CHAPAQAYLARNI YOZISHGA O‘RGATISH METODIKASI
Reja:
1.Chapaqaylarini yozishga o’rgatish
2. Dunyoda chapaqaylarga xizmat ko’rsatadigan muassasa va tashkilotlar
3. Chapaqaylar va o’ngqo’llarining farqli jihatlari
So’nggi paytda dunyoda chapaqaylar soni ortib bormoqda. Masalan, XX
asr boshida ular aholining 4 foizini tashkil etishgan bo’lsa, yuz yillik oxiriga
kelib bu raqam 15 foizga yetdi. Statistik ma`lumotlarga ko’ra hozirda yer
yuzida 500 million chapaqay bor. Bu har 7-10 kishining bittasi demakdir
Maqsadga muvofiq harakatlarni bajarishda deyarli barcha holatlarda chap
qo’ldan foydalanuvchilar chapaqaylardir. Ilmiy jihatdan, shaxsiy yumushlarni
asosan chap qo`lda bajaruvchilar chapaqay deb ataladi. Odam bosh miyasining
rivojlanish jarayonida amallar chap va o’ng yarim sharlar o’rtasida
taqsimlanadi. Chap yarim shar zimmasiga nutq, o’qish, yozish, hisoblash,
tahliliy faoliyatning mantiqiy, matematik va boshqa murakkab shakllari, o’ng
yarim shar zimmasiga esa tashqi olamdagi narsalarning ko’rinishi, rangi va shu
kabi yana ko’plab narsalarni aniqlash vazifasi yuklatiladi. Oyoq va qo’l
harakatlari ikkala yarim shar o’rtasida taqsimlangan bo’lib, chap yarim shar
ixtiyorida o’ng qo’l va oyoq, chap qo’l va oyoq o’ng yarim shar ixtiyorida
bo’ladi.
Fliders universiteti professori Mayk Nikolsning aytishicha, inson faqat
genetik jihatdan chapaqay yoki aksincha bo’lib tug’ilishi mumkin. Biroq buni
nuqson deyish mutlaqo noto’g’ri. Jismoniy imkoniyatlar teng bo’lganidek har
ikki toifadagi odamlarning aqliy qobiliyati ham teppa-teng.
Butunjahon chapaqaylar kunini nishonlash g’oyasi ilk marotaba 1990
yilda Britaniya Chapaqaylar klubi tomonidan berilgan. 1992- yilning 13-
avgustida u ilk marta nishonlangan. Klub bu bayramda chapaqay bolalarni
maktablarda majburlab o’ng qo’lda yozishga o’rgatishga qarshi ekanliklarini
namoyish qilib jamoatchilik e`tiborini tortishga harakat qilishadi.
Ma`lumotlarga qaraganda, chapaqay bolalarning qo’pchiligi o’zining chap
qo’lda yozishidan uyalishar ekan. Bir muddat o’ng qo’lda yozishga harakat
qilib, uddalay olmagach yana chap qo’lda yozishni boshlashar ekan.
Ma`lumki, shu paytga qadar chapaqay insonlarning aksariyat noyob
iste`dodga ega bo’lishadi, degan aqida mavjud. Ba`zi olimlarning xulosalariga
ko’ra, chap qo’lda ishlaydiganlar boshqalardan deyarli farqi yo’q ekan.
Chapaqay bolalar yozishga biroz qiynalishadi. Chunki biror bir matnni
yozayotganda chap qo’l yozilayotgan yozuvni berkitib turadi, ular qayta-qayta
yozganlariga qarayverishadi. O’ng qo’lda yozadiganlar esa yozganlarini ko’rib
turib davom ettiraverishadi va vaqtdan yutishadi. Aslini olganda, bu
vaqtinchalik holat. Doimiy ravishda chap qo’l bilan yozish natijasida ba`zi
chapaqay bolalar o’ng qo’lda yozadiganlardan ham o’zib ketishadi.
Agar ming dona sariq tennis sharlari orasiga bir dona qizil sharni
aralashtirib har ikki toifaga mansub insonlarga uni topishni iltimos qilsangiz,
"o’ng qo’l” kishi har bir sharni birma-bir ko’zdan kechirgach, qizil sharni
topadi, chap qo’l esa ularga umumiy razm solib qizil sharni ancha avval topar
ekan. Buning sababi "o’ngqo’llar” biror bir ishni tugatmasdan turib ikkinchi
ishni boshlamas ekanlar, chapqo’llar esa birvarakayiga bir nechta vazifani
bajara olar ekanlar.
Jahonning ko’plab mamlakatlarida o’tkaziladigan tadqiqotlar o’ng
qo’llarga nisbatan chapqo’l kishilar kamchilikni tashkil qilishini ko’rsatadi.
Biroq, chapqo’llarning o’z-o’zini ta`minlash, yaxshi yashashga bo’lgan
intilishlari o’ngqo’llarnikiga nisbatan yuqori degan fikr ham bor.
Tajribalardan ma`lum bo’lishicha, katta yoshdagi insonlar orasida
chapqo’llar kamchilikni tashkil etar ekan. Olimlar buni inson yoshining o’sishi
bilan izohlashadi. AQSHda 20 yoshlilarning 12%, 50 yoshlilar orasida 5%, 80
yoshlilar orasida esa bor-yo’g’i 1%ni tashkil etar ekan. Buning sabablari
hozirga qadar sir bo’lib qolmoqda.
Dunyoda chapaqaylarga xizmat ko’rsatadigan muassasa va tashkilotlar,
firmalar juda ham ko’p. Fiskars kompaniyasi faqat chapaqaylar uchun mahsulot
ishlab chiqaradigan tashkilotlardan biridir. Kompaniya chapaqaylarga qulay
kanstelyariya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Ruchka, o’lchovlar qarama-
qarshi tomonga tushirilgan chizg’ich, teskari tig’li qaychi va boshqalar.
Qadimda ruslarda chapaqaylarga ishonchsizlik bilan qarashgan, hatto
sudda ko’rsatma berishlari ta`qiqlangan
1991- yilda AQSHda o’tkazilgan tadqiqotga asosan chapqo’llar
avtohalokatlar oqibatida hayotdan ko’z yumishar ekan
1970- yilda Buyuk Britaniya yoshlar orasida chapqo’llarning umumiy
sonini aniqlash uchun tadqiqot o’tkazadi. Aniqlanishicha 11-24 yoshdagi erkak
va ayollarning taxminan 11%i chapqo’llar ekanini ma`lum qilgan
Chap qo’lda yozuvchilar arab, urdu, fors yozuvlarini yozishga biroz
qiynalishadi, chunki ular o’ngdan chapga qarab yoziladi
Olimlarning aniqlashlaricha chapqo’llar o’ngqo’llarga qaraganda
to’kinroq hayot kechirishar ekan
Hayvonlar orasida ham o’ng va chap qo’llar bo’lar ekan. Bunday deb
atalishining sasabi ular chap yoki o’ng old oyoqlarini ko’p ishga solishlaridir
Chapqo’llar asosan xonanda, aktyor, kompozitor, boksyor, yozuvchi,
rassom kabi kasblarga qiziqishar ekan. Haqiqiatdan ham ushbu kasb
egalarining ko’pchiliklari chapqo’l ekanliklari aniqlangan
Chapqo’l boksyorlar raqibining jigariga zarba berish ehtimoli ko’proq
bo’ladi.
Mashhur chapqo’llar: Malika Yelizaveta, Napoleon, Uinston Cherchill,
Yuliy Stezar, Janna d’Ark, Lenardo da Vinchi, Aristotel, Nyuton, Mark Tven,
Buonaroti Mikelanjelo, Volfgang Amadey Mostart, Nikolo Paganini, Robert
Shuman, Lyudvig Van Betxoven, Pyotr I, Charli Chaplin, Merlin Monro, Djim
Kerri, Pol Makkartni, Tom Kruz, Bill Geyts, Robert De Niro, Bred Pitt, Lady
Gaga, Mila Yovovich, Kianu Rivz, Silvestr Stallone, Bryus Uillis, Dryu
Berrimor, Anjelina Djoli, Nikol Kidman, Demi Mur, Sara Djessika Parker,
Djuliya Roberts, Franst kafka, Djeyms Kemeron, Selin Dion, Rikki Martin,
Diego Maradonna, Bill Klinton, malika Viktoriya, shahzoda Uilyam, Barak
Obama va boshqalar.
Dunyodagi 85% odamlar o’naqaylardir. Shu bois asosiy predmet va turli
xildagi narsalar ular uchun yaratilgan. Agar oilada chapag’ay farzand dunyoga
kelsa, unga ozgina boshqacha munosabatda bo’lishga to’g’ri keladi.
Eng asosiysi – chapaqaylik organizmning kamchiligi emas, balki o’ziga
xos xususiyati deb tushunish kerak. Shu bois kichkina chapaqayni qayta
o’rgatishga, faqat rost qo’ldan foydalanishga majburlamaslik kerak.
Agar farzandingiz biron bir ish qilayotganda ko’proq chap qo’lini ishlatsa
bu faqatgina bola miya tuzilishining tashqi belgisidir. Mutaxassislar
chapaqaylarni o’ng qo’l bilan ishlashga majbur etishni ta`qiqlaydi. Chunki miya
genetik tuzilgan bo’lib, uni majburiy o’zgartirish salbiy oqibatga olib kelish
mumkin.
Bosh miyaning chap yarim pallasi nutqiy doira shakllanishi, o’n qo’lda
yozish va chapaqaylikka javob beradi. Shuning uchun chapaqaylarni qayta
o’qitmoq miya mexanizmlarining jiddiy jarayoniga, ayniqsa nutq faoliyatiga
aralashish hisoblanadi. Bu bola nevroziga olib kelishi mumkin. Chapaqaylarni
qayta o’qitmoq natijalari duduqlik, disleksiya belgilarining paydo bo’lishiga
olib kelishi mumkin. Ilmiy tadqiqot institutining ma`lumotlariga ko’ra
chapaqay bolalarning 71 foizini o’ng qo’lda yozishga o’rgatish maqsadida
o’qituvchi va ota-ona tomonidan tazyiq o’tkaziladi. Bu o’rgatish o’g’il
bolalarning 26, qiz bolalarning esa 33 foizidagina natija bermoqda. Ammo
qayta o’qitishning salbiy oqibatlari esa 100 foizni tashkil etadi.
Maktabda aksariyat bolalar o’ngqo’lli ekanligiga bolangizni asta-sekin
tayyorlab boring.
Bu borada sabr qilishga o’rganing. Yozishni o’rganishga chapag’ay bolaga
o’ngqo’l bolaga nisbatan ko’proq vaqt kerak bo’ladi.
Bolangiz uchun chapag’aylarga moslashtirilgan yozuv qurollari (qalam,
ruchka) olishni unutmang. Bunday ashyolarni ishlab chiqaruvchilar
chapag’aylarni xususiyatlarini hisobga olgan holda ashyolarni tayyorlaydilar.
Masalan, chapag’aylarning ruchkalari tez quriydigan rang bilan to’ldiriladi.
Agar chapag’aylar oddiy rang bilan yozsalar u tez bulg’anadi. Chunki
chapag’aylar sekin yozadilar.
Chapag’aylar qalam va ruchkani uchidan 4 santimetr yuqoridan
ushlashlari lozim. Buni hech qachon unutmaslik kerak. Bu talabni ko’pgina
ustozlar eng asosiy talablar sirasiga kiritadilar.
Tajribali ustozlar chapag’aylarni qanday yozishga o’rgatish borasida
maslihatlar beradilar. Bu uchun bola oldida toza qog’oz varag’ini qo’ying va
o’ng tomonga qiya qiling. Bola qo’lini o’ngqo’llilarday qo’ying. Bu holatda
chap qo’l “xat ustida” holatida bo’ladi va yozish yengil qo’chadi.
Ko`pchilik ota-onalar chapag`ay bolalarini chiroyli yozishga o`rgata
olmayotganliklaridan qiynaladilar, chunki farzandlari oddiy bolalarday
ruchkani ushlay olmaydi. Bu hol ularni asabiylashtiradi. Chapaqay bolani
ongqo`lli bolalarday ruchka ushlash va o`tirishga o`rgatishga o`rinish katta xato
hisoblanadi.
Chapaqay bolani yozuv stolida o`tirishi o`ngqo`llilardan farq qilmaydi.
To`g`ri o`tirish ko`pgina muammolardan qochishga yordam beradi. Buning
uchun gavda tik holda partaga suyangan tarzda bo`lishi kerak. Juda diqqat bilan
bolani kuzatib borish, toki u partaga suyanib, xususan ko`kragi bilan partaga
tegib o`tirmasligi lozim. Oyog`lar polda suyangan holda turishi, dastlabki
vaqtda oyoq ostida taxta qo`yish darkor. Agar oyoqlar polga yetmasa osilib
qolib, og`riy boshlaydi. Bu ham muayyan muammolarni keltirib chiqaradi.
Chapaqaylar uchun daftarni parta ustida to`g`ri qo`yish ham katta ahamiyat
kasb etadi. Daftarni bola oldiga qo`yish kerak va o`ng tomonini salgina chapga
burish lozim. Shundagina chapaqay unchalik qiynalmasdan yozadi. Chapaqay
bolaga yana bir narsani o`rgatish kerak. Yozish jarayonida daftarni qoli bilan
avval pasdga, ikkinchi betga o`tish jarayonida yuqoriga itarib borishi kerak.
Pastdagi rasmga qarang.
Chapaqay
bolaning
stoli
ustidagi
narsalarning
joylashuvi
o`ngqo`llilardan ozgina farq qiladi:
1.
Yorug`lik manbai albatta o`ng tomonda bo`lishi kerak;
2.
Daftar oyina aksiday – to`g`ri yoki o`ng tomonga qiya holatda
bo`lishi kerak;
3.
Qatorlarini yozuv bilan to`ldirib borish jarajonida daftar yuqori
tomon siljitiladi.
Sinfxonalarda yorug`lik asosan chap tomondan tushadi. Bu yozuv
jarayonida bolalarga qulaylik tug`dirib, yozuv jarayonini osonlashtiradi.
Chapaqaylar uchun esa bu holat noqulaylik tug`diradi. Yorug`lik chapdan
tushishi sababli ularning qo`llari yorug`likni to`sib qo`yadi. Mazkur muammoni
hal qilish uchun chapaqay bolani partaning chap tomonida – deraza tarafida
o`tirg`izish kerak, xolos.
Chapaqay bolani yozuvga o`rgatishda ruchka ushlash ham katta ahamiyat
kasb etadi:
Chapaqay ruchkaning uchidan uch-to`rt santimetr yuqoridan ushlab
yozishi kerak;
Ruchkani ikkita barmoq bilan – ko`rsatgich va katta barmoq bilan
ushlab, o`rta barmoq yostiqchasiga qo`yish lozim. O`ngqo`llilardan farqli
ravishda chapaqay bolaning ko`rsatgich barmog`i rost turishi lozim. Daftar
qatorini to`smaslik uchun.
Na faqat ota-onalar, balki pedagoglarning ham eng ko`p va ommalashgan
xatolari shundaki, ular chapaqaylarni ham o`ngqo`llilar kabi harflarni o`ng
tomonga qiya qilib yozishga majbur qiladilar. Bu ishni qilish qat`iyan man
etiladi, chunki chapaqay bola uchun harflarni to`g`ri yozish osonroqdir. Bundan
tashqari chapaqay bola harflarni bir biriga tutashib yozolmaydi, uni bunga
majburlash shart emas.
Chapaqay bolani qanday qilib to`g`ri va ortiqcha asabiylashmasdan
yozishga o`rgatish mumkin? Chapaqaylar asosan disgragiyaga moyil
bo`lishadi. Shu bois pedagoglar va metodistlarning barcha metod va harakatlari
quyidagilarga qaratilishi lozim:
1.
Oyna aksi ko`rinishida yozish:
2.
Qayerdan to`g`ri yozishni bilmaslik;
3.
Xatdan pastda va yuqorida qarab chiqib ketishga moyillik;
4.
Harflarni ketma-ket yozish talabining tez-tez buzilishi;
5.
Harflarni tashlab ketish yo ortiqcha harf yozish.
Chap qo’l bilan yozadigan bolaga alohida e’tibor berish lozim.
1. Chap qo’l bilan yozadishan bola yozuvga o’rgatishning boshlang’ich
bosqichida maxsus yordamga muhtoj bo’ladi:
- yozuv yo’nalishiga maxsus diqqat berish kerak: chapdan o’ngga;
- har bir harf unsurini yozishda nihoyatda ehtiyotkor bo’lish lozim;
- harakatni bir necha marotiba sekinlashtirib yozish lozim;
-
bolaga har bir qoidani bir necha marotiba ayttirish lozim, to ki u har
bir harakatni yaxshilab anglab olsin;
- hamma mashqlarni sekinlashtirilgan sur’atda bajarish kerak.
2. Chap qo’l bilan yozadigan bolaning gavdasi yozuv uchun juda qulay
bo’lishi lozim.
- ruchka bilan qo’l bir chiziqda bo’lishi lozim;
- bu holatda qo’l va yozuv bir chiziqda joylashishi kerak;
- chap qo’l bilan yozadigan bola uchun yozuv jarayonida ruchkaning
holati katta ahamiyatga ega. Chap qo’l bilan yozadigan bola o’ng qo’l bilan
yozadigan bolaga nisbatan ruchkani balandroq ushlashi lozim, pero (pasta)ning
uchidan taxminan 4 sm masofada.
- o’ng qo’l bilan daftar ushlab turiladi va kerak bo’lganda yuqori yo
pastga harakatlantiriladi;
- yorug’lik rostdan tushishi lozim.
1- rasm. Rost qo’lda yozadigan bolaning yozish jarayonidagi holati
2- rasm. Chap qo’lda yozadigan bolaning yozish jarayonidagi holati
3- rasm. Yozuv jarayonidagi daftar holati:
A – rost qo’lda yozadigan bola uchun
B – chap qo’lda yozadigan bola uchun.
4- rasm. Ruchkaning yozuv jarayonidagi to’g’ri (A) va noto’g’ri (B)
holati