BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH SHAROITIDA TAQCHILLIK VA UNI BARTARAF ETISH VOSITALARI
Yuklangan vaqt
2024-11-19
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
35
Faytl hajmi
128,0 KB
BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH SHAROITIDA TAQCHILLIK VA
UNI BARTARAF ETISH VOSITALARI
Mundarija:
Kirish
I BOB. O'zbekistonda taqchillik mohiyati, yuzaga kelish sabablari va bartaraf
etish vositalari
1.1. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida taqchillik va uni turlari
1.2. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi
1.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari.
II BOB. Bozor mahsulotlarining taqchilliklari va oqibatlari
2.1. Bozor taqchilligini moliyalashtirish usullari
2.2. Bozorlardagi mahsulotlarga taqchillik bo'lmaydi, narxlar ham
ko' tarilmaydi
Xulosa.
Tayanch iboralar
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
Ilovalar
2
Kirish
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni
nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz
kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini hayotga tatbiq
etishimiz zarur.
Sh.MIRZIYOYEV
Tovarlar va xizmatlarga talab uzluksiz bo`lgani tufayli ularni ishlab
chiqarish ham uzluksiz ravishda doimo takrorlanib turadi. Takror ishlab
chiqarishning umumiy jarayonini iqtisodiy resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda
daromadlarning doiraviy aylanishi ko`rinishida tasavvur qilish mumkin. Biroq bu
aylanish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha kechadi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tizimida bunday
doiraviy aylanish korxona va firmalar bilan uy xo`jaligi o`rtasida amalga oshadi.
Uy xo`jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha iqtisodiy resurslarni
bozorga etkazib beradi. Korxona va firmalar bu resurslarni sotib olib, turli xil
tovarlar va xizmatlarga aylantiradilar va ularni bozorga etkazib beradilar. (2.1-
rasmga qarang)
Iqtisodiy resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning xususiy
mulkka asoslangan iqtisodiy tizimdagi doiraviy aylanishi
Ko`rinib turibdiki, resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy
aylanishida faqat ikki tomon: bir tomonda korxona va firmalar, ikkinchi tomonda
uy xo`jaligi qatnashadi. Barcha moddiy, mehnat va pul oqimlari harakati davlat
tomonidan qat`iy rejalashtirilmaydi, ya`ni korxona va firmalar iqtisodiy resurslarni
qancha miqdorda, qaysi baholarda sotib olishni va ishlab chiqargan tovarlar va
xizmatlarni qanday baholarda sotishni o`zi erkin belgilaydi. Bu, ya`ni erkinlik,
bozor iqtisodiyoti tizimining asosiy va eng muhim belgisidir.
Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi - ishlab chiqarish omillari yoki
yaratilgan
tovarlarning
tasarruf
etilish
ixtiyoriyligi
va
mulkdorlarning
3
mustaqillikka egaligidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste`molchi o`z tovarini yoki
pulini o`zi bilganicha ishlatadi, o`z ixtiyoriga ko`ra o`ziga ma`qul bo`lgan ish bilan
shug`ullanadi. Xo`jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan ajragan bo`ladi. Chunki
ular, birinchidan, mustaqil mulk egalaridir, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida
ixtisoslashib, har xil ish bilan shug`ullanadilar.
Bozor iqtisodiyoti tizimida xo`jalik yuritish shakllaridan qaysi birini tanlash,
o`z mol-mulkini qanday ishlatish ham kishilarning o`z ixtiyoriga bog`liq.
Tadbirkorlik qilish yoki yollanib ishlash, o`z pulini sanoatga, dehqonchilikka,
tijoratga, bank ishiga yoki boshqa yo`nalishga sarflash odamlarning o`z ixtiyorida
bo`ladi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va asosiy belgisi iqtisodiy xilma-xillik, ya`ni
mulk shakllari va xo`jalik yuritish usullarining turli-tuman bo`lishidir. Turli
shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda
rivojlanadi. Xo`jalik yuritish usullari ham har xil bo`ladi. Masalan, yakka tartibda,
jamoaga birikkan holda, sherikchilik yoxud hissadorlik asosida, o`z mablag`iga
yoki qarzga olingan mablag`ga tayanib xo`jalik yuritish, er va boshqa vositalarni
ijaraga olish va ishlatish kabilar.
Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar ko`pchilikdan iborat bo`lib,
tarqoq holda foyda-zararni o`z zimmasiga olib ish yuritadi. Lekin ularning faoliyati
qanchalik tarqoq bo`lmasin, baribir bozor orqali bir-biriga bog`lanadi.
4
I BOB. O'zbekistonda taqchillik mohiyati, yuzaga kelish sabablari va bartaraf
etish vositalari.
1.1. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida taqchillik va uni turlari.
Bozor iqtisodiyoti erkin bo`lganligidan har qanday iqtisodiy monopolizmni,
ya`ni korxona, tashkilot yoxud davlatning, umuman iqtisodiyotda yoki uning biror
sohasida tanho hukmronlik qilishini inkor etadi. Bu ham bozor iqtisodiyotining
belgilaridan biridir.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narxlarning liberallashuvi, ya`ni
narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan
belgilamaydi. Narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste`molchi taziyqi ostida
shakllanmaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining
5
savdolashuvi va kelishuviga asosan yuzaga keladi. Shu tarzda shakllangan narxlar
bozor munosabatlarining asosini tashkil qiladi.
Narx pul bilan o`lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo`lishi mumkin emas.
Pul iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo`lib, iqtisodiyotda o`ta muhim rol
o`ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti va uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o`rin
tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining o`zgalarnikidan
alohidalashgan manfaatini bildiradi. Lekin bu manfaat yo`lida kurash qoidalariga
rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan-bir yo`li
raqobatbardosh va jamiyat uchun zarur bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarishdir.
Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali
ishlatib, ko`proq va sifatliroq tovar ishlab chiqarishga undaydi. Shuning uchun
ham raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi vositadir. Shu bilan
birgalikda, u iqtisodiyotni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi kuch ham
hisoblanadi.
Bozor
iqtisodiyotining
o`ziga
xos ijtimoiy
adolat
qoidalari bor.
Iqtisodiyotdagi resurslar, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni taqsimlash va
shunga mos ravishda daromadga ega bo`lib, yuqori farovonlik darajasiga intilish
adolat hisoblanadi. Ammo adolat tamoyili hammani bir xil qilish emas, balki
jamiyatni tabaqalashuvini bildiradi. Iqtisodiy sub`ektlar o`z mehnatiga, uning
samaradorligiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shu
sababli ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir xil
bo`lmaydi. Tabaqalanish boylarga havas qilib, ularday bo`lishga intilishni hosil
qiladi. Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlarki, ular ishlab chiqarish
faoliyatini rag`batlantiruvchi kuchni yuzaga keltiradi. Bozor regulyatorlari moddiy,
mehnat va moliya resurslarini kerakli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish
tomon buradi. U behuda mehnat sarfini tan olmaydi, aksincha, unga yo`l
qo`yganlarni iqtisodiy jihatdan jazolaydi, ya`ni ular zarar ko`radi.
Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan tizimdir. U sharoit o`zgarishiga darhol
javob beradi, nima etishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta`minlaydi. Uning
6
muhim tomonlaridan biri novatsiya (yangilik)ga moyilligidir. U fan-texnika,
texnologiya yangiliklarini darhol qabul qiladi. Yangi tovarlarni ishlab chiqarishni,
yangi texnologiya va boshqarish usullarini joriy etishni ta`minlaydi. Chunki bu
raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko`rish boylik va obro`-e`tibor orttirishning
sharti bo`lib xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning natijasi o`laroq bozor iqtisodiyoti
tovarlar va xizmatlar to`kinligini yuzaga keltiradi.
Bozor iqtisodiyoti XVII asrning boshlaridan hozirgi vaqtga qadar bir qancha
taraqqiyot bosqichlaridan o`tdi, desak xato bo`lmaydi. Binobarin, har bir bosqichda
o`ziga xos iqtisodiy munosabatlar tizimi va bozor iqtisodiyotining turlari
shakllandi. (2.2-rasmga qarang)
2.2-rasm. Bozor iqtisodiyotining turlari
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining ilk davriga xos bo`lgan iqtisodiy
munosabatlar tizimini ayrim iqtisodchilar, jumladan, taniqli iqtisodchi-olim
professor A.O`lmasov "asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti" deb atashadi.1 Shu
bilan birgalikda bozor iqtisodiyotining bu turini "mumtoz kapitalizm" deb atash
ham uchrab turadi.2
Bozor iqtisodiyoti tizimi mazkur turining keyingi ta`rifiga ko`proq moyillik
bildirgan holda, uning quyidagi asosiy belgilarini ko`rsatib o`tamiz:
-iqtisodiy resurslarga yakka tartibdagi xususiy mulkchilikning hukmronligi
va ularning ozchilik mulkdorlar tasarrufida to`planishi;
-erkin raqobat va sarmoyalarni iqtisodiyotning bir tarmog`idan ikkinchisiga
ko`chib yurishi;
7
-iqtisodiyotning tartibsiz (stixiyali) rivojlanishi;
-bozor ishtirokchilari bo`lgan tadbirkorlarning bir-biridan mutlaqo ajralgan
holda ish yuritishi;
-narx-navoning stixiyali shakllanishi;
-davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi;
-stixiyali taraqqiyotning natijasi o`laroq iqtisodiy tanglik va tanazzullarning
kelib chiqishi;
-aholi o`rtasidagi keskin tabaqalashuv: boylarning o`ta boy bo`lib ketishi va
kambag`allarning o`ta qashshoqlashuvi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan belgilar ichida xususiy mulkchilikning
hukmronligi va davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi mumtoz kapitalizmning
asosiy belgilaridan bo`lib qolmay, balki uning samarali amal qilishiga to`sqinlik
qiluvchi kamchiliklari hamdir. Aynan ana shu kamchiliklar tufayli u tobora
"yovvoyilashib" boraveradi va pirovard natijada uning o`rnida madaniylashgan
bozor iqtisodiyoti tizimi shakllanadi.
Madaniylashgan (tamaddunlashgan deb ham aytish mumkin) bozor
iqtisodiyoti bozor munosabatlari va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishga asoslangan tizimdir. Uning xarakterli belgisi iqtisodiyotda davlat
sektorining ham mavjudligi va jamiyat iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda
davlatning faol ishtirok etishidir.
Shu o`rinda jahonda mashhur iqtisodchi olim Adam Smitning 1776 yilda
Angliyada chop etilgan "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risida
tadqiqot" nomli kitobining markaziy g`oyasiga to`xtalib o`tamiz. Uning fikricha,
davlat iqtisodiyotni xoli qo`ysa, ya`ni unga aralashmasa, iqtisodiyot yaxshiroq
amal qiladi. Hozir biz talab va taklif deb yuritadigan iqtisodiy kuchlarni Adam
Smit "ko`rinmas qo`l" deb atadi va uning fikricha, o`sha qo`lning o`zi iqtisodiyotni
tartibga solib turadi.
Mazkur ta`limot mumtoz ma`nodagi bozor iqtisodiyoti uchun, uning ilk
davri uchun asosli bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan eskira boshladi va zamonaviy
taraqqiyot talablariga javob bera olmay qoldi.
8
Iqtisodiyotdagi beboshlik va tartibsizliklarni bartaraf qilish, raqobat
kurashining g`ayriinsoniy usullariga barham berish, mustaqil tadbirkorlar o`rtasida
madaniylashgan aloqalar o`rnatish, iqtisodiy tangliklar va tanazzullarning oldini
olish uchun davlatning aralashuvi zarur bo`lib qoladi. Shunday qilib, XX asrning
o`rtalariga kelib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda madaniylashgan
bozor iqtisodiyoti shakllana boshladi.
Mazkur
iqtisodiy
tizim
sharoitida
resurslar,
tovarlar
va
daromadlarning uzluksiz harakati bozor orqali davlat aralashuvi bilan amalga
oshiriladi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning faoliyatini
bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorida o`zining qatnashuvi
bilan ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratadi. 2.3-rasmga
diqqat-e`tibor bilan qarasangiz, madaniylashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida
resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarni ayirboshlashdan iborat bo`lgan
iqtisodiy jarayonlar va ularni tartibga solishdagi davlatning o`rnini yaqqol tasavvur
qilasiz.
Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat makroiqtisodiy darajada
talab bilan taklif o`rtasidagi muvozanatni saqlash choralarini ko`radi va mamlakat
miqyosidagi umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qiladi.
Endi bozor iqtisodiyotining yana bir turi – ijtimoiy yo`naltirilgan bozor
iqtisodiyotini ko`rib chiqaylik. Xo`sh, u qanday tizim va madaniylashgan bozor
iqtisodiyotidan nima bilan farq qiladi?
Dastlab shuni aytib o`tish lozimki, bozor iqtisodiyotining bu har ikki turi
o`rtasida katta bir umumiylik bor. Bu umumiylik ularning bozor tizimi bo`la turib,
bozor va nobozor munosabatlarning qorishmasidan iborat ekanidir. Shuning uchun
ko`pincha bozor iqtisodiyotining bu ikki turi o`rtasidagi farqlar ko`zga
tashlanavermaydi va amaliyotda ularga bitta tizim sifatida qarash va aralash
iqtisodiyot deb atash keng tarqalgan.
"Ijtimoiy yo`nalishdagi bozor iqtisodiyoti" tushunchasi ilk bor Germaniyada
paydo bo`lgan va u erda uning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan. Bundan mazkur
tushuncha shu mamlakatgagina xos degan ma`no kelib chiqmaydi, albatta. Ijtimoiy
9
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan barcha
mamlakatlarda kuzatiluvchi hodisa bo`lib, unga jamiyat taraqqiyotining tabiiy
mahsuli deb qarash mumkin.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, birinchidan, mamlakat iqtisodiyotining tashkiliy
tuzilishini tartibga solib turadi. Buning uchun davlat mulkchilik huquqi, pul va
valyuta tartibotini, raqobat qoidalari va tashqi iqtisodiy faoliyat tartib - qoidalarini
belgilab beradi. Ikkinchidan, davlat fuqarolar va aholining alohida qatlamlari
ijtimoiy ahvolini belgilovchi mezonlar qabul qiladi. Shu maqsadda mehnat va unga
haq to`lash, mulkchilik va turar-joy masalalari, ekologiya va hokazolarga oid
tartib- qoidalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy xususiyatlardan kelib
chiquvchi turli modellari mavjud bo`lib, ularning asosiylari nemis, shved, golland
va yapon modellaridir. Keyingi yillarda jahon amaliyotiga shiddat bilan kirib
kelgan yana bir model borki, uni "o`zbek modeli" deb yuritiladi. Biz bu haqda 3-
bobda batafsil to`xtalamiz.
1.2. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan belgilardan biri - iqtisodiy raqobatning
mavjudligidir.
Bozor
munosabatlarining
ishtirokchilari
-
tovar
ishlab
chiqaruvchilar1 va iste`molchilar o`zlarining iqtisodiy manfaatlariga egadirlar. Bu
manfaatlarni yaxshiroq va oqilona qondirish yo`lidagi ularning barcha xatti-
harakatlari va intilishlari raqobat kurashi tarzida namoyon bo`ladi. Tovar ishlab
10
chiqaruvchilar (tadbirkorlar) o`z tovarlarini yuqoriroq narxda sotib, ko`proq foyda
olish uchun kurashadilar, iste`molchilar kamroq xarajat qilgan holda o`z
manfaatlarini ko`proq qondirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka asoslangan tizim bo`lgani uchun eng
kuchli raqobat kurashi tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida bo`lishi tabiiy hol.
Chunki har bir tadbirkor o`z mablag`ini ko`proq va tezroq foyda olishi mumkin
bo`lgan sohaga kiritishga, ishlab chiqargan tovarini bozorda ko`proq va yuqoriroq
bahoda sotishga harakat qiladi. Natijada ham xomashyo bozorida, ham tayyor
maxsulotlar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat kurashi paydo
bo`ladi.
Raqobat kurashining 2 xil turi - tarmoqichra va tarmoqlararo raqobat mavjud
bo`lib, ularning birinchisi bir xil tovarlar ishlab chiqarish bilan band bo`lgan
tadbirkorlar raqobatidir. Tarmoqlararo raqobat esa turli xil tovarlarni ishlab
chiqaruvchilar o`rtasidagi kurashda namoyon bo`ladi.
Endi raqobat kurashining bu ikki turi xususida batafsilroq to`xtalib o`tamiz.
Tarmoqichra raqobat o`z mohiyatiga ko`ra iqtisodiy taraqqiyotning juda
muhim omili bo`lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo`ljallangan
tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobatda "sendan men o`taman"
tarzida kurash ketadi. Masalan, odamlarning nonga bo`lgan talab-ehtiyojlarini
qondiruvchi tadbirkor-novvoy yoki "Doka-non" firmasi o`z mahsulotlarini ko`proq
sotib, ko`proq foyda olish uchun, avvalambor, nonning sifatini oshirishga harakat
qiladi. Biroq, o`z-o`zidan ma`lumki, nonning sifati yaxshi bo`lishi bilan uning
sotuvi ko`payib qolmaydi. Uning narxi ham xaridor uchun ma`qul bo`lishi kerak.
Shuning uchun tadbirkor yoki firma yopilayotgan nonning narxini tushirish uchun
o`z xarajatlarini kamaytirish yo`llarini izlaydi.
Shunday qilib, tarmoqichra raqobat tadbirkorlardan bir vaqtning o`zida
ikkita muhim vazifa bilan shug`ullanishni taqazo etadi. Ularning birinchisi
mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`lsa, ikkinchisi ishlab chiqarishga yangi
texnika va texnologiyani joriy qilish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni
11
takomillashtira borishdir. Kam hajmda va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi
tadbirkorlar tez orada bankrotlikka uchraydi, ya`ni sinadi.
Tarmoqlararo raqobat ham bozor iqtisodiyoti sharoitida shiddatli kechadi.
Sarmoya egalari o`z mablag`larini biron-bir soha yoki tarmoqqa yo`naltirishdan
oldin u erdagi foyda me`yori bilan qiziqadi. Tabiiyki, qaysi tarmoqda uning
sarmoyasi ko`proq foyda keltirsa, u o`z mablag`ini aynan shu tarmoqqa kiritadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar xo`jalik amaliyotida shunday
hollar ham sodir bo`ladiki, tadbirkorlar o`zi faoliyat ko`rsatayotgan tarmoqdan voz
kechib, mutlaqo boshqa tarmoqda ish yurita boshlaydilar. Buning sababi oldin
sarmoya kiritilgan tarmoqda foyda me`yorining tushib ketgani va ko`proq foyda
olish mumkin bo`lgan boshqa tarmoqning mavjudligidir. Masalan, muzlatgich
ishlab chiqaruvchi firma yuqorida ko`rsatilgan holat tufayli konditsioner ishlab
chiqarishga, televizor ishlab chiqarayotgan firma kompьyuterlar ishlab chiqarishga
qayta ixtisoslashuvi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ro`y beruvchi raqobat kurashini mukammal,
nomukammal va monopolistik raqobatlarga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat deganda bir xil tovarlar va xizmatlar taklif qilinadigan
bozordagi raqobat tushuniladi. Masalan, televizorlar bozori, kompьyuterlar bozori,
un yoki sut mahsulotlari bozori va hokazo.
Raqobatning bu turi quyidagi belgilarga ega:
-bozordagi tadbirkorlarning erkinligi, ya`ni istagan paytda bozorga o`z
mahsuloti bilan kira olishi va undan chiqib keta olishi;
-hech kimning bozorda hukmronlik qila olmasligi va boshqalarga taziyq
o`tkazmasligi;
-tovar ishlab chiqaruvchilarning halol va madaniylashgan usullar bilan
raqobatlashuvi.
Nomukammal raqobat esa ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning hukmronlik
qilishi natijasida boshqalarning iqtisodiy erkinligi cheklangan bozordagi
raqobatdir. Bunday sharoitda bozorga hamma ham o`z mahsuloti bilan erkin kira
olavermaydi. Shuning uchun raqobat kurashi tor doiradagi tadbirkorlar va firmalar
12
o`rtasida sodir bo`ladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasining avtomobil
bozoridagi raqobatni olaylik. Bu erda raqobat kurashi "Mersedes Bents",
"Folksvagen", BMV hamda "Opel" avtogigantlari orasida boradi.
O`z tabiatiga ko`ra nomukammal raqobatga yaqin turgan va hatto uning bir
ko`rinishi bo`lgan raqobat ham borki, uni monopolistik raqobat deyiladi. Raqobat
kurashining bu turiga xos bo`lgan xususiyat shundan iboratki, u yoki bu tovarlar
(xizmatlar) bozorida bittagina firma tanho hukmronlik qiladi. Masalan, Asaka
shahrida
joylashgan
O`zbekiston-Koreya
avtomobil
qo`shma
korxonasi
mamlakatimizdagi engil avtomobillar bozorida tanho hukmronlik qiladi va
hozircha u bilan bellasha oladigan raqobatchi yo`q. Biroq ushbu korxonaning
raqobatchisi yo`q ekan, u kim bilan raqobatlashadi, degan savolning tug`ilishi
tabiiy. To`g`ri, mamlakat ichida u bilan raqobatlashadigan avtokorxona yo`q.
Ammo, jahondagi 30 ga yaqin mamlakatda engil avtomobillar ishlab chiqaruvchi
firmalar mavjud. O`zbekiston avtomobillar bozorida ular ham qatnashishi mumkin.
Shuning uchun Asakadagi zavod, birinchidan, mamlakatlararo, ya`ni xalqaro
raqobatda qatnashadi va shu tufayli ishlab chiqarayotgan avtomobillarining
raqobatbardoshliligini oshirish uchun kurashadi. Ikkinchidan, u avtomobil
tayyorlash uchun zarur bo`lgan butlovchi mahsulotlar bozori hamda mehnat
bozoridagi raqobat kurashida qatnashadi.
Raqobat kurashining o`ziga xos bo`lgan usullari va vositalari mavjud.
Raqobat usullarini shartli ravishda madaniylashgan (ya`ni halol) va
yovvoyilashgan (g`irrom) usullarga ajratish mumkin.
Halol raqobat kurashi barcha tadbirkorlar tomonidan e`tirof etilgan va tan
olingan,
umuminsoniy
qadriyatlarga
tayanuvchi
usullar
orqali
kechadi.
Tadbirkorlik faoliyatining asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va
ko`rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, ularning narxini tushirish va
reklamani kuchaytirish orqali tobora ko`proq iste`molchilarni o`z tomoniga
"ag`darib olish" kabi vositalar yotadi.
G`irrom raqobat kurashi, odatda, g`ayriinsoniy vositalar orqali amalga
oshiriladi. Bularga boshqa tadbirkorlarning tovarlarini ochiqdan-ochiq yoki
13
yashirin holda yomonlash, ularning texnologik yangiliklari va tovar belgilarini
o`g`irlash, qo`poruvchilik, josuslik, reket va hattoki qotillik kabi vositalar kiradi.
Raqobat kurashining g`irrom usuli va vositalari ko`proq bozor iqtisodiyotiga
o`tishning ilk davrida uchraydi. Ammo bu rivojlangan mamlakatlar xo`jalik
amaliyotida raqobat kurashi faqat halol usullar bilan olib boriladi, degan ma`noni
bildirmaydi. Raqobatning g`irrom usullari, afsuski, hamma vaqt va barcha
mamlakatlar xo`jalik hayotida uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ham, uning samarali amal qilishining ham
yagona va universal tamoyili yo`q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har
bir xalqning faqat o`ziga xos bo`lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va
xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o`tish davri ham har bir
mamlakatda o`ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar
bo`lishi tabiiy. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi
bir qator tamoyillar mavjud bo`lib, ularning asosiylari xususida to`xtalib o`tamiz.
Xususiy mulkchilikning ustivorligi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida
mulkchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moddiy ne`matlarni ishlab
chiqarish, ayirboshlash va
iste`mol qilish xarakteri asosan mulkchilik
munosabatlariga bog`liq. Mulkchilikning sub`ektlari va ob`ektlari mavjud bo`lib,
uning birinchisiga davlat, jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Ikkinchisiga esa,
ya`ni ob`ektlariga, tabiiy resurslar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar,
qimmatbaho qog`ozlar, pul mablag`lari va aqliy mehnat natijalari kiradi.
Mulkchilik ob`ektlariga egalik qilish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha
bo`ladi. Rejali iqtisodiyot deb nomlanuvchi ma`muriy - buyruqbozlik tizimida
mulkchilik ob`ektlariga asosan davlat egalik qiladi va xususiy mulkning ulushi
juda ham kam bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buning aksi, ya`ni
mulkchilik ob`ektlarining aksariyat qismi xususiy mulkdorlar tasarrufida bo`lib,
davlat mulki iqtisodiyotning asosini tashkil etmaydi.
Xususiy mulk asosan individual (bir shaxsga tegishli) mulk, oila mulki,
jamoa mulki, shirkat mulki, qo`shma mulk, hissadorlik mulki, diniy tashkilotlar
mulki shakllarida amal qiladi.
14
Shunday
qilib,
bozor
iqtisodiyotiga
asoslangan
mamlakatlarda
iqtisodiyotning ikkita bo`lagi paydo bo`ladi. Ular xususiy mulkchilikning barcha
shakllarini birlashtiruvchi nodavlat sektori va davlat tasarrufidagi mulkdan iborat
davlat sektoridir. Bozor iqtisodiyoti tizimining samarali amal qilishi ko`p jihatdan
ana shu ikkita sektorning nisbatiga bog`liq desa bo`ladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, xususiy
mulkchilik hukmron mavqega ega bo`lgan holda, ya`ni tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarish asosan iqtisodiyotning nodavlat sektorida mujassamlashganda, iqtisodiy
taraqqiyot sur`atlari yuqori bo`ladi. Shuning uchun xususiy mulkchilikning
ustivorligi bozor iqtisodiyotining eng muhim va asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi. Odamlarning o`z ehtiyojlarini qondirish bilan
bog`liq bo`lgan faoliyati iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Tovar va xizmatlarni
yaratish, ayirboshlash va ularni iste`mol etishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bozor
iqtisodiyoti sharoitida erkin kechadi. Xususiy mulkchilik bu tizimning asosini
tashkil etgani tufayli erkin xususiy tadbirkorlik butun jamiyat iqtisodiy
faoliyatining asosini tashkil etadi.
Xo`jalik yurituvchi har qanday sub`ekt (alohida shaxs, oila, odamlar guruhi,
yuridik shaxslar va h.k) iqtisodiy faoliyatning o`ziga ma`qul va manzur bo`lgan
hamda davlat qonunchiligi bilan ta`qiqlanmagan turini tanlaydi.
Inson o`zining jismoniy va aqliy layoqatini o`zi istagan soha (tovarlar ishlab
chiqarish, xizmat ko`rsatish, savdo-sotiq, tijorat, vositachilik va hokazo)ga
yo`naltirishi, o`zining pul mablag`laridan o`zi hohlagan maqsadlarda (biron bir
tovar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, bank depozitlariga qo`yish, aktsiyalar
sotib olish va hokazo) foydalanish huquqiga ega.
Biroq shuni ham aytib o`tish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy
faoliyat erkinligining mavjudligi "kim nimani hohlasa qilaveradi" degani emas.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday davlat ham o`zining shart-sharoitlari
va umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
iqtisodiy faoliyatiga muayyan cheklashlar kiritadi.
15
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik
xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon
bo`lib qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham
o`z ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar, turli xil imtiyozlar davlat tomonidan
belgilanadi. Agar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning biridan (masalan, xususiy
firmadan) yuqori foizlarda soliq undirilsayu, ikkinchisidan (masalan, davlat
korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo`lmaydi va
ijtimoiy noroziliklarga sabab bo`ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi sub`ektlarga
soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsayu, kimlardir bundan mahrum etilsa, bunda
ham xuddi shunday adolatsizlik ro`y beradi.
Demak, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi
sub`ektlarning teng huquqligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi.
O`zini-o`zi boshqarish. Jamiyatdagi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning
ikkita turi mavjud bo`lib, ularning birinchisi yuqoridan beriladigan buyruq va
ko`rsatmalar asosida boshqarish bo`lsa, ikkinchisi bozor munosabatlariga tayangan
holda o`zini-o`zi boshqarishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning
xo`jalik amaliyotida o`zini-o`zi boshqarish muhim tamoyil hisoblanadi. Mazkur
tizim sharoitida iqtisodiy taraqqiyotni davlat boshqaruvi va menejerlar tajribasi
hamda donoligi ma`lum darajada belgilab beradi. Biroq hal qiluvchi omil bo`lib
erkin bozor munosabatlari va erkin baholar xizmat qiladi. Adam Smit tomonidan
"ko`rinmas qo`l" deb atalgan talab va taklif iqtisodiyotni nafaqat tartibga solib
turadi, balki boshqaradi ham. Tovarlar va xizmatlarning taklifi talabga nisbatan
ko`payib ketsa, narx-navo tushadi, aks holda ular ko`tariladi. Iqtisodiyotning qaysi
tarmog`i yoki sohasi ko`proq daromad keltirsa, sarmoyadorlarning mablag`lari
o`sha tomonga oqib kela boshlaydi. Sifatsiz tovarlar va xizmatlar yaratayotgan
korxona va firmalar iqtisodiy jihatdan sinib, o`z-o`zidan yopilib ketadi. yuqori
sifatli tovar ishlab chiqaruvchilarning omadi chopaveradi, chunki, bir tomondan,
tovarga talab katta bo`lsa, ikkinchi tomondan, bu tovar yuqori baholarda sotiladi.
Shunday qilib, bozor mexanizmining o`zi iqtisodiy ob`ektlar va jarayonlarni
o`zini-o`zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi qilib qo`yadi, xo`jalik yuritishning
16
eng oqilona usullarini tanlash, ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalarini
joriy etishni tadbirkorlarning tabiiy ehtiyojiga aylantiradi.
O`z-o`zini moliyalashtirish. Har qanday xo`jalik yurituvchi sub`ekt iqtisodiy
faoliyat ko`rsatar ekan, uning oldida bitta muhim vazifa turadi. Bu vazifa o`z
mustaqilligini to`la-to`kis ta`minlashdir. Buning uchun u o`zining xo`jalik faoliyati
bilan bog`liq bo`lgan barcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qoplash va olgan foydasi
hisobidan o`z taraqqiyotini amalga oshirishi kerak. O`zbekona ta`bir bilan
aytadigan bo`lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida "har kim o`z aravasini o`zi tortishi
kerak". To`g`ri, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z mablag`lari etarli bo`lmagan
hollarda bankdan kredit (qarz)lar olishi mumkin. Biroq bu ham "o`z aravasini o`zi
tortish" bilan teng narsa. Chunki bankdan olingan qarzlarni qaytarish, qaytarganda
ham foizlari bilan qaytarish kerak.
O`z-o`zini moliyalashtirish tamoyiliga amal qilish uchun xo`jalik yurituvchi
sub`ektlardan uddaburonlik, tadbirkorlik, hisob-kitob bilan faoliyat yuritish, uzoqni
ko`ra bilish va boshqa bir qator fazilatlar talab qilinadi. Iqtisodiy faoliyatning
hisob-kitobini joyiga qo`ya olmagan, o`zining tovar va xizmatlariga bo`lgan joriy
va istiqboldagi talabni yaxshi o`rganib chiqmagan tadbirkor nafaqat foyda olish u
yoqda tursin, hatto o`z xarajatlarini ham qoplay olmaydi.
Narx-navo erkinligi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi va tamoyili
hisoblangan narx-navo erkinligi shuni bildiradiki, tovar va xizmatlarning bahosi
davlat tomonidan emas, balki sotuvchi bilan xaridorning o`zaro kelishuvi asosida
belgilanadi. Mamlakatimizda o`tgan asrning 90-yillariga qadar amal qilgan
markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida tovar va xizmatlarning bahosi qoida
tariqasida davlat tomonidan belgilanib (yoki o`rnatilib) kelinar edi. Baholar uzoq
vaqt davomida amal qilar va shuning uchun tovar va xizmatlar yaratishga
sarflanayotgan xarajatlarni hamma vaqt ham to`liq aks ettiravermas edi.
Undan tashqari uzoq vaqt amal qiluvchi baholar tovarlar va xizmatlarga
bo`lgan talabni ham, ularning taklifidagi o`zgarishlarni ham aks ettirish
imkoniyatidan mahrum edi.
17
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx-navoni erkinlashtirish degani, albatta,
barcha tovarlar va xizmatlarning bahosi bozorda sotuvchi bilan xaridor o`rtasidagi
kelishuv
asosida
shakllanadi,
degan
ma`noni
bildirmaydi.
Umumdavlat
manfaatlaridan kelib chiqib, muhim strategik ahamiyatga ega bo`lgan tovarlar
(masalan, paxta tolasi, oltin va boshqa qimmatbaho metallar)ning bahosini davlat
belgilab beradi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor baholari etakchi
o`rinni egallaydi. Shu bilan birgalikda rivojlangan mamlakatlarning xo`jalik
amaliyotida shartnomaviy deb ataluvchi narxlar ham keng qo`llanadi. Ular uzoq
vaqt davomida sheriklik aloqalar asosida ish yurituvchi firma va korxonalarning
xo`jalik amaliyotida ko`proq qo`llanadi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning raqobatlashuvi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida
xo`jalik
yuritishning
iqtisodiy
samaradorligini
ta`minlovchi,
tadbirkorlikni harakatga keltiruvchi kuch, bu – korxonalar, firmalar va barcha
ishbilarmonlar o`rtasidagi raqobatdir. Uni xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
faoliyat ko`rsatish va yashash uchun kurash usuli deb ham aytish mumkin. Chunki
o`z raqibidan ortda qolmaslikka, undan ko`ra yuqoriroq obro`-e`tiborga va
mavqega ega bo`lishga intilish pirovard natijada ko`proq foyda olishni, yuksakroq
sur`atlar bilan rivojlanishni ta`minlovchi omildir. Tadbirkorlik raqobatida engilish,
albatta, iqtisodiy jihatdan sinishni bildiradi. Shuning uchun ham, tabiiyki, hech kim
raqobat kurashida engilishni, mag`lubiyatga uchrashni istamaydi. Demak, raqobat
kurashida
barcha
tadbirkorlar,
firma
va
korxonalar
qatnashadi.
Bozor
munosabatlari amal qiluvchi har qanday davlatda raqibi bo`lmagan xo`jalik
yurituvchi sub`ektning o`zi yo`q.
18
1.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari.
19
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. • totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini
engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; • Respublikaning
o‘ziga
xos
sharoitlari
va
xususiyatlarini
hisobga
olgan
holda
bozor
munosabatlarining negizlarini shakllantirish. • SHu vazifalarni hal qilish uchun
birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va
amalga oshirildi: • o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish,
islohotlarning qonuniyhuquqiy negizini mustahkamlash; • mahalliy sanoat, savdo,
maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida
va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga
keltirish; • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy
ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Birinchi Prezidentimiz asarlarida bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal
qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi: Birinchi bosqichida iqtisodiyotda va
ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat
jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi.
SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning
strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab,
bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu maqsaddan
kelib chiqib mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir qator
vazifalarni ko‘rsatib berdi: • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida
boshlangan ishni oxiriga etkazish; • ishlab chiqarishning pasayishiga barham
berish
va
makroiqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlash;Respublikada
bozor
munosabatlariga o‘tishning bosqichlari. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: • - mulkiy munosabatlarni
isloh qilish; • - agrar islohotlar; • - moliya-kredit va narx-navo islohoti; • -
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; • - tashqi
iqtisodiy aloqalar islohoti; • - ijtimoiy islohotlar. 2017 — 2021-yillarda
20
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi ( 1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga
yo‘naltirilgan
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
mamlakatni
modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada
kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-
huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish,
davlat
xizmatlari
sifati
va
samarasini
oshirish,
jamoatchilik
nazorati
mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy
axborot vositalari rolini kuchaytirish.
21
II BOB. Bozor mahsulotlarining taqchilliklari va oqibatlari.
2.1. Bozor taqchilligini moliyalashtirish usullari.
Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari: ishlab chiqarish,
ayirboshlash va iste`molda mavjud bo`lib, har qanday kurashda bo`lgani kabi bu
erda ham kuchlilar engib chiqadi va kuchsizlar engilaveradi. Kurash maydoniga
yangi-yangi xo`jalik sub`ektlari kirib kelaveradi. Raqobatning iqtisodiy faoliyat
samaradorligini oshirishga, jamiyat taraqqiyotini tezlashtirishga bo`lgan ijobiy
ta`siri mana shunda namoyon bo`ladi. Shunday qilib, raqobatni bozor
iqtisodiyotining tabiatiga mos tushuvchi tamoyil, deb aytish mumkin.
Biroq ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga
qarama-qarshi turuvchi, uning tabiatiga zid bo`lgan yakka hukmronlik
(monopoliya) omili mavjuddir. Monopoliya deganda, iqtisodiy faoliyatning biron-
bir turi bilan shug`ullanish huquqi yoki imkoniyatini ayrim xo`jalik sub`ektiga
22
berish tushuniladi. Monopoliyaning o`rnatilishi bozor munosabatlarining samarali
amal qilishiga putur etkazadi, raqobatning iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta`sirini
susaytiradi. Monopoliya o`z tabiatiga ko`ra ishlab chiqarishda turg`unlikning kelib
chiqishiga sabab bo`ladi, hukmron mavqeiga tayanib, xarajatlarni kamaytirmagan
holda foyda ko`rishi va bozorda o`z hukmronligini o`tkazishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko`ra bozor iqtisodiyoti monopoliya bilan
chiqisha
olmaydi.
Shuning
uchun
bozor
munosabatlariga
asoslangan
mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat davlat iqtisodiy siyosatining muhim
yo`nalishi hisoblanadi.
• iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy
siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir. • Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-
buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor
tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990 yillarda dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar. Bu vfqtga kelib,
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib chiqish
va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki, bu vaqtga
kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm
surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi
tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish
va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bozor iqtisodiyotining tan olinisi. Bu
vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib,
iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li – ongli ravishda boshqariladigan va tartibga
solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni
tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilmaxil
bo‘lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi to‘rtta asosiy
turga bo‘linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar
yo‘li; 3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li; 4) sotsializm g‘oyalarini samarali
bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li.
23
Bu yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‘llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal
qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. SHu bilan birga har bir yo‘lning
o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining
xususiyati.
Mustamlakachilikdan
ozod
bo‘lib,
mustaqil
rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq,
an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq
sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor
tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar
iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga
zid. SHu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan
farqlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni sotsializm qurish g‘oyalari
asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalarning muhim jihatlarini saqlab
qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish
yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan,
Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan
mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini
vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning
barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir. Bozor
iqtisodiyotiga yo‘llaaaari. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga
revolyusion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni
bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish,
avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom
24
sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb
ataladi.
Eski
iqtisodiy
munosabatlarni
bosqichma-bosqich
yangi
bozor
munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga
keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yo‘l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. Ma’muriy-
buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
zarurligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotidan
hozirgi
zamon
bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal
qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
ikkita ahamiyatli kamchilikka ega: 1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y
berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi; 2) xo‘jalik
yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o‘ta
darajada pasayib ketganligi. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon
iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik
munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida
moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini
hamda
uni
sifatjihatidanfarqqiluvchibozortizimigaalmashtirilishinianglatarekanbundayturdagi
25
2.2. Bozorlardagi mahsulotlarga taqchillik bo'lmaydi, narxlar ham
ko' tarilmaydi
. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha
sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin
ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan
iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; - resurslarning
markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; - narxlarning asosan talab va taklif
nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion
bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 2. Iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning
amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun
teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi
uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi
ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-
quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish; O‘tish davrida bozor
iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
26
3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; -
bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari
va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi
tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul
qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi
navbatda Davomi. 5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini
olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi.
Bu
yo‘nalishning
muhim
ahamiyati
shundan
kelib
chiqadiki,
ma’muriybuyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda
moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo‘ladi.
Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror
topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti
uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari
tizimiga pul Davomi . 5.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
tamoyillari va xususiyatlari. Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli
mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, bir
tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud.
Polsha, CHexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish
yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va
tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyusion
to‘ntarishlarsiz,
ijtimoiy
to‘qnashuvlarsiz,
ijtimoiy
himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. . «Respublikaning o‘ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har
tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay
rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi». «O‘zbekistonda
27
qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z
oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini
qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan
turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga
soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik», deb yozadilar
mamlakatimiz Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz- Bu yo‘lni amalga
oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz tomonidan ishlab
chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni
mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash; - o‘tish davrida davlatning
bosh islohotchi bo‘lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi; - bozor munosabatlariga o‘tish
bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni
amalga oshirish. - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
28
XULOSA
Kurs ishida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1. Faol siyosat sifatida biz, mehnat bozori tuzilmaviy kamchiliklarini bartaraf etish,
ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish, xususan, Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish organlarlarining samaradorligini oshirish tadbirlari va faoliyat
yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilarni taklif etamiz:
• ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish
tartiblarini aniqlovchi, xususan, davlat me’yoriy hujjatlarini yaratilishida doimiy va
faol qatnashuvchi bo‘lishi zarur;
• mehnat bozoridagi holatlarning rivojlanishi tarkibiy ishsizlikni ishlab
chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta qurish dasturiga muvofiq ravishda qat’iyan
jadal hal etishni ko‘rsatmoqda.
2.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali
tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro samarali
hamkorlikni ta’minlashi zarur.Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan quyidagi muhim
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
• iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga muvoffiq
ravishda kasbiy-malaka tizimi bo‘yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga
oshirish;
• korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni
tashkil etish, kasbi va malakasi bo‘yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo‘lgan
talabni ob’ektiv hisobini amalga oshirish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari
funksiyalarining to‘liq bajarilishi uchun mehnat bozorida raqobatchilik muhitini
shakllantiruvchi va uning turli segmentlaridagi faoliyatlar samaradorligini
ta’minlovchi ixtisoslashgan va universal davlat mehnat birjalarini yaratish hamda
29
ularning davlat ish bilan bandlik xizmati organlari bilan ish bilan bandlik sohasida
har tomonlama o‘zaro aloqadorliklarini va hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish zarur.
3.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
turli yo‘nalishlardagi samaradorligini har tomonlama baholash bo‘yicha
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, uning xo‘jalik faoliyatiga baho
berishda aniq xulosalar chiqarish imkonini yuzaga keltiradi.
Biz quyidagi ko‘rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati
samaradorligini
baholashning
amaldagi
kompleks
ko‘rsatkichlar
tizimiga
qo‘shishni taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga
talab etilganlik darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko‘magi bilan ishga
joylashtirish darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi
fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsienti; ish bilan bandlik xizmati organlarining
mehnat bozorini qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffitsienti; ish joylariga
talabning qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo‘yicha ish joylarining
qanoatlantirish darajasi.
4.
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli darajalarini
o‘z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini
ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida samarali
davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. Funksional
tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan
holda o‘zaro birikishi, ular o‘rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar
takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.
Yuqorida qayd etilgan xulosa va tavsiyalardan amalda foydalanish
respublikamizda mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va
rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, aholini ish bilan oqilona ta’minlashning asosiy
vositalaridan biri hisoblanadi.
Jiddiy muammolar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat doimiy
ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish siyosatini o’tkazadi.
Birinchidan, ishsizlikning friksion va tarkibiy turlari o’sganda:
- qaytadan kasb o’rgatadi;
30
- ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
- bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;
- mehnat birjalariga investisiyalarni ko’paytiradi.
Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal,
kredit - pul vositalarini ishga soladi, ya’ni:
- ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’
sarflaydi;
- tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz
stavkalarini pasaytiradi;
- ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish:
- aholi soni, yosh va jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga;
- ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga;
- qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlari;
- ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiga hamda uning o’sish sur’atiga;
- ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor
beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi
tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish miqyosini oshirishga qaratilagan bo’lishi
darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy-
texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq
xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish,
ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali
erishish mumkin.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qishloq xo’jaligi va sanoatning asosiy
mahsulotlariga talab va taklifga asosan istiqbol ko’rsatkichlarini belgilash, kichik
yoshdagi bolalari bo’lgan va ko’p bolali onalarni, nafaqaxo’r va nogironlarni
kafolatlashtirilgan ish joylari bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy-iqtisodiy
31
imtiyozlar berish orqali moddiy manfaatdorligini oshirish hamda ish bilan
ta’minlanishini yaxshilashga erishish kiradi.
Turli mamlakatlarda va turli vaqtlarda iqtisodiy siyosatni, shu jumladan
bandlik siyosatini ishlab chiqishda har xil nazariyalardan foydalanilgan. Ish bilan
bandlik odamlar ish joylari qaеrdaligidan qat'i nazar, ijtimoiy foydali mеhnatda
qatnashish yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir.
Aholining ish bilan bandlik kontsеptsiyasi – jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan ta'minla-nishning xususiyatini
ochib bеradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir.
Ishchi kuchi bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta'minlaydi.
Ishsizlik umumnazariy nuqtai nazaridan ish kuchini taklif qilish va
iqtisodiyotda unga bo’lgan talabning mos kеlmasligini, ularning miqdoriy, tarkibiy
jihatidan muvofiq emasligini aks ettiradi.
Ishsizlik – ishchi kuchining ish joyi bilan ta'minlanmaganligi va natijada,
uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligini muayyan (aniq)
holatidir.
Ishsiz shaxslar – ishga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan
fuqarolardir.
O’zbеkistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng avvalo, mamlakat
iqtisodiyoti davlat sеktorida ishlab chiqarishning qisqarishi bo’ldi.
TAYANCH IBORALAR
32
Iqtisodiyot —
bu
ishlab
chiqarish, taqsimlash va savdo,
shuningdek,
tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda,
u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq
amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida
belgilanadi.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B.
obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va
xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va
boshqalardan iborat.
Pul — bu shunday maxsus tovarki (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tovar),
u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul
umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul
vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va
hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular
oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy
mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni xarid
etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum
shaklidagi har qanday mahsulot; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldi-sotdi,
bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali
boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat
mahsulotidir. T. faqat moddiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy
neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan
mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish
uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning biror bir ehtiyojini qondira
olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati,
uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
33
Korxona — yuridik
shaxs huquqiga
ega
boʻlgan
mustaqil
xoʻjalik
yurituvchi subʼyekt. Mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrstish,
ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan
shugʻullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qoʻshma, yakka (oila, xususiy)
korxonalar bor.
Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va
xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul
daromadlari deyiladi.
34
FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 2021 yil 23 sentyabr
O‘RQ-637-son.
3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Innovatsion faoliyat to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2021 yil 24 iyul, O‘RQ-630-son.
4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2022 yil 29 oktyabr, O‘RQ-576-son
5. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2016 yil 13 aprel, O‘RQ-404-son.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston -
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida. Toshkent sh., 2021 yil 5 oktyabr, PF-6079-son.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlis
Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2021 yil 24 yanvar. //Xalq
so‘zi, 2021 yil 25 yanvar. 19-son.
9. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
10. Mirziyoev SH.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
“O‘zbekiston” NMIU, 2017.
11. Mirziyoev SH.M. erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
12. Abulkasimov
X.
Makroiqtisodiy
tartibga
solish va O’zbekistonning
barqaror rivojlanishi. Monografiya. - T. “Akademiya”, 2011, 92 b.
35
13. Bekmurodov
A.Sh.,
G‘afurov
U.V.
O‘zbekistonda
iqtisodiyotni
liberallashtirish va modernizatsiyalash: natijalar va ustuvor yo‘nalishlar. O‘quv
qo‘llanma. T.: TDIU, 2017.
14. A.O’lmasov,A.Vahobov Iqtisodiyot nazariyasi.(Darslik)-T.:,,IQTISODIYOT-
MOLIYA” nashriyotida tayyorlandi, 2014.
15. O‘lmasov A., SHarifxo‘jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. –T.: «Mehnat»,
1995. –527 b.
16. Jo’rayev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” “Fan va texnologiya” 2018y
17. Abdurahmonov Q.H. “Mehnat iqtisodiyoti” 2018y.
18. Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov Iqtisodiyot nazariyasi. (Darslik) -
Т.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi», 2021. 526 Ь.
19. Gulyamov S.S., Ayupov R., Abdullaev A.M. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn
texnologiyalari. –T.: TMI, 2022.
20. Gulyamov S.S. Aql kapitalini rivojlantirish uchinchi renesansning eng ustuvor
vazifalaridan sanaladi//Xalq so‘zi, 2022 yil 5 aprel, № 70 (8132).
21. Axmedov
D.Q.,
Ishmuxammedov
A.E.,Jumaev
Q.X.,
Jumaev
Z.A
Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.
22. Yo’ldoshev
Z.,
Qosimov
M.S.
Makroiqtisodiyot
asoslari.
T.:
«O’qituvchi»,1994
23. Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R.
Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.
24. Shodmonov Sh., G‘afurov U. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Ilmiy- ommabop
nashr. - T.: TDIU, 2017.