BOSHLANGʻINCH SINFLARDA MATN VA BADIIY ASARLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISH OʻRNI.
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
44,4 KB
KURS ISHI
BOSHLANGʻINCH SINFLARDA MATN VA BADIIY ASARLARDA
TINISH BELGILARINING ISHLATILISH OʻRNI.
REJA:
KIRISH
I
BOB.
BOSHLANGʻICH
SINFLARDA
TINISH
BELGILARINI
OʻRGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
1.1. Boshlangʻich sinf matn va badiiy asarlarida tinish belgilarining qoʻllanilishini
va uning oʻziga xosliklari
1.2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatishning umumiy
nazariy asoslari
II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINING
ISHLATILISH
OʻRNINI
OʻRGATISHDA
ZAMONAVIY
TAʼLIM
METODLARIDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI
2.1. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini oʻrgatishda
zamonaviy taʼlim metodlarining oʻrni va ahamiyati
2.2. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini oʻrgatishda
zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va
maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini
belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual
rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga
taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston
respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‟
toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo
miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib
kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan daʼvatlari taʼlimning sifatli va samarali
tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega shaxs sifatida
tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Maʼlumki, Milliy oʻquv dasturi asosida 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab
umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili
va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi va hamda ushbu fanga "yashashni
oʻrgatadigan fan" deya taʼrif berilmoqda.. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona
tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va
yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va
yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning toʻrt koʻnikmasini rivojlantirishga
qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Boshlangʻich maktabning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi
oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishdir. Shubhasiz, hamma fanlar
oʻquvchilarning lugʻat boyligini oʻstirishga, imlodan savodxonligini oshirish va
nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
3
Ona tilini muvaffaqiyatli oʻqitishning muhim sharti taʼlimni oʻquvchilarning
hayotiy tajribasi bilan, ularning bevosita koʻrganlari, kitoblardan oʻqib bilganlari
bilan bogʻlash hisoblanadi.
Maʼlumki, oʻqish darsliklaridagi matnlar turli manbalardan olinganligi aniq.
Ona tili darsini oʻqish bilan bogʻlansa, oʻquvchilarning oʻqish darsida oʻqiganlari
asosida olgan haqiqiy bilimlaridan foydalanishga imkon yaratiladi.
Buning uchun oʻquvchilarga mamlakatimizda, maktabda, oilada sodir
boʻlgan qiziq voqea-hodisalar haqida, tabiatdagi oʻzgarishlar haqida oʻqiganlaridan
foydalanib gap tuzish, ayrim parchalarni kitobdan koʻchirib yozish, grammatik tahlil
kabi topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiqdir. Ona tilidan koʻzlangan
maqsadga erishish uchun:
birinchidan, ona tili darsida oʻqishdan beriladigan topshiriq oldindan
tayyorgarlik koʻrib, puxta oʻylab, soʻng berilishi;
ikkinchidan, ona tili darsida oʻtilgan mavzuni mustahkamlashga imkon
berishi hisobga olinishi;
uchinchidan, topshiriq (misol qaysi asardan olingan boʻlsa) berilgan asar
gʻoyasini yana ham mustahkamlashga yorlashishini hisobga olish kerak.
Maʼlumki, grammatik bilim tilni ongli egallashni va savodli yozish malakasini
shakllantirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham oʻquvchilarning
grammatikadan olgan bilimlari toʻgʻri yozuv malakalarini shakllantirish bilan birga
olib boriladi.
Toʻgʻri yozuv malakasini rivojlantirishda imloviy mashq turlari: grammatik
imloviy tahlil, matnni koʻchirib yozish, taʼlimiy diktant va bayondan mashq sifatida
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imloviy mashqlarni amalga oshirishda ona tili
darsligi sahifalarida berilgan mashqlardan foydalanish bilan birga boshqa
materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki oʻquvchilar yangi
materialga qiziqish bilan kirishadilar, oʻylashga, fikrlashga harakat qiladilar.
Kurs ishining maqsadi. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarini oʻrganish
metodikasini oʻrganish va tahlil qilish;
4
Kurs ishining obyekti. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarini oʻrgatishning
nazariy va amaliy asoslari;
Kurs ishning predmeti. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri
qoʻllanilishini oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usul va
vositalari;
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Boshlangʻich sinf matn va badiiy asarlarida tinish belgilarining
qoʻllanilishini va uning oʻziga xosliklarini oʻrganish;
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatishning umumiy
nazariy asoslarini oʻrganish va tahlil qilish;
3. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlarining oʻrni va ahamiyatini oʻrganish va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
4. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullarini oʻrganish;
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik
adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor
oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs
ishining
metodologik
asoslari.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonun, “ Milliy oʻquv dasturi” Boshlangʻich
taʼlim konsepsiyasi, metodist psixolog, didakt olimlarning muammo yuzasidan
qayd etgan qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim tarbiyaga oid
fikrlari.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, toʻrtta
paragraf va qilingan xulosalardan iborat. Ishga qoʻyilgan maqsadga erishishi uchun
toʻplangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
5
I BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI
OʻRGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
1.1. Boshlangʻich sinf matn va badiiy asarlarida tinish belgilarining
qoʻllanilishini va uning oʻziga xosliklari
Kelajak — bu yoshlarning qoʻlida, demak, yoshlar ilmli, bilimli boʻlishi
shart va zarur. Uning uchun bolalarni boshlangʻich sinfga oʻtganidan boshlab toʻgʻri
taʼlim va tarbiya berishimiz lozim. Dastlab oʻquvchilarni toʻgʻri yozishni va ifodali
oqishni oʻrgatishimiz kerak. Toʻgʻri yozishda tinish belgilari yaʼni punktuatsiyaning
oʻrni juda katta.
Punktuatsiya- bu tinish belgilarining toʻgʻri ishlatilishi haqidagi qoidalar
yigʻindisi. Punktuatsiya yozuv orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri
sanaladı.
Boshlangʻich sinflarda asosan toʻrtta tinish belgisi oʻrgatiladi bular: gap
oxirida nuqta, soʻroq, undov, belgisi hamda uyushiq boʻlakli gaplarda vergulning
ishlatilishi haqidagi qoidalar oʻrgatiladi va uni ko‘plab hayotiy misollar orqali
kengroq tushuntirishimiz mumkin. Tinish belgilari asosan muayyan tilda yozma
nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda uni mustahamlashda, yozma nutq
qismlarining oʻzaro mantiqiy grammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat
qiladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatish, bu boʻyicha
koʻnikmalar paydo etish ahamiyatli ishlardan biri. Sababi, tinish belgilarini oʻrgatish
orqali ularning intonatsiya jihatdan toʻgʻri gapirish, toʻgʻri yozish koʻnikmalari
rivojlanadi. Bolalar maktabga kelib gap bilan ishlashadi, har bir gapning oxiriga
nuqta qoʻyishi kerakligi eslatib oʻtiladi. Shuningdek, yozishda birinchi navbatda
nuqta bilan tamomlanadigan sonlardan boshlab oʻrgatiladi. Shuning uchun, eng
dastlab bolalar nuqta bilan, undan keyin esa soʻroq belgisi bilan tanishadi. Bu faqat
amaliy ishning jarayonida koʻrsatilib, gapirganda bir gap ikkinchi gapdan oz pauza
bilan boʻlinib turadiganligi, tovush ozgina pastroq aytilishini oʻqituvchi oʻzi
koʻrsatadi. Yozishda nuqta belgisi bilan belgilanadi. Bu gapning tamomlanganini
koʻrsatadi. Bu tayyorlangan tizim boʻyicha koʻrsatiladi va oʻquvchilarning oʻzlariga
6
ayttirib, oʻrgatilib boriladi. Oʻqitish jarayonida oʻquvchilar nuqta, soʻroq belgisi,
koʻp nuqta, vergul, undov belgilari bilan tanishadi. Sodda bir necha topshiriqlardan
keyin ularda koʻnikma paydo boʻlib, ularning ayirmasini tushunib boradi.
Tinish belgilari gap qismlarining oʻzaro logik-gramatik munosabatlarini
koʻrsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan
yozuvchiga oʻz yozma nutqini aniq, toʻgʻri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa,
ikkinchi tomondan, oʻquvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek,
yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi.Tinish
belgilarining qoʻllanilishi gaplarning mazmuni, grammatik qurilishi va ohangiga
koʻra boʻlinadi. Ayrim tinish belgilarning qoʻllanilishi gapning mazmuni bilan
bogʻliq boʻladi. Jumladan: ifodalanmoqchi boʻlgan mazmun tugallangan boʻlsa,
nuqta, undov, soʻroq belgisi, qoʻyiladi. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar
koʻp nuqta yoki qavslar bilan ifodalaydi1.
Nuqta — eng koʻp qoʻllanuvchi tinish belgilarining biri. Uning asosiy
vazifasi
xabar
maʼnosini
anglatuvchi
muayyan
bir
fikrning
(gapning)
tugallanganligini koʻrsatishdir. Nuqta-gap oxirida qoʻllanuvchi, yakka va qoʻsh
qoʻllanuvchi, bir elementli, ayiruvchi tinish belgisidir. Uning qoʻllanishi asosan
mantiqiy grammatik prinsipga asoslanadi.
Masalan: Bogʻda chiroyli kapalak guldan gulga qonardi. Siz ilmli kishilarni
ulugʻlang.
Soʻroq -biror narsa haqida soʻrash maqsadini bildirgan gap soʻroq gap
deyiladi. Soʻroq gapning oxiriga soʻroq (?) belgisi qoʻyiladi. Bu belgi gap oxirida
qoʻllanuvchi asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Uni Oʻzbek yozuvchisi va
drammaturigi Fitrat shunday tariflaydi: (?) Soʻrash belgisidir. Soʻrash gaplardan
keyin qoʻyiladi. Masalan: Gaplar qanday boʻlaklardan tuzilgan? Siz paxtani nimaga
oʻxshatgingiz keladi?
Undov belgisi gap oxirida qoʻllanuvchi tinish belgilariga kiradi. Undov
belgisi, oʻz tuzilishiga koʻra ikki elementli tinish belgisidir. Undov belgisi badiiy
1 Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni oʻqitish metodikasi. –T.:
TDPU, 2009. – 70 b.
7
asarlarda (ayniqsa, poeziyada, lirik asarlarda) koʻp qoʻllanadi: yozma nutqdagi turli
tuygʻular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda undov belgisining roli
katta. Hozirda undov belgisi takroriy, oddiy va murakkab qoʻsha (birgalikda)
qoʻllanish xususiyatiga ega: undov belgisi bir oʻrinda uch martagacha takroriy
qoʻsha qoʻllana oladi. Masalan:Uyga kirgin, Baxtiyor, Kech boʻldi-ku, jon bolam!
Vergul yaʼni tire koʻp funksiyali, yaʼni qoʻllanishning oʻziga xos sharoitiga
qarab ham ajratuvchi vazifasini bajara oladi.Vergul gap ichida qoʻllaniluvchi, yakka
va qoʻsh qoʻllanuvchi, bir elementli, murakkab vazifali tinish belgisidir. Uning
qoʻllanishi asosan mantiqiy-grammatik prinsipga asoslanadi.Masalan: Men
bozordan olma, anor, uzum sotib oldim.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda
oʻqituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilish oʻrnini koʻrsatadi. Tinish
belgisi fikrni toʻgʻri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini
tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun
gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qoʻyilmagan) yaxlit matn oʻqitiladi;
oʻquvchilar bunday matnni oʻqish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch
hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi.
Bu uch asos bir-biriga oʻzaro taʼsir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qoʻyishda,
avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni
gapning qurilishiga ham taʼsir qiladi. SHuning uchun oʻquvchilarga tinish
belgilarining qoʻllanilishini oʻrgatishda biror gapda tinish belgilarini qoʻllashni
belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
1-sinf oʻquvchilariga savod oʻrgatish davridayoq nuqta, soʻroq belgisi va
undov belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar “Alifbe” oʻqimasalar ham, rasmga
qarab gap tuzadilar.Oʻqituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan toʻxtam
(pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bolalar,
oʻqituvchi topshirigʻiga koʻra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular
oʻrtasidagi toʻxtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam
berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni toʻgʻri talaffuz qilishini oʻrgana
boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qoʻyilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va
8
intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni oʻqishga oldindan tayyorlash uchun
chizmadan foydalaniladi. Boshlangʻich sinf oquvchilariga quyidagi mazmunda
tushuntiriladi:
– Ogʻzaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (toʻxtam) bilan ajratamiz
(Har bir gapni talaffuz qilib koʻrsatadi). Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini,
ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini koʻrsatish uchun alohida belgi – nuqta
ishlatiladi. 2
Bir necha darsdan soʻng oʻquvchilar gaplarni oʻqiy boshlaydilar. Ular nuqta
pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap
tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi. Oʻquvchilar gapni yozganda
oʻqituvchi nuqta qoʻyishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta
qoʻyilmasa, xato hisoblanadi. Oʻquvchilar oʻqituvchi yordamida nima uchun nuqta
qoʻyish lozimligini tushuntiradilar. SHunday yoʻl bilan gapning oxiriga nuqta
qoʻyish koʻnikmasi shakllantiriladi. Soʻroq va undov belgilari bilan ham savod
oʻrgatish davridayoq tanishtiriladi. Bolalar soʻrash mazmunini bildirgan gaplarni
oʻqiydilar. Oʻquvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, yaʼni gapning
oxirida ovozni koʻtarish bilan oʻqishga oʻrgatiladi. Gapning mazmuni va
intonatsiyasi soʻroq belgisini qoʻyishni talab etadi. Undov belgisini qoʻyishni
oʻquvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda oʻqilishi bilan
bogʻlaydilar.
Oʻquvchilar 2-sinfda “Gap” boʻlimi mavzularini oʻrganish jarayonida nuqta,
soʻroq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar.
3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi.
SHu vaqtdan boshlab oʻquvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda
qoʻyilishini anglay boshlaydilar.“Darak gap” mavzusini oʻrganish bilan bogʻliq
holda nuqta qoʻyilishi, “Soʻroq gap” mavzusi bilan bogʻliq holda soʻroq belgisi va
“Undov gap” mavzusini oʻrganish bilan bogʻliq holda undov belgisining qoʻyilishi
oʻrgatiladi.
4-sinfda
oʻquvchilar
“Gapning uyushiq boʻlaklari”
mavzusi
2 Qosimova K., Matjonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. –T.:
Noshir, 2009. – 163 b.
9
oʻrganilganda sanash ohangi bilan bogʻlangan boʻlaklarda vergulning vazifasi bilan
tanishadilar. Oʻqituvchi ikki gapni oʻqib taqqoslash bilan nuqta va vergulda
ohangning qanday berilishini koʻrsatadi. Masalan, Biz ona tilimizni sevib
oʻrganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men, Raʼno, Alisher
boshqa tillarni ham sevib oʻrganyapmiz (Men, Raʼno, Alisher soʻzlaridan soʻng
ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom etishi seziladi).Oʻquvchilar uyushiq boʻlakli
gap tarkibidagi uyushiq boʻlaklarning ammo, lekin, biroq soʻzlari bilan
bogʻlanganda vergulning ishlatilishini ham amaliy oʻrganadilar. Boshlangʻich
sinflarda oʻquvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali tire va ikki nuqtaning
ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod oʻrgatish davridayoq oʻqituvchi
oʻquvchilar eʼtiborini vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni
oʻqiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni oʻrgatadi. Masalan, Olma, olcha, nok
– meva. Kitob – bilim bulogʻi. Ona tili darslarida soʻzlarni guruhlash mashqlarini
bajarganda, oʻqituvchi 1-sinf oʻquvchilarini tire va ikki nuqtaning qoʻyilishi bilan
amaliy tanishtiradi. Oʻqituvchi aniq misollar bilan sanab koʻrsatilgan soʻzlardan
oldin ikki nuqta qoʻyilishini, har bir soʻzning vergul bilan ajratilishini koʻrsatadi.
Bunda oʻquvchilar tinish belgining nomini aytadilar, oʻqituvchi eslatmasa ham,
ulardan asta-sekin foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion
xatoning ham oldi olinadi. SHunday qilib, oʻqituvchi oʻquvchilarda punktuatsion
ziyraklikni oʻstirib boradi. Oʻquvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini toʻla
singdirish, ularni tinish belgilarini oʻz oʻrnida ongli ishlatishga oʻrgatish maqsadida
sintaktik punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli
tinish belgilarini qoʻyish, taʼkidi eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish
belgilarining ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Ona tili
darslarini oʻqish darslari bilan bogʻlash sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida
ishlashning metodik shartlaridan biri hisoblanadi. Oʻquvchilar bu darslarda sintaksis
sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali oʻqish, soʻzni aniq ishlatish, oʻz
fikrlarini grammatik toʻgʻri shakllantirishga oʻrganadilar. SHunday qilib,
boshlangʻich sinf oʻquvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari ogʻzaki va
yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni taʼminlaydi. Ona tili darslarida
10
oʻquvchilarni grammatik tushunchalar bilan tanishtirish jarayonida ularda toʻgʻri
yozuv malakasi ham shakllantiriladi va imlo qoidasini oʻzlashtirishga asos solinadi.
Imlo qoidalari bir soʻznigina emas, balki umumiylik mavjud boʻlgan butun soʻzlar
guruhining yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har
bir soʻzni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan
meʼyorga muvofiq butun soʻzlar guruhini yozish imkonini yaratadi. SHuning uchun
har bir darsda imlo ustida ishlash muhim vazifa sanaladi. Tushunmagan
oʻquvchilarga qoshimcha darslar tashkil qilib tushuntirish kerak va tinish
belgilarining yozuvdagi ahamiyatining juda katta ekanligini har bir darsda eslatib
oʻtish kerak.3
Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinf oʻquvchilaridan diktant ishi
olayotganida oʻzlari mustaqil ravishda tinish belgilarini qoʻya olishi uchun qaysi
belgida qanday pauza qilish kerakligini eslatib oʻtishi lozim. Koʻpchilik oʻquvchilar
tinish belgilarini qoʻyish vaqtida oʻqituvchining har tinish belgi duch kelganida
qilinadigan pauzasiga qarab adashib ketishadi, shuning uchun har bir oʻqituvchi
tinish belgi qoʻyiladigan oʻrinda pauza qilishni va nuqtada pauza koʻproq boʻlishini
vergulda qisqa boʻlishini diktant ishi boshlanmasidan avval takroran tushuntirib
oʻtishi zarur. Hattoki, misollar bilan keltirib oʻtilsa, oʻquvchilarga yanada osonroq
boʻladi.
3 Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. T.: “Aloqachi”, 2006.
11
1.2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatishning
umumiy nazariy asoslari
Punktuatsiya ham yozuv kabi, kishilar orasidagi aloqaning muhim
vositalaridan biri sanaladi. Boshlangʻich sinflarda toʻrtta tinish belgi: gap oxirida
nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi hamda uyushiq boʻlakli gaplarda vergulning
ishlatilishi haqidagi qoidalar oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻrgatiladigan tinish
belgilari kam boʻlishiga qaramay, oʻqituvchi har bir sinfda punktuatsiya ustida
muntazam ish olib borishi zarur, chunki tinish belgilari fikrni aniq va tez oʻqib
olishga hamda oʻzgalarga uqtirishga beradi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarni tinish belgilar bilan tanishtirishda oʻqituvchi,
avvalo, ularning yozma toʻgʻri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim
ekanini tushuntiradi.Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish
uchun gaplarga ajratilmagan yaxlit matn oʻqitiladi; oʻquvchilar bunday matnni
oʻqish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch
asos bir-biriga oʻzaro taʼsir etadi. Xat yozuvchi tinish belgisini qoʻyishda, avvalo,
bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. 1-sinf oʻquvchilariga savod
oʻrgatish davridayoq nuqta, soʻroq belgisi va undov belgisi bilan amaliy
tanishtiriladi. Bolalar hali “Alifbe” oʻqimasalar ham, rasmga qarab gap tuziladi.
Oʻqituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan toʻxtam (pauza) bilan ajratilishini,
gapning oxirida pasayishini tushuntiradi.4
Bolalar, oʻqituvchi topshirigʻiga koʻra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga
ajratadilar va ular oʻrtasidagi toʻxtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi
tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni toʻgʻri talaffuz
qilishini oʻrgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qoʻyilishi bilan tanishtirish
uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni oʻqishga oldindan
tayyorlash uchun grafik sxemadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar,
undagi soʻzni sanaydilar va oʻqituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar: Biz
ertakni sevamiz (.). Yana boshqa gap tuzib, uni ham chiziqcha bilan belgilaydilar:
4 Yoʻldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2004.
12
Qovun pishdi (--------- ------------.). Oʻqituvchi quyidagi mazmunda
tushuntiradi: Ogʻzaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza bilan ajratamiz. (har bir
gapni talaffuz qilib koʻrsatadi).Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni
pasaytirish va pauza qilish kerakligini koʻrsatish uchun alohida belgi-nuqta
ishlatiladi. Bir necha darsdan soʻng oʻquvchilar gaplarni oʻqiy boshlaydilar. Ular
nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap
tuzishda albatta nuqtali kartochkadan foydalaniladi. Oʻquvchilar gapni yozganda,
oʻqituvchi nuqta qoʻyishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta
qoʻyilmasa, xato hisoblanadi. Oʻquvchilar oʻqituvchi yordamida nima uchun nuqta
qoʻyish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yoʻl bilan gapning oxiriga nuqta
qoʻyish koʻnikmasi shakllantiriladi.Soʻroq va undov belgilari bilan ham savod
oʻrgatish davrida tanishtiriladi. Bolalar soʻrash mazmunini bildirgan gaplarni
oʻqiydilar. Oʻquvchilar bunday gaplarni ohangi rioya qilgan holda, yaʼni gapning
oxirida ovozni koʻtarish bilan oʻqishga oʻrgatiladi. Gapning mazmuni va ohangi
soʻroq belgisini qoʻyishni talab etadi. Undov belgisini qoʻyishni oʻquvchilar gapning
his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda oʻqilishi bilan bogʻlaydilar.
Oʻquvchilar II-sinfda «Gap» boʻlimi mavzularini oʻrganish jarayonida
nuqta, soʻroq belgisi va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. III-
sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. Shu
vaqtdan boshlab ular oʻquvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda
qoʻyilishini anglay boshlaydilar.5
“Darak gap” mavzusini oʻrganish bilan bogʻliq holda nuqta qoʻyilishi,
“Soʻroq gap” mavzusi bilan bogʻliq holda soʻroq belgisi va “Undov gap” mavzusini
oʻrganish bilan bogʻliq holda undov belgisining qoʻyilishi oʻrgatiladi. IV-sinfda
oʻquvchilar “Gapning uyushiq boʻlaklari” mavzusi oʻrganilganda sanash ohangi
bilan bogʻlangan boʻlaklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar. Oʻqituvchi ikki
gapni oʻqib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini
koʻrsatadi. Masalan, biz oʻz ona tilimizni sevib oʻrganamiz.
5 Qosimova K., Matjonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. –T.:
Noshir, 2009. – 163 b.
13
(Gap oxirida ovoz pasayadi. Pauza qilinadi.) Toza, tiniq, kumush suv orom
berar barchaga (Toza, tiniq soʻzlaridan soʻng ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom
etishi seziladi). Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali
tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod oʻrgatish
davridayoq oʻqituvchi oʻquvchilar eʼtiborini vergul, tire, ikki nuqtaning
ishlatilishiga qaratadi, matnni oʻqiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni
oʻrgatadi. Masalan, olma, olcha, non-meva. Kitob –bilim bulogʻi, oʻquvchining
oʻrtogʻi. Ona tili darslarida soʻzlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, oʻqituvchi
I-sinf oʻquvchilarini tire va ikki nuqtaning qoʻyilishi bilan amaliy tanishtiradi.
Oʻqituvchi aniq misollar bilan sanab koʻrsatilgan soʻzlardan oldin ikki nuqta
qoʻyilishini har bir soʻzning vergul bilan ajratilishini koʻrsatadi. Bunda oʻquvchilar
tinish belgining nomini aytadilar, oʻqituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin
foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi
olinadi.6 Shunday qilib, oʻqituvchi oʻquvchilarda punktuatsion ziyraklikni oʻstirib
boradi. Dasturga koʻra bu sinfda oʻquvchilar qoʻshma gap bilan ham tanishtiriladi,
elementar oʻrgatiladi. Buning uchun sodda gap bilan qoʻshma gap taqqoslanadi va
bolalar qoʻshma gapning ayrim xususiyatlari, xususan, bunday gaplarda ikki qism
mavjudligi bilan tanishadilar:1) qoʻshma gap ikki mustaqil qism (sodda gap ) dan
tuziladi: Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. (Maqol). Tong hali yorishmagan,
lekin yulduzlar ancha siyraklashgan edi. (Oybek); 2) Qoʻshma gapda bir qism
ikkinchisiga ergashadi (tobelanadi): Hamma ahil boʻlib ishladi, shuning uchun ish
tez bitdi. Oʻquvchilar qoʻshma gap tarkibidagi har bir gapning ega va kesimini
topadilar hamda qoʻshma gap ikki gapdan tuzilishiga ishonch hosil qiladilar.
Oʻquvchilarga qoʻshma gapni oʻrgatish bilan bogʻliq holda, ammo, lekin, biroq
bogʻlovchilari yordamida tuzilgan bogʻlangan qoʻshma gaplarda, shuning uchun
bogʻlovchisi yordamida bogʻlangan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda (atamalar
berilmaydi) vergulning ishlatilishi tushuntiriladi.
6 Qurbonova O.,Davletova A. Oʻquvchilarning nutq madaniyati va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish.
"Scientific progress"; Volume 3/issue 5/2022
14
II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINING
ISHLATILISH OʻRNINI OʻRGATISHDA ZAMONAVIY TAʼLIM
METODLARIDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI
2.1. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlarining oʻrni va ahamiyati
Oʻquvchilarga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli
mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning
aniqlashicha, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻqituvchining oddiy tushuntirishi
orqali egallab olgan maʼlumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali
oʻzlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida oʻzlashtirilgan
bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki oʻquvchi mustaqil mashqlarni
bajarishda faoliyat koʻrsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda koʻplab oʻquv
materiallarini hayolidan oʻtkazadi. Oʻxshash hodisalarni taqqoslaydi. Oʻzicha
mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. Oʻqituvchilarning tayyor holda bergan
maʼlumotida esa oʻquvchi fikrlash faoliyati toʻla ishga kirishmasdan toʻgʻri javobni
oʻzlashtirib oladi. Oʻxshash hodisalarga duch kelishi bilan oʻqituvchi bergan bilimni
amaliyotga tatbiq qilishda qiynalib qoladi.
Milliy oʻquv dasturi va amaldagi maktab dasturlarida oʻquvchi egallashi
lozim boʻlgan materiallar ancha murakkab boʻlib, bolalarning bu bilimlarni
bosqichma – bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini
taqozo etadi. Bugungi milliy oʻquv dasturi va taʼlim tizimi boshlangʻich sinf
oʻqituvchilari oldiga oʻta masʼuliyatli vazifalar yuklamoqda.
Oʻqituvchi har bir oʻtilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashgʻulotlarni
ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli
foydalanishi zarur. Mashgʻulotlarni shunday tashkil etish kerakki, oʻquvchi har bir
dars davomida egallashi lozim boʻlgan bilimlar hajmini, oʻzida hosil qiladigan
koʻnikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu oʻz navbatida
oʻquvchining mashgʻulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi.
Chunki oʻquvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish
imkoniyatiga ega boʻlishi zarur. Albatta, boshlangʻich sinf oʻquvchisiga bilim
15
berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashgʻulotlarni dars jarayoniga
singdirishni talab qiladi. Bunda oʻqituvchining dars uchun oldindan puxta
tayyorgarlik koʻrishi va darsda foydalanadigan usullari bolalarning mustaqil
ishlashiga qaratilishi zarurdir. Chunki oʻquvchi mustaqil mashqlarni bajarishda
faoliyat koʻrsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda koʻplab oʻquv
materiallarini hayolidan oʻtkazadi. Oʻxshash hodisalarni taqqoslaydi. Oʻzicha
mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. Oʻqituvchilarning tayyor holda bergan
maʼlumotida esa oʻquvchi fikrlash faoliyati toʻla ishga kirishmasdan toʻgʻri javobni
oʻzlashtirib oladi. Oʻxshash hodisalarga duch kelishi bilan oʻqituvchi bergan bilimni
amaliyotga tatbiq qilishda qiynalib qoladi. 7
Milliy oʻquv dasturi va amaldagi maktab dasturlarida oʻquvchi egallashi
lozim boʻlgan materiallar ancha murakkab boʻlib, bolalarning bu bilimlarni
bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini
taqozo etadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida darslarning tashkil etilishi boshlangʻich
sinf oʻquvchilarni oʻzi bajarayotgan mashgʻulotga nisbatan ongli munosabatda
boʻlishga oʻrgatadi. Oʻquvchi har bir mashgʻulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga
soladi, darsda ilgʻorlikka, gʻalaba qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida juda
muhim oʻrin turadi. Shu davrda u atrof-muhit va kishilar mehnati, maktab-maorif
haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha oʻyin bilan band boʻlib, erkin faoliyat koʻrsatib
yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonun-qoidalariga moslashishi,
belgilangan tartib asosida mashgʻulotlarga oʻz vaqtida qatnashishi oson kechmaydi.
Shu tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar oʻyin bilan bogʻliq darslarda juda faol
qatnashadi. Biz oʻqituvchilar buni hisobga olib, darslarga oʻyin elementlarini
kiritishimiz va undan taʼlim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalanishimiz
lozim.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan bilimlarning oʻzlashtirib
olinishiga erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim.
7 Рахматуллаева Л.И. Методика преподавания родного языка родного языка. Учебное пособие. – T.:
“Молия-Иктисод”, 2007.
16
Bu oʻrinda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati juda
kattadir. «Tasavvur qiling, bola maʼlum amaliy va ruhiy tayyorgarlikdan keyin
maktab oʻquvchisi boʻladi. Uning vazifasi oʻzgaradi. Bir kecha – kunduzda oʻrtacha
4 soat taʼlim oladi. Kechagi oʻyinqaroq bola bugun 40 – 45 daqiqa davomida
diqqatini bir joyga joylab, oʻqituvchi bilan muloqotda boʻladi. Oʻquv axborotini
qabul qiladi va idrok etadi. Ana shu vaqtda oʻqituvchi loqayd, masʼuliyatsizlik qilsa,
uning bu holati ota-onalarning holati bilan hamohang boʻlib qolsa, ota-ona ham
yordam berishdan ojiz, nazorat qilishga «vaqti yoʻq» boʻlsa, oʻsha oʻquvchilar boʻsh
oʻzlashtiruvchi, tartibsiz yomon oʻquvchilarga aylanadilar. Oʻz kasbining mohir
ustasi boʻlgan fidokor oʻqituvchi ana shu paytda oʻquvchilarni qoʻlga oladi, ularning
mehrini, ishonchini qozonadi: oʻquv mashgʻulotlariga qiziqish uygʻotadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, davlatimiz tomonidan taʼlim tizimini
takomillashtirishga boʻlgan eʼtibor, bu ulugʻ xalqimiz, kelajagimiz va ertangi
kunimizga boʻlgan eʼtibordir. Kelajagimiz vorislari boʻlgan yosh avlodning
mustahkam bilim olishlari, olgan bilimlarini kundalik faoliyatda qoʻllay
olishlariga,komil insonlar boʻlib voyaga еtishlariga imkoniyatlar yaratishimiz,
taʼlim tizimiga boʻlgan eʼtiborning yaqqol namunasidir. Bu esa buyuk kelajagimizga
boʻlgan ishonch garovidir. 8
Boshlangʻich sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsliklariga kiritilgan
muayyan mavzular oʻquvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi,
dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida toʻgʻri shakllantirishga
qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga koʻra, oʻqish darslarining еtakchi xususiyati
oʻquvchilarning savodxonligini taʼminlash bilan birga, oʻquvchilarni milliy mafkura
asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlangʻich
sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng
boʻlib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy
bayram sanalari, milliy istiqlol va maʼnaviyat kabi umumiy mavzular doirasida
birlashtirilgan. Oʻqish darslari uchun tanlangan mavzular oʻquvchilarga kundalik
8 Qosimova K., Matjonov S., Gʼulomova X., Yoʼldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʼqitish metodikasi. –T.:
Noshir, 2009. – 163 b.
17
hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar boʻyicha ham bilim va
tarbiya berishni koʻzda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, maʼnaviyat va tabiat
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan koʻzlangan maqsad oʻzlikni
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq tuygʻularni uygʻotishdir.
Uzluksiz taʼlimning boshqa bosqichlaridan farqli oʻlaroq, boshlangʻich
sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirish, asar
matni ustida ishlash taʼlimning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi
matnlar ustida ishlash orqali maʼnaviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan
chambarchas bogʻlab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan
matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, oʻquvchilarning
bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Oʻquvchilar
darsliklar
yordamida
oʻzlashtiriladigan
bilim,
koʻnikma
va
malakalarining kelajak hayotda zarur boʻlishini tushunib еtishishlariga erishish
oʻqituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini
rivojlantiruvchi texnologiyalarni qamrab olgan quyidagi didaktik oʻyinlardan
foydalanish maqsadga muvofiq.
“Assotsiatsiyalar”metodi
Taʼrifi: Oʻquvchilarning har bir guruhiga boʻlajak mavzuni oʻrganish bilan
bogʻliq boʻlgan soʻz yoki gap yozilgan plakat beriladi. Uning quyiga oʻquvchilar ana
shu soʻz yoki gap ularning koʻzlari oldida gavdalantiradigan tasavvurlarini yozib
qoʻyadilar. Masalan: plakatda vertikal yoʻnalish boʻyicha tanlangan mavzu bilan
bogʻliq boʻlgan tushuncha yoziladi. Ushbu soʻzning har bir harfiga ishtirokchilar oʻz
tasavvurlarini bayon qiladilar va yozadilar. Masalan:
M – muammo, muloqot, mantiq, misol, masala…
U – uddalamoq, uzluksiz, uygʻunlashtirmoq….
N – nazariya, najot, navbahor, nafosat…
O – oqilonalik, omil, omma, ong…
Z – zimma, zukko, zamon, zarar, ziynat…
A – axborot, agrotexnika, ajoyibot, avaylash…
R – reja, ravnaq, ragʻbat, raqam, rahnamo…
18
A – ahamiyat, ahvol, aql, ahillik, afzallik…
Turli guruhlarda boʻlajak mavzuni oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan har xil
soʻzlar boʻlgani maqsadga muvofiqdir. Barcha plakatlar ilib qoʻyiladi, oʻqib
eshittiriladi, lekin izohlab berilmaydi.
Foydalanish doiralari
Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida
Afzalliklari
Mulohaza yuritish jarayoniga barcha oʻquvchilar fikrini jalb qilish,
ishtirokchilarning emotsional holati.
Qiyinchiliklari
Aniqlanmagan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Taʼrifi: Taʼlim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik
guruhlarga ajratgan holda oʻquv materialini oʻrganish yoki berilgan topshiriqni
bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qoʻllanilganda taʼlim oluvchi
kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida
boʻlishga, bir-biridan oʻrganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega
boʻladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qoʻllanilganda taʼlim beruvchi boshqa
interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega boʻladi. Chunki
taʼlim beruvchi bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi
va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
keltirilgan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yoʻnalishi aniqlanadi. Mavzu boʻyicha bir-biriga bogʻliq boʻlgan
masalalar belgilanadi. 2. Kichik guruhlar belgilanadi. Taʼlim oluvchilar guruhlarga
3 – 6 kishidan boʻlinishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Taʼlim beruvchi tomonidan aniq koʻrsatmalar beriladi va yoʻnaltirib
turiladi.
19
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
- oʻqitish mazmunini yaxshi oʻzlashtirishga olib keladi;
- muloqotga kirishish koʻnikmasining takomillashishiga olib keladi;
- vaqtni tejash imkoniyati mavjud; — barcha taʼlim oluvchilar jalb etiladi;
- oʻz-oʻzini va guruhlar aro baholash imkoniyati mavjud boʻladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
- baʼzi kichik guruhlarda kuchsiz taʼlim oluvchilar boʻlganligi sababli kuchli
taʼlim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
- barcha taʼlim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past boʻladi; —
guruhlar aro oʻzaro salbiy raqobatlar paydo boʻlib qolishi mumkin; — guruh ichida
oʻzaro nizo paydo boʻlishi mumkin.
“Impuls – plakat” metodi
Taʼrifi: Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak
boʻladi.
1. Stollarning ustiga oxirigacha еtkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar
qoʻyilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan koʻproq ..... qiziqtiradi», «Men shuni
aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qoʻllayman»,
«Ushbu mavzuni oʻrganish jarayonida men.... erishdim»,9 «Men ..... toʻgʻrisida
koʻproq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab boʻldi», «Menga
.....yoqdi».
2. Iloji boʻlsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab
tursin.
3. Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va koʻrib chiqib, boshlab
qoʻyilgan fikrlar ustida oʻylab koʻrish va shu plakatlarning oʻzida davom ettirib
oxirigacha еtkazish taklif etiladi.
9 Qosimova K., Matjonov S., Gʼulomova X., Yoʼldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʼqitish metodikasi. –T.:
Noshir, 2009. – 163 b.
20
4. Taxminan 15 daqiqadan soʻng plakatlar ilib qoʻyiladi. Fikrlar eshittirib
oʻqiladi, kerak boʻlsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar oʻz
fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim boʻlib qolishni oʻzlari hal qiladilar.
Foydalanish doiralari
Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida, oʻquvchilarning bilimlari,
qiziqishlari hamda bogʻlanishli nutqini tekshirish va aniqlash uchun.
Agar oʻquvchilardan ularning qiziqishlari va qiyinchiliklari toʻgʻrisida
soʻrab, lekin kelgusida bu maʼlumotlarni eʼtiborga olmasangiz, ular oʻzlarini
qandaydir soʻroq qilingan, biroq jiddiy qabul qilinmagan odamlardek sezishlari
mumkin.
Oʻqituvchi faoliyatida oʻz-oʻzini faollashtirish, oʻz ijodkorligi, oʻz-oʻzini
bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa
oʻqituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik
kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tugʻdirishdir. Muloqotning
yangi vaziyati – bu oʻqituvchining oʻz mustaqillik mavqeyini, dunyoga, pedagogik
fanga, oʻziga boʻlgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. Oʻqituvchi oʻz
nuqtayi nazarlariga oʻralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari
orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda oʻqituvchining fikrlash
usullari, aqliy madaniyati oʻzgarib boradi, hissiy tuygʻulari rivojlanadi. Keyingi
sharti – bu oʻqituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. Oʻqituvchining
innovatsion faoliyati voqelikni oʻzgartirishga, uning muammolari va usullarini
yechishni aniqlashga qaratilgandir.
Oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi muloqot namunasining oʻzgarishi,
innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, anʼanalarda
boʻlganidek, qistovlar, hukmga boʻysunish kabi unsurlardan holi boʻlishi lozim.
Ular tenglarning hamkorligi, oʻzaro boshqarilishi, oʻzaro yordam shaklida qurilgan
boʻlishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu oʻqituvchi va
talabaning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar
bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatning ongli tahlili; meʼyorlarga nisbatan tanqidiy
yondashuv; kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; dunyoga ijodiy yaratuvchilik
21
munosabatida boʻlish; (oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, oʻz turmush tarzi va
intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish). Demak, oʻqituvchi yangi
pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab
chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targʻibotchisi sifatida namoyon
boʻladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va taʼlim taraqqiyoti sharoitida oʻqituvchi
innovatsiya faoliyatiga boʻlgan zaruriyat quyidagilar bilan oʻlchanadi: ijtimoiy-
iqtisodiy
yangilanish
taʼlim
tizimi,
metodologiya
va
oʻquv
jarayoni
texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda oʻqituvchining
innovatsiya
faoliyati
pedagogik
yangiliklarni
yaratish,
oʻzlashtirish
va
foydalanishdan iborat boʻladi; mazmunini insonparvarlashtirish, doimo oʻqitishning
yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; pedagogik
yangilikni oʻzlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan oʻqituvchining munosabati
xarakteri oʻzgarishi.
Oʻqituvchining
innovatsion
faoliyati
tahlili
yangilik
kiritishning
samaradorligini belgilovchi muayyan meʼyorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunday meʼyorlarga – yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik,
ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qoʻllash imkoniyatlari kiradi Yangilik
pedagogik yangilik meʼyori sifatida oʻzida taklif qilinadigan yangini, yangilik
darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qoʻllanish
mashhurligi darajasi va sohasiga koʻra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq,
shartli, subyektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik meʼyori oʻqituvchi va
talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik oʻqituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Maktab – bolalarning dastlabki bilim oladigan maskani ekanligi
barchamizga maʼlum. Shu bois, taʼlim-tarbiyaning aynan maktab davridan qattiq
nazorat ostiga olinishi katta ahamiyatga ega.
Oʻquvchilarning har bir fanni mukammal oʻzlashtirishi ertangi kunning еtuk
mutaxassislari boʻlib еtishib chiqishida muhim oʻrin tutadi. Oʻquvchilarning darsga
boʻlgan eʼtibor va intilishlarini shakllantirish oʻqituvchi oldidagi dolzarb, ayni
paytda muqaddas vazifadir.
22
Maktab oʻquvchilarining har bir fanni puxta oʻzlashtirishi, еtarli koʻnikma
va bilimlarga ega boʻlishida oʻqituvchidan ijodkorlik va albatta chuqur bilimdonlik
talab etiladi. Oʻqituvchi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan har bir darsga puxta
tayyorgarlik koʻrish va uni namunali darajada tashkil etish bugungi kun oʻquvchisini
taʼlim jarayonining faol subyektiga aylantiradi. Deyarli barcha oʻqituvchilar
kundalik dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning qaysidir shakliga
murojaat qiladi. Bu jarayon, oʻz navbatida, oʻquvchida darsga boʻlgan
muhabbatining uygʻonishiga, qiziqish va intiluvchanlik xislatlarining yuzaga
chiqishiga turtki beradi. Didaktik-taʼlimiy oʻyinlarning asosiy turlari: Intellektual
(aqliy), harakatli va aralash oʻyin turlari. Fanlarning oʻqitish sifatini oshirish va
oʻquvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, oʻlchash,
yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish,
guruh
yoki
jamoa
tarkibida
ishlash
koʻnikmalarini
shakllantirishga
yoʻnaltirilganligi. Oʻyinlar mohiyatiga koʻra, bir necha turlarga boʻlinadi. Biz dars
mobaynida bularni qoʻllaymiz.
Oʻyinda ishtirok etuvchilar soniga koʻra didaktik-taʼlimiy oʻyin turlari:
Individual oʻyinlar, Guruhli oʻyinlar, Ommaviy oʻyinlar, Syujetli rolli oʻyinlar,
Ijodiy oʻyinlar, Ishbilarmonlar oʻyini, taʼlimiy mashqlar. Oʻquvchilar faoliyatiga
koʻra turlari: oʻquvchi faoliyatini oʻzlashtirishni talab etadigan oʻyinlar, bilimlar
mustaqil qoʻllaniladigan oʻyinlar, zakovatni rivojlantiruvchi oʻyinlar. Didaktik
maqsadiga koʻra: Taʼlim-tarbiya beruvchi oʻyinlar, Bilimlarni mustahkamlovchi
oʻyinlar, Oʻquv materialini takrorlovchi oʻyinlar, Bilimlarni nazorat qiluvchi
oʻyinlar. Oʻqituvchi oʻrni bilan ulardan foydalansa, muvaffaqiyatlarga erishib,
oʻquvchilarning eʼtiboriga tushishi aniq.
Taʼlimning taʼsirchanligi haqida oʻylash muallimning faoliyatiga mezon
boʻlishi kerak.
23
2.2. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullari
Hozirgi zamon yozuvini punktuatsiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki
punktuatsiya milliy til yozuvining tarkibiy qismi boʻlib, yozuv «notasi» hisoblanadi.
Tinish bеlgilari yozuvda maʼlum maʼno va vazifada – aniq bir maqsadda ishlatiladi.
Grammatik jihatdan bir xil shakllangan va bir xil lеksik vositalarga ega boʻlgan
quyidagi bеsh gapni olib koʻraylik, bularda bеsh xil maʼno ifodalanganligi tinish
bеlgilaridan bilinadi. Masalan:
1. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz. (Xabar maʼnosi)
2. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz? (Soʻroq maʼnosi)
3. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz! (Undov maʼnosi)
4. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz... (fikrning boʻlinishi)
5. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz!.. (Kuchli emotsiya – sеvinch – fikrning
boʻlinishi maʼnosi)
Punktuatsiya termini lotincha ― “punctum” soʻzidan olingan boʻlib, aslida
nuqta, oʻrin, joy tushunchalari bilan bogʻlangan boʻlsa ham, tilshunoslikda nutq
oqimidagi intonatsion-prasodik toʻxtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli
belgilar yigʻindisini (tinish belgilarini) anglatadi. Punktuatsiya tilshunoslikning bir
sohasi boʻlib, tinish belgilari (punktogramma) va ularning qoʻllanish qonun-
qoidalarini oʻrgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika)ning uzviy
qismi boʻlib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar,
diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin boʻlmagan
tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni
ixchamlashda,
gap
qismlarining
oʻzaro
logik-grammatik
munosabatlarini
koʻrsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan,
yozuvchiga oʻz yozma nutqini aniq, toʻgʻri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa,
ikkinchi tomondan, oʻquvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek,
yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi
24
Demak, tinish belgilari ―Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun
qoʻllaniladi» (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish
belgilarining oʻrinli qoʻllanmasligi maʼlum bir sintaktik qurilmani ham mazmun,
ham tuzilishi jihatidan oʻzgarib ketishiga olib keladi. Masalan, Afandi podshoga
qarab: Siz ahmoq odam emassiz, – dedi (latifa) gapida ahmoq soʻzidan keyin pauza
berilib (tire yoki vergul qoʻyilib) oʻqilsa, gap podshoning aqlliligi haqida emas, balki
uning ham ahmoq, ham yomon odamligi haqida boradi.
Qir-adirda lola gullar ochilgan (U.) gapida lola soʻzidan keyin vergul
qoʻyilmasa, faqat lolalar ochilganligi; vergul qoʻyilsa, loladan tashqari boshqa gullar
ham ochilganligi anglashiladi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda oʻqituvchi,
avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilish oʻrnini koʻrsatadi. Tinish belgisi fikrni
toʻgʻri, mantiqli, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini
tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun
gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qoʻyilmagan) yaxlit matn oʻqitiladi;
oʻquvchilar bunday matnni oʻqish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch
hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidalarga
asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga oʻzaro taʼsir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini
qoʻyishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning
mazmun tomoni gapning qurilishiga ham taʼsir qiladi. Shuning uchun oʻquvchilarga
tinish belgilarining qoʻllanilishini oʻrgatishda biror gapda tinish belgilarini toʻgʻri
qoʻllashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar. Boshlangʻich sinflarda toʻrtta tinish
belgisi: gap oxirida nuqta, soʻroq, undov belgisi hamda uyushiq boʻlakli, undalmali
gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinflarda
oʻrgatiladigan tinish belgilari kam boʻlishiga qaramay, oʻqituvchi har bir sinfda
tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur.
1-sinf oʻquvchilari savod oʻrgatish davridayoq nuqta, soʻroq va undov belgilari
bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar «Alifbe» oʻqimasalar ham, rasmga qarab gap
tuzadilar. Oʻqituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan toʻxtam (pauza) bilan