98
BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
4. Bozor va uning vazifalari
5. Bozorning turlari va tuzilishi
6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos
bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal
qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar
davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi
va
ko‘pgina
mamlakatlarda
hukmron
iqtisodiy
tizimga
aylandi.
Mazkur
iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya
davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda taokidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va
mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti
ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud
bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va isteomolning bozorga
oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor
iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin
almashinuvining taominlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim
99
shartlari bo‘lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo‘lsa, bozor
ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi
faoliyatining nisbatan samarali yoonalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin narxlarning
shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib,
uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy
monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo‘jaligi
suboektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bogolanib muvofiqlashuvi deb baho
beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari
– ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va isteomol jarayonlarini hamda iqtisodiy
munosabatlarning barcha suboektlarini qamrab oladi.
Shuni ham eotiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o‘rtacha rivojlangan
iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 1/10
qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va
hajmi bo‘yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bu
esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari
muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng
samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti suboektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi
ishchilar ham, pirovard isteomolchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qogo‘zlar
egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy suboektlari uchta
guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning isteomol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar isteomol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib
100
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida
amal qiluvchi birlamchi bo‘goinidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida
tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat sektori – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan
iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari
va muassasalarining majmui.
Shuningdek, baozi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir
alohida, mustaqil suboekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.1
Bank – iqtisodiyotning meoyorda amal qilishi uchun zarur Bo‘lgan pul massasi
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti suboektlarining o‘zaro
taosiri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (5.1-chizma).
5.1-chizma
Bozor xo‘jaligi sub’ektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy
qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yool ko‘rsatkich bo‘lib
1 Экономическая теория (политекономия): Учебник/ Под обш. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. Г.П.Журавлевой.
– 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари
учун ўқув қўлланма./Акад. М.Шарифхўжаевнинг илмий таърири остида. – Т.: «Ўқитувчи», 2002, 74-б.
Банк
Уй хўжалиги
Корхона (фирма)
Давлат
101
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar, o‘z
navbatida, narxlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir.
Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu
iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning
birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, goarbdagi rivojlangan
mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda
klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy
faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) kapital va ishlab
chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; d) tadbirkorlar, ishchilar, tovar
ishlab chiqaruvchilar va isteomolchilarning shaxsan erkinligi; e) tadbirkorlarning
yuqori foyda olish uchun kurashlari; f) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor
narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; g) aholining ijtimoiy himoya
qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi.
Uning asosiy belgilari:
a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
yaoni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda
umumlashganligi;
102
d) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
ye) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes
rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
f) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy taominot va ijtimoiy sugourta fondlarining
vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish
uchun negiz va shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining
o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga taosirning intensivligi darajasi hamda
davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy
bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (5.2-chizma).
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha
hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi
taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilgo‘r texnologiya va yangi texnik vositalardan
keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
5.2-chizma
Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari
Замонавий бозор хўжалиги моделлари
Мезонлар
Корпоратив
иқтисодиёт
Аралаш
иқтисодиёт
Ижтимоий
йўналтирилган
бозор
иытисодиёти
103
Кўрсатилган
мезонларга мувофиқ
келувчи давлатлар
Давлат
дастурларининг
мақсадга
йўналтирилганлиги
Иқтисодиётни
тартибга солиш
тамойиллари
Давлат секторининг
иқтисодиётдаги
улуши
Фуқаролар
манфаатларини
ҳимоя қилиш
Узоқ муддатли
дастурларнинг
ишлаб чиқилиши
30%
Германия
Тадбиркорликни
ривожлантириш
бўйича шарт-
шароитлар яратиш
Тактик
усуллардан устун
равишда
фойдаланиш
10% атрофида
АҚШ
Йирик ишлаб
чиқариш ман-
фаатларини
ҳимоя қилиш
Асосий устувор-
ликларни
белгилаб олиш
Аҳамиятсиз
даражада
Япония, Швеция
104
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yoolini tanlagan
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning
umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo‘ladi:
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida
ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, kim
uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi.
Bu muammolar anoanaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar
davomida mavjud bo‘lib kelayotgan anoanalar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar
taosirida hal etilsa, maomuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda
markazlashtirilgan holdagi rejalashtirish orqali hal etiladi.
Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda
bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-
qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida
eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan taominlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga
bogoliq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi
qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim.
Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda
olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning
qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi eotiborga olinadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin
bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni
sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy
xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
105
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib
borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu
tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib o‘tishini taominlaydi. Ammo
tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi o‘zini o‘zi cheklovchi
jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning
mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur
mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yooqolishiga olib keladi.
Boshqacha aytganda, ra obat bu foydani yooqqa chiqaradi. Bozordagi talab va
taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo‘lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining
umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning
«muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y
bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O‘z-o‘zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab
chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat
turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega
bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda
qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda
darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish
hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda isteomolchi talabi
alohida, muhim rol o‘ynashini taokidlash lozim. Isteomolchilarning tovarlarni sotib
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida
namoyon bo‘ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu
mahsulotni ishlab chiqarishga ragobat sezadi, yaoni isteomolchi talabining
ko‘payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi.
Isteomolchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga
olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida isteomolchining talabi qanday
mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko‘p darajada resurslarni
yetkazib beruvchilarga ham bogoliq. Resurslarga bo‘lgan talab – bu hosilaviy talab,
yaoni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan
106
talabdan kelib chiqadi. O‘z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslarni
yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat
isteomolchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar
foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo‘lgan talabi
kuchayadi.
Qisqasi, isteomolchining afzal ko‘rishi uning talabi orqali namoyon bo‘ladi.
Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini
taominlash uchun bu talabga mos ravishda, yaoni yuqori foyda olish uchun pul
to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan isteomolchilarga zarur bo‘lgan turdagi va
miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos javob bo‘ladi.
Bunda uchta uzviy bogoliq masalaga eotibor beriladi:
- resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
- korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
- har bir korxona resurslarining uygounlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi, resurslarni, avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega
tarmoqlarga yoonaltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar
iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli
bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi.
Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bogoliq: mavjud
texnologiya, yaoni mahsulot ishlab chiqarishni taominlovchi resurslarning oqilona
uygounlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda,
iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni
eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo‘ladi: u isteomolchilar, ishlab chiqarish
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni
paytda resurslarni taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan
isteomolchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi
107
va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o‘zgarishi oqibatida eskirishi va
samarasiz bo‘lib qolishi mumkin.
Isteomolchi dididagi o‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga taosiri ayrim
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirish
resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq
resurslarga ko‘proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o‘zgarishi,
resurslarni qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini ragobatlantiradi. Birinchi bo‘lib
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik
ustunligini taominlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning
iqtisodiy
foyda
olishini
bildiradi.
Bundan
tashqari,
bozor
tizimi
yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika
va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar.
Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim
uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob
beriladi:
a) yuqori foyda beradigan tovarlar va xizmatlar barcha to‘lovga layoqatli
isteomolchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
d) yuqori foyda olishni taominlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
108
Oldingi bobdan maolumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti
o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy
tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. eng
avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni
samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yoonaltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uygounlashtirishning ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi
miqdorda ishlab chiqarishni taominlaydi.
2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ijtimoiy
ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs
va
korxonalar
iqtisodiy
faoliyatini
uygounlashtirish
hisoblanadi.
Bunday
uygounlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi – markazdan
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‘llash bo‘lsa, ikkinchisi – bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uygounlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3. Iqtisodiy suboektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining taominlanishi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma
va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik,
sustkashlik, begoamlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni
taominlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni
xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
109
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir
qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko‘nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy
etishning jadal suroati;
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish
darajasiga yoonalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish
imkoniyati.
Shu o‘rinda taokidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik
va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u
o‘zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yool qo‘yadi va
hatto buni ragobatlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita
asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib
va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yoolidan
ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning
xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch
ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.)ni qo‘llash – bularning barchasi
raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik taosirining pasayishiga olib
keladi;
2) bozor tizimi ragobatlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli,
markazlashgan va qatoiyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g)
boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning
hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud
bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash
110
asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda
ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab
chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan taominlanishiga ham
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi isteomolchining erkinligiga ham
putur yetkazadi. Bozor tizimi o‘zining isteomolchining xohishiga ancha mos keluvchi
resurslarni taqsimlash layoqatini ham yooqotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat aozolari daromadlaridagi
tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bogoliq. Bunday
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini
bartaraf qila olmaydi, faqat uni maolum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy eotirof qilingan kamchiliklaridan yana biri
shundan iboratki, u ijtimoiy neomatlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif
qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat aozolarini bunday neomatlar va xizmatlar
bilan taominlash davlat zimmasida bo‘ladi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni
bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning
qadrsizlanishi, yaoni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik
yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari taosiridan muhofaza
qilish mexanizmining mavjud emasligi;
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yooqligi;
- mehnat qilish bilan bogoliq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning
yooqligi;
- rivojlanishning beqarorligi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayish
holatlarining mavjudligi.
111
4. Bozor va uning vazifalari
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib,
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar
tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Yeng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan
farqlanishini taokidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir
xil maonoda ifodalash, baozi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki
ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti
shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan
bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida
rivojlanishi natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat
ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va isteomol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta
fazani, yaoni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi,
ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin
uning ichki mazmuniga eotibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan
ekanligini, turli davrlarda turli maononi anglatishini bilib olish mumkin. Bozor
tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogoliq bo‘lib,
u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar
ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabila aozolari bir-birlari bilan tovar almashuv
joyi
sifatida
namoyon
bo‘lgan
bo‘lsa,
hunarmandchilikning
rivojlanishi,
shaharlarning paydo bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-
sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T – T ko‘rinishida, yaoni bir
turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Bunday
ayirboshlashda vaqt va masofa bo‘lmay, bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda almashuv
112
jarayoni sodir bo‘lgan. Keyinchalik tovarlarni bunday tarzda ayirboshlashning
ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni
ikkiga ajralgan va T – P – T ko‘rinishini olgan. endi tovarni sotish (T – P) va sotib
olish (P – T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z
tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa
joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, yaoni tovarlarni
ishlab chiqaruvchidan olib isteomolchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish
bilan shugoullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul
harakatini tezlashtirish imkonini berib, isteomolchi bilan ishlab chiqaruvchini
bogolaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan isteomolchi ham bir-
birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa
qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi
maono kasb etadi, yaoni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon
bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar – ishchi
kuchining paydo bo‘lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada
kengaydi. endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab
chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro taosiri to‘goridan-to‘gori
emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo‘la boshladi.
Shunday
qilib,
hozirgi
davrda
bozor
ishlab
chiqaruvchilar
bilan
isteomolchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga
bo‘lgan taosirini bogolaydigan bo‘goin, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini
taominlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor – ishlab chiqaruvchilar va
isteomolchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash
jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik printsipi asosida
ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
113
- to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi,
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda
keng tarqalgan oboektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib
ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi
meoyoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar
miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar
ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va
xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yool qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki
bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z
mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining
faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uygounlashtirishni
taominlaydigan dastak va vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning oboekti va suboektini ajratib
ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bozor oboekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan
iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan
moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari,
avtomobilga xizmat ko‘rsatish stantsiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat
tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik
savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari
bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don
birjalari va auktsion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir.
Bozor suboekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor
suboektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor
munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va
xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z suboektlari
manfaatini bir-biriga bogolab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda
114
sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo‘lsa, boshqalarida bilvosita
aloqa mavjud bo‘lib, ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar
va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni isteomolchilarga yetkazib berishdan
iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan isteomolni bir-biriga bogolaydi,
ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z isteomolchisini topadi. Bunda bozor
vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar
shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar
bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning
bozor qiymati hosil bo‘ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz
takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun
yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy
resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablagolar
hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yooli bilan sarflangan ishlab
chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun
kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin
harakati taominlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi.
Isteomolchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni
ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab
bildirgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va
narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani,
qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor
narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab
ortgan tarmoqlarga oqib kelishini taominlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari
ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma
ko‘rinishida ifodalash mumkin (5.3-chizma).
5.3-chizma
115
Bozorning vazifalari
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bogoliq va bir-birini taqozo qiladi.
Bozorning iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki
tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5. Bozorning turlari va tuzilishi
Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi
murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor
suboektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik)
bozor,
hozirgi
zamon
rivojlangan
bozorlarga
bo‘linadi.
Rivojlanmagan,
shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga
ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali
haqiqiy pul mavjud bo‘lmagan davrga to‘gori keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim
Bozorning
vazifalari
Tartibga
solish
Rag’bat-
lantirish
Narxni
tashkil
etish
Nazorat
qilish
Intеgratsi
yalash
лаш
Axborot
bеrish
Vosita-
chilik
Tеjam-
korlik
Bozor sub’еktlarining
manfaatlarini ro’yobga
chiqarish
Iqtisodiyotni
sog’lomlashtirish
116
mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yooqotgan, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
Yerkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda
ko‘p ishlab chiqaruvchilar va isteomolchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud
bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif
o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. erkin bozorda
raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin
tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni
taominlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat
tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor
ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon
rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi
sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining
tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar meoyor
darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar
(Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori,
Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori,
Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy
bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, Goarbiy yevropa bozori) va nihoyat jahon
bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi
turlarga bo‘linadi: isteomol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari
va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-texnika
kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan suboektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana
savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar
hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa
117
sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko‘tarasiga
sotiladi.
Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib isteomol tovarlari va xizmatlar
bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik suboektlarining barcha uchta turi: uy
xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi.
Isteomol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar
bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy go‘yalar,
texnika yangiliklari, sanoat va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi.
Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin
tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib, bu bozorda
asosan innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish,
bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat
vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna,
xomashyo, yoqilgoi va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda
sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy isteomolga emas, ishlab chiqarish
isteomoliga xizmat qiladi, yaoni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha suboektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar isteomol tovarlari va
resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (5.4-chizma).
5.4-chizma
Isteomol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor suboektlari o‘rtasida
resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.
Firma
(korxona)
Uy
’j likl i
Istе’mol tovarlari
bozori
Rеsurslar
bozori
Davlat
iqtisodiy rеsurslar
pul mablag’lari
pul mablag’lari
tovar va xizmatlar
pul mablag’lari
pul mablag’lari
iqtisodiy rеsurslar
tovar va xizmatlar
iqtisodiy rеsurslar
tovar va xizmatlar
tovar va xizmatlar
118
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga
egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab
bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablagolari
resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda)
oqimini tashkil qiladi.
Uy xo‘jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash
jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda
korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga
isteomol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi.
Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy resursning oldi-
sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo‘lgan
talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to‘qnash keladi.
Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy suboektlarning ikki turi – tadbirkorlar
va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati
sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini
bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish
qobiliyati maolum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi oboekti bitta,
yaoni pul (pulga tenglashtirilgan qogo‘zlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablagolarga ega
119
bo‘lgan xo‘jalik suboektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan
suboektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash mumkin.
Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk)
bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy
isteomol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamgoarishga qo‘yilgan
puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagolar
kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini
ikkita bo‘goinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogo‘zlar bozori.
Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan
qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va
banklarning qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo‘ladi.
Qimmatli qogo‘zlar bozori – turli ko‘rinishdagi qimmatli qogo‘zlar
(aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati.
Mazkur bozor amalda fond birjalari, auktsionlar va banklardan iborat bo‘lib, unda
broker va dilerlar vositachilik qiladi.
Qimmatli qogo‘zlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va
ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi
qogo‘zlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli
qogo‘zlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qogo‘zlar sotilsa, ikkilamchi
bozorda qayta sotiladi.
Iqtisodiyot uchun qimmatli qogo‘zlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim
ahamiyatga ega. U xo‘jalik suboektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning erkin
harakat qilishini taominlaydi.