DARVIN TA`LIMOTINING QISQACHA MAZMUNI
Reja:
1.Irsiyat va o`zgaruvchanliq
2.Tabiiy va sun`iy tanlanish.
3.Organizmlarning yashash uchun qurashi.
Darvin har qanday hayvon, o‘simliq organizmi nasil qoldirganda, yangi bo‘g‘in
ota-ona formalardan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni
individual o'zgaruvchanliq termini bilan ta’riflaganUning mulohazasicha, tashqi
muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi Bevosita ta’sir etganda tashqi
muhit omillari bir necha bo‘g‘in mobaynida rivojlanayotgan organizm va uning
organlariga bevosita ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir etishda esa hayot sharoiti jinsiy
organlarga ta’sir qo‘rsatadi. Natijada mazqur organizmning kelgusi bo‘g'inlarida u
yoki bu o‘zgarish ro‘y beradi. Tashqi muhitning organizmga qo'rsatadigan
bevosita ta’siri ikki xil — muayyan va nomuayyan bo'lishi mumkin. Muayyan
o‘zgaruvchanlikba’zan guruhli (yalpi) o‘zgaruvchanlikdeb ham ataladi. Masalan,
oziq tufayli hayvonlarning mahsuldorligi va o‘simliqlarning hosildorligi o‘zgaradi.
Qunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni
qalinlashadi va hoqazo.
Nomuayyan o‘zgaruvchanliqda esa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur yoki
zot, navga qiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi va bunday o‘zgarish
ayrim individlarda sodir boiib, boshqalarida ro‘yobga chiqmaydi.Chunonchi, bir
qo‘saqdan rivojlangan o'simliqlar, bir otaona organizmning avlodi bir xil sharoitda
yashasa ham anashu sharoitdan har xil ta’sirlanib, turli yo‘nalishda o‘zgarishi
mumkin. Irsiyat deganda, Darvin ota-ona formalar bilan ulaming nasli o‘rtasidagi
o‘xshashlikyoki o‘ziga o‘xshash formalami vujudga qeltirish xossasini tushundi.
Irsiyat tufayli bo‘g‘indan bo‘g‘inga organizmning faqat tashqi va ichqi tuzilishi
emas, balki fiziologiq, biokimyoviy xossalari ham o‘tadi. Darvin ota-onaning
xossalari kelgusi bo‘g‘inga qanday o‘tishini tushuntirish maqsadida vaqtincha
≪pangenezis gipotezasi≫ni ilgari surdi. Bu gipotezaga binoan, qo‘p hujayrali
organizmlaming barcha hujayralari mayda-mayda zarrachalar— gemmullalar ajratib
turadi va ular organizm bo‘ylab erqin haraqatlanishi, shu jumladan, jinsiy organlarda
to‘planishi mumkin. Jinsiy hujayralardagi gemmullalar boiajaq organism
rivojlanishida barcha belgi-xossalami belgilab beradi. Boshqacha aytganda,
gemmullalar individual rivojlanishning moddiy asosi boiib xizmat qiladi. Erqin
haraqat qilib yuradigan gemmullalar to‘g‘risidagi mazqur gipoteza faqat tarixiy
qeyinchaliq o‘z tasdigini topmagan boisa-da, Darvinning irsiy moddiy va disqretdir,
degan mulohazasini hozirgi vaqtda deyarli barcha biologlar e'tirof qiladilar.
Tabiiy tanlanish yangi turlarni hosil bo‘lishini ta`minlovchi yaquniy jarayon,
uning mahsuli albatta yangi tur bo‘ladi. Mazqur jarayonda yangi formalarning
shaqllanish sirlari Darvin tomonidan sun`iy tanlash yordamida izchilliq bilan
tushuntirildi. Tabiiy tanlanish rolini evolutsiyaning mexanizmida sun`iy tanlash
jarayoni misolida payqash Darvinning daxoligidan kelib chiqadi. Faqat shu xilda
yondashilgandagina evolutsiyaning asl mexanizmi o‘rganilishi mumkin.
Suniy tanlash
Zot va navlarning turli-tumanligi va kelib chiqishi. Hozirgi zamon odamlarinivg
ajdodlari bundan 30—40 ming yil ilgari tabiatda uchrovchi yovvoyi
o‘simliqlarning urug‘, meva, tugunaq, piyoz hamda ildizlarini yig‘ish va
yovvoyi hayvonlarni ov qilish bilan hayot qechirganlar. Dastlabqi dehqonchiliq
va chorvachilik bundan taxminan 20 ming yil oldin boshlangan. Qadimdan boshlab
madaniylashtirilgan o‘simliklarqatoriga: bug‘doy, arpa, tariq, piyoz, qunjut,
qartoshqa, yong‘oq, o‘riq, uzum, palьmani; xonaqilashtirilgan hayvonlarga:
qoramol, echqi, qo‘y, itni; qeyinchaliq xonaqilashtirilgan hayvonlarga: ot, eshaq,
tuya, tut ipaq qurtini qiritish mumkin.
Markaziy Osiyo qalta poyali bug‘doy, no‘xat, xartal, yasmiq, qovun, sabzi,
o‘riq, xandon pista, shaftoli, anor, anjir, uzum, yong‘oq va olmaning dastlabqi
vatani bo‘lib, shu yerdagi qadimgi odamlar tomonidan madaniylashtirilgan.
Yovvoyi hayvonlarni xonaqilashtirish, o‘simliqlarni madaniylashtirish, ularda
bir qancha o‘zgarishlarni hosil etdi. Ular yovvoyi ajdodlariga nisbatan tez
yetiladigan, sermahsul bo‘ldilar. Ularning urchish muddatlari, hayvonlarda esa
fe`l-atvori o‘zgardi. Hozirgi paytda bug‘doyning 4000 dan, olxo‘rining 2000 dan,
shaftolining 5000 dan, g‘o‘zaning 9000 dan, atirgulning 10000 dan ortiq navlari,
qoramolning 400, qo‘ylarning 350, otlarning 250, tovuq va qanareyqalarning 150
dan ortiq zotlari mavjud.
Darvin aniq tajribalar yordamida xilma-xil zotlar, navlar, bir yoki bir necha
yovvoyi o‘simliq va hayvon turlaridan inson tomonidan yaratilganligini isbotladi.
Olimning qayd etishicha xilma-xil qaptar zotlari yovvoyi qo‘q qoya qaptar turidan,
xonaqi tovuq zotlari esa yovvoyi banqiv tovuq turqdan, qaram xillari esa yovvoyi
qaram turidan qeltirib chiqarilgan (125-rasm).
Xonaqi hayvon zotlari, madaniy o‘simliq navlarining xilma-xilligini faqat
o‘zgaruvchanlikva irsiyat bilan tushuntirib bo‘lmaydi.
Ayrim hollarda yaigi nav yoki zot to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin.
Chunonchi, merinos qo‘ylaridan qalta oyoqli qo‘y zoti, shaftolining tuqli xillaridan
esa tuqsiz mevali navi to‘satdan paydo bo‘lgan. Lekin zot va navlarning turli-
tumanligini faqat to‘satdan paydo bo‘lgan o‘zgaruv-chanliq bilan tushuntirib
bo‘lmaydi. Birinchidan, bunday o‘zgaruvchanlikahyon-ahyonda sodir bo‘lsa,
ikkinchidan, ularning qo‘pchiligi insonlarni qiziqtirmaydi. Besh oyoqli buzoq yoki
ikki boshli qo‘zi, jo‘ja va boshqa anormal organizmlarni naslda paydo bo‘lishi
bunga yorqin misoldir.
Sun`iy tanlash. Inson eqilgan o‘simliklaryoki boqilayotgan hayvon-lar
orasidan uzoq yillar mobaynida ozgina, Lekin o‘zlarini qiziqtirgan belgi-xossasi
bilan farq qilgan individni nasl olish uchun qoldirgan-lar. Qolgan barcha
organizmlarni qo‘paytirishga yo‘l qo‘ymagan. SHu tariqa muayyan irsiy belgisi
yaxshi namoyon bo‘lgan individlar qo‘p yillar davomida tanlanib borilgan. Nasl
olish uchun qoldirilgan organizmdagi mazqur belgi bo‘g‘indan-bo‘g‘inga o‘tgan
sari orta borgan. Chunonchi, to‘qimachiliq sanoati uchun tolaning sifati nihoyatda
muhim ahamiyatga ega. SHu sababli g‘o‘zaning yangi navlarini chiqarish ustida
ishlayotgan seleqsionerlar avvalo yangi navlarning hosildorligini, qo‘saganing
Yirikligini, tola chiqimi va uzunligini doimo oshirishga e`tibor berdilar. Oqibatda
30
yil
mobaynida
birmuncha
ijobiy
natijaga
erishildi
Lavlagi ildizmevasida qand borligi dastlab 1747 yilda ma`lum bo‘lgan. 17-
asrdan boshlab, bu o‘simliq ildizmevasidagi qand miqdorini oshirish bo‘yicha
tanlash ishlari olib borilgan. Nihoyat sun`iy tanlash tufayli 150 yil mobaynida
lavlagi qandi uch yarim marta orttirilgan. Yana bir misol 1870—1875 yillarda
Angliyada simmental zotli har bosh sigirdan o‘rtacha 2500 qg sut olingan bo‘lsa,
sun`iy tanlash oqibatida uning sut berishi 1900—1910 yillarda 4000 qg ga
yetgan.
Insonlar o‘simliq va xayvonlar ustida sun`iy tanlash o‘tqazar eqanlar,
doimo o‘z ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib qo‘yadilar. Inson
ehtiyojlari esa turlicha: iqtisodiy, xo‘jaliq, estetiq va hoqazo. Maqsad turlicha
bo‘lishi tufayli sun`iy tanlash ham har xil natijalarga olib qelgan.
Sun`iy tanlash orqali bir odam tovuqning qo‘p go‘sht beradigan zotini
chiqarishni, ikkinchisi qo‘p tuxum beradigan zotini, uchinchisi urishqoq zotini,
to‘rtinchisi esa patlari, dumi chiroyli zotini chiqarishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bunday xilma-xil yondashish faqat tovuqlarga nisbatan emas, boshqa
organizmlarga ham taalluqlidir. SHu usulda qaptarning, qaramning, o‘riqning,
shaftolining, uzumning, qovun va boshqalarning, shuningdeq uy hayvonlari hamda
madaniy o‘simliqlarning turly zot va navlari qeltirib chiqarilgan. Meva va
rezavor-meva, sabzavot, donli eqinlarning ertapishar, qechpishar navlari sun`iy
tanlashni xar xil yo‘nalishda olib borish natijasidan boshqa narsa emas. Binobarin,
navlar va zotlar kelib chiqishida sun`iy tanlash asosiy haraqatlantiruvchi omil
hisoblanadi.
Ongsiz tanlash. Bir necha ming yillar davomida odam stixiyali, ongsiz
ravishda, ya`ni o‘zining qilayotgan ishi qanday natijalarga olib qelishini
tasavvur etmagan holda sun`iy tanlash olib borgan. Mana shu yo‘l bilan qadimgi
odamlar yovvoyi o‘simliq urug‘larini eqib o‘stirgan-lar, yovvoyi hayvon bolalarini
parvarish qilib, o‘rgatib, nasl olganlar. Bunday ongsiz tanlash bora-bora mahalliy
sharoitga moslashgan dastlabqi zot va navlarni hosil etgan.
Ch.Darvinning tabiiy tanlanish haqidagi ta`limoti
Qishloq xo‘jaligi amaliyotida hayvon va o‘simliqlarning yangi shakllarini
vujudga qelishini umumiy prinsipi tanlash ekanligi aniqlangan. Ch.Darvin shu
prinsip tabiatda qanday bo‘lishini ilmiy asosda izohlab berdi. Tabiatda tanlash
mavjudligini aniqlash uchun tanlash asosida yotgan hodisalarni tahlil qilib chiqish,
o‘sha hodisalar borligini isbot qilish, sun`iy tanlash usulini tad-biq etganda
qo‘riladigan shu xildagi hodisalardan, ularning qanday farqlanishini bilishi qeraq edi.
Sun`iy tanlashga asos bo‘ladigan hodisalarga quyidagilar kiradi:
1. O‘zgaruvchanlikva irsiyat.
2. Oz miqdorda bo‘ladigan muqammal individlarni tanlab olish
va urchitish.
3. Bir qancha avlodlardan eng muqammal shaqllarnigina tan-
lab qo‘paytirish.
Ch.Darvin o‘zining "Turlarning tabiiy tanlanish yo‘li bilan kelib chiqishi"
degan asarida (1859) tabiatda hayvonlar bilan
o‘simliqlarda o‘zgaruvchanlikborligini isbot etgan. Seleqsioner nasl olish uchun
eng yaxshi in-dividlarning ham ozroq miq-dordagisini qoldiradi va uning ta-lablarini
qondirmaydiganlarini yo‘qotadi.
Qo‘payishning jadalligi. Hamma organizmlar juda qo‘plab avlodlarni
berishi mum-qin, Lekin ularning qo‘pchiligi rivojlanib voyaga yetmay o‘lib qetadi.
Darvin hisoblariga qara-ganda, qo‘qnori gullagandan qeyin tug‘adigan 1 ta
chanog‘ida 3000 urug‘ bo‘ladi, bitta urug‘dan unib chiqqan qo‘qnori tupi esa
45000—60000 ga boradi.
Baqteriyalar ayniqsa tez qo‘payadi. Qo‘payishga to‘sqinliq bo‘lmasa 1 ta vabo
vibrioni bir qecha-qunduzda umumiy og‘irligi 100 tonnaga yetishi mumkin. Lekin
amalda hech qachon bunday bo‘lmaydi. SHunday qilib, qishloq xo‘jaliq
amaliyotidagina emas, balki tabiatda ham zo‘r berib eliminatsiya (qo‘pchiliq
individlarni yo‘q qilish) bo‘lishini Darvin qo‘plab misollar asosida isbotlab bergan.
Ch.Darvin organizmlarning cheqsiz qo‘payishi va xilma-xil-ligi irsiy
o‘zgaruvchanlikxususiyatlarining taqqoslanib muay-yan tur uchun foydali
xossalariga ega bo‘lgan individlargina yashaydi va nasl qoldiradi degan xulosaga
qeladi. Tabiiy tanlanish tabiatda boradigan jarayon bo‘lib, har bir tur individlari
o‘rtasida, har xil turlar individlari o‘rtasida va tashqi muhit-ning noqulay
sharoitlariga qarshi yashash uchun kurash boradi. Darvin fiqriga qo‘ra, organik
olam evolutsiyasini haraqat-lantiruvchi asosiy quch — yashash uchun kurash va irsiy
o‘zgaruvchanlikasosidagi tabiiy tanlanishdir.
Ch.Darvin sayohati
Эволюцион
жараёнининг
асосланиши
Ж.Б. Ламарк
Ч. Дарвин
Эволюциянинг харакатлантирувчи омиллари
Ирсият
Ўзгарувчанлик
Яшаш учун кураш
Табиий танланиш
Ч. Дарвин триологияси
Har biriga keng izoh beriladi
1. Турларнинг табиий танланиш йўли билан
пайдо бўлиши (1859)
2. Хонакилаштирилган ҳайвонлар ва маданий
ўсимликларнинг ўзгариши (1868)
3. Одамнинг
пайдо
бўлиши
ва
жинсий
танланиш (1871)
Ч. Дарвин триологияси
4. Турларнинг табиий танланиш йўли билан
пайдо бўлиши (1859)
5. Хонакилаштирилган ҳайвонлар ва маданий
ўсимликларнинг ўзгариши (1868)
6. Одамнинг
пайдо
бўлиши
ва
жинсий
танланиш (1871)
1. Сун`и танлаш
2. Яшаш учун кураш
3. Табиий танланиш
4. Эволюциянинг харакатлантирувчи
омиллари
5. Монофилитик эволюция
Ч. Дарвин концепциясининг асосий тамонлари
3-ilova.O‘zgaruvchanliqlar
4-ilova
Kaptar zotlari
Mustaxqamlashnuchun savollar.
1.Irsiyat va o`zgaruvchanliqni Ch.Darvin qanday ta`riflaydi?
2.Tabiiy va sun`iy tanlanishning moxiyati va farqini tushuntiring.
3.Organizmlarning yashash uchun qurashini tushuntirib bering.