Daryolar gidrokimyosi

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

67,9 KB


 
 
 
 
 
 
 
Daryolar gidrokimyosi 
 
 
 
Daryolar suvining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va gidrokimyoviy 
rejimi ularning quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: 
1) daryo o‘zanida suv massalarining tez almashinishi va natijada ularning 
o‘zandagi tog‘ jinslari bilan qisqa vaqt oralig‘ida ta’sirlashuvi; 
2) daryo suvlarining er po‘stining yuza qatlamlarida shakllanishi; 
3) daryolar suv rejimining ob-havo va iqlim sharoitlari bilan chambarchas 
bog‘liqligi; 
4) daryo suvlarining atmosfera bilan uzluksiz ta’sirlashuvda bo‘lishi; 
5) daryo suvlariga o‘simlik va tirik organizmlarning doimiy ta’siri va 
boshqalar. 
Daryolar suvining gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar, jumladan 
gidrokarbonat (NSO3'), karbonat (CO3''), sulfat (SO4''), xlor (Cl') anionlari hamda 
kalsiy (Sa''), natriy (Na'), magniy (Mg''), kaliy (K') kationlari miqdori bilan 
xarakterlanadi.  
Daryolar suvining kimyoviy tarkibi va minerallashuvi, yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ularning to‘yinish manbalari bilan ham 
chambarchas bog‘liqdir. Ko‘proq er osti suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar suvida erigan moddalar ko‘p bo‘lsa, ya’ni ular yuqori darajada 
minerallashgan bo‘lsa, yomg‘ir, qor, muzliklar suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar esa, aksincha, kam minerallashgan bo‘ladi. Umuman olganda, 
daryolarda suv almashuvining boshqa suv havzalari, masalan, okeanlar, dengizlar va ko‘llarga nisbatan tez borishi, ularning kam darajada 
minerallashuviga sabab bo‘ladi. 
 
Daryolarning to‘yinish manbalari va suv rejimi davrlariga bog‘liq holda, 
ularning suvi tarkibidagi asosiy ionlar orasidagi nisbatlar yil davomida o‘zgarib 
turadi. Deyarli barcha daryolarda toshqin va to‘linsuv davrlarida NSO3' anionlari va 
Ca'' kationlari miqdori nisbatan ko‘p bo‘lsa, kam suvli davrlarda esa SO4'', Cl' 
anionlari va Na' kationlarining miqdori ortadi. 
Ayrim daryolar suvining kimyoviy tarkibi yil fasllariga mos ravishda o‘zgarib 
turadi. Natijada ayni bir daryo, suvining kimyoviy tarkibi bo‘yicha, yil davomida 
Daryolar gidrokimyosi Daryolar suvining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va gidrokimyoviy rejimi ularning quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: 1) daryo o‘zanida suv massalarining tez almashinishi va natijada ularning o‘zandagi tog‘ jinslari bilan qisqa vaqt oralig‘ida ta’sirlashuvi; 2) daryo suvlarining er po‘stining yuza qatlamlarida shakllanishi; 3) daryolar suv rejimining ob-havo va iqlim sharoitlari bilan chambarchas bog‘liqligi; 4) daryo suvlarining atmosfera bilan uzluksiz ta’sirlashuvda bo‘lishi; 5) daryo suvlariga o‘simlik va tirik organizmlarning doimiy ta’siri va boshqalar. Daryolar suvining gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar, jumladan gidrokarbonat (NSO3'), karbonat (CO3''), sulfat (SO4''), xlor (Cl') anionlari hamda kalsiy (Sa''), natriy (Na'), magniy (Mg''), kaliy (K') kationlari miqdori bilan xarakterlanadi. Daryolar suvining kimyoviy tarkibi va minerallashuvi, yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ularning to‘yinish manbalari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Ko‘proq er osti suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar suvida erigan moddalar ko‘p bo‘lsa, ya’ni ular yuqori darajada minerallashgan bo‘lsa, yomg‘ir, qor, muzliklar suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar esa, aksincha, kam minerallashgan bo‘ladi. Umuman olganda, daryolarda suv almashuvining boshqa suv havzalari, masalan, okeanlar, dengizlar va ko‘llarga nisbatan tez borishi, ularning kam darajada minerallashuviga sabab bo‘ladi. Daryolarning to‘yinish manbalari va suv rejimi davrlariga bog‘liq holda, ularning suvi tarkibidagi asosiy ionlar orasidagi nisbatlar yil davomida o‘zgarib turadi. Deyarli barcha daryolarda toshqin va to‘linsuv davrlarida NSO3' anionlari va Ca'' kationlari miqdori nisbatan ko‘p bo‘lsa, kam suvli davrlarda esa SO4'', Cl' anionlari va Na' kationlarining miqdori ortadi. Ayrim daryolar suvining kimyoviy tarkibi yil fasllariga mos ravishda o‘zgarib turadi. Natijada ayni bir daryo, suvining kimyoviy tarkibi bo‘yicha, yil davomida  
 
 
turli sinflarga mansub bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish ularning to‘yinish 
manbalarining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Masalan, Amudaryo yozda, ya’ni iyul 
­ avgust oylarida asosan muzlik suvlari hisobiga to‘yinadi. SHu sababli daryo yozda 
gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, qishda (dekabr ­ fevral) xloridli sinfga, qolgan 
vaqtlarda esa sulfatli sinfga tegishli bo‘ladi. SHunga o‘xshash misollarni ko‘plab 
keltirish mumkin: Er yuzidagi yirik daryolardan biri hisoblangan Lena daryosi 
to‘linsuv davrida gidrokarbonatli sinfga tegishli bo‘lsa, qishda esa xloridli sinfga 
kiradi. 
Daryolar suvining minerallashuv darajasi unda erigan moddalar miqdori bilan 
aniqlanadi. Daryo suvining minerallashuvi deb, uning bir litrida mavjud bo‘lgan 
gramm yoki milligram hisobidagi erigan moddalar miqdoriga aytiladi. 
 
 Tabiiy suvlar, shu jumladan daryolar, minerallashuv darajasi, ya’ni ularning 
suvi tarkibida erigan moddalar miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin tomonidan 
quyidagi to‘rtta guruhga ajratilgan: 
 
1) kam minerallashgan suvlar (200 mg/l dan kichik); 
 
2) o‘rtacha minerallashgan suvlar (200 ÷ 500 mg/l); 
 
3) yuqori darajada minerallashgan suvlar (500 ÷ 1000 mg/l); 
 
4) o‘ta minerallashgan suvlar (1000 mg/l dan katta). 
 
Er yuzidagi daryolar suvining minerallashuvi ular suv to‘playdigan 
havzalarning namlik darajasi bilan ham bog‘liqdir. Nam iqlimli hududlardagi 
daryolar suvining minerallashuvi juda kichik bo‘ladi. Masalan, nam iqlimli 
hududdagi Amazonka daryosi suvining minerallashuvi atigi 35÷50 mg/l atrofida 
o‘zgaradi. Aksincha, qurg‘oqchil hududlarda daryolar suvining minerallashuvi 
keskin ortadi. Masalan, O‘rta Osiyo yoki Qozog‘iston daryolarida, ayniqsa ularning 
quyi oqimlarida minerallashuv darajasi 1000 mg/l atrofida yoki undan ham katta 
bo‘ladi. 
 
Daryolar suvining eng kam minerallashuvi ko‘p suvli toshqin va to‘linsuv 
davrlaridagi oylarda kuzatilsa, yuqori darajadagi minerallashuv esa kam suvli 
davrlarga to‘g‘ri keladi.  Masalan, CHirchiq daryosining G‘azalkent gidrologik 
postida 1986 yilda qayd etilgan o‘rtacha oylik suv sarflari va daryo suvining 
minerallashuvi haqidagi ma’lumotlar fikrimizning yorqin dalilidir (2.1 - rasm). 
turli sinflarga mansub bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish ularning to‘yinish manbalarining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Masalan, Amudaryo yozda, ya’ni iyul ­ avgust oylarida asosan muzlik suvlari hisobiga to‘yinadi. SHu sababli daryo yozda gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, qishda (dekabr ­ fevral) xloridli sinfga, qolgan vaqtlarda esa sulfatli sinfga tegishli bo‘ladi. SHunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin: Er yuzidagi yirik daryolardan biri hisoblangan Lena daryosi to‘linsuv davrida gidrokarbonatli sinfga tegishli bo‘lsa, qishda esa xloridli sinfga kiradi. Daryolar suvining minerallashuv darajasi unda erigan moddalar miqdori bilan aniqlanadi. Daryo suvining minerallashuvi deb, uning bir litrida mavjud bo‘lgan gramm yoki milligram hisobidagi erigan moddalar miqdoriga aytiladi. Tabiiy suvlar, shu jumladan daryolar, minerallashuv darajasi, ya’ni ularning suvi tarkibida erigan moddalar miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin tomonidan quyidagi to‘rtta guruhga ajratilgan: 1) kam minerallashgan suvlar (200 mg/l dan kichik); 2) o‘rtacha minerallashgan suvlar (200 ÷ 500 mg/l); 3) yuqori darajada minerallashgan suvlar (500 ÷ 1000 mg/l); 4) o‘ta minerallashgan suvlar (1000 mg/l dan katta). Er yuzidagi daryolar suvining minerallashuvi ular suv to‘playdigan havzalarning namlik darajasi bilan ham bog‘liqdir. Nam iqlimli hududlardagi daryolar suvining minerallashuvi juda kichik bo‘ladi. Masalan, nam iqlimli hududdagi Amazonka daryosi suvining minerallashuvi atigi 35÷50 mg/l atrofida o‘zgaradi. Aksincha, qurg‘oqchil hududlarda daryolar suvining minerallashuvi keskin ortadi. Masalan, O‘rta Osiyo yoki Qozog‘iston daryolarida, ayniqsa ularning quyi oqimlarida minerallashuv darajasi 1000 mg/l atrofida yoki undan ham katta bo‘ladi. Daryolar suvining eng kam minerallashuvi ko‘p suvli toshqin va to‘linsuv davrlaridagi oylarda kuzatilsa, yuqori darajadagi minerallashuv esa kam suvli davrlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, CHirchiq daryosining G‘azalkent gidrologik postida 1986 yilda qayd etilgan o‘rtacha oylik suv sarflari va daryo suvining minerallashuvi haqidagi ma’lumotlar fikrimizning yorqin dalilidir (2.1 - rasm).  
 
 
 
CHirchiq daryosi o‘rtacha oylik suv sarflari (Q) va minerallashuv darajasining 
(U) o‘zgarishi (G‘azalkent gidrologik posti, 1986 y.) 
SHunga o‘xshash holatlarni boshqa daryolar misolida ham keltirish mumkin. 
Masalan, Sirdaryo oqimining tabiiy holati o‘zgarmagan yillarda (To‘xtag‘ul suv 
ombori ishga tushgunga qadar) Kal qishlog‘i yaqinida to‘linsuv davrida uning 
minerallashuvi 300÷500 mg/l ga teng bo‘lsa, kam suvli davrda esa 500÷800 mg/l 
oralig‘ida bo‘lgan. 
 
Daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib boradi. 
Masalan, 1987 – 2000 yillarda Sirdaryoning Kal qishlog‘i yaqinida o‘rtacha ko‘p 
yillik minerallashuv darajasi  693 mg/l bo‘lsa, Bekobod yaqinida 1152 mg/l ni tashkil 
etgan. SHu yillarda Amudaryo suvining minerallashuvi Termiz shahri yaqinida 
o‘rtacha  617 mg/l ga teng bo‘lgan bo‘lsa, Tuyamo‘yinda esa 907 mg/l gacha ortgan. 
 
Hozirgi 
kunda 
O‘rta 
Osiyo, 
jumladan 
O‘zbekiston 
daryolarining 
gidrokimyoviy rejimi antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgargan. Buning asosiy 
sabablari ekin maydonlarida hosil bo‘lgan oqava suvlarning, shuningdek, yirik 
shaharlar, aholi punktlari va sanoat korxonalarida ishlatilgan suvlarning tozalanmay, 
bevosita daryolarga oqizilishi bilan bog‘liqdir.  
Kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra, 
Sirdaryo suvi minerallashuvining o‘sishi sobiq Ittifoq davrida, aniqrog‘i o‘tgan asrning 
50­yillaridan boshlangan. Natijada, 60-yillarda daryo suvining minerallashuv darajasi 
Kal qishlog‘i yaqinida tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8 marta, 70-yillarda esa 2,3 marta 
ortgan. Xuddi shu daryoda, uning quyi qismida, Kazalinsk shahri yaqinida erigan 
0
50
100
150
200
250
300
350
400
450
500
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XII
XII
 Q, мз/с
0
50
100
150
200
250
300
350
∑U, мг/л 
Q
∑U 
CHirchiq daryosi o‘rtacha oylik suv sarflari (Q) va minerallashuv darajasining (U) o‘zgarishi (G‘azalkent gidrologik posti, 1986 y.) SHunga o‘xshash holatlarni boshqa daryolar misolida ham keltirish mumkin. Masalan, Sirdaryo oqimining tabiiy holati o‘zgarmagan yillarda (To‘xtag‘ul suv ombori ishga tushgunga qadar) Kal qishlog‘i yaqinida to‘linsuv davrida uning minerallashuvi 300÷500 mg/l ga teng bo‘lsa, kam suvli davrda esa 500÷800 mg/l oralig‘ida bo‘lgan. Daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib boradi. Masalan, 1987 – 2000 yillarda Sirdaryoning Kal qishlog‘i yaqinida o‘rtacha ko‘p yillik minerallashuv darajasi 693 mg/l bo‘lsa, Bekobod yaqinida 1152 mg/l ni tashkil etgan. SHu yillarda Amudaryo suvining minerallashuvi Termiz shahri yaqinida o‘rtacha 617 mg/l ga teng bo‘lgan bo‘lsa, Tuyamo‘yinda esa 907 mg/l gacha ortgan. Hozirgi kunda O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston daryolarining gidrokimyoviy rejimi antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgargan. Buning asosiy sabablari ekin maydonlarida hosil bo‘lgan oqava suvlarning, shuningdek, yirik shaharlar, aholi punktlari va sanoat korxonalarida ishlatilgan suvlarning tozalanmay, bevosita daryolarga oqizilishi bilan bog‘liqdir. Kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo suvi minerallashuvining o‘sishi sobiq Ittifoq davrida, aniqrog‘i o‘tgan asrning 50­yillaridan boshlangan. Natijada, 60-yillarda daryo suvining minerallashuv darajasi Kal qishlog‘i yaqinida tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8 marta, 70-yillarda esa 2,3 marta ortgan. Xuddi shu daryoda, uning quyi qismida, Kazalinsk shahri yaqinida erigan 0 50 100 150 200 250 300 350 400 450 500 I II III IV V VI VII VIII IX X XII XII Q, мз/с 0 50 100 150 200 250 300 350 ∑U, мг/л Q ∑U  
 
 
moddalar miqdori 1974 yilda 1953 yildagiga nisbatan 3,1 marta, nisbatan kam suvli 
hisoblangan 1975 yilda esa 5,1 marta ortgan. 
Amudaryo havzasidagi daryolar suvi minerallashuv darajasining ortishi 
Surxondaryoda 60­yillardan, Zarafshon daryosi va Amudaryoning o‘zida  60­yillarning 
oxirlaridan sezilarli bo‘la boshlagan (2.2-rasm). Keyingi yillarda daryolar suvining 
minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib borgan. Natijada ko‘pgina daryolar, 
jumladan, Amudaryo, Sirdaryo, CHirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, 
Surxondaryo suvidan ularning quyi qismida ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin 
bo‘lmay qolgan.  
 
Amudaryo suvi minerallashuvining yillararo o‘zgarishi 
 
Mazkur holatlarni hisobga olib, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki 
yillaridanoq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor 
qaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning maxsus 
farmonlari chiqarilgan va shu asosida barcha viloyatlar miqyosida muammoning 
echimiga qaratilgan rejalar, chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan. 
Daryolar suvida ham ma’lum miqdorda organik va noorganik moddalar 
ionli­molekulyar yoki kolloid holatda uchraydi. Ularning ma’lum bir hududdan 
ma’lum vaqt davomida daryolar suvi bilan oqizilib ketgan miqdori erigan moddalar 
oqimini tashkil etadi. Erigan moddalar oqimining eng katta qismi ionli oqimga 
tegishlidir. 
 
Daryolar suvidagi asosiy ionlar sarfi (
U
Q ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1990
1992
1994
1996
1998
2000
2002
2004
2006
2008
2010
М, мг/л
Термиз
Туямўйин
Саманбой
moddalar miqdori 1974 yilda 1953 yildagiga nisbatan 3,1 marta, nisbatan kam suvli hisoblangan 1975 yilda esa 5,1 marta ortgan. Amudaryo havzasidagi daryolar suvi minerallashuv darajasining ortishi Surxondaryoda 60­yillardan, Zarafshon daryosi va Amudaryoning o‘zida 60­yillarning oxirlaridan sezilarli bo‘la boshlagan (2.2-rasm). Keyingi yillarda daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib borgan. Natijada ko‘pgina daryolar, jumladan, Amudaryo, Sirdaryo, CHirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo suvidan ularning quyi qismida ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin bo‘lmay qolgan. Amudaryo suvi minerallashuvining yillararo o‘zgarishi Mazkur holatlarni hisobga olib, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning maxsus farmonlari chiqarilgan va shu asosida barcha viloyatlar miqyosida muammoning echimiga qaratilgan rejalar, chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan. Daryolar suvida ham ma’lum miqdorda organik va noorganik moddalar ionli­molekulyar yoki kolloid holatda uchraydi. Ularning ma’lum bir hududdan ma’lum vaqt davomida daryolar suvi bilan oqizilib ketgan miqdori erigan moddalar oqimini tashkil etadi. Erigan moddalar oqimining eng katta qismi ionli oqimga tegishlidir. Daryolar suvidagi asosiy ionlar sarfi ( U Q ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 0 200 400 600 800 1000 1200 1400 1600 1990 1992 1994 1996 1998 2000 2002 2004 2006 2008 2010 М, мг/л Термиз Туямўйин Саманбой  
 
 



U
Q
QU
 , 
bu erda Q ­ daryodagi suv sarfi, m3/s; U ­ daryo suvining minerallashuv darajasi, 
mg/l. Ionli oqim sarfi kg/s da ifodalanadi. 
 
Daryoning ma’lum vaqt davomidagi ionli oqimi hajmi (
U
W
) tonnalarda ifodalanadi va quyidagicha hisoblanadi: 
T
Q
W
U
U


 , 
ifodadagi T ­ hisob davri, ya’ni kunlar, oy yoki yil bo‘lib, ular sekundlarda 
ifodalanadi. 
Ionli oqim hajini hisoblashning ikkinchi usuli ham mavjud. Bunda quyidagi 
ifodadan foydalanish mumkin: 



U
W
WU
 , 
bu erda: W ­ hisob davridagi suv oqimi hajmi (m3); U ­ minerallashuv darajasining 
shu davr uchun aniqlangan o‘rtacha qiymati (mg/l). 
Daryoning ma’lum bir hisob davri, masalan oy, fasl yoki yil davomidagi ionli 
oqimi hajmining havzaning birlik maydoniga to‘g‘ri keladigan miqdori ionli oqim 
moduli deb ataladi. Ionli oqim modulini quyidagi ifodalar bilan hisoblash mumkin: 
F
W
M
U
U 
   yoki  



U
M
MU
0315
,
0
 , 
ifodalardagi: F ­daryo havzasining maydoni (km2), 
U
M ­suvning ionli oqim moduli 
(l/s km2), U ­hisob davrida daryo suvi minerallashuv darajasining o‘rtacha 
qiymati (mg/l). Ionli oqim moduli tonna/km2 yil, tonna/km2 oy kattaliklar bilan 
ifodalanadi. 
YUqorida bayon etilgan yo‘l bilan organik moddalar, biogen elementlar oqimi 
ko‘rsatkichlarini ham hisoblash mumkin. 
 
Ionli oqim miqdori va uning yil ichida taqsimlanishi daryoning suvliligi va 
minerallashuv darajasiga bog‘liq. SHu tufayli bir xil sharoitda eng ko‘p ionli oqim 
miqdori eng yirik va sersuv daryolarga to‘g‘ri keladi (2.1­jadval). 
SHu bilan bir qatorda suv oqimi miqdori bir xil bo‘lgan daryolarning 
qurg‘oqchil hududlarda joylashganlarida ionli oqim miqdori katta bo‘ladi. Masalan, 
Amudaryoning o‘rtacha yillik oqimi hajmi 63 km3 ga teng. Namlik katta bo‘lgan 
hududda joylashgan Indigirka daryosining o‘rtacha yillik oqimi hajmi deyarli shu 
miqdorga yaqin, aniqrog‘i 58 km3 ni tashkil etadi. Lekin, qurg‘oqchil hududdagi 
   U Q QU , bu erda Q ­ daryodagi suv sarfi, m3/s; U ­ daryo suvining minerallashuv darajasi, mg/l. Ionli oqim sarfi kg/s da ifodalanadi. Daryoning ma’lum vaqt davomidagi ionli oqimi hajmi ( U W ) tonnalarda ifodalanadi va quyidagicha hisoblanadi: T Q W U U   , ifodadagi T ­ hisob davri, ya’ni kunlar, oy yoki yil bo‘lib, ular sekundlarda ifodalanadi. Ionli oqim hajini hisoblashning ikkinchi usuli ham mavjud. Bunda quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:    U W WU , bu erda: W ­ hisob davridagi suv oqimi hajmi (m3); U ­ minerallashuv darajasining shu davr uchun aniqlangan o‘rtacha qiymati (mg/l). Daryoning ma’lum bir hisob davri, masalan oy, fasl yoki yil davomidagi ionli oqimi hajmining havzaning birlik maydoniga to‘g‘ri keladigan miqdori ionli oqim moduli deb ataladi. Ionli oqim modulini quyidagi ifodalar bilan hisoblash mumkin: F W M U U  yoki    U M MU 0315 , 0 , ifodalardagi: F ­daryo havzasining maydoni (km2), U M ­suvning ionli oqim moduli (l/s km2), U ­hisob davrida daryo suvi minerallashuv darajasining o‘rtacha qiymati (mg/l). Ionli oqim moduli tonna/km2 yil, tonna/km2 oy kattaliklar bilan ifodalanadi. YUqorida bayon etilgan yo‘l bilan organik moddalar, biogen elementlar oqimi ko‘rsatkichlarini ham hisoblash mumkin. Ionli oqim miqdori va uning yil ichida taqsimlanishi daryoning suvliligi va minerallashuv darajasiga bog‘liq. SHu tufayli bir xil sharoitda eng ko‘p ionli oqim miqdori eng yirik va sersuv daryolarga to‘g‘ri keladi (2.1­jadval). SHu bilan bir qatorda suv oqimi miqdori bir xil bo‘lgan daryolarning qurg‘oqchil hududlarda joylashganlarida ionli oqim miqdori katta bo‘ladi. Masalan, Amudaryoning o‘rtacha yillik oqimi hajmi 63 km3 ga teng. Namlik katta bo‘lgan hududda joylashgan Indigirka daryosining o‘rtacha yillik oqimi hajmi deyarli shu miqdorga yaqin, aniqrog‘i 58 km3 ni tashkil etadi. Lekin, qurg‘oqchil hududdagi  
 
 
Amudaryoning ionli oqimi Indigirkaga nisbatan 12 marta ko‘proqdir (2.1­jadval). 
 
Ionli oqim moduli tog‘ daryolarida tekislik daryolariga nisbatan katta bo‘ladi. 
Masalan, Kavkaz tog‘laridan oqib tushadigan Rioni daryosining ionli oqim moduli 
146 t/km2 yil ni tashkil etadi. YOki Pomir tog‘laridan boshlanadigan Amudaryoda 
uning qiymati 85 t/km2 yil ga teng. Tekislik daryolari hisoblangan SHimoliy Dvina 
daryosida ionli oqim moduli bor­yo‘g‘i 2,94 t/km2 yil yoki Neva daryosida 10,4 t/ 
km2 yil ga teng. 
 
2.1­jadval 
Evrosiyo materigidagi ayrim daryolarning o‘rtacha ko‘p yillik 
 ionli oqimi hajmi (O.A.Alyokin bo‘yicha ) 
Daryo 
Havza 
maydoni, 
ming km2 
Ionli oqim, 
mln.t/yil 
Daryo 
Havza 
maydoni, 
ming km2 
Ionli 
oqim, 
mln.t/yil 
Lena 
2420 
59,8 
Sirdaryo 
219 
9,51 
Volga 
1350 
54,4 
Amur 
1620 
9,11 
Enisey 
2470 
43,2 
Dnepr 
464 
7,64 
Ob 
2450 
33,8 
Kura 
178 
5,20 
Amudaryo 
237 
19,3 
Pechora 
259 
5,66 
SHimoliy 
Dvina 
350 
13,8 
Indigirka 
297 
1,60 
 
Qayd etish lozimki, ionli oqim hajmi (
U
W ) ning yil davomida oylar bo‘yicha 
taqsimlanishi suv oqimining taqsimlanishiga o‘xshashdir. Uning eng ko‘p miqdori 
to‘linsuv davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda minerallashuv darajasi kichik bo‘lsa ham, 
katta miqdordagi suv bilan shunga mos miqdordagi erigan moddalar olib ketiladi.  
 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1. Daryolar suvining gidroximiyaviy rejimini belgilovchi asosiy ionlarni 
ayting.  
2. Daryo suvining minerallashuvini ta’riflab bering?  
3. Daryolarni O.A.Alyokin ular suvining minerallashuv darajasiga bog‘liq 
holda nechta guruhga ajratgan? 
4. Daryolarning ionli oqimi miqdoriy ko‘rsatkichlarini bilasizmi?  
5. Daryolar ionli oqimining miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblash ifolalarini 
eslang. 
Amudaryoning ionli oqimi Indigirkaga nisbatan 12 marta ko‘proqdir (2.1­jadval). Ionli oqim moduli tog‘ daryolarida tekislik daryolariga nisbatan katta bo‘ladi. Masalan, Kavkaz tog‘laridan oqib tushadigan Rioni daryosining ionli oqim moduli 146 t/km2 yil ni tashkil etadi. YOki Pomir tog‘laridan boshlanadigan Amudaryoda uning qiymati 85 t/km2 yil ga teng. Tekislik daryolari hisoblangan SHimoliy Dvina daryosida ionli oqim moduli bor­yo‘g‘i 2,94 t/km2 yil yoki Neva daryosida 10,4 t/ km2 yil ga teng. 2.1­jadval Evrosiyo materigidagi ayrim daryolarning o‘rtacha ko‘p yillik ionli oqimi hajmi (O.A.Alyokin bo‘yicha ) Daryo Havza maydoni, ming km2 Ionli oqim, mln.t/yil Daryo Havza maydoni, ming km2 Ionli oqim, mln.t/yil Lena 2420 59,8 Sirdaryo 219 9,51 Volga 1350 54,4 Amur 1620 9,11 Enisey 2470 43,2 Dnepr 464 7,64 Ob 2450 33,8 Kura 178 5,20 Amudaryo 237 19,3 Pechora 259 5,66 SHimoliy Dvina 350 13,8 Indigirka 297 1,60 Qayd etish lozimki, ionli oqim hajmi ( U W ) ning yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishi suv oqimining taqsimlanishiga o‘xshashdir. Uning eng ko‘p miqdori to‘linsuv davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda minerallashuv darajasi kichik bo‘lsa ham, katta miqdordagi suv bilan shunga mos miqdordagi erigan moddalar olib ketiladi. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Daryolar suvining gidroximiyaviy rejimini belgilovchi asosiy ionlarni ayting. 2. Daryo suvining minerallashuvini ta’riflab bering? 3. Daryolarni O.A.Alyokin ular suvining minerallashuv darajasiga bog‘liq holda nechta guruhga ajratgan? 4. Daryolarning ionli oqimi miqdoriy ko‘rsatkichlarini bilasizmi? 5. Daryolar ionli oqimining miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblash ifolalarini eslang.  
 
 
6. Ionli oqim moduli nima va u qanday aniqlanadi? 
7. Ionli oqim moduli tog‘ va tekislik daryolarida qanday qiymatlarda 
o‘zgaradi? 
8. Ionli oqim hajmining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishiga suv 
oqimi qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
 
6. Ionli oqim moduli nima va u qanday aniqlanadi? 7. Ionli oqim moduli tog‘ va tekislik daryolarida qanday qiymatlarda o‘zgaradi? 8. Ionli oqim hajmining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishiga suv oqimi qanday ta’sir ko‘rsatadi?