BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI. ISHSIZLIK
Yuklangan vaqt
2024-11-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
132,2 KB
22 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan
1
BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI.
ISHSIZLIK
Reja:
3.1 Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari.
3.2 Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi.
3.3 Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni.
3.4 O‘zbekiston Respublikasida ishsizlikni kamaytirish va aholining ish bilan
bandligini ta’minlash siyosatining xususiyatlari.
3.6. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga
iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish
davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning
barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (3.1-rasm).
2
3.1-
rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy
rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib. u «cho‘qqi» deb
yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik.
ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho
darajasining o‘sish holati kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va
turg‘unlik davri boshlanadi.
Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab
chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‘lsada,
ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham
iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar
deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi
sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va
texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-
texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan
avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham
yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy
vaziyatlarga bog‘lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat
qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha,
pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar
sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli
xil
43
yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik
darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog‘liq, degan
fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab
bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo‘lmasa, korxonalarda
tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O‘z navbatida, ishlab
chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi
xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning o‘sishi katta foyda olib
keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi.
Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy
tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining
muhim maqsadlaridan biridir.
Shu o’rinda quyidagi misolni keltiramiz. 2008 yilda yuzaga kelgan jahon
moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda
makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi.
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha
to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan
qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi
hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas
mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning ustiga
investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy «mahsulot»
hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining avj olishi
ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga
to‘yindi va bu Federal zahira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini
o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zahira tizimi foiz
stavkalarni 6,25% gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga
nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining
qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007 yil boshida
44
5
AQShda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo
kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni
qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga
qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin
pasayishiga olib keldi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini
qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi
bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati
kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas
mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib,
bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning
haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan
ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o‘z-o‘zini
boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va
xususan
moliyaviy
bozorlarga
aralashuvini
cheklanganligi
bilan
ham
izohlamoqdalar.
Yuzaga kelgan global moliyaviy -iqtisodiy inqiroz jahonning asosiy moliyaviy
markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar
iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy
inqiroz inflatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi
ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida
iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi jahon
moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati - bu uning iqtisodiyotning moliyaviy
sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir.
Global inqiroz bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy
bozorlarning beqarorligi bo‘ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi
ko‘rinishda bo‘ldi:
Moliyaviy bozorlarning beqarorligi ^ Kreditlarning qisqartirilishi va
iste’molning pasayishi ^ Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning
o‘sishi.
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat
dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali
ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish
masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
3.1. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida
ishlab chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan
biri bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon
bo‘ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi
kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli
yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.23
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal
qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi
kuchiga bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga
bo‘lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan
talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib
chiqaradi.
Ishsizlar - bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida)
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan
ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi.1 Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki
turar joylarni o‘zgartirish. o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek. boshqa sabablardan
kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib. ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining
o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz
qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi. ma’lumot olishi.
yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan
tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki. birinchisida. ma’lum malaka va tajriba
mavjud bo‘ladi va undan foydalanib. ish joylarini tezroq topib olishadi. ikkinchisida
esa. ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga
bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga
bo‘lgan yalpi talabning kamayishini. shunga muvofiq. yalpi tatalabning kamayishini.
va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.
To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini
bildirmaydi. Aksincha. friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga
olsak. biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa. u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi.
To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik. ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi.2
Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish
mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng
bo‘ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas. chunki u iqtisodiy vaziyat. qonun va
milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
1 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers. 2013): 180
2 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers. 2013): 177
47
8
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan
haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish
bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi.
3.2.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi
holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning
ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali
potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z
iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh)
potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi.
Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi.
Yh - Yp
YuZ=
---------------------------------------------- 100
Yp
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq
foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas,
balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash
va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi
uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi.
Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi
Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni
deyiladi.3 Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi
uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil
3 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 277
etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaIMning pastroq
darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan
kamroq
bo‘lishini
va
iqtisodiyotning
kelgusi
taraqqiyotini
investitsiyalash
imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini
aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda P koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient
miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.4
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
YUz= -2,5[ u -u*]
Bu yerda: u* - ishsizlikning tabiiy darajasi;
u - ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini
umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:
Yh - Yp
----------------- 100 =
-
p [ u -u*]
Yp
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor
qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi davriy
ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1
foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish
samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi sonining
ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3
foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga
qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik
4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak.
3.3. O‘zbekiston Respublikasida ishsizlikni kamaytirish va aholining ish
bilan bandligini ta’minlash siyosatining xususiyatlari
Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo‘lib, biror bir mamlakat
iqtisodiyotning bu “nuqsoni”dan hali qutulganicha yo‘q.
4 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 278
49
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichning yillar bo‘yicha o‘zgarishi
uning bir me’yorda bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Jumladan. 20002006 yillarda
mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0.3-0.4 foizni tashkil etgan. Lekin, 2007 yildan
boshlab real ishsizlik darajasi o‘rtacha 5 foiz va undan yuqori darajada bo‘lmoqda.
3.2 - rasm. O‘zbekiston Respublikasida aholining ishsizlik darajasi,
foizda28
Bu holatni shunday izohlashimiz mumkinki. O‘zbekiston Respublikasida 2007
yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat resurslari balansi shakli Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi “Aholini ish bilan bandligini hisobga olish
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 42 - sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika
asosida hisoblab kelinar edi.
Mazkur balans Prezident farmon va qarorlari asosida mamlakatda ish bilan
bandlikning yangi noan’anaviy shakllarining (uy mehnati. kasanachilik, oilaviy biznes,
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat ko‘rsatish va servis) paydo
bo‘lishi natijasida o‘z qamrovini yo‘qotdi. shuningdek, mazkur metodika respublika
aholisi va uy xo‘jaliklari statistikasini yuritish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy
10
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014
2015 2016 2017 2018
faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va yangi
talablarga javob bermay qo‘ydi.
Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining
“Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish
metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 106 - sonli qarori qabul qilindi va
unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab “Ishga joylashtirishga muhtoj
mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish”
metodikasi amaliyotga tatbiq etildi.
3.3- rasm. O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni
dinamikasi (2017 yil, ming kishi hisobida)29
Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan
kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining ish
bilan ta’minlash va mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.
Aholi bandligini
ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda
alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri - aholi
bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga
layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda. Ana shularni
hisobga olgan holda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dasturiy chora-tadbirlarni
amalga oshirishda Hukumatning asosiy e’tibori aholi bandligini, eng avvalo,
kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga
joylashtirishni ta’minlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratish bo‘yicha ustuvor
yo‘nalishni amalga oshirishga qaratiladi. Birinchi navbatda, bu iqtisodiyot
tarmoqlari va hududlarning ehtiyojini hisobga olgan holda, yangi ish o‘rinlari
tashkil etish bo‘yicha har yilgi dasturlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy
tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari
xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali
YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga
aytiladi. Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va
sotib olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta’minlanganlik darajasini
anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari
mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari
yig‘indisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy
ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy
darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi
YaIM o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning
miqdoriy darajasini ifodalaydi.
AQSh ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan minqiroz asta sekin butun
moliya tizimini qamrab oldi va pirovardida iqtisodiy inqirozga ham aylandi.
Natijada iqtisodiyotda pasayish va ishsizlik darajasining o‘sishi kuzatildi.
Nazarot va muhokama uchun savollar
1. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?
2. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday
aniqlanadi?
3.Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan to‘liq bandlilik tushunchalariga
tavsif bering.
4.Potensial YaIM ko‘rsatkichini izohlab bering.
5. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday o‘lchash
mumkin ?