BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’LIM METODLARI.
REJA:
1.Ta'lim metodlari va usullari haqida ma'lumot.
2.Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini
tavsiflashga turlicha yondashuvlar.
3. Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi. Sharq mutafakkirlarining ta'lim
metodlari haqidagi fikrlari.
4. Turli yosh guruhlarida ta'lim metodlarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Ta'lim metodlarini faollashtirish yo‘llari. Mustaqil ish va ularning turlari.
Tayanch tushunchalar:metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol
metod, metodika,texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim
metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq
talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan
didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan
qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini
o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu
qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va
uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga
erishish yo‘li, usuli deganidir.
Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga
solingan faoliyat. O’qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol
o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan
materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining
o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi
tushuniladi. Didaktikada, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli -
ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati
o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi
shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi
shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. Masalan,
o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod
hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘ qib berish (1-usul),
bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida
o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan
mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga
oshiriladi. O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub”
tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” atamasining
mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z
borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq
maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.
Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar
yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan,
integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish
texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya
tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab
chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq etish
imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida
qo‘llaydilar. Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv
fanini o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib
kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik
xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish texnologiyasi yuzaga
keladi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya
jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv
ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning
mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini
rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar. Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik
xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni
maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli
fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni,
mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda
etadi.
“Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda
ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday
o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi,
texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni
markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini
nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga
oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi
ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan
xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz. Ta’lim metodlari tasnifi: An’anaviy
(manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.) Og‘zaki
Ko‘rgazmali Amaliy Kitob bilan ishlash Videometod Hikoya Suhbat Tushuntirish
Ma’ruza Munozara Illyustratsiya Demonstratsiya Mashq Amaliy Laboratoriya
Didaktik o‘yin O‘qish, O‘rganish, Reja tuzish, Konspekt qilish Ko‘rish, O‘rganish,
Nazorat qilish O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari
tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin). Ta’lim metodining nomlanishi O‘qituvchi faoliyati
O‘quvchi faoliyati Axboriyretseptiv O‘quv axborotini uzatish, o‘rganilayotgan ob’ekt
bilan o‘ quvchi harakatini tashkil etish Bilimlarni idrok etish, anglash va yodda saqlash.
Reproduktiv Bilimlar hamda aqliy va faoliyat usullarini hosil qilishga doir topshiriqlarni
tuzish va taqdim etish Namuna asosida bilimlarni hamda aqliy va faoliyat usullarini
egallash. Muammoli bayon etish Muammoni qo‘yish va uni hal etish usullarini ochib
berish Topshiriqni idrok etish va uni qismlarga ajratish. Topshiriq qismlarini mustaqil hal
etish va o‘z- o‘zini nazorat qilish Evristik (qisman-izlanish) Muammoni qo‘yish va uni hal
etishga doir qadamlar ketmaketligini rejalatirish. O‘quvchilar faoliyatini boshqarish
Qo‘yilgan vazifa bilan bog‘liqlikda muammoni hal etish yo‘llarini mustaqil izlash va
o‘qituvchining qisman ko‘magi yordamida muammoni hal etish Tadqiqotchilikka doir
Mustaqil hal etishga doir muammoli vazifalarni shakllantirish.
Muammoni hal etilish jarayonini nazorat qilish Muammoni mustaqil hal etish. Asosiy
didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov): •
Yangi bilimlarni egallash metodlari; • Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
• Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov)
O‘rgatish metodlari O‘rganish metodlari Axboriy-ma’lumotli Ijro etish (bajarish)
Tushuntirishli Reproduktiv Ko’rgazmali-amaliy Ijodiy-amaliy Tushuntirishli-undovchi
Qisman izlanishli Undovchi Izlanishli Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi
(Yu.K.Babanskiy):
• Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
• O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
• O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
• O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. Interfaol
metodlar va grafik organayzerlar O‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish
metodlari Yangi materialni anglash metodlari O‘rganilganlarini fikrlashga imkon
beruvchi metodlar Erkin yozish, Klaster, Aqliy hujum, B-B-B chizmasi, Chalkashtirilgan
mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi, Semantik xususiyatlar tahlili. Semantik xususiyatlar
tahlili. B-B-B chizmasi. O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma. Bir-biriga o‘rgatish. Birbiridan
so‘rash. Ikki qismli kundaliklar. Eng asosiy tushunchalar, Takrorlash. T-chizma.
Kontseptual jadval. Venn diagrammasi. Nilufar guli. Besh minutlik esse. O‘n minutlik
esse. 3.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa
va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati,
so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur.
Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan
materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda
uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga
e’tiborni qaratadi. Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga
qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat
ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va
boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga
keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni
bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi
hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p
vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab
qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash
uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda
ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga
oshadi.
Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar,
hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy
xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning
tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar
bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish
hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi.
Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida
tashkil etiladi. Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng
qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda
foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari
ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish
samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga
bog‘liq bo‘ladi. Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi
sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-
ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab
ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-
oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab
sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi
mumkin.
Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga
keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida
ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada,
didaktikada alohida o‘rganiladi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab er
maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda
sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda
yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi. Mashq - aqliy
yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta
takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin
emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash),
ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli
texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular
ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-
uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga
ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya
ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni
sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar
o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash
ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan
ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan
qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin
ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
1. Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini
o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni
kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga
keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
• Ta’limning umumiy maqsadlari. • Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni
hamda o‘ziga xosliklari. • Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari. •
Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt. • O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va
mazmuni. • O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari. • O‘quvchilarning tayyorgarlik
darajasi. • Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi. • O‘qituvchining nazariy,
amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.
5.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari. Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’ lim
vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish
uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari
katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli
amalga oshiradi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar,
namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-
tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni
aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar
metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani
o‘qitish» savoliga javob beradi. An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga
darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘ quvustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot
vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari kiradi. Didaktik
vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi.
Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va
nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion,
axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi. Fanni
o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha
ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini
qo‘llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks
ettirishidir. Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar
ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foyda-lanilsa, u holda o‘quv
qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan
ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi. Ta’limning faollikni
nisbatan kam talab etadigan metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza,
tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning
ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish
kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga
ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi.
Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga engil-elpi
qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5 demonstratsiya optimal
hisoblanadi. Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim
vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-
birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun
ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir. Ta’lim vositalarini tasniflashda turli
asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: - faoliyat sub’yektiga ko‘ra; - faoliyat ob’yektiga
ko‘ra; - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi. O‘rgatish
vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan
mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. O‘rganish vositalari.
Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi
bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi.
Birinchisiga ko‘ra, narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali
realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari,
darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat
turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘
linadi. Faoliyat ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi: Material ta’lim
vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quvtexnik
vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.
Ideal ta’lim vositalari - bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda
qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va
boshqalar. Ideal vositalar - bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun
belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar
tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni
tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish). Material va ideal
vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy
harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama.
Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘ liq. O‘quv axborotiga
munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash,
mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv
jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi. O‘quv
jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari
vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli
mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim - kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va
o‘quvchilarning
o‘quv
faoliyati
sanaladigan
kommunikativ-faoliyatli
jarayon.
Kommunikatsiya - bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va
o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish). Didaktik
vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday
bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli
obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa
asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik
mashinalar, elektron darsliklar. Ta’limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv-
axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar
kiradi:
o‘quv
kinofilmlari;
diafilmlar;
kompyuterlar;
magnitofon
tasmalari;
radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar. Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish
mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari;
audiovizual vositalar.
Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: • ta’limning sifati va
samaradorligini oshiradi; • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi; • o‘quvchilarni
idrok qilishga yo‘naltiradi; • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish
hosil qiladi; • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini
shakllantirishga yordam beradi; • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional
munosabatni oshirishni ta’minlaydi; • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni
ta’minlaydi. Tushunchalar tahlili metodi Tushunchalar Tushunchalar mazmuni Hikoya
o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga
bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil
bayon qilinishi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi
sanaladi. Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash
asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan
odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi.
Ta’limning texnik vositalari TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks
ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari;
diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar. Ta’lim
metodlari o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal
etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini
tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. Ta’lim usullsri ta’lim metodining tarkibiy
qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga
bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida birbiriga bog‘lanadi. Usullar yordamida
faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari qaysilar?
2.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
3.Ta’lim metodlari tasnifini izohlang.
4.Ta’lim vositalari deganda nima tushuniladi?