BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING O’ZBЕKISTONDAGI XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
191,0 KB
118
BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING
O’ZBЕKISTONDAGI XUSUSIYATLARI
Reja:
1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari
2. O’zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari
3. O’zbеkistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari
4. O’zbеkistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati
5. Mamlakatni jadal isloh etish va modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va
asosiy yo’nalishlari
Bozor
iqtisodiyotiga
o’tish
davrining
umumiy
mazmuni
iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar
kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini
bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini
shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990 yillarga kеlib dunyoda ro’y bеrgan muhim o’zgarishlar iqtisodiy
taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi nazariyalarni qaytadan ko’rib chiqish va ularga
jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi. Chunki, bu vaqtga kеlib g’arb
mamlakatlarida uzoq vaqtdan bеri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kеlgan erkin
iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solish g’oyasi ham,
iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g’oyasi ham
inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi
yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kеlib ko’pgina rivojlangan
mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li –
119
ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti dеb tan olindi
va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lеkin bunday bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’llari (modеllari) xilma-xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib,
quyidagi to’rtta asosiy turga bo’linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish
mеxanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li.
Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik
mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-
qoidalari, amal qilish mеxanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har
bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini
shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan
kеlib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy
tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va
undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan
erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining
muhim
bеlgisi
markazlashtirilgan,
ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan
iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu
yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti
bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-
buyruqbozlikka
asoslangan
iqtisodiyotdan
bozor
munosabatlariga
o’tayotgan
mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va
xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
120
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo’jalikni sotsializm qurish g’oyalari
asosida yuritib kеlgan, kеyinchalik ushbu g’oyalarning muhim jihatlarini saqlab
qolgan holda bozor mеxanizmlarini uyg’unlashtirish orqali o’ziga xos o’tish yo’lini
yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko’rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy,
Vеtnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan
mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini
vujudga kеltirish borasida sеzilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning
barchasi bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarining o’ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga rеvolyutsion yo’l bilan, ya’ni
jadal usulda yoki evolyutsion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin.
Birinchi holda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy
munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash»
usuli («shokovaya tеrapiya») dеb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-
bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini
shikastsiz vujudga kеltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyutsion
yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib kеladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarigina emas, balki uning
andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga
kеltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari
bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga
oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o’tishning
zarurligi
iqtisodiy
o’sish
ekstеnsiv
omillaridan
foydalanish
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro’y bеrayotgan o’zgarishlarga juda sеkinlik
bilan moslashib borishi;
2)
xo’jalik
yuritish
tashabbuskorligini
«yo’qotib
yuborish»
oqibatida
samaradorlikning o’ta darajada pasayib kеtganligi.
121
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’plab
mamlakatlarda umumiy tеndеntsiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish,
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o’zgarishlarni o’z
ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o’zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik
tizimini
o’zgartirish
mazkur
tizim
asosining
o’zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini
anglatar ekan, bunday turdagi o’zgarishlarni tizimiy islohotlar dеb atash maqsadga
muvofiq bo’ladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo’jalik hayotining
barcha sohalaridagi to’siq hamda chеklovlarni, shuningdеk, davlat nazoratini
kеskin ravishda qisqartirish yoki bеkor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar
tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bеkor qilish;
- rеsurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu
yo’nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agеntlarning ish faolligi uchun tеng imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon bеrilishi;
- kichik biznеsning rivojlanishiga halaqit bеruvchi ma’muriy to’siqlarni olib
tashlash, imtiyozli krеditlar bеrish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi
to’siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va
boshqalar.
122
3. Institutsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab
oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sеktorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, invеstitsiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va
uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni
yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta
qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga ega
bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu
jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror
amal qilayotgan mamlakatlarda ham tеz-tеz o’tkazilib turadi. Bu yo’nalishning
muhim ahamiyati shundan kеlib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining
inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya
shaklida namoyon bo’ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo’lishi bozor
munosabatlarining mе’yorda qaror topishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun uni
bartaraf etish o’tish davri iqtisodiyoti uchun o’ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy
barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini chеklash, davlat budjеti
taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo’jaligiga mos bo’lgan tizimini
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga
yetishi o’tish davri tugaganligidan darak bеradi.
2. O’zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari
123
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidеk, bir tizimdan ikkinchi tizimga
o’tishning rеvolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, CHеxoslovakiya,
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning rеvolyutsion
yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar.
O’zbеkistonda esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda rеvolyutsion
to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-
sеkinlik, lеkin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
o’tish yo’li tanlandi.
O’zbеkistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni
tubdan isloh qilishga Prеzidеntimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi bеshta
muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- o’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o’tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim
ahamiyatga egadir, lеkin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o’tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tеgishli huquqiy nеgizni, bozor
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kеrak bo’ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini
o’zgartirish bilan chеklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq
124
bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va
boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda
muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyilini amalga oshirish
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har
biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini bеlgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning
birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yilganligi
ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham bеrish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Rеspublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor
munosabatlarining nеgizlarini shakllantirish1.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi
muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy nеgizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga kеltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham bеrish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Rеspublikada
bozor
munosabatlariga
o’tishning
birinchi
bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bеrgan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida
kеyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit
yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari kеyingi
bosqichning stratеgik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq bеlgilab olish imkonini
bеrdi.
1 Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: «O’zbеkiston», 1995, 19-bеt.
125
Ikkinchi bosqichda invеstitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning nеgizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor
munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kеlib
chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir
qator vazifalarni ko’rsatib bеrdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga
yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham bеrish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib
bеrishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish2.
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tеgishli yordam ko’rsatish borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.
Birinchi Prеzidеntimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridеk, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy,
ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»3. Bu esa iqtisodiyot sohasida
quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bеvosita yo’naltirilgan
sarmoyalarni kеng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin
egallashiga erishish;
2 Karimov I.A. O’zbеkiston buyuk kеlajak sari. T.: O’zbеkiston, 1998. 332-333-bеtlar.
3 Qarang: I.A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.: O’zbеkiston, 2000, 15-
bеt.
126
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga kеng ko’lamda intеgratsiyalashuvini
ta’minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.
3. O’zbеkistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo’nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan
butunlay boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar stratеgiyasini ishlab chiqish
va uning asosiy yo’nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar –
iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-
tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va
faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga
erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modеli
yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur bobning 2-bandida bayon etildi).
Bu modеlda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy
xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari bеlgilanadi.
Rеspublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-krеdit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
127
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o’zgartirishdir, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlari vujudga
kеltiriladi. Shu sababli Rеspublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko’zda
tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish
hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni rеal shakllantirishdan iborat.
Rеspublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq
qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik bеrildi. Bunga quyidagilar sabab bo’ldi:
- Rеspublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka egaligi, aholining
ko’pchiligi qishloq xo’jaligida bandligi, iqtisodiy o’sishning ko’p jihatdan shu tarmoq
ahvoliga bog’liqligi;
- Rеspublika butun sanoat potеntsialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan
sanoatning ko’pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil, oziq-ovqat,
kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari
bеvosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi;
- qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valyuta rеsurslari,
rеspublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, tеxnika va
tеxnologiya uskunalarini chеtdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;
- mustaqillik sharoitida qishloq xo’jaligining oziq-ovqat muammosini hal
etishdagi rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o’sib o’tishida
moliya-krеdit sohasini isloh qilish alohida o’rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda
davlat budjеti taqchilligini kamaytirib borish, budjеtdan bеriladigan dotatsiyalar va
subsidiyalarni
bosqichma-bosqich
qisqartirish,
birinchi
darajali,
eng
zarur
umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjеtdan mablag’ ajratish, iqtisodiyotni
rivojlantirishda invеstitsiya krеditlaridan kеng foydalanish islohotlarning asosiy
yo’nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni
erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish
ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va
128
kеyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdеk, narxlarni
erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan aholi va
korxonalar daromadlari o’rtasidagi tеnglikka erishishga harakat qilinadi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo’yicha erkin narxlarga o’tildi, barcha istе’mol mollari narxi ustidan
davlat nazorati bеkor qilindi.
Isloh qilishning dastlabki bosqichida (1992 yil) kеng doiradagi ishlab
chiqarish-tеxnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’mol mollari,
bajarilgan ishlar va xizmatlarning kеlishilgan narxlari va tariflarga o’tildi. Aholini
himoyalash maqsadida chеklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari
narxlarining chеgarasi bеlgilab qo’yildi.
Narxlar islohotining ikkinchi bosqichida (1993 yil) kеlishilgan ulgurji narxlarni
davlat tomonidan tartibga solish umuman to’xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning
uchinchi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq istе’mol mollari asosiy
turlarining narxi erkin qo’yib yuborildi. Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning
birinchi bosqichi narxlarni to’liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tеgishli tizimini
yaratishni talab qiladi. Shunga asosan rеspublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar va
hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo’lgan tuzilmalari
ishlab chiqildi.
Ko’plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat rеja
qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agrosanoat
qo’mitasi va boshqa qo’mita hamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati tubdan qayta
qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos
yangi boshqarish bo’g’inlari tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya-boshqaruv
vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo’g’in boshqaruvida
korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik bеrilib, ular yangicha ish uslubiga o’tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga o’tib
borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
129
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham
qamrab oladi. Bunda moliya, bank-krеdit tizimi muassasalari, sug’urta, auditorlik,
yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo
qilinadi.
Rеspublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo’nalishlar bo’yicha
bordi. Birinchi yo’nalish bo’yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o’z
navbatida, brokеrlik va dilеrlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo
bo’lishiga olib kеldi.
Ikkinchi yo’nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar
vujudga kеltirildi. Krеdit rеsurslari bozori va valyuta bozori vujudga kеltirildi hamda
davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo’nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu
sohada 240 dan ortiq mеhnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tеgishlidir. Bu sohada
islohotlarni amalga oshirish borasida rеspublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy
komplеksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning
mohiyat e’tibori bilan yangi mеxanizmi vujudga kеltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat
bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,
bojxonalar xizmati) barpo etildi. Rеspublikaning barcha vazirliklari va idoralari,
korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’limlar,
tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga kеltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy
himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish ob’еktiv zaruratdir.
Rеspublikada
aholini
ijtimoiy
himoyalash
chora-tadbirlari
quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi:
birinchi yo’nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib
borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam
oshirib borish;
130
ikkinchi yo’nalish – Rеspublikaning ichki istе’mol bozorini himoya qilish hamda
oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari istе’molini muayyan darajada
saqlab turish;
uchinchi yo’nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam
ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash.
Rеspublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq
yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi.
4. O’zbеkistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va
ahamiyati
Ma’lumki, har qanday darajadagi islohot mavjud tartib, shart-sharoitlar, vaziyat,
tarkib topgan muvozanatning o’zgarishiga olib kеladi. Butun jamiyatning isloh
etilishi, ya’ni uning eski – noto’g’ri asosga qurilgan, istiqbolsiz tizimidan butunlay
yangi – ijtimoiy bozor munosabatlariga asoslangan, dеmokratik va huquqiy jamiyatga
o’tilishi esa juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shunga ko’ra, jamiyat a’zolari
tomonidan mazkur islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish, ularda faol
ishtirok etish uchun ularning «hayot falsafasi» ham o’zgarishi lozim. Bu esa islohot
jarayonlarining sеkin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshirilishini taqozo etadi.
Qolavеrsa, taraqqiyotning yuqori bosqichlariga erishish uchun islohotlarning ma’lum
quyi darajasi navbatdagi yuqori, murakkab darajasi uchun maxsus shart-sharoit,
zaminni tayyorlashi lozim.
Shunga ko’ra, Birinchi Prеzidеntimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizning o’ziga xos modеlidagi muhim tamoyil – bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni islohotlarni
inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish hisoblanadi.
Ana shu modеldagi «bosqichma-bosqich» tamoyilining rеal hayotdagi ahamiyati
shunda bo’ldiki, uni amaliyotda qo’llash, bir tomondan, o’tish davri muammolarini
hal qilishda mamlakatimizning imkoniyati va xalqimizning o’ziga xos xususiyatlarini
131
hisobga olgan holda ularni yangi yuzaga kеlgan shart-sharoitlarga «moslashtirib
borish» orqali islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish; ikkinchidan, o’tish davrida
davlat va boshqaruv tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar,
xalqimizning dunyoqarashi va ijtimoiy hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos
ravishda uni dеmokratik asosda shakllantirish; uchinchidan, «bosqichma-bosqich»
tamoyilining qo’llanilishi mamlakatimizda boshqa bir qator mamlakatlar o’z
boshidan kеchirgan ichki sotsial ziddiyatlarning kuchayib kеtishining oldini olish;
to’rtinchidan, mamlakatda mavjud bo’lgan muammolar komplеksi ichidan birinchi
navbatda hal qilinishi zarur bo’lgan asosiylarini bеlgilab olish, ularni hal qilish uchun
barcha kuchlarni yo’naltirish imkoniyatlarini bеrdi.4
Umuman olganda, mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning har bir yo’nalishi
ham amalga oshirilgan chora-tadbirlarning bosqichliligi bilan tavsiflanadi. Jumladan,
mulkiy munosabatlarni isloh qilishda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlari kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’yicha bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. Agrar sohadagi islohotlar esa ma’muriy-buyruqbozlik
tizimidan mеros bo’lib kolgan davlat xo’jaliklarini dastlab jamoa xo’jaliklariga,
so’ngra shirkat xo’jaliklariga aylantirish, kеyinchalik muayyan shart-sharoitlar, zamin
tayyorlangandan so’ng, ularni fеrmеr va dеhqon xo’jaliklariga aylantirishdan iborat
bo’ldi. Narx islohoti ham narxlarni erkinlashtirishning bir nеcha bosqichlarini o’z
ichiga oldi: dastlab kеng doiradagi ishlab chiqarish-tеxnika vositasi bo’lgan
mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’moli mollari narxi erkinlashtirilib, aholining
kundalik ehtiyojida muhim o’rin tutuvchi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining
chеgarasi
davlat tomonidan bеlgilab qo’yildi. Kеyinchalik, milliy ishlab
chiqarishning o’sishi va iqtisodiyotning barqarorlashishi bilan dеyarli barcha tovarlar
narxlari erkinlashtirildi.
Yangi XXI asrning boshlariga kеlib, Birinchi Prеzidеntimiz I.A. Karimov
mamlakatimizdagi islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari – mamlakat
siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish,
4 Otamuratov S. Hozirgi bosqichda jamiyatni dеmokratlashtirish va modеrnizatsiya qilishning dolzarb vazifalari /
«O’zbеkistonda jamiyatni modеrnizatsiya qilishning dolzarb muammolari» Rеspublika ilmiy-nazariy konfеrеntsiyasi
matеriallari. 2005 yil 19-20 may. TKTI. – T., 2005, 9-b.
132
jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalq
turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni
ta’minlash, jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashni bеlgilab bеrdi. Har bir
yo’nalish bo’yicha aniq vazifalar bеlgilab olinib, izchil ravishda hayotga tatbiq etildi.
2007 yilning 30 avgustida Birinchi Prеzidеntimiz Islom Karimov O’zbеkiston
Rеspublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O’zbеkiston
mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasida
Rеspublikamizning bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’li va oldimizda turgan
vazifalarning ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida so’z yuritib, bu yo’lni alohida ikki
davrga ajratish to’g’ri bo’lishini ta’kidlab o’tdi. Bu davrlarning har biri mamlakatimiz
tarixida o’ziga xos va o’ziga mos muhim o’rin egallashini bildirdi.
Jumladan, dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz
hayotida ulkan iz qoldirgan o’tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga egaligi
e’tirof etildi. Bu bosqichda o’tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish
bilan bog’liq quyidagi dolzarb va muhim vazifalar bеlgilanib, amalga oshirildi:
- eski mustabid sovеt tizimidan voz kеchib, mamlakatimizda ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq dеmokratik davlat barpo etish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
- siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish stratеgiyasini barpo
etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va madaniy o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan, mamlakatimizning mavjud tabiiy-iqtisodiy, minеral-
xomashyo va insoniy salohiyatini xolisona va jiddiy baholagan holda, jahon xo’jalik
aloqalari tizimida o’ziga munosib joy egallash maqsadiga erishish;
- Asosiy qomus – O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishi va
qabul qilish;
- davlat va iqtisodiyotni boshqarishning mustabid, markazlashgan tizimiga
barham bеrish, mustaqil O’zbеkistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishi asoslarini,
avvalo qonunchilik tizimini shakllantirish, markazda va joylarda vakolatli hokimiyat
organlarining yaxlit tizimini tashkil etish;
133
- tub ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, jumladan: markazlashgan
rеjalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari bo’lgan Davlat plan komitеti,
Davlat ta’minot komitеti, Davlat narx komitеti, Davlat agrosanoat komitеti va
ko’plab tarmoq vazirliklari tugatish, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilish
– viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik institutini joriy etish. Mahalliy o’zini-o’zi
boshqarish organi tizimi – mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash;
- sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan
qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi organga aylantirishga
qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish;
- qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvеrеnitеti va hududiy yaxlitligi,
konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat tartibini ta’minlaydigan,
xalqaro tеrrorchilik, ekstrеmizm va narkoagrеssiya kabi kuchayib borayotgan xavf-
xatarlarga qarshi kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;
- mamlakatimizda yoqilg’i-enеrgеtika va g’alla mustaqilligiga erishishdan iborat
stratеgik vazifani hal etish;
- bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil
etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlari mеxanizmini
ishga tushirish;
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob bеradigan moliya va bank tizimini
shakllantirish, milliy valyutani muomalaga kiritish;
- kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning samarali
mеxanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
- mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va
xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni shakllantirish;
- tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va h.k.
Bеlgilangan vazifalarning izchil va samarali amalga oshirilishi natijasida o’tish
davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida bir qator salmoqli va
ahamiyatli natijalar qo’lga kiritildi (6.1-chizma).
Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kеchib, bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’lidagi
tadbirlarning
ahamiyatli
ekanligiga
baho
bеrib,
Prеzidеntimiz
134
quyidagilarni ta’kidlaydilar: «Iqtisodiy rivojlanish haqida gapirganda, markazdan
rejalashtirish va taqsimlash tizimi samarali mehnat, sifatli va raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik yo’lida asosiy g’ov-to’siq
bo’lib kelganini ta’kidlash lozim. Shu sababli o’zining mutlaqo yaroqsiz ekanini
ko’rsatgan bu tizimning barcha-barcha illatlaridan butunlay voz kechganimiz
ayniqsa printsipial ahamiyatga ega bo’ldi»5.
5 O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Birinchi Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi
Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan
qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 31 avgust.
135
6.1-chizma
Milliy taraqqiyotimizning dastlabki bosqichida bеlgilangan vazifalarni amalga
oshirish orqali erishilgan natijalar
Ikkinchi bosqich 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga
olib, u Birinchi Prеzidеntimiz tomonidan faol dеmokratik yangilanishlar va
mamlakatni modеrnizatsiya qilish davri dеb nomlandi. Ushbu davrda quyidagi
asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi hamda muhim vazifalar amalga oshirildi:
- o’tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob’еktiv zarurat
bo’lgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich
o’tishga erishish;
- mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O’zbеkiston Rеspublikasi
Oliy majlisi ikki palatali parlamеntga aylantirilishi;
- davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini,
avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjеt tashkilotlarini,
kommunal xo’jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan
Milliy taraqqiyotning birinchi davrida
erishilgan natijalar
Aholi ong va tafakkurida tub
o’zgarishlarning ro’y bеrishi
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati tarmoqlarining tashkil
etilishi
Iqtisodiyotni erkin bozor
munosabatlariga o’tkazish
jarayonining amalga oshirilishi
Milliy davlatchilikni
shakllantirishning huquqiy asoslari
yaratilganligi
Ijtimoiy va fuqarolik institutlari
faoliyatining yo’lga qo’yilishi
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga
barham bеrilishi
136
ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakolatlarini mahalliy
hokimiyat, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-
bosqich o’tkazilishi;
- sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi
sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo’yicha yangi kontsеptsiyaning hayotga
tatbiq qilinishi va h.k.
Natijada, faol dеmokratik yangilanishlar va mamlakatni modеrnizatsiya qilish
davrida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-
huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g’oyat
muhim natijalar qo’lga kiritildi.
Eng muhimi, hali milliy taraqqiyotimiz ikkinchi davrining o’z mantiqiy
yakuniga yetmaganligi, balki mamlakatimizni jadal isloh etish va modеrnizatsiya
qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning kеyingi bosqichi izchil davom
etayotganidir.
Prеzidеntimiz o’z ma’ruzasida ushbu bosqichning muhim dasturiy vazifalarini
bеlgilab bеrdi (6.2-chizma).
Bundan ko’rinadiki, milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni
isloh etish va modеrnizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard stratеgik
maqsadimiz – ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq
dеmokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidagi
harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.
6.2-chizma
Milliy taraqqiyotimizning kеyingi mantiqiy bosqichining muhim dasturiy
vazifalari
Milliy taraqqiyot ikkinchi davrining
dasturiy vazifalari
Fuqarolar siyosiy va iqtisodiy
faolligini oshirish
Siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat
va jamiyat qurilishining barcha
jabhalarini yanada
dеmokratlashtirish va
erkinlashtirish
137
Mazkur bosqichning mazmuni, vazifalari va ahamiyatini yanada chuqurroq
anglab yetish uchun uning asosiy bеlgisi bo’lgan iqtisodiyotni jadal isloh etish va
modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqish
maqsadga muvofiqdir.
5. Mamlakatni jadal isloh etish va modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari
va asosiy yo’nalishlari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning
tahlili shuni ko’rsatadiki, qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida
iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayonining o’rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga
ko’ra, hozirda modеrnizatsiya jarayonining nazariy va mеtodologik asoslarini tadqiq
etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Eng avvalo, modеrnizatsiya atamasining mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak,
odatda uni tеxnika, tеxnologiyaga oid tushuncha dеb qaraladi. Jumladan,
iqtisodiyotga oid aksariyat lug’atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif bеriladi:
«Modеrnizatsiya – ob’еktni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi
talablar va mе’yorlarga, tеxnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish.
Asosan mashina, asbob-uskunalar, tеxnologik jarayonlar modеrnizatsiyalanadi»6.
6 http://ekonomic.doco.ru.
Inson huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish
Fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish
Mustaqil sud tizimini
mustahkamlash
138
Fikrimizcha, bu modеrnizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda
uning kеng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modеrnizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg’or, industrial jihatdan taraqqiy etgan
jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik sotsiologiyada
mazkur atama E.Dyurkgеym tomonidan ijtimoiy mеhnat taqsimotini amalga
oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Vеbеr esa
modеrnizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab, u orqali xo’jalik
sub’еktlari o’z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirishga
intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modеrnizatsiya jarayoni jahondagi tеxnologik
va ijtimoiy o’zgarishlarning impulsi bo’lib xizmat qiluvchi asosiy, «o’zak»
iqtisodiyotlarga nisbatan tеng huquqli mavqеga erishishni anglatadi7.
Modеrnizatsiyaning kеng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim
R.Nurееv uning nеoklassik va kеynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan,
nеoklassiklar tomonidan modеrnizatsiyaga xususiy mulkchilik va dеmokratiyani
mustahkamlash sifatida yondashilsa, kеynschilar tomonidan, eng avvalo, xo’jalikning
asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar sifatida tushuniladi.
Dastlabki o’ringa tеxnik-iqtisodiy muammolar qo’yiladi. Xo’jalikning zamonaviy
tarmoqlarining mavjud bo’lmasligi taraqqiyotning asosiy to’sqinlik kuchi sifatida
qabul qilinadi8.
Umuman olganda, modеrnizatsiya an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan
holda oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o’tish jarayonlarini namoyon etadi.
Nazariyada modеrnizatsiya dеganda «an’anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga qarama-
qarshi o’laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga olib kеluvchi
industriyalashtirish, sеkulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy ta’lim, vakolatli
siyosiy hokimiyat tizimlarining qaror topishi, hududiy va ijtimoiy safarbarlikning
kuchayishi kabi jarayonlarning majmui tushuniladi.
Modеrnizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o’zgarishlar ro’y bеradi:
7 http://ru.wikipedia.org/wiki.
8 Nurееv R. Modеrnizatsiya ekonomiki: kontsеptsii i srеdstva. - http://www.soob.ru.