CHOLG’U MUSIQASI.

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

17,0 KB


 
 
 
 
 
 
CHOLG’U MUSIQASI. 
 
 
 Reja: 
1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi . 
2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari.  
3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. 
 
  1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. Agar o’zbek kuylarini 
simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning boshlariga to’g’ri kelsa, 30-
yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini o’ziga olgan qator asarlar 
yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, o’zbek xalq musiqasi kuylari 
materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda Leningrad kompozitorlaridir. 
Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M. Ippolitov-Ivanovning 
“O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning “ Sovet sharqi” (bu 
asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), V. Zolotarevning 
“O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov-Ivanovning syuitasidan 
tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida ahamiyatli o’rin 
egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning ahamiyati 
shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab berdi, 
o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi. 
 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent 
va Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari 
ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish” 
marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon” 
poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan).  
CHOLG’U MUSIQASI. Reja: 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi . 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. 3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. Agar o’zbek kuylarini simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning boshlariga to’g’ri kelsa, 30- yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini o’ziga olgan qator asarlar yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, o’zbek xalq musiqasi kuylari materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda Leningrad kompozitorlaridir. Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M. Ippolitov-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning “ Sovet sharqi” (bu asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), V. Zolotarevning “O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov-Ivanovning syuitasidan tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida ahamiyatli o’rin egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning ahamiyati shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab berdi, o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi. 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent va Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish” marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon” poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan).  
 
 30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan 
nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan 
mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi.  
 1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga 
keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga 
bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni 
yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida 
tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”.  
 Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali 
bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la jarayoni 
bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub kechasi 
timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi bog’lar, to’la 
noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita xotimasi birinchi 
qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram sadolari paydo 
bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir.  
 Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan. 
Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos 
tushgan.  
 Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga 
chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga 
etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan 
edi. 
 “Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq turmushi 
hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan manzaralar bayoni 
konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy syuitasidagi juda ko’p 
narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi va shod-xurramligini 
yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga soladi. “Shahrizoda” 
bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan keng musiqali mavzular 
ham yaqinlashtiradi. 
 Shuningdek “Lola” ning partiturasi frantsuz ipressionistlari ko’proq Ravel, 
qisman 
Debyussi 
( 
syuitasining 
ikkinchi 
qismi) 
merosidan 
ijodiy 
foydalanilganligi to’g’risida guvohlik beradi. 
30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi. 1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”. Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la jarayoni bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir. Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan. Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos tushgan. Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan edi. “Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq turmushi hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan manzaralar bayoni konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi. Shuningdek “Lola” ning partiturasi frantsuz ipressionistlari ko’proq Ravel, qisman Debyussi ( syuitasining ikkinchi qismi) merosidan ijodiy foydalanilganligi to’g’risida guvohlik beradi.  
 
 Lola uslubida o’zbek musiqasining (ohang va kuylari xarakterli ritm 
intonatsiyalaridan foydalanishda) ta’siri sezilarlidir. O’zbek musiqasining o’ziga 
xos lad tabiati, ko’p hollarda “Lola”ning tabiiy ladlarning odatiy tuzilmalari bilan 
sug’orilgan lad garmonik tilini belgilaydi. Xalq ijrochilik usullari syuita 
fakturasida (oy cho’ziq tovushlar, xar-xil ritmik figuratsiyalar) tembr “bo’yoqlar” 
xususiyatlarida aksini topgan . 
 Garchi xar-xil uslubiy manbalarning chatishuvi hamma vaqt ham uzviy 
“quyilishlar” (ilk bochqichlarida to’la tabiiylikka) olib kelmasa ham, 
Kozlovskiyning asarlari bir butun holda, bu murakkab ijodiy muammoni hal 
qilishning ishonchli namunasidir.  
 Georgiy Mushelning birinchi simfoniyasi va Reyngold Glierning ikki asari – 
“Tantanali uvertyura” hamda “Farg’ona bayrami” uvertyurasining maydonga 
kelishi, 30-yillar oxirining mahsuli bo’ldi. Keyingi asar mamlakatimizning ko’p 
shaharlari, hamda chet ellarda ijro etildi.  
 3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. Turli-
hil janr belgilari – rapsodiya, poema, sonatani biriktirgan uvertyura erkin shaklda 
yozilgan. Talqin qilingan rus maktabi an’analari variatsion printsipdagi rivojning 
katta roli bor. Etakchi mavzu sifatida o’zbek va tojik qo’shiqlaridan 
foydalanilgan. Ohanglar uslubini buzishdan cho’chigan R.Glier garmoniyani 
tejashni xilma-xil, fakturali usullar – bas va o’rta tovushlarni kontrast va 
imitatsion polifoniya elementlari bilan kuylashtirish vositalaridan ehtiyotkorlik 
bilan foydalanadi. Nurli va quvnoq his-tuyg’u yig’ish chizig’i bo’ylab 
rivojlanayotgan yorqin ifodali xalq mavzusi, kuch va quvvati mavj urgan 
obrazlarni qiyoslashga asoslangan R.Glierning “Farg’ona bayrami” uvertyurasi 
o’sha yillar ijtimoiy hayotining odatiy belgilarini aks ettirdi.  
 Xalq kuylaridan foydalanish evaziga vujudga keladigan milliy kolorit izlari 
va xalq cholg’u musiqasining xarakterli elementlarini tatbiq etish, trombon va 
tubaning karnaylarga taqlididagi sadosi: doira va nog’oraning urma sozlardagi 
usullari R.Glier partiturasiga alohida yangilik hamda o’ziga xos bo’yoqdorlik 
baxsh etdi.  
 Ko’rilayotgan davrning oxiriga kelib, “ 1933-41” O’zbekiston san’ati teatr 
va simfonik musiqa janrlaridagi katta ijodiy yutuqlar bilan boyidi. S. Vasilenko 
Lola uslubida o’zbek musiqasining (ohang va kuylari xarakterli ritm intonatsiyalaridan foydalanishda) ta’siri sezilarlidir. O’zbek musiqasining o’ziga xos lad tabiati, ko’p hollarda “Lola”ning tabiiy ladlarning odatiy tuzilmalari bilan sug’orilgan lad garmonik tilini belgilaydi. Xalq ijrochilik usullari syuita fakturasida (oy cho’ziq tovushlar, xar-xil ritmik figuratsiyalar) tembr “bo’yoqlar” xususiyatlarida aksini topgan . Garchi xar-xil uslubiy manbalarning chatishuvi hamma vaqt ham uzviy “quyilishlar” (ilk bochqichlarida to’la tabiiylikka) olib kelmasa ham, Kozlovskiyning asarlari bir butun holda, bu murakkab ijodiy muammoni hal qilishning ishonchli namunasidir. Georgiy Mushelning birinchi simfoniyasi va Reyngold Glierning ikki asari – “Tantanali uvertyura” hamda “Farg’ona bayrami” uvertyurasining maydonga kelishi, 30-yillar oxirining mahsuli bo’ldi. Keyingi asar mamlakatimizning ko’p shaharlari, hamda chet ellarda ijro etildi. 3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. Turli- hil janr belgilari – rapsodiya, poema, sonatani biriktirgan uvertyura erkin shaklda yozilgan. Talqin qilingan rus maktabi an’analari variatsion printsipdagi rivojning katta roli bor. Etakchi mavzu sifatida o’zbek va tojik qo’shiqlaridan foydalanilgan. Ohanglar uslubini buzishdan cho’chigan R.Glier garmoniyani tejashni xilma-xil, fakturali usullar – bas va o’rta tovushlarni kontrast va imitatsion polifoniya elementlari bilan kuylashtirish vositalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanadi. Nurli va quvnoq his-tuyg’u yig’ish chizig’i bo’ylab rivojlanayotgan yorqin ifodali xalq mavzusi, kuch va quvvati mavj urgan obrazlarni qiyoslashga asoslangan R.Glierning “Farg’ona bayrami” uvertyurasi o’sha yillar ijtimoiy hayotining odatiy belgilarini aks ettirdi. Xalq kuylaridan foydalanish evaziga vujudga keladigan milliy kolorit izlari va xalq cholg’u musiqasining xarakterli elementlarini tatbiq etish, trombon va tubaning karnaylarga taqlididagi sadosi: doira va nog’oraning urma sozlardagi usullari R.Glier partiturasiga alohida yangilik hamda o’ziga xos bo’yoqdorlik baxsh etdi. Ko’rilayotgan davrning oxiriga kelib, “ 1933-41” O’zbekiston san’ati teatr va simfonik musiqa janrlaridagi katta ijodiy yutuqlar bilan boyidi. S. Vasilenko  
 
va M.Ashrafiy, R.Glier, T.Sodiqov operalari, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, 
G.Mushelning simfonik asarlari zamonaviy professional san’atning yirik 
shakllarini yaratishda, o’zbek xalq musiqa san’ati xazinasiga murojaat qilishning 
istiqbolidan darak berardi.  
 
Adabiyotlar: 
 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 
1981.y. 
 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. 
”O’qituvchi” 1995 y. 
 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 
 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 
 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. 
 
va M.Ashrafiy, R.Glier, T.Sodiqov operalari, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushelning simfonik asarlari zamonaviy professional san’atning yirik shakllarini yaratishda, o’zbek xalq musiqa san’ati xazinasiga murojaat qilishning istiqbolidan darak berardi. Adabiyotlar: 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.