BO'Z TUPROQLAR
REJA
1. Bo’z tuproqlar kelib chiqishi.
2. Bo’z tuproqlar klassifikasiyasi.
Kalit so’zlar: Tuproq, gorizontal zonallik, cho’l tuproqlari, tuproq okurugi,
tuproq rayoni tuproqlar sistematikasi,Tayga-o’rmon, Podzollar, gleyli podzol,
genezisi.
Bo‘z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi)ga doir ko‘plab tadqiqotlar
V.V.Dokuchayev,
N.M.Sibirsev,
K.D.Glinka,
P.S.Kossovich,
N.A.Dimo,
L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa S.S
Neustruyevning bu sohada olib borgan ishlari alohida o‘rin tutadi. Olim 1908 yilda
Sirdaryo viloyatida olib borgan tadqiqotlari asosida bo‘z tuproqlarning kelib chiqishi
haqida dastlabki to‘la ma‘lumotlarni beradi. S.S.Neustruyev mustaqil tip sifatida
ajratib «bo‘z tuproqlar» atamasini fanga kiritgan. «Bo‘z tuproqlar» termini (atamasi)
hozirgi vaqtda vatanimiz va xorijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan.
Keyinchalik bo‘z tuproqlarning genezisi sohasidagi ancha to‘liq va mukammal
tadqiqotlar mashhur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib borildi hamda
uning «O‘rta Osiyo bo‘z tuproqlari» (1951)monografiyasida batafsil bayon etildi.
O‘zbekiston olilarining ko‘plab ishlari ham bo‘z tuproqlarni o‘rganishga
qaratilgan (M.Bahodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.).
Bo‘z tuproqlar haqidagi ko‘pgina materiallar o‘rta Osiyo jumhuriyatlari
tuproqlariga doir ko‘plab monografik asarlarda yoritilgan.
Ko‘rsatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi
tadqiqotlar asosida bo‘z tuproqlarning genezisi haqidagi nuqtai nazarga ko‘ra bo‘z
tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari hozirgi zamon omillri va jarayonlari bilan
bog‘liq (I.S.Kaurichev, 1989). Bunda bo‘z tuproqlarda kechadigan biologik va
biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi o‘ziga xos
gidrotermik rejimlarga alohida e‘tibor beriladi.
Boshqa bir nuqtai nazarga ko‘ra o‘z tuproqlar eng qadimgi tuproqlar jumlasiga
kiradi. Muzliklar davrida ham bo‘z tuproqlarning tuzilishi deyarli buzilmagan va bir
necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, rivojlanish tarixiga ega. Bo‘z
tuproqlar ko‘plab bosqichlarni, jumladan, bir qancha o‘ta namlik davrlarini
kechirgan bo‘lib, shu sababli tuproqda gil to‘planishi (gillanish) va profilining ancha
miqdorda temir bilan boyishi singari alomatlar rivojlanmagan (N.A.Rozanov,1951).
Uchinchi nuqtai nazarga asosida (V.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bo‘z
tuproqlar dastlab gidromorf va so‘ngra yarim gidromorf tuproq paydo bo‘lish
bosqichlarini o‘tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy,
magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning ko‘p to‘planishi ro‘y bergan.
Keyinchalik bo‘z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga
uchragan. Bu fikr O‘rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial,
prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bo‘z tuproqlar
genezisini yagona bir xil nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bo‘z
tuproqlarda hozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir qatorda qachonlardir
boshqacharoq omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan.
Bo‘z tuproqlar zonasida tuproq paydo bo‘lish jarayoni o‘ziga xos gidrotermik
rejim sharoitida rivojlanadi. Qishi iliq, ya‘ni tuproq ko‘pincha muzlamaydi, ba‘zan
qisqa muddatda muzlaydigan, bahorda juda qulay nam va issiqlik rejimi mavjud,
yozda esa issiq va quruq sharoit kuzatiladi. Yuvilmaydigan suv rejimi (qo‘riq va
lalmikor maydonlarda) mavjud. Tuproq muzlamaganligi va qulay qovushmaga ega
bo‘lganligi sababli chuqur namlanadi (qish va bahorda): och tuslilari – 1 m, va
ko‘proq, tipiklari – 1,5 m gacha va undan ham chuqurroq. Ushbu davrda tuproq
namligi dala nam sig‘imiga barobar (20-21%). Hatto, namlik desuksiya (so‘rish) va
parlanishga jadal sarf bo‘ladigan, bahor paytida ham, tuproq namligi 80-100 sm li
qalinlikda so‘lish namligidan 1,5-2 marotaba ortiq, yomg‘ir yoqqanda esa ustki
qatlamlarda dala nam sig‘imigacha yetib boradi. May oyidan oktyabrgacha
tuprokning 1 m va undan ham chuqurroqgacha to‘xtovsiz qurishi davom etadi.
Tuproq – gruntning maksimal qurishi yozgi kserotermik davrda (iyul-avgust) sodir
bo‘ladi, bu paytda ustki gorizontlarda namlik maksimal gigroskopik darajasigacha
pasayadi, bu biologik jarayonlarning susayishiga olib keladi.
Gidrotermik rejimning qayd etilgan xususiyatlariga ko‘ra bo‘z tuproqlar paydo
bo‘lishining tabiiy jarayonlari ikkita keskin farqlanadigan davr mavjudligi bilan
xarakterlanadi: 1) biologik jarayon kuchli rivojlanadigan nam, iliq, qisqa bahor
davri; 2) biologik jarayon asosan to‘xtaydigan issiq va quruq uzoq yoz (kserotermik)
payti.
Moddalar biologik aylanishining muhim xususiyati – har yili efemer – cho‘l
o‘simliklari biomassasining ko‘p qismi (75% gacha) yerga tushishi (60-100 s/ga),
ularning 80-90% kul elementlari va azotni ko‘p saqlaydigan ildiz sistemalardan
tashkil topishidir. Bo‘z tuproqlar zonasidagi moddalar biologik aylanishining asosiy
xususiyati – o‘simlik qoldiqlarining jadal parchalanishidir.
Bahorda o‘simliklar juda kuchli rivojlanadi, jadal gumus hosil bo‘ladi va shu
bilan birga turli organizmlar ta‘sirida organik moddalarning kuchli minerallashish
jarayoni sodir bo‘ladi. Bo‘z tuproqlar mikroorganizmlarga boy (nitrat hosil qiluvchi,
azot to‘plovchi bakteriyalar), protozoa, chuvalchanglar, qurt-qumursqalar, sudralib
yuruvchilar ko‘pligi tufayli tuproq tuzilishi va organik moddalar parchalanishiga
katta ta‘sir etadi.
Shunday qilib bo‘z tuproqlar paydo bo‘lishida jadal, ammo qisqa muddatli
biologik jarayonning sodir bo‘lishi xarakterli hisoblanadi. Shu sababli bo‘z
tuproqlarda gumus kam to‘planadi.
Quruq yoz paytida karbonatlar va suvda oson eriydigan tuzlarning yuqoriga
ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Qish va bahorda yog‘inlar ta‘sirida tuproq profilining
yuvilishi kuzatiladi.
Bo‘z tuproqlarda gumus miqdori va profilining yuvilishi joyning absolyut
balandligiga bog‘liq. Balandlik ortishi bilan namlik ko‘payadi,tuproq chuqur
namlanadi, o‘simliklar qoplami qalinlashadi, ularning vegetasiya davri uzayadi va
gumifikasiya jarayoni kuchayadi.
Shu sababli tog‘ oldi tekisliklari va allyuvial terrasalari (zinapoya supalari) bo‘z
tuproqlaridan tog‘ oldi va past tog‘lar bo‘z tuproqlariga tomon gumus hosil bo‘lishi
va profilining yuvilishi ortib boradi.
Tuproq paydo bo‘lishining bahorgi davrida tuproq ichki nurash jarayoni ham
ko‘proq sodir bo‘ladi, va bu bo‘z tuproqlar profili ustki va o‘rta qismining qisman
sozga aylanishiga olib keladi.
Bo‘z tuproqlar uchun umuman quyidagi asosiy belgilar va xossalarning
bo‘lishi: tuproqning uncha aniq genetik gorizontlarga ajralib turmasligi, gumusning
kam bo‘lishi (to‘q tusli bo‘z tuproqlar bunga kirmaydi), ammo chirindili qatlamning
ancha
cho‘ziqligi;
mikroagregatlarning
ko‘p
bo‘lishi
bilan
birga
makroagregatlarning ham yaxshi ifodalanmaganligi; yuqori kovakligi va ancha
g‘ovak qovushmasi; barcha tuproq profilining karbonatli bo‘lishi, ammo tuproq
yuqori gorizotlarida karbonatlarning sezilarli ravishda kamayishi, karbonatlarning
ko‘pligi sababli tuproqning ishqoriy reaksiyaga ega ekanligi, ona jinslarga nisbatan
tuproq profilida gillanishning ko‘proq bo‘lishi, tuproqning barcha profili bo‘ylab
turli jonivorlar faoliyatining yuqori ekanligi kabilar xarakterlidir.
Bo‘z tuproqlar o‘ziga xos tuzilishga ega. Odatda tuproq profilining yuqori
qismida gumus kam bo‘lganidan uning rangi och va ona jinslar tusidan uncha farq
qilmaydi.
Umumiy tarzda bo‘z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha (50 -
rasm):
A1-gumusli gorizont, qalinligi 12-17 sm, usti chimlangan, bo‘z yoki och-
bo‘zg‘ish
tusli,
ko‘pincha
changsimon-qumoq,
tangasimon-mayda
uvoqli
strukturali;
AB-o‘tuvchi gorizont, 15-25 sm; sarg‘ish malla bo‘z, asosan changli qumoq,
tez uvalanib ketadigan chidamsiz uvoqli strukturali, chuvalchang va hasharotlarning
uyalari va izlari ko‘p bo‘lganidan, bu gorizont teshikli tuzilishga ega; ba‘zan
bo‘shliqlar va teshiklarning devorlarida mog‘orsimon ko‘rinishli karbonatlar
uchraydi;
BCa-karbonatli illyuvial gorizont, qalinligi 60-100sm; och qo‘ng‘ir-sarg‘ish
(malla), ko‘pincha changsimon qumoqli, zichlangan, jonivorlarning inlari, uyalari
siyrak uchraydi, oq dog‘lar («oq ko‘zanaklar») konkresiyalar («tugunchalar») va
mog‘orlar shaklidagi karbonatlar yaxshi ko‘rinib turadi.
CCa – sarg‘ish yoki malla tusli, changsimon-qumoq: yuqori qismida tuzlar
ajralib turadi: 1,5-2,0 m da mayda gipsning taram-taram tuzilishli kristallari va
druzalari uchraydi.
Tuproq yuzasidan boshlab xlorid kislota ta‘sirida qaynaydi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlarda gumusli gorizont yaxshi ifodalangan.
Qishloq xo‘jaligida foydalanib, uzoq muddatlarda sug‘orilganda bo‘z
tuproqlarning profilida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi va turli qalinlikdagi madaniy
agroirrigasion gorizontlar yuzaga keladi. Shunga ko‘ra tuproqning fizikaviy
xossalari ham qo‘riq yerlardagidan keskin farq qiladi.
Bo’z tuproqlar klassifikasiyasi. Bo‘z tuproqlar zonaning asosiy avtomorf
tuproqlari jumlasiga kiradi. Bo‘z tuproqlar bilan bir qatorda, bu yerda, sizot suvlari
ancha yuqori joylashgan sharoitda shakllanadigan o‘tloq-bo‘z tuproqlar tipi va
shuningdek sug‘oriladigan bo‘z (madaniy voha) tuproqlarning bir necha tip va
tipchalari ajratiladi. Ana shu tuproq tiplaridan tashqari zonada gidromorf
tuproqlardan: sho‘rxoklar, o‘tloq tuproqlar, o‘tloq-botqoq va botqoq tuproqlar
hamda ular bilan birga uchraydigan turli tuproqlar tarqalgan.
Bo‘z tuproqlar tipi uchta tipchaga: och tusli bo‘z tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar
va to‘q tusli bo‘z tuproqlarga ajratiladi.
Bo‘z tuproqlar uchun umuman quyidagi asosiy belgilar va xossalarning
bo‘lishi: tuproqning uncha aniq genetik gorizontlarga ajralib turmasligi, gumusning
kam bo‘lishi (to‘q tusli bo‘z tuproqlar bunga kirmaydi), ammo chirindili qatlamning
ancha
cho‘ziqligi;
mikroagregatlarning
ko‘p
bo‘lishi
bilan
birga
makroagregatlarning ham yaxshi ifodalanmaganligi; yuqori kovakligi va ancha
unumdorligi yaxshilangan
Nazorat savollari.
1. Cho’l (arid) zonasi tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi farqlar
asosida qanday provinsiyalarga ajratiladi?
2. Gidromorf tuproqlar klassifikasiyasini izohlang?
3. Cho’l zonasi asosiy gidromorf tuproqlari tiplarini ko’rsating va
tavsiflang?
Tavsiya qilingan adabiyotlar.
1. Boboxo‘jayev I., Uzokov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
2. Qo‘ziev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
3. Гафурова Л.А ва бошқалар “Мелиоратив тупроқшунослик” –Т. 2002
4.Кауричев И.С. «Почвоведение», Москва «Высшая школа», 1989
5. Маxсудов X.М., Одилов А.А. Эрозияшунослик Т.1998 й.
6. Турсунов Л. - “Тупроқ физикаси”, “Меҳнат” нашриёти. Т.1988 .
7.И. Турапов, Х. Номозов Тупроқ бонитировкаси Т-2010
8.Белоусов М.А. «Физиологические основны корневого питания
хлопчатника», - Т.: «Фан», 1975.