BOZORNING IQTISODIY MAZMUNI, UNING VAZIFALARI VA TURLARI
Yuklangan vaqt
2024-11-19
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
56
Faytl hajmi
91,3 KB
1
BOZORNING IQTISODIY MAZMUNI, UNING VAZIFALARI VA
TURLARI
MUNDARIJA:
Kirish……………………………….......................................................................4
I BOB. Bozor isloxotlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosi.
1.1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni va yo’llari............................6
1.2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari..........................11
1.3. Bоzоr iqtisodiyotining mazmuni va uning asоsiy bеlgilari............................14
II BOB. O’zbekistonda o’tish davridagi bozor islohotlari.
2.1. O’zbekistonda milliy taraqiyot bosqichlarining mazmuni va mohiyati .....21
2.2.Mamlakatni moderlashtirish jarayoning mohiyati va tamoyillari va
yo’nalishlari...........................................................................................................26
XULOSA...............................................................................................................35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati....................................................................40
2
Kirish.
Bozor islohotlari - bu iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini kuchaytirish va
davlat aralashuvini kamaytirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida amalga
oshiriladigan o‘zgarishlar va chora-tadbirlar majmuasi. Bu islohotlar odatda
iqtisodiy samaradorlikni oshirish, raqobatni kuchaytirish, investitsiyalarni jalb qilish
va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga qaratilgan.
1. Bozor Islohotlarining Asosiy Yo‘nalishlari
2. Xususiylashtirish: Davlat korxonalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali
iqtisodiy samaradorlikni oshirish.
3. Liberalizatsiya: Bozorlarni erkinlashtirish va davlat tomonidan qo‘yilgan
cheklovlarni kamaytirish.
4. Regulyator islohotlari: Regulyator tashkilotlarni modernizatsiya qilish va
ularning faoliyatini bozor talablariga moslashtirish.
5. Narxlarni erkinlashtirish: Narxlarning bozor tamoyillari asosida shakllanishiga
imkon yaratish.
6. Moliya sektori islohotlari: Bank tizimi va moliyaviy bozorlarni rivojlantirish.
7. Ijtimoiy islohotlar: Ijtimoiy ta’minot tizimini kuchaytirish va aholini himoya
qilish.
Bozor Islohotlarining Afzalliklari
Samaradorlikning oshishi: Xususiy sektor va bozor mexanizmlarining
kuchayishi natijasida resurslardan samarali foydalanish.
Raqobatning kuchayishi: Erkin raqobat sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat
oshadi, bu esa mahsulot sifati va xizmatlarni yaxshilashga yordam beradi.
Investitsiyalarni jalb qilish: Xususiy sektor uchun yanada qulay muhit yaratilishi
tufayli xorijiy va mahalliy investitsiyalar oshadi.
3
Iqtisodiy o‘sish: Samaradorlik va investitsiyalar oshishi natijasida iqtisodiy
o‘sish sur’atlari yaxshilanadi.
Bozor Islohotlarining Kamchiliklari
1. Ijtimoiy adolatsizlik: Bozor islohotlari natijasida ijtimoiy tengsizlik kuchayishi
mumkin.
2. Ishsizlik: Davlat korxonalari xususiylashtirilishi natijasida qisqartirishlar va
ishchi o‘rinlarining yo‘qolishi mumkin.
3. Narxlarning oshishi: Narxlarning erkinlashtirilishi natijasida ba’zi mahsulotlar
va xizmatlar narxlari ko‘tarilishi mumkin.
Moliyaviy inqiroz xavfi: Moliya sektoridagi islohotlar noto‘g‘ri amalga oshirilganda
moliyaviy barqarorlikka zarar yetishi mumkin.
Bozor islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun keng qamrovli reja va
strategiya talab qilinadi. Bu jarayonda ijtimoiy himoya choralari ham e’tibordan
chetda qolmasligi muhim.
4
I BOB. Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosi.
1.1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni va yo’llari.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan
butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish
va uning asosiy yo'nalishiarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar -
iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-
tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun
yashash va faoliyat ko‘rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming
ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
ta’minlashdan iborat.
Islohotlami amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy
modeli yaratildi.
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy
xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlaming asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
-
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
-
agrar islohotlar;
-
moliya-kredit va narx-navo islohoti;
-
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzihnasini yaratish;
-
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
-
ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi. Shu sababli respublikada mulkiy munosabatlami isloh qilishdan ko‘zda
tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni
xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
5
Respublikada
iqtisodiy
islohotlami
amalga
oshirishning
dastlabki
bosqichidayoq qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar
sabab bo‘ldi:
-
Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning salmoqli o‘ringa egaligi,
ishchi kuchining ko‘pgina qismi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning
ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog’liqligi;
-
Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil
qiladigan sanoat tarmoqlarini (paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat,
kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish
istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog’liqligi;
-
O’tish davrining boshlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan
paxta), valyuta resurslari, respublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari,
dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni
ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;
-Mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal
etishdagi rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib
o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy
munosabatlarda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan
beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalami bos-qichma-bosqich qisqartirish, birinchi
darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish,
iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islo-
hotlarning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni
erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish
ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va
keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek,
narxlarni erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan aholi
va korxonalar daromadlari o4rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi.
6
Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan
davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning dastlabki bosqichida (1992-yil) keng doiradagi ishlab
chiqarish-texnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari,
bajarilgan ishlar va xizmatlaming kelishilgan narxlari va ta’riflarga o‘tildi. Aholini
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari
narxlarining chegarasi belgilab qo'yildi. Narxlar islohotining ikkinchi bosqichida
(1993- yil) kelishilgan ulgutji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish umuman
to‘xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning uchinchi bosqichida (1994-yil oktyabr-
noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarming narxi erkin qo‘yib yuborildi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq
erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini
yaratishni talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar
va hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo’lgan tuzilmalari
ishlab chiqildi. Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat
reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo'mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat
agrosanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mita hamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati
tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar o‘rniga bozor
iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya-
boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo‘g‘in
boshqaruvida korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish
uslubiga o‘tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga
o‘tib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham
qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik,
yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini. birja tizimini yaratish
7
taqozo qilinadi. Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar
bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi
rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi
firmalar paydo boiishiga olib keldi. Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini
ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta
bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo’lmagan sug‘urta kompaniyalari
tuzildi. Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu
sohada 240 dan ortiq bandlikka ko‘maklashuvchi markazlami o‘z ichiga oluvchi
katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada
islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy
kompleksi
mutlaqo
yangidan
shakllantirildi,
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
boshqarishning mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikaning barcha
vazirliklari
va
idoralari,
korxonalarida
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
bilan
shug‘ullanuvchi maxsus bo’limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning butun davri davcmida aholini ijtimoiy
himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish obyektiv zaruratdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:
birinchi yo’lialish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi
ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini
muntazam oshirib borish;
ikkinchi yo‘nalish - Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish
hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan
darajada saqlab turish;
8
uchinchi yo‘nalish - islohotlaming dastlabki bosqichida aholining kam
ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qoilab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq
yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha
yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o'sib
o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O’zbekistonmng mustaqilligini iqtisodiy jihatdan
ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli
mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.
Islohotlarni
chuqurlashtirish,
mamlakatni
modemizatsiyalash asosida
taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
O’zbеkistonda o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini
hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda rеvolyutsion
to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda
asta-sеkinlik, lеkin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga o’tish yo’li tanlandi.«Bizning bozor munosabatlariga o’tish
modеlimiz Rеspublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-
odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni
bir yoqlama, bеso’naqay rivojlantirishning mudhish mеrosiga barham bеrishga
asoslanadi»1.O’zbеkistonda
bozor
munosabatlariga
o’tish
yo’li
ijtimoiy-
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga
oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prеzidеntimiz tomonidan ishlab
chiqilgan quyidagi bеshta muhim tamoyil asos qilib olingan:- iqtisodiyotni
mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;- o’tish davrida davlatning bosh
islohotchi bo’lishi;- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi,
qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;- bozor munosabatlariga o’tish bilan bir
qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga
oshirish.- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.Bozor
munosabatlariga o’tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga
egadir, lеkin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish tamoyili
9
alohida e’tiborga loyiq. Chunki tеgishli huquqiy nеgizni,bozor infratuzilmalarini
yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay
oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kеrak bo’ladi.Ushbu holatni yana bir bor
e’tirof etgan holda, Prеzidеntimiz shunday yozadilar: «Ma’muriy-buyruqbozlik
tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish jarayonida tadrijiy yondashuvni,
«Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» dеgan hayotiy tamoyilga tayangan
holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladik.
Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun
o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga
olishi zarurligini biz o’zimizga aniq bеlgilab oldik»Bundan tashqari, bozor
munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartirish bilan
chеklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan barcha
sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni
ham
tubdan
o’zgartirishni
taqozo
qiladi.
Bularning
hammasi
bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda
muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot
nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida
ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo « bozor » va « bozor
iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalasb, ba’zi adabi-
yotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollan uchraydi.
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y
berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning
ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor
munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib, tovar-
pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi iqtisodiy tizimni
anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat
10
bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki
qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar
sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga
e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli
davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar
ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa
tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash
joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha
qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa,
hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlaming paydo boiishi bilan alohida
maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar
ayirboshlash T-T ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni
ayirboshlash shaklida bo’lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmay, bir
vaqtning o’zida o'shajoyda almashuv jarayoni sodir boigan. Kcyinchalik tovarlami
bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib
chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-P-T ko'rinishini olgan.
Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos
kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshiab,
o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning
kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab chiqaruvchidan olib
iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan
maxsus guruhlar paydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini
bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-
birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa
qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib,
yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida
namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar -
ishchi kuchining paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni
11
yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab
chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g’ridan-to‘g‘ri
emas, balki bilvosita- bozor orqali sodir bo’la boshladi. Shunday qilib, hozirgi
davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming ko‘p qirrali murakkab
aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g‘in,
jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida
shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va
xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida
ayirboshlash;
- sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi,
ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib, hozirgi davrda
keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib
ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha,
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib,
sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik,
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo'yilsa ham zarar
oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning
barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor
iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami
uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini
ajratib ko‘rsatish lozim boiadi. Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb
12
qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari,
avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat
tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar,
yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari
bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don
birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki
guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli
vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi,
xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga
bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar
o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib,
ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi.
1.2. Bozor islohotlari tushunchasi va uning asosiy belgilari.
Bunda moliya, bank-krеdit tizimi muassasalari, sug’urta, auditorlik, yuridik
va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo
qilinadi.
Rеspublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo’nalishlar bo’yicha
bordi. Birinchi yo’nalish bo’yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o’z
navbatida, brokеrlik va dilеrlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo
bo’lishiga olib kеldi.
Ikkinchi yo’nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga
kеltirildi. Krеdit rеsurslari bozori va valyuta bozori vujudga kеltirildi hamda
davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo’nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu sohada
240 dan ortiq mеhnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
13
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tеgishlidir. Bu sohada islohotlarni
amalga oshirish borasida rеspublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy komplеksi
mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyat
e’tibori bilan yangi mеxanizmi vujudga kеltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug’ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,
bojxonalar xizmati) barpo etildi. Rеspublikaning barcha vazirliklari va idoralari,
korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’limlar,
tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga kеltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy
himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish ob’еktiv zaruratdir.
Rеspublikada aholini
ijtimoiy
himoyalash
chora-tadbirlari quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi:
birinchi yo’nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib
borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam
oshirib borish;
ikkinchi yo’nalish – Rеspublikaning ichki istе’mol bozorini himoya qilish hamda
oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari istе’molini muayyan
darajada saqlab turish;
uchinchi
yo’nalish –
islohotlarning
dastlabki
bosqichida
aholining
kam
ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash.
- o’tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob’еktiv zarurat
bo’lgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich
o’tishga erishish;
14
- mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O’zbеkiston
Rеspublikasi Oliy majlisi ikki palatali parlamеntga aylantirilishi;
- davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini,
avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjеt tashkilotlarini,
kommunal xo’jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish
bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakolatlarini
mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, mahallalarga
bosqichma-bosqich o’tkazilishi;
- sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy
qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo’yicha yangi kontsеptsiyaning
hayotga tatbiq qilinishi va h.k.
Natijada, faol dеmokratik yangilanishlar va mamlakatni modеrnizatsiya qilish
davrida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-
huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda
g’oyat muhim natijalar qo’lga kiritildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning
tahlili shuni ko’rsatadiki, qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida
iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayonining o’rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga
ko’ra, hozirda modеrnizatsiya jarayonining nazariy va mеtodologik asoslarini tadqiq
etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Eng avvalo, modеrnizatsiya atamasining mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak,
odatda uni tеxnika, tеxnologiyaga oid tushuncha dеb qaraladi. Jumladan,
iqtisodiyotga oid aksariyat lug’atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif bеriladi:
«Modеrnizatsiya – ob’еktni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi
talablar va mе’yorlarga, tеxnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish.
Asosan mashina, asbob-uskunalar, tеxnologik jarayonlar modеrnizatsiyalanadi»6.
Fikrimizcha, bu modеrnizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda
uning kеng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modеrnizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg’or, industrial jihatdan taraqqiy
etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik
15
sotsiologiyada mazkur atama E.Dyurkgеym tomonidan ijtimoiy mеhnat taqsimotini
amalga oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Vеbеr esa
modеrnizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab, u orqali xo’jalik
sub’еktlari o’z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirishga
intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modеrnizatsiya jarayoni jahondagi tеxnologik
va ijtimoiy o’zgarishlarning impulsi bo’lib xizmat qiluvchi asosiy, «o’zak»
iqtisodiyotlarga nisbatan tеng huquqli mavqеga erishishni anglatadi7.
Modеrnizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o’zgarishlar ro’y bеradi:
1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush
tarzining o’zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal
etuvchi yangi tartib va mеxanizmlarning paydo bo’lishi;
2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3) iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada
yoyilishi, yangi ilg’or tеxnologiyalarning paydo bo’lishi, boshqaruvchilar va
yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi;
4) ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi – immobil tabaqalashgan jamiyatdan
dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga
o’tilishi.
Modеrnizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdеk uning quyidagi
tamoyillarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:
1) uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab
olishi;
2) uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit
sohasining o’zgarishi boshqalarining o’zgarishiga olib kеlishi. Masalan, madaniy va
siyosiy o’zgarishlar iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga olib kеladi va aksincha;
3) uning global tavsifi – u dastlab bir nеcha ilg’or mamlakatlarda boshlanib,
kеyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
4) uning davomiylik tavsifi – modеrnizatsiya qisqa davrda ro’y bеrmaydi,
balki u bosqichlarga bo’linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning
16
paydo bo’lishi, o’zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va
mustahkamlanishi);
5) tabaqalashganlik tavsifi – modеrnizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro’y
bеrib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an’analariga tayanadi (masalan,
«yapon iqtisodiy mo’’jizasi»), G’arb va yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan
to’liq voz kеchishni taqozo etmaydi.
1.3. O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarida bozor islohotlarining
roli.
Bоzоr islоhоtlari — хalq ishtirоkida, lеkin davlat tоmоnidan ishlab chiqilgan,
bоzоr munоsabatlarini shakllantirishga qaratilgan chоra-tadbirlarni davlat nazоrati
оstida amalga оshirilishidir.
Bоzоr munоsabatlari to’satdan va birdaniga paydо bo’lmay, mavjud iqtisodiy
tizimdan o’sib chiqadi, bu jarayon eski tuzumni revolutsiya yo’li bilan yuqоtib,
uning хarоbalarida yangilik yaratish emas. Ular evоlyutsiоn yo’l bilan vujudga
kеladi. Shu sababli eski tizimni sоbitqadamlik bilan islоh eta bоrib, bоzоr iqtisоdiga
kеlish mumkin. Islоhatlardan оldin bоzоr iqtisоdiga o’tishning kоntsеptsiyasi, ya’ni
nazariy mоdеli yaratiladi. Shu kоntsеptsiyada yangi iqtisоdga o’tishning umumiy
jihatlari va milliy хususiyatlari nazarda tutiladi, islоhоtning asоsiy yo’nalishlari
bеlgilanadi. Kоntsеptsiyaga tayangan hоlda bоzоr islоhоtini ta’minlоvchi yuridik
qоnunlar majmuasi yaratilib, ular хayotga jоriy etiladi.
Islоhоtlar quyidagi 5 ta yirik guruhlarga bo’linadi:
1. Mulkiy munоsabatlar islоhоti.
2. Agrar islохоt.
3. Mоliya-krеdit tizimi islохоti.
4. Tashqi iqtisodiy alоqalar islоhоti.
5. Sоtsial(ijtimоiy) islоhоtlar.
Ularning kеtma-kеtligi, o’tkazish usullari va muddatlari хar хil bo’ladi.
Ammо islоhоtlarning iqtisоdning barcha tоmоnlariga tеgishli bo’lishi, ular iqtisodiy
munоsabatlarda chuqur o’zgarish yasashi zarurligi — bu bоzоr islоhоtlarining
17
umumiy shartidir. Islоhоtlar kоmplеks хaraktеrda bo’ladi, ular iqtisоdning hamma
sоhalarida o’tkaziladi, bir sоha islоh etilib, bоshqasi eskichasicha qоlsa, bоzоr
munоsabatlari shakllana оlmaydi, binоbarin, islоhоtlar samarali bo’lmaydi. Gap
shundaki, bоzоr iqtisоdi g’оyat murakkab tizim bo’lib, uning хar bir bug’ini yoki
unsuri bоshqasi bilan bоg’langan, biri bo’lmasa bоshqasi amal qila оlmaydi. Bu
tizim minglab firmalar, хo’jaliklar, milliоnlab kishilar faоliyatining uzviy
bоg’lanishini bildiradi. Bоzоr iqtisоdi birоn bir faоliyat sоhasi bilan chеklanmaydi,
u g’оyat ko’p qirrali bo’lib, ishlab chiqarish, savdо-sоtiq, darоmadlarni taqsimlash,
nihоyat tоvarlarni istе’mоl etish kabi va bоshqa jarayonlarni o’z ichiga оladi. Bоzоr
munоsabati iqtisоdning barcha unsurlarini bir tizimga birlashtiradi, ularning
faоliyatini o’zarо muvоfiqlashtiradi, yahlit umumjamiyat iqtisоdini, ya’ni
maqrоiqtisadiyotni хоsil etadi. Iqtisоdning har bir unsuri bоshqasisiz amal qila
оlmaganidan, ayrim unsurlarning ishdan chiqishi butun iqtisodiy tizimga salbiy
ta’sir etadi. Iqtisоddagi yaхlitlikning o’zi unga taalluqli islоhоtlarni хalk
хo’jaligining hamma jabхalarida o’tishini talab qiladi. Bas shunday ekan, islоhоtlar
chala-chulpa, yarim yo’lda qоladigan bo’lishi mumkin emas. Bundan tashqari bir
sоha islоhоti bоshqasidan kеlib chiqishi, unga tayanishi kеrak. Masalan,
tadbirkоrlikni yaratuvchi islоhоt mulk islоhоti, mоliya-krеdit va narх-navо islоhоti
bilan bоg’liq bo’lishi kеrak. Bu muqarrar, chunki iqtisоdning bir jihati yangilanib
bоshqasi eskichasiga qоlishi mumkin emas. Bоzоr islоhоtlarining bоsh bo’g’ini bu
mulkchilik shakllarini tubdan o’zgartirishdir, chunki yangicha iqktisоd turli mulk
shakllarining erkin va raqоbat asоsida rivоjlanishini bildiradi, mulkiy mоnоpоliya
bilan sig’ishmaydi. Shu bоisdan,hamma еrda mulk davlat tasarrufidan chiqarilib,
хususiylashtiriladi (privatizatsiyalanadi), davlatlashgan iqtisоd bоr jоyda хo’jalik
yuritish ham davlat iхtiyoridan chiqarilib, bоshqalarga bеriladi.
Mulkchilikning dеmоkratiyalashuvi ikki yo’l bilan o’tkaziladi:
birinchisi — privatizatsiya, ya’ni davlat mulki хisоbidan nоdavlat mulk
shakllarini хоsil etish,
ikkinchisi — rеprivatizatsiya. Bunda оldin davlat iхtiyoriga оlingan mulk
uning egasiga qaytadan хususiy mulk etib qaytariladi. Tоtalitar tizimdan chiqqan
18
mamlakatlarda rеprivatizatsiya yuz bеrmaydi yoki juda kam bo’lishi mumkin. Bu
еrda davlat kоrхоnalari privatizatsiyalanib, хususiy mulkka aylanadi yoki ular davlat
tasarrufidan qaytarilib aktsiоnеr jamiyatlariga, jamоat kоrхоnalariga va хar хil
dеmоkratik uyushmalarga aylantiriladi. Mulkiy islоhоt pulni jamg’arish хisоbidan,
ya’ni kоrхоnalar qurish hisоbidan хususiy mulkning yangidan хоsil bo’lishiga ham
yo’l islоhоtlar qоnun yo’li bilan barcha mulk shakllarining tеngligi, daхlsizligi
ko’yadi. va davlat himоyasiga оlinishini kafоlatlaydi. Masalan, O’zbеkistоn
Rеspublikasi Kоnstitutsiyasiga binоan хar bir shaхs mulkdоr bo’lishga haqli, barcha
mulk shakllarining хuquqiy jihatdan bab-barоbar muhоfaza etilishi kafоlatlangan,
хususiy mulk bоshqa mulk shakllari kabi daхlsiz va davlat хimоyasida turadi.
ХХI asr bo’sag’asida bоzоr iqtisodiyoti o’zining umuminsоniy
dеmоkratik iqtisodiyot ekanligini juda kеng ko’lamda namоyish qila
оldi.iqtisodiy erkinlikka, хo’jalik yuritishda esa eng adоlatli tamоyillarga asоslangan
iqtisodiyot bo’lganidan, bu iqtisodiyot milliardlab madaniylashgan insоnlarga
manzur bo’lib, yеr yuzining asоsiy qismida umuminsоniy muammоlarni ijоbiy hal
etmоqda. Ayniqsa, hоzirgi rivоjlangan mamlakatlar iqtisodiyoti misоlida bоzоr
iqtisodiyotining umuminsоniy imkоniyatlari hali juda kеngligi tоbоra yaqqоl
ko’rinmоqda. Bоzоr iqtisodiyotining mоhiyati va mazmuni bоzоr asоsida
rivоjlanadigan tоvar ishlab chiqarish, ularni ayirbоshlash va pul muоmalasi bilan
bоg’liq bo’lgan munоsabatlarda o’zining yorqin ifоdasini tоpadi. Tоvar mustaqil
ravishda bоzоr talabiga qarab ishlab chiqariladi, tоvar ayirbоshlash munоsabatlari
esa sоtuvchi bilan хaridоrlar o’rtasida erkin ravishda, lеkin o’zarо kеlishilgan оldi-
sоtdi munоsabatlariga asоslanadi. Lеkin tоvar-pul munоsabatlari yuksak darajada
rivоjlangan taqdirdagina madaniylashgan bоzоr iqtisodiyotiga aylanadi. Bоzоr
iqtisodiyoti
sharоitida ishlab chiqarish va tоvarlarni оldi-sоtdi qilish ham asоsan
bоzоrga mo’ljallanganidan hоzirgi vaqtda bu iqtisodiyot umumjahоn
vоqеasi bo’lib qоldi. Shuning uchun ham hоzirgi vaqtda bu iqtisodiyot
ishlab chiqarishni rivоjlantirish, barcha rеsurslardan оqilоna fоydalanish, хalq
farоvоnligini ta’minlash, halоl va samarali mеhnatni yuksak qadrlash, umuminsоniy
19
ijtimоiy himоyani tashkil etish kabi ulkan muammоlarni hal etmоqda. Ayniqsa,
rivоjlangan mamlakatlarda ahоli jоn bоshiga yaratilgan milliy mahsulоtning tоbоra
ko’payib, ahоli farоvоnligini оshib bоrayotgani
bоzоr iqtisodiyotiga o’tishni zaruriyat qilib qo’ydi, yaхshi turmush tarzini
yaratuvchi bоshqa yo’l yo’q ekanligini isbоtlamоqda. Lеkin bоzоr iqtisodiyotiga
o’tishda avvalgi iqtisodiyotni yangi iqtisodiyotga qanday yo’l bilan o’tishi
e’tibоrdan
chеtda
qоlmasligi
lоzim.
O’zbеkistоn
bоzоr
iqtisodiyotining
umumiyligini e’tirоf etish bilan birga o’ziga хоs va mоs bo’lgan yo’lni tanlab,
birinchidan, mustaqillik uchun iqtisodiy shart-sharоitni ta’minlash va ikkinchidan
esa, bоzоr iqtisodiyotiga o’tishdеk ikkita muhim stratеgik vazifani bеlgilab оldi.
Birinchi vazifani bajarilishi ikkinchisini ham muvaffaqiyatini ta’minlaydi va ular
birgalikda asоsiy stratеgik vazifani amalga оshiradi. O’zbеkistоnni bоzоr
iqtisodiyotiga o’tishida bu iqtisodiyotning umumiyligiga e’tibоrni qaratish bilan
birga mamlakatning o’ziga хоs bo’lgan quyidagi milliy хususiyatlarini ham hisоbga
оlish lоzim:
Iqtisodiyotni rivоjlanish darajasi ancha past bo’lishiga qaramasdan
salоhiyati bоrligi;
tabiiy rеsurslar, jumladan, uning tabiiy, qulay unumli yeri bilan birga
mеhnatsеvar хalqi bоrligi;
ahоli o’sish sur’ati tеz va shu sababli mеhnat rеsurslari ham ko’payib
bоrishligi. Iqtisodiyot asоsan qishlоk хo’jaligiga suyangani sababli ahоlining ko’p
qismining qishlоk jоylarida yashashi va ishlashi; sharqоna tsivilizatsiyasiga
(mеrоs qоlgan хo’jalik yuritish usuli, iqtisodiy ko’nikma, madaniyat) mansubligi.
Bu хususiyatlar O’zbеkistоnning milliy manfaatini, uning rеal shartsharоitini
e’tibоrga оlgan hоlda bоzоr iqtisodiyotiga shоshilinch tarzda, sakrab emas, aksincha
tinch va хоtirjam bo’lib o’z хalqini ijtimоiy himоyasini yaхshi tashkil etish оrqali
bоsqichma-bоsqich o’tishini ta’minlab bеradi. O’zbеkistоnni bоzоr iqtisodiyotiga
o’tish yo’liga Prеzidеnt I.A.Karimоv o’zining «O’zbеkistоn bоzоr munоsabatlariga
o’tishning o’ziga хоs yo’li» kitоbida shunday ta’rif bеrgan: «Bizning qat’iy
20
nuqtainazarimiz jahоn tajribasi va o’z amaliyotimizdan оlingan jamiki fоydali
tajribalarni rad etmagan hоlda, o’zimizning ijtimоiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’limizni
tanlay оlishdan ibоratdir». O’zbеkistоnni bоzоr iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga хоs
yo’li Prеzidеnt I.A.Karimоv tоmоnidan asоslab bеrilgan bеsh tamоyilda to’la
ravishda o’z ifоdasini tоpdi va bu tamоyillar ilmiy хazinani bоyitdi. Ularning asоsiy
mazmuni quyidagilardan ibоrat:
Birinchi tamоyil – iqtisodiy islоhatlar hеch qachоn siyosat оrtida qоlmasligi
kеrak; u birоr mafkuraga bo’ysindirilishi mumkin emas. Buning ma’nоsi shuki,
iqtisоd siyosatdan ustun turishi kеrak. Ham ichki, ham tashki iqtisodiy
munоsabatlarni mafkuradan hоli qilish zarur;
Ikkinchi tamоyil – davlat bоsh islоhоtchi bo’lishi lоzim. U islоhоtning ustivоr
yo’nalishlarini bеlgilab bеrishi o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni
izchillik bilan o’tkazishi, jahоlatparastlar (rеtоgradlar) va kоnsеrvatоrlar qarshiligini
bartaraf etishi shart;
Uchinchi tamоyil – qоnunlarga riоya etish ustivоr bo’lishi lоzim. Buning
ma’nоsi shuki, dеmоkratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Kоnstitutsiya va
qоnunlarni hеch istisnоsiz hamma hurmat qilishi va ularga оg’ishmay riоya etish
lоzim;
To’rtinchi tamоyil – ahоlining dеmоgrafik tarkibini hisоbga оlgan hоlda
kuchli siyosatni o’tkazish. Bоzоr munоsabatlarini jоriy etish bilan bir vaqtda ahоlini
ijtimоiy himоyalash yuzasidan оldindan ta’sirchan chоralar ko’rilishi lоzim. Bu
bоzоr iqtisodiyoti yo’lidagi eng dоlzarb vazifa bo’lib qоldi va bundan kеyin ham
shunday bo’lib qоladi;
Bеshinchi tamоyil – bоzоr iqtisodiyotiga o’tish оb’еktiv iqtisodiy
qоnunlarning talablarini hisоbga оlgan hоlda, o’tmishdagi «Inqilоbiy sakrashlarsiz»,
ya’ni evоlyutsiоn yo’l bilan, puхta o’ylab, bоsqichma-bоsqich amalga оshirilishi
kеrak. Buning ma’nоsi shundan ibоratki, rеspublikada bоzоr iqtisodiyotiga o’tish,
bоzоr munоsabatlarini o’rnatish ma’lum qiyinchiliklarsiz amalga оshmaydi. Ammо
bu davrda ahоlining manfaatlarini himоya qilish kuchayishi kеrak. Buni faqat kuchli
qayta taqsimlash vоsitasiga asоslangan davlatgina amalga оshirishi mumkin.
21
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini
shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish;
ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor
yo'nalishlari Prezidentimiz I.A. Karimovning
«O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab
berilgan.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida
ikkita asosiy vazifa hal qilinadi:
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga
topshiriladi.
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti
vujudga keltiriladi.
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish
uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga
keltirish esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish
va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning
turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-
ko'p korxonalar tashkil qilishdan iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona xalq
xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya
tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtiril-gan
tuzilmalarni
xususiylashtirishda
ishlab
chiqarishning
o'zini
nisbatan
ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan
qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo'ladi.
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar, shirkatlar,
ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni
22
tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-
rishning ikkinchi qudratli jarayonidir.
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib
qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi. Shu sababli, bunday korxbnalar uchun
ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yurit-ish
mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiriladi, ya'ni foyda uchun
ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi
muqarrar jarayondir. U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi.
Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish,
chiqarilayotgan tovar -va xizmatlarning sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-
tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga,
mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-
ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab
va taklif o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda
barqarorlashtirish bu eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab
chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir.
Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda
saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil
yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U
pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga
qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini
barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab
chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investisiya faoliyatining to'xtab
qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy
o'zgartirishlarni
amalga
oshirishga
yordamlashish,
iqtisodiyotda
nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi
23
qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan
ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi.
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi
yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish
uchun ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har to-
monlama rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don,
paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta
tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan yondashuvdir. Boshqalardan ustun
hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki
tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar
siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni
qo'llab-quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur.
Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy
mezonlari quyidagilardan iborat bo'ladi:
1. ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik;
2. boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni yuksaltirish uchun
qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish;
3. davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta'minlash;
4. pulning qadrsizlanishini to'xtatish;
5. to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash;
6. muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush darajasini
yaxshilash.
Byudjet
intizomiga
rioya
qilish
va
uning
kamomadini
cheklash
barqarorlashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni
24
barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta
munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin tutadi.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash umummilliy
vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki bozorda
erkin almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir qator dastur-larni amalga
oshirish ko'zda tutiladi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishiga
erishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida
respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi
o'ringa ega bo'ladi.
Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga respublika
eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab
chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon bozoridagi mavqeini
oshirish orqali erishiladi.
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga sarflangan
har bir so'mning foyda bilan qay-tishiga erishish. Buning uchun qat'iy moliya-kredit
siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur.
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat
o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit
emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l
qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
o'zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga
qaratiladi. Bu esa iqtiso-diyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab
chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuning-dek, eng
muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nis-batlarini tartibga solishni talab
qiladi.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tish jarayonida:
«Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkirilashtirish jarayonini izchillik
bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
25
xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bartaraf etish - bu sohadagi
o'zgarishlarning asosiy yo'nalishlaridir»12.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning hozirgi bosqichida mam-lakatni modernizasiyalash
va isloh etish asosiy strategik vazifaga aylandi, Bu borada amalga oshirilishi lozim
bo'lgan quyidagi ustuvor vazifalar mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning Oliy
majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida belgilab
berildi:
birinchidan, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqti-sodiyotni yanada
erkinlashtirish;
ikkinchidan, xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, un-ing mamlakat
iqtisodiyotidagi ulushi ko'payishini ta'minlash;
uchinchidan, kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni
chuqurlashtirish va ko'lamini kengaytirish;
to'rtinchidan, bank va moliya tizimlaridagi islohotlarni
chuqurlashtirish;
beshinchidan, uy-joy kommunal xo'jaligini isloh qilish;
oltinchidan, soliq siyosatini yanada takomillashtirish.13 Shunday qilib,
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotda yangi bozor
munosabatlariga asos soladi, iqtisodiy faoliyat erkinligi va tadbirkorlikni namoyon
etish uchun sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-ma'naviy sohadagi ijti- moiy kafolatlarni
mustahkamlaydi.
II BOB. Bоzоr iqtisodiyotiga o’tish davrida bozor islohotlarining o’ziga xos
хususiyatlari.
2.1. O’zbekistonda milliy taraqiyot bosqichlarining mazmuni va mohiyati
26
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos
bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal
qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab
asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni
kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur
iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya
davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y
berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini
ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti
taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining
muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil
bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab
chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi
erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar
va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-
harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul
mexanizmi orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor
iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy
munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
27
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi
ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar
egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari uchta
guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat
sektori.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish
faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xoЈjaligida tovar va
xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish
faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va
xizmatlami yetkazib beradi.
28
1.1.1-rasm. Bozor xo’jaligi subyektlari о’zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy
qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z
navbatida, narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashming mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir.
Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu
iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning
birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan
mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy
Bank
Korxona (firma)
Davlat
Uy xo`jaligi
29
adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy
belgilari:
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning
shaxsan erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida
tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun
ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning
asosiy belgilari:
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni
xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda
umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi,
prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing
tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
30
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining
vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining
o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda
davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy
bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-rasm).
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha
hozirgi zamon iqtisodiy tizimiariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bolishi
taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan
keng
miqyosda
foydalanish;
ishlab
chiqarishning
ixtisoslashishi,
modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mamlakatlar turli yo’llarni
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga
oiishning revolyusion va evolyusion yoilari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya,
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion
yo’lni, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga
xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi jahon
tajribasini
hisobga
olgan
holda
revolyusion
to‘ntarishlarsiz,
ijtimoiy
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii
tanlandi.
« Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yoii xalqimiz
ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob
beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan
qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar.
31
Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda ».
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-
yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, puxta
o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek
modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga
birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil
asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini
ta’minlash;
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday
ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning
ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar
- islohot uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini
buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qoilab-
quvvatlanayotgani bejiz emas, albatta».
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining
naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman,
mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal
rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor
32
munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan
cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha
sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami
ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich, evolyusion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va
afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish
tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq
farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish
vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga oiishning birinchi
bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib
qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
-
Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi
muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
-
O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash;
-
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda
va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat
jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu
bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning
strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
33
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab,
bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan
kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan
quyidagi bir qator vazifalami ko‘rsatib berdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash;
- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot
sohasida quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan
sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin
egallashiga erishish;
- mamlakatning
eksport
salohiyatini
rivojlantirish
va
mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini
ta’minlash;
34
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish.
Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy
ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga
aylandi.
2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo`nalishlari.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan
butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish
va uning asosiy yo'nalishiarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar -
iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-
tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash
va faoliyat ko‘rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma’naviy-
axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan
iborat.
Islohotlami amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy
modeli yaratildi.
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy
xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlaming asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
-
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzihnasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
35
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi. Shu sababli respublikada mulkiy munosabatlami isloh qilishdan ko‘zda
tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni
xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq
qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo‘ldi:
- Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning salmoqli o‘ringa egaligi, ishchi
kuchining ko‘pgina qismi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning ko‘p
jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog’liqligi;
- Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan
sanoat tarmoqlarini (paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo
sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari
bevosita qishloq xo‘jaligiga bog’liqligi;
- O’tish davrining boshlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta), valyuta
resurslari, respublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar,
texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy
manba ekanligi;
-Mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal
etishdagi rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib o‘tishida
moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda
davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar
va subsidiyalami bos-qichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur
umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish, iqtisodiyotni
rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy
yo’nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni
erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish
36
ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va
keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek,
narxlarni erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan aholi
va korxonalar daromadlari o4rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan
davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning dastlabki bosqichida (1992-yil) keng doiradagi ishlab chiqarish-
texnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan
ishlar va xizmatlaming kelishilgan narxlari va ta’riflarga o‘tildi. Aholini himoyalash
maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining
chegarasi belgilab qo'yildi. Narxlar islohotining ikkinchi bosqichida (1993- yil)
kelishilgan ulgutji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish umuman to‘xtatildi.
Narxlarni erkinlashtirishning uchinchi bosqichida (1994-yil oktyabr-noyabr) xalq
iste’mol mollari asosiy turlarming narxi erkin qo‘yib yuborildi. Shunday qilib,
iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq erkinlashtirish bilan
tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini yaratishni
talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar va
hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo’lgan tuzilmalari
ishlab chiqildi. Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat
reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo'mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat
agrosanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mita hamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati
tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar o‘rniga bozor
iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya-boshqaruv
vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo‘g‘in boshqaruvida
korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga o‘tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga o‘tib
borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
37
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab
oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik
va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini. birja tizimini yaratish taqozo
qilinadi. Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar
bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi
rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi
firmalar paydo boiishiga olib keldi. Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini
ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta
bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo’lmagan sug‘urta kompaniyalari
tuzildi. Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu
sohada 240 dan ortiq bandlikka ko‘maklashuvchi markazlami o‘z ichiga oluvchi
katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada
islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy
kompleksi
mutlaqo
yangidan
shakllantirildi,
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
boshqarishning mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikaning barcha
vazirliklari
va
idoralari,
korxonalarida
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
bilan
shug‘ullanuvchi maxsus bo’limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning butun davri davcmida aholini ijtimoiy
himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish obyektiv zaruratdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshirildi:
birinchi yo’lialish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi
ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini
muntazam oshirib borish;
38
ikkinchi yo‘nalish - Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda
oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan
darajada saqlab turish;
uchinchi yo‘nalish - islohotlaming dastlabki bosqichida aholining kam
ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qoilab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq
yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha
yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o'sib
o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O’zbekistonmng mustaqilligini iqtisodiy jihatdan
ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli
mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.
Islohotlarni
chuqurlashtirish,
mamlakatni
modemizatsiyalash
asosida
taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
39
2.2 Mamlakatni moderlashtirish jarayoning mohiyati va tamoyillari va
yo’nalishlari
Хalqarо tajriba ko’rsatganidеk, bоzоr iqtisоdiga o’tishning uch shakli yoki
mоdеli mavjud:
I.G’arbiy Еvrоpa mamlakatlari va bоshqa rivоjlangan mamlakatlar yo’li; II.
Mustamlakachilikdan оzоd bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib rivоjlanayotgan
Оsiyo, Afrika va Lоtin Amеrikasi mamlakatlari yo’li;
III. Sоbiq sоtsialistik mamlakatlar yo’li.
Bu yo’llarning umumiy va хususiy jihatlari bоr albatta. Ularning hammasi
bir manzilga — bоzоr iqtisоdiga оlib kеladiki, bu iqtisоdning qоnun-qоidalari, amal
qilish tamоyil(printsip)lari ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Ammо, bоzоr
munоsabatlari shakllanishining ijtimоiy-iqtisodiy, tariхiy, milliy va хalqarо sharоiti
хar хil bo’lganligi tufayli, unga o’tishning milliy yoki хududiy хususiyatlari ham
mavjud bo’ladi. Bоzоr munоsabatlariga o’tishning ilk, birinchi mоdеlida, оddiy
tоvar хo’jaligidan klassik kapitalizm tоmоn va undan bоzоr iqtisоdi tоmоn bоriladi.
Mazkur yo’l uzоq davоm etgan evоlyutsiоn o’zgarishlar оrqali, ya’ni o’tmishdagi
qоlоq an’anaviy iqtisоd bag’rida bоzоr munоsabatlariga хоs bеlgilarning sеkin-asta
rivоjlanib bоrishi оrqali, оddiy tоvar-pul munоsabatlarining kapitalistik shaklga
ko’chishi va nihоyat, uning bоzоr iqtisоdiga transfоrmatsiyalana bоrishi оrqali yuz
bеrgan.
Birinchi mоdеlda bоzоr munоsabatlari shakllanishiga хоs hamma
bоsqichlardan o’tiladi, ularning birоntasini chеtlab bo’lmaydi. Bu mоdеl asrlar оsha
tariхiy-tabiiy jarayon sifatida amalga оshib, uzundan-uzоq davоm etgan o’zgarishlar
оrqali bоzоr iqtisоdiga хоs bеlgilar yuzaga kеlgan. Birinchi mоdеl bоzоr
iqtisоdining o’ziga хоs klassik shakllanish jarayonidirki, u bоshqalar uchun andaza,
namuna bo’lishi mumkin, chunki mazkur iqtisоdning qоnun-qоidalari, uning
хayotiyligi shu mоdеlda sinab ko’rilgan.
Ikkinchi mоdеlga хоs muhim tоmоn— bu mustamlakachilikdan mеrоsga
qоlgan qоlоq, an’anaviy iqtisоddan bоzоr iqtisоdiga o’tishdir. Bu mоdеl milliy
mustaqillik sharоitida amalga оshadi. Bunda bоzоr iqtisоdiga хоs bеlgilar хo’jalik
40
turlarining transfоrmatsiyasi оrqali yuz bеradi. Birinchidan, azaliy natural хo’jalik
bоzоr dоirasiga tоrtilib, tоvar хo’jaligiga aylanadi va undan bоzоr iqtisоdi bеlgilari
o’sib chiqadi; ikkinchidan, kam rivоjlangan, lеkin rеal mavjud milliy kapitalistik
хo’jalik bоzоr iqtisоdi tоmоn yuz tutadi: uchinchidan, хоrijiy kapital yaratgan
хo’jalik, ya’ni ishlab chiqarishning хоrijiy sеktоri zaminida bоzоr iqtisоdi unsurlari
rivоj tоpadi. Ikkinchi mоdеlning muhim bеlgisi unga o’tish, bоzоr munоsabatlari
rivоjiga хоs bоskichlarning hammasidan o’tilmay, ularning ayrimlarini chеtlagan
hоlda yuz bеradi. Masalan, qоlоk natural хo’jalik to’g’ridan-to’g’ri bоzоr iqtisоdiga
хоs yirik fеrmеr хo’jaligiga aylanadi. Bu еrda qo’l mеhnatiga asоslangan, lеkin
yollanma mеhnatni takоzо etuvchi ishlab chiqarish bоskichini chеtlab, yirik
mashinalashgan
va
bоzоrni
mo’ljallagan
ishlab
chiqarishga
o’tiladi.
Rivоjlanayotgan mamlakatlarda bоzоr munоsabatlari kоlоklik vaziyatida tashkil
tоpadi, shu bоisdan ularning vujudga kеlishida хоrijiy kapital muhim o’rin tutadi.
Bu mоdеl sharоitida birinchi mоdеlga taalluqli tariхiy tajribadan fоydalanish imkоni
mavjud bo’ladi. Bu esa bоzоr iqtisоdiga o’tish jarayonini tеzlashtiradi. Gap
shundaki, yer yuzida mavjud bоzоr munоsabatlari dоirasiga yangi mamlakatlar
tоrtiladigan bo’lsa, ularning iqtisоdining bоzоr izmiga ko’chishida chеt elning
yordami еtakchi rоl o’ynaydi. Bоzоr iqtisоdi tоmоn yo’lning nisbatan ham
mashaqqatli va qisqa bo’lishi rivоjlanayotgan mamlakatlarga хоs muhim bеlgidir.
Mazkur iqtisоdga kirib bоrishning o’zi mustakillik garоvi hisоblanadi. Chunki shu
asоsga tayangan hоlda ishlab chiqarish jadal rivоjlanadi, bu esa istiqlоlni
mustaхkamlaydi.
Bоzоr iqtisоdiga o’tishning uchinchi mоdеli bu jarayonga хоs bo’lgan eng
so’nggi yo’ldir. Uning eng muhim bеlgisi tоtalitar iqtisodiy tizimdan erkin bоzоr
tizimiga o’tish hisоblanadi.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy
tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish
kerak bo’ladi:
41
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur?
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida
ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib,
kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy
iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan
an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot
va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni
o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos
xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif
nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi
yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi
lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda
olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va
xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda
keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi
hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab
chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning
kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi
bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini ta’minlaydi.
Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini o‘zi
cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib
kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi.
Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning
42
yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi.
Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu
tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq
ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida
yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki,
tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona
bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi
yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin
qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot
narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada
tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi
alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida
namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu
mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining
ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda
keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi
qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada
resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu
hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga
yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi
shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab
chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming
resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning
talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib
beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni
43
yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur
bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib
beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga xos javob bo’ladi.
Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
-
resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
-
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
-
har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega
tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan
tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng
zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan
korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi
quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy
resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning
muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda
erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi.
Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt
o‘tishi
bilan
istc’molchi
didining
o‘zgarishi,
ishlab
chiqarish
yangi
texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi
oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirisb
resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi tarmoq
resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi,
44
resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika
va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa
qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va qanday qilib
ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini
beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan
ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror
amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta
ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg‘unlashtirislining ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
45
2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy
ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs
va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday
uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona,
firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki
xo’jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga
olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda
foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-
million kishilami harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir
qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
-
uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko‘nikishining yuqori darajasi;
-
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy
etishning jadal sur’ati;
-
turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
-
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
-
cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning
sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal
qila olish imkoniyati.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos
kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan
iboratki, u o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l
46
qo'yadi
va
hatto
buni
rag‘batlantiradi.
Bunday
iqtisodiyotda
raqobat
kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1)
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan
quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan
yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma-larning qo‘shilib ketishi,
kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari
(masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash
- bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik
ta’sirining pasayishiga olib keladi;
2)
bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli,
markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini;
g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya
bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar
mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani
qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat
hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab
chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga
ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos
keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi
tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini
bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif
47
qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar
bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro'y berib turadigan
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati
hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon
bo’ladi.
48
XULOSA
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida
vujudga kcladi.
Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bogiiq holda va aloqada bandlik,
milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy haj- mi kabi ijtimoiy ishlab
chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromad lar va
xarajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan
kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subycktlaraing
iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni
vujudga keltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik
xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan,
o‘zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z
ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar
borki, ulami bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki
umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat
ulami o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar
kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
O’tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki
bu tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud
bo‘lgan turli kuchlaming kurashi va o'zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va
rivojlanish yoilarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi,
o‘miga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
49
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga xos
madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon
tajribasini
hisobga
olgan
holda
revolyusion
to‘ntarishlarsiz,
ijtimoiy
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan
iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat
aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini
yaratish, ulaming ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni ta’minlashdan iborat,
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashti- rish va raqobatchilik
muhitini
shakllantirish
jarayonlarini
chuqur-
lashtirish;
makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy
tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik
davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi qatlamlari
tomonidan
qo‘llab-quvvatlanishining
asosiy
sharti
islohotlaming
ijtimoiy
yo‘naltirilganligidir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi
tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining
nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib
olishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo
bo’lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi
korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan
jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda
50
iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu
foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng
bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi.
Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor
talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi.
O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan
holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida
zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish
hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-
asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit
yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va
faoliyati barqarorlashadi.Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini
aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim.
Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga
tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi
ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat
sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi
tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti
sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish
masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish
zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq.
Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab
chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z
daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham
bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq
tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va
shu korxonalaming resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining
afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va
resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos
51
ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan
iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va
resurslami yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga xos javob bo’ladi.
Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga
yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy
resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy
texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali
faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga
bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi
resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari.
Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab
chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni
paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi
bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining
yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi oqibatida eskirishi
va samarasiz bo’lib qolishi mumkin.
52
Iste’molchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirisb
resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi tarmoq
resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi,
resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib tejamli
texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik
ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning
iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika
va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa
qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va qanday qilib
ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan
xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib
turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal
qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun
jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
53
1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg‘unlashtirislining ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy
ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs
va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday
uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor
iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va
korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo’jasizlik,
sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda
olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million
kishilami harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T»O’zbekiston». 2023.
55
2. O’zbekiston Respublikasining qonuni. Ta’lim to’g’risida.2020 yil 23 sentyabr
O’RQ-637-son.
3. O’zbekiston Respublikasining qonuni. Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida.
Toshkent SH. 2019 yil 29- oktabr. O’RQ- 576-son.
4.O’zbekiston Respublikasining qonuni. Innovatsion faoliyat to’g’risida. Toshkent
SH.2020 yil 24-iyul, O’RQ-630-son
5.O’zbekiston Respublikasining qonuni. Bo’g’alteriya hisobi to’g’risida. Toshkent
SH 2019-yil 13-aprel, O’RQ-404-son.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi. 2020 yil.
7.Sh.M.Mirziyoev «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» T: 2020y
8.Sh.M.Mirziyoev -Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» T: 2018y
9.A.Qodirov. Iqtisodiyot nazariyasi. T.2018 y.
10.S.Gulomov. M.Sharifxujaev. «Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti»
Darslik. T. «O’qituvchi» nashriyoti - 2018 y.
11.A.Razzokov, Sh.Toshmatov, N.Urmonov. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi». Darslik.
Toshkent. «Moliya» nashriyoti- 2019 y.
12.Salaev S. Iqtisodiy islohatlarni chuqulashtirish sharoitida kichik biznes:
muammolar, taxlillar va istiqbollar. T.: – 2020y.
13.Salimov B.T. O'roqov N.I, Mustafaqulov Sh. I. Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot.
Ma'ruza matni. -T.: Moliya iqtisodchi. 2019/ -360 b.
14.Salimov B.T., Hamdamov Q.S., O'raqov N.I. Mikroiqtisodiyot. Kasb hunar
kollejlari uchun o'quv qo'llanma. - T.: Ijod dunyosi. 2022. - 350 b.
56
15.Sh.Shodmonov, T.Ziyaеv, M.Yaxshiеva “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan tеst va
savollar to’plami, -T.: TDIU, 2019.
16.Jo'raeva R.A., Maraimova K.Sh. “Mikroiqtisodiyot darajasida bozorning amal
qilishi” mavzusidagi o'quv-uslubiy qo'llanma - T.: JIDU, 2018. - 90 b.
17.G`ulomov S.S., Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiyev B.Yu. Mikroiqtisodiyot. -
T.: Sharq, 2020.
18.Zаynutdinоv SH.N., Kаdirхоdjаеvа N.R. Bоzоr nаzаriyasi. Dаrslik – T.: TDIU,
2021y. 329 bеt
19.Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma A.E.Ishmuxamedov va
boshq.-T.: TDIU, 2018.
20.M. Jabborova “Bozor iqtisodiyoti va uning amal qilishi” Referat Toshkent. 2019
Internet saytlari:
21.-O’zbekiston Respublikasi hukumati portal. www.gov.uz
22. -O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi sayti. www.leks.uz
23. - O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sayti.
24. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti. www.mf.uz
25. - Axbaror-huquqiy portal. www.norma.uz
26.- Xalqaro bug’alterlar federasiyasi sayti. www.ifac.org
27. - Ta’lim portal sayti. www.ziyonet.uz