Daryo suvlarining gidrokimyoviy tarkibini aniqlash va ularni turli tasniflar bo‘yicha tavsiflash
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
100,0 KB
Daryo suvlarining gidrokimyoviy tarkibini aniqlash va ularni turli tasniflar
bo‘yicha tavsiflash (3-amaliy mashg‘ulot)
Ishning maqsadi
Ushbu amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarni daryo suvlarining
gidrokimyoviy tarkibini aniqlash va ularni turli tasniflar bo‘yicha tavsiflash
usullarini to‘la egallab olishlariga zamin yaratishdir.
Ishning nazariy asoslari
Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini har xil maqsadlarda, amaliy sharoitlarda
qo‘llanilishi va ahamiyatiga qarab bir qancha tasniflari ishlab chiqilgan. Hozircha
umumiy universial tasnif yaratilmagan. SHular ichida amaliyotda eng ko‘p
qo‘llaniladiganlari S.A.SHukarev, N.I.Tolstixin, V.A.Sulin, O.A.Alekin kabi
olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflardir.
Tabiiy suvlarning O.A.Alyokin tasnifi. Bu tasnif 1946 yilda e’lon qilingan.
Ushbu tasnif ikkita tamoyilga asoslanadi. Birinchi tamoyilda ionlarning qaysi biri
miqdor jihatidan ko‘pligiga e’tibor qaratilsa, ikkinchi tamoyilda esa ionlar orasidagi
munosabatlar mezon qilib olinadi.
Mazkur tasnifda O.A.Alyokin barcha tabiiy suvlarni, shu jumladan daryo
suvlarini ham, ular tarkibidagi anionlar miqdoriga bog‘liq holda quyidagi uchta
sinfga bo‘lgan:
1) gidrokarbonatli (karbonatli) suvlar: ularda NSO3' va SO3'' anionlari
miqdori boshqa anionlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi;
2) sulfatli suvlar, ularda SO4'' anionlari miqdori ko‘p bo‘ladi;
3) xloridli suvlar, ularda Cl' anionlari ko‘p bo‘ladi.
Er yuzasidagi daryolarning juda katta qismi gidrokabonatli suvlar sinfiga
mansubdir. Ulardan so‘ng sulfatli suvlar va oxirida xloridli suvlar sinfi turadi.
Har bir sinf o‘z navbatida kationlar mikdoriga karab quyidagi uchta guruhga
bo‘linadi: kalsiyli (Ca2+); magniyli (Mg2+); natriyli (Na+).
Har bir guruh o‘z navbatida ionlarning o‘zaro miqdoriy munosabatlariga
qarab, ya’ni ionlar orasidagi mg-ekv/l nisbati bo‘yicha to‘rtta tipga bo‘linadi.
Tabiiy suvlar birinchi tipga mos bo‘lishi uchun quyidagi shart bajarilishi
kerak: HCO3- > Ca2+ + Mg2+, ya’ni suv tarkibidagi gidrokarbonatlar miqdori kalsiy
va magniy inolarining yig‘indisidan katta bo‘lishi lozim. Odatda ushbu tipga
kiruvchi tabiiy suvlar ko‘pincha kam minerallashgan bo‘ladi. Lekin, ayrim oqmas
ko‘llarda yuqori minerallashgan bo‘lishi ham mumkin.
Ikkinchi tipga mansub bo‘lish uchun esa HCO3- < Ca2+ + Mg2+< HCO3- + SO42-
sharti bajarilishi kerak Ushbu tipga kichik va o‘rtacha minerallashgan daryolar,
ko‘llar va er osti suvlarini kiritish mumkin.
Uchinchi tipda esa ionlar orasida quyidagi munosabat amalga oshishi lozim:
HCO3- + SO42- < Ca2+ + Mg2+ yoki Cl- > Na+. Ushbu tipga okeanlar, dengizlar va
tarkibi yuqori darajada minerallashgan suvlar kiradi.
To‘rtinchi tip o‘ziga xos bo‘lib, unda HCO3- = 0 sharti bajarilishi kerak. Ushbu
tipga
botqoqliklardagi,
vulqonlardan
chiqayotgan
suvlar
hamda
sanoat
korxonalaridan chiqayotgan kuchli darajada ifloslangan suvlar misol bo‘la oladi.
Tabiiy suvlarning O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha malum bir daryo suvining
gidrokimyoviy tarkibi jihatidan gidrokarbonat sinfiga, kalsiyli guruh, ikkinchi tipga
xos deyilsa, u
Ca
II
C
ko‘rinishda yoziladi.
Tabiiy suvlarning V.A.Sulin tasnifi. Ushbu tansif 1948 yilda taklif etilgan
bo‘lib, suvlarining genetik tiplari bo‘yicha qaysi turga mansubligi quyidagi ifoda
yordamida aniqlanadi (% ekv):
(r1 Na+ + rCl-) / rSO42-; (rCl- - r Na+) / r Mg2+
Ushbu ifoda genetik koeffitsient deb nomlanadi. Bunda suvning maxsus
kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘rtta tipga ajratadi (3.1-jadval).
3.1-jadval
V.A.Sulinning genetik tasnifi
Tip
r Na+ / rCl-
r1 Na+ + rCl- /
rCl- - r Na+ / r
rSO42
Mg2+
Sulfat-natriyli
>1
<1
-
Gidrokarbonat-
natriyli
>1
>1
-
Xlorid-magniyli
<1
-
<1
Xlorid-kalsiyli
<1
-
>1
Tabiiy suvlarning S.A.SHukarev tasnifi. Bu tasnif nisbatan sodda bo‘lib,
tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha ishlatiladi. U bosh ionlarning miqdoriga
qarab sinflarga bo‘lishni asos qilib olgan. Buning uchun ionlarning % - ekv dagi
birliklari ishlatiladi.
Agar quyidagi bosh ionlardan
Na ,
2
Mg
,
2
Ca
,
Cl ,
2
4
SO ,
3
HCO qaysi
birining miqdori 12,5 % - ekv ga teng yoki undan katta bo‘lsa, maxsus kvadratli
diragrammadan gidrokimyoviy sinfi aniqlanadi (3.2-jadval).
3.2-jadval
S.A.SHukarev tasnifi
Mg
1
8
15
22
29
36
43
Ca, Mg
2
9
16
23
30
37
44
Sa
3
10
17
24
31
38
45
Na, Sa
4
11
18
25
32
39
46
Na
5
12
19
26
33
40
47
Na, Sa, Mg
6
13
20
27
34
41
48
Na, Mg
7
14
21
28
35
42
49
SO4
Cl
HCO3
SO4
HCO3
HCO3
HCO3
Cl
SO4
Cl
SO4
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Berilgan: O‘rganilayotgan daryodagi 1985 yil ma’lumotlari asosida
bajarilgan hisoblash natijalari jadvali (1.3-jadval).
Ishni bajarish maqsadida quyilgan vazifalar:
YUqoridagi hisoblashlar natijalariga asoslanib, daryo suvining gidrokimyoviy
tarkibi:
1. O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha;
2. V.A.Sulin tasnifi bo‘yicha;;
3. S.A.SHukarev tasnifi bo‘yicha hisoblansin;
4. Hisoblash natijalari tahlil etilsin.
Ishni bajarish tartibi
1. Daryo suvning gidrokiyoviy tarkibini O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha
baholash.
3.3- jadval
CHirchiq daryosi suvning O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha gidrokimyoviy tarkibi
Oylar
Indeks
Suvning gidrokimyoviy tarkibi
1
6
.
2
19
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 190 mg/l, qattiqligi 2,6 mmol
2
6
.
2
20
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 200 mg/l, qattiqligi 2,6 mmol
3
7
.
2
17
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 170 mg/l, qattiqligi 2,7 mmol
4
9
.
2
23
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 230 mg/l, qattiqligi 2,9 mmol
5
07
.
2
17
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 170 mg/l, qattiqligi 2,07 mmol
6
72
.
1
15
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 150 mg/l, qattiqligi 1,72 mmol
7
66
.
1
15
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 150 mg/l, qattiqligi 1,66 mmol
8
82
.
1
15
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 150 mg/l, qattiqligi 1,82 mmol
9
93
.
1
16
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 160 mg/l, qattiqligi 1,93 mmol
10
28
.
2
18
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 180 mg/l, qattiqligi 2,28 mmol
11
84
.
2
21
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 210 mg/l, qattiqligi 2,84 mmol
12
57
.
3
26
.
0
Ca
II
C
Gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi tip.
Minerallashuvi 260 mg/l, qattiqligi 3,57 mmol
a) 1 namuna, 27 yanvar.
3
HCO = 104,3 mg/l,
2
4
SO
= 29,8 mg/l,
Cl = 6,8
mg/l. Demak, anionlar orasida eng kattasi gidrokarbonat, ya’ni gidrokarbonat sinfi
“S”;
b)
Na =1,8 mg/l,
K =1,0 mg/l,
2
Mg
= 7,2 mg/l,
2
Ca
= 38,9 mg/l. Demak,
kationlar orasida eng kattasi kalsiy, ya’ni “
2
Ca
”- guruhi;
v) HCO3- < Ca2+ + Mg2+< HCO3- + SO42- sharti bajarildi, ya’ni
1,71 < 1,59 + 0,59 < 1,71+0,62, demak, u ikkinchi tipga kiradi.
SHunday qilib 27 yanvardagi namuna bo‘yicha suvning gidrokimyoviy tarkibi
jihatidan O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha gidrokatbonat sinfi, kalsiy guruhi ikkinchi
tipga mansub, ya’ni
6
.
2
19
.
0
Ca
II
C
ko‘rinishda belgilanadi (3.3-jadval).
Qolgan namunalar bo‘yicha tasniflash natijalari 3.3-jadvalda keltirilgan.
SHunday qilib CHirchiq daryosining suvi gidrokimyoviy tarkibi jihatidan
O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha butun yil davomida gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhi
ikkinchi tipga kiradi. Minerallashuv darajasi va suvning qattiqligi o‘zgarib turadi.
Jumladan, to‘lin suv davrida minerallashuv darajasi va suvning qattiqligi birmuncha
kamayadi.
2. Daryo suvning gidrokiyoviy tarkibini S.A.Sulin tasnifi bo‘yicha baholash.
3.4- jadval
CHirchiq daryosi suvning S.A.Sulinin tasnifi bo‘yicha gidrokimyoviy tarkibi
Oylar
Na+ / Cl-
Na+ + Cl- /
Cl- - Na+ /
Tip
SO42
Mg2+
1
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
2
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
3
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
4
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
5
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
6
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
7
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
8
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
9
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
10
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
11
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
12
< 1
< 1
< 1
Sulfat – natriyli va
xlorid- magniyli tip
SHunday qilib, V.A.Sulin tasnifi bo‘yicha CHirchiq daryosi suvi
gidrokimyoviy rejimining shakllanishida
Na ,
2
Mg
,
Cl ,
2
4
SO ionlarining hissasi
kam bo‘lib, 1 dan kichikdir.
3. Daryo suvining gidrokiyoviy tarkibini S.A.SHukarev tasnifi bo‘yicha
baholash.
CHirchiq daryosi yanvar oyi namunasida kationlardan Ca2+ = 33,1 %-ekv
>12,5, anionlardan NSO3=35,6 %-ekv >12,5 teng. Demak, bu qiymatlar maxsus
diagrammada
(3.2-jadval)
17
katakda
kesishadi.
Sinf
raqami
17 bo‘lib gidrokarbonatli-kalsiyli suvga kiradi. Qolgan namunalar bo‘yicha
tasniflash natijalari 3.5-jadvalda keltirilgan.
3.5-jadval
CHirchiq daryosi suvning S.A.SHukarev tasnifi bo‘yicha gidrokimyoviy tarkibi
Oylar
Kation
Anion
Sinf raqami
1
Ca
NSO3
17
2
Ca
NSO3
17
3
Ca
NSO3
17
4
Ca
NSO3
17
5
Ca
NSO3
17
6
Ca
NSO3
17
7
Ca
NSO3
17
8
Ca
NSO3
17
9
Ca
NSO3
17
10
Ca
NSO3
17
11
Ca, Mg
NSO3, SO4
9
12
Ca, Mg
NSO3
16
SHunday qilib, CHirchiq daryosining suvi gidrokimyoviy tarkibi jihatidan
C.A.SHukarev tasnifi bo‘yicha butun yil davomida, faqat noyabr va dekabr oylaridan
tashqari, gidrokarbonat – kalsiyli suvlar guruhiga kiradi.
4. Hisoblash natijalari tahlili
Ushbu amaliy mashg‘ulot CHirchiq daryosi suvining gidrokimyoviy tarkibini
O.A.Alyokin, S.A.Sulin va S.A.SHukarev tasniflari bo‘yicha baholashga
bag‘ishlangan.
Ishning tahliliy bayonnomasida uni bajarishdan ko‘zlangan maqsad, ishni
bajarish uchun berilgan ma’lumotlar tavsifi, ishni bajarish tartibi, ish jarayonida
amalga oshirilgan maxsus hisoblashlar, natijalarni qiyosiy solishtirishga alohida
e’tibor qaratish lozim.
Ushbu ishni bajarish jarayonida olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
barcha tasniflar bo‘yicha CHirchiq daryosi suvining gidrokimyoviy tarkibi yil
davomida bir xil, ya’ni gidrokarbonat sinfi, kalsiy guruhiga mansubdir.
Daryolar suvining ionli oqimi ko‘rsatkichlarini
hisoblash (4-amaliy mashg‘ulot)
Ishning maqsadi
Ushbu amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarda daryolar suvining ionli
oqimi ko‘rsatkichlari, ularni ifodalash va hisoblash usullarini to‘la egallab
olishlariga zamin yaratishdir.
Ishning nazariy asoslari
Daryolar suvida ma’lum miqdorda organik va noorganik moddalar
ionlimolekulyar yoki kolloid holatda uchraydi. Ularning ma’lum bir hududdan
ma’lum bir vaqt davomida daryolar suvi bilan oqizilib ketgan miqdori erigan mod-
dalar oqimini tashkil etadi. Erigan moddalar oqimining eng katta qismini ionli oqim
tashkil etadi.
Asosiy ionlar sarfi (
U
Q ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
U
Q
QU
,
bu erda Q suv sarfi, m3/s; U minerallashuv darajasi, mg/l. Ionlar sarfi kg/s da
ifodalanadi.
Ma’lum bir vaqt davomidagi ionli oqim hajmi (
U
W ) tonnalarda ifodalanadi
va quyidagicha hisoblanadi:
T
Q
W
U
U
,
ifodadagi T hisoblash davri (oy, yil) bo‘lib, sekundlarda ifodalanadi.
Ionli oqim miqdorini quyidagi kattalik yordamida ham aniqlash mumkin:
U
W
W
U
,
bu erda: W hisoblash davri (oy, yil) dagi suv oqimi hajmi (m3); U shu davr uchun
minerallashuv darajasining o‘rtacha qiymati (mg/l).
Daryoning ma’lum bir hisob davridagi (oy, yil, fasl) ionli oqimining
havzaning birlik yuzasiga to‘g‘ri keladigan miqdori ionli oqim moduli deb ataladi,
uni quyidagi ifodalar bilan hisoblash mumkin:
F
W
M
U
U
yoki
U
M
MU
0315
,
0
,
ifodalardagi F daryo havzasining maydoni (km2), M suvning oqim moduli (l/s
km2), U hisoblash davridagi minerallashuv darajasining o‘rtacha qiymati (mg/l).
Ionli oqim moduli tonna/km2yil, tonna/km2oy kattaliklar bilan ifodalanadi.
Bayon etilgan yo‘l bilan organik moddalar, biogen elementlar oqimi
ko‘rsatkichlarini ham hisoblash mumkin.
Ionli oqim miqdori va uning yil ichida taqsimlanishi daryoning suvliligi va
minerallashuv darajasiga bog‘liq. SHu tufayli bir xil sharoitda eng ko‘p ionli oqim
miqdori eng yirik va sersuv daryolarga to‘g‘ri keladi.
SHu bilan bir qatorda suv oqimi miqdori bir xil bo‘lgan daryolarning
qurg‘oqchil hududlarda joylashganlarida ionli oqim miqdori katta bo‘ladi. Masalan,
Amudaryo (63 km3) va Indigirka (58 km3) daryolarining o‘rtacha yillik oqimi
hajmlari deyarli bir xil, lekin Amudaryoning ionli oqimi Indigirkaga nisbatan 12
marta ko‘proqdir.
Ionli oqim moduli tog‘ daryolarida tekislik daryolariga nisbatan katta bo‘ladi.
Masalan, tog‘ daryolari hisoblangan Rioni (Kavkaz) daryosida ionli oqim moduli
146 t/km2yil yoki Amudaryoda 85 t/km2yil ga teng bo‘lsa, tekislik daryolari
hisoblangan SHimoliy Dvina daryosida boryo‘g‘i 2,94 t/km2yil yoki Neva
daryosida 10,4 t/ km2yil ga teng.
Ionli oqim hajmi (
U
W )ning yil davomida taqsimlanishi suv oqimining
taqsimlanishiga o‘xshashdir. Uning eng ko‘p miqdori to‘linsuv davriga to‘g‘ri
keladi. Bu davrda minerallashuv darajasi kichik bo‘lsa ham, ko‘p suv bilan nisbatan
ko‘p miqdorda erigan moddalar olib ketiladi
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Berilgan: CHirchiq daryosining G‘azalkent gidrologik postida 1986 yilda
o‘lchangan suv sarflari va shu muddatlardagi daryo suvi minerallashuv darajasining
oylik hamda yillik miqdoriy qiymatlari haqidagi ma’lumotlar jadvali (4.1-jadval).
4.1-jadval
CHirchiq daryosi G‘azalkent gidrologik postidagi
suv sarfi va minerallashuv darajasining oylik va yillik miqdori
F=11200 km2
Oy
I
II
III
IV
V
VI VII VIII IX
X
XII
XII
Yil
Q,
m3/s
95,7
76,7
106
136 250 294 472 456 217 77,9 67,6 62,2 193
∑U
mg/l
189,8 199,5 172,5 226 168 150 153 149 160 182 207 288 187
Ishni bajarish maqsadida quyilgan vazifalar:
1) daryo suvining ionlar sarfi (
U
Q ) hisoblansin;
2) ionli oqim hajmi (
U
W ) hisoblansin;
3) ionli oqim moduli (
U
M ) hisoblansin;
4) ionli oqim hajmi va oqim modulining yil ichida taqsimlanish grafigi
chizilsin;
5) hisoblash natijalari tahlil qilinsin.
Ishni bajarish tartibi
Quyida CHirchiq daryosi suvining ionli oqimi ko‘rsatkichlarini hisoblashni
yillik miqdori qiymatlari bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
1. Daryo suvining ionlar sarfi (
U
Q ) ni hisoblash:
U
Q
QU
= 193 m3/s ∙187 mg/l=193 m3/s ∙187∙10 -6 kg/10 -3 m3 =36,1 kg/s.
2. Ionli oqim hajmi (
U
W ) ni hisoblash:
T
Q
W
U
U
= 36,1 kg/s ∙31,54 ∙10 6 s=1138 ∙10 3 tonna.
3. Ionli oqim moduli (
U
M ) ni hisoblash:
F
W
M
U
U
=
2
3
11200
10
1138
км
тонна
= 0.101 t / km2.
SHunday qilib yuqoridagi ifodalar yordamida har bir oy uchun daryo suvining
ionli oqimi ko‘rsatkichlarini hisoblab topamiz. Hisoblash natijalari 6.2-jadvalda
keltirilgan.
Jadvalda keltirilgan ma’luotlardan foydalanib ionli oqim hajmi va oqim
modulining yil ichida taqsimlanish grafigi chiziladi (4.1-rasm).
4.2-jadval
Daryo suvining ionli oqimi ko‘rsatkichlarini hisoblash
F=11200 km2
Oy
I
II
III
IV
V
VI VII VIII IX
X
XII
XII
Yil
Q, m3/s 95,7 76,7 106 136 250 294 472 456 217 77,9 67,6 62,2 193
∑U,
mg/l
189,8 199,5 172,5 226 168 150 153 149 160 182 207 288 187
Q, kg/s 18,1 15,3 18,2 30,7 42,0 44,1 72,2 67,9 34,7 14,1 13,9 17,9 36,1
T, 106 s 2,68 2,42 2,68 2,59 2,68 2,59 2,68 2,68 2,59 2,68 2,59 2,68 31,54
WU, 103
t
48,5 37,0 48,7 79,5 113 114 193 182 89,8 37,7 36,0 47,9 1138
MU,
t/km2 0,004 0,003 0,004 0,007 0,01 0,01 0.02 0.02 0.008 0.003 0.003 0.004 0,101
4. Ionli oqim hajmi va oqim modulining yil ichida taqsimlanish grafigini
chizish. Ushbu grafikni chizishda 4.2-jadvalda keltirilgan WU, 103 t, MU, t/km2
qiymatlaridan foydalanamiz. Grafik 4.1-rasmda keltirildi.
4.1. Ionli oqim hajmi va oqim modulining yil ichida
oylar bo‘yicha taqsimlanishi
5. Hisoblashlar natijalari tahlili.
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
200
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XII
XII
Wu, 103 t
0
0,002
0,004
0,006
0,008
0,01
0,012
0,014
0,016
0,018
0,02
Mu, t/km2
WU
MU,
Ushbu amaliy mashg‘ulotda CHirchiq daryosi suvining ionli oqimining
quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlandi:
-
daryo suvining ionlar sarfi;
-
ionli oqim hajmi;
-
ionli oqim moduli.
Asosiy hisoblashlar natijalari maxsus tayyorlangan 6.2-jadvalda jamlandi.
Ushbu jadval ma’lumotlari asosida ionli oqim hajmi va oqim modulining yil ichida
taqsimlanish grafigini chizildi.
Albatta, bajarilgan ishning tahliliy bayonnomasi yuqorida keltirilgan fikrlar
asosida to‘laroq yoritilishi lozim.