BOSHQARUV TIZIMI NAZARIYASI VA AMALIYOTINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
39,0 KB
1
BOSHQARUV TIZIMI NAZARIYASI VA AMALIYOTINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
Reja:
1. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda boshqaruv va menejment.
2. Qadimgi amaliyot va yangi fan.
3. Boshqaruvning rivojlanishi.
4. Boshqaruv maktablari.
2
Tayanch so‘z va iboralar: qadimiy amaliyot va yangi fan, boshqarishni
rivojlanishi, boshqaruvga bo‘lgan sistemali qarash, ilmiy boshqaruv maktabi,
qobiliyat to‘g‘risidagi fanlar, klassik boshqarish, holatiy yo‘nalish.
1. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda boshqaruv va menejment.
Iqtisodiyotning turli jabxalaridagi faoliyatni olib borish boshqaruv orqali
amalga oshiriladi. Boshqaruvsiz hech qanday faoliyat amalga oshmaydi. Boshqaruv
faoliyati qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, mamlakatlar va tashkilotlarning
samarasining asosi bo‘lib hisoblangan. Iqtisodiyot rivojlanishi va uni turli
ko‘rinishlarga o‘tishi natijasida boshqaruv faoliyati, uning tamoyillari, usullari va
ahamiyati o‘zgarib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda insoniyat sivilizatsiyasi bozor
munosabatlarini maqbul ko‘rib, unga o‘tib borayotgan davr uchun boshqaruv
faoliyatining ahamiyati yanada ortib ketdi, boshqaruvning bozor munosabatlariga
mos keladigan tamoyillarini ishlab chiqilmoqda, boshqaruv sohasida yangi
nazariyalar yuzaga kelmoqda.
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan iqtisodiyotni boshqarish tizimini tubdan
qayta
qurish
–
mamlakatimizda
o‘tkazilayotgan
islohotlarning
muhim
yo‘nalishlaridan biridir. Yangi shart-sharoitlarga tushib qolgan korxona uchun bu
juda katta ahamiyatga ega. Tovar – pul munosabatlari ob’ekti bo‘lib, iqtisodiy
mustaqillikka va o‘z faoliyati natijalariga to‘liq javob berish huquqini egallagan
korxona, shunday boshqarish tizimini shakllantirishi kerakki, buning natijasida
yuqori ish samaradorligiga, raqobatbardoshlikka va bozordagi mustahkam xolatga
erishsin.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida menejment iborasi lug‘atlarga kirib
keldi va tobora mustahkam o‘rin egallab bormoqda. Menejment – bu bozor
iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to‘liq javob beradigan boshqarishning bir turidir.
Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbir sifatida
ko‘p omillar bilan harakterlanadi. Boshqarish kichik va yirik biznesda ham
3
farqlanadi. Menejment ko‘p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy,
falsafiy, psixologik, texnik va tashkiliy.
Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan yuksak san’atni, u
tomonidan qo‘llaniladigan usul va uslublarning keng to‘plamini, boshqarish va
tadbirkorlik malakalarini talab etadi.
6-rasm. Zamonaviy menejmentning hozirgi sharoitdagi vazifalari.
Menejment – bu bozor iqtisodida amal qilayotgan korxonaning optimal xo‘jalik
natijalariga ko‘p turli menejment mexanizmining ijtimoiy – iqtisodiy tamoyillari,
funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan alohida kasb
faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu samarali boshqarish imkoniyatlari o‘rganiladigan
bilimlar sohasidir.
2. Qadimgi amaliyot va yangi fan.
Tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa boshqaruv jarayonini amalga
oshirishi shart. Qadimgi zamonlarda ham tashkilotlar bo‘lgani kabi, ularda
boshqaruv ham mavjud bo‘lgan. Demak, boshqaruv amaliyoti qadimdan beri
Замонавий менежментнинг ҳозирги шароитдаги вазифалари
Иқтисодиётнинг реал сектори
корхоналарини қўллаб-қувватлаш
Ишлаб чиқаришни модернизация
қилиш
Кооперация алоқаларини
кенгайтириш
Мустаҳкам ҳамкорликни йўлга
қўйиш
Ички талабни рағбатлантириш
4
mavjud bo‘lgan. Temuriylar bog‘lari, Buxoro va Samarqanddagi tarixiy obidalar,
shaharlar, mamlakatlar o‘rtasida yuz bergan urushlar, Misr ehromlari – bular
barchasi tashkiliy harakatlar natijasida amalga oshgan. Bu harakatlar barchasi
boshqaruv faoliyati orqali amalga oshirilgan. Belgilangan maqsadga erishish esa
samarali tarzda boshqarishni, ishlarni to‘g‘ri tashkil etishni talab qilgan.
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlarni -jadvalda
ko‘rsatilgan.
2-jadval
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlar
Qadimgi tashkilotlar.
Zamonaviy tashkilotlar
Kichik va mayda tashkilotlar.
Yirik va bakuvvat tashkilotlar.
Rahbarlarning kamligi.
Rahbarlarning ko‘pligi.
O‘rta bo‘g‘in rahbarlarining yo‘qligi.
O‘rta bo‘g‘in rahbarlarining ko‘pligi.
Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat
turlaridan ajralmaganligi.
Boshqaruv faoliyatining mustaqilligi.
Rahbarlikni avloddan-avlodga o‘utishi
yoki kuch ishlatib olinishi.
Rahbarlikni qonuniy yo‘l bilan, ilm va
bilim egallanishi.
Tashkilot
uchun
muxim
qarorlar
kamchilik tomonidan qabul qilingan.
Muxim
qarorlar
qabul
qilishda
ko‘pchilikning qatnashuvi.
Buyruq bilan ishlash.
Jamoa mehnati va samarali faoliyatga
asoslanish.
Tashkilotlar va boshqarish qadimda va hozir mavjud bo‘lgani bilan ular orasida
juda katta farq bo‘lgan. Avvalgi vaqtlardagi tashkilotlarda, ya’ni, XX-asrgacha
bo‘lgan tashkilotlarda boshqaruvni qanday qilib tizimli tarzda amalga oshirishga
qiziqish bo‘lmagan, asosan ko‘proq pul ishlab topish asosiy maqsad hisoblangan.
Shu bilan birgalikda siyosiy xokimiyatga ega bo‘lishga qiziqish katta bo‘lgan.
Qanday kilib samarali boshqarishni amalga oshirish to‘g‘risida fikr yuritilmagan.
3. Boshqaruvning rivojlanishi.
5
XIX-asr boshlarida Robert Ouen boshqaruvni takomillashtirish orqali tashkilot
maqsadlariga erishish mumkinligi to‘g‘risida izlanishlar, tadqiqotlar olib borgan. U
o‘z korxonasida odamlarga yashash uchun qulay uy-joylar bergan, ish sharoitlarini
yaxshilashga harakat qilgan, moddiy jihatdan qiziqishlarini orttirish uchun ular
mehnatini aniq va haqqoniy tarzda baholash tizimini yaratgan. Bu o‘zgarishlar o‘z
samarasini beradi. Odamlar o‘zoq-yaqinlardan Shotlandiyaning N’yu-Lanardiga bu
korxonani qurish uchun keladilar va bu korxonada ishlashga qiziqadilar. O‘sha
vaqtlarda barcha korxonalar foyda olib ishlaganligi sababli, boshqa korxona
rahbarlari Ouen yangiliklariga e’tibor bermadilar, qiziqmadilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib korxonalar yanada kengayib bordi,
asta-sekin raqobat yuzaga kela boshladi. 1911 yillarga kelib boshqaruvga qiziqish
paydo bo‘la boshladi. Shu yili Frederik U.Teylor o‘zining «Ilmiy boshqaruv
qoidalari» kitobini nashr qildi. Bu boshqaruvni fan sifatida va mustaqil tadqiqot
sohasi sifatida tan olinishining an’anaviy boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Albatta,
bu xolat birdaniga bo‘lmadi, balki yillar davomida sharoit yetilib borib amalga oshdi.
Bu xolatning yuzaga kelishiga Angliyada amalga oshgan sanoat revolyusiyasi,
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi rivojlanish, temir yo‘llarining qurilishi, bozorning
rivojlanishi
sabab
bo‘ldi.
Boshqaruv
sohasidagi
nazariy
tadqiqotlarning
rivojlanishiga Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi.
Yirik biznesning ehtiyojlariga javob tariqasida boshqaruv fan sifatida va
mustaqil tadqiqotlar sohasi sifatida rivojlanib berdi. Boshqaruvning rivojlanishi turli
yo‘nalishlar ta’sirida amalga oshib bordi.
4. Boshqarish maktablari.
XX asrning birinchi yarmida boshqaruv faniga katta hissa qo‘shgan to‘rtta
maktab o‘z g‘oyalari bilan chiqdi:
1. Ilmiy boshqaruv maktabi.
2. Ma’muriy maktab.
3. Insoniy munosabatlar maktabi.
4. Boshqaruv fani maktabi. (Mikdoriy yo‘nalish).
6
Har bir yo‘nalish tarafdorlari o‘z davrlarida tashkilotning maqsadiga samarali
tarzda erishish yo‘lini topishga harakat qiladilar. Ularning g‘oyalari faqat ayrim
xollarda ma’lum samarani berdi. Shu bilan birgalikda, ularning har biri boshqaruv
faniga katta hissa qo‘shdilar. Hozirgi vaqtdagi zamonaviy tashkilotlar ushbu
maktablarning g‘oyalaridan qisman foydalanmoqdalar.
Ilmiy boshqaruv F.U.Teylor, Frenk va Liliya Gilbret, Genri Gantlar ishlariga
taalluqlidir. Ular kuzatishlar, o‘lchamlar, mantiq va tahlil orqali bajariladigan
ishlarni takomillashtirish va ularni samarali tarzda bajarishga erishish mumkin deb
hisobladilar. F.Teylor, ishchi belko‘rakda ko‘tarishi va uloqtirishi mumkin bo‘lgan
ko‘mir miqdorini aniqlagan bo‘lsa, Gilbretlar mikroxronometrni kashf kildilar va
uning yordamida ish bajarishdagi harakatlarni aniqladilar. Natijada keraksiz va
samarasiz
harakatlarni
qisqartirishga
muvaffaq
bo‘ldilar,
ish
usullarini
takomillashtirishga harakat qildilar.
Bu maktabning muxim hissasi - ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish
maqsadida ularni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishni yo‘lga quyilishidir. Shu
bilan birgalikda, ishlab chiqarishda xodimlarni dam olishini va tanaffuslarni nazarda
tutishni, vazifani bajarishga mos va loyiq xodimlarni jalb qilishni yo‘lga qo‘ydilar.
F. Teylor va uning zamondoshlari boshqaruv bo‘yicha ishlarni boshqa ishlardan
ajratishni taklif qildilar va boshqaruv ishlariga katta e’tibor berdilar.
Ma’muriy maktab (1920-1950)
Ilmiy boshqaruv boshqaruvning quyi darjalarida ishlarni takomillashtirib,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish to‘g‘risida izlanishlar olib borgan bo‘lsalar,
ma’muriy maktab namoyondalari tashkilotni boshqarishga e’tibor berdilar,
tashkilotni samarali boshqarish yo‘nalishlarini aniqladilar. Ushbu maktab
tarafdorlari: Anri Fayol’, Lindal Urvik, Alfred P.Slolalardir. Ularning barchasi
tashkilotning maqsadlariga erishish uchun boshqaruvning ijtimoiy yo‘nalishlariga
e’tibor bermadilar. Ularning xulosalari ilmiy uslubga asoslanmagan bo‘lib,
kuzatishlar asosida yuzaga keldi. Ular boshqaruvda moliyalashtirish, ishlab
chiqarish va marketing funksiyalarini ajratishni taklif qildilar. A.Faytol’ boshqaruv
universal jarayon ekanligini va u bir-biriga bog‘liq bo‘lgan funksiyalardan iborat
ekanligini isbotladi. U birinchi bulib boshqaruv qoidalarini yaratdi.