvchiga berganlar. Ular eng avvalo,
«ezgu fikrga, ezgu so‘zga, ezgu ishga ishonaman» deb quyoshga qarab qasam
ichganlar va har kuni besh marta tahorat olib, ustozi bilan birgalikda quyoshga qarab
madhiya o‘qiganlar.Eng qadimgi «Hayot yo‘riqnoma – «Avesto»ning yaratilganiga
3000 yildan oshib ketdi. Bu muqaddas kitobning yaratilishi va tarqalishi, ya’ni
zardushtiylik ta’limoti va undagi diniy-falsafiy aqidalar, pandu nasihatlarni, O‘rta
Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, urf-odati va ularni o‘rganish yoshlar ma’naviy
dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Avesto»ning nasihatlari va boy an’analari yoshlarni har tomonlama
tarbiyalab, kamolga yetkazuvchi qadriyatlarni qadrlashga chorlaydi. «Avesto»da
bayon etilgan aqidalar, dono fikrlar odamlarni ezgulikka chorlovchi pandu-nasihatlar,
juda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan qadimgi Xorazmda kurtak yozgan zardushtiylik
ta’limoti keyin O‘rta Osiyoga tarqalib uzoq vaqt davlat dini
maqomiga ega bo‘lgan. Hozir ham Xoja nulai haqda turli rivoyatlar saqlanib
kelinmoqda. «Avesto»ni o‘rganishning ahamiyati shundan iboratki, u yoshlarimizni
Vatanga e’tiqodli, dunyoqarashini teran qilib tarbiyalashda muhim ma’naviy
merosdir. Undagi milliy qat’iyatlar orqali, ya’ni Hubbimxo‘janing (U haqda
«Avesto»dagi rivoyatlarda ma’lumot bor, xususan Hubbimxo‘ja o‘sib-ulg‘ayibdi.
Shuning uchun uning ota-onasi yurtga osh beribdi. Ular Amudaryo suviga sig‘inib
yashabdilar, ulardan «Suvga tupirma» degan gaplar ham o‘sha davrdan hozirgacha
yetib kelgan – mualliflar) onasi o‘g‘lini kutib yashagani, uning ishini davom ettirishi
va bu orqali odamlarga yaxshilik qilishlik, insofli, diyonatli bo‘lishlikni o‘zlarining
insoniy fazilatlari deb bilishlari ham yoshlar ma’naviy tarbiyasida o‘ta muhimdir
Demak, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda «Avesto»
kitobidagi pand-nasihatlar, rivoyatlardan foydalanish mumkin. Ular yoshlarimizning
milliy qadriyatlarga va an’analarga qiziqishlarini oshiradi, ilmiy- dunyoviy va
ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashlarini yuksaltiradi hamda pirovard natijada
o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish jadallashadi. Bu esa mustaqil
mamlakatimizning yetakchi kuchlarining, ya’ni yoshlar tarbiyasi uchun muhimdir.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday (ta’lim-tarbiya jarayonini
boshlang‘ich ta’limsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bular jamiyat taraqqiyotining mazmun-mohiyatiga mos ravishda yangicha
mazmun kashf etib kelindi. Xususan, Zardushtiylar davridan keyin eramizdan
avvalgi VI-I asrlardagi savodxonlikka e’tibor beradigan bo‘lsak, unda boshlang‘ich
ta’limning elementlari asosan ikki yo‘nalishda amalga oshirilgan, ya’ni yerli xalqlar
boshlang‘ich ta’limiga oid dastlabki ma’lumotlar va yunon savodxonligiga
asoslangan boshlang‘ich ta’lim elementlari. Ta’lim yo‘nalishining ikkiga ajralishiga
sabab o‘sha davrdagi Eron bosqini va undan keyin IV asrga kelib, Markaziy Osiyoni
Iskandar Zulqarnayin (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan bosib olinishining ta’siri
edi.
Eramiz boshidagi, ya’ni I—VIII asrlarda diyorimizdagi boshlang‘ich ta’lim
o‘zgacha mazmun-mohiyat kasb etdi, ya’ni oldingi davrlardagi boshlang‘ich ta’lim
mazmuni jamiyat taraqqiyotiga mos takomillashib bordi. Bunda asosan boshlang‘ich
ta’lim oldingi davrdagi Yunon mutafakkirlarining asarlarini o‘rganishga asoslangan
savodxonlik asoslarini egallash qisman kun tartibida qolib, asosan arab alifbosi
asosidagi boshlang‘ich ta’lim rasm bo‘la boshladi. Bu davrga kelib masjidlar
tashkillashtirila boshlandi. Tarixiy manbalarga qaraganda bundan olti yuz yillar
muqaddam Samarqand shahrida Hazrati Xizr masjidi ishga tushirilgan, uni Ko‘k
masjid deb ham atalgan. Tabiiyki, bunday joylarda ham boshlang‘ich ta’limsiz
savodxonlik asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi.
Tarixda Sharq ma’naviy yuksalishining Oltin davri deb buyuk iz qoldirgan davr
Ilk Uyg‘onish va So‘nggi Uyg‘onish davrlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning
o‘ziga xos xususiyati shunisi bilan ahamiyatliki, bunda dunyoviy va diniy bilimlarga
bab-baravar e’tibor qaratildi, marifat-ma’naviyatga intilish va jamoani ezgu
niyatlarga, bunyodkorlikka yo‘naltirish insoniyatning asosiy burchi deb qaraldi. Bu
davrga kelib, ta’lim tizimi turlari hozirgi ta’lim tizimi turlariga yaqinroq bo‘lgan
ketma-ketlikka keltirilgan. Bular X asrlarga kelib an’anaviy ta’lim tizimiga aylandi.
Ularning tarkibiy qisimlarini quyidagilar tashkil etadi:
an’anaviy boshlang‘ich maktablar; o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari – madrasalar;
xususiy o‘quv maskanlari; ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim maskanlari; mustaqil
ta’lim. Bu davrga kelib diyorimiz ilm-fani dunyoga mashhur bo‘ldi. Ayniqsa, ilm ahli
hurmat-e’tibor topdi, ommaviy ta’limga e’tibor kuchaytirildi va tabiiyki bunday
jarayonlarda boshlang‘ich ta’limga e’tibor yanada kuchaytirildi. Buni Alisher
Navoiyning quyidagi fikridan ham anglash mumkin:
«Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamoq bo‘lmas ado aning haqqin yuz ganj ila».
Umuman olganda, Uyg‘onish davrlarida insoniy qadriyatlar ulug‘landi. Bunda
boshlang‘ich ta’limdan ko‘zlangan maqsad yurtimizda manaviyat va marifat turlarini
keng egallash ko‘maklashish bo‘lgan. Ularda ilmga intilishga, har bir insonning
iymonli, e’tiqodli bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilgan. Ana shu sababli yurtimiz
olimlari, allomalari: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abi Ali ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Mahmud az-Zamaxshariy,
Abu Nasr Forobiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabilar dunyo ilm-faniga buyuk
xizmatlar qildi. Ular yaratgan intellektul mulklari orqali dunyo fani ham rivojlanish
cho‘qqilariga erishdi va xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, o‘zbek xalqi Yer
yuzidan tortib Samogacha ma’lum va mashhur bo‘ldi. Bunday allomalarga boy yurtda
albatta ma’naviyat. madaniyat, ma’rifat keng rivojlangan bo‘ladi. Bularning hammasi
diyorimizdagi ta’lim-tarbiyaga kuchli e’tiborning natijasidir.
VII-VIII asrlarda ham ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyoti va davlat tinchligiga
bog‘liq holda olib borildi. Xalqimizning ma’rifatli hamda ma’naviyatliligi sabab bu
davrda ham oilalarda. mahallalarda ta’lim-tarbiya muassasalari tashkil qilindi. Bu
davrda otin oyilar ham tayyorlandi va ular yordamida qizlarimizni ham savodxon
bo‘lishiga kirishildi. Demak, har qanday davrda ham boshlang‘ich ta’lim o‘z
ahamiyatini yo‘qotgan emas, chunki u siz inson, insoniyat, jamoa, jamiyat hattoki
davlat ham yuksaklikka erisha olmaydi.
2. Jadidchilik harakati namoyondalarining boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishdagi
faoliyatlari. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida diyorimizda jadidchilik harakati keng
yoyildi. Jadidchilik harakati namoyondalari xalq savodxonligini taraqqiy ettirishga
fidoyiliklar qildilar va bu borada ular milliy maktablar ochishda jasorat ko‘rsatdilar.
Ularning faoliyatlari milliy o‘zligimizni anglash va yosh avlod ma’naviyatini
yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Avvalo, jadidchilik haqida yoki jadidchilik o‘zi nima?
Bizga ma’lumki, millatning yashamog‘i va uni rivojlantirilishi uchun avvalo
Vatan mustaqil bo‘lmog‘i lozim. Jadidchilar buni anglab yetdi va ular shu oliy
maqsadda keng xalq ommasini uyg‘otishga alohida e’tibor berdi. Jadidchilar bu
maqsadga yetish uchun yangi g‘oya zarurligini ham chuqur anglab yetgan edilar.
Shuning uchun bu g‘oyalarni targ‘ib etishga gazeta, jurnallar ta’sis ettirdi, teatr va
ularga mos sahna asarlari tayyorlandi va tabiiyki birinchi navbatda yangi maktablarni
tashkil etishga hamda yangi O‘quv adabiyotlarini chop ettirishga kirishildi. Demak,
«Usuli jadid» maktablarining yuzaga kelishi bejiz emas. Ular jamiyat taraqqiyotiga
mos hayotiy zarurat edi. Umuman olganda, «Jadid» so‘zining ma’nosi «Yangi»
so‘zini anglatadi. Jadidchilik harakati namoyondalari nuqtayi nazaridan qaraganda esa
u «Yangi tafakkur», «Yangi inson», «Yangi avlod» kabi keng qamrovli ma’nolarni
anglatadi. Shu maqsadni shior qilib olgan ma’rifatparvar fidoyi insonlar tufayli
mamlakatda jadidchilik harakatlari boshlanib ketdi va ular g‘oyalari tezlik bilan
hayotning qaloq zulmatli qarigacha yoritdi, hayotimizga sof va musaffo ruhni olib
kirdi. Ushbu jarayonda birinchi navbatda maktablar isloh qilina boshlandi. Isloh
dastlab boshlang‘ich maktabni tashkil etishdan boshlandi.
Boshlang‘ich ma’lumot beruvchi «Usuli jadid» maktablari dastlab Buxoroda,
Samarqandda, Shahrisabzda, Toshkentda, Farg‘ona vodiysida ketma-ket tashkil etila
boshlandi. Bu borada 1901-yilda birinchi bo‘lib Munavvarqori ochgan «Usuli jadid»
maktabi alohida kasb etdi. U o‘z maktabi uchun «Adibi avval», « Adibi soniy» kabi
alifbo kitoblarini, «Tajvid al-Qur’on», « Yer yuzi» kabi qo‘llanmalar yozib nashr
ettirdi. U o‘z maktablarini rivojlantirish va targ‘ib qilish uchun 1913-yilda «Turon»
nomli jamiyatni ta’sis ettirdi hamda «Maktab» va «Nashriyot» nomli shirkatlarni
tashkil etishga erishdi. Shuningdek, «Turon» kutubxonasi, «Turon» klubi, «Turon»
gazetalari tashkil etilib, milliy aholi uchun moddiy-ma’naviy yordam bera oldi.
Shuning bilan birga jadidchilarning deyarli barcha faoliyatlari xalqimizda maorif-
madaniyatga, ayniqsa, ma’naviyatga rag‘bat uyg‘ota oldi. Shu ma’noda ular g‘oyalari
bunyodkorlikka asoslangan edi, deb to‘liq ishonch bilan aytish mumkin.
Ular ma’rifat va madaniyatni ulug‘lash, o‘zligini anglash, o‘z xalqini hurmat
qilish va ularning istiqbolli kelajagi uchun kerak bo‘lsa, o‘z jonini fido qilish kabi
fidoiyliklar bilan yo‘g‘rilgan insonlardir. Bular nafaqat o‘z faoliyati, balki o‘z yangi
g‘oyalariga sodiq va ularni amalga oshirishga jasorat ko‘rsata oladigan insonlar edi.
Bular o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishda eng ta’sirchan vositalar va
ma’lumotlar hamdir. Bundan jadidchilik harakati namoyondalari milliy g‘oyalarga
sodiq va uni ro‘yobga chiqarishga fidoyi insonlar, degan xulosani chiqarish mumkin.
Bu borada, aynan boshlang‘ich maktabni rivojlantirish borasidagi jadidchilik harakati
namoyondalarining milliy g‘oyaga sodiqligi diqqatga sazovordir.
Shu ma’noda Q. Karmishev va K. Normatovlarning izlanishlaridagi quyidagi
fikrlari ahamiyatlidir: «Boshlang‘ich maktabni rivojlantirish, uni ma’rifatga xizmat
qildirish, ma’rifat tufayligina milliy istiqlolni qo‘lga kiritish - bu umumiy maqsadning
bir bo‘lagi edi xolos. Ular kerak bo‘lganda aktyor, kerak bo‘lganda muxbir, kerak
bo‘lganda nashriyotchi, kerak bo‘lganda yozuvchi, kerak bo‘lganda siyosatchi, kerak
bo‘lganda diplomant, kerak bo‘lganda olim bo‘ldilar va hayotning hamma jabhalarida
kata jasorat ko‘rsatdi, hatto jonlarini xatarga qo‘yib, milliy istiqlol g‘oyasi sari
yaqinlashib bordi. Bugungi kundagi milliy istiqlol g‘oyasini milliy qadriyatlarga
aylantinish masalalari bundan yuz yil ilgari jadidlar tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan
va qizg‘in muhokama qilingan. Milliy va milliy g‘oya tushunchasi bundan ikki yarim
ming yil ilgari Demokrit tomonidan ishlatilgan. U yozadi: - har bir mamlakatning
yagona sohibini - millat deb tushuntiradi. Millat va uning oldiga qo‘yilgan buyuk
g‘oyalar, buyuk ezgu niyatlar uni buyuk kashfiyotlarga olib chiqqaniga tarix guvoh»
. Jadidchilik harakati namoyondalarining millatparvarligi (ular millatimizning
ma’naviy-madaniy yuksalishiga turtki bo‘ldi), ma’rifat-parvarligi (ular darsliklar va
boshqa O‘quv qo‘llanmalarini tayyorladilar hamda yangi usul maktablarini ochdilar),
madaniyatliligi (ular ko‘pgina jurnallar va gazetalar ta’sis etdi, sahnalashtirilgan
teatrlar uyushtirdi) va shu kabi jihatlari ma’naviyatimiz yuksalishiga mustahkam asos
va turtki bo‘la oldi. Ularning har biri xalqimizni ilm-ma’rifatli qilish yo‘lida hormas
tolmas kurashchilar bo‘lgan. Ular tanlagan yo‘l tamoman yangi yo‘l bo‘lib, u milliy
ta’limni yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir ta’lim-tarbiya usuli edi. Bu haqda
tadqiqotchi O.Jamoliddinovaning quyidagi fikrlari o‘quvchilar ma’naviyatini
yuksaltirishda didaktik asos bo‘la oladi:
«Ma’rifat ahillari avlodlar kamoliga befarq bo‘lmagan. Ular Vatan ozodligi va asriy
armonlar ushalishini ilmli, shijoatli, tarbiyali avlod misolida ko‘rishgan. Ana shunday
jonkuyar,ma’rifatparvarlardan biri, o‘zbek a’rifatparvarlarining yorqin namoyondasi
Abdulla Avloniy ham sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi borasida boy meros
qoldirgan....
Abdulla Avloniyning ta’limiy-axloqiy asarlari, xususan, «Turkiy Guliston yoxud
axloq» asari, «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» darsliklaridagi ixcham
hikoyalari bugungi kun yosh avlod tarbiyasi uchun g‘oyat dolzarbdir. Uning pand-
nasihat, ibrat turkumidagi hikoyalari va asarlari yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin
tutadi. Jumladan, u «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida badan tarbiyasiga e’tiborni
qaratar ekan, shunday deydi: «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng
kerakli narsadir. Chunki, o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga
kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur». Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yuqoridagi
qayd etilgan davrlarda doimo yurtimizda qahramonlar, olimlar, allomalar,
donishmandlar bo‘lgan va ular taraqqiyparvar, bunyodkor, ma’rifatparvar,
ma’naviyalli hamda fidoyi insonlar bo‘lgan. Buni mustaqillik davrida yanada
yaqqolroq sezish mumkin.
Yurtimizdagi mustaqillik (1991-yil 31-avgust kuni birinchi Prezidentimiz Ona
diyorimizni muslaqil O‘zbekiston Respublikasi, deb e’lon qildi va 1-sentabr kunini
«Mustaqillik kuni» bayrami deb e’lon qildi) O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga
yaratuvchilik faoliyatini baxsh etdi. O‘sib kelayotgan barcha yosh avlodga ularning
ma’naviy va aqliy yuksalishiga keng imkoniyallar yaratildi. Ana shular asosida
mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi va undan amaliyotda
foydalanishga keng yo‘l ochildi hamda bunday faoliyat davlat siyosati darajasigacha
ko‘tarildi. Ushbu davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi
mutaxassislar oldiga milliy g‘ururli, insoniyat aql-zakovati yaratgan milliy moddiy va
ma’naviy merosimizdan xabardor bo‘lgan barkamol avlodni shakllantirishdek buyuk
istiqbolli vazifani qo‘ymoqda. Bu vazifani bajarish orqali millatning, jamiyatning
taraqqiyotini (ta’minlash, ya’ni yurtimizning ham moddiy jihatdan, ham ma’naviy
jihatdan yuksalishini ta’minlash mumkin. Bular yurtimizda shakllanayotgan
barkamol avlod ishtirokida amalga oshiriladi. Bu tabiiyki, uzluksiz ta’lim tizimi
oldiga, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limga katta mas’uliyat yuklaydi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Poydevor mustahkam bo‘lsa, imorat
baquvvat bo‘ladi». Ya’ni boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlarini
(DTS) talablarini o‘quvchilar mukammal o‘zlashtirsa, yuqori sinflardagi DTS
talablariga javob berishi osonlashadi. Bunday uzviylik va uzluksizlik barkamol
shaxsni ma’naviy jihatdan ham yetuk qilib shakllantirish imkonini beradi.Demak,
boshlang‘ich ta’limni tashkil etishning yuqorida ta’kidlangan barcha bosqichlardan
mustaqillik davri boshlang‘ich ta’limi tubdan farq qiladi. «O‘zbekiston Respublikasi
umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda (1998-yil 5-yanvar) «Boshlang‘ich
ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari,
ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘quv nutq va xulq-atvor
madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi
ta’minlanadi», deyilgan . Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3 -
qismi –«Kadrlar tayyorlash milliy modeli»da boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan talabni
quyidagicha ifodalagan, ya’ni «Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (1-4-
sinflarni) qamrab oladi hamda O‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam
bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga
ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi». Bu hujjatda
boshlang‘ich ta’limda savodxonligi haqidagi ma’lumot uzluksiz ta’lim tizimining
keyingi bo‘limlarida intellektual salohiyatli bo‘lishiga mustahkam asos bo‘la oladi.
Shu sababli boshlang‘ich ta’limda yaxshi ta’lim-tarbiya berilsa, qaysi fan bo‘lishidan
qat’i nazar, yuqori sinflarda O‘quvchining fanlarni o‘zlashtirishi oson bo‘ladi, degan
xulosaviy fikr mavjud.
Boshlang‘ich ta’limning yuqorida qayd qilingan tarixiy va nazariy asoslari
quyidagi xulosani chiqarishga asos bo‘ldi. Demak , boshlang‘ich ta’limda
o‘quvchilar, birinchidan, savodxonlik asoslarini egallashi va hisoblash tafakkuriga
ega bo‘lishi, ikkinchidan, umummadaniy va axloqiy ko‘nikmalar bilan qurollanishi,
uchinchidan, mantiqiy tafakkur qilishga kirisha olishi, to‘rtinchidan, aqliy
rivojlanishning samarali bosqichiga o‘tishi, beshinchidan, ma’naviy dunyoqarashni
kengaytirish tizimining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni o‘quvchi shaxsi
ma’naviyati rivojlanishining jadallashuviga erishishi, oltinchidan, kommunikativ
savodxonlikka kirishishi, yettinchidan, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga
harakat qilishi, sakkizinchidan, moddiy va ma’naviy go‘zallikni his eta bilishi hamda
zavqlana bilishi, to‘qqizinchidan, milliy boyliklarimiz (marosim, an’ana, urf-
odatlarimiz va h.k.)ni o‘ziga singdira olishliklari zarur bo‘ladi va bu orqali ularda
milliy ta’lim-tarbiyaga nisbatan moyillik uyg‘onadi.
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning tarixiy va nazariy asoslaridan ham
ma’lum bo‘ldiki, bugungi kundagi ta’lim tizimi yangi standartlar va dasturlar
doirasida ta’lim jarayonini eskirgan uslubda olib borishga yo`l qo`ymaydi, chunki bu
jamiyat taraqqiyoti talabidir. Shu sababli ham hozirda zamonaviy ta’lim uchun
pedagogik innovastiyalar zarur. Bunga sabab pedagogik innovastiyani yaxlit
murakkab dinamik jarayon sifatida qaralib, uning interfaol sifatlari, tarbiyaviy
qismlari, funkstional tavsifi va uzviyligi izchil tadqiq qilinmoqda.
3. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar
Vatanimizda hozirda ta’lim tizimiga e’tibor davlat siyosati darajasigacha
ko‘tarilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23 sentayabda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni Qonun) qabul qilindi. Shundan keyin boshlang‘ich ta’lim
bo‘yicha konsepsiyalar qabul qilindi .
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va yuqorida qayd etilgan qonunlar
hamda me’yoriy hujjatlar boshlang‘ich ta’limni zamon talabi darajasida olib borishni
talab etadi. Bu zamonaviy boshlang`ich ta’lim pedagogikasida dolzarb muammodir.
Bunga sabab boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimi uchun asosiy poydevor
vazifasini o‘taydi. Unda ta’kidlanganidek boshlang‘ich ta’limga qadimdan ota-
bobolarimiz e’tibor berib kelganlar. Ulardan ba’zilari haqida quyida qisqacha
to‘xtalamiz:
1. Zardushtiylik dinining asoschisi va «Avesto» kitobining muallifi Spitama
Zardushtra ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor bergan. Demak, boshlang‘ich
ta’limga eramizdan oldin yaratilgan muqaddas kitoblarda ham alohida e’tibor bergan
desak xato bo‘lmaydi. Ularda asosan mantiqiy tafakkurni va shu asosdagi
dunyoqarashni yuksaltirish asosiy e’tiborga olingan. Bu davr boshlang‘ich ta’limida
o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga harakat qilingan. Unda moddiy va
ma’naviy go‘zallikni his eta bilishga hamda zavqlanishga undash, milliy-ma’naviy
boyliklarimizni ta’lim oluvchilar ongiga singdirishga harakat qilingan. Shuningdek,
marosim, an’ana, urf-odatlarimizni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish orqali ularda
ma’naviy jihatdan tarbiyalanishga moyillik uyg‘otilgan va ularga rioya qilishliklar
o‘rgatilgan. «Avesto»da qayd etilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tabiat va
ular hodisalariga bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar, shuningdek, tabiat va insoniyatni sof
saqlashga qaratilgan, qadriyatlar ta’lim mazmuniga to‘laligicha kirishiga harakat
qilingan. Bu davrning va unga mos «Avesto» ta’limotining diqqatga sazovor joyi
shundaki, unda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi tarannum qilingan, ya’ni
«Ezgu o‘y → ezgu so‘z → ezgu amal» tizimining “Yovuz niyat → yovuz fikr →
yovuz harakat» tizimi ustidan g‘alabasini odamlar va ta’lim oluvchilar ongiga
singdirish asosiy e’tiborda bo`lgan. Bu yurtimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirishga
fundamental asos bo‘la oladi va ular yoshlarimizdagi ma’naviy qadriyatlarimizga
bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi hamda ma’naviy tarbiyamizning chuqur ildizlari
uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlaydi.
2. Eramizdan oldingi VI-I asrlarga kelib yurtimizdagi boshlang‘ich ta’lim mazmunida
o‘zgarishlar bo‘ldi. Ya’ni an’anaviy boshlang‘ich ta’limga yunon avodxonligiga
asoslangan boshlang‘ich ta’lim ham qo‘shildi. Yurtimiz xalqlari boshlang‘ich
ta’limida Quyosh, Oy, tuproq, havo, olov muqaddasligi asos qilinib
olinadi va insonlarning bir-birlari bilan bo‘ladigan muloqoti hayotiy ehtiyoj ekanligi
haqidagi tasavvurlar hosil qilinadi. Bu davrdagi ikkala yo‘nalishdagi boshlang‘ich
ta’limda ham jamiyatning ehtiyoj va talablari haqida ta’lim oluvchilarda tasavvur
shakllantirilgan.
Shuningdek,
o‘simliklardan
va
hayvonlardan
olinadigan
xomashyolar to‘g‘risidagi tasavvurlarni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish ham ta’lim
mazmuniga qo‘yilgan talablardan biri bo‘lgan. O‘sha davr boshlang‘ich ta’limining
asosiy maqsadi insonning moddiy va ma’naviy ehtiyoji hamda jamiyat talablarini
qondirishga oid bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan. Ayniqsa, tabiatga
bo‘lgan munosabat, Ona diyorni muqaddas deb bilish mazkur maqsadning asosini
tashkil etadi. Havo, suv, olov, quyosh oliy qadriyat hisoblangan.
Demak, o‘sha davrdagi moddiy va ma’naviy qadriyatlar o‘z davri boshlang‘ich
ta’limining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etgan ekan.
3.Eramiz boshidagi I-VIII asrlarda ta’lim mazmuniga yana o‘zgarishlar kirdi,ya’ni
oldingi davrda yunon mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish savodxonlikning asosini
tashkil etgan bo‘lsa, bu davrga kelib, arab alifbosini va raqamlarini o‘rganish hamda
ular yordamida amallarni bajarish boshlang‘ich ta’lim mazmunini tashkil etgan. Unda
o‘qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat malakalarini hosil qilish ham asosiy
e’tiborda bo‘lgan. Bu davr boshlang‘ich ta’limining diqqatga sazovor joyi shundaki,
unda bilimni o‘zlashtirish ehtiyojini qondirish asosiy e’tiborda bo‘lgan va ular asosida
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat
ko‘nikmalarini, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishliklarni ta’lim oluvchilar
ongiga singdirilgan.
4.«Ilk Uyg‘onish davri»dagi boshlang‘ich ta’lim. Bu davr V-VI asrlarni o‘z ichiga
oladi va bu vaqtga kelib tushunchalar ta’rifsiz boshlang‘ich tushuncha sifatida ta’lim
mazmuniga kiritilgan. Bu davrdagi boshlang‘ich ta’lim mazmuniga kiritilgan ijobiy
o‘zgarishlar quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’limda har xil
ob’ektlar va ular orasidagi farq hamda umumiylik o‘rganiladi; son tushunchasiga har
xil yondashuvlar va ular orasidagi amallar hamda mantiqiy fikrlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar o‘rganila boshlangan; munosabat tushunchasi va algoritmlar, matnli
masalalarni turli usullar bilan echish asoslari egallangan. Bu davrning yana bir
qimmatli tomoni shundaki, «Ilk Uyg‘onish davri» va «So‘nggi Uyg‘onish davri»
Sharq ma’naviy rivojlanishining «ol tin davri» deb ataladi. Bu davrdagi ilm-fan rivoji
dunyo sivilizatsiyasiga ham salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan. Tabiiyki, bunday yutuq
olimlarimiz va mutafakkirlarimiz faoliyatisiz amalga oshirilmaydi. Shuni hisobga olib
o‘sha davrda yashab ijod etgan qomusiy olimlarimizdan ba’zilarining boshlang‘ich
ta’limga oid fikrlarini
keltirib o‘tamiz:
«Abu Rayhon Beruniy o‘quvchiga bilim berish va uni xat-savodli qilish haqida
gapirar ekan, qog‘ozning paydo bo‘lishi, yozuv va uning vujudga kelishi, turli yozuv
belgilari, o‘quv qurollari haqida alohida to‘xtaladi. Olim ta’limtarbiyaga
o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning zerikib
qolmasligi uchun ta’lim olishning turli yillari va shakl hamda metodlarini ko‘rsatib
beradi. Xususan uning «Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir.
Hadeb bir narsani o‘qib berish zerikarli bo‘ladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa
bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bu
bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa bir bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi
keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi deb behuda aytilmaydi», -deb
ta’kidlashidan ta’lim mazmuniga va dars jadvalini tuzishga bo‘lgan talablarni ham
anglash mumkin» Abu Ali ibn Sino ulug‘ mutafakkir va tibbiyot ilmi sultoni bo‘lishi
bilan birga, u «Shayx ur-rais» va «Tabiblar podshosi» degan nomlarga sazovor
bo‘lgan. U shunchalik intellektual salohiyatga ega bo‘lishi bilan birga, ta’lim-tarbiya
masalaiariga ham katta e’tibor bergan. U jamoaviy ta’lim tarafdori bo‘lgan va unda
bolaning aqliy, jismoniy, estetik rivojlanishini va kasb-hunar o‘rganishini doimo
ta’kidlab kelgan. Bu fikrlarimizga dalil sifatida Allomaning quyidagi fikrini
keltiramiz: «... birinchidan, har bir bola maktabda boshqalardan ajralib turishga,
o‘zgalarga taqlid qilishga intiladi, buning natijasida u yaxshi xulqni egallaydi.
Ikkinchidan, bolalar jamoasida o‘zaro muomalada bo‘lib, xulq odobi bilan bir-
biriga ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning bir o‘zi boshqalardan ajralgan holda ijobiy
fazilatlarga ega bo‘la olmaydi». Bolaning maktabda qanday fanlarni o‘qish zarurligini
ham Ibn Sino ko‘rsatib bergan. «Eng avvalo», - deb yozadi alloma muallim o‘z
shogirdlariga yaxshi fazilatlarni o‘rgatish, keyin ona tili va adabiyotni mutolaa
qildirishi lozim», - deb hisoblagan Umuman olganda, yozuvning paydo bo‘lishi
kishilik jamiyatining aqliy rivojlanishida, axborot va ma’lumotlarni kerakli joylarga
uzatishda muhim didaktik asoslaridan biri bo‘lgan. Bu haqda Mahmud Sa’diyning
yozuv tarixiga oid tadqiqotlari natijalari ahamiyatlidir. Jumladan, uning «Yozuv
madaniyati beshigi» nomli maqolasida qimmatli manba bor. U quyidagicha: «Yozuv
kishilikning buyuk ixtirolaridan biri hisoblanadi. U jamiyatning ijtimoiy-siyosiy-
madaniy hayotida katta o‘rin tutadi. O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston tuprog‘i esa
yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlaridandir. Bu erda yashab o‘tgan qadim
ajdodlarimiz mukammal yozuvlar yaratib, kishilik sivilizatsiyasi, madaniy-marifiy
yuksalishi, yozuv madaniyati tarixiga munosib ulush qo‘shgan. Sharq xalqlari orasida
doimo oldingi saflarda kelgan. Olimlarning ilmiy xulosalariga qaraganda,
zaminimizda yashab o‘tgan xalqlarning yozuv madaniyati tarixi ikki ming etti yuz -
ikki ming sakkiz yuz yillarni bo‘ylaydi. Biz hozir yozuv madaniyatining uchinchi
ming yilligida turibmiz. Bu xalqimiz, davlatchiligimiz va ma’naviyatimiz tarixida
ulkan hodisadir» Ushbu fikrning tasdig‘ini professor Mirsodiq Is’hoqovning tadqiqot
ishlarida ham topish mumkin. Uning ta’kidlashicha O‘rta Osiyo xalqlari tomonidan
bundan 2800 yillar muqaddam alifbolar yaratila boshlangan. «Bu yuksak madaniy
hodisa shundan dalolat beradiki, qadim ajdodlarimiz inson nutqining tabiatini yaxshi
bilgan. Yozuvni yaratish yo‘li bilan jamiyatning ma’naviy zaxiralarini matnda aks
ettirish, siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish, bir so‘z bilan
aytganda, davlatchilik boshqaruviga kirib kelish, axborotni makon va zamon orqali
uzatish imkoniyati yuzaga kelgan»,- deb uqtirish bilan birga bu olimimiz «O‘rta Osiyo
xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining yozuv madaniyati ilk qadamlaridanoq tovush va
harf belgisining muvofiqligi asosida shakllangan», degan xulosaviy fikrni bayon etadi
[76. 62 b.].
Ushbu davrda ta’lim mazmuni ilk matematik tafakkurlarni shakllantirilishi
bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning
bu sohadagi xizmati nafaqat diyorimizda, balki butun dunyoda ham mashhur edi,
ya’ni u ixtirochiligi, kashfiyotchiligi va ta’limotchiligi bilan matematika fanida buyuk
inqilob qildi. Uning 1,2,3,4,5,6,7,8,9 arab raqamlari qatoriga nol («0» -yo‘q) sonini
kashf qilib, qo‘shishi bir buyuk ixtiro bo‘lsa, uning yordamida o‘nlik sanoq sistemasi
(pozitsion sanoq sistemasi)ning yaratilishi sonlar nazariyasida yana bir buyuk
kashiiyot edi. Shuningdek, uning sonlar nazariyasi sohasidagi qo‘lga kiritgan natijalari
va ayniqsa, ikkinchi darajali tenglamalarini echish usullarining topilishi esa uning
matematika sohasidagi istiqbolli ta’limotlaridan biri edi. Hozirda fanda
foydalanilayotgan Algoritm nomli termin ham ulug‘ olim nomidan olingan va fanlar
strukturasidagi Algebra fani nomi ham uning «Aljabr val-muqobola» asarining Aljabr
qismidan olingan. Natijada matematika fani o`sha davrdayoq kishilik jamiyatiga va
davlat boshqaruviga keng kirib bordi. Bu bilan ilmiy qadriyatlar tezlik bilan ma’naviy
qadriyatlarga va ta’limda esa ta’limiy qadriyatlarga aylanishga mustahkam poydevor
yaratildi.
5. XIV-XVI asrlardagi dastlabki ta’lim.
Bu davr diyorimizda Sharq Uyg‘onish davrining alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
bosqichi edi, chunki bu davrga kelib yurtimizning aqliy salohiyat egalari dunyoga
mashhur bo‘lgan edi. Bunga muqaddas kitobimiz bo`lmish «Avesto»dagi ta’limot
(«Ezgu o‘y→Ezgu so‘z→Ezgu amal» tizimining «Yovuz o‘y→Yovuz so‘z→Yovuz
amal» tizimi ustidan g‘alabasi (tantanasi)ning naqadar bunyodkor ekanligi,
matematika ilmining asoslari (Al-Xorazmiy, Ma’mun Akademiyasi va h.k.),
Ershunoslik va minerologiya ilmining asoslari (Abu Rayhon-Beruniy, Ma’mun
Akademiyasi va h.k.), tibbiyot ilmining asoslari (Abu Ali ibn Sino, Ma’mun
Akademiyasi va h.k.) va shu kabilarning diyorimizda yaratilganligini dalil sifatida
qayd etish mumkin. Demak, bularning hammasini ham dastlabki ta’limsiz amalga
oshirib bo‘lmaydi. Shu sababli bu davr madaniyati va ma’rifatining asosini
boshlang‘ich ta’lim tashkil etganligi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir, ya’ni
aksiomadir. Bu davrga kelib, alohida xattotlar tayyorlandi va ommaviy ta’limga
e’tibor kuchaytirildi. Madrasalar tashkil etildi. Ilmga va ma’rifatga e’tibor har
qachongidan ham kuchaydi. Bu davrni tarixda Amir Temur va Temuriylar davri deb
ataldi. Ilm ma’rifatga qanday e’tibor berilganligini quyidagi ma’lumotdan ham bilsa
bo‘ladi: «Sohibqiron inson tarbiyasi - odob-axloqi, uni adolatni sevishga,
vatanparvarlik va insonparvarlikka o‘rgatishga katta ahamiyat bilan qaragan. U
yoshlarning ilmli bo‘lishini istardi. Shu boisdan har bir shaharda masjidu madrasalar
qurish, ulamo-yu domlalarni moddiy rag‘batlantirish siyosatini amalga oshirdi.
6. VII-VIII asrlardagi dastlabki ta’lim. Bu davrga kelib boshlang‘ich ta’lim ko‘pincha
oilalarda, mahallalarda ta’lim-tarbiya o‘choqlari tashkil etila boshlandi. Ba’zan
otinoyilar tayyorlanib, ular tomonidan qizlar ham savodxon qilinar edi. Bu boradagi
pedagogik faoliyatga yurtimizning ma’rifatparvar ziyolilari, olimlar, shoirlar ham
bosh qo‘shdi. Ulardan biri Jahon otin Uvaysiydir. U ‘VIII asrning 80-yillarida
dunyoga kelgan va 65 yil umr ko‘rgan. U o‘z davrining peshqadam va ma’rifatparvar
shoirasi bo‘lgan va o‘zining tashabbusi bilan qizlar maktabini tashkil etgan. U
maktabdagi tolibalarga boshlang‘ich ta’lim berib, arab grafikasida yozish va o‘qishni
o‘rgatibgina qolmay, balki qizlarga musiqa va she’r san’atidan dars berib, tez fikrlash,
chiroyli so‘zlash, radifgo‘ylik va chiston-topishmoq yaratish uslublarini ham
o‘rgatgan. Bu ta’lim usullari shogird qizlarning kuchli fikrlash mushohadasini
o‘stirishga, tevarak-atrofdagi narsalarga e’tibor bilan qarashga, zehnli, nafis tabli
san’atkor sifatida shakllanishiga yordam berishda Jahon otin Uvaysiyning o‘ziga xos
o‘qitish uslubi bo‘lganligidan dalolatdir Demak, bu davrdagi boshlang‘ich ta’limda
savodxonlik asoslarini egallash va ular asosida asarlarni o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda inson, insoniyat, jamoa, jamiyat va davlatlarni qadriyat sifatida o‘quvchilar
ongiga singdirilgan. Ushbu jarayondagi ta’limiy ma’lumotlar o‘quvchilarga ko‘proq
og‘zaki tarzda etkazilgan, ya’ni axborotlarni yodlashga katta e’tibor qaratilgan.
Keyinchalik boshlang‘ich ta’limga tegishli darsliklar ham paydo boia boshladi.
Ularda jamiyatning ehtiyoj va talablari haqidagi tasavvurlar shakllantirildi hamda
insonlarning bir-birlari bilan bo‘lgan muloqoti hayotiy ehtiyoj ekanligini bilishga
e’tibor berildi hamda insonning pulga bo‘lgan ehtiyojini anglash, narx va uning
o‘zgarishini bilish, o‘z tug‘ilgan joyi va o‘lkasi haqida tushunchaga ega bo‘lish va shu
kabilarga e’tibor berilgan. Bu davrga kelib boshlang‘ich ta’limda oila nima va u
qanday tashkil topishini bilish, oiladagi farzandning burchi kabilar ham boshlang‘ich
sinf o‘quvchisining egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar
bo‘lgan.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida har xil ob’ektlar to‘g‘risida
tasavvurlar hosil qilinishi orqali shakllanadigan munosabatlar bilan o‘quvchilarni
tanishtirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishga erishiladi. o‘quvchilardagi oila
va oila a’zolari to‘g‘risidagi munosabatlar hamda ta’lim berib tarbiyalash o‘sha davr
ma’rifatparvar ziyolilari ijodida ham uchraydi. Jumladan, o‘sha davrning iste’dodli
shoiri va ustoz-murabbiysi Muhammad Rizo Ogahiy ham ta’lim va tarbiya birligiga
(uyg‘unligiga) katta e’tibor bergan. Dars jarayonida ustoz-murabbiylarning bolani
zeriktirmaslik uchun qunt va ixlos bilan «Ustodi hunar shior komibga qat’iy amal
qilgan holda, o‘z bilimi va pedagogik mahoratini muttasil oshirib borish lozimligini
alohida ta’kidlagan. Yuqorida ta’kidlanganlaridan ko‘rinib turibdiki, bu davrga kelib
«Ustoz-shogird» tizimi ham to‘liq amaliyotga joriy etilgan. Bu davrning Muhammad
Rizo Ogahiy kabi ma’rifat fidoyilari ijod qilgan. Bunday holatlarni ilm-ma’rifatning
jonkuyarlaridan bo‘lmish Roqim va Munis Xorazmiy asarlarida uchratish mumkin.
Jumladan, ma’rifatparvar murabbiy Roqim (1742-1814) o‘zi yashayotgan davrning
etuk murabbiysini har bir mushkulni hal eta oladigan qobiliyatga ega bo‘lishini va
buning uchun u doimo ilmu hikmat o‘rganishi, ustodu donishmandlar suhbatidan
bahramand bo‘lishini, muttasil dars tayyorlab borishi shart ekanligini ta’kidlasa,
Munis Xorazmiy (1778-1829) «Savodi ta’lim» asarida ilmning qudratli kuch
ekanligini ta’kidlaydi. U maktab va madrasalarda o‘qitiladigan fanlarning mohiyati
to‘g‘risida to‘xtalib, har bir talabaning ilmga bo‘lgan e’tiqodi uning husnixatida aks
etishini ta’kidlaydi.
Demak,
Ona
diyorimizdagi
ma’rifatparvar
pedagoglar
va
mutafakkir
donishmandlar tomonidan yaratilgan pedagogik asarlar va yaratilgan (ixtiro qilingan)
alifbelar, o‘qish kitoblari hamda darsliklaridan maktab va madrasalarda foydalanib
kelingan. Savol-javob usuli asosida ta’lim v oluvchilarda aqliy faollik, ziyraklik,
hozirjavoblik sifatlari shakllantirilgan hamda go‘zal nutq tarkib toptirilgan.
7.XIX-XX asrlarda boshlang‘ich ta’lim. Bu davrda o‘lkamizda boshlang‘ich ta’lim
mazmuni yangilangan ko‘rinishni oldi. Bunga sabab o‘lkamizda Evropa va boshqa
Sharq mamlakatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy
o‘zgarishlar turli yo‘llar bilan asta-sekin kirib kela boshladi va bu ayrim
yo‘nalishlarda yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu ayniqsa, Turkiston madaniy hayotida
alohida ahamiyat kasb etdi, ya’ni o‘zbek xalqi va ular ichidan yetishib chiqqan o‘zbek
ziyoli -ma’rifatparvarlari o‘z xalqining milliy-madaniy ongini oshirishda ota-bobolari
kabi jasorat, qahramonlik va fidoyiliklar ko‘rsatdi. Ular keng xalq ommasini savodli
qilishga, ularni jaholat uyqusidan uyg‘onishga intilib maktablar ochdi.
«XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidchilik
harakati keng yoyildi. XX asr boshlarida musulmon maktablarining
bosh islohotchisi Ismoil Gaspiralining nomi butun Sharqqa tanildi va bu o‘z navbatida
Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakati namoyandalarining mazkur yo‘nalishdagi
faoliyatlarining jonlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Ona
diyorimizda ham jadidchilik harakatlari namoyandalari paydo bo‘ldi. Ular:
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tolagan Xo‘jamyorov-
Tavallo, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulhamid Cho‘lpon,
Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo‘jayev, Polvonniyoz Hojiyusupov, Ashurali Zohidiy,
Abduhamid Burxonov-Munzim,
Muhammadsharif So‘fizoda, Muso Saidjonov, Bobooxun Salimov, Ibrat,
Abduqodir Shokuriy, Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziy, Obidxon Mahmudov,
Fayzulla Xo‘jayev, Saidnosir Mirjalolov, Hoji Muin, Saltarxon Abdulg‘offorov va
boshqalar Ular o‘z davrining muhim masalalarini bosh muammo darajasigacha
ko‘tarib chiqa oldilar va xalqni ilm-fan hamda ma’rifatni egallashga
undadilar.Turkistonning o‘z rivojlanish yo‘lini targ‘ib etishda fidoyilik ko‘rsatdi. Bu
borada ularning milliy maktablar ochib, aholini jaholat uyqusidan uyg‘otishga bo‘lgan
intilishlari o‘zbek xalqi ma’naviy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi.
8.Mustaqillik davrida boshlang‘ich ta’lim. Bu davrga kelib yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga munosabat butunlay o‘zgardi. Mamlakatimizda mustaqillik qo‘lga
kiritilgan kundanoq barkamol avlodni shakllantirish masalasini hal qilish davlat
siyosati darajasigacha ko‘tarildi. 1992-yildayoq O‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun bo‘yicha ham anchagina ijobiy
ishlar amalga oshirildi. Ammo, mazkur qonunni to‘liq hayotda o‘z aksini topish uchun
uning har bir talabini amalga oshirishga qonuniy me’yoriy hujjat kerakligi aniq bo‘lib
qoldi. Shularni e’tiborga olgan holda 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va uni uzluksiz ta’lim tizimida joriy
etish uchun qabul qilindi. Shundan keyin boshlang`ich ta’lim bo`yicha konsepsiyalar,
boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standard va
uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard hamda ularga mos o‘quv dasturlari qabul
qilindi. Yuqorida qayd etilgan qonunlar va boshqa davlat me’yoriy hujjatlari
zamonaviy boshlang‘ich ta’limni tashkil etish va uning mazmunini zamonaviy
taraqqiyot talablari asosida shakllantirish dolzarb muammo ekanligini ta’kidlamoqda.
Bunda zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun ilmiy-metodologik jihatdan istiqbolli
yo‘nalish - bu yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdir,
chunki barkamol avlodni shakllantirishning istiqbolli metodologiyasini tadqiq etish
ham uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb muammolaridan biridir.