BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI
Yuklangan vaqt
2024-10-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
20,9 KB
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA
MOHIYATI
Reja
1.“Tarbiya” tushunchasining mohiyati.
2. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari.
3. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi.
5. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh ijtimoiy maqsad.
6.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch so'zlar: Tarbiya, tarbiyaning maqsadi, tarbiya jarayoni, shaxs
tarbiyasi, pedagogik qarashlar, xulq-odob qoidalari.
“Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori
va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya
yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy
ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Tarbiya
xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya
bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat – yo falokat
masalasidur» . Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.
Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim
oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri,
xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a’zolarining
maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish
uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga
mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish
orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-
kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida
jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish. Tarbiya jarayoni - bu shaxsda muayyan
ruhiy, aqlim, jismoniy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy
pedagogik jarayon. Shuningdek u insonning jamiyatda qanday o'rin egallashi, kim
bo'lishi, insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir.
Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki
odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlovchi qadriyatlar tarbiya tufayligina bir
avloddan boshqa avlodga ya'ni kelajak avlodga o'tadi. Tarbiya haqida buyuk
bobokalonimiz Alisher Navoiy shunday deb yozadi: ,,Qobiliyatli odamni tarbiya
qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyaning ayab unisini
nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma Ya'ni tarbiyani kerakli joyda va
kerakli insonlarga berish haqida aytib o'tilgan. Ko'pchiligimiz o'ylaymizki, tarbiya
faqatgina o'qituvchilar tomonidan, uyda esa ota onalar tomonidan o'rgatiladigan
jarayon. Lekin aslida tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tartib
topdirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan
maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni
tartib topdirishda yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Bunda nafaqat otaonaning va
o'qituvchilarning balki jamiyatning o'rni ham beqiyosdir. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy
maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni
shakllantirishdan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlarini
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun ko'plab chora tadbirlar ishlab
chiqilmoqda. Uni rivojlantirishda birinchi qadam ta'lim muassasalari va oliy ta'lim
yurtlari hisoblanadi. Shu sababli umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy
qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish va ularni vatanparvarlik
va insonparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi va
unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ,,Odobnoma", ,,Vatan tuyg'usi" , ,,Milliy
istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda ,,Dunyo dinlari tarixi" fanlarini
birlashtirgan holda yagona ,,Tarbiya" fani 1-9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10-
11-sinflarda esa 2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar
doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda. Tarbiya ma'lum bir muddat
ichida o'rganib va o'rgatib bo'linadigan jarayon emas. Shuning uchun bu jarayon
bolalarni maktabda ketishi bilanoq boshlanadi va uni tamomlagunicha va undan keyin
ham davom etadi. Shuningdek, bu jarayon-o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil
etuvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning asosiy
vazifasini tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi,
ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiluvchi
jarayon sifatida qaraladi. Har bir tushunchani ikki tomonlama ya'ni keng va tor ma'noda
tushunish mumkin. Uni keng ma'noda, tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir etishga,
ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan
uyg'unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta'lim
maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilar maxsus tashkil etilgan
faoliyatoni tushunish mumkin. Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari jamiyat
a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojini
qondirish uchun shart-sharoit yaratish. Shuningdek, bobolarimiz aytishganidek ta'limni
tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi,shuning uchun ular uzviy bog'liq.
Buyuk faylasuf va mutaffakkir Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlari. Hayyom aytganidek: ,,Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya
esa amaliy ish va tashriba bilan bo'ladi". Shu sababli yoshlarga tarbiya berishdan va
biror nimani o'rgatishdan avval o'zimiz ham o'sha narsani qilib o'rnak bo'la oladigan
darajada bo'lishimiz kerak.
Tarbiya–muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida
har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga
yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati
turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya
g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda
ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan
hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari
rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga
xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri
uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning
ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari
shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga
munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki
tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi,
baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero,
tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya
jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish,
unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy
malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi,
hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda
qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi.
U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun
shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning
mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi
manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini
o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi
bo’lib qoladi.Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi,
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o’quvchilarning
tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan
qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar
axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining
tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish,
mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy xavaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir
etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi
natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo’lib
qolishi mumkin.Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni
bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.
Shaxs ijtimoiy tarbiya orqali shakllanadi.Shaxsni shakllantirish, boshqarish,
nazorat xarakteriga ega bo’lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar
orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o’ylangan rejalar asosida hal etib
boriladi.Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o’rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy
tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-
sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh
avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim
ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib
toptirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini
uyg’otish;
b) o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur
bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o’zaro yordam,
mehrmuhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan
nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o’quvchilarda muomala odobi, yuksak
madaniyatni
qaror toptirishga erishish;
g) o’quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va
fuqarolik tuyg’usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi
mas’uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg’usini shakllantirish, o’zga millat va xalqlarni
hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg’usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va
xolisona baho berishga o’rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq
va burchlarini hurmat qilishga o’rgatish va boshqalar. O’zbekiston Respublikasida olib
borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik,
iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir
qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar
mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi
ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga
nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni
shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo’lga qo’yish chog’ida - o’quvchilarni ilm-fan, texnika va
texnologiya borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan
boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish
tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni o’z sog’liqlarini saqlash
va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanishi
hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g’amxo’rlik qilish tuyg’usini
yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to’rlari borasida ko’nikma va malakalarni hosil
qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam,
iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda
shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik
didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go’zallikni sevish,
go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog’ida – o’quvchilarga ekologik bilimlar berish
asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o’quvchilarga tushuntirish,
ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o’rni va mohiyati
borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat
bilan munosabatda bo’lish, tabiatni asrash to’g’risida g’amxo’rlik qilish kabi
tuyg’ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish
asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi
qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to’ldirish, kichik va o’rta biznesni yaratish
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish,
inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko’paytirish
borasida qayg’urish tuyg’ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat konstitutsiyasi,
davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy nafaqa, sud
ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ongiga
ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi
tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega
bo’lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil
etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni
shaklllantirish;
1.2.Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayonining yana bir
xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki,
tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish
g’oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki,shaxs ma’naviy-
axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o’zlashtira boradi, shu bois
pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo’lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogic
talablarga amal qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni qaror
toptirishni
talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa
xususiyatiga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.Ikki tomonlama
aloqa ikki yo’nalishda, ya’ni, o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri
aloqa) hamda o’quvchining o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida
tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyasiga muvofiq, endilikda o’quvchi
tarbiya jarayonining ob’ektigina bo’lib qolmasdan, sub’ekti sifatida ham faoliyat
ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan
bo’layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur.
Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar
samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati –
tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar
o’quvchilarga o’z tushunchalariga muvofiq paydo bo’lgan dastlabki sifatlar o’rtasida
yoki o’quvchilarga qo’yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi
ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko’pincha bolaning ongi bilan xulqi
birbiriga muvofiq bo’lmasligidan,o’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchilar yosh,
psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy
hamda fiziologik jihatdan sog’lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Ko’p qirrali jarayon
Uzluksiz jarayon
Ikki tomonlama aloqa jarayoni
Qarama-qarshiliklardan iborat jarayon
Uzoq muddatli jarayon
Yaxlit tizimli jarayon
Tarbiya jarayoni
Tarbiya qonuniyatlari
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha
xulosa qilish mumkin:
1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni
bo’lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash,
ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan.
2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil
etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal
etiladi.Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi,
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi,
intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda
tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi
vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish
uchun tarbiya jarayonining o’ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga
ega. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq
maqsadga
yo’naltirilganligidir. Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda tarbiya
mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv)omillar
ko’zga tashlanadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi.Ta’lim
muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o’qituvchi va o’quvchilarning
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir.
O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari
yo’naltirilgan,
bir-birini to’ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat
kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil
etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o’tkazilishiga erishish maqsadga
muvofiqdir. O’quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik
maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni
tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar
olib boriladi.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik
talablarga amal qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni qaror
toptirishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon
ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok
etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo’nalishda, ya’ni, o’qituvchining o’quvchiga
ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri aloqa) hamda o’quvchining o’qituvchiga nisbatan
munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi. Demak, tarbiya jarayoni o’zida
quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Tarbiya qonuniyatlar
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga
quyidagicha xulosa qilish mumkin: Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-
tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish,uning ongi,xulqatvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo’lib,har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy
munosabatlar mazmunini aniqlash,ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan. Yosh avlod
tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy
tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad
va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar
mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari
asosida belgilanadi. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni
inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish,
shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Nazorat uchun savollar:
1.Tarbiya tushunchasi,tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalarini qisqacha
tavsiflang.
2.Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari nimalarni o’zida ifodalaydi?
3.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari mohiyatini ayting