BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

20,2 KB


 
 
 
 
 
 
BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI 
 
 
Reja 
3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar 
3.2. Boshqaruv maqsadi turlari 
3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati 
3.4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI Reja 3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar 3.2. Boshqaruv maqsadi turlari 3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati 3.4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari  
 
 
 Tayanch iboralar: Maqsad. Siyosiy maqsadlar. Joriy maqsadlar. Istiqbolli 
maqsadlar. Innovatsion maqsadlar. Maqsadlar kaskadi. Funktsiya. Vazifa. 
Boshqarish funktsiyalari. Rejalashtirish. Tashkil etish. Nazorat. 
 
3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar 
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda 
tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini 
ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni 
aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz: 
bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; 
faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi; 
faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi; 
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; 
pirovard natijamizning baxolash me’yorlarni belgilaydi va x.k. 
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun 
juda muhimdir. CHunki aynan shu maqsadga binoan: 
boshqarish funktsiyalari; 
boshqarish usullari; 
boshqarishning tuzulmaviy tarkibi; 
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. 
Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 
1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak. 
Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat 
qolmaydi. 
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak. 
- qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech 
qanday shamol ham hamrox bo’la olmaydi. 
3. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak. 
Miqdoran o’lchovga, me’yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob. 
Tayanch iboralar: Maqsad. Siyosiy maqsadlar. Joriy maqsadlar. Istiqbolli maqsadlar. Innovatsion maqsadlar. Maqsadlar kaskadi. Funktsiya. Vazifa. Boshqarish funktsiyalari. Rejalashtirish. Tashkil etish. Nazorat. 3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz: bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; pirovard natijamizning baxolash me’yorlarni belgilaydi va x.k. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. CHunki aynan shu maqsadga binoan: boshqarish funktsiyalari; boshqarish usullari; boshqarishning tuzulmaviy tarkibi; lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak. Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat qolmaydi. 2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak. - qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamrox bo’la olmaydi. 3. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak. Miqdoran o’lchovga, me’yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob.  
 
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor. 
5. Maqsad bo’limlar va ma’sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak. 
Maqsad, uni boshqarish printsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga 
tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak. 
6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak 
Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas’ul shaxs bo’yicha mayda-
chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim.   Bu - umumiy, bosh 
maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni 
tuzishni talab qiladi. 
 
3.2. Boshqaruv maqsadi turlari 
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda 
turkumlashni taqozo etadi. Maqsadni turkumlash belgilari: 
1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab; 
2. Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab; 
3. Amalga oshirish muddatiga qarab;  
4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab; 
5. Kutiladigan natijalarga qarab;  
6. Murakkablik darajasiga qarab, 
Maqsadlar:   
1) siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, sotsial maqsadlar, ma’rifiy-
ma’naviy maqsadlar, xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq.  
2) Xududiy boshqarish maqsadlari: 
- mamlakat maqsadlari        - viloyat maqsadlari 
- tuman maqsadlari              - qishloq maqsadlari 
- ishlab chiqarish maqsadlari      - xalq xo’jaligi maqsadlari 
- tarmoq (sektor) maqsadlari       - korxona (firma) maqsadlari 
- yakka shaxs maqsadi 
3)  joriy maqsadlar 
4) istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar 
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor. 5. Maqsad bo’limlar va ma’sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak. Maqsad, uni boshqarish printsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak. 6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas’ul shaxs bo’yicha mayda- chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni tuzishni talab qiladi. 3.2. Boshqaruv maqsadi turlari Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi. Maqsadni turkumlash belgilari: 1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab; 2. Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab; 3. Amalga oshirish muddatiga qarab; 4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab; 5. Kutiladigan natijalarga qarab; 6. Murakkablik darajasiga qarab, Maqsadlar: 1) siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, sotsial maqsadlar, ma’rifiy- ma’naviy maqsadlar, xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq. 2) Xududiy boshqarish maqsadlari: - mamlakat maqsadlari - viloyat maqsadlari - tuman maqsadlari - qishloq maqsadlari - ishlab chiqarish maqsadlari - xalq xo’jaligi maqsadlari - tarmoq (sektor) maqsadlari - korxona (firma) maqsadlari - yakka shaxs maqsadi 3) joriy maqsadlar 4) istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar  
 
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar 
- fursatli maqsadlar 
- bir martalik maqsadlar                                               
5) pirovard maqsadlar 
- oraliq maqsadlar    
6) oddiy, an’anaviy maqsadlar 
- muammoli maqsadlar 
- innovatsion maqsadlar 
Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, 
muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad 
boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin. 
Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq 
muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona 
bo’limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan quyidagi 
funktsional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi mumkin. 
Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni 
har bir bo’linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq 
maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab 
berilishi barcha bo’g’inlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini 
beradi.  Butun boshqaruv apparati harakatlarining puxta bo’lishini belgilaydi. 
Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko’proq davr 
mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda 
ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi"ni ro’yobga chiqarishdek 
ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o’z ichiga oladi: 
- 1997-2001 - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab 
qolish asosida ushbu tizimni islox qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar 
jixatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. 
- 2001-2005 - milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining 
rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga 
aniqliklar kiritish. 
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar - fursatli maqsadlar - bir martalik maqsadlar 5) pirovard maqsadlar - oraliq maqsadlar 6) oddiy, an’anaviy maqsadlar - muammoli maqsadlar - innovatsion maqsadlar Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin. Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo’limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan quyidagi funktsional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi mumkin. Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni har bir bo’linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bo’g’inlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini beradi. Butun boshqaruv apparati harakatlarining puxta bo’lishini belgilaydi. Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko’proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi"ni ro’yobga chiqarishdek ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o’z ichiga oladi: - 1997-2001 - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islox qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar jixatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. - 2001-2005 - milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.  
 
- 2005 va undan keyingi yillar - to’plangan tajribani tahlil qilish va 
umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga 
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. 
Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga 
oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini 
o’stirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot 
sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab kilinadigan maqsadlardir 
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug’ilishi 
mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda 
vujudga kelgan muammoni echish uchun o’rtaga qo’yiladi. Bu maqsad, masalan, 
tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag’ni 
ajratish ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni 
quyidagi to’rtta guruhga bo’lishadi: 
oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;  
muammoli maqsadlar; 
innovatsion maqsadlar; 
xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo’yicha maqsadlar. 
Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga 
oshiriladigan odatiy maqsadlar bo’lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli 
bo’g’indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. 
Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar 
korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug’diradi. 
Muammoli maqsad. Sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin 
ko’paytirish: 
- mahsulotga bo’lgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni; 
- ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni; 
- eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi. 
Innovatsion maqsadlar - bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi 
texnologiyani joriy qilish buyicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir. 
- 2005 va undan keyingi yillar - to’plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o’stirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab kilinadigan maqsadlardir Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun o’rtaga qo’yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag’ni ajratish ko’rinishida bo’lishi mumkin. Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi to’rtta guruhga bo’lishadi: oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar; muammoli maqsadlar; innovatsion maqsadlar; xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo’yicha maqsadlar. Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bo’lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo’g’indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug’diradi. Muammoli maqsad. Sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko’paytirish: - mahsulotga bo’lgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni; - ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni; - eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi. Innovatsion maqsadlar - bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish buyicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir.  
 
Masalan, tadqiqot bo’limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo’lishi mumkin: "1 
iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sinovdan 
o’tkazishni ta’minlash". 
Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik 
muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin.  
To’rtinchi guruh maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish 
sohasidagi maqsadlar bo’lib, ular uzok, muddatli (strategik) reja asosida muntazam 
ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, "3-5 yil ichida 20 % korxona xodimlari 
malakasini oshirish". 
Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir xodim 
maqsadining qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga 
bog’liq bo’ladi. SHu sababli har bir xodim oldiga qo’yiladigan maqsadga nisbatan 
quyidagi talablar qo’yiladi. 
Xodim maqsadi yuqori bo’g’indagi bo’limlar maqsadiga bo’ysunishi, unga 
mos bo’lishi kerak.  
Maqsadlar kaskadi (pog’onalari). Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona 
maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi: 
 xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan 
oshmasligi kerak.; 
 yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi 
kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi; 
 rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, 
amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak. 
Umuman har bir kishi maqsadga erishishning yo’li og’ir va murakkab bo’lishi 
mumkinligini anglashi kerak. U o’z maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid 
bog’lamasligi kerak. SHundagina u har qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka   
tayyor  bo’ladi, tushkunlikka tushmaydi. 
  Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o’ta 
murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos: 
 tobe bo’lishlik; 
Masalan, tadqiqot bo’limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo’lishi mumkin: "1 iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sinovdan o’tkazishni ta’minlash". Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin. To’rtinchi guruh maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi maqsadlar bo’lib, ular uzok, muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, "3-5 yil ichida 20 % korxona xodimlari malakasini oshirish". Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir xodim maqsadining qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog’liq bo’ladi. SHu sababli har bir xodim oldiga qo’yiladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi. Xodim maqsadi yuqori bo’g’indagi bo’limlar maqsadiga bo’ysunishi, unga mos bo’lishi kerak. Maqsadlar kaskadi (pog’onalari). Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi: xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan oshmasligi kerak.; yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi; rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak. Umuman har bir kishi maqsadga erishishning yo’li og’ir va murakkab bo’lishi mumkinligini anglashi kerak. U o’z maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid bog’lamasligi kerak. SHundagina u har qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka tayyor bo’ladi, tushkunlikka tushmaydi. Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o’ta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos: tobe bo’lishlik;  
 
 yoyib bo’lishlik; 
 o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik. 
Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning 
mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik 
maqsadlarga, istiqbolli maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga 
bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushuniladi.  
Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning: 
 o’z mohiyati bo’yicha; 
 amalga oshirish davri (vaqti) bo’yicha; 
 pog’onalar bo’yicha; 
 bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga 
yoyilishi tushuniladi. 
Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning 
muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, 
xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur 
maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish 
imkonini beradi. 
 Maqsadning muayyan iyerarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa 
bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega 
bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda 
bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani 
bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul 
qo’llaniladi. 
"Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi 
aloqaning grafik tasviridir. 
U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq 
vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga ega 
bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o’rtasida 
moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita 
ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi. 
yoyib bo’lishlik; o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik. Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbolli maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushuniladi. Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning: o’z mohiyati bo’yicha; amalga oshirish davri (vaqti) bo’yicha; pog’onalar bo’yicha; bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi. Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Maqsadning muayyan iyerarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi. "Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga ega bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o’rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi.  
 
  
3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati 
Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki 
og’iz so’z. 
"Funktsiya" -bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat 
doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. 
"Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, o’rganilishi 
lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, 
xizmat lavozimi, mansab, amal  demakdir. 
"Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma’noga ega. 
Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.  
"Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin. 
Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid  aniq 
vazifalarni hal  etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi. 
Demak, 
boshqaruv 
muayyan 
funktsiyalar 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv 
jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. 
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan 
kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: 
 loyihalash; 
 konstruktorlik; 
Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi. 
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, 
 mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 
 mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; 
 asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq, funktsiyalar 
paydo bo’ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: 
- ishlab chiqarish vositalari, texnika;   - xom-ashyo; 
- energiya; 
3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z. "Funktsiya" -bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. "Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, o’rganilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir. "Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma’noga ega. Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. "Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin. Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi. Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq, funktsiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: - ishlab chiqarish vositalari, texnika; - xom-ashyo; - energiya;  
 
- transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. SHundan keyin: 
- kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish; 
- mehnatni tashkil qilish; 
- ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib 
chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning 
funktsiyalarida namoyon bo’layapti. Zero: funktsiyalar faoliyat turlarining,  
sub’ektining boshqarish ob’ektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. 
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham 
bo’lishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini 
aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy 
tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi. 
Boshqarish funktsiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. SHu sababli ularni muhim 
belgilar buyicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqaruv 
funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun 
jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. 
 
3.4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari 
 
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish 
funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning asosiy (umumiy) funktsiyalariga 
ustuvorlik beradi: 
1. 
rejalashtirish; 
2. 
tashkil qilish; 
3. 
tartibga solish va muvofiqlashtirish; 
4. 
nazorat; 
5. 
rag’batlantirish (motivlashtirish). 
Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni 
rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda 
muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida o’z aksini topadi. 
- transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. SHundan keyin: - kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish; - mehnatni tashkil qilish; - ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo’layapti. Zero: funktsiyalar faoliyat turlarining, sub’ektining boshqarish ob’ektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi. Boshqarish funktsiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. SHu sababli ularni muhim belgilar buyicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. 3.4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi: 1. rejalashtirish; 2. tashkil qilish; 3. tartibga solish va muvofiqlashtirish; 4. nazorat; 5. rag’batlantirish (motivlashtirish). Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida o’z aksini topadi.  
 
Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy 
xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va 
mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning 
hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular 
boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab 
oladi. 
Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish 
ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq  
funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab 
chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo’lmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular 
quyidagilardir: 
asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;  
qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; 
ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish; 
marketingni boshqarish;  
moliviy boshqarish;  
sifatni boshqarish;  
mehnatni boshqarish; 
xodimlarni boshqarish; 
innovatsiyani boshqarish va hakazo. 
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va 
sohalari alohida ajralib turadi.  Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy 
funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur 
bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz . 
Asosiy funktsiyalar: 
1. Rejalashtirish 
Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja 
tuzishdan boshlanadi. Bu rejada boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga 
oshirish muddatlari belgilanadi, vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi, 
xalq xo’jaligi bo’g’inlarining o’zaro aloqalari o’rnatiladi. 
Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo’lmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish; marketingni boshqarish; moliviy boshqarish; sifatni boshqarish; mehnatni boshqarish; xodimlarni boshqarish; innovatsiyani boshqarish va hakazo. Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz . Asosiy funktsiyalar: 1. Rejalashtirish Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Bu rejada boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi, vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi, xalq xo’jaligi bo’g’inlarining o’zaro aloqalari o’rnatiladi.  
 
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda har bir boshqaruv 
xodimi o’zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o’z ish joyidagi faoliyati 
ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni 
uyushtiradi. 
2. Tashkil qilish. Bu funktsiya boshqaruv ob’ekti doirasida barcha 
boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi. 
3. Muvofiqlashtirish va tartibga solish; 
Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish 
boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi. Muvofiqlashtirish mablag’larni tejash 
maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish 
imkonini beradi.  
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo’lib, u sodir bo’lib turadigan 
og’ishlarni bartaraf qilish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni 
maqsad qilib qo’yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tug’ilgan 
og’ishlarning oldi olinadi. 
4. Nazorat. Bu funktsiyaning maqsadi "tutib olish", "aybini ochish", "ilintirish" 
emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, 
tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o’z vaqtida sozlab 
turishdir.    Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. 
Muntazam nazorat yo’q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bo’lmaydi. 
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar quyidagicha bo’ladi: -
boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari;         
 boshqarishning sotsial funktsiyalari; 
 boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funktsiyalari. 
Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq  va ma’lum darajada tartibga 
solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. 
SHuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda 
qolmasligi kerak. 
 
Nazorat savollari 
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda har bir boshqaruv xodimi o’zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o’z ish joyidagi faoliyati ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi. 2. Tashkil qilish. Bu funktsiya boshqaruv ob’ekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi. 3. Muvofiqlashtirish va tartibga solish; Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi. Muvofiqlashtirish mablag’larni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo’lib, u sodir bo’lib turadigan og’ishlarni bartaraf qilish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib qo’yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tug’ilgan og’ishlarning oldi olinadi. 4. Nazorat. Bu funktsiyaning maqsadi "tutib olish", "aybini ochish", "ilintirish" emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o’z vaqtida sozlab turishdir. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yo’q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bo’lmaydi. Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar quyidagicha bo’ladi: - boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari; boshqarishning sotsial funktsiyalari; boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funktsiyalari. Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. SHuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Nazorat savollari  
 
1.Boshqarish maqsadi nima? U qanday talablarga javob berishi kerak? 
2. Boshqarish maqsadi qanday turlarga bo’linadi? 
3. Joriy va istiqboldagi maqsadlar bilan uzluksiz va fursatli maqsadlar qanday 
farqlanadi? 
4. YAkka maqsadlar deganda  nimani tushunasiz? 
5. Funktsiya nima? Boshqarish deganda nimani tushunasiz? 
6. Boshqarishning umumiy va aniq funktsiyalari haqida nima deya olasiz? 
7. Boshqarishning o’ziga xos  aniq funktsiyalari deganda nimani tushuniladi? 
8. Boshqarish  funktsiyalari  qanday  turkumlanadi? 
 
1.Boshqarish maqsadi nima? U qanday talablarga javob berishi kerak? 2. Boshqarish maqsadi qanday turlarga bo’linadi? 3. Joriy va istiqboldagi maqsadlar bilan uzluksiz va fursatli maqsadlar qanday farqlanadi? 4. YAkka maqsadlar deganda nimani tushunasiz? 5. Funktsiya nima? Boshqarish deganda nimani tushunasiz? 6. Boshqarishning umumiy va aniq funktsiyalari haqida nima deya olasiz? 7. Boshqarishning o’ziga xos aniq funktsiyalari deganda nimani tushuniladi? 8. Boshqarish funktsiyalari qanday turkumlanadi?