Dars shakllari va uslublarini o’qitishning metodologik asoslari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
42,3 KB
Dars shakllari va uslublarini o’qitishning metodologik asoslari
Umumiy ma’lumot: Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars
muayyan
miqdordagi
doimiy
oʻquvchilar
tarkibi
bilan
qatʼiy
tartibda
uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars - insoniyat
tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga
juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars shakli
Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Darsni tashkil etish va
uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston
maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham
eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga
ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki
oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan.
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni
osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy
faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv
mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Dars tarkibi masalasi darsni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq.
Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga,
taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda,
dars kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni
shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga
boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari
umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars koʻp uchraydi. Dars oʻquv
jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar,
oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash
kabi darslar mavjud.
O`qituvchi o`zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga eng ko`p mos
kеladigan o`quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan holi emas. Bu ish
darsning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, ko`nikma va
malakalarni o`zlashtirish jarayonni boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga
yo`l qo`ymaydi.
Darsga qo’yiladigan umumdidaktik talablar:
1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta
rеjalashtirilgan bo`lmog`i lozim.
2. Har bir dars mustahkam g`oyaviy-siyosiy yo`nalishga ega bo`lmog`i lozim.
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog`langan bo`lmog`i lozim.
4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda
olib borilmog`i lozim.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tеjab, undan unumli
foydalanmoq lozim.
6. Har bir dars o`qituvchi va o`quvchilarning faolligi birligini ta'minlamog`i
lozim.
7. Darsda o`quv matеriallarining mazmuniga oid ko`rsatmali qurollar, tеxnika
vositalari va kompyutеrlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
8. Dars mashg`ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi
o`quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga
olinadi.
9. Har bir darsda mavzuning xaraktеridan kеlib chiqib, xalqimizning boy
pеdagogik mеrosiga murojaat qilish va undan fondalanmoq imkoniyatini izlamoq
lozim.
Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi
nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars
tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish,
tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy
jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini
bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim
shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi
hisoblanadi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z
xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv
materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida
sinfning xususiyatlariga bog’liq.
Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilishi. Bir soatlik darsga
mo`ljallangan dastur matеriallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik
maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg`ulot turi dars turlari
dеb yuritiladi.
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:
- aralash darslar;
- yangi
ma’lumotlar,
aniq
hodisalar bilan tanishish bo’yicha
yoki
umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;
- bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
- o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega
darslar;
- malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
- bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;
- o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega
bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).
Har bir dars turining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa
o`qituvchining o`quv matеrialini to`g`ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda
qoldirishga, takrorlashga va uning o`zlashtirilishini nazorat qilib borishiga yordam
beradi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli
xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni
mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g’ri keladi. Xatto tekshirish
darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni
og’zaki yetkazish. qiziqarli hikoyani o’qish. Darsning aynan mana shu turi aralash
(kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan
darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-
javob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq
misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat
ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa
berish.
O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni
berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni
o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi
material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni,
aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab
ba’zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa - o’qituvchi
rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda -unisi
ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi:
yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash.
o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni
tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari
o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor
tushunib olish hisoblanadi.
O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va
chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo’lgan qoidaga yangi masalalar yechadilar,
ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini
yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar
bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi
bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki va yozma
mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni
mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar
jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom
ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan
o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy
tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini
o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va
ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib
olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi
darslari
(bilimlarini
umumlashtirish
va
tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta
takrorlanadigan
va
tizimlashtiriladigan,
o’quvchilar
bilimlarida
mavjud
kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib
beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv
kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi
hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar,
darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida
o’tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o’qituvchiga o’quvchilarning ma’lum sohadagi
bilim, malaka va ko’nikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini
egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning
bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan
ushbu mavzu bo’yicha uning hamma bilim, ko’nikma va malakalarini qo’llashini
talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi
mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va
yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo’yish va ularni
o’quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish,
o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab
qolish yuzasidan beriladigan ko’rsatmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Darsga
yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha
yoki yakka o’quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va
istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik
jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini
ijobiy yechimini topishga imkon beradi. Dars rivojlanishining asosiy tendentsiyalari
darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
- fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni
o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
- darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini
ta’minlash;
- o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular
tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;
- ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning
rivojlanish darajasiga tayanish;
- shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
- o’quv-tarbiyaviy
faoliyat
barcha
bosqichlarining
mantiqiyligi
va
emotsionalligi;
- pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
- zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini
shakllantirish;
- mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish,
tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar
didaktik,
tarbiyaviy
va
rivojlantiruvchi
talablarda
aniq
ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish,
dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan
birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni amalga oshirish,
ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga
nisbatan
qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv
materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni
belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish
bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish,
o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal
qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan
manfaatdor bo’lishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
.Melanie Nind, Aliia urtin, Kathy Hall. Researh Methods for Pedagogy. UK,
Bloomsbury Publishing 2016.
2.
Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar
metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
3.
Choriyev A., Choriyev 1. Pedagogikaning fanlararo bogliklik metodologiyasi
(o‘quv kullanma). - Toshkent.: Fan, 2011.
4.
Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv kullanma)..
- Toshkent.: Fan, 2010.