DAVLAT BOSHQARUVINING HUQUQIY ASOSLARI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

29

Faytl hajmi

62,7 KB


 
 
 
 
 
 
DAVLAT BOSHQARUVINING HUQUQIY ASOSLARI 
 
R Ye J A: 
1. Davlat organlari tushunchasi va xususiyatlari. 
2. Ijro hokimiyati organlari tushunchasi 
3.  Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 
4. Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy 
prinsiplari. 
5. Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 
7. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari. 
8. Mahalliy davlat hokimiyati organlari.
DAVLAT BOSHQARUVINING HUQUQIY ASOSLARI R Ye J A: 1. Davlat organlari tushunchasi va xususiyatlari. 2. Ijro hokimiyati organlari tushunchasi 3. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari. 5. Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 7. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari. 8. Mahalliy davlat hokimiyati organlari.
 
 
 
1. Davlat organlari tushunchasi va xususiyatlari.  
Davlat – o‘z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-
moddiy kuchga, ya’ni davlat mexanizmiga egadir. Mexanizm davlatning nimadan 
tashkil topganligini ko‘rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir. Davlat mexanizmi 
- davlat organlari va boshqa tashkilotlarining davlat hokimiyatini, vazifa va 
Funksiyalarini amalga oshirishning yaxlit ierarxik, ya’ni bo‘ysinuvga asoslangan 
tizimidir.  
Davlat mexanizmining boshlang‘ich va asosiy tarkibiy elementlaridan biri – 
bu davlat organlaridir. Davlat organlari - davlat Funksiyalarini amalga oshiradigan 
va hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir.  
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‘ra, davlat organlarining mazmun-
mohiyatini ochib beruvchi xususiyatlarga quyidagilar kiradi:a) davlat organi – davlat 
mexanizmining bir bo‘lagi sifatida, ma’lum bir mustaqillikka (avtonomiyaga) 
egadir. Davlat organlari davlat mexanizmida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning boshqa 
qismlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi; b) davlat organi – turli munosabatlarda davlat 
nomidan harakat qiluvchi xizmatchilardan iborat bo‘ladi. Aynan davlat 
xizmatchilarining harakatlarida u yoki bu davlat organining faoliyati namoyon 
bo‘ladi; v) davlat organlari ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya’ni ular yagona 
maqsad atrofida birlashgan bo‘linmalardan iborat bo‘ladi;  g) davlat organlari 
ma’lum bir hajm va mohiyatga ega bo‘lgan davlat-hokimiyat vakolatiga egadir; d) 
davlat organlarining funksiyalanishini – davlat tomonidan moliyaviy mablag‘ 
ajratish orqali ta’minlanadi; ye) davlat organlari – davlatning vazifa va 
Funksiyalarini amalga oshirish uchun, ma’lum bir shakl va uslublardan foydalanadi.  
Davlat organi o‘zining mohiyatiga ko‘ra qandaydir tashkilotni, fuqarolarning 
jamoasini anglatadi. Bunday fuqarolarning jamoasi davlat faoliyatining u yoki bu 
turini amalga oshirish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi.  
Davlat o‘z organlarini bevosita tashkil etadi yoki ularni tashkil etish tartibini 
belgilaydi, ularning funksiyalanishining asosiy qoidalarini o‘rnatadi, davlat
1. Davlat organlari tushunchasi va xususiyatlari. Davlat – o‘z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy- moddiy kuchga, ya’ni davlat mexanizmiga egadir. Mexanizm davlatning nimadan tashkil topganligini ko‘rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir. Davlat mexanizmi - davlat organlari va boshqa tashkilotlarining davlat hokimiyatini, vazifa va Funksiyalarini amalga oshirishning yaxlit ierarxik, ya’ni bo‘ysinuvga asoslangan tizimidir. Davlat mexanizmining boshlang‘ich va asosiy tarkibiy elementlaridan biri – bu davlat organlaridir. Davlat organlari - davlat Funksiyalarini amalga oshiradigan va hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir. Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‘ra, davlat organlarining mazmun- mohiyatini ochib beruvchi xususiyatlarga quyidagilar kiradi:a) davlat organi – davlat mexanizmining bir bo‘lagi sifatida, ma’lum bir mustaqillikka (avtonomiyaga) egadir. Davlat organlari davlat mexanizmida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning boshqa qismlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi; b) davlat organi – turli munosabatlarda davlat nomidan harakat qiluvchi xizmatchilardan iborat bo‘ladi. Aynan davlat xizmatchilarining harakatlarida u yoki bu davlat organining faoliyati namoyon bo‘ladi; v) davlat organlari ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya’ni ular yagona maqsad atrofida birlashgan bo‘linmalardan iborat bo‘ladi; g) davlat organlari ma’lum bir hajm va mohiyatga ega bo‘lgan davlat-hokimiyat vakolatiga egadir; d) davlat organlarining funksiyalanishini – davlat tomonidan moliyaviy mablag‘ ajratish orqali ta’minlanadi; ye) davlat organlari – davlatning vazifa va Funksiyalarini amalga oshirish uchun, ma’lum bir shakl va uslublardan foydalanadi. Davlat organi o‘zining mohiyatiga ko‘ra qandaydir tashkilotni, fuqarolarning jamoasini anglatadi. Bunday fuqarolarning jamoasi davlat faoliyatining u yoki bu turini amalga oshirish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi. Davlat o‘z organlarini bevosita tashkil etadi yoki ularni tashkil etish tartibini belgilaydi, ularning funksiyalanishining asosiy qoidalarini o‘rnatadi, davlat
 
 
nomidan va davlat manfaatini ko‘zlab harakat qilishi uchun ularga ma’lum bir 
vakolatlarni berib qo‘yadi.  
Davlat organlarining barchasi, yagonalikda - davlat apparatini tashkil etadi. 
Davlat apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi.  
Davlat – fuqarolarning siyosiy tashkiloti bo‘lganligi sababli, tashkil 
qilinadigan davlat organlari hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi.  
Davlat-hokimiyat vakolati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, asosan 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) davlat nomidan va davlat manfaatini ko‘zlab 
huquqiy akt chiqarish; b) ularning amalga oshirilishini - tarbiyalash, ishontirish va 
rag‘batlantirish choralarini qo‘llash orqali ta’minlash; v) huquqiy aktlardan kelib 
chiqadigan talablar ijro etilishini nazorat qilish; g) huquqiy aktlarni himoya qilish, 
ya’ni huquqiy aktlarda nazarda tutilgan talablar buzilganda, ularni majburiy choralar 
qo‘llash orqali himoya qilish.  
Davlat organlari to‘g‘risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun, ularni 
fuqarolarning boshqa jamoalaridan, masalan jamoat tashkilotlaridan farqlash lozim. 
Jamoat tashkilotlari davlat tomonidan emas, balki fuqarolar yoki mehnat jamoasi 
tomonidan, davlat organi esa davlat tomonidan tashkil etiladi. Ba’zi hollarda davlat 
o‘z organlari orqali jamoat tashkilotlarini tashkil etish asoslarini va tartibini, faoliyat 
yo‘nalishlarini belgilab berishi mumkin. Davlat organlari davlat-hokimiyat 
vakolatiga ega, ya’ni davlat nomidan va davlat manfaatini ko‘zlab butun mamlakat 
bo‘yicha yoki ma’lum bir hududlar (viloyat, tuman, shahar) bo‘yicha harakat qiladi. 
Jamoat tashkilotlari ham ma’lum bir vakolatlarga ega, lekin bu vakolatlar davlat-
hokimiyat vakolati hisoblanmaydi. Jamoat tashkilotlarining vakolati ma’lum bir 
belgilangan doirada, masalan jamoat tashkiloti dorasida yoki jamoat xodimlariga 
nisbatan harakatda bo‘ladi. 
Davlat organlarining o‘ziga xos xususiyatlarini korxonalar bilan taqqoslab 
ko‘rganda ham ko‘rish mumkin. Jumladan, davlat organlari davlat oldida turgan 
vazifa va funksiyalarni amalga oshirib, o‘zlarining xatti-harakatlari bilan bevosita 
moddiy boyliklar yaratmaydilar. Korxonalar esa bevosita ishlab chiqarish bilan, 
moddiy boyliklarni yaratish bilan shug‘ullanadi.
nomidan va davlat manfaatini ko‘zlab harakat qilishi uchun ularga ma’lum bir vakolatlarni berib qo‘yadi. Davlat organlarining barchasi, yagonalikda - davlat apparatini tashkil etadi. Davlat apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi. Davlat – fuqarolarning siyosiy tashkiloti bo‘lganligi sababli, tashkil qilinadigan davlat organlari hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi. Davlat-hokimiyat vakolati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) davlat nomidan va davlat manfaatini ko‘zlab huquqiy akt chiqarish; b) ularning amalga oshirilishini - tarbiyalash, ishontirish va rag‘batlantirish choralarini qo‘llash orqali ta’minlash; v) huquqiy aktlardan kelib chiqadigan talablar ijro etilishini nazorat qilish; g) huquqiy aktlarni himoya qilish, ya’ni huquqiy aktlarda nazarda tutilgan talablar buzilganda, ularni majburiy choralar qo‘llash orqali himoya qilish. Davlat organlari to‘g‘risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun, ularni fuqarolarning boshqa jamoalaridan, masalan jamoat tashkilotlaridan farqlash lozim. Jamoat tashkilotlari davlat tomonidan emas, balki fuqarolar yoki mehnat jamoasi tomonidan, davlat organi esa davlat tomonidan tashkil etiladi. Ba’zi hollarda davlat o‘z organlari orqali jamoat tashkilotlarini tashkil etish asoslarini va tartibini, faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berishi mumkin. Davlat organlari davlat-hokimiyat vakolatiga ega, ya’ni davlat nomidan va davlat manfaatini ko‘zlab butun mamlakat bo‘yicha yoki ma’lum bir hududlar (viloyat, tuman, shahar) bo‘yicha harakat qiladi. Jamoat tashkilotlari ham ma’lum bir vakolatlarga ega, lekin bu vakolatlar davlat- hokimiyat vakolati hisoblanmaydi. Jamoat tashkilotlarining vakolati ma’lum bir belgilangan doirada, masalan jamoat tashkiloti dorasida yoki jamoat xodimlariga nisbatan harakatda bo‘ladi. Davlat organlarining o‘ziga xos xususiyatlarini korxonalar bilan taqqoslab ko‘rganda ham ko‘rish mumkin. Jumladan, davlat organlari davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirib, o‘zlarining xatti-harakatlari bilan bevosita moddiy boyliklar yaratmaydilar. Korxonalar esa bevosita ishlab chiqarish bilan, moddiy boyliklarni yaratish bilan shug‘ullanadi.
 
 
Demak, davlat organlari: birinchidan, davlat mexanizmi (apparati)ning bir 
qismi hisoblanadi; ikkinchidan, davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi; 
uchinchidan, davlat oldida turgan vazifa va Funksiyalarni amalga oshirish 
maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladi; to‘rtinchidan, ma’lum bir tashkiliy 
tuzilmaga ega bo‘ladi; beshinchidan, ularning faoliyati bevosita ishlab chiqarish 
bilan, moddiy boyliklarni yaratish bilan bog‘liq emas. 
Ijro hokimiyati organlari tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Turli huquq sohalari mutaxassislarining davlat organlari va xususan ijro hokimiyati 
organlari tushunchasi, mazmuni va ahamiyati muammolariga bag‘ishlangan 
ko‘pdan-ko‘p ilmiy izlanishlari mavjuddir. 90-yillarning boshlaridan, ya’ni sobiq 
Ittifoqning parchalanishi, yangi davlat tuzilmalarining shakllanishi va rivojlanishi 
bilan, bu muammoga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib bordi. Bu ayniqsa davlatlar 
tomonidan Asosiy qonunning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan yanada 
jonlandi.  
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida davlat hokimiyatining 
bo‘linishi prinsipining o‘rnatilishi bilan, davlatning – qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati organlariga bo‘linishi mustahkamlandi. 
Ijro hokimiyati organlari - davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini bo‘lib, 
davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan 
hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilotdir. 
Ijro hokimiyati sub’ektlari o‘rnatilgan kompetenstiya doirasida davlat 
boshqaruvini amalga oshiradilar. Ijro hokimiyati - davlat boshqaruvi organlari 
tizimidan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Ijro hokimiyati – bu uning 
organlarini, ya’ni normativ tartibda o‘rnatilgan maqsad, vazifa, kompetenstiya, 
tuzilma va boshqaruv personali (davlat xizmatchilari)ga ega bo‘lgan davlat 
boshqaruvi organlarini tashkil etish va ular funksiyalanishining tizimidir. 
Ijro hokimiyati organlari – bu hokimiyat organlari tizimining bir qismi 
bo‘lgan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta’minlash 
maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus 
shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida
Demak, davlat organlari: birinchidan, davlat mexanizmi (apparati)ning bir qismi hisoblanadi; ikkinchidan, davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi; uchinchidan, davlat oldida turgan vazifa va Funksiyalarni amalga oshirish maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladi; to‘rtinchidan, ma’lum bir tashkiliy tuzilmaga ega bo‘ladi; beshinchidan, ularning faoliyati bevosita ishlab chiqarish bilan, moddiy boyliklarni yaratish bilan bog‘liq emas. Ijro hokimiyati organlari tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Turli huquq sohalari mutaxassislarining davlat organlari va xususan ijro hokimiyati organlari tushunchasi, mazmuni va ahamiyati muammolariga bag‘ishlangan ko‘pdan-ko‘p ilmiy izlanishlari mavjuddir. 90-yillarning boshlaridan, ya’ni sobiq Ittifoqning parchalanishi, yangi davlat tuzilmalarining shakllanishi va rivojlanishi bilan, bu muammoga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib bordi. Bu ayniqsa davlatlar tomonidan Asosiy qonunning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan yanada jonlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida davlat hokimiyatining bo‘linishi prinsipining o‘rnatilishi bilan, davlatning – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga bo‘linishi mustahkamlandi. Ijro hokimiyati organlari - davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini bo‘lib, davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilotdir. Ijro hokimiyati sub’ektlari o‘rnatilgan kompetenstiya doirasida davlat boshqaruvini amalga oshiradilar. Ijro hokimiyati - davlat boshqaruvi organlari tizimidan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Ijro hokimiyati – bu uning organlarini, ya’ni normativ tartibda o‘rnatilgan maqsad, vazifa, kompetenstiya, tuzilma va boshqaruv personali (davlat xizmatchilari)ga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlarini tashkil etish va ular funksiyalanishining tizimidir. Ijro hokimiyati organlari – bu hokimiyat organlari tizimining bir qismi bo‘lgan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida
 
 
boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishga, kompetenstiyaga, 
davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo‘lgan 
tashkilotdir.  
Ijro hokimiyati organlarining tushunchasi hokimiyat bo‘linishi prinsipidan 
kelib chiqadi, uning mazmuni esa – ijro hokimiyatining xususiyatlari bilan 
belgilanadi. 
Ijro hokimiyati organlari – mazkur davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi 
asosiy sub’ekt bo‘lib, uning ishtirokisiz davlat-boshqaruv faoliyatini ro‘yobga 
chiqarish, ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin emas. 
Bundan tashqari, ma’muriy  huquq boshqa sub’ektlarining ma’muriy huquqiy holati, 
aynan mana shu davlat organlarining faoliyatida namoyon bo‘ladi. 
Ijro hokimiyati organi - ijro hokimiyati mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy qismi 
bo‘lib, ijro hokimiyati sohasida davlat ko‘rsatmasiga ko‘ra va davlat nomidan 
harakat qiladi; ijro etish va farmoyish berish xususiyatidagi faoliyatni amalga 
oshiradi; o‘zining kompetenstiyasiga ega; o‘zining tuzilishiga ega; faoliyatning 
o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va uslublarini qo‘llaydi.  
Ijro hokimiyati organlari – davlatning ijro hokimiyati amalga oshirilishini 
ta’minlaydi. Mazkur organlar mazmuni va uslublariga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lgan 
davlat faoliyatini – davlat boshqaruvini amalga oshiradilar. 
Ijro hokimiyati organlari o‘zining davlat-huquqiy tabiatiga ko‘ra, o‘zini o‘zi 
boshqarish organlaridan, funkstional ahamiyatiga ko‘ra esa, davlat hokimiyatining 
boshqa organlaridan, shuningdek, davlat korxona va muassasalaridan farqlanadi.  
Ijro hokimiyati organlari davlatning normal funksiyalanishini ta’minlash 
maqsadida vakillik (qonunchilik) va sud organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. 
Bu munosabatlar turli xildagi tashkiliy shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin 
(masalan, kelishuv komissiyalari yoki vakillik organlarining majlislarida ijro 
hokimiyati organi mansabdor shaxsining ma’lumotlarini tinglash). 
Ijro hokimiyati organlari mustaqil organlar bo‘lib, yuridik mazmuniga ko‘ra, 
ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirib, huquqiy aktlarni qabul 
qilish va ularni amalga oshirish bo‘yicha davlat-hokimiyat vakolatlariga ega
boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishga, kompetenstiyaga, davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo‘lgan tashkilotdir. Ijro hokimiyati organlarining tushunchasi hokimiyat bo‘linishi prinsipidan kelib chiqadi, uning mazmuni esa – ijro hokimiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Ijro hokimiyati organlari – mazkur davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi asosiy sub’ekt bo‘lib, uning ishtirokisiz davlat-boshqaruv faoliyatini ro‘yobga chiqarish, ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin emas. Bundan tashqari, ma’muriy huquq boshqa sub’ektlarining ma’muriy huquqiy holati, aynan mana shu davlat organlarining faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ijro hokimiyati organi - ijro hokimiyati mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy qismi bo‘lib, ijro hokimiyati sohasida davlat ko‘rsatmasiga ko‘ra va davlat nomidan harakat qiladi; ijro etish va farmoyish berish xususiyatidagi faoliyatni amalga oshiradi; o‘zining kompetenstiyasiga ega; o‘zining tuzilishiga ega; faoliyatning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va uslublarini qo‘llaydi. Ijro hokimiyati organlari – davlatning ijro hokimiyati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Mazkur organlar mazmuni va uslublariga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lgan davlat faoliyatini – davlat boshqaruvini amalga oshiradilar. Ijro hokimiyati organlari o‘zining davlat-huquqiy tabiatiga ko‘ra, o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, funkstional ahamiyatiga ko‘ra esa, davlat hokimiyatining boshqa organlaridan, shuningdek, davlat korxona va muassasalaridan farqlanadi. Ijro hokimiyati organlari davlatning normal funksiyalanishini ta’minlash maqsadida vakillik (qonunchilik) va sud organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatlar turli xildagi tashkiliy shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin (masalan, kelishuv komissiyalari yoki vakillik organlarining majlislarida ijro hokimiyati organi mansabdor shaxsining ma’lumotlarini tinglash). Ijro hokimiyati organlari mustaqil organlar bo‘lib, yuridik mazmuniga ko‘ra, ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirib, huquqiy aktlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish bo‘yicha davlat-hokimiyat vakolatlariga ega
 
 
bo‘ladilar. Ular keng doiradagi huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqni 
himoya qilish bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish 
lozimki, ijro hokimiyati organlarining mustaqilligi, huquq bilan belgilangan doirada 
bo‘ladi. Ularga nisbatan “taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish 
mumkin” degan qoida tatbiq etilmaydi. 
Ijro hokimiyati organlari – huquqiy aktlar bilan belgilangan vakolat doirasida, 
ma’lum bir tartibda va o‘rnatilgan huquqiy shakllarda harakat qilishlari mumkin. 
Ijro hokimiyati organlari huquqiy holatining muhim xususiyatlaridan biri – bu 
ular faoliyatining qonunosti xususiyatiga ega ekanligidadir. Ular o‘z faoliyatlarida 
Konstitutsiya va qonunlarning talablariga qat’iy rioya qilishlari, bajarishlari va o‘z 
vakolatlari doirasida ularning boshqalar tomonidan bajarilishiga ko‘maklashishlari 
lozim. 
Ijro hokimiyati organlarining o‘ziga xos xususiyatlari: 
1) ijro hokimiyati organi – qonunchilik va sud hokimiyati organlari singari 
davlat apparatining alohida bo‘g‘ini hisoblanadi. Ijro hokimiyati organlari davlat 
nomidan uning siyosatini turli sohalarda – xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy 
-siyosiy sohalarda amalga oshiradilar; ma’lum bir hajmdagi davlat-hokimiyat 
vakolatlariga ega bo‘ladilar; 
2) ijro hokimiyati organlariga beriladigan davlat-hokimiyat vakolatlari 
ularning huquqlarida o‘z ifodasini topadi hamda quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
a) davlat nomidan majburiy bo‘lgan huquqiy aktlarni qabul qilish. Bunday 
aktlar – bevosita ularga bo‘ysinuvchi korxona va muassasalarga yoki quyi turuvchi 
ijro hokimiyati organlariga yoki kimga bo‘ysinishi va qanday mulk shaklida 
bo‘lishidan qat’i nazar, barcha korxona va muassasalarga yoki jamoat (nodavlat) 
tashkilotlariga yoxud keng shaxslar doirasiga (shu jumladan, fuqarolarga) 
majburiylik xususiyatiga ega; 
b) huquqiy aktlar bilan o‘rnatilgan talablar va qoidalarga rioya etilishi ustidan 
kuzatuv (nazorat)ni amalga oshirish;
bo‘ladilar. Ular keng doiradagi huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqni himoya qilish bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ijro hokimiyati organlarining mustaqilligi, huquq bilan belgilangan doirada bo‘ladi. Ularga nisbatan “taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin” degan qoida tatbiq etilmaydi. Ijro hokimiyati organlari – huquqiy aktlar bilan belgilangan vakolat doirasida, ma’lum bir tartibda va o‘rnatilgan huquqiy shakllarda harakat qilishlari mumkin. Ijro hokimiyati organlari huquqiy holatining muhim xususiyatlaridan biri – bu ular faoliyatining qonunosti xususiyatiga ega ekanligidadir. Ular o‘z faoliyatlarida Konstitutsiya va qonunlarning talablariga qat’iy rioya qilishlari, bajarishlari va o‘z vakolatlari doirasida ularning boshqalar tomonidan bajarilishiga ko‘maklashishlari lozim. Ijro hokimiyati organlarining o‘ziga xos xususiyatlari: 1) ijro hokimiyati organi – qonunchilik va sud hokimiyati organlari singari davlat apparatining alohida bo‘g‘ini hisoblanadi. Ijro hokimiyati organlari davlat nomidan uning siyosatini turli sohalarda – xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy -siyosiy sohalarda amalga oshiradilar; ma’lum bir hajmdagi davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘ladilar; 2) ijro hokimiyati organlariga beriladigan davlat-hokimiyat vakolatlari ularning huquqlarida o‘z ifodasini topadi hamda quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) davlat nomidan majburiy bo‘lgan huquqiy aktlarni qabul qilish. Bunday aktlar – bevosita ularga bo‘ysinuvchi korxona va muassasalarga yoki quyi turuvchi ijro hokimiyati organlariga yoki kimga bo‘ysinishi va qanday mulk shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha korxona va muassasalarga yoki jamoat (nodavlat) tashkilotlariga yoxud keng shaxslar doirasiga (shu jumladan, fuqarolarga) majburiylik xususiyatiga ega; b) huquqiy aktlar bilan o‘rnatilgan talablar va qoidalarga rioya etilishi ustidan kuzatuv (nazorat)ni amalga oshirish;
 
 
v) huquqiy aktlar talablarining bajarilishini ta’minlash va ularni turli xildagi 
buzilishlardan davlatning ta’sir choralarini, masalan, ishontirish, tushuntirish, 
rag‘batlantirish yoki majburlov choralarini qo‘llash orqali himoya qilish; 
3) davlat-hokimiyat vakolatlari barcha davlat hokimiyati organlariga 
berilganligi sababli, unda ijro hokimiyati organlari vakolatining doirasini o‘rnatish, 
muhim ahamiyatga egadir.  
Ijro hokimiyati organlari davlat-hokimiyat vakolatlaridan, faqatgina 
boshqaruv faoliyatida foydalanadi. 
Ijro hokimiyati organlari – xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va  ma’muriy-siyosiy 
qurilishga rahbarlik qilish jarayonida qonunlar va qonunosti hujjatlarining ijro 
etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli, ularga tegishli bo‘lgan 
davlat-hokimiyat vakolatlari, ijro etish va farmoyish berish yoki davlat boshqaruv 
faoliyati amalga oshiriladigan sohalar doirasida bo‘ladi.  
Qonunchilik hokimiyati organlari ham qonunlarni qabul qilish va ularning 
ijrosini nazorat qilish orqali, mazkur sohalarda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. 
Sud hokimiyati organlari esa, ushbu sohalarda umuman rahbarlikni amalga 
oshirmaydi. 
Demak, ijro hokimiyati organlarining funkstional ahamiyati bo‘lib, ijrochilik 
hisoblanadi; 
4) ijro hokimiyati organlari o‘z faoliyatlarini qonun asosida va qonunlarni ijro 
etish maqsadida amalga oshiradi, ya’ni ularning faoliyati qonunosti xususiyatiga 
egadir. O‘zlarining faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida mazkur organlar qonun 
talablarini, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida o‘zlari tomonidan o‘rnatilgan 
talablar va qoidalarning bevosita amalga oshirilishini tashkil etadilar; 
5) respublika va mahalliy miqyosda harakat qiluvchi ijro hokimiyati organlari 
yagona davlat ma’muriyati tizimini tashkil etadi. Mazkur tizim doirasida har bir 
bo‘g‘in, ya’ni aniq bir ijro hokimiyati organi operativ mustaqillikka ega bo‘ladi. Bu, 
unga tegishli bo‘lgan vakolatlar hajmi va javobgarlik doirasi singari, mazkur 
organlarning kompetenstiyasida ifodalangan. Ijro hokimiyati organlarining
v) huquqiy aktlar talablarining bajarilishini ta’minlash va ularni turli xildagi buzilishlardan davlatning ta’sir choralarini, masalan, ishontirish, tushuntirish, rag‘batlantirish yoki majburlov choralarini qo‘llash orqali himoya qilish; 3) davlat-hokimiyat vakolatlari barcha davlat hokimiyati organlariga berilganligi sababli, unda ijro hokimiyati organlari vakolatining doirasini o‘rnatish, muhim ahamiyatga egadir. Ijro hokimiyati organlari davlat-hokimiyat vakolatlaridan, faqatgina boshqaruv faoliyatida foydalanadi. Ijro hokimiyati organlari – xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida qonunlar va qonunosti hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli, ularga tegishli bo‘lgan davlat-hokimiyat vakolatlari, ijro etish va farmoyish berish yoki davlat boshqaruv faoliyati amalga oshiriladigan sohalar doirasida bo‘ladi. Qonunchilik hokimiyati organlari ham qonunlarni qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali, mazkur sohalarda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Sud hokimiyati organlari esa, ushbu sohalarda umuman rahbarlikni amalga oshirmaydi. Demak, ijro hokimiyati organlarining funkstional ahamiyati bo‘lib, ijrochilik hisoblanadi; 4) ijro hokimiyati organlari o‘z faoliyatlarini qonun asosida va qonunlarni ijro etish maqsadida amalga oshiradi, ya’ni ularning faoliyati qonunosti xususiyatiga egadir. O‘zlarining faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida mazkur organlar qonun talablarini, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida o‘zlari tomonidan o‘rnatilgan talablar va qoidalarning bevosita amalga oshirilishini tashkil etadilar; 5) respublika va mahalliy miqyosda harakat qiluvchi ijro hokimiyati organlari yagona davlat ma’muriyati tizimini tashkil etadi. Mazkur tizim doirasida har bir bo‘g‘in, ya’ni aniq bir ijro hokimiyati organi operativ mustaqillikka ega bo‘ladi. Bu, unga tegishli bo‘lgan vakolatlar hajmi va javobgarlik doirasi singari, mazkur organlarning kompetenstiyasida ifodalangan. Ijro hokimiyati organlarining
 
 
kompetenstiyasi Konstitutsiyada, joriy qonunlarda hamda boshqa normativ 
hujjatlarda o‘z ifodasini topadi; 
6) ijro hokimiyati organlari korxona va muassasa singari, fuqarolarning 
ma’lum bir jamoasi bo‘lib, ma’muriy -boshqaruv personali (xodimlari)dan yoki 
davlat xizmatchilaridan iborat. Lekin bunday jamoaning maqsadi korxona va 
muassasaning maqsadlaridan farq qiladi; ikkinchidan esa, ijro hokimiyati organini 
tashkil etuvchi mazkur jamoa doirasida ma’lum bir tashkiliy-huquqiy aloqalar 
vujudga keladi, funkstional majburiyat va huquqlar taqsimlanadi, shuningdek, 
yuklatilgan ish bo‘yicha javobgarlik belgilanadi. Bu – davlat-xizmat munosabatlari 
bo‘lib, mazkur organning xodimlari – davlat xizmatchilari hisoblanadi; 
7) ijro hokimiyati organlari – tashkiliy tuzilishga, ya’ni bo‘ysinuvchi 
tuzilmaviy bo‘linmalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi ichki qurilishga ega 
bo‘lgan davlat organidir; 
8) har bir ijro hokimiyati organi – davlat boshqaruvi faoliyatining ma’lum bir 
hududiy yoki predmetli doirasiga ega. Ijro hokimiyati organlarining faoliyati 
ma’lum bir hududlarda, masalan, butun davlat yoki ma’lum bir ma’muriy -hududiy 
birliklar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, ijro hokimiyati organlari 
umumiy yoki maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan (predmetli) boshqaruv Funksiyalarini, 
masalan, tartibga solish, ruxsat berish, nazorat va farmoyish berish kabi 
Funksiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Demak, ijro hokimiyati organi – bu hokimiyat bo‘linishi prinsipiga asoslanib, 
davlat tomonidan jamiyatning xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy -siyosiy 
hayotining turli sohalarida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirish 
yuklatilgan hamda ma’lum bir davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat 
hokimiyati mexanizmining bo‘g‘ini hisoblanadi. 
Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari.  
Ijro hokimiyati organlari tizimi deganda – ijro hokimiyati organlarining 
yig‘indisi va ular o‘rtasida kompetenstiyani taqsimlash asosida o‘zaro 
munosabatlarining tizimi tushuniladi. Tizimlilik - ijro hokimiyatini tashkil etuvchi
kompetenstiyasi Konstitutsiyada, joriy qonunlarda hamda boshqa normativ hujjatlarda o‘z ifodasini topadi; 6) ijro hokimiyati organlari korxona va muassasa singari, fuqarolarning ma’lum bir jamoasi bo‘lib, ma’muriy -boshqaruv personali (xodimlari)dan yoki davlat xizmatchilaridan iborat. Lekin bunday jamoaning maqsadi korxona va muassasaning maqsadlaridan farq qiladi; ikkinchidan esa, ijro hokimiyati organini tashkil etuvchi mazkur jamoa doirasida ma’lum bir tashkiliy-huquqiy aloqalar vujudga keladi, funkstional majburiyat va huquqlar taqsimlanadi, shuningdek, yuklatilgan ish bo‘yicha javobgarlik belgilanadi. Bu – davlat-xizmat munosabatlari bo‘lib, mazkur organning xodimlari – davlat xizmatchilari hisoblanadi; 7) ijro hokimiyati organlari – tashkiliy tuzilishga, ya’ni bo‘ysinuvchi tuzilmaviy bo‘linmalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi ichki qurilishga ega bo‘lgan davlat organidir; 8) har bir ijro hokimiyati organi – davlat boshqaruvi faoliyatining ma’lum bir hududiy yoki predmetli doirasiga ega. Ijro hokimiyati organlarining faoliyati ma’lum bir hududlarda, masalan, butun davlat yoki ma’lum bir ma’muriy -hududiy birliklar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, ijro hokimiyati organlari umumiy yoki maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan (predmetli) boshqaruv Funksiyalarini, masalan, tartibga solish, ruxsat berish, nazorat va farmoyish berish kabi Funksiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Demak, ijro hokimiyati organi – bu hokimiyat bo‘linishi prinsipiga asoslanib, davlat tomonidan jamiyatning xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy -siyosiy hayotining turli sohalarida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirish yuklatilgan hamda ma’lum bir davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati mexanizmining bo‘g‘ini hisoblanadi. Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari. Ijro hokimiyati organlari tizimi deganda – ijro hokimiyati organlarining yig‘indisi va ular o‘rtasida kompetenstiyani taqsimlash asosida o‘zaro munosabatlarining tizimi tushuniladi. Tizimlilik - ijro hokimiyatini tashkil etuvchi
 
 
hamda uni amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasida – faoliyat olib borish predmeti va 
vakolatlarning taqsimlanishini belgilab beradi. 
Yuridik adabiyotlarda, ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular 
faoliyatining asosiy prinsiplari turlicha ko‘rsatib o‘tilgan.  
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va joriy qonunlari bilan 
o‘rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda, hamda huquqshunos olimlarning ijro 
hokimiyati tizimini tashkil etish va ular faoliyatining prinsiplari bo‘yicha bildirgan 
qarashlarini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarini 
tashkil etish va ular faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ko‘rsatib o‘tishimiz 
mumkin: 
1) ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etilishining O‘zbekiston 
Respublikasi davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi. Mazkur prinsip – 
Konstitutsiyaviy, keng qamrovli qoida bo‘lib, nafaqat ijro hokimiyatining, balki 
O‘zbekiston davlati tashkiliy-huquqiy tuzilishining xususiyatini belgilab beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi – 
suveren demokratik respublikadir. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidan iborat. Demak, O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga 
unitarlik xususiyati xos bo‘lib, aynan shu asosda ijro hokimiyati organlari tizimi 
tashkil etiladi. (Lekin unitarlik so‘zini asl ma’nosida tushunish kerak emas. Chunki, 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi aralash shaklga ega, ya’ni unitarlik va 
federativ davlat tuzilishlarining xususiyatlarini o‘z ichiga olgandir.); 
2) ijro hokimiyati organlarining fuqarolar oldida mas’ulligi prinsipi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan, davlat xalq 
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 14-
moddasiga binoan esa, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, 
ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi;
hamda uni amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasida – faoliyat olib borish predmeti va vakolatlarning taqsimlanishini belgilab beradi. Yuridik adabiyotlarda, ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari turlicha ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va joriy qonunlari bilan o‘rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda, hamda huquqshunos olimlarning ijro hokimiyati tizimini tashkil etish va ular faoliyatining prinsiplari bo‘yicha bildirgan qarashlarini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: 1) ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etilishining O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi. Mazkur prinsip – Konstitutsiyaviy, keng qamrovli qoida bo‘lib, nafaqat ijro hokimiyatining, balki O‘zbekiston davlati tashkiliy-huquqiy tuzilishining xususiyatini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi – suveren demokratik respublikadir. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Demak, O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga unitarlik xususiyati xos bo‘lib, aynan shu asosda ijro hokimiyati organlari tizimi tashkil etiladi. (Lekin unitarlik so‘zini asl ma’nosida tushunish kerak emas. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham mavjud. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi aralash shaklga ega, ya’ni unitarlik va federativ davlat tuzilishlarining xususiyatlarini o‘z ichiga olgandir.); 2) ijro hokimiyati organlarining fuqarolar oldida mas’ulligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 14- moddasiga binoan esa, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi;
 
 
3) ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda 
qonuniylik prinsipi Mazkur prinsip nafaqat ijro hokimiyati organlariga, balki barcha 
shaxslarga taaluqlidir. Qonuniylik prinsipi – Konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, 
unga amal qilish shartdir. Ijro hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlari asosida tashkil etilishi, shuningdek, o‘z faoliyatlarini 
amalga oshirishlari mumkin. 
4) 
ijro 
hokimiyati 
organlari 
faoliyatida 
markazlashganlik 
va 
markazlashmaganlikning mavjud bo‘lishi prinsipi.. Markazlashganlik ijro 
hokimiyati organlari tizimining yagonaligidan kelib chiqadi. Markazlashtirganlik - 
quyi turuvchi organlarning yuqori turuvchi organlarga bo‘ysinishi, yuqori turuvchi 
organlar normativ hujjatlarining quyi organlar uchun majburiyligida, ayrim hollarda 
yagona predmet va vakolatlar doirasida birgalikda faoliyatni amalga oshirishda 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Markazlashmaganlik esa, qonunchilik aktlari bilan ma’lum 
bir ijro hokimiyati organi zimmasiga faoliyat predmeti va vakolatlarning yuklatilishi 
bo‘lib, tashqaridan (yuqori turuvchi organning) aralashuvisiz mustaqil amalga 
oshirishdir. Bunda vertikallik bo‘yicha faoliyat predmeti va vakolatlarning 
taqsimlanishi, mavjud bo‘lmaydi; 
5) ijro hokimiyati sohasida funksiyalar va vakolatlarning taqsimlanganligi 
prinsipi. Ushbu prinsip ijro hokimiyati organlari faoliyatining predmeti va vakolatlar 
doirasining tizimga kiruvchi organlar o‘rtasida taqsimlanishini belgilab beradi. Har 
bir ijro hokimiyati organi aniq faoliyat va vakolatlar doirasiga ega bo‘ladi, undan 
tashqariga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
6) ijro hokimiyati organlari faoliyatining kollegiallik va yakkaboshchilik 
asosida tashkil etilishi prinsipi. Mazkur prinsip ijro hokimiyati organlarini tashkil 
etishda va ular faoliyatini amalga oshirishda, davlat boshqaruv faoliyatining muhim 
masalalarini hal etishda jamoa fikrining hisobga olinishini ta’minlaydi. Shu 
maqsadda, 
ijro 
hokimiyati 
organlari 
tizimida 
turli 
xildagi 
maslahat, 
muvofiqlashtiruvchi kengash va hay’atlar tashkil etiladi. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasida deyarli barcha vazirliklar va davlat qo‘mitalari tizimida Kengash va 
Hay’atlar faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijro hokimiyati organlari faoliyatida
3) ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda qonuniylik prinsipi Mazkur prinsip nafaqat ijro hokimiyati organlariga, balki barcha shaxslarga taaluqlidir. Qonuniylik prinsipi – Konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, unga amal qilish shartdir. Ijro hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida tashkil etilishi, shuningdek, o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin. 4) ijro hokimiyati organlari faoliyatida markazlashganlik va markazlashmaganlikning mavjud bo‘lishi prinsipi.. Markazlashganlik ijro hokimiyati organlari tizimining yagonaligidan kelib chiqadi. Markazlashtirganlik - quyi turuvchi organlarning yuqori turuvchi organlarga bo‘ysinishi, yuqori turuvchi organlar normativ hujjatlarining quyi organlar uchun majburiyligida, ayrim hollarda yagona predmet va vakolatlar doirasida birgalikda faoliyatni amalga oshirishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Markazlashmaganlik esa, qonunchilik aktlari bilan ma’lum bir ijro hokimiyati organi zimmasiga faoliyat predmeti va vakolatlarning yuklatilishi bo‘lib, tashqaridan (yuqori turuvchi organning) aralashuvisiz mustaqil amalga oshirishdir. Bunda vertikallik bo‘yicha faoliyat predmeti va vakolatlarning taqsimlanishi, mavjud bo‘lmaydi; 5) ijro hokimiyati sohasida funksiyalar va vakolatlarning taqsimlanganligi prinsipi. Ushbu prinsip ijro hokimiyati organlari faoliyatining predmeti va vakolatlar doirasining tizimga kiruvchi organlar o‘rtasida taqsimlanishini belgilab beradi. Har bir ijro hokimiyati organi aniq faoliyat va vakolatlar doirasiga ega bo‘ladi, undan tashqariga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. 6) ijro hokimiyati organlari faoliyatining kollegiallik va yakkaboshchilik asosida tashkil etilishi prinsipi. Mazkur prinsip ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda va ular faoliyatini amalga oshirishda, davlat boshqaruv faoliyatining muhim masalalarini hal etishda jamoa fikrining hisobga olinishini ta’minlaydi. Shu maqsadda, ijro hokimiyati organlari tizimida turli xildagi maslahat, muvofiqlashtiruvchi kengash va hay’atlar tashkil etiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida deyarli barcha vazirliklar va davlat qo‘mitalari tizimida Kengash va Hay’atlar faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijro hokimiyati organlari faoliyatida
 
 
yakkaboshchilik ham mavjuddir. Yakkaboshchilik - ijro etish va farmoyish berish 
faoliyatini amalga oshirishda, shuningdek, tegishli boshqaruv tartibini o‘rnatishda 
zarur bo‘lgan intizomni ta’minlashga xizmat qiladi. Kollegiallik – boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishda foydalidir, yakkaboshchilik esa – davlat-boshqaruv 
faoliyatining ajralmas belgisidir.  
Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy 
prinsiplariga xalq hokimiyatchiligi, oshkoralik, insonlar va fuqarolar huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash, javobgarlik kabi prinsiplarni ham kiritishimiz mumkin.  
Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. Ijro hokimiyati organlarining turli 
darajalarda tashkil etilishi sababli va faoliyatining keng qamrovli xususiyatga ega 
ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ularni bir necha asoslarga qarab guruhlarga 
ajratish, ya’ni tasniflash mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, ijro 
hokimiyati organlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
1) 
faoliyatining hududiy doirasiga ko‘ra ijro hokimiyati organlari uch 
guruhga bo‘linadi: a) oliy ijro hokimiyati organi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi); b) markaziy ijro hokimiyati organlari (bunga respublika miqyosida 
faoliyat ko‘rsatuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporastiya, assostiastiya, 
kompaniya va boshqalar); v) mahalliy ijro hokimiyati organlari (markaziy ijro 
hokimiyati organlarining boshqarma va bo‘limlarini, hokim boshchilik qiladigan 
ijroiya apparatni kiritish mumkin); 
2) 
tashkil etish asoslariga ko‘ra ijro hokimiyati organlari quyidagilarga 
bo‘linadi: a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tashkil etiladigan 
organlar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi); b) O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari asosida tashkil etiladigan organlar (masalan, 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari). 
3) 
ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xususiyatiga 
ko‘ra, ular quyidagilarga bo‘linishi mumkin: 
a) umumiy vakolatli davlat organlari. Bu guruh davlat organlariga - 
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va hokimlarni kiritish mumkin.
yakkaboshchilik ham mavjuddir. Yakkaboshchilik - ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishda, shuningdek, tegishli boshqaruv tartibini o‘rnatishda zarur bo‘lgan intizomni ta’minlashga xizmat qiladi. Kollegiallik – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalidir, yakkaboshchilik esa – davlat-boshqaruv faoliyatining ajralmas belgisidir. Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplariga xalq hokimiyatchiligi, oshkoralik, insonlar va fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, javobgarlik kabi prinsiplarni ham kiritishimiz mumkin. Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. Ijro hokimiyati organlarining turli darajalarda tashkil etilishi sababli va faoliyatining keng qamrovli xususiyatga ega ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ularni bir necha asoslarga qarab guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, ijro hokimiyati organlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) faoliyatining hududiy doirasiga ko‘ra ijro hokimiyati organlari uch guruhga bo‘linadi: a) oliy ijro hokimiyati organi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi); b) markaziy ijro hokimiyati organlari (bunga respublika miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporastiya, assostiastiya, kompaniya va boshqalar); v) mahalliy ijro hokimiyati organlari (markaziy ijro hokimiyati organlarining boshqarma va bo‘limlarini, hokim boshchilik qiladigan ijroiya apparatni kiritish mumkin); 2) tashkil etish asoslariga ko‘ra ijro hokimiyati organlari quyidagilarga bo‘linadi: a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tashkil etiladigan organlar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi); b) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida tashkil etiladigan organlar (masalan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari). 3) ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xususiyatiga ko‘ra, ular quyidagilarga bo‘linishi mumkin: a) umumiy vakolatli davlat organlari. Bu guruh davlat organlariga - O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va hokimlarni kiritish mumkin.
 
 
Bu davlat organlari, vakolat doirasida, barcha sohalarga taaluqli bo‘lgan qarorlarni 
qabul qilishlari mumkin. Masalan, amaldagi qonunchilikda, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni 
boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, uning vakolati mana shu sohalar doirasida 
amalga oshiriladi; 
b) sohaviy vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari. Bu davlat organlarini ikki 
guruhga bo‘lish mumkin: birinchidan, bir soha bo‘yicha vakolatli davlat organlari - 
bu organlar o‘z faoliyatini aniq bir soha bo‘yicha amalga oshiradi; ikkinchidan, 
sohalararo vakolatli davlat organlari - bu organlar bir necha sohalar bo‘yicha harakat 
qilish vakolatiga ega bo‘ladi. 
Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda, bir soha bo‘yicha harakat qiluvchi davlat 
organlariga – vazirliklar, sohalararo vakolatli davlat organlariga – davlat qo‘mitalari 
kiritilgan. 
Lekin hozirgi sharoitda vazirliklarning - sohalararo harakatini, davlat 
qo‘mitalarining esa – bir soha bo‘yicha harakatlanishini kuzatish mumkin. 
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat 
organlari ham, ko‘rsatib o‘tilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ijro 
hokimiyati organlari vakolatining xususiyatiga ko‘ra, ularni maxsus vakolatli 
organlarga bo‘lish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi ko‘pgina davlat organlari (inspekstiyalar va boshqa davlat 
idorlari) maxsus vakolatlarga egadir; 
4) ijro hokimiyati organlari tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra quyidagilarga 
bo‘linadi: a) Hukumat (Vazirlar Mahkamasi); b) vazirliklar; v) davlat qo‘mitalari; 
g) agentliklar; d) qo‘mitalar; ye) komissiyalar; j) markazlar; z) davlat akstionerlik 
kompaniyalari; i) davlat uyushmalari; k) davlat konsternlari; l) davlat 
korporastiyalari; m) davlat assostiastiyalari; n) departamentlar; o) inspekstiyalar va 
boshqalar; 
5) ijro hokimiyati organlarida rahbarlikni amalga oshirish shakliga ko‘ra ular 
quyidagilarga bo‘linadi: a) yakkaboshchilikka asoslangan organlar; b) kollegial
Bu davlat organlari, vakolat doirasida, barcha sohalarga taaluqli bo‘lgan qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Masalan, amaldagi qonunchilikda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, uning vakolati mana shu sohalar doirasida amalga oshiriladi; b) sohaviy vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari. Bu davlat organlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchidan, bir soha bo‘yicha vakolatli davlat organlari - bu organlar o‘z faoliyatini aniq bir soha bo‘yicha amalga oshiradi; ikkinchidan, sohalararo vakolatli davlat organlari - bu organlar bir necha sohalar bo‘yicha harakat qilish vakolatiga ega bo‘ladi. Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda, bir soha bo‘yicha harakat qiluvchi davlat organlariga – vazirliklar, sohalararo vakolatli davlat organlariga – davlat qo‘mitalari kiritilgan. Lekin hozirgi sharoitda vazirliklarning - sohalararo harakatini, davlat qo‘mitalarining esa – bir soha bo‘yicha harakatlanishini kuzatish mumkin. Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari ham, ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ijro hokimiyati organlari vakolatining xususiyatiga ko‘ra, ularni maxsus vakolatli organlarga bo‘lish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ko‘pgina davlat organlari (inspekstiyalar va boshqa davlat idorlari) maxsus vakolatlarga egadir; 4) ijro hokimiyati organlari tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: a) Hukumat (Vazirlar Mahkamasi); b) vazirliklar; v) davlat qo‘mitalari; g) agentliklar; d) qo‘mitalar; ye) komissiyalar; j) markazlar; z) davlat akstionerlik kompaniyalari; i) davlat uyushmalari; k) davlat konsternlari; l) davlat korporastiyalari; m) davlat assostiastiyalari; n) departamentlar; o) inspekstiyalar va boshqalar; 5) ijro hokimiyati organlarida rahbarlikni amalga oshirish shakliga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi: a) yakkaboshchilikka asoslangan organlar; b) kollegial
 
 
organlar; v) yakkaboshchilik va kollegial rahbarlik uygunlashgan (ya’ni aralash 
shakldagi) organlar. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
aksariyat 
ijro 
hokimiyati 
organlarida 
yakkaboshchilik bilan kollegial rahbarlikning uygunlashganligini ko‘rish mumkin; 
6) mablag‘ bilan ta’minlanishiga ko‘ra ijro hokimiyati organlari ikkiga 
bo‘linadi: 
a) davlat va mahalliy byudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan organlar. 
Mazkur davlat organlari ishlab chiqarish yoki moddiy boyliklarning muomalasi 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, mulkiy mustaqillikka ega emas; ularning 
majburiyatlari uchun davlat javobgardir; 
b) xo‘jalik hisobidagi organlar. Ushbu davlat organlari mulkiy mustaqillikka 
ega bo‘lib, asosiy va muomala vositalariga ega; o‘z majburiyatlari bo‘yicha 
o‘zlarining mulki bilan bevosita javobgar bo‘ladilar; ularning faoliyati moddiy 
boyliklarni ishlab chiqarish, pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. 
Oxirgi vaqtlarda ijro hokmiyati organlarini mablag‘ bilan ta’minlashning 
aralash shakli ham namoyon bo‘lmoqda. Bu guruhga kiruvchi davlat organlari 
harajatlarining ma’lum bir qismi byudjetdan, ma’lum bir qismi esa xo‘jalik 
yuritishdan qoplanadi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining XX bob 98-moddasida va 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, 
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy 
sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro 
etuvchi hokimiyat organidir.
organlar; v) yakkaboshchilik va kollegial rahbarlik uygunlashgan (ya’ni aralash shakldagi) organlar. O‘zbekiston Respublikasida aksariyat ijro hokimiyati organlarida yakkaboshchilik bilan kollegial rahbarlikning uygunlashganligini ko‘rish mumkin; 6) mablag‘ bilan ta’minlanishiga ko‘ra ijro hokimiyati organlari ikkiga bo‘linadi: a) davlat va mahalliy byudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan organlar. Mazkur davlat organlari ishlab chiqarish yoki moddiy boyliklarning muomalasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, mulkiy mustaqillikka ega emas; ularning majburiyatlari uchun davlat javobgardir; b) xo‘jalik hisobidagi organlar. Ushbu davlat organlari mulkiy mustaqillikka ega bo‘lib, asosiy va muomala vositalariga ega; o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining mulki bilan bevosita javobgar bo‘ladilar; ularning faoliyati moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Oxirgi vaqtlarda ijro hokmiyati organlarini mablag‘ bilan ta’minlashning aralash shakli ham namoyon bo‘lmoqda. Bu guruhga kiruvchi davlat organlari harajatlarining ma’lum bir qismi byudjetdan, ma’lum bir qismi esa xo‘jalik yuritishdan qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bob 98-moddasida va 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari 
tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik 
qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.  
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. 
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida: kollegiallik; demokratiya va qonuniylik; 
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini 
hisobga olish prinsiplariga asoslanadi.  
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning 
o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradilar. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga kiradi.  
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir 
nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalariga taqdim etadi hamda uni vazifasidan ozod qiladi.  
Vazirlar Mahkamasining a’zolarini Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi va vazifasidan ozod qiladi. 
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.  
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va 
xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo‘naltirib 
boradi.  
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa 
organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.  
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan davlat 
boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular 
ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida: kollegiallik; demokratiya va qonuniylik; O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi hamda uni vazifasidan ozod qiladi. Vazirlar Mahkamasining a’zolarini Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi va vazifasidan ozod qiladi. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo‘naltirib boradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini belgilaydi.
 
 
Vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari 
hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod etiladi.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar 
Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan 
xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining 
a’zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hay’atlarining 
a’zolarini tasdiqlaydi.  
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda o‘z vakolatiga kiruvchi davlat 
boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi 
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga 
kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va o‘z bo‘ysunuvchidagi davlat 
boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.  
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat 
boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.  
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid 
bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.  
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib 
chiqish uchun o‘z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.  
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va unga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab 
chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun 
taqdim etadi.  
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi 
muayyan a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi 
faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo‘lganda uni
Vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining a’zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hay’atlarining a’zolarini tasdiqlaydi. Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda o‘z vakolatiga kiruvchi davlat boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va o‘z bo‘ysunuvchidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega. Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun o‘z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va unga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo‘lganda uni
 
 
iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi 
uchun taklif kiritishlari mumkin.  
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari majlislarida hozir bo‘lish va axborot 
berishga haqli.  
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar 
Mahkamasi yoki uning muayyan a’zolari faoliyatiga taaluqli masalalar qo‘yilgan 
taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va 
tushuntirishlar berishga haqli.  
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qo‘mitalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir 
tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar 
ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan 
chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda ma’lum qiladi.  
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, 
Qonunchilik palatasi deputatidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senatidan, Senat a’zosidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga 
bo‘ysinuvchi davlat yoxud xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir 
parlament so‘rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati a’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og‘zaki yoki yozma javob berishi 
shart.  
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat 
notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq 
ularga zarur ko‘mak ko‘rsatadi. 
Davlat boshqaruvining, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim 
masalalari 
Vazirlar 
Mahkamasining 
majlislarida 
hal 
etiladi. 
Vazirlar 
Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi.
iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari majlislarida hozir bo‘lish va axborot berishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan a’zolari faoliyatiga taaluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, Qonunchilik palatasi deputatidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a’zosidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga bo‘ysinuvchi davlat yoxud xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so‘rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og‘zaki yoki yozma javob berishi shart. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq ularga zarur ko‘mak ko‘rsatadi. Davlat boshqaruvining, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi.
 
 
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi. O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga 
haqli.  
Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar 
Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. Bosh vazirning qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 
tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi 
mumkin.  
Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalari, 
vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilaydi.  
Davlat va xo‘jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‘yicha takliflar 
tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, 
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar 
Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi 
mumkin.  
Vazirlar 
Mahkamasi 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
bo‘lgan qarorlar hamda farmoyishlar qabul qiladi.  
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki o‘ta muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi.  
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari 
Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.  
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan 
imzolanadi.  
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Prezidenti 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar 
Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini 
bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli. Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bosh vazirning qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalari, vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilaydi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar hamda farmoyishlar qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
 
 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.  
Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan 
bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik 
boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.  
Vazirlar 
Mahkamasining 
normativ 
tusdagi 
qarorlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi, keng ommaga darhol 
yetkazish zarur bo‘lgan taqdirda esa ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum 
qilinadi.  
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik ko‘rish, 
tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, 
Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish 
uchun Vazirlar Mahkamasining devoni faoliyat ko‘rsatadi.  
Vazirlar Mahkamasining devoni va uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi 
nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.  
Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan 
lavozimga tayinlanadi.  
 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 8-bandiga 
binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – ijro etuvchi hokimiyat devonini 
tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv 
organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga 
doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari 
tasdig‘iga kiritadi. 
Har bir davlatda, uning vazifalari va funksiyalarini amalga oshirilishini tashkil 
etilishiga qarab, vazirliklar va davlat qo‘mitalarining turlari belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi, keng ommaga darhol yetkazish zarur bo‘lgan taqdirda esa ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum qilinadi. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik ko‘rish, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasining devoni faoliyat ko‘rsatadi. Vazirlar Mahkamasining devoni va uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 8-bandiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Har bir davlatda, uning vazifalari va funksiyalarini amalga oshirilishini tashkil etilishiga qarab, vazirliklar va davlat qo‘mitalarining turlari belgilanadi.
 
 
Vazirlik - ijro hokimiyati tizimining asosiy organlaridan biri hisoblanadi. 
Vazirliklar belgilangan sohada davlat siyosatini va boshqaruvini amalga oshirish, 
shuningdek, mazkur sohadagi ijro etuvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish 
maqsadida tashkil etiladi. Demak, vazirlikning ma’muriy -huquqiy maqomi ikki 
asosiy holat bilan belgilanadi: birinchidan, vazirlik sohaviy organ sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi; ikkinchidan, muvofiqlashtiruvchi davlat organi sifatida harakat qiladi. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ba’zi vazirliklar azaldan mavjud 
(masalan, ichki ishlar, mudofaa, ta’lim, madaniyat, moliya, adliya va boshqalar), 
boshqalari esa ma’lum bir holatlardan yoki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
tashkil topadi (masalan, favqulodda vaziyatlar vazirligi). 
Vazirliklar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysinadi. 
Vazirliklarning ba’zi birlari esa, bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
bo‘ysindirilgan (masalan, ichki ishlar, mudofaa vazirligi). 
Vazirlik o‘z faoliyatida – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa 
hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomalariga, 
shuningdek, o‘zining Nizomiga amal qiladi. 
Nizom – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga 
olinadi. Nizomda – ularning huquqiy maqomi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, 
vazifalari, funksiyalari, tashkiliy asoslari va boshqa umumiy masalalar belgilab 
beriladi. 
Vazirlik o‘z ishini davlat boshqaruvining boshqa organlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari hamda 
jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari – vazirliklar, 
idoralar, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari,
Vazirlik - ijro hokimiyati tizimining asosiy organlaridan biri hisoblanadi. Vazirliklar belgilangan sohada davlat siyosatini va boshqaruvini amalga oshirish, shuningdek, mazkur sohadagi ijro etuvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladi. Demak, vazirlikning ma’muriy -huquqiy maqomi ikki asosiy holat bilan belgilanadi: birinchidan, vazirlik sohaviy organ sifatida faoliyat ko‘rsatadi; ikkinchidan, muvofiqlashtiruvchi davlat organi sifatida harakat qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ba’zi vazirliklar azaldan mavjud (masalan, ichki ishlar, mudofaa, ta’lim, madaniyat, moliya, adliya va boshqalar), boshqalari esa ma’lum bir holatlardan yoki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil topadi (masalan, favqulodda vaziyatlar vazirligi). Vazirliklar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysinadi. Vazirliklarning ba’zi birlari esa, bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysindirilgan (masalan, ichki ishlar, mudofaa vazirligi). Vazirlik o‘z faoliyatida – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, o‘zining Nizomiga amal qiladi. Nizom – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinadi. Nizomda – ularning huquqiy maqomi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari, tashkiliy asoslari va boshqa umumiy masalalar belgilab beriladi. Vazirlik o‘z ishini davlat boshqaruvining boshqa organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari – vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari,
 
 
korxonalar va muassasalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
hisoblanadi.  
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida 
hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, tegishli muhrlar 
va shtamplarga ega bo‘ladi. 
Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir 
Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 
Vazir: a) vazirlik, uning tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va o‘quv 
yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; b) o‘z vakolatlari doirasida tasarrufidagi barcha 
tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va 
farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradi; v) vazirlik vakolatiga 
tegishli masalalar bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun 
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; g) vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida 
vazifalarni taqsimlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi; d) vazir o‘rinbosarlari, 
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar va 
muassasalar rahbarlarining ular zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun 
mas’uliyati darajasini belgilaydi; ye) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida vazirlik markaziy 
apparatining shtat jadvalini, hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, 
tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini 
tasdiqlaydi; j) vazirlik markaziy apparati xodimlarini va vazirlikka bevosita 
bo‘ysinuvchi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini, hududiy 
bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi; z) vazirlik 
markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlarini belgilaydi; 
i) alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat faxriy unvonlari, 
yorliqlar va mukofotlar berishga taqim etadi; k) qonun hujjatlarida belgilangan 
boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.
korxonalar va muassasalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, tegishli muhrlar va shtamplarga ega bo‘ladi. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Vazir: a) vazirlik, uning tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; b) o‘z vakolatlari doirasida tasarrufidagi barcha tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradi; v) vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; g) vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi; d) vazir o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining ular zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’uliyati darajasini belgilaydi; ye) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini, hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi; j) vazirlik markaziy apparati xodimlarini va vazirlikka bevosita bo‘ysinuvchi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi; z) vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlarini belgilaydi; i) alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat faxriy unvonlari, yorliqlar va mukofotlar berishga taqim etadi; k) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.
 
 
Vazirlikda - Vazir hay’at raisi, lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosarlaridan, 
shuningdek, vazirlik va uning tizimining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda 
hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolari, Vazir va uning o‘rinbosarlaridan tashqari, 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at tasarrufidagi tashkilotlar, 
muassasalar va korxonalarning faoliyatini takomillashtirish, kadrlarni tanlash va 
ularni joy-joyiga qo‘yish, muhim hujjatlar loyihalarini tayyorlash, qabul qilingan 
qarorlar ijrosini tekshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqadi, tasarrufidagi 
tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Hay’at qarorlari 
Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hay’at a’zolari o‘rtasida 
kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir kelib chiqqan kelishmovchiliklar 
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror 
qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum 
qilishlari mumkin. 
Vazirliklar zarur hollarda hamda o‘z oldida turgan vazifalarni bajarilishini 
ta’minlash maqsadida qo‘shma normativ-huquqiy aktlarni ham chiqarishlari 
mumkin. 
Vazirlikda ilmiy-texnik muammolarni ko‘rib chiqish va asoslantirilgan 
qarorlarni qabul qilish maqsadida ilmiy-texnik, maslahat kengashlari, ekspertizalar 
va turli xildagi komissiyalar tashkil qilinishi mumkin. Ular to‘g‘risidagi nizomlar 
vazir tomonidan tasdiqlanadi. 
Vazirliklar - bosh boshqarma, boshqarma, departament, bo‘lim va boshqa 
xildagi hududiy bo‘linmalardan (tuzilmalardan) tashkil topgan bo‘lishi mumkin. 
Davlat qo‘mitasi - ijro hokimiyatining markaziy organlaridan biri bo‘lib, 
kollegiallik asosida tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, shuningdek, 
faoliyatning ma’lum bir sohasida tartibga solish vazifasini bajaradi. 
Davlat qo‘mitalarining vazirliklardan farqi shundaki, birinchidan, ular 
kollegial organlar toifasiga kiradi; ikkinchidan, ular tarmoqlararo muvofiqlashtirish 
vazifasini bajaradi. 
Davlat qo‘mitalari vazirliklar singari ularga yuklatilgan sohalarda 
muvofiqlashtirish va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Shu jihatidan bu ikkala
Vazirlikda - Vazir hay’at raisi, lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosarlaridan, shuningdek, vazirlik va uning tizimining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolari, Vazir va uning o‘rinbosarlaridan tashqari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at tasarrufidagi tashkilotlar, muassasalar va korxonalarning faoliyatini takomillashtirish, kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yish, muhim hujjatlar loyihalarini tayyorlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqadi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir kelib chiqqan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin. Vazirliklar zarur hollarda hamda o‘z oldida turgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida qo‘shma normativ-huquqiy aktlarni ham chiqarishlari mumkin. Vazirlikda ilmiy-texnik muammolarni ko‘rib chiqish va asoslantirilgan qarorlarni qabul qilish maqsadida ilmiy-texnik, maslahat kengashlari, ekspertizalar va turli xildagi komissiyalar tashkil qilinishi mumkin. Ular to‘g‘risidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar - bosh boshqarma, boshqarma, departament, bo‘lim va boshqa xildagi hududiy bo‘linmalardan (tuzilmalardan) tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Davlat qo‘mitasi - ijro hokimiyatining markaziy organlaridan biri bo‘lib, kollegiallik asosida tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, shuningdek, faoliyatning ma’lum bir sohasida tartibga solish vazifasini bajaradi. Davlat qo‘mitalarining vazirliklardan farqi shundaki, birinchidan, ular kollegial organlar toifasiga kiradi; ikkinchidan, ular tarmoqlararo muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Davlat qo‘mitalari vazirliklar singari ularga yuklatilgan sohalarda muvofiqlashtirish va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Shu jihatidan bu ikkala