Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

683,7 KB


 
 
 
 
 
 
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari 
 
 
Reja: 
1. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari. 
2. Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish. 
3. Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. 
4. Alifbe davrida yozuv texnikasini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari.
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari Reja: 1. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari. 2. Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish. 3. Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. 4. Alifbe davrida yozuv texnikasini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari.
 
 
 
 
Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. 
Boshlang’ich sinflarda harflarning shaklini to’g’ri yozishga o’rgatish 
o’qituvchidan ham, o’quvchilardan ham ko’p mehnat talab etadi. O’quvchi har 
bir harfning tuzilishini, yozilishini ko’rishi va tasavvur hosil qila olishi lozim. 
O’qituvchi esa o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni 
aniqlashi va uni tuzatish yo’llarini belgilashi kerak. 
 
O’quvchilar tomonidan ham, o’qituvchi tomonidan ham har bir harf aniq 
yozilishiga erishish, buning uchun ko’p mashq qilish kerak bo’ladi. Dastlab 
yozish sur’ati sekin bo’ladi, keyinchalik o’quvchilar harflarning yozilish 
shaklini yaxshi o’zlashtirib olganlaridan so’ng yozuvning tezligi ortib boradi. 
 
Harflarning shaklini tushuntirishda dastlab doskaga yozib ko’rsatish juda 
muhimdir. Buning uchun o’qituvchining o’zi yaxshi yoza oladigan bo’lishi 
kerak. Agar o’qituvchi bir harfni bir safar boshqa shaklda, ikkinchi safar yana 
bir shaklda yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ikkilanib qoladilar va xatoga yo’l 
qo’yadilar. 
 
O’quvchi to’g’ri yoki noto’g’ri yozilgan harflarni bir-biridan ajrata olishi, 
ulardagi asosiy kamchiliklar nimadan iborat ekanligini ko’rsata olishi lozim. 
Shuning uchun ham o’quvchilarda harfning shaklini analitik ko’rish malakasini 
o’stirish talab etiladi. Analitik ko’rish malakasi faqat to’g’ri va noto’g’ri 
yozilgan harflarni solishtirish orqali o’stirib boriladi. 
 
O’qituvchi o’rgatmoqchi bo’lgan harfning shaklini va yozilish tartibini 
doskada ko’rsatib bergandan so’ng o’quvchilarga 2-3 qator mustaqil yozishga 
ruxsat etishi mumkin. Bu vaqt ichida o’qituvchi sinfni aylanib, o’quvchilarning 
yozuvini tekshirib chiqishi va xato yozayotgan o’quvchilarning yozuvlaridan 
bittasini namuna uchun tanlab olib, doskada o’quvchi qanday xato yozgan 
bo’lsa, o’qituvchi ham shunday shaklda yozib ko’rsatadi. 
 
Agar o’quvchilar o’z o’rtoqlarining yo’l qo’ygan xatosini ko’rsalar, shu 
ondayoq qo’l ko’tarib, uni tuzatishga harakat qiladilar. Agar o’quvchi harfni 
juda ham noto’g’ri yozgan bo’lsa, o’quvchilar taajjublanadilar va unga tanqidiy 
nazar bilan qaraydilar. Shunday tanqidiy munosabatning o’zi ko’p xatolarning 
oldini olishga yordam beradi. Bunday noto’g’ri yozilgan harflarni doskada
Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. Boshlang’ich sinflarda harflarning shaklini to’g’ri yozishga o’rgatish o’qituvchidan ham, o’quvchilardan ham ko’p mehnat talab etadi. O’quvchi har bir harfning tuzilishini, yozilishini ko’rishi va tasavvur hosil qila olishi lozim. O’qituvchi esa o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlashi va uni tuzatish yo’llarini belgilashi kerak. O’quvchilar tomonidan ham, o’qituvchi tomonidan ham har bir harf aniq yozilishiga erishish, buning uchun ko’p mashq qilish kerak bo’ladi. Dastlab yozish sur’ati sekin bo’ladi, keyinchalik o’quvchilar harflarning yozilish shaklini yaxshi o’zlashtirib olganlaridan so’ng yozuvning tezligi ortib boradi. Harflarning shaklini tushuntirishda dastlab doskaga yozib ko’rsatish juda muhimdir. Buning uchun o’qituvchining o’zi yaxshi yoza oladigan bo’lishi kerak. Agar o’qituvchi bir harfni bir safar boshqa shaklda, ikkinchi safar yana bir shaklda yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ikkilanib qoladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. O’quvchi to’g’ri yoki noto’g’ri yozilgan harflarni bir-biridan ajrata olishi, ulardagi asosiy kamchiliklar nimadan iborat ekanligini ko’rsata olishi lozim. Shuning uchun ham o’quvchilarda harfning shaklini analitik ko’rish malakasini o’stirish talab etiladi. Analitik ko’rish malakasi faqat to’g’ri va noto’g’ri yozilgan harflarni solishtirish orqali o’stirib boriladi. O’qituvchi o’rgatmoqchi bo’lgan harfning shaklini va yozilish tartibini doskada ko’rsatib bergandan so’ng o’quvchilarga 2-3 qator mustaqil yozishga ruxsat etishi mumkin. Bu vaqt ichida o’qituvchi sinfni aylanib, o’quvchilarning yozuvini tekshirib chiqishi va xato yozayotgan o’quvchilarning yozuvlaridan bittasini namuna uchun tanlab olib, doskada o’quvchi qanday xato yozgan bo’lsa, o’qituvchi ham shunday shaklda yozib ko’rsatadi. Agar o’quvchilar o’z o’rtoqlarining yo’l qo’ygan xatosini ko’rsalar, shu ondayoq qo’l ko’tarib, uni tuzatishga harakat qiladilar. Agar o’quvchi harfni juda ham noto’g’ri yozgan bo’lsa, o’quvchilar taajjublanadilar va unga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Shunday tanqidiy munosabatning o’zi ko’p xatolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday noto’g’ri yozilgan harflarni doskada
 
 
yozib ko’rsatish orqali tahlil qilish maqsadga muvofiqdir, chunki uni hamma 
o’quvchilar kuzatib turadilar. Masalan, qoidaga mos qilib yozilgan kichik «m» 
harfi bilan noto’g’ri yozilgan kichik «m» harfini doskada quyidagicha yonma-
yon ko’rsatish mumkin. 
 
Kichik «m» harfini yozishda yo’l qo’yilgan asosiy kamchilik nimadan 
iborat ekanligini o’qituvchi o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar javob 
beradilar. (Uchinchi osti ilmoqli tayoqcha shaklidagi elementi ikkinchi kichik 
tayoqcha shaklidagi elementdan kichik bo’lib qolgan). Aslida esa ular barobar 
bo’lishi kerak edi. 
 
Shundan so’ng o’qituvchi yana shunga o’xshash ikkinchi bir xatoga yo’l 
qo’yib yozilgan kichik «m» harfini ko’rsatishi mumkin. 
 
O’quvchilar darrov uning ham xatosini aytib beradilar. (Birinchi boshlash 
elementi uzun bo’lib ketgan.) Harflardagi kamchiliklar tahlil qilib bo’lingandan 
so’ng doskadagi noto’g’ri yozilgan harflarni o’chirib tashlab, to’g’ri yozish 
qoidalari eslatib o’tiladi va yuqoridagi kabi kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik 
uqtiriladi. Bunday to’g’ri va noto’g’ri yozilgan harflarni taqqoslash orqali 
o’quvchilar shunday xulosaga keladilar: to’g’ri yozilayotgan harflarning 
elementlari bir xil qiyalikda bo’lishi hamda ular orasidagi masofa bir xilda 
saqlanishini bilib oladilar. 
 
Qoida bo’yicha o’quvchilar harflarni elementlarga ajratib yozmasalar ham, 
har bir harfning qanday elementlardan tuzilganini, yozayotganda peroni qaysi 
tomonga harakat qildirishni, qayerda burilish bo’lishini, qaysi elementi qanday 
qiyalikda yozilishini yaxshi bilishlari kerak. Bu esa o’quvchilarga harflarning 
shaklini yana ham chuqurroq o’zlashtirib olishga katta yordam beradi. 
 I sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, bir 
necha xil vazifani o’z ichiga oladi: bolalar o’qituvchining so’zini tinglaydilar, 
doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, ayrim matnlarni ko’chirib 
yozadilar, so’z va bo’g’inlarni tahlil qiladilar va hokazo. 
 
Har bir yozuv mashg’ulotini boshlashdan oldin hamda butun dars 
jarayonida ham o’quvchilarga to’g’ri o’tirish qoidalarini eslatib turish 
maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo’li sinfga 
to’g’ri o’tirish qoidalari ko’rsatilgan plakatlarni osib qo’yishdir.
yozib ko’rsatish orqali tahlil qilish maqsadga muvofiqdir, chunki uni hamma o’quvchilar kuzatib turadilar. Masalan, qoidaga mos qilib yozilgan kichik «m» harfi bilan noto’g’ri yozilgan kichik «m» harfini doskada quyidagicha yonma- yon ko’rsatish mumkin. Kichik «m» harfini yozishda yo’l qo’yilgan asosiy kamchilik nimadan iborat ekanligini o’qituvchi o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar javob beradilar. (Uchinchi osti ilmoqli tayoqcha shaklidagi elementi ikkinchi kichik tayoqcha shaklidagi elementdan kichik bo’lib qolgan). Aslida esa ular barobar bo’lishi kerak edi. Shundan so’ng o’qituvchi yana shunga o’xshash ikkinchi bir xatoga yo’l qo’yib yozilgan kichik «m» harfini ko’rsatishi mumkin. O’quvchilar darrov uning ham xatosini aytib beradilar. (Birinchi boshlash elementi uzun bo’lib ketgan.) Harflardagi kamchiliklar tahlil qilib bo’lingandan so’ng doskadagi noto’g’ri yozilgan harflarni o’chirib tashlab, to’g’ri yozish qoidalari eslatib o’tiladi va yuqoridagi kabi kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uqtiriladi. Bunday to’g’ri va noto’g’ri yozilgan harflarni taqqoslash orqali o’quvchilar shunday xulosaga keladilar: to’g’ri yozilayotgan harflarning elementlari bir xil qiyalikda bo’lishi hamda ular orasidagi masofa bir xilda saqlanishini bilib oladilar. Qoida bo’yicha o’quvchilar harflarni elementlarga ajratib yozmasalar ham, har bir harfning qanday elementlardan tuzilganini, yozayotganda peroni qaysi tomonga harakat qildirishni, qayerda burilish bo’lishini, qaysi elementi qanday qiyalikda yozilishini yaxshi bilishlari kerak. Bu esa o’quvchilarga harflarning shaklini yana ham chuqurroq o’zlashtirib olishga katta yordam beradi. I sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, bir necha xil vazifani o’z ichiga oladi: bolalar o’qituvchining so’zini tinglaydilar, doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, ayrim matnlarni ko’chirib yozadilar, so’z va bo’g’inlarni tahlil qiladilar va hokazo. Har bir yozuv mashg’ulotini boshlashdan oldin hamda butun dars jarayonida ham o’quvchilarga to’g’ri o’tirish qoidalarini eslatib turish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo’li sinfga to’g’ri o’tirish qoidalari ko’rsatilgan plakatlarni osib qo’yishdir.
 
 
 
O’quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish va muhabbat 
uyg’otish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi chiroyli yozishi lozim. 
 
I sinfda o’qish darslarida o’quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan 
tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi 
o’stiriladi. Shu kabi yozuv darsining ham ayrim spetsifik xususiyati bor. 
Masalan, agar o’quvchilar o’qish darsida «Alifbe» kitobidagi tayyor bosma 
harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko’rinmaydi. Har bir harf va 
uning elementini o’quvchining o’zi namunaga qarab yozadi. 
 
Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o’rgatish o’z navbatida quyidagi 
kabi qator tushunchalarni bilishni talab etadi: baland-past, bir xil, keng-tor, 
yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o’rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq, teng, teng 
bo’lmagan masofa, to’g’ri-qiya, chapga-o’ngga. 
 
O’qituvchi yozuv malakasiga o’rgatishga boshlashdan oldin o’quvchilar 
bilan yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. 
Bu o’quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini yaxshi tushunishlariga 
katta yordam beradi. 
 
I sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo’lgan davrni 
birmuncha uzaytirish mumkin. (»Alifbe» kitobida esa bu davr uchun 6-7 kun 
berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o’qish darsi o’rtasida birmuncha 
farq bo’lishi mumkin, bundan cho’chimaslik kerak, chunki bu vaqtda 
o’quvchilar so’z va harflarni o’tilgan materiallar asosida yozib o’rganadilar. 
Keyinchalik esa o’qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog’langan holda 
davom etadi. 
 
O’qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari asosan og’zaki 
nutqni o’stirishga qaratiladi. Ammo butun dars davomida og’zaki nutq bilan 
shug’ullanish bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun bu 
darslarning ma’lum qismini og’zaki nutqini o’stirishga, ma’lum qismini esa 
yozuv mashqlari uchun sarflash kerak. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik 
mashqlarini tashkil etishning ahamiyati katta. 
 
I sinf o’quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to’g’ri olib borish uchun 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak.
O’quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish va muhabbat uyg’otish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi chiroyli yozishi lozim. I sinfda o’qish darslarida o’quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi o’stiriladi. Shu kabi yozuv darsining ham ayrim spetsifik xususiyati bor. Masalan, agar o’quvchilar o’qish darsida «Alifbe» kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko’rinmaydi. Har bir harf va uning elementini o’quvchining o’zi namunaga qarab yozadi. Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o’rgatish o’z navbatida quyidagi kabi qator tushunchalarni bilishni talab etadi: baland-past, bir xil, keng-tor, yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o’rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq, teng, teng bo’lmagan masofa, to’g’ri-qiya, chapga-o’ngga. O’qituvchi yozuv malakasiga o’rgatishga boshlashdan oldin o’quvchilar bilan yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o’quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini yaxshi tushunishlariga katta yordam beradi. I sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo’lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin. (»Alifbe» kitobida esa bu davr uchun 6-7 kun berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o’qish darsi o’rtasida birmuncha farq bo’lishi mumkin, bundan cho’chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o’quvchilar so’z va harflarni o’tilgan materiallar asosida yozib o’rganadilar. Keyinchalik esa o’qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog’langan holda davom etadi. O’qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari asosan og’zaki nutqni o’stirishga qaratiladi. Ammo butun dars davomida og’zaki nutq bilan shug’ullanish bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun bu darslarning ma’lum qismini og’zaki nutqini o’stirishga, ma’lum qismini esa yozuv mashqlari uchun sarflash kerak. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etishning ahamiyati katta. I sinf o’quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to’g’ri olib borish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak.
 
 
 
1.Partada to’g’ri o’tirishga, avtoruchkani to’g’ri ushlashga va daftarni 
to’g’ri tutishga o’rgatish. 
 
2.O’quvchilarning husnixatga qiziqishlarini o’stirish. 
 
3.Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o’stiruvchi 
mashqlarni bajartirish. 
 
4.Qo’l va barmoq muskullarining harakatini o’stirish. 
 
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o’quvchilarni qora va rangli 
qalamlar hamda yozuv daftari bilan ta’minlash lozim. O’qituvchining bu davrda 
rangli bo’rlardan foydalanishi yaxshi samaralar beradi. 
 
Tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan mashqlarni ma’lum guruhlarga bo’lib, 
avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. Mashqlarni 
quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
Birinchi guruh mashqlar 
 
Darsning maqsadi. O’quvchilarni daftarning chiziqlari bilan tanishtirish 
va nuqtalarni ko’z bilan chamalab qo’yishga o’rgatish. 
 
Birinchi vazifa. O’quvchilarga barobar masofada nuqtalar qo’yishni 
o’rgatish. 
 
IkkinchI vazifa. O’quvchilarga «barobar masofa», «yaqin», «uzoq» kabi 
tushunchalarni o’rgatish. 
 
Uchinchi vazifa. O’quvchilarni daftarning qiya holati bilan tanishtirish. 
Bolalarga oldin daftarni tik, keyin esa qiya qilib qo’yish topshiriladi. So’ngra 
daftarning qiya va tik holatlari qiyos qilib ko’rsatiladi hamda yozuvning 
qiyaligi daftarga taalluqli ekanligi bolalarga tushuntiriladi. 
 
To’rtinchi vazifa. O’quvchilarning qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi va 
qizil rangli qalam bilan bir qator nuqta qo’yib chiqish topshiriladi. 
 
 
Ikkinchi guruh mashqlar
1.Partada to’g’ri o’tirishga, avtoruchkani to’g’ri ushlashga va daftarni to’g’ri tutishga o’rgatish. 2.O’quvchilarning husnixatga qiziqishlarini o’stirish. 3.Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o’stiruvchi mashqlarni bajartirish. 4.Qo’l va barmoq muskullarining harakatini o’stirish. Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o’quvchilarni qora va rangli qalamlar hamda yozuv daftari bilan ta’minlash lozim. O’qituvchining bu davrda rangli bo’rlardan foydalanishi yaxshi samaralar beradi. Tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan mashqlarni ma’lum guruhlarga bo’lib, avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. Mashqlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: Birinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. O’quvchilarni daftarning chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalarni ko’z bilan chamalab qo’yishga o’rgatish. Birinchi vazifa. O’quvchilarga barobar masofada nuqtalar qo’yishni o’rgatish. IkkinchI vazifa. O’quvchilarga «barobar masofa», «yaqin», «uzoq» kabi tushunchalarni o’rgatish. Uchinchi vazifa. O’quvchilarni daftarning qiya holati bilan tanishtirish. Bolalarga oldin daftarni tik, keyin esa qiya qilib qo’yish topshiriladi. So’ngra daftarning qiya va tik holatlari qiyos qilib ko’rsatiladi hamda yozuvning qiyaligi daftarga taalluqli ekanligi bolalarga tushuntiriladi. To’rtinchi vazifa. O’quvchilarning qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi va qizil rangli qalam bilan bir qator nuqta qo’yib chiqish topshiriladi. Ikkinchi guruh mashqlar
 
 
 
Darsning maqsadi. Chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko’rsatish 
hamda chiziqlar orasidagi masofani to’g’ri topishga o’rgatish. 
 
Birinchi vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasiga qiya 
tayoqchalar chizishni mashq qildirish. 
 
O’qituvchi bu mashqni doskada namuna tarzida ko’rsatib, beradi. 
O’quvchilar esa qizil rangli qalam bilan qiya tayoqchalarni chizadilar. 
O’quvchilar bir qator yozib bo’lganlaridan so’ng ular tekshirib chiqiladi va 
tahlil qilinadi. (Tayoqchalarning bo’yi va qiyaligi, ular orasidagi masofa bir 
xilmi?) Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini tekshirish uchun ularning 
o’rtasiga ko’k rangdagi qalam bilan nuqtalar qo’ydiriladi. 
 
 
Agar nuqtalar barobar masofada bo’lsa, o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan, 
nuqtalar barobar masofada bo’lmasa, o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi. 
Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish lozim. 
 
 
Uchinchi guruh mashqlar 
 
Darsning maqsadi. O’quvchilarga «baland», «yuqori» va «past» 
tushunchalarni anglatish. Chiziqlar orasini to’g’ri topishga o’ragatish. 
 
Birinchi vazifa. Har xil balandlikdagi qiya tayoqchalarni yozdirish. 
O’qituvchi doskada daftarning yuqori chizig’idan pastki chizig’igacha uzun 
tayoqchalar tushirishni, tayoqchalarning teng o’rtasini topib, nuqta qo’yishni 
aytadi; uzun tayoqchaning yarmidan, ya’ni nuqta qo’yilgan eridan uning yoniga 
kichik qiya tayoqcha chizishni topshiradi. Uzun tayoqchalarning o’rtasiga 
qo’yilgan kichik tayoqcha gorizontal chiziq bilan bog’lanadi.
Darsning maqsadi. Chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko’rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to’g’ri topishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasiga qiya tayoqchalar chizishni mashq qildirish. O’qituvchi bu mashqni doskada namuna tarzida ko’rsatib, beradi. O’quvchilar esa qizil rangli qalam bilan qiya tayoqchalarni chizadilar. O’quvchilar bir qator yozib bo’lganlaridan so’ng ular tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. (Tayoqchalarning bo’yi va qiyaligi, ular orasidagi masofa bir xilmi?) Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini tekshirish uchun ularning o’rtasiga ko’k rangdagi qalam bilan nuqtalar qo’ydiriladi. Agar nuqtalar barobar masofada bo’lsa, o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan, nuqtalar barobar masofada bo’lmasa, o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi. Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish lozim. Uchinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. O’quvchilarga «baland», «yuqori» va «past» tushunchalarni anglatish. Chiziqlar orasini to’g’ri topishga o’ragatish. Birinchi vazifa. Har xil balandlikdagi qiya tayoqchalarni yozdirish. O’qituvchi doskada daftarning yuqori chizig’idan pastki chizig’igacha uzun tayoqchalar tushirishni, tayoqchalarning teng o’rtasini topib, nuqta qo’yishni aytadi; uzun tayoqchaning yarmidan, ya’ni nuqta qo’yilgan eridan uning yoniga kichik qiya tayoqcha chizishni topshiradi. Uzun tayoqchalarning o’rtasiga qo’yilgan kichik tayoqcha gorizontal chiziq bilan bog’lanadi.
 
 
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko’rsatib beriladi. 
Shundan so’ng o’quvchilar vazifani bajarishga kirishadi. 
 
To’rtinchi guruh mashqlar 
 
Darsning maqsadi. Har xil shaklga va qiyaliklarga ega bo’lgan 
chiziqlarning unsurlarini yozishga o’rgatish. 
 
Birinchi vazifa. Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo’laklarga bo’lib, 
ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o’rgatish. (Bu chiziqlar jigar 
rang qalam bilan chizdiriladi). 
 
Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi masofaning 
tengligi tekshirilib chiqilgandan so’ng zangori rang qalam bilan har xil 
qiyalikka ega bo’lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa daraxti 
shakliga o’xshash chiziqlar hosil bo’ladi. 
 
 
O’quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofalarni chamalashga va 
qiyaliklarni to’g’ri saqlashga o’rganadilar. 
 
Beshinchi guruh mashqlar 
 
Darsning maqsadi. O’quvchilarga «keng» va «tor» tushunchasini 
anglatish; osti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishga o’rgatish. 
 
Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli 
qalamda bajarish. Masalan, 3 ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko’k 
rangda bajarilsa, o’quvchilarning qiziqishlari ortadi. 
 
Ikkinchi vazifa. O’tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan osti 
ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko’rsatish. (Osti ilmoqli 
tayoqcha elementining to’g’ri yozilishi ko’rsatib o’tiladi, chunki bu element 
kichik harflarning yozilishida ko’p uchraydi.) O’quvchilarga bu qoidalar
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko’rsatib beriladi. Shundan so’ng o’quvchilar vazifani bajarishga kirishadi. To’rtinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Har xil shaklga va qiyaliklarga ega bo’lgan chiziqlarning unsurlarini yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo’laklarga bo’lib, ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o’rgatish. (Bu chiziqlar jigar rang qalam bilan chizdiriladi). Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi masofaning tengligi tekshirilib chiqilgandan so’ng zangori rang qalam bilan har xil qiyalikka ega bo’lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa daraxti shakliga o’xshash chiziqlar hosil bo’ladi. O’quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofalarni chamalashga va qiyaliklarni to’g’ri saqlashga o’rganadilar. Beshinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. O’quvchilarga «keng» va «tor» tushunchasini anglatish; osti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli qalamda bajarish. Masalan, 3 ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko’k rangda bajarilsa, o’quvchilarning qiziqishlari ortadi. Ikkinchi vazifa. O’tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan osti ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko’rsatish. (Osti ilmoqli tayoqcha elementining to’g’ri yozilishi ko’rsatib o’tiladi, chunki bu element kichik harflarning yozilishida ko’p uchraydi.) O’quvchilarga bu qoidalar
 
 
tushuntirilgandan so’ng bir qator oralatib, bitta kichik to’g’ri tayoqcha va bitta 
osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi. 
 
 
 
Oltinchi guruh mashqlar. 
Darsning maqsadi. Cho’zinchoq doira shaklini yozishga o’rgatish. 
Birinchi vazifa. Cho’zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda uni aylana 
bilan qiyos qilib ko’rsatish . 
O’qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho’zinchoq doira shaklini 
yozib, ularni solishtirib ko’rsatadi; 
 
 Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi: aylana - bu koptok yoki  
tarvuzga, cho’zinchoq doira esa olxo’ri yoki qovun shakliga o’xshaydi. So’ng 
o’qituvchi cho’zinchoq doirani tik va qiya holatda yozib ko’rsatadi. 
O’quvchilar uni solishtirib ko’radilar: biri tik holatda, ikkinchi esa bir tomonga 
qiya qilib yozilgan. 
 O’qituvchi cho’zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga qiya 
qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O’quvchilar uning yozilishini bir necha 
marta havoda bajaradilar, so’ngra yozishga ruxsat etiladi. O’qituvchi 
cho’zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan barobar yozilishini 
eslatadi. O’quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha va bitta cho’zinchoq 
doira shaklini almashtirib yozadilar.  
 
 
Cho’zinchoq doira shaklining orasiga qo’yilgan bu kichik tayoqchalar 
uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi.
tushuntirilgandan so’ng bir qator oralatib, bitta kichik to’g’ri tayoqcha va bitta osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi. Oltinchi guruh mashqlar. Darsning maqsadi. Cho’zinchoq doira shaklini yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Cho’zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda uni aylana bilan qiyos qilib ko’rsatish . O’qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho’zinchoq doira shaklini yozib, ularni solishtirib ko’rsatadi; Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi: aylana - bu koptok yoki tarvuzga, cho’zinchoq doira esa olxo’ri yoki qovun shakliga o’xshaydi. So’ng o’qituvchi cho’zinchoq doirani tik va qiya holatda yozib ko’rsatadi. O’quvchilar uni solishtirib ko’radilar: biri tik holatda, ikkinchi esa bir tomonga qiya qilib yozilgan. O’qituvchi cho’zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga qiya qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O’quvchilar uning yozilishini bir necha marta havoda bajaradilar, so’ngra yozishga ruxsat etiladi. O’qituvchi cho’zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan barobar yozilishini eslatadi. O’quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha va bitta cho’zinchoq doira shaklini almashtirib yozadilar. Cho’zinchoq doira shaklining orasiga qo’yilgan bu kichik tayoqchalar uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi.
 
 
Yettinchi guruh mashqlar 
 
Darsning maqsadi. Kichik harf elementlarining qo’shib yozilishini hamda 
ularning orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. 
 
Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini mashq qildirish 
hamda ularni bir-biriga qo’shib yozishga o’rgatish. 
 
 
Bu vazifaning to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilganini mashqni bajarib 
bo’lgandan so’ng ikkita element o’rtasidagi bo’shliqqa boshqa rangli qalam 
bilan nuqta qo’ydirish orqali ham bilish mumkin. 
 
 
Agar o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta harf elementlari 
orasiga to’g’ri joylashadi, aksincha, noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, nuqta uchun joy 
topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan xatoning 
oldini olishning birdan-bir to’g’ri yo’lidir. 
  
  
Sakkizinchi guruh mashqlar 
Darsning maqsadi. «Uzunchoq» va «kaltaroq» tushunchasini anglatish. 
Birinchi vazifa. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha elementlarini 
yozib ko’rsatish.  
 
Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O’quvchilar bu 
tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri qisqa ekanini solishtirib ko’radilar. 
To’qqizinchi guruh mashqlar 
Darsning maqsadi. Harf elementlarini bir qatorga to’g’ri joylashtirishga 
o’rgatish.
Yettinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Kichik harf elementlarining qo’shib yozilishini hamda ularning orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini mashq qildirish hamda ularni bir-biriga qo’shib yozishga o’rgatish. Bu vazifaning to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilganini mashqni bajarib bo’lgandan so’ng ikkita element o’rtasidagi bo’shliqqa boshqa rangli qalam bilan nuqta qo’ydirish orqali ham bilish mumkin. Agar o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta harf elementlari orasiga to’g’ri joylashadi, aksincha, noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, nuqta uchun joy topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan xatoning oldini olishning birdan-bir to’g’ri yo’lidir. Sakkizinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. «Uzunchoq» va «kaltaroq» tushunchasini anglatish. Birinchi vazifa. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha elementlarini yozib ko’rsatish. Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O’quvchilar bu tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri qisqa ekanini solishtirib ko’radilar. To’qqizinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Harf elementlarini bir qatorga to’g’ri joylashtirishga o’rgatish.
 
 
Birinchi vazifa. O’quvchilarga bir qator cho’zinchoq doira shaklini 
yozib mashq qildirish. 
Ikkinchi vazifa. O’quvchilarga zangori qalam bilan cho’zinchoq doira 
ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir 
tayoqcha bargning o’rta qismi, ya’ni uning tomirlari vazifasini bajaradi. 
Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi  
Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o’quvchilarni avtoruchka 
bilan yozishga tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida 
o’quvchilar yozuvga taalluqli bo’lgan hamma malakalarni to’liq hosil qildilar 
deb bo’lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarini 
o’rgatish davrida ham olib borish mumkin, masalan, kichik u harfini 
yozdirishga o’rgatishda uning ikkinchi osti tugunchakli elementining 
bog’lanishida qiynalishlari mumkin.  
Yuqorida ko’rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo’lmay o’qituvchi 
o’quvchilarning kuchiga qarab bir oz soddalashtirishi yoki, aksincha, 
murakkabroq qilib olishi mumkin. 
Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo’shib berilgan: 
bunday ishlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga yordam 
beradi.  
Sinfda husnixat mashqlari o’qituvchi tomonidan doskada yozib ham 
ko’rsatiladi. 
 Alifbe 
davrida 
yozuv 
texnikasini 
o’rgatishning 
o’ziga 
xos 
xususiyatlari. 
O’quvchilar tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo’lishlariga 
qaramay, o’qituvchi navbatdagi darsni e’lon qilish bilan birga yozuv 
asboblarini qayta tekshirib chiqishi lozim. Shu bilan birga, quyidagi vazifalarni 
bajarishni maqsad qilib qo’yishi lozim: 
1. Barmoq va qo’l muskullari harakatini o’stiruvchi gimnastik mashqlar 
o’tkazish. 
2. Doskaga mashqni yozib ko’rsatish va asosiy e’tiborni nimaga jalb 
etishni tushuntirish. (Ayrim o’quvchilar harfni qanday yozishni so’zlab 
berishlari ham mumkin)
Birinchi vazifa. O’quvchilarga bir qator cho’zinchoq doira shaklini yozib mashq qildirish. Ikkinchi vazifa. O’quvchilarga zangori qalam bilan cho’zinchoq doira ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir tayoqcha bargning o’rta qismi, ya’ni uning tomirlari vazifasini bajaradi. Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o’quvchilarni avtoruchka bilan yozishga tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida o’quvchilar yozuvga taalluqli bo’lgan hamma malakalarni to’liq hosil qildilar deb bo’lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarini o’rgatish davrida ham olib borish mumkin, masalan, kichik u harfini yozdirishga o’rgatishda uning ikkinchi osti tugunchakli elementining bog’lanishida qiynalishlari mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo’lmay o’qituvchi o’quvchilarning kuchiga qarab bir oz soddalashtirishi yoki, aksincha, murakkabroq qilib olishi mumkin. Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo’shib berilgan: bunday ishlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi. Sinfda husnixat mashqlari o’qituvchi tomonidan doskada yozib ham ko’rsatiladi. Alifbe davrida yozuv texnikasini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari. O’quvchilar tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo’lishlariga qaramay, o’qituvchi navbatdagi darsni e’lon qilish bilan birga yozuv asboblarini qayta tekshirib chiqishi lozim. Shu bilan birga, quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yishi lozim: 1. Barmoq va qo’l muskullari harakatini o’stiruvchi gimnastik mashqlar o’tkazish. 2. Doskaga mashqni yozib ko’rsatish va asosiy e’tiborni nimaga jalb etishni tushuntirish. (Ayrim o’quvchilar harfni qanday yozishni so’zlab berishlari ham mumkin)
 
 
3. Daftardan foydalanishni, yozuvni qayerdan boshlashni tushuntirish. 
4. Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri tutish 
qoidalarini eslatib o’tish. 
5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o’quvchilarning 
yozuvini muntazam kuzatib borish. 
6. Ishning birinchi qismi tugallangandan so’ng (o’qituvchining savoliga 
qarab) bajargan yozuvlarini doskadagi namuna bilan solishtirib ko’rishga va 
yo’l qo’ygan xatolarini topishga o’rgatish. 
7. Vazifani qayta tushuntirish orqali o’quvchilardagi kamchiliklarni 
yo’qotish. 
8. Jismoniy mashq daqiqalari o’tkazish. (Jismoniy mashq daqiqalarini 
o’tkazish uchun mashqlar namunasi 1 bobda berilgan.) 
9. Yangi mashqni tushuntirish, dasrlikning qaysi beti, qachon va necha 
qator yozish kerakligini belgilab qo’yish. 
10. Ko’z bilan daftar orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. 
11. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish, zarur bo’lsa, qo’shimcha 
ko’rsatmalar berish. 
12. O’quvchilarga bajariladigan vazifalarni aniq ko’rsatish. 
Bu davrda o’quvchilarni asta-sekin «husnixat» daftaridan to’g’ri 
foydalanishga o’rgatib borish zarur. O’qituvchining ko’rsatmasiga binoan 
o’quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha 
bo’lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini bir xil balandlikda, 
qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratish talab etiladi. 
Ko’chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf elementlari emas, balki 
alohida guruhlar beriladi. 
Alifbegacha bo’lgan davrda bu talablarning amalga oshirilishi alifbe 
davrida darsni yanad samaraliroq olib borish uchun imkoniyat yaratadi. 
Alifbe davrida o’quvchilar nutq tovushlari bilan tanishadilar, so’z 
tuzishga, so’z va gaplarni o’qishga hamda ayrim elementlar, harflar, o’tilgan 
harflar ishtirokida so’z va gaplar yozish ham o’rgatiladi. Alifbe davrida 
bolalarni yozishga o’rgatish juda muhimdir. Bu davrda o’quvchilarga harf va 
uning elementlari «Alifbe» daftarida ko’rsatilgan tartibda o’rgatiladi.
3. Daftardan foydalanishni, yozuvni qayerdan boshlashni tushuntirish. 4. Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri tutish qoidalarini eslatib o’tish. 5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o’quvchilarning yozuvini muntazam kuzatib borish. 6. Ishning birinchi qismi tugallangandan so’ng (o’qituvchining savoliga qarab) bajargan yozuvlarini doskadagi namuna bilan solishtirib ko’rishga va yo’l qo’ygan xatolarini topishga o’rgatish. 7. Vazifani qayta tushuntirish orqali o’quvchilardagi kamchiliklarni yo’qotish. 8. Jismoniy mashq daqiqalari o’tkazish. (Jismoniy mashq daqiqalarini o’tkazish uchun mashqlar namunasi 1 bobda berilgan.) 9. Yangi mashqni tushuntirish, dasrlikning qaysi beti, qachon va necha qator yozish kerakligini belgilab qo’yish. 10. Ko’z bilan daftar orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. 11. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish, zarur bo’lsa, qo’shimcha ko’rsatmalar berish. 12. O’quvchilarga bajariladigan vazifalarni aniq ko’rsatish. Bu davrda o’quvchilarni asta-sekin «husnixat» daftaridan to’g’ri foydalanishga o’rgatib borish zarur. O’qituvchining ko’rsatmasiga binoan o’quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha bo’lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini bir xil balandlikda, qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratish talab etiladi. Ko’chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf elementlari emas, balki alohida guruhlar beriladi. Alifbegacha bo’lgan davrda bu talablarning amalga oshirilishi alifbe davrida darsni yanad samaraliroq olib borish uchun imkoniyat yaratadi. Alifbe davrida o’quvchilar nutq tovushlari bilan tanishadilar, so’z tuzishga, so’z va gaplarni o’qishga hamda ayrim elementlar, harflar, o’tilgan harflar ishtirokida so’z va gaplar yozish ham o’rgatiladi. Alifbe davrida bolalarni yozishga o’rgatish juda muhimdir. Bu davrda o’quvchilarga harf va uning elementlari «Alifbe» daftarida ko’rsatilgan tartibda o’rgatiladi.
 
 
O’quvchilarga vaqt-vaqti bilan yozuv gigiyenasi qoidalarini eslatib turish 
lozim. 
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 
1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 
2. Harflarni bo’g’in va so’zlarda qo’shib yozish. 
3. Qo’l harakatini uzmay yozishga o’rgatish. 
4. Harflarning qiyaligini va enini to’g’ri saqlashga o’rgatish. 
O’quvchilar tomonidan harflarning shaklini yozishda ularning yozuvini 
ko’zdan kechirib chiqish, ayrim harflarning elementini noto’g’ri yozayotgan 
o’quvchilarga shu elementning to’g’ri yozilishini ko’rsatib berish lozim. 
O’quvchilarda bu davrda harflarni to’liq yozmaslik, harflarni almashtirib 
yozish kabi xatolar uchraydi. Alifbe davrida (va o’quv yilining 2 yarmida ham) 
o’quvilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo’l bilan tahlil qilish mumkin: 
a) so’z tarkibini aniqlash; 
b) so’zning ma’nosini aniqlash; 
c) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash. 
Shularning hammasini hisobga olgan holda «Husnixat» daftaridagi 
mashqlarni joylanishi «Alifbe» kitobi asosida berilgan.  
Alifbe davrida o’quvchilarni bo’g’inlab yozishga, keyinroq esa so’zlarni 
bir butun qilib yozishga o’rgatish lozim.  
Ayrim o’quvchilar so’zlarni harflarni alohida-alohida yozishga harakat 
qiladilar, bunga aslo yo’l qo’ymaslik lozim, chunki harflarni alohida-alohida 
yozish natijasida ayrim harflarni tushirib qoldiradilar va almashtirib yozadilar. 
Bu davrda o’quvchilarni yoddan yozishga ham o’rgatish lozim. Buning uchun 
quyidagi kabi topshiriqlarni berib borish lozim: matnni o’qib, yozilishiga qara, 
doskaga qaramay yoz, o’qi, namuna bilan solishtirib ko’r.  
Alifbe davrining oxirida ko’pchilik o’quvchilarda yozuv malakasi hosil 
bo’ladi, ammo bu bilan qanoatlanmasdan yozuvga o’rgatish malakasini 
takomillashtirib borish talab etiladi. Quyida kichik r harfining qanday 
o’rgatilishini ko’rsatib o’tamiz. 
Dars mavzusi. Kichik «r» harfini to’g’ri va chiroyli yozishga o’rgatish. 
Darsning borishi.
O’quvchilarga vaqt-vaqti bilan yozuv gigiyenasi qoidalarini eslatib turish lozim. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 2. Harflarni bo’g’in va so’zlarda qo’shib yozish. 3. Qo’l harakatini uzmay yozishga o’rgatish. 4. Harflarning qiyaligini va enini to’g’ri saqlashga o’rgatish. O’quvchilar tomonidan harflarning shaklini yozishda ularning yozuvini ko’zdan kechirib chiqish, ayrim harflarning elementini noto’g’ri yozayotgan o’quvchilarga shu elementning to’g’ri yozilishini ko’rsatib berish lozim. O’quvchilarda bu davrda harflarni to’liq yozmaslik, harflarni almashtirib yozish kabi xatolar uchraydi. Alifbe davrida (va o’quv yilining 2 yarmida ham) o’quvilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo’l bilan tahlil qilish mumkin: a) so’z tarkibini aniqlash; b) so’zning ma’nosini aniqlash; c) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash. Shularning hammasini hisobga olgan holda «Husnixat» daftaridagi mashqlarni joylanishi «Alifbe» kitobi asosida berilgan. Alifbe davrida o’quvchilarni bo’g’inlab yozishga, keyinroq esa so’zlarni bir butun qilib yozishga o’rgatish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zlarni harflarni alohida-alohida yozishga harakat qiladilar, bunga aslo yo’l qo’ymaslik lozim, chunki harflarni alohida-alohida yozish natijasida ayrim harflarni tushirib qoldiradilar va almashtirib yozadilar. Bu davrda o’quvchilarni yoddan yozishga ham o’rgatish lozim. Buning uchun quyidagi kabi topshiriqlarni berib borish lozim: matnni o’qib, yozilishiga qara, doskaga qaramay yoz, o’qi, namuna bilan solishtirib ko’r. Alifbe davrining oxirida ko’pchilik o’quvchilarda yozuv malakasi hosil bo’ladi, ammo bu bilan qanoatlanmasdan yozuvga o’rgatish malakasini takomillashtirib borish talab etiladi. Quyida kichik r harfining qanday o’rgatilishini ko’rsatib o’tamiz. Dars mavzusi. Kichik «r» harfini to’g’ri va chiroyli yozishga o’rgatish. Darsning borishi.
 
 
O’quvchilar, oldingi darsda «Alifbe» kitobidan qaysi tovushni o’tgan 
edik? Shu tovush so’zning o’rtasida, oxirida va boshida kelgan so’zlardan 
ayting (o’quvchilar so’z topadilar). Endi kesma alifbedan kichik r harfini 
toping. Mana bu - kichik r harfining bosma shakli. Endi sizlar bilan harfning 
yozilishini o’rganamiz. (O’qituvchi doskada ko’rsatadi.) Men qaysi tomondan 
boshlab yozyapman va qaysi tomonga qo’limni yo’naltiryapman: shunga qarab 
turing. 
Kichik r harfi ikki elementdan tuzilgan bo’lib, birinchi elementi ikkita 
bir-biriga qo’shilgan to’lqinsimon unsurdan tashkil topgan bo’lib, ikkinchi 
elementi esa osti ilgakli kichik tayoqcha shaklida bo’ladi. Ammo yozayotganda 
har ikki elementini bir-biriga qo’shib yozamiz, bu harfni yozishda qo’l harakati 
uzilmaydi. 
-Qarang, men harfning birinchi unsurini qanday yozaman, daftarning 
o’rta chizig’idan 1,5 mm pastdan boshlab yuqoriga qarab qiya va ilmoqli 
shaklda yozamiz, ikkinchi unsurni yuqori chiziqdan pastga qarab to’g’ri chiziqli 
ilmoq shaklida yozamiz. 
Bu harfni yozishda uning qiyaligiga alohida e’tibor bering. U daftarning 
qiya chizig’iga parallel bo’lsin.  
Avtoruchkani chiziqning ustidan qayta yurgizishda uni yo’g’on qilib 
yubormang, chunki harfning yo’g’onligi bir xil qalinlikda bo’lishi kerak. 
-Qani, o’quvchilar, bu harfni yozishga boshlashdan oldin, yozuv vaqtida 
partada qanday o’tirish lozim ekanligini aytib bering-chi? Oyog’imiz qayerda 
turishi kerak? Gavdani qanday tutamiz? (O’quvchilar javob beradilar.) 
Ruchkani qaysi barmoqlarimiz bilan ushlaymiz? Ko’rsatkich barmog’imiz 
qayerda turadi? Avtoruchkani qanday ushlayotganimizni tekshirib ko’ramiz. 
«Bir» deganda ko’rsatkich barmog’imizni ko’taramiz, «ikki» deganda 
tushiramiz. (O’quvchilar ruchkani ko’targan holda ko’rsatkich barmoqlarini 
ko’rsatadilar). 
Endi daftarimizning to’g’ri turganligini tekshiramiz. Daftarning chetki 
qirralarini partaning ustidagi qiya chiziqqa to’g’rilab olamiz. Harfni yozishga 
boshlaymiz. Siz ham harflarni men daftaringizda ko’rsatgandek qilib bir tekis 
yozing. Bir qatorga 10 tadan ortiq yozmang.
O’quvchilar, oldingi darsda «Alifbe» kitobidan qaysi tovushni o’tgan edik? Shu tovush so’zning o’rtasida, oxirida va boshida kelgan so’zlardan ayting (o’quvchilar so’z topadilar). Endi kesma alifbedan kichik r harfini toping. Mana bu - kichik r harfining bosma shakli. Endi sizlar bilan harfning yozilishini o’rganamiz. (O’qituvchi doskada ko’rsatadi.) Men qaysi tomondan boshlab yozyapman va qaysi tomonga qo’limni yo’naltiryapman: shunga qarab turing. Kichik r harfi ikki elementdan tuzilgan bo’lib, birinchi elementi ikkita bir-biriga qo’shilgan to’lqinsimon unsurdan tashkil topgan bo’lib, ikkinchi elementi esa osti ilgakli kichik tayoqcha shaklida bo’ladi. Ammo yozayotganda har ikki elementini bir-biriga qo’shib yozamiz, bu harfni yozishda qo’l harakati uzilmaydi. -Qarang, men harfning birinchi unsurini qanday yozaman, daftarning o’rta chizig’idan 1,5 mm pastdan boshlab yuqoriga qarab qiya va ilmoqli shaklda yozamiz, ikkinchi unsurni yuqori chiziqdan pastga qarab to’g’ri chiziqli ilmoq shaklida yozamiz. Bu harfni yozishda uning qiyaligiga alohida e’tibor bering. U daftarning qiya chizig’iga parallel bo’lsin. Avtoruchkani chiziqning ustidan qayta yurgizishda uni yo’g’on qilib yubormang, chunki harfning yo’g’onligi bir xil qalinlikda bo’lishi kerak. -Qani, o’quvchilar, bu harfni yozishga boshlashdan oldin, yozuv vaqtida partada qanday o’tirish lozim ekanligini aytib bering-chi? Oyog’imiz qayerda turishi kerak? Gavdani qanday tutamiz? (O’quvchilar javob beradilar.) Ruchkani qaysi barmoqlarimiz bilan ushlaymiz? Ko’rsatkich barmog’imiz qayerda turadi? Avtoruchkani qanday ushlayotganimizni tekshirib ko’ramiz. «Bir» deganda ko’rsatkich barmog’imizni ko’taramiz, «ikki» deganda tushiramiz. (O’quvchilar ruchkani ko’targan holda ko’rsatkich barmoqlarini ko’rsatadilar). Endi daftarimizning to’g’ri turganligini tekshiramiz. Daftarning chetki qirralarini partaning ustidagi qiya chiziqqa to’g’rilab olamiz. Harfni yozishga boshlaymiz. Siz ham harflarni men daftaringizda ko’rsatgandek qilib bir tekis yozing. Bir qatorga 10 tadan ortiq yozmang.