BOSHQARISHDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA
Reja
1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli
2. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar
3. Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi
4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon
5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar
Tayanch iboralar
Axborot. Ichki axborotlar. Tashqi axborotlar. Teskari aloqa. Oddiy tizim.
Murakkab tizim. Aralash axborot tizimi. Kommunikatsiya. Tashqi kommunikatsiya.
Ichki kommunikatsiya. Noformal kommunikatsiya. Kommunikatsion jarayonlar.
11.1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli
Axborot bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan yangilik
unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o’ta zarurdir.
Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar
boshqaruv negizi hisoblanadi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar
o’rtasidagi o’zaro aloqalar axborot vositasida quyidagicha amalga oshiriladi (14-
chizma):
Tashqi
Axborot
Ichki axborotlar
Boshqaruv buyrug’i
14-chizma. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob’ektning holati hamda boshqariluvchi
ob’ekt bog’liq bo’lgan tashqi muhim holati haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot
boshqaruvchi va organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u
boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. SHundan keyin axborot
Boshqaruvchi tizim
Boshqariluvchi tizim
boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o’tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga
yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi.
Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki axborot
boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu:
ish o’rinlarigva xom-ashyoning kelib tushishi;
stanok, uskunalarning ishlashi;
ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi;
tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati;
mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar.
Tashqi axborotlar, ya’ni:
yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar;
mahsulot iste’molchilari talablari;
boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari;
raqobatdoshlarning xatti-harakatlari;
bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat;
inflyatsiya va ishsizlik darajasi;
byudjetga to’lovlar va hokazolarda oid ma’lumotlar shu turkumdagi axborotlar
sirasiga kiradi. Bo’lar tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar hisoblanadi.
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan
aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi.
11.2. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga
quyidagi talablar qo’yiladi:
Ishonchlilik;
tushunarli, bir ma’nolilik;
tezkorlik;
to’liqlik;
tejamlilik.
Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko’rsatishi,
tezkorlik bilan ish olib borishi, vaziyat o’zgarishni o’z vaqtida payqab olish,
resurslar bilan manevr qila olishi, har bir konkret sharoitda maqbul qaror qabul
qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim.
Ortiqcha, befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt
sarflashga olib keladi.
Axborot tushunarli bo’lishi kerak, chalkash, bir-biri bilan taqqoslab
bo’lmaydigan ko’rsatkichlar to’g’ri rahbarlik qilishga va o’z vaqtida qaror qabul
qilishga putur etkazadi.
Axborotning o’z vaqtida kelishi va o’z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi,
ya’ni tezkorlik ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, ishlab chiqarishning
uzluksiz borishiga yordam beradi. SHuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli
maqsadlar uchun oson o’zgarish, undan boshqaruvning barcha bo’g’inlarida
foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan qo’shimcha ishlov
bermasdan foydalanish ham katta ahamiyatga ega.
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kechi
berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi.
Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun
boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta’min etilishi, axborot hajmi maqsadga
muvofiq bo’lishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi
tezkor va to’g’ri boshqarishga halal beradi. Boshqarish apparati xodimlar qanchalik
yuqori malakali bo’lsalar, axboro qimmati ham shunchalik yuqori va tartibga
solingan bo’ladi. Boshqarish organlari ma’lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari
bilan qanchalik mukammal ta’minlangan bo’lsa, rahbarlarga ortiqcha, befoyda
ma’lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o’z navbatida axborot oqimidagi
tejamkorlikni ta’minlaydi.
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to’g’ri
aloqagagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo’lishidir. Teskari aloqa har
qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm
hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (bo’ysinuvchidan boshliqqa)
kelib tushadigan axborotni, ya’ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari
to’g’risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko’p tomonlama va xilma-xil
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi.
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin shu
farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi to’g’risida teskari aloqa yo’li
bo’yicha o’z vaqtida axborot bilan ta’minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni
buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
Ishlab chiqarishni va davlat boshqaruvining barcha darajalarida mustahkam
teskari aloqa mavjudligi harakterlidir. Odatiy bir misol. Mamlakatimizning iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishi bo’yicha ishlab chiqiladigan barcha qonunlar, albatta
umumxalq muhokamasiga qo’yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va
istaklari hisobga olinib, qo’shimchalar va o’zgarishlar kiritiladi.
Teskari aloqa yordamida axborotni jo’natuvchi bilan uni qabul qiluvchi
o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan
o’zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya’ni har ikki tomon o’z vazifalarini
o’zaro almaggandek bo’ladi.
Teskari aloqa - eshitganga, o’qiganga yoki ko’rganga tan aks ta’sir yoki
ta’sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga bo’lgan
munosabatini, tushunganligi yoki to’liq tushunmaganligini, qo’llab-quvvatlashi yoki
inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday aloqa har ikkala
tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur.
Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so’z har doim bo’ysinuvchilar
tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o’ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga
boruvchi rahbar o’zini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali
o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi.
SHov-shuv axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi unsurlardan
hisoblanadi. Axborotlarni uzatish nazariyasi tili bilan aytganda shov-shuv - bu
g’oyani buzib talqin qilishda namoyon bo’ladi. Aytilgan so’zdan tortib, to uni qabul
qilingungacha bo’lgan masofadagi turli to’siqlar, shov-shuvlar axborotni
kodlashtirish va dekodlashtirish, shuningdek rahbar bilan bo’yisnuvchi o’rtasidagi
aloqa jarayoniga katta ta’sir o’tkazishi mumkin.
SHu sababli shov-shuvni ham e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.
11.3. Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi
Hozirgi davrda xalq xo’jaligining turli bo’linmalari faoliyatini boshqarish, eng
avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga bog’liq.
Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’ektining faoliyati ko’p
tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi.
Bo’lar esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, o’ta
murakkabligi va davom etish sur’atlarining yuqoriligi bilan bog’liqdir.
Boshqaruv axborotlari o’ta turli-tuman bo’lganligi tufayli mazkur boshqarish
qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va etarli axborotni tanlab olish ancha qiyin.
Barcha axborotlarni o’ziga xos belgilarga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya’ni
klassifikatsiya qilish yoki tasniflash, bu qiyinchilikni barataraf etish yoki bir oz
engillashtirishga ma’lum darajada yordam beradi. Turkumlanganda axborot tizimi
har tomonlama soddalashadi, shuningdek, uni to’plash, uzatish va turlarga ajratish
osonlashadi, buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan to’liqroq ta’min etiladi.
Ishlab chiqarish doimiy rivojlanishda bo’lganligi sababli axborot turlari, soni
va ko’lami ham ko’payib boraveradi. SHu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni
to’liq deb bo’lmaydi. Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun
axborotlar har bir boshqarish ob’ektining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib
aniq turkumlanadi.
Axborotlar tizimi
Oddiy tizim
Murakkab tizim
15-chizma. Axborotlar tizimi
Oddiy tizim. Axborot paydo bo’lgan joydan iste’mol joyiga keltiriladi. Bunday
axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi
axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to’g’ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan
axborot bunga misol bo’la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.
Murakkab tizim. Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining
murakkabligi bilan bog’liq. Bu erda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda
hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
Murakkab axborot tizimining har xil darajada mexanizatsiyalash turlari
quyidagilardan iborat:
Axborotlarni to’la o’zlashtirish davri. Bunda axborot oddiy mexanizmlardan
foydalanilgan holda butunlay qayta ishlanadi.
Aralash
axborot
tizimi.
Bunda
axborotni
mexanizatsiyalashgan
va
avtomatlashgan qurilmalari yordamida o’zgartirishlarga erishiladi. Bu tizim
aavtomatlashgan nazoratni ta’minlaydi, ba’zida korxonaning ishlab chiqarish
faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiradi.
Axborot-ma’lumot tizimi. Bunda ko’z bilan bajariladigan nazorat uchun ba’zi
bir ma’lumotlarni berish bilan cheklanadi.
Kuzatuv axborot tizimi. Bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni
ta’minlaydi. Keyingi ikkila tizim asosan texnologik jarayonlar to’g’risidagi
axborotlarni qayta ishlash uchun qo’llaniladi.
Axborotlar tizimi - bu murakkab tizim bo’lib, o’z ichiga turli hujjatlarni,
axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini
oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish - bu ijodiy jarayon, o’ziga xos bir san’at. U
rahbarning xilma-xil ish usullarida namoyon bo’ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu
sohada oz omilkor kishilarning fikrini turli kanallar orqali aniqlash va bu ijobiy
fikrlardan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o’z fikrlarini
har bir kishining ongiga etkazish uchun ham ma’lum xislatlarga ega bo’lishi kerak.
Rahbarning yozishni bilishi - bu faqat savodli yoza bilishni emas, balki fikrni
qisqa va ravon, davlat tilida badiiy, sodda bayon qilish demakdir. Rahbarlikda bu
o’z qarorini bo’ysinuvchiga etkazish uslubidir. Ishlab chiqarishni boshqarishda
yozish mumkin bo’lgan hamma narsani yozib qo’yishi kerak, degan qoida amal
qiladi. Bu bo’ysinuvchiga yozilganlarga qarab o’z xatti-harakatini aniq tekshirib
borish, rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi.
Rahbar o’ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi,
ulardan omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto’g’ri, past qiymatli axborot tufayli
yomon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo’lishi, eng muhimi unga
kelayotgan axborotlarni saralab olishi darkor. Funktsional xizmat xodimlari,
yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
11.4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir.
Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab
qiladi. YAxshi yo’lga qo’yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
So’rovlar shuni ko’rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik rahbarlar,
kommunikatsiya, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lidagi bosh to’siq deb
hisoblaydilar. YAna bir boshqa so’rovga ko’ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming
xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar.
Umuman har bir rahbar 50 dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi.
SHu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng
avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya’ni:
kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
telefonda so’zlashuv qobiliyati;
rasmiy xujatlarni tuzish va o’qiy olish qobiliyati;
majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog’liq.
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu o’ta murakkab, ko’p bosqichli tizim
bo’lib, o’z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi
axborot almashuvini ham oladi (16-chizma).
16-chizma. Tashkiliy kommunikatsiyaning tasnifiy sxemasi
Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvchi ostidagi ob’ekt bo’lib, u o’zidan
yuqori tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) turli
hisobotlar, ma’lumotlar, axborotlar berib turadi.
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o’rtasidagi axborot
almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv
organlari, hokimiyat, vazirlik qo’mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni
axborotlari bunga misol bo’ladi.
Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo’limlar o’rtasidagi,
korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi
Tashkiliy kommunikatsiya
Tashqi
Ichki
Gorizontal
Vertikal
Noformal
Bo`g`inlararo
kommunikatsiya
-Rahbar-bo`ysinuvchi
tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va
bo’limlararo (gorizonlatl kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo’ysinuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng
ko’p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig’i yoki masterning
jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada
rahbar faqat o’z qarorini billdiribgina qolmay, bo’ysinuvchilarga ta’sir ko’rsatishi,
ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg’otishi mumkin.
qo’pollik bilan baqirish, "so’kinish"ga va hokazolarga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.
Rahbarning shaxsiy obro’si ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishiga,
qanday so’zlashiga bog’liq.
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning
xizmatga doir bo’lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot
almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi chegara doirasida bo’lishi kerak.
Kommunikatsion jarayon - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot
almashish jarayonidir. Bu jarayonda to’rtta bazaviy unsur qatnashadi:
axborotni jo’natuvchi;
axborotning o’zi (xabar);
aloqa kanali, ya’ni axborotni uzatish vositasi;
axborotni qabul qiluvchi.
Ana shu to’rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagina, axborot o’z
vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikkala tomon (jo’natuvchi
va qabul qiluvchi) faol rol o’ynashi kerak.
Kommunikatsion jarayon 6 bosqich ketma-ketligida bajariladigan ishlar
majmuasi tariqasida ifodalash mumkin:
1. Axborotni tanlash va g’oyani shakllantirish. Bu bosqichda axborotni qabul
qiluvchiga qanday topshiriqni, qaysi g’oyani berish to’g’risida fikrlaydi va uni
shakllantiradi.
2. Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish. Bu erda
axborotni jo’natuvchi o’zining g’oyasini grafik va chizmalarda, yozma ovozda yoki
tasvirda kodlashtiradi.
3. Aloqa qilish kanalini tanlash va axborot (xabar)ni uzatish. Kodlashtirish
bilan bir qatorda axborotni uzatuvchi kommunikatsiyaga muvofiq ravishda uzatish
kanalini tanlaydi. SHunday kanallar turkumiga: pochta, telefon, telefaks, elektron
pochta, kompyuter shoxobchasi va boshqalar kiradi.
4. Dekodlashtirish va axborotni qabul qilish. Dekodlashtirish deganda
uzatilayotgan xabarni, axborotni qabul qiluvchi fikriga o’tkazish, belgilarda
ifodalash tushuniladi. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech
qanday to’siqsiz sababli, axborot etkazilguncha yo’l-yo’lakay turli shov-shuvlarga
duch kelib asl mohiyatini yo’qotish mumkin. SHu sababli teskari aloqa ham mavjud.
5. Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish. Bu bosqichda axborot
uzatuvchi bilan axborotni qabul qiluvchi o’z o’rinlari bilan almashinadilar.
Axborotni qabul qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobni shakllantiradi.
6. Javobni uzatish. SHakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali axborotni
uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jarayon tugaydi. Hozirgi
paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat
ko’rsatmoqda. Ular yordamida axborot to’planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar
banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun,
balki iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o’ta zarur.
11.5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar
SHuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim
muammolar tug’ilishi mumkin. SHunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd
qilish mumkin:
Idrok qilishdagi ruhiy farq.
Ma’naviy (semantik) to’siq.
Noverbal imo-ishoralar.
Filtrlash.
Aloqa kanallarining haddan tashqari ko’payib ketishi.
Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib).