DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI BYUDJETI IJROSI HISOBINING TASHKILIY - USLUBIY JIHATLARI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
106,6 KB
DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI BYUDJETI
IJROSI HISOBINING TASHKILIY - USLUBIY JIHATLARI
REJA:
1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha
byudjet hisobining tashkiliy asoslari;
2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha
byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari;
3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha
byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansi;
4. Byudjet ijrosi bo’yicha moliya organi, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari bosh
hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi;
1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha
byudjet hisobining tashkiliy asoslari
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha
O’zbekiston Respublikasining "Byudjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi
Qonunlariga, ―Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti
ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma,
―Davlat
byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna
ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma‖ga asosan buxgalteriya hisobi
yuritilmoqda.
Qonuniy hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari hududiy moliya boshqarmalari, shahar va
tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi.
Hozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli,
Moliya organlari,
shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va
hisobotlarini yagona tizimda yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek, G’aznachiligi
va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi
me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi jarayoni
bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi
buxgalteriya
hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayoni
muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;
2.
Buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini
aks ettirish;
3.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetbi ijrosi
natijalarini aniqlash;
4.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha
oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, taqdim
etish va boshqalar.
Byudjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun
operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va
ularni o’tkazishga doir
farmoyishlar kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi.
Birlamchi hisob hujjatlar byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar
amalga oshirilgan paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng
tuziladi.
Byudjetlarning ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida
tegishli birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish orqali
aks ettiriladi.
Bunda, o’tgan yilga doir byudjetning ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga
qo’shimcha davrda byudjetlarning ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning
hisobi, belgilangan tartibda aks ettirilganligi, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan
birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan yilning byudjetlarning g’azna ijrosi
buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi.
2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi
bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi
buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik bo’linmalarining birlamchi
hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo
qo’yish huquqiga ega xodimlari tomonidan
imzolangan birlamchi hujjatlar
rasmiylashtiriladi.
Birlamchi hisob hujjatlarida mas‘ul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy
hisoblanmaydi. Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya
yozuvi uchun quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat
qiladi:
G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu
hisobvaraqlardan
pul mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat
ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari
qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa
to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan byudjet mablag’lari
hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek
byudjetdan mablag’ oluvchilarning ma‘lum maqsadlar uchun byudjetdan tashqari
mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu hisobvaraqlardan pul
mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat
ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va
boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank
ko’chirmalari;
11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
3-sonli shakldagi byudjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat byudjeti,
jamg’armalar byudjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib
tushgan daromadlar to’g’risidagi
ma‘lumotnoma;
274-sonli shakldagi memorial order;
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti
shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning
byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari
hisobini yuritishda ishlatiladigan
boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z
ichiga olgan ma‘lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek
ularni buxgalteriya hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi
uchun javobgardirlar. Birlamchi va
boshqa
hisob
hujjatlariga,
operatsiyalar
qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank
va kassa hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika byudjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy
byudjet ijrosi bo’yicha, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning
byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit
schyoti mablag’lari operatsiyalari barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik
bo’linmalari buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan ularning kelib
tushishi bo’yicha
taxlanadi va broshyuralanadi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha
operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq
tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni o’zida ifodalaydi. Davlat
byudjeti
va
davlat
maqsadli
jamg’armalari
byudjetlarining
ijrosi
bo’yicha
operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:
"Bosh jurnal" daftari;
byudjet
mablag’lari
kassa
xarajatlari
kitobi,
jamg’arma
mablag’lari
taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit
schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, byudjetdan mablag’
oluvchilarning boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi
kitobi;
byudjetlar bilan hisoblashuvlar kitobi, byudjetlar va jamg’armalar bilan
hisoblashuvlar, shuningdek jamg’armalar bilan ssudalar bo’yicha hisoblashuvlar
kitobi;
boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi;
byudjet mablag’lari daromadlari va tushumlari hisob kitobi, jamg’armalar
mablag’lari daromadlari va tushumlari hisob kitobi.
Bunda,
byudjetlarning
ijrosi
buxgalteriya
hisobi
registrlari
bo’yicha
operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona
organlari g’azna depozit schyoti shuningdek
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan
tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari to’g’risidagi
ma‘lumot Davlat byudjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va hisobot
oyi, choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va
tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank
kunidan kechiktirmasdan) kelib tushgan hamda ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari
ma‘lumotlari asosida aks ettiriladi.
Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial
orderlar va ularga ilova qilingan hujjatlarga hujjatlar asosida yoziladi. Moliya organlari
shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida
byudjet ijrosiga oid dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya
yozuvlarida aks ettirilib memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari
rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga
o’tkaziladi.
Oyning oxirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish
uchun tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar
yig’indilari va qoldiqlar
― Bosh jurnal‖ daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi
aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan
solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi
chiqarilgan qoldiq summalari olinadi.
Joriy yil bo’yicha byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan
xatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar
aniqlangan, memorial order ma‘lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan xato
noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq
tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni
yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan
tasdiqlanadi;
buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi xato
natijasida topilgan xato yozuv, uning harakteriga muvofiq qo’shimcha memorial
order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan
so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan xatolar ham huddi shu
tarzda tuzatiladi. Xatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya
yozuvlari amalga oshiriladi: xato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi
esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil
siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar
yig’indisidan ayiriladi. Xatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari,
shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir
qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial
orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta‘kidlab o’tiladi.
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya
hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha
aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya
registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning
hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi.
3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi
bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansi
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosini
hisobga olishda qo’llaniladigan schyotlar rejasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi balans moddalarini to’liq aks ettiradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosini
hisobga oluvchi schyotlar rejasi balansda aks ettirilishiga ko’ra aktiv, passiv va aktiv-
passiv schyotlarga ajratiladi.Axborotlarni o’zida aks ettirish usuliga ko’ra analitik va
sitetik
schyotlarga
guruhlashtiriladi. Analitik
schyotlar
tahliliy
axborotlarni
shakllantirish, har bir hisob ob‘ekti to’g’risida batafsil axborot berish uchun
mo’ljallangan. Sintetik schyotlar esa ushbu tahliliy axborotlarni umumlashgan tarzda
aks ettirishga xizmat qiladi.
Moliya organlarida shuningdek, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida
Buxgalteriya schyotlarining tasnifi
Ob‘ektlarni hisobda
aks ettirish usuli
bo‘yicha
Hisobga olinadigan
ob‘ektlarning iqtisodiy
mazmuni bo‘yicha
Hisobga olinadigan
ob‘ektlarning nomlanishi
bo‘yicha
Pul mablag‘lari
Xarajatlar
Analitik
schyotlar
Sintetik
schyotlar
Aktiv
schyotlar
Passiv
schyotlar
Davlat byudjeti, DMJ,
boshqa byudjetdan
tashqari jamg‘armalar,
boshqa mablag‘lari
Berilgan va olingan mablag‘lar
Berilgan va olingan byudjet
ssudalari
Natijalar
Hisob-kitoblar
Kurs bo‘yicha farq
Daromadlar
Aktiv-passiv schyotlar
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti
shuningdek, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari
bo’yicha amalga oshirilgan kassa
xarajatlari buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida kassa
metodi asosida yuritiladi.
1-chizma. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida
qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifi.
4. Byudjet ijrosi bo’yicha moliya organi, g’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari
bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari
va javobgarligi.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan moliya organi, G’aznachilik va uning
hududiy bo’linmalari buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
Moliya organlari, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarining bosh
buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini
ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga
tayanadilar.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim
uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari
funktsional belgilarga qarab
taqsimlanadi, ya‘ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning
hajmiga qarab, ma‘lum bir soha biriktiriladi.
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisi
lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda moliya organi
rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish –
topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda
buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi.
Hududiy moliya organlari, G’aznachilik bo’linmalarida ishlarni topshirish va
qabul qilish yuqori moliya organi, G’aznachilikning bosh buxgalteri ishtirokida amalga
oshiriladi.
Quyida misol tariqasida buxgalteriya ishlarini qabul qilish – topshirish
to’g’risidagi dalolatnomani namunaviy ko’rinishini
keltiramiz:
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobini byudjet hisobiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal
qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va
axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini
hamda amalga
oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzish masalalari yuzasidan ko’rsatmalar
berish hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
byudjet mablag’larini, shuningdek, jamg’armalar mablag’lari, byudjetdan
tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri
sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan
muntazam nazorat qilish;
byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan byudjetlar o’rtasida o’zaro
hisoblashuvlar, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
byudjet ijrosi jarayoniga oid moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda
tuzish va topshirish;