Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining umumiy tavsifi: tana shakli va yakka yashovchi vakillarini simmetriyasi; koloniyalar shakli; skelet; muskulatura va harakatlanish; nerv tizimi; knidotsitlar va knidalar; interstitsial hujayralar
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
485,3 KB
Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining umumiy tavsifi: tana shakli va yakka
yashovchi vakillarini simmetriyasi; koloniyalar shakli; skelet; muskulatura va
harakat-lanish; nerv tizimi; knidotsitlar va knidalar; interstitsial hujayralar;
ovqat hazm qilish tizimi, oziqlanish va ichki transport; gaz almashinuvi va
ayirish; ko’payish va rivojlanish
R E J A
1. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining umumiy tavsifi.
2. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining tana shakli va yakka yashovchi vakillarini
simmetriyasi.
3. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining ovqat hazm qilish tizimi, oziqlanish va ichki
transporti.
4. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining gaz almashinuvi va ayirish, ko’payish va
rivojlanishi.
Bo’shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko’pchilik turlari dengizlarda,
ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O’troq, erkin, yakka xolda yoki koloniya
bo’lib yashaydi. Tanasi radial o’qli simmetriyaga ega. Tanasi orqali bitta asosiy o’q
o’tkaziladigan bo’lsa, tana organlari ana shu o’q atrofidagi radial nurlar bo’ylab
joylashadi. Radial simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga bog’liq.
Organlar soniga binoan hayvonlar 2,4,6, 8 yoki undan ko’proq simmetriya yuzasiga
ega bo’lishi mumkin. Biologik nuqtai nazardan nurli simmetriyaning kelib chiqishi
o’troq yoki suv tubiga yopishib yashash bilan bog’liq. Bunday hayvonlar tanasining
bir qutbi odatda yopishish uchun xizmat qiladi, ikkinchi qarama- qarshi qutbi erkin
bo’lib, unda og’iz teshigi joylashgan. Og’iz teshigi atrof-muhitga nisbatan bir xil
sharoitda bo’lganligi (masalan o’ljani ushlash nuqtai-nazardan) tufayli ko’pchilik
organlar bir xil rivojlanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bo’shliqichlilar - ikki qavatli
hayvonlar. Ontogenezda ulaming tanasida faqat ikki qavat, ya’ni tashqi ektoderma
va ichki endoderma hosil bo’ladi. Bu ikki qavat mezogleya parda orqali ajralib
turadi. Ular tanasini odatda bir uchi ochiq, ichi bo’sh qopga o’xshatish mumkin.
Og’zi bir necha paypaslagichlar bilan o’ralgan. Ozig’i tana bo’shligida hazm
bo’ladi, hazm bo’lmagan oziq qoldig’i yana og’iz teshigi orqali chiqariladi.
Embriologiya nuqtai-nazardan bo’shliqichlilar tanasini gastrulaga qiyoslash
mumkin.
Hayot kechirish xususiyatiga binoan bo’shliqichlilar o’troq yashovchi poliplarga
va erkin yashovchi meduzalarga ajratiladi. Poliplar odatda koloniya hosil qiladi,
meduzalar esa erkin yashaydi. Lekin poliplar orasida ham yakka yashovchi va sekin
harakatlanuvchi vakillari bo’ladi. Poliplar koloniyasi yakka polipni kurtaklanishi,
lekin kurtaklarni ajralib ketmasdan ona organizmida qolishi tufayli hosil bo’ladi.
Koloniya bir xil poliplardan (monomorf koloniya) yoki har xil poliplar (polimorf)
bo’lishi mumkin. Hamma bo’shliqichlilaming otuvchi hujayralari bo’ladi.
Bo’shliqichlilar tipi gidrozoylar, ssifomeduzalar va korall poliplar sinflariga
ajratiladi.
GIDROZOYLAR (HYDROZOA) SINFI
Gidrozoylar 2800 ga yaqin tuban bo’shliqichlilarni,o’z ichiga oladi. Ularning tana
bo’shlig’ida to’siqlar bo’lmaydi; hujayralari kam ixtisoslashgan; halqumi
rivojlanmagan. Nerv hujayralari tanasida tarqoq joylashgan. Jinsiy hujayralari
ektodermada hosil bo’ladi. Ko’pchilik turlari hayot siklida polip va meduza davrlari
ketma-ket almashinib turadi. Biroq polip yoki meduza stadiyasi hayot siklidan
tushib qolishi ham mumkin. Gidrozoylaming lichinkasi planula deyiladi. Chuchuk
suv poliplarining lichinkasi bo’lmaydi.
Ko’pchilik gidrozoylar dengizlarda koloniya bolib yashaydi. Gidrozoylar
gidroidlar va sifonoforalar kenja sinfiga ajratiladi.
Gidroidlar (Hydroidea) kenja sinfi
Tuzilishi. Gidroidlar orasida eng sodda tuzilgan chuchuk suv gidralari hisoblanadi.
Gidralaming tanasi cho ‘ziq qopcha yoki silindrga о’xshaydi, tanasining pastki
substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi. Tovonning qarama-qarshi uchida og’iz
teshigi joylashgan bo’lib, bu tomoni oral, tovon tomoni esa aboral (oral qutbga
qarama-qarshi) qutb deyiladi.
Gidra tanasi devori tashqi ektoderma va ichki endodermadan tuzilgan. Bu ikki
qavatni bazal parda ajratib turadi. Ektodyerma va endodyerma tana bo’shhg’ini
o’rab turadi. Bu bo’shliq gastral bo’shliqqa mos keladi. Gastral bo’shliq yagona
og’iz teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Og’iz teshigi atrofida 5-12 ta
paypaslagichlar joylashgan. Gastral bo’shliq ana shu paypaslagichlar ichida davom
etadi (33-rasm). Ektoderma va endoderma hujayralari og’iz teshigi chetida
tutashganidan gidroidlarda halqum (ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak)
bo’lmaydi. Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoyerma va
endodermada silindrsimon yoki kubsimon epiteliy-muskul hujayralar ko’p bo’ladi.
Ulaming bazal membranaga tegib turadigan dukka o’xshash cho’ziq tomonida
muskul tolalari bor. Tolalar gidra tanasi bo’ylab joylashgan; ular qisqarganida gidra
tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Endodermada muskul tolalari tanaga ko’ndalang
halqa shaklda joylashgan. Endoderma muskullari qisqarganida gidra tanasi
ingichkalashib uzayadi.
Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralar joylashgan. Otuvchi
hujayralar uch xil bo’ladi. Pinetrantlar deb ataladigan otuvchi hujayralar ichida
.
Gidra (Hydra oligactis): A -bo’yiga kesmasi. В - ko’ndalang kesmasi. D - tana
devorining bir qismi. E - epiteliy- muskul hujayrasi; 1 - ektoderma, 2 - endoderma,
3 - bazal membrana, 4 - gastral bo’shliq, 5 - epitelial-muskul hujayralar, 6 - oraliq
hujayralar, 7 - otuvchi hujayralar, 8-Nerv hujayrasi, 9-endodermal hujayralari, 10-
bezli hujayralar, 11 -og’iz, 12-og’iz konusi, 13 -kurtak, 14 - tovon, 15- tuxum
hujayra, 16 - erkaklik gonada.
otuvchi kapsulasi bor. Kapsula suyuqligida orqaga biroz egilgan ilmoqchali mayda
tukchalarga ega bo’lgan sanchiluvchi nayza - slilet bo’ladi. Otuvchi hujayra ustida
maxsus sezgir tukcha - knidotsel joylashgan. Knidotsel 18 ta barmoqsimon
o’simtalar - mikro- vorsinkalar bilan o’ralgan. O’lja yoki dushman xivchinga tegib,
ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib otuvchi hujayrani qo’zg’atadi. Otuvchi
kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga nayzaga o’xshab
sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola ichidagi nay orqali o’lja tanasiga oqib
o’tadi. Suyuqlik mayda hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan
otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o’rniga boshqasi hosil bo’ladi. Volventlar
deb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi kuydirish xususiyatiga
ega. Ulaming ipi o’lja tanasidagi tuklarga o’ralib qolib, uni ushlab turadi. Uchinchi
gumh otuvchi hujayralar glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Bu iplar
yordamida gidra harakatianadi yoki o’ljasini yopishtirib ushlab turadi. Otuvchi
hujayralar paypaslagichlarda ayniqsa ko’p bo’ladi. Ektodermadagi epiteliy - muskul
hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko’p mayda intyerstitsial (oraliq)
hujayralar to’p-to’p bo’lib joylashgan. Ular gidra tanasidagi boshqa hujayralarni,
jumladan otuvchi va jinsiy hujayralarni hosil qiladi.
Endoderma qavati asosan hazm qilish funksiyasiga ega bo’lgan epiteliy - muskul
va maxsus bez hujayralardan iborat. Bu hujayralarning muskul tolalari gidra
tanasiga nisbatan ko’ndalang joylashganligi yuqorida qayd etilgan edi. Endodyerma
hujayralari 1 -3 ta xivchinga ega: Ular soxta oyoqlar hosil qiladi va gastral
bo’shliqdagi zarralarni qamrab olib, hujayra ichida hazm qiladi. Shunday qilib,
bo’shliqichlilar ham g’ovaktanlilarga о’xshab oziq moddalami hujayra ichida hazm
qilish xususiyatiga ega.
Otuvchi hujayra. A - tinch holatda. В - otiluvchi iplari otilib chiqarilgan holati. D -
knidotselning tuzilishi:1- yadro, 2 - otuvchi kapsula, 3 - knidotsel, 4 - otiluvchi ip,
5- ilmoqchalar, 6 - xivchin, 7 - mikrovorsinkalar.
Sifonoforalar (Siphonophora) kenja sinfi
Sifonoforalar - suv yuzasida yoki suv yuzasi yaqinida suzib yuradigan, koloniya
bo’lib yashovchi poliplar. Ular - odatda suvi iliq dengizlarda tarqalgan.
Tuzilishi va ekologiyasi. Sifonoforalar koloniyasi polimorf bo’lib, uzunligi 1 -2
sm dan 2-3 m gacha yetadi. Tuzilishiga ko’ra sifonoforalarni ikki guruhga ajratish
mumkin. Bir xil sifonoforalar koloniyasida individlari asosiy poya bo’ylab
joylashgan bo’lib, umumiy gastrovaskulyar nay orqali o’zaro tutashgan. Boshqa
sifonoforalarning asosiy poyasi qisqargan bo’lib, individlar poyaning pastki
kengaygan uchida joylashgan.
Ko’pchilik sifonoforalar koloniyasining ustki qismida maxsus pufak -
pnevmatofor bo’ladi. Pnevmatoforning yuqori qismi gazga to’lgan, pastki qismida
gaz ishlab chiqaradigan bezlar joylashgan. Ba’zi sifonoforalar pnevmatoforida juda
yirik ochilib yopiluvchi teshikchasi bor Koloniya suv yuzasida suzib yurganida
pnevmatofor teshigi yopiq, uning ichi gazga to’lgan bo’ladi. Pnevmatofor
siqilganida undan gazlar chiqib ketib, koloniya suvga cho’kadi. Suv yuzasida doim
suzib yuradigan koloniyalaming pnevmatofori yirik, teshikchasi bo’lmaydi,
pnevmatofor bo’shlig’i mezogleya to’siq bilan bir necha qismga ajralgan bo’lib, suv
yuzasiga chiqib turadi. Pnevmatofor ustida S- ga o’xshash egilgan “yelkani” bor.
Bunday sifonoforalar shamol yordamida suzib yuradi. Portugaliya kemachasi fiza-
liya (Physalia) pnevmatofori qizg’ish rangli, uzunligi 20-30 sm ga yetadi.
Pnevmatofor ostida (agar u bo ‘Imaganida koloniyaning eng yuqori qismida)
suzuvchi qo’ng’iroqlar-nektoforlar joylashgan. Nektoforlar meduzalarga о’xshash,
lekin ulaming og’iz teshigi va xartumi bo’lmaydi. Meduzalarga o’xshab nektoforlar
soyaboni ritmik qisqarishi tufayli koloniya asta - sekin suzadi. Fizaliya va boshqa
shamol va suv oqimi orqali suzib yuradigan sifonoforalaming nektoforlari
bo’lmaydi.
Koloniyaning boshqa individlari nektoforlardan pastroqda koloniya poyasi
bo’ylab g’uj bo’lib kormidiylar joylashgan. Har bir kormidiy oziqlantiruvchi individ
gastrozoid, arqoncha, sucmozoud, ya’ni palponlar, paypaslagichlar, qoplovchi
plastinka - qopqoqcha va jinsiy individ gonozoiddan iborat. Gastrozoidlar – og’izli,
lekin paypaslagichsiz polipchalardan iborat. Ulaming og’iz teshigi gastral
bo’shliqqa ochiladi. Hamma gastrozoidlar bo’shlig’i koloniya tanasidagi nay orqali
o’zaro tutashgan bo’ladi. Arqoncha birmuncha uzun, odatda ko’p marta shoxlangan
paypaslagichlardan iborat. Paypaslagichlarda otuvchi hujayralar bo’ladi. O’g’iz
paypaslagichlari uzunligi 20 m ra yeta- di. Arqonchalar oziqni tutish va himoya
vazifasini bajaradi. Fizaliyaning otuvchi hujayralari kuydirish xususiyatiga ega;
odam hayoti uchun xavlli.
Sistozoid, ya’ni poliplar og’izsiz poliplardan iborat. Ularning yonida
shoxlanmagan paypaslagichi bo’ladi. Sistozoidlar ayirish funksiyasi bajarishi
mumkinligi to’g’risida taxmin qilinadi. Ularning paypaslagichlari sezgi vazifasini
bajaradi. Gonozoidlar gidropoliplar meduzalar va gonoforalariga o’xshash tuzilgan,
ayrim jinsli boiadi. Sifonoforalar orasida faqat ayrim jinsli (erkak yoki urg’ochi)
gonozoidlar hosil qiladigan turlari bilan bir qatorda germafrodit koloniyalilari ham
bor. Sifonoforalar koloniyasidagi qopqoqchalar shakli o’zgargan poliplardan iborat.
Qopqoqcha kormidiyni ustki tomonidan qoplab turadi.
Ko’payishi. Sifonoforalaming tuxum hujayralari urg’ochi gonozoidlar ichida
hosil bo’ladi. tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Planula birmincha murakkabroq
tuzilgan lichinka rivojlanadi. Koloniyadagi ayrim individual kurtaklanish orqali
hosil bo’ladi.
Kelib chiqishi. Ko’pchilik zoologlaming fikricha sifonoforalar suzib yurishga
moslashgan.
Suzib yuruvchi poliplar koloniyasining topilishini bunga dalil qilib ko’rsatish
mumkin. Bunday gidroidlar koloniyada polipoid va meduzoid individlar hosil qiladi.
Kaspiy dengizida suzib yuruvchi gidroid polip Moyerisia koloniyasi uchraydi. Shun-
day qilib, sifonoforalar kolonial gidroidlardan ulardagi alohida individlarning
ixtisoslashishi tufayli kelib chiqqan, deb faraz qilish mumkin. U holda koloniyadagi
pufak, suzuvchi qo’ngiroq va gonoforalar meduzalarga, gastrozoidlar va poliponlar
esa shakli o’zgargan poliplarga mos keladi.
siloiwroraning tuzilish sxemasi;
1 - pnevmatofor, uning teshigi,
2 - suzuvchi qo’ng’iroq (nektofor)lar,
3- hilpilovchi plastinka (qopqoq),
4- arqoncha, 5-oziqlantiruvchi gastrozoidlar,
7 - sistozoidlar,8- jinsiy individ (gonofor)lar,
9 – koloniya tanasi.
SSIFOID MEDUZALAR (SCYPHOZOA) SINFI
Tuzilishi va ekologiyasi. Ssifoid meduzalar - erkin yakka yashovchi
bo’shliqichlilar. Ularning hayoti asosan meduza davrida o’tadi, polip davri juda
qisqa bo’ladi. Tashqi ko’rinishi bilan ssifoid meduzalar gidroid meduzalarga
o’xshash; ulardan ancha yirik boshi, murakkab tuzilganligi va yelkani bo’lmasligi
bilan farq qiladi. Masalan, aureliya tanasi diametri 25-40 sm ga, qutb meduzasi esa
2 m ga yetadi. Tanasining asosiy massasi dildiroq mezogleyadan iborat.
Mezogleyaning 98% ini suv tashkil etadi. Tanasining shaffof boshi meduzalarni
dushmanlardan saqlanishda katta ahamiyatga ega; faqat ayrim zaharli meduzalar
rangli bo’ladi. Ba’zi meduzalar masalan, Pelagica noctiluca qorong’ida fosforli nur
taratadi. Ssifoid meduzalar soyaboni chetida 8 ta, ba’zan 16 ta ropaliyalar joy-
lashgan. Soyabon chetidan juda ko’p paypaslagichlari osilib turadi. Paypaslagichlari
va xartumga o’xshash og’iz bo’laklari ektodermasida ko’p miqdorda otuvchi
hujayralar joylashgan. Tanasining yiriklashuvi tufayli ssifoid meduzalar
gastrovaskulyar sistemasining tuzilishi murakkablashgan. Og’iz teshigi kvadrat
shaklida; soyaboni ostki tomoni o’rtasida maxsus poyacha ustida joylashgan. Og’iz
burchaklaridan xartumga o’xshash yo’g’on o’simtalar osilib turadi. Xartum oziqni
tutish funksiyasini bajaradi. Ildizog’iz meduzalar turkumi vakillarida xartumi ko’p
burmali; bir-biri bilan qo’shilib o’sgan; og’iz o’rnida mayda teshikchalar bo’ladi. Bu
teshikchalar orqali meduza oshqozoniga mayda plankton organizmlar o’tadi. Og’iz
teshigi qisqa endodermal halqum orqali oshqozonga ochiladi. Oshqozon chala
to’siqlar yordamida to’rtta kameraga bo’lingan. Kameralarda juda ko’p bezli
hujayralarga ega bo’lgan gastral iplar joylashgan. Oziqning hazm bo’lishi bezlar
ishlab chiqaradigan fermentlar ta’sirida oshqozonda boshlanadi. Oziq zarralarini
endodermadagi hazm qiluvchi hujayralar qamrab olib batamom hazm qiladi.
Meduzalar oshqozonidan 8 ta yoki 8 karra miqdorida radial naychalar boshlanadi.
Aureliya meduzasi oshqozonidan boshlanadigan naylar 16 ta, ulardan 8 tasi, shu
jumladan 4 ta naylar oshqozon bo’lmalarining qoq o’rtasidan, qolgan 4 tasi esa
oshqozon to’siqlari ustidan boshlanadi. Shoxlangan naylar orasida 8 ta
shoxlanmagan naylar joylashgan. Barcha shoxlangan va shoxlanmagan naylar
soyabon chetida joylashgan halqa nay bilan qo’shilgan. Naylar devori kiprikli
epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Naylar oshqozon, og’iz teshigi va halqum bilan
birgalikda meduzaning gastrovaskulyar sistemasini hosil qiladi. Kipriklarning
hilpirashi tufayli suv gastrovaskulyar sistema orqali oqib turadi. Suyuqlik
shoxlanmagan naylar orqali halqa naylarga, shoxlangan naylar bo’ylab esa orqaga,
ya’ni halqa naydan oshqozonga oqadi. Bu murakkab gastrovaskulyar sistemaning
rivojlanganligini meduzalar tanasining yiriklashuvi bilan bog’liq deyish mumkin.
Chunki gastrovaskulyar naylar orqali kislorod va oziq moddalar meduza tanasining
hamma qismiga tarqaladi; modda almashinuvi mahsulotlari chiqarib yuboriladi.
Ssifoid meduzalar.
A- ildizog’iz meduza, В - aureliya: 1 - og’iz, 2-ropaliya, 3 - og’iz bo’laklari, 4-
halqa nay, 5- radial naylar, 6 - paypaslagich, 7 - jinsiy bezlar.
Ко’pchilik meduzalar har xil organizmlar, jumladan ancha yirik plankton bilan
oziqlanadi. Faqat ildizog’iz meduzalar juda mayda plankton bilan oziqlanadi. Bu
jihatdan ildizog’iz meduzalarni g’ovaktanlilarga o’xshash filtrlovchi organizmlar
deyish mumkin.
Meduzalar soyabonining qisqarishi va kengayishi tufayli soyaboni ostidan siqib
chiqariladigan suv ularni soyabon gumbazi tomonga suradi. Meduzalar soyaboni
ostida 8 qator radial muskullar va soyabon cheti bo’ylab halqa muskullar joylashgan.
Muskul tolalari gidroid poliplar singari epiteliy-muskul hujayralardan hosil bo’ladi.
Nerv hujayralari soyabon cheti bo’ylab joylashgan Nerv halqasini hosil qiladi.
Nerv halqasi bo’ylab har qaysi ropaliya yaqinida bittadan nerv tuguni joylashgan.
Ropaliyalar qisqargan va shaklan o’zgargan paypaslagichlardan iborat, har bir
ropaliyada bir nechta ko’zchalar va bitta statotsist bo’ladi. Ko’zchalar har xil
tuzilgan. Gidroid meduzalarnikiga o’xshash sodda ko’zchalar bilan birga bir muncha
murakkablashgan pufakcha tipidagi ko’zchalar ham bo’ladi. Bunday ko’zlar odatda
ko’z chuqurchasini epiteliy ostiga cho’kishi natijasida hosil bo’ladi. Pufak ustida
joylashgan teri epiteliysi yupqa va shaffof bo’lib, shox qavat deyiladi, Pufakning
tubi va yon devorlari pigment va sezgir hujayralardan iborat. Pufakning shox qavati
ostida joylashgan qismi qalinlashib, ikki tomonlama qavariq linza ko’z gavharini
hosil qiladi. Pufak bo’shlig’i strukturasiz shishasimon suyuqlik bilan to’lgan.
Murakkab tuzilishiga qaramasdan ko’z faqat yorug’lik va qorong’ilikni ajrata oladi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Ko’pchilik ssifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy
bezlar taqasimon shaklda bo’lib, oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan
tuxumlari va spermatozoidlar gastrovaskulyar sistema orqali suvga chiqadi. Tuxum
hujayralar suvda urug’lanadi. Urug’langan tuxum hujayra to’liq va bir tekis
bo’linadi. Gastrulyatsiya invaginatsiya orqali sodir bo’ladi. Gastrulyatsiyaning bu
xili yuksak bo’shliqichlilar, ya’ni ko’pchilik ssifoid meduzalar va olti nurli korall
poliplar uchun xos bo’ladi; urug’langan tuxumdan planula lichinkasi chiqadi.
Lichinka substratga yopishib, mayda polip - ssifistomni hosil qiladi. Ssifistomda
asta-sekin paypaslagichlar hosil bo’ladi. Ssifistom kurtaklanish orqali yangi
ssifistomlami hosil qilishi mumkin, ayrim turlarda yosh ssifistomlar ajralib
ketmasdan koloniya hosil qiladi. Ssifistom ko’ndalangiga kurtaklanish orqali
strobilaga aylanadi.
Strobila chetlari chuqur kesilgan bir necha diskdan iborat. Disklar ketma-ket
strobiladan ajralib chiqib, efiralarga yosh meduzalarga aylanadi. Efiralardan
meduzalar rivojlanadi.
Shunday qilib, ko’pchilik ssifoid meduzalar nasl almashinish, ya’ni jinsiy va
jinssiz nasllaming gallanishi orqali ko’payadi. Ular polip davrining qisqa,
poliplarining juda kichik bo’lishi, meduza davri ancha uzoq davom etishi bilan
gidroid meduzalardan farq qiladi.
Klassifikatsiyasi. Ssifomeduzalar sinfi 5 turkumga bo’linadi.
Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumi o’troq yashovchi bir necha turlarni
o’z ichiga oladi. Meduzalar poyachasi yordamida substratga yopishib yashaydi.
Hayot siklida nasl almashinish bo’lmaydi. Planula lichinkasi bevosita yosh
meduzaga aylanadi. Asosiy vakillaridan lyutsemariya (Lucemaria) va Haliclystus
ni ko’rsatish mumkin.
Kubomeduzalar (Cubomedusae) - mayda meduzalar, soyaboni chetida
to’rttadan ropaliyalari va paypaslagichlari joylashgan. Iliq suvli dengizlarning uncha
chuqur bo’lmagan joylarida uchraydi. Ayrim meduzalar, masalan, Avstraliya va
Indoneziya qirg’oqlari yaqinida tarqalgan Chiropsalmus meduzasi odam uchun
xavfli, ulaming “kuydirishi” o’limga sabab bo’lishi mumkin.
Ssifoid meduzalaming rivojlanishi.
1 tuxum, 2 - planula lichinkasi, 3 - ssifistom polipi, 4 - kurtaklanayotgan ssifistom,
5 ssifistomning ko’ndalang bo’linishi, 6 - yosh meduza efua, 7 - yetuk meduza.
Coronata turkumi turlari uncha ко’p emas, dengizning chuqur qismida
uchraydi. Soyaboni halqa egat orqali markaziy disk va periferik “toj”ga bo’lingan.
Semacostomeae turkumi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko’p
paypaslagichlari bo’ladi. Bu turkumga deyarli hamma dengizlarda keng tarqalgan
dengiz laganchasi aureliya (Aurelia aurita), shimoliy dengizlarda tarqalgan qutb
meduzasi (Cyanea capillata) kiradi. Ayrim vakillari (Pelagia) qorong’ida kuchli nur
tarqatadi.
Ildizogiz meduzalar (Rhizostomida) turkumiga ancha yirik, tropik dengizlarda,
keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetida paypaslagichlari bo’lmaydi.
Ozig’ini og’iz xartumlari orqali suvdan filtrlab oladi. Qora dengizda ildizog’iz
meduza Rhizostomapulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda iste’mol
qilinadi.
KORALL POLIPLAR (ANTHOZOA) SINFI
Korall poliplar faqat dengizlarda o’troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq
bo’shliqichlilardan iborat. Ko’pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi har xil;
yakka yashovchi poliplar bir necha millimetrdan bir necha o’n santimetrgacha;
ayrim turlari 1m gacha bo’ladi. Korall poliplar nasl almashinmasdan rivojlanadi,
ya’ni faqat polip shaklida uchraydi; meduza davri bo’lmaydi.
Tuzilishi. Tanasi gidropoliplarga o’xshash, lekin ularga nisbatan murakkab
tuzilgan. Yakka poliplar silindrsimon tanasining yassi tovon qismi substratga
yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda esa har qaysi individ tovon
orqali koloniyaning poyasiga yoki shoxiga yopishadi. Og’iz teshigi har bir polip
tanasining uchki qismida joylashgan. Og’iz teshigi sakkizta (sakkiz nurlilar kenja
sinfi), yoki olti karra miqdorda paypaslagichlar bilan o’ralgan.
Og’iz nayga o’xshash uzun halqumga ochiladi. Halqumda gastral bo’shliqqa
osilib turadi. Halqum og’iz diski devorining polip tanasiga botib kirishidan hosil
bo’lganligi tufayli ektoderma epiteliysi bilan qoplangan. Halqum nayi yassi
bo’lganidan halqum teshigi ham bir tomonlama yassilashgan tirqishga o’xshaydi.
Halqumning bir uchida yoki ikkala uchida ham sifonoglif deb ataladigan egatchalari
joylashgan. Egatchalarda joylashgan kipriklaming harakati tufayli suv gastral
bo’shliqqa kiradi. Halqumning boshqa qismi orqali suv gastral bo’shlig’idan oqib
chiqadi. Shu usulda gastral bo’shlig’idagi suv doimo almashinib turadi. Suvning
yangilanib turishi polip
tanasini
кislorod
bilan
ta’minlanishida va mayda
plankton organizmlar bilan
oziqlanadigan poliplaming
oziqlanishida
katta
ahamiyatga ega. Gastral
bo’shliqdan
suvdagi
kislorod
to’qimalarga
o’tadi; karbonat angidrid
esa to’qimalardan suvga
o’tadi.
Karbonat
angidridga to’yingan suv
hazm
bo’lmagan
oziq
qoldiqlari bilan birga gastral bo’shliqdan chiqib ketadi.
Gastral bo’shliq endoderma bilan qoplangan bo’lib, parda to’siq septalar
yordamida kameralarga bo’lingan. Septaning bir tomoni tana devoriga yopishgan
bo’lib, periferik kameralarni hosil qiladi; ikkinchi tomoni gastral bo’shliqda erkin
joylashgan. Ana shuning uchun ham gastral bo’shliqning markaziy qismi
kameralarga bo’linmagan. Septaning tana bo’shlig’ida erkin joylashgan
qalinlashgan uchi mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qiluvchi
fermentlar ishlab chiqaradigan bezli hujayralar joylashgan. Septalar soni
paypaslagichlar soniga teng bo’ladi. Septalar endoderma bilan qoplangan
mezogleyadan iborat.
Korall poliplarning tuzilish sxemasi.
1 - paypaslagich, 2 - og’iz teshigi, 3- halqum, 4 - ichak bo’shlig’i to’sig’i, 5-
mezenterial iplar, 6 - tuxum.
Gistologik jihatdan ham korall poliplar gidroidlarga nisbatan ancha murakkab
tuzilgan.
Ulaming
yupqa
bazal
membranasi
o’rniga
qalin
mezogleya;
ektodyermadagi epiteliy-muskul hujayralari o’rniga ixtisoslashgan bo’ylama va
halqa muskullar rivojlangan. Bunday muskullar septalarda ham bo’ladi. Ular har bir
septa bo’ylab o’tadigan yog’onlashuv, ya’ni jiyakni hosil qiladi. Korall poliplar
ektodermasi ostida joylashgan nerv tugunlari gidroidlarga nisbatan yaxshi
rivojlangan.
Koloniya bo’lib yashovchi korall poliplar ohak, ba’zan (sakkiz nurlilar) muguz
skelet hosil qiladi. Ko’pchilik yakka yashovchi korallarning skeleti bo’lmaydi.
Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada tarqoq joylashgan mikroskopik ohak ninalardan
iborat. Qizil korall tanasidagi skelet ignalarning ko’pi bir-biriga yopishib,
birmuncha tig’iz skeletni hosil qiladi. Olti nurlilarda dastlab tovon plastinkasi,
so’ngra polip tanasi sirtida kosacha, ya’ni teka hosil bo’ladi. Keyinroq tekadan tana
ichiga skelet to’siq -sklyerosepta botib kiradi. Juda ko’p individlardan iborat
poliplar koloniyasidagi qo’shni individlar tekasi o’zaro qo’shilib ketadi. Sakkiz
nurlilar skeleti mezogleyada, olti nurlilar skeleti esa ektodermada joylashgan.
Sakkiz nurlilarda gastral bo’shliqning sakkizta kamerasidan ikkitasi uning toraygan
tomoni qarshisida joylashgan bo’lib, yo’naltiruvchi kameralar deyiladi. Septalarda
muskulli valiklar joylashgan. Olti nurlilar septalari yanada murakkabroq tuzilgan.
Ulaming gastral bo’shligida to’siqlarjuft-juft bo’lib joylashgan; to’siqlar soni
kamida 12 ta yoki 12 karra miqdorda bo’ladi. Kameralar birdaniga hosil bo’lmaydi.
Dastlab olti juft birinchi tartib kameralar, so ‘ngra ular orasida ikkinchi tartib
kameralar hosil bo’ladi. Bitta juftlikni tashkil etadigan to’siqlar oralig’idagi
kameralar ichki, har xil juft to’siqlar oralig’idagi kameralar oraliq bo’ladi.
Skleroseptalar ana shu oraliq to’ siqlarda joylashadi. Yakka holda yashaydigan yirik
korallar-aktiniyalarning skeleti bo’lmaydi.
Aktiniyalar asta-sekin harakatlanishi bilan koloniyali korallardan farq qiladi.
Ularning paypaslagichlari ayniqsa sezgir bo’ladi. Aktiniyalar ta’sirlanganida
tanasini qisqartiradi, paypaslagichlarini tortib olib, yumaloqlanadi. Aktiniyalar
yirtqich bo’lib, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqalar bilan oziqlanadi.
O’ljasini paypaslagichlari bilan tutadi. Pay- paslagichlaridan chiqadigan otiluvchi
ipchalari o’ljasini falajlaydi. So’ngra aktiniya og ‘zini katta ochadi va halqumining
bir qismini tashqariga chiqarab o’ljani qamrab oladi. Ozig’i gidraga o’xshash tana
bo’shlig’ida va hujayra ichida (fagotsitoz) hazm bo’ladi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Yakka
yashovchi poliplar (aktiniyalar) ba’zan bo’linib ko’payadi, koloniyali turlari esa
kurtaklanadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar endodermasi
va mezogleyasi o’rtasida joylashgan. Spyermatozoidlar septa epiteliysidan tana
bo’shlig’iga, undan og’iz teshigi orqali suvga chiqib ketadi; urg’ochisining og’zi
orqali kirib, tuxum hujayrasini urug’lantiradi. Ko’pchilik aktiniyalarning
rivojlanishi gastral bo’shliqda polip yetishib chiqqungacha davom etadi. Ayrim
aktiniyalar tuxumi suvda urag’lanadi. Tuxumdan kiprikli planula lichinkasi
rivojlanib chiqadi. Planula oldingi tomoni bilan substratga yopishib olib, polipga
aylanadi.
Korall riflari. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik qismida rif hosil
qiluvchi (madrepor) korallar tarqalgan. Ularning bo ‘yi ancha baland bo’lib 2 m,
ba’zan 4 m ra (Acropora) yetadi. Korall riflarining ohak skeleti ancha og’ir; ular
suvning sayoz joylarida rivojlanadi. Avstraliya, Indoneziya, Okeaniya sohillaridagi
riflar keng tarqalgan. Riflar Qizil dengizda ham uchraydi. Korallar qishda harorat
20° C dan pastga tushmaydigan suvlarda ayniqsa, barq urib rivojlanadi. Riflar
tanasida bir hujayrali suv o’tlari simbioz yashaydi. Shu sababdan korallar suvning
yorug’lik yetib boradigan 50 m gacha chuqurligida tarqalgan; kam sho’rlangan su-
vlarda, daryolaming quyilishjoyida uchramaydi. Madrepor korallar ifloslanmagan,
kislorodga boy suvlarda rivojlanadi.
Korall riflari juda ko’p dengiz hayvonlari uchun yashash va ko’payish joyi
hisoblanadi. Dengizlaming riflar tarqalgan joylarida suv o’tlari, mollyuskalar,
chuvalchanglar,
qisqichbaqasimonlar,
ignaterililar,
baliqlar
va
boshqa
bo’shliqichlilar juda xilma-xil bo’ladi. Korall riflarida hayot kechiradigan suv o’tlari
va hayvonlar birgalikda korall riflari biotsenozini hosil qiladi. Bu biotsenozdagi
qattiq skeletga ega bo’lgan organizmlar rif hosil bo’lishida ishtirok etadi. Boshqa
ko’zga yaqqol tashlanadigan organizmlar uchun esa riflar pana joy hisoblanadi.
Riflar qirg’oq riflari, baryer riflari va atollarga ajratiladi. Qirg’oq riflari
qirg’oqni dengiz tomondan о’rab turadi. Baryer riflari qirg’oqdan nariroqda, unga
parallel joylashadi. Avstraliya yaqinidagi baryer riflari qit’aning shimoliy sohillari
bo’ylab 1400 km masofaga cho’zilgan. Atol- lar suvdan biroz turtib chiqib turadigan
halqa korall orallaridan iborat. Halqa ichida dengiz suvidan iborat laguna deb
ataladigan ko’l bo’ladi. Suv, shamol yoki qushlar yordamida har xil o’simliklar
urug’i kelib o’sib qolishi tufayli atollarda hayot boshlanadi.
Ch. Darvin korall riflarini “Bigl” kemasida sayohat qilganida tekshirib, baryer
riflari va atollari qirg’oq riflaridan kelib chiqqanligini ko’rsatib berdi. Agar qirg’oq
riflari bilan har tomondan o’rab olingan orol asta-sekin cho’ka boshlasa, riflar
oroldan ajralib qolib, baryer riflariga aylanadi. Orol butunlay cho’kib ketib, uning
atrofi ko’tariladigan bo’lsa atollar hosil bo’ladi. Korall poliplarga uchta kenja sinf
kiradi.
Sakkiz nurlilar (Octocorallia) kenja sinfi
Sakkiz nurlilaming 8 ta paypaslagichi va 8 ta septasi bo’ladi, Skeleti
mezogleyada hosil bo’ladi. Kenja sinfga alseonariya (Alcyonaria), Gorgonariya
yoki muguzsimon korallar (Gorgonaria) va dengiz patchasi (Pennatularia)
turkumlari kiradi (43-rasm). Alseonariyalar eng sodda tuzilgan; ular skeleti
mezogleyada tarqoq joylashgan ignalardan iborat. Ular tropik dengizlarning uncha
chuqur bo’lmagan qismida ko’proq, mo’tadil va qutb dengizlarda kamroq uchraydi.
Shimoliy dengizlarda Gersemia urug’i vakillari tarqalgan, Gorgonariyaning
daraxtsimon koloniyasi o’qi shoxsimon moddadan iborat. Ayrim korallar skeletida
yod bo’ladi, shuning uchun qadimda ulardan dorivor preparat sifatida foydalanilgan.
Qizil korall (Corallium rubrum) O’rta yer dengizida 50 m dan chuqurroqda
uchraydi. Uning ohak skeleti qizil, alvon rangli yoki qo’ng’ir-qizg’ish tusda bo’ladi,
Qizil korallardan mayda taqinchoqlar tayyorlangan.
Dengiz patchasining koloniyasida poliplar ikki qator bo’lib joylashgan.
Koloniyaning bosh o’qi birlamchi polip hosil qiladi. Dengiz patchasi tanasining
pastki qismi bilan suv tubidagi qumga yoki loyga kirib oladi.
Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi
Paypaslagichlari va tana bo’shlig’i kameralari juda ko’p, ularning soni karra
miqdorda bo’ladi. Beshta turkumi ma’lum. Ulardan aktiniyalar (Actinaria) va
madreporlar (Madreporaria) keng tarqalgan. Aktiniyalar ancha yirik, silindrsimon
yakka yashovchi poliplar. Ular tovoni yordamida juda sekin harakatlanadi.
Aktiniyalaming skeleti bo’lmaydi; tanasining diametri 60 sm. Ayrim aktiniyalar
(masalan, Sagartia va boshqalar) zohid qisqichbaqasimonlar bilan simbioz yashaydi.
Zohid qisqichbaqa aktiniyani chig’anog’i ustiga o’tqazib olib yurib, uni kislorodga
boy bo’lgan toza suv bilan ta’minlaydi; aktiniya esa qisqichbaqani kuydirgich ipli
paypaslagichlari yordamida himoya qiladi. Chig’anog’i tor kelib o’sishga halaqit
qila boshlasa, qisqachbaqa eski chig’anoqni tashlaydi; yangisini topib, uning ichiga
kirib oladi; aktiniyani ham yangi chig’anog’i ustiga o’rnatib oladi. Madrepor korallar
- ohaktoshli juda yirik kolonial organizmlar. Korall riflari asosan madreporlardan
iborat.
Korall poliplar: A - dengiz patchasi, В - gorgonariya (b - koloniyaning bir qismi
katalashtirilgan), D - umbellula, E - alsionium, F - astriya.
BO’SHLIQ1CHLILAR FILOGENIYASI
Bo’shliqichlilar orasida gidrozoylar eng tuban tuzilishga ega bo’lgan hayvonlar
hisoblanadi. Ularning tanasi ikki qavatli qopchaga o’xshash bo’ladi; ektodermal
halqumi va tana bo’shlig’i to’sig’i rivojlanmagan. Gidrozoylar orasida hech
shubhasiz dengiz gidroidlarini eng qadimgi hayvonlar deyish mumkin. Ularning
meduza davri keyinroq paydo bo’lgan. Chunki meduza polipga nisbatan ancha
murakkab tuzilgan. Meduza davrining paydo bo’lishi o’troq yashovchi poliplaming
tarqalishini osonlashtiradi. Hozirgi ayrim bo ‘shliqichlilar ikkinchi marta meduza
davrini yo’qotgan. Gidrozoylar orasida sifonoforalar keyinroq paydo bo’lgan. Ular
tanasidagi individlar ixtisoslashib, polimorf koloniyani hosil qiladi. Evolyutsiya
davomida ssifomeduzalaming polip stadiyasi murakkablashmasdan meduza
stadiyasi murakkablashib borgan. Bu hodisa meduzalarni erkin harakat qilishi bilan
bog’liq. Korall poliplar evolyutsiyasi ularda metagenezning bo’lmasligi tufayli
o’troq yashashga moslashuv yo’nalishida borgan. Korall poliplar tuzilishida ham bir
qancha murakkablashuv belgilari paydo bo’lgan. Chunki ulaming hazm qilish
sistemasi ektodermal halqum va endodermal ichakka bo’lingan. Oshqozon devorida
to’siqlar paydo bo’lishi ichakning hazm yuzasini kengaytiradi. Korall poliplar va
ssifomeduzalaming tuzilishi umumiy plani gidrozoylarga o’xshash bo’lganidan, bu
sinflar gidrozoylar bilan genetik jihatdan bog’langan deyish mumkin.
Lekin bo ‘shliqichlilar endodermasidagi bezli hujayralar gastral bo’shliqqa hazm
shirasi ishlab chiqarishi tufayli oziqning hazm bo’lishi tana bo’shlig’ida boshlanadi.
Gidra har xil mayda jonivorlar, asosan qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar)
bilan oziqlanadi.
Ko’payishi va rivojlanishi: Gidralar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payish
kurtaklanishdan iborat. Gidra tanasining o’rta qismida bo’rtiq (kurtak) hosil bo’ladi
(35-rasm). Kurtak o’sib, uning uchki qismida og’iz teshigi va paypaslagichlar hosil
bo’ladi. Kurtak ona organizmidan ajralib, suv tubiga tushadi va mustaqil yashay
boshlaydi.
Gidra (Hydra oligactis):
A - erkak gonadalari. В - urg’ochi gonadalari. D - kurtaklanayotgan gidra.
Gidraning jinsiy ko’payishi kuzda sovuq tushishi oldidan boshlanadi. Ko’pchilik
gidralar ayrim jinsli, ayrim interstitsial hujayralar bevosita tuxum hujayraga
aylanadi yoki ko’p marta bo’linib, spermatozoidlarni hosil qiladi. Gidra tanasining
jinsiy hujayralar hosil bo’ladigan qismi bo’rtib chiqadi. Odatda tananing tovonga
yaqinroq joyida tuxum, og’izga yaqinroq joyida urug’ hujayralar hosil bo’ladi.
Dengiz gidroid poliplari. Gidrozoylardan asosan gidralar yakka yashaydi. Dengiz
gidropoliplari juda ko’p individlardan iborat koloniya hosil qiladi. Koloniya
kurtaklanish orqali hosil bo’ladigan yosh poliplarni ona polipdan ajralib ketmasdan
yana kurtaklanib yangi poliplar hosil qilishi tufayli vujudga keladi. Bunday yo’l
bilan hosil bo’lgan koloniya daraxt yoki butaga o’xshab ketadi. Koloniya umumiy
poyadan va unda joylashgan juda ko’p shoxlardan iborat. Har bir shoxning uchida
alohida individ rang joylashgan. Koloniyadagi har bir individ gidraning bitta
kurtagiga o’xshab ketgan. Gidrantlaming gastral bo’shlig’i koloniya poyasi va
shoxlari orqali o’tadigan bo’shliqqa tutashib ketadi. Shuning uchun har bir gidrant
hazm qilgan oziq koloniya individlari o’rtasida tekis taqsimlanadi. Koloniya poyasi
sirtdan yupqa, tiniq va pishiq organik po’st-periderma bilan qoplangan. Bir xil
gidroidlarda periderma gidrant tanasigacha yetadi; boshqalarida bu po’st gidrantni
о’rab turadigan kosacha, ya’ni teka hosil qiladi. Bu belgiga asosan gidrozoid
poliplar kosachasiz (tekasiz) va kosachali (tekali) turkumlarga ajratiladi. Teka polip
koloniyasini mustahkam bo’lishini ta’minlaydi.
Gidroid meduzalaming hosil bo’lishi. Gidroid poliplar koloniyasi kurtaklanish
orqali gidrantlarni va blastostil deb ataladigan meduza hosil qiladigan individlami
hosil qiladi. Blastostil shaklan o’zgargan gidrant bo’lib, undan paypaslagichlari va
og’iz teshigining bo’lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma qobiq-gonoleka
bilan o’ralgan. Uning uchki qismida qopqoqchasi bo’ladi. Blastostil kurtaklanish
orqali jinsiy nasl meduzalarni hosil qiladi. Obeliya koloniyasida meduza ana shu
usulda hosil bo’ladi. Ko’pchilik gidroidlarda meduzalar bevosita gidrantlardan
kurtaklanish orqali hosil bo ‘ladi. Obeliya koloniyasidagi blastostillarda hosil bo
‘ladigan meduzalar qopqoqcha ochilishi bilan suvga chiqib suzib ketadi. Meduzalar
ayrim jinsli, ularda jinsiy hujayralar shakllanadi. Meduzalar ham poliplarga о
‘xshash tuzilgan, lekin tanasi soyabon shaklida bo ‘ladi (36-rasm).
Meduza soyabonining ustki qavariq tomoni eksumbrella, ostki botiq tomoni
subumbrella deyiladi. Subumbrella tomonidagi maxsus poyacha sirtida og’iz
teshigi joylashgan. Og’iz teshigi gastral, ya’ni hazm qiluvchi bo’shliqqa ochiladi.
Bu bo’shliq markaziy oshqozon bo’shlig’idan, undan soyabon chetiga qarab
ketadigan radial naylar va soyabon cheti bo’ylab joylashadigan halqa naydan iborat.
Odatda radial naylar to’rtta yoki to’rt karra miqdorda bo’ladi. Oshqozon, radial va
halqa naylar birgalikda gastrovaskulyar bo ‘shliq ya’ni ichak - naylar sistemasini
hosil qiladi. Soyabon chetida joylashgan yupqa muskulli parda meduzaning botiq
tomoniga ochiladigan teshikni birmuncha toraytiradi. Yelkan deb ataladigan bu
parda faqat gidropoliplar meduzasi uchun xos bo’ladi. Yelkan meduzani
harakatlanishida katta ahamiyatga ega.
Meduza soyaboni chetlaridan paypaslagichlar osilib turadi. Paypaslagichlar radial
naylar singari to’rtta yoki to’rt karra miqdorda bo’ladi. Mezogleyasining kuchli
rivojlanganligi bilan meduzalar poliplardan farq qiladi. Mezogleyaning asosiy qismi
suvdan iborat bo’lganidan meduzaning tanasi shaffof shishaga o’xshab ketadi.
Planktonda hayot kechiradigan barcha organizmlar tanasi rangsiz tiniq bo’ladi. Bu
hodisa plankton organizmlaming niqoblanish rangi hisoblanadi. Meduzalar nerv
sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Tanasida tarqoq joylashgan
А В
Gidroid polip obeliya:
A - koloniyasi (biroz kattalashtirilgan). В - koloniyaning bir qismi (ayrim individlar
ochib ko’rsatilgan): 1,2- gidrant, 3 - teka, 4 - kurtak, 5 - meduzali blastotsel, 6 -
gidroteka, 7 - gonoteka
nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv hujayralar to’plamidan iborat nerv
tugunlari, ya’ni gangliylar ham bo’ladi. Nerv gangliylari nerv hujayralari
o’simtalari bilan birga yaxlit nerv halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi soyabon
yelkanchasi muskullari va sezgi organlari ishini boshqaradi.
Meduza soyaboni chetida muvozanat saqlash organi - statotsitlar va ko’zga
o’xshash sezgi organlar joylashgan. Bu organlar epiteliyli chuqurchalardan iborat.
Chuqurchalar tashqi epiteliyni tana ichiga botib kirib ektodyermadan ajralib chiqqan
yopiq pufakcha - stototsistni hosil qiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy bilan
qoplangan. Epiteliy hujayralaridan biri to’g’nog’ich boshchasiga o’xshab pufak
bo’shlig’iga botib kiradi. To’g’nog’ich boshchasi ichiga bitta yoki bir necha ohak
toshchalar ajralib chiqib, statolitlarni hosil qiladi. Bu xildagi tuzilish barcha mu-
vozanat a’zolari uchun xos bo’ladi. Pufakchadagi sezgir hujayralari uzun sezgir
qilchalar bilan ta’minlangan. Qilchalar statolitlar ta’sirda qo’zg’aladi. Statotsistlar
soyabon cheti muskullarini qo’zg’atib turadigan organ hisoblanadi. Statotsistlari
kesib olingan meduza harakatlanmaydi. Barcha hayvonlarda statotsistlarning
tuzilishi asosan o’xshash bo’ladi. Meduzalaming sodda ko’zchalari oddiy ko’z
dog’chalari yoki chuqurcha shaklida bo’ladi. Oddiy dog’chalar shaklidagi
ko’zchalar ayrim paypaslagichlari asosida joylashgan ikki guruh hujayralardan
iborat. Ulardan bir guruhi uzun sezgir hujayralar, ikkinchisi esa qo’ng’ir yoki qora
pigment saqlovchi hujayralar hisoblanadi. Chuqurchasi tipida tuzilgan ko’rish
organlarida pigmentlashgan hujayralar chuqurcha tubida joylashgan.
Ana shunday chuqurchalarda joylashgan ko’z har qanday tashqi ta’sirdan
himoyalangan bo’ladi. Bundan tashqari ko’zni botib kirishi bilan yorug’lik sezuvchi
qatlam yuzasi kengayadi, retinal hujayralar soni ham oshadi. Ayrim meduzalarda
ko’z kosasi chuqurchasi ektodermadan ajralib chiqadigan quyuq tiniq modda bilan
to’lgan. Bu suyuqlik yorug’likni sindirish xususiyatiga ega. Ko’z gavhari yoruglik
nurini ko’zning to’r qavatiga to ‘plab beradi. Meduzalar ayrim jinsli, jinsiy bezlari
soyabonning ostida radial naylar yaqinida yoki og’iz poyachasida ektoderma bilan
mezogleya oralig’ida joylashgan hujayralardan iborat.
Meduzalar suv oqimi yordamida va soyabon cheti va yelkanidagi muskul
tolalarining qisqarishi tufayli suzib yuradi. Soyabon va yelkan muskullarining bir
varakayiga qisqarishi va bo’shashi tufayli soyabon chuqurchasidan suv chiqariladi
va unga suv kiradi. Suv soyabon ostidan siqib chiqarilganida meduza qavariq tomoni
bilan oldinga suzib ketadi.
Jinsiy ko’payishi va nasl almashinishi. Gidroid meduzalar faqat jinsiy yo’l bilan
ко’payadi. Yetilgan jinsiy hujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chiqadi va
suvda urug’lanadi. Ayrim gidropoliplar koloniyasi polimorf bo’ladi; ya’ni ularda
gidrant meduzadan tashqari kurtaklanish orqali nematoforlarham bo’ladi.
Gidromeduzalaming sezgi organlari:
A - paypaslagichlari asosida joylashgan muvozanat organi. В - ko’z dog’i. D - ko’zi:
1 - paypaslagichi ektodermasi, 2 - endoderma, 3 - paypaslagich asosi, 4 - statotsist,
5 - statotsist bo’shlig’i, 6 - sezgir hujayralar, 7 - retinal hujayralar, 8 - pigment
hujayralar, 9-gavhar.
Nematoforlaining paypaslagichlari va og’zi bo’lmaydi, lekin juda ko’p otuvchi
hujayralari bo’ladi. Ular himoya funksiyasini bajaradi.
Urug’langan tuxum hujayra to’liq bir tekis bo’linib, blastula hosil qiladi.
Blastuladan ikki qavatli gastrulaning hosil bo’lishi odatda migratsiya orqali sodir
bo’ladi. Bunda blastulaning keyingi qutbidagi hujayralaming bir qismi blastula
bo’shlig’i - blastotselga ko’chib o’tib, uni asta-sekin to’ldiradi. Rivojlanishning bu
davrida lichinka g’ovaktanlilaming parenximasiga o’xshab ketadi. Keyinchalik
blastula bo’shlig’idagi ayrim hujayralaming yemirilishi tufayli gastrula bo’shlig’i
shakllanadi. Bu davrda bo’shliqichlar lichinkasi planula deyiladi. Planula oval
shaklda bo’lib, tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Planula suvda bir qancha
vaqt suzib yurib, kiprigini yo’qotadi va suv tubidagi narsalarga yopishib oladi.
Uning endodermasida gastrula bo’shlig’ining shakllanishi oxiriga yetadi. Li-
chinkaning tovoniga qarama- qarshi tomonida og’iz teshigi va uning atrofida
paypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip o’sib,
kurtaklanish orqali ko’payish natijasida yangi koloniyani hosil qiladi.
Shunday qilib, gidroid poliplarning hayot siklida, tuzilishi va ko’payishiga binoan
bir-biriga о’xshamaydigan ikki naslli: o’troq polip va erkin yashovchi meduza
davrlari gallanadi. Polip faqat kurtaklanib ko’payadi va meduzalarni hosil qiladi.
Meduzalar esa jinsiy ko’payish orqali yangi poliplarni hosil qiladi. Har xil usulda
ko’payadigan organizmlar hayot siklida jinssiz va jinsiy nasllarining to’g’ri tartibda
gallanshi melagenez deyiladi.
Ko’pchilik gidroidlar hayotida yuqorida ta’kidlab o’tilganidek jinssiz va jinsiy
nasllar takrorlanib turadi. Ayrim gidroidlar hayotiy siklida meduzoid nasli yo’qolib
ketadi. Bunday xollarda meduzalar koloniyadan ajralib ketmasdan blastoselda qolib,
jinsiy hujayralarni hosil qiladi. Bir qancha gidropoliplarda meduzalar o’z shaklini
tamoman yo’qotib, jinsiy hujayralar bilan to’lgan xaltaga o’xshab qoladi. Shunday
qilib, dastlab haqiqiy erkin yashovchi nasldan iborat bo’lgan meduzalar, asta-sekin
o’zgarib koloniyaning jinsiy hujayralar hosil qiladigan organiga aylanadi.
Ayrim gidroidlarda nasl almashinuv teskari tomonga yo’nalgan bo’lishi mumkin.
Bunday turlarning meduza nasli gidroid naslidan ustun turadi. Gidrozoylar orasida
polip stadiyasidan iborat vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat meduzalar holida
hayot kechiruvchi turlari (Trachylida turkumi) ham bo’ladi. Bunday meduzalar
planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani hosil qiladi
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlami o’z ichida oladi. Ulardan asosiylari
quyidagilardan iborat.
1. Leptolida turkumi vakillari tropik va mu’tadil iqlimda keng tarqalgan; nasi
almashinishi orqali ko’payadi. Dengiz tubida, suv o’tlari va chig’anoqlar ustida qalin
bo’lib o’sadi. Tanasi uzunligi 1 mm dan 1 m gacha bo’ladi. Ko’pchilik turlari
dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda (Limnomedyzae turkumi va hamda
Craspedacusta avlodi) uchraydi. Yapon dengizi va Kurill orollari yaqinida tarqalgan
buta meduza Gonion - emus juda zahar hisoblanadi. Ayrim turlari korall poliplarga
o’xshash ohak skeletga ega bo’ladi.
2. Trachylida turkumi vakillarining hayot siklida faqat meduza nasli bo’ladi; nasl
almashinmaydi. Bu turkumga butun dunyo okeanida keng tarqalgan Aglantha
avlodi turlari kiradi. Ayrim turlari (masalan, Cunina) Leptolida turkumi turlari hosil
qiladigan meduzalarda parazitlik qiladi. Polypodium hydriforme osetrsimonlar
tuxumida parazitlik qiladi.
3. Hydrida - gidralar turkumiga yakka yashaydigan poliplar kiradi. Gidralar nasl
almashinmasdan ko’payadi.
Наг xil gidrozoylar.
BO’SHLIQICHLILAR FILOGENIYASI
Bo’shliqichlilar orasida gidrozoylar eng tuban tuzilishga ega bo’lgan hayvonlar
hisoblanadi. Ularning tanasi ikki qavatli qopchaga o’xshash bo’ladi; ektodermal
halqumi va tana bo’shlig’i to’sig’i rivojlanmagan. Gidrozoylar orasida hech
shubhasiz dengiz gidroidlarini eng qadimgi hayvonlar deyish mumkin. Ularning
meduza davri keyinroq paydo bo’lgan. Chunki meduza polipga nisbatan ancha
murakkab tuzilgan. Meduza davrining paydo bo’lishi o’troq yashovchi poliplarning
tarqalishini osonlashtiradi. Hozirgi ayrim bo ‘shliqichlilar ikkilamchi marta meduza
davrini yo’qotgan. Gidrozoylar orasida sifonoforalar keyinroq paydo bo ‘Igan. Ular
tanasidagi individlar ixtisoslashib, polimorf koloniyani hosil qiladi. Evolyutsiya
davomida ssifomeduzalaming polip stadiyasi murakkablashmasdan meduza
stadiyasi murakkablashib borgan. Bu hodisa meduzalarni erkin harakat qilishi bilan
bog’liq.
Korall poliplar evolyutsiyasi ularda metagenezning bo’lmasligi tufayli o’troq
yashashga moslashuv yo’nalishida borgan. Korall poliplar tuzilishida ham bir
qancha murakkablashuv belgilari paydo bo’lgan. Chunki ularning hazm qilish
sistemasi ektodermal halqum va endodermal ichakka bo’lingan. Oshqozon devorida
to’siqlar paydo bo’lishi ichakning hazm yuzasini kengaytiradi. Korall poliplar va
ssifomeduzalaming tuzilishi umumiy plani gidrozoylarga o’xshash bo’lganidan, bu
sinflar gidrozoylar bilan genetik jihatdan bog’langan deyish mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Bo’shliqichlilarning umumiy tuzilishi haqida tushuncha bering.
2. Bo’shliqichlilarning ichki tuzilishi qanday tuzigan?
3. Bo’shliqichlilarga kiruvchi turlarni sanab bering va ta’riflang.
4. Meduzalarning ko’payish usullari qanday?
Glossariy
1. Simmetriya biosimmetriya — tirik organizmlar qismlarining fazoviy oʻzaro
mutanosib joylashuvi xususiyatlari. Biologik obʼyektlar strukturaviy simmetriyasini
aniqlash ularning tashqi koʻrinishi va ichki tuzilishini aniq tavsif etish imkonini
beradi.
2. Bo’shliqichlilar - ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ulaming tanasida faqat ikki
qavat, ya’ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo’ladi.
3. Planula- gidrozoylarning lichinkasi.
4. Gastral bo’shliq yagona og’iz teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi.
5. Pnevmatofor - sifonoforalar koloniyasining ustki qismidagi maxsus pufak.
6. Gastrozoidlar – og’izli, lekin paypaslagichsiz polipchalardan iborat.
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б.