BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISH

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

29,6 KB


 
1 
 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISH 
 
Reja: 
I.Kirish 
II.Asosiy qisim 
1. Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar 
2. Buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sabablari 
3. Sud buyrug’ini chiqarish to ‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish 
III.Xulosa 
VI.Foydalanilgan adabiyotlar
1 KURS ISHI BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISH Reja: I.Kirish II.Asosiy qisim 1. Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar 2. Buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sabablari 3. Sud buyrug’ini chiqarish to ‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish III.Xulosa VI.Foydalanilgan adabiyotlar
 
2 
 
I.Kirish 
   Yuridik fan va ta’lim tizimini tubdan takomillashib borayotganligi, milliy 
yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana boshlagani, o‘zbek olimlarining 
xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganligi, milliy ishlanmalarning 
jahon miqyosida reytingi yuqori bazalarga kiritib borilishi, respublikamizda yanada 
raqobatbardosh, milliy ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda. 
   Bir so‘z bilan aytganda, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning«Biz 
hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni 
qadrlaydigan, azmu shijoatli buyuk xalqmiz» degan purma’no so‘zlari har sohada 
har bir kasb egasiga yaratuvchanlik va ijodkorlik tuyg’usini bag’ishlashi ayni 
haqiqat. 
   Darslik «Fuqarolik protsessual huquqi» fani yuzasidan o‘quv rejasi va o‘quv 
dasturida belgilangan yuklamalarni o‘zlashtirishga mo‘ljallangan. Biroq ushbu 
darslik yangi 0‘zbekiston islohotlari sharoitida sud-huquq tizimida, xususan 
fuqarolik sud ishlarini yuritish tizimidagi o’zgarishlar mazmuni bilan bogiiq boiib, 
uni ikki qismda «Fuqarolik protsessual huquqi» umumiy va maxsus qismlar shaklida 
alohida chop etishni maqsad qildik. 
   Shuningdek, global pandemiya sharoiti talablari ham taiim tizimini qulay, tezkor, 
o‘zlashtirish va o’rganish oson boigan adabiyotlar bilan ta’minlashni, o‘quv 
adabiyotlarini masofaviy o‘qitish shakliga moslashtirish, talaba (o‘quvchi) ning 
onlayn platformalarga joylashtirilgan adabiyotlardan foydalana olish ko‘nikmasini 
va mustaqil o‘rganish qobiliyatini hisobga olgan holda yaratish muallifdan katta 
tajriba, zamonaviy yondashuv va yaratuvchanlik munosabatini talab etadi.  
Darslikda umumiy qismga daxldor boigan 19 ta mavzu doirasida mavzu nomi, 
qisqacha tavsifi (annotatsiyasi), tayanch so‘zlar, nazariy qoidalari, amaliyot 
materiallari tahlili, sud hujjatlari namunalari, eslatmalar, slaydlar, qiyosiy jadvallar 
hamda nazorat savollari, shuningdek interfaol pedagogik usullar o‘rin olgan. 
1. Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar 
Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf 
etish hamda mazkur tartibda ish yuritishni belgilovchi qonunchilikka og‘ishmay
2 I.Kirish Yuridik fan va ta’lim tizimini tubdan takomillashib borayotganligi, milliy yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana boshlagani, o‘zbek olimlarining xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganligi, milliy ishlanmalarning jahon miqyosida reytingi yuqori bazalarga kiritib borilishi, respublikamizda yanada raqobatbardosh, milliy ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning«Biz hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli buyuk xalqmiz» degan purma’no so‘zlari har sohada har bir kasb egasiga yaratuvchanlik va ijodkorlik tuyg’usini bag’ishlashi ayni haqiqat. Darslik «Fuqarolik protsessual huquqi» fani yuzasidan o‘quv rejasi va o‘quv dasturida belgilangan yuklamalarni o‘zlashtirishga mo‘ljallangan. Biroq ushbu darslik yangi 0‘zbekiston islohotlari sharoitida sud-huquq tizimida, xususan fuqarolik sud ishlarini yuritish tizimidagi o’zgarishlar mazmuni bilan bogiiq boiib, uni ikki qismda «Fuqarolik protsessual huquqi» umumiy va maxsus qismlar shaklida alohida chop etishni maqsad qildik. Shuningdek, global pandemiya sharoiti talablari ham taiim tizimini qulay, tezkor, o‘zlashtirish va o’rganish oson boigan adabiyotlar bilan ta’minlashni, o‘quv adabiyotlarini masofaviy o‘qitish shakliga moslashtirish, talaba (o‘quvchi) ning onlayn platformalarga joylashtirilgan adabiyotlardan foydalana olish ko‘nikmasini va mustaqil o‘rganish qobiliyatini hisobga olgan holda yaratish muallifdan katta tajriba, zamonaviy yondashuv va yaratuvchanlik munosabatini talab etadi. Darslikda umumiy qismga daxldor boigan 19 ta mavzu doirasida mavzu nomi, qisqacha tavsifi (annotatsiyasi), tayanch so‘zlar, nazariy qoidalari, amaliyot materiallari tahlili, sud hujjatlari namunalari, eslatmalar, slaydlar, qiyosiy jadvallar hamda nazorat savollari, shuningdek interfaol pedagogik usullar o‘rin olgan. 1. Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur tartibda ish yuritishni belgilovchi qonunchilikka og‘ishmay
 
3 
 
rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar 
to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Oliy sudi Plenumi 
qaror qiladi: 
Sudlarning e’tibori qaratilsinki, sud buyrug‘i ishni sudda muhokama qilish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan birinchi instansiya sudi qarorining alohida turi bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda 
FPK deb yuritiladi) 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha chiqariladi va 
bevosita ijro hujjati kuchiga egadir. 
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab 
FPK 33-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal 
qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning 
ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi 
sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab 
ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin. 
Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda va axborot tizimi 
orqali elektron hujjat shaklida beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga 
ko‘ra sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga quyilgan 
talablar da’vo arizaga (FPK 189-moddasi) quyilgan talablarga o‘xshash ekanligini 
nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq tartibida ish yuritish 
undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan 
usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar sud buyrug‘i berish haqida arizani qabul 
qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va 
manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan 
vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan 
mustasno. 
2. Buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi 
sabablari 
Sudlarga tushuntirilsinki, buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini 
istisno qilishi sababli ko‘char mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risida sud buyrug‘i 
berish haqidagi arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-
3 rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: Sudlarning e’tibori qaratilsinki, sud buyrug‘i ishni sudda muhokama qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan birinchi instansiya sudi qarorining alohida turi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha chiqariladi va bevosita ijro hujjati kuchiga egadir. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab FPK 33-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin. Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda va axborot tizimi orqali elektron hujjat shaklida beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga ko‘ra sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga quyilgan talablar da’vo arizaga (FPK 189-moddasi) quyilgan talablarga o‘xshash ekanligini nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar sud buyrug‘i berish haqida arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno. 2. Buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sabablari Sudlarga tushuntirilsinki, buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sababli ko‘char mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risida sud buyrug‘i berish haqidagi arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-
 
4 
 
moddasi to‘rtinchi qismi), shuningdek, qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud 
buyrug‘i berish haqidagi arizada tegishincha qarzdorlik vujudga kelgan davr 
ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-moddasi ikkinchi qismi 5-bandi). 
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK 194-moddasi bilan da’vo arizasini 
qabul qilishni rad etish uchun belgilangan umumiy asoslari bilan bir qatorda, agar: 
qarzdorning yashash joyi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lsa; 
arizani va undiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganishda 
huquq to‘g‘risida nizo borligi aniqlangan bo‘lsa; 
arz qilingan talab FPK 171-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya sud 
buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi. 
Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi 
FPKning 2382-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda nizoli boshqa talab 
quyilgan bo‘lib, ushbu talablarni alohida ko‘rish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekiston 
Respublikasi 
FPKning 2385-moddasiga muvofiq 
sud 
buyrug‘i 
chiqarish 
to‘g‘risidagi ariza qabul qilishdan rad qilinishi va undiruvchiga tegishli tartibda 
da’vo ariza bilan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim. 
FPK 171-moddasida nazarda tutilgan talablar bo‘yicha undiruvchi sud 
buyrug‘i chiqarish haqidagi ariza bilan yoki da’vo talabi tartibida murojaat qilishga 
haqli. Mazkur holatda sud da’vo talabini qabul qilish va ishni da’vo tartibida 
ko‘rishni rad qilishga haqli emas. 
FPK 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha faqatgina ushbu talab 
hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan e’tiroz 
bildirilmagan taqdirda sud buyrug‘i chiqarish mumkin. Shunga ko‘ra, undiruvchi 
taraflar o‘rtasida da’vo tartibida hal qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo 
mavjud emasligi haqidagi o‘z talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart. 
Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FPK 171-moddasining 4-bandiga asosan, 
voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab bo‘yicha sud 
buyrug‘i arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish 
zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa beriladi.
4 moddasi to‘rtinchi qismi), shuningdek, qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i berish haqidagi arizada tegishincha qarzdorlik vujudga kelgan davr ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-moddasi ikkinchi qismi 5-bandi). Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK 194-moddasi bilan da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun belgilangan umumiy asoslari bilan bir qatorda, agar: qarzdorning yashash joyi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lsa; arizani va undiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganishda huquq to‘g‘risida nizo borligi aniqlangan bo‘lsa; arz qilingan talab FPK 171-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda nizoli boshqa talab quyilgan bo‘lib, ushbu talablarni alohida ko‘rish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2385-moddasiga muvofiq sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza qabul qilishdan rad qilinishi va undiruvchiga tegishli tartibda da’vo ariza bilan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim. FPK 171-moddasida nazarda tutilgan talablar bo‘yicha undiruvchi sud buyrug‘i chiqarish haqidagi ariza bilan yoki da’vo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud da’vo talabini qabul qilish va ishni da’vo tartibida ko‘rishni rad qilishga haqli emas. FPK 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmagan taqdirda sud buyrug‘i chiqarish mumkin. Shunga ko‘ra, undiruvchi taraflar o‘rtasida da’vo tartibida hal qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjud emasligi haqidagi o‘z talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FPK 171-moddasining 4-bandiga asosan, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab bo‘yicha sud buyrug‘i arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa beriladi.
 
5 
 
Bunda sudlar, birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda 
emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan 
e’tiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrug‘i chiqarish mumkin emasligini nazarda 
tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud 
buyrug‘i chiqarishni istisno etadi. Shuningdek, Oila kodeksi 102-moddasining 2-
qismiga asosan voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun qat’iy summada aliment 
undirish haqidagi talab ham sud buyrug‘i tartibida ko‘rilishi mumkin emas. 
Oila kodeksi 136-moddasining 3-qismi talabiga ko‘ra voyaga yetmagan 
bolalar uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishini e’tiborga 
olib, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish talabida o‘tgan davr uchun 
ham aliment undirish talabi qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan davr uchun aliment undirish 
haqidagi talab O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 136-moddasining 4-
qismida ko‘rsatilgan holatlar aniqlangandagina qanoatlantirilishi mumkinligidan 
kelib chiqib, sud talab berilgan kundan boshlab aliment undirish haqida sud buyrug‘i 
berib, o‘tgan davr uchun aliment undirish qismi bo‘yicha esa undiruvchiga da’vo 
tartibida sudga murojaat qilishi huquqini tushuntiradi. 
FPK 174-moddasiga muvofiq, sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risida ariza 
berilganda qonun hujjatlarida da’vo ish yuritish tartibi uchun belgilangan tartib va 
miqdorda davlat boji undiriladi. 
       Shuningdek, protsessual qonunchilik sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi 
arizalar uchun da'vogarning tanlashi bo'yicha sudlovlik qoidalarini ham belgilaydi. 
Xususan, aliment undirish haqidagi talab bilan arz qilinganda, arizalar FPKning 241-
moddasiga ko‘ra, arizachi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. 
Sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risida sudga yozma shaklda ariza bilan murojaat 
qilish talab etiladi. Ariza shakli, mazmuni va matniga qo‘yilgan talablar da'vo 
arizasiga qo‘yilgan talablarga o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga, buyruq chiqarish 
jarayonining o'ziga xosligini hisobga olib, uning shaxs huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilishini ko‘zda tutadi.  
       Lekin da’vo arizasi bilan murojaat qilishdagi jarayondan farqli ravishda buyruq 
tartibida ish yuritishda nizosiz va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan talablar ko'rib
5 Bunda sudlar, birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan e’tiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrug‘i chiqarish mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud buyrug‘i chiqarishni istisno etadi. Shuningdek, Oila kodeksi 102-moddasining 2- qismiga asosan voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun qat’iy summada aliment undirish haqidagi talab ham sud buyrug‘i tartibida ko‘rilishi mumkin emas. Oila kodeksi 136-moddasining 3-qismi talabiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalar uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishini e’tiborga olib, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish talabida o‘tgan davr uchun ham aliment undirish talabi qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan davr uchun aliment undirish haqidagi talab O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 136-moddasining 4- qismida ko‘rsatilgan holatlar aniqlangandagina qanoatlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, sud talab berilgan kundan boshlab aliment undirish haqida sud buyrug‘i berib, o‘tgan davr uchun aliment undirish qismi bo‘yicha esa undiruvchiga da’vo tartibida sudga murojaat qilishi huquqini tushuntiradi. FPK 174-moddasiga muvofiq, sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risida ariza berilganda qonun hujjatlarida da’vo ish yuritish tartibi uchun belgilangan tartib va miqdorda davlat boji undiriladi. Shuningdek, protsessual qonunchilik sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar uchun da'vogarning tanlashi bo'yicha sudlovlik qoidalarini ham belgilaydi. Xususan, aliment undirish haqidagi talab bilan arz qilinganda, arizalar FPKning 241- moddasiga ko‘ra, arizachi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. Sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risida sudga yozma shaklda ariza bilan murojaat qilish talab etiladi. Ariza shakli, mazmuni va matniga qo‘yilgan talablar da'vo arizasiga qo‘yilgan talablarga o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga, buyruq chiqarish jarayonining o'ziga xosligini hisobga olib, uning shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilishini ko‘zda tutadi. Lekin da’vo arizasi bilan murojaat qilishdagi jarayondan farqli ravishda buyruq tartibida ish yuritishda nizosiz va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan talablar ko'rib
 
6 
 
chiqiladi. Demak, sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risidagi arizada talablar bayon 
qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlami ilova qilish bilan 
kifoyalanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi 
arizalarning mazmuniga alohida e’tibor berish lozim. Unda ariza berilayotgan 
sudning nomi, undimvchi va qarzdor shaxsning aniq manzili, joylashgan joyi va agar 
ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning rekvizitlari, undimvchining talabi va talabga 
asos bo'lgan holatlar, arz qilingan talabni tasdiqlovchi va ilova etilayotgan hujjatlar 
ro'yxati ko'rsatilishi lozim. 
        Agar undiruvchi tomonidan ko‘char mol-mulk talab qilinayotgan bo'lsa, 
arizada ushbu mol-mulkning qiymati ham ko'rsatilishi talab etiladi. Sud buyrug‘ini 
chiqarish to ‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. 
Sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risida ariza berganlik uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi «Davlat boji 
stavkalari haqida»gi 533-sonli qarori asosida tasdiqlangan ilovaga ko‘ra, da’vo 
ishlarini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. 
Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan to'langan davlat boji 
qaytarib beriladi.  
 
3. Sud buyrug’ini chiqarish to ‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad 
etish 
Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan 
davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda to‘langan davlat 
boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish 
tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj 
hisobiga o‘tkaziladi. 
Umumiy qoida bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga jalb qilinmagan 
tarafga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari chet davlatlar tomonidan, shuningdek, chet 
davlatlarning shu tartibda qabul qilingan sud qarorlari O‘zbekiston Respublikasi 
tomonidan tan olinmaydi va ijro qilinmaydi. Bir vaqtning o‘zida ijro hujjati ham 
bo‘lgan sud buyrug‘ini chiqarish taraflarni sud majlisiga chaqirib, ularning
6 chiqiladi. Demak, sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risidagi arizada talablar bayon qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlami ilova qilish bilan kifoyalanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalarning mazmuniga alohida e’tibor berish lozim. Unda ariza berilayotgan sudning nomi, undimvchi va qarzdor shaxsning aniq manzili, joylashgan joyi va agar ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning rekvizitlari, undimvchining talabi va talabga asos bo'lgan holatlar, arz qilingan talabni tasdiqlovchi va ilova etilayotgan hujjatlar ro'yxati ko'rsatilishi lozim. Agar undiruvchi tomonidan ko‘char mol-mulk talab qilinayotgan bo'lsa, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ham ko'rsatilishi talab etiladi. Sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risida ariza berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi «Davlat boji stavkalari haqida»gi 533-sonli qarori asosida tasdiqlangan ilovaga ko‘ra, da’vo ishlarini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan to'langan davlat boji qaytarib beriladi. 3. Sud buyrug’ini chiqarish to ‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi. Umumiy qoida bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga jalb qilinmagan tarafga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari chet davlatlar tomonidan, shuningdek, chet davlatlarning shu tartibda qabul qilingan sud qarorlari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olinmaydi va ijro qilinmaydi. Bir vaqtning o‘zida ijro hujjati ham bo‘lgan sud buyrug‘ini chiqarish taraflarni sud majlisiga chaqirib, ularning
 
7 
 
tushuntirishlarini eshitish imkoniyatidan mahrum qilishi sababli qarzdorning 
yashash joyi yoki joylashgan manzili O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida ekanligi sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish 
uchun ham asos bo‘ladi. Bunday holda, undiruvchining huquqlari qarzdorga sud 
majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilgan holda ishni sud 
muhokamasida ko‘rish orqali himoya qilinadi. 
Agar ariza FPK 172-moddasi talablariga javob bermasa va unga arz qilingan 
talabni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, belgilangan miqdorda davlat boji va 
pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, 
sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytaradi va bu haqda ajrim 
chiqaradi. 
Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga qaytadan murojaat etishga to‘sqinlik 
qilmaydi (FPK 176-moddasi). 
Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi 
(FPK 175-moddasi), shuningdek, sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish 
(FPK 176-moddasi) haqidagi ajrim ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab uch 
kunda chiqarilishi va mazmuni bo‘yicha FPK 194, 195-moddalari talablariga javob 
berishi shart. 
Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish undiruvchini 
shu talab bo‘yicha sudga da’vo tartibida murojaat qilish huquqidan mahrum 
qilmasligi sababli, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sud buyrug‘i berish 
to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat 
berilmaydi. 
Sudlar sud buyrug‘ini berishda FPK 178-moddasida uning mazmuniga 
qo‘yilgan talablarga amal qilishi lozim. 
Xususan, sud buyrug‘ida talabni qanoatlantirishga asos bo‘lgan moddiy 
huquq normasi ko‘rsatilishi shart. Sud buyrug‘ining yozuvidagi xatolarni va ochiq 
ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi 
yoxud
7 tushuntirishlarini eshitish imkoniyatidan mahrum qilishi sababli qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish uchun ham asos bo‘ladi. Bunday holda, undiruvchining huquqlari qarzdorga sud majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilgan holda ishni sud muhokamasida ko‘rish orqali himoya qilinadi. Agar ariza FPK 172-moddasi talablariga javob bermasa va unga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, belgilangan miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytaradi va bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga qaytadan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi (FPK 176-moddasi). Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi (FPK 175-moddasi), shuningdek, sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish (FPK 176-moddasi) haqidagi ajrim ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab uch kunda chiqarilishi va mazmuni bo‘yicha FPK 194, 195-moddalari talablariga javob berishi shart. Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish undiruvchini shu talab bo‘yicha sudga da’vo tartibida murojaat qilish huquqidan mahrum qilmasligi sababli, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmaydi. Sudlar sud buyrug‘ini berishda FPK 178-moddasida uning mazmuniga qo‘yilgan talablarga amal qilishi lozim. Xususan, sud buyrug‘ida talabni qanoatlantirishga asos bo‘lgan moddiy huquq normasi ko‘rsatilishi shart. Sud buyrug‘ining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud
 
8 
 
undiruvchining yoki qarzdorning arizasi bo‘yicha sudning ajrimiga asosan amalga 
oshiriladi. 
Tushuntirilsinki, FPK 179-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘ining 
nusxasini 
qarzdorga 
darhol 
yuborish 
tartibi, 
shuningdek, 
FPK 181-
moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining 
kafolatidir. 
Agar o‘n kunlik muddatda qarzdor tomonidan arz qilingan talabga nisbatan 
e’tiroz berilsa, sudya o‘z ajrimi bilan sud buyrug‘ini bekor qilishi shart. Shu bilan 
birga, sudya buyruqni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda undiruvchiga arz qilgan 
talabi bo‘yicha da’vo ishlarini yuritish tartibida murojaat qilish huquqini 
tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning nusxalari ajrim 
chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirilmay taraflarga yuboriladi. 
Sudlar, sud buyrug‘i tartibidagi ishlar bo‘yicha davlat boji miqdorini 
belgilashda FPK 129-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish 
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga asoslanishlari 
lozim. 
Sud buyrug‘iga nisbatan e’tiroz bildirish uchun qonunda belgilangan o‘n 
kunlik muddatning qarzdor tomonidan o‘tkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli 
deb topilgan taqdirda, sud uning iltimosnomasiga asosan ushbu muddatni tiklashi 
mumkin. Muddatni tiklash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilinmasdan turib, 
muddat o‘tkazilgandan so‘ng berilgan e’tirozlar sud tomonidan ko‘rilmaydi va 
muallifga qaytariladi. 
FPK 181-moddasida ko‘rsatilgan qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim 
qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga 
kirishligi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPK 15-bobida ko‘rsatilgan talablar 
qo‘llanilishi, shu jumladan, o‘tkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish 
to‘g‘risidagi ajrimga nisbatan FPK 155-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat 
keltirish mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Mazkur institutning sud 
hokimiyati samaradorligini oshirishdagi va sud ishini soddalashtirishdagi muhim
8 undiruvchining yoki qarzdorning arizasi bo‘yicha sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi. Tushuntirilsinki, FPK 179-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘ining nusxasini qarzdorga darhol yuborish tartibi, shuningdek, FPK 181- moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolatidir. Agar o‘n kunlik muddatda qarzdor tomonidan arz qilingan talabga nisbatan e’tiroz berilsa, sudya o‘z ajrimi bilan sud buyrug‘ini bekor qilishi shart. Shu bilan birga, sudya buyruqni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda undiruvchiga arz qilgan talabi bo‘yicha da’vo ishlarini yuritish tartibida murojaat qilish huquqini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirilmay taraflarga yuboriladi. Sudlar, sud buyrug‘i tartibidagi ishlar bo‘yicha davlat boji miqdorini belgilashda FPK 129-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim. Sud buyrug‘iga nisbatan e’tiroz bildirish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddatning qarzdor tomonidan o‘tkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, sud uning iltimosnomasiga asosan ushbu muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilinmasdan turib, muddat o‘tkazilgandan so‘ng berilgan e’tirozlar sud tomonidan ko‘rilmaydi va muallifga qaytariladi. FPK 181-moddasida ko‘rsatilgan qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishligi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPK 15-bobida ko‘rsatilgan talablar qo‘llanilishi, shu jumladan, o‘tkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi ajrimga nisbatan FPK 155-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat keltirish mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Mazkur institutning sud hokimiyati samaradorligini oshirishdagi va sud ishini soddalashtirishdagi muhim