BOSHQARISH USULLARI (Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari, Boshqarishning iqtisodiy usullari, Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

19,9 KB


 
 
 
 
 
 
BOSHQARISH USULLARI 
 
 
Reja 
5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha 
5.2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari 
5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari 
5.4. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari 
 
Tayanch iboralar 
Usul. Boshqaruv usullari. Delfa usuli. Tashkiliy-ma’muriy usul. Tashkiliy ta’sir 
ko’rsatish. Farmoyish berish. Iqtisodiy usul. Ijtimoiy-ruhiy usul. Nizo. Ijtimoiy  
tadqiqotlar. 
 
5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha 
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai 
nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan 
usullar, ya’ni: 
sistema (tizim)li yondoshuv; 
kompleks yondoshuv; 
tarkibiy yondoshuv; 
integratsion yondoshuv; 
modellashtirish; 
iqtisodiy-matematik yondoshuv; 
kuzatish; 
Eksperiment; 
BOSHQARISH USULLARI Reja 5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha 5.2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari 5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari 5.4. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari Tayanch iboralar Usul. Boshqaruv usullari. Delfa usuli. Tashkiliy-ma’muriy usul. Tashkiliy ta’sir ko’rsatish. Farmoyish berish. Iqtisodiy usul. Ijtimoiy-ruhiy usul. Nizo. Ijtimoiy tadqiqotlar. 5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya’ni: sistema (tizim)li yondoshuv; kompleks yondoshuv; tarkibiy yondoshuv; integratsion yondoshuv; modellashtirish; iqtisodiy-matematik yondoshuv; kuzatish; Eksperiment;  
 
sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. 
Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini 
amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o’tkazish usullari tushuniladi. 
Bunday usullarga quyidagilar kiradi: 
- funktsional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli; 
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari; 
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari. 
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman 
boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb 
yuritiladi.  
Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir 
ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida 
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. 
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud 
munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi. 
Funktsional tizim-osti ob’ektlarini boshqarish usuli  boshqariladigan ob’ektning 
tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda 
qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti 
bo’limlar misolida ko’rish mumkin. 
Tizim osti bo’limlar: 
1. "Ishlab chiqarish"  bo’limi 
mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish; 
mahsulot sifatini nazorat qilish; 
omilli tahlil; 
funktsional tahlil; 
ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish; 
ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish; 
ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish; 
harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar. 
2. "Marketing" bo’limi 
sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: - funktsional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli; - boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari; - boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari. Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi. Funktsional tizim-osti ob’ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin. Tizim osti bo’limlar: 1. "Ishlab chiqarish" bo’limi mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish; mahsulot sifatini nazorat qilish; omilli tahlil; funktsional tahlil; ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish; ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish; ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish; harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar. 2. "Marketing" bo’limi  
 
- tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish; 
- korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish; 
- yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni aniqlash; 
- marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k. 
3.  "Xodim" bo’limi 
ishchi kuchini rejalashtirish; 
xodimlar mehnatini va ish xaqini tashkil qilish; 
xodimlar va ularning martabalarini boshqarish; 
xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar.     
Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob’ekt tarkibidagi bo’limlarning 
maqsadlari va ularning echimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi. 
Bu usullar boshqarish funktsiyalarini, ya’ni: 
rejalashtirish; 
tashkil qilish; 
nazorat qilish; 
muvofiqlashtirish; 
motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan 
usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar: 
 prognoz (oldindan aytish); 
 ekstrapolyatsiya; 
 regression tahlil; 
 modellashtirish; 
 hujum; 
 Delfa; 
 omilli tahlil; 
 Maqsadlar shajarasi va uni echish kabi usullarni qo’llaydi. 
Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan usullar tezkor, 
buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya 
usullari xodimlarni mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya’ni: 
 ish xaqi; 
- tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish; - korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish; - yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni aniqlash; - marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k. 3. "Xodim" bo’limi ishchi kuchini rejalashtirish; xodimlar mehnatini va ish xaqini tashkil qilish; xodimlar va ularning martabalarini boshqarish; xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar. Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob’ekt tarkibidagi bo’limlarning maqsadlari va ularning echimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi. Bu usullar boshqarish funktsiyalarini, ya’ni: rejalashtirish; tashkil qilish; nazorat qilish; muvofiqlashtirish; motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar: prognoz (oldindan aytish); ekstrapolyatsiya; regression tahlil; modellashtirish; hujum; Delfa; omilli tahlil; Maqsadlar shajarasi va uni echish kabi usullarni qo’llaydi. Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya’ni: ish xaqi;  
 
 rag’batlantirish tizimi; 
 foyda taqsimotida qatnashish; 
 ma’naviy rag’batlar; 
 yuqori  lavozimlarga tayinlash, malakani oshirish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga 
oshiriladi: 
 muammoni qo’yish; 
 muammoni hal qilish; 
 qarorni tanlash; 
 qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash. 
Muammoni qo’yish bosqichida  qo’llniladigan uslublar muammoni batafsil 
yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni 
baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu 
usullar tarkibiga:  
-  ma’lumotlarni    yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari; 
-  muhim voqealarni qayd qilish usullari; 
-  qiyoslash usullari; 
-  dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi. 
Muammoni hal qilish, ya’ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham 
ma’lumotlarni yig’ishda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu 
usullarni qo’llashga "Nima sodir bo’ldi" va "qaysi sabablar ta’siri ostida bo’ldi" 
degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish, 
qanday boshqaruv usulini qo’llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai 
nazardan yondoshiladi. 
Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larini 
shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu erda so’z ko’pincha maqsimumlashtiradigan 
yoki minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to’g’risida boradi. Odatda bunday 
tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar 
misol bo’la oladi: 
foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish; 
rag’batlantirish tizimi; foyda taqsimotida qatnashish; ma’naviy rag’batlar; yuqori lavozimlarga tayinlash, malakani oshirish kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi: muammoni qo’yish; muammoni hal qilish; qarorni tanlash; qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash. Muammoni qo’yish bosqichida qo’llniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar tarkibiga: - ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari; - muhim voqealarni qayd qilish usullari; - qiyoslash usullari; - dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi. Muammoni hal qilish, ya’ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma’lumotlarni yig’ishda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo’llashga "Nima sodir bo’ldi" va "qaysi sabablar ta’siri ostida bo’ldi" degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo’llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi. Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larini shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu erda so’z ko’pincha maqsimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to’g’risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo’la oladi: foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish;  
 
harajatni, qo’nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish. 
Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tadbirlar qaror qabul 
qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda 
maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari ikir-chikirigacha aniqlab 
chiqiladi. 
Delfa usuli aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a’zolarni 
to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya’ni boshqaruvning markaziy apparatidan 
uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish maqsadga 
muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bu usulga binoan echilishi lozim bo’lgan 
muammo bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi guruh a’zolarining 
bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat etilmaydi. 
Delfa usulini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshi-riladi: 
1) muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga 
tarqatiladi; 
2) har bir qatnashchi savollarga mustaqil va xufiya tarzda javob beradi; 
3) javoblar markaziy apparatda yig’iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan 
hujjat tayyorlanadi; 
4) tayyorlangan hujjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo’natiladi; 
5) har bir qatnashuvchining umumlashgan hujjatga nisbatan bildirgan fikri yana 
markaziy apparatda to’planadi. U ko’rilayotgan muammo echimiga o’zgargirish 
kiritishga asos bo’lishi mumkin. SHu sababli: 
6) bu ish umumiy qarorga kelinmagunga qadar takrorlanaveradi. 
Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining 
mustaqilligi ta’minlanadi. 
 
5.2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari 
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi. Bu 
usullarga:  
- boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; 
- har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini belgilash; 
harajatni, qo’nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tadbirlar qaror qabul qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari ikir-chikirigacha aniqlab chiqiladi. Delfa usuli aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a’zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya’ni boshqaruvning markaziy apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bu usulga binoan echilishi lozim bo’lgan muammo bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi guruh a’zolarining bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat etilmaydi. Delfa usulini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshi-riladi: 1) muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga tarqatiladi; 2) har bir qatnashchi savollarga mustaqil va xufiya tarzda javob beradi; 3) javoblar markaziy apparatda yig’iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan hujjat tayyorlanadi; 4) tayyorlangan hujjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo’natiladi; 5) har bir qatnashuvchining umumlashgan hujjatga nisbatan bildirgan fikri yana markaziy apparatda to’planadi. U ko’rilayotgan muammo echimiga o’zgargirish kiritishga asos bo’lishi mumkin. SHu sababli: 6) bu ish umumiy qarorga kelinmagunga qadar takrorlanaveradi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining mustaqilligi ta’minlanadi. 5.2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi. Bu usullarga: - boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; - har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini belgilash;  
 
- kadrlarni to’g’ri tanlash; 
- buyruklar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat 
qilish; 
- topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga 
nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning 
bo’ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar deb 
yuritiladi. YUqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy 
bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga 
farmoyishlar beradi. 
Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib 
topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funktsiyalari bajarilishining: 
 tashkiliy barqarorligini; 
 intizomliligini; 
 muvofiqliligini; 
 uzluksizligini ta’minlaydi. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada ishlashini, 
boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir 
ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. 
SHu bilan birga, ma’muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy 
chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra ma’muriy boshqarish bozorga xos 
bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi. 
Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o’z 
ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor 
iktisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida 
monopoliyaga 
qarshi 
siyosat 
amalga 
oshiriladi. 
Davlat 
bozorning 
monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, 
monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi. 
Ma’muriy usullardan; 
- kadrlarni to’g’ri tanlash; - buyruklar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish; - topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi. Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. YUqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi. Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funktsiyalari bajarilishining: tashkiliy barqarorligini; intizomliligini; muvofiqliligini; uzluksizligini ta’minlaydi. Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. SHu bilan birga, ma’muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik yurituvchi sub’ektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra ma’muriy boshqarish bozorga xos bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi. Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o’z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iktisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi. Ma’muriy usullardan;  
 
 iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish; 
 atrof-muhitni muhofaza qilish; 
 xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib 
tashlashni ta’qiqlash; 
 odamlar sog’lig’iga zararli mahsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kabi sohalarda 
faol foydalaniladi. 
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari ikki shaklda: 
- tashkiliy ta’sir ko’rsatish usullari; 
- farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo’ladi.  
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo’llaniladi, bir-birini to’ldiradi va 
rivojlantiradi. har ikkala shaklning uyg’unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini 
hisobga olingan holda optimal bo’lishi kerak. 
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni, ya’ni: 
- ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; 
- ichki tartib-qoidalarini o’rnatish; 
- boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimallik va oqilona nisbatni 
o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va 
organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat bo’lib, bunga e’lon 
qilinadigan yozma yoki og’zaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan 
yoki og’zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.  
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish boshqariladigan ob’ekt (korxona)ni loyihalash 
bosqichidan boshlanadi. So’ngra reglamentlash, normalash ishlari bajariladi.  
Jinoiy javobgarlik - bu mansab bilan bog’liq jinoyat sodir etilganda sud tomonidan 
qo’llaniladigan jazodir. SHunday qilib: 
Moddiy javobgarlikka - moddiy zarar etkazish, intizomiy javobgarlikka - intizomiy 
nojo’ya harakat, ma’muriy javobgarlikka - ma’muriy huquqbuzarlik, jinoiy 
javobgarlikka - jinoyat asos bo’ladi. 
 
 
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni ta’qiqlash; odamlar sog’lig’iga zararli mahsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari ikki shaklda: - tashkiliy ta’sir ko’rsatish usullari; - farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo’ladi. Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo’llaniladi, bir-birini to’ldiradi va rivojlantiradi. har ikkala shaklning uyg’unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olingan holda optimal bo’lishi kerak. Tashkiliy ta’sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni, ya’ni: - ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; - ichki tartib-qoidalarini o’rnatish; - boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimallik va oqilona nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi. Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat bo’lib, bunga e’lon qilinadigan yozma yoki og’zaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki og’zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi. Tashkiliy ta’sir ko’rsatish boshqariladigan ob’ekt (korxona)ni loyihalash bosqichidan boshlanadi. So’ngra reglamentlash, normalash ishlari bajariladi. Jinoiy javobgarlik - bu mansab bilan bog’liq jinoyat sodir etilganda sud tomonidan qo’llaniladigan jazodir. SHunday qilib: Moddiy javobgarlikka - moddiy zarar etkazish, intizomiy javobgarlikka - intizomiy nojo’ya harakat, ma’muriy javobgarlikka - ma’muriy huquqbuzarlik, jinoiy javobgarlikka - jinoyat asos bo’ladi.  
 
 
5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari 
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga 
asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo 
manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi: 
 umumjamiyag manfaatlari; 
 jamoa manfaatlari; 
 shaxsiy manfaatlar. 
Bu manfaatlarni uyg’un sur’atda bog’lab olib borish muammosi bir qator 
muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan 
munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi. 
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ro’yobga 
chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: 
 korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish; 
 xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq 
imtiyozlarini berish; 
 korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini 
mustahkamlash va ularning rolini oshirish; 
 moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; 
 bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va 
hokazolarga keng e’tibor beriladi. 
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot 
(xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik 
mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga 
keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. 
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali 
ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, 
mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni 
egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va 
5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi: umumjamiyag manfaatlari; jamoa manfaatlari; shaxsiy manfaatlar. Bu manfaatlarni uyg’un sur’atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish; xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish; korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish; moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e’tibor beriladi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va  
 
ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar orqali 
ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni: 
 jiddiy rejalar qabul qilishga: 
 mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga; 
 yangi texnologiyalarni joriy qilishga; 
 mehnat unumdorligini oshirishga; 
 raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da’vat 
etuvchi bo’lishi kerak. 
SHu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, 
bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat 
manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga 
ham foydali bo’lsin. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: 
kredit va foiz stavkasi; 
soliq va soliq yuki; 
boj to’lovlari; 
subsidiya va sanktsiya; 
litsenziya; 
transfert to’lovlari; 
narx-navo va hokazolar kiradi. 
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish 
chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim 
jarayonlarni boshqaradi. 
Agar ma’muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga 
qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan 
foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta’siri ham tubdan o’zgaradi. 
Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta’sirini qat’iy 
belgilangan reja orqali o’tkazadi.  
 
5.4. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari 
ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni: jiddiy rejalar qabul qilishga: mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga; yangi texnologiyalarni joriy qilishga; mehnat unumdorligini oshirishga; raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da’vat etuvchi bo’lishi kerak. SHu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin. Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: kredit va foiz stavkasi; soliq va soliq yuki; boj to’lovlari; subsidiya va sanktsiya; litsenziya; transfert to’lovlari; narx-navo va hokazolar kiradi. Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi. Agar ma’muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta’siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi. 5.4. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari  
 
Ijtimoiy-ruxiy usullarnnng asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy 
muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo’li bilan 
kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini 
qondirish orqali boshqarishni bildiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, 
ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini 
o’rganishga asoslangan usullardir. 
 Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga 
qaratilgan: 
1. Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, 
harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. 
Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.  
2. Ijtimoiy  yurish-turish me’yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va 
namunali an’analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda 
jamoa ongini o’stirishga yordam beradi. 
3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, 
umumiy ta’lim darajasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o’sish, malaka 
oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta’minlaydi.  
4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-
joylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni 
ko’rishga sharoit tug’diradi. 
5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga 
murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni 
qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi. 
6. Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari 
uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-
sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali bo’lishini 
talab qiladi. 
Ijtimoiy-ruxiy usullarnnng asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo’li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishga asoslangan usullardir. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan: 1. Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. 2. Ijtimoiy yurish-turish me’yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va namunali an’analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam beradi. 3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta’minlaydi. 4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy- joylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi. 5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi. 6. Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart- sharoitlarini vujudga keltiradi. Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali bo’lishini talab qiladi.  
 
 Amaliy boshqarishda sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun 
boshqarish ob’ektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak. Bunday 
axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish lozim. 
Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi: 
 jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati; 
 boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati; 
 jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;  
 xodimlar shaxsiyati;  
 xodimlar qo’nimsizligi sabablari; 
 xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; 
 jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi. 
Qayd qilingan ijtimoiy  tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari bor. 
SHuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va ko’proq 
samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma’lum darajada 
birga qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. 
Ijtimoiy-ruhiy usullar "Boshqarish sotsiologiya"si va "Boshqarish psixologiyasi"ga 
asoslanadi. 
Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi, 
jamoaning ijtimoiy  rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, 
xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni 
ko’rib chiqadi. 
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va 
natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, 
ularni joy-joyiga qo’yiщda, topshiriqlarni, funktsiyalarni taqsimlashda, xodimlarni 
rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlaщda va hokazolarda qo’llaniladi. 
Psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, 
idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, 
shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, 
harakter va mijoz kiradi. 
Amaliy boshqarishda sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish lozim. Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi: jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati; boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati; jamoaning extiyojlari va qiziqishlari; xodimlar shaxsiyati; xodimlar qo’nimsizligi sabablari; xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi. Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari bor. SHuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma’lum darajada birga qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. Ijtimoiy-ruhiy usullar "Boshqarish sotsiologiya"si va "Boshqarish psixologiyasi"ga asoslanadi. Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko’rib chiqadi. Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo’yiщda, topshiriqlarni, funktsiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlaщda va hokazolarda qo’llaniladi. Psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, harakter va mijoz kiradi.  
 
Ijtimoiy  psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy  
omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa 
muloqoti va o’zaro ta’sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining 
sohasidir. 
Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan 
belgilanadi. 
Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal 
qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi. 
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil 
qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish 
sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. 
Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan uzoq 
emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga, 
o’zlarining o’rinsiz e’tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan 
chalg’itib, ishlashga halaqit beradi.  
Bunday nosog’loim vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni 
asabiylashtiradi, natijada sotsial-ruhiy vaziyat yomonlashdi. Bu esa o’z-o’zidan 
ishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
 
Nazorat savollari 
1. Metod nima? Boshqaruv metodlarichi? 
2. Funktsional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli deganda nimani tushunasiz? 
3. Boshqarish funytsiyalarini bajarishda qanday usullar qo’llaniladi? 
4. Delfa usuli to’g’risida nima deya olasiz? 
5. Tashkiliy-ma’muriy metodning  mog’iyati nimada? 
6. Tashkiliy ma’muriy metodning qanday shakllarini bilasiz? 
7. Iqtisodiy metodlarning mohiyati nimada? 
8. Boshqarishning sotsial ruhiy metodlari qanday muammolarni echishga 
qaratilgan? 
 
Ijtimoiy psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta’sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir. Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi. Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga, o’zlarining o’rinsiz e’tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg’itib, ishlashga halaqit beradi. Bunday nosog’loim vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada sotsial-ruhiy vaziyat yomonlashdi. Bu esa o’z-o’zidan ishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nazorat savollari 1. Metod nima? Boshqaruv metodlarichi? 2. Funktsional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli deganda nimani tushunasiz? 3. Boshqarish funytsiyalarini bajarishda qanday usullar qo’llaniladi? 4. Delfa usuli to’g’risida nima deya olasiz? 5. Tashkiliy-ma’muriy metodning mog’iyati nimada? 6. Tashkiliy ma’muriy metodning qanday shakllarini bilasiz? 7. Iqtisodiy metodlarning mohiyati nimada? 8. Boshqarishning sotsial ruhiy metodlari qanday muammolarni echishga qaratilgan?