Davlat byudjeti
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi.
2. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati.
3. Davlat byudjeti daromadlari va harajatlari.
1-savol bayoni. Byudjet tuzilishi deganda byudjet tizimi tarkibida uni tashkil
etuvchi elementlar (byudjet turlari, bo‘g‘inlari)ni ajratish va ular o‘rtasidagi
munosabatlarni aniqlash imkoniyatini beradigan tashkiliy-huquqiy tuzilishi
tushuniladi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, byudjet tuzilishi byudjet tizimi qurilishi
hamda byudjet jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini anglatadi.
Byudjet tuzilishi davlatning (ma’muriy-hududiy) tuzilishi bilan belgilanadi.
Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi byudjet tizimlari bo‘g‘inlari sonini
belgilaydi, har bir darajadagi davlat hokimiyati organiga tegishli byudjet
konstitutsiyaviy yo‘l bilan biriktirilgan bo‘ladi. Mamlakatlarning davlat
tuzilishidagi, hokimiyat turli darajalarining byudjet huquqlaridagi farqlar turli
shakldagi va modeldagi byudjet tizimlarini mavjudligini belgilaydi. Davlatning
byudjet tuzilishi turli darajadagi byudjetlarning turlarini, har bir byudjet
bo‘g‘inining tayinlanishini, turli pog‘onadagi byudjetlar o‘rtasida daromad va
harajatlarning taqsimlanishini, ularning amal qilish tamoyillarini, markaziy
hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining byudjet tizimini boshqarishdagi
vakolatlarini belgilab beruvchi yuridik me’yorlarga asoslanadi. Bundan shu fikr
kelib chiqadiki, “byudjet tuzilishi” tushunchasi mazmun jihatidan “byudjet
tizimi”dan kengroq tushunchani anglatadi. Byudjet tizimi esa mamlakatda amal
qiluvchi barcha darajadaga byudjetlar yig‘indisini bildiradi.
Demak, byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini,
uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini,
byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar
faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjetlar tarkibi va tuzilmasini, byudjet
mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab
beradi. Rus iqtisodchilari tomonidan ham aynan har bir mamlakat o‘zining davlat
tuzilishi hamda ma’muriy-hududiy bo‘linishi bilan belgilanadigan byudjet
qurilishiga ega bo‘lishini ta’kidlashgan1.
Demak, byudjet tuzilishining qanday bo‘lishi mamlakatning ma’muriy-
hududiy tuzilishiga, amalda bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va hukumat
organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan
mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblast
(viloyat)lar, o‘lkalar kabi) o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga
ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat qurilishining
ikki shakli – federativ va konfederativ davlat qurilishi mavjud) davlatlarga
bo‘linadi.
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar
(tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat
tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan
huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi. Unitar davlatlarda
ikki pog‘onali byudjet tizimi amal qiladi:
- davlat byudjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan,
markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi);
- mahalliy byudjetlar.
1 Byudjetnaya sistema Rossiyskoy Federatsii: uchebnik / pod obsh. red. Yu. S. Dolganovovoy, N. A. Istominoy. –
Yekaterinburg: Izd-vo Ural. un-ta, 2019. – s. 39.
Unitar davlatlarga Qozog‘iston, Yaponiya, Shvesiya, Fransiya, Polsha,
O‘zbekiston kabi davlatlar kiradi.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali byudjet tizimi amal
qiladi:
- federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat
byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet);
- federatsiya sub’ekt(a’zo)larining byudjetlari;
- mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
Federativ
davlatlarga
Rossiya
Federatsiyasi,
Germaniya
Federativ
Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya kabi davlatlar kiradi.
Jahon amaliyotida davlat qurilishining shakllariga mos ravishda bir qancha
byudjet tuzilishi modellari amal qiladi:
- markazlashmagan model;
- markazlashgan model;
- aralash model.
Byudjet tuzilishining markazlashmagan modelida markaziy va mahalliy
byudjetlar avtonom (mustaqil) bo‘lib, ularning har biri o‘z harajatlarini to‘liq
qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‘ladi.
Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat
byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy
byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchi vazifani bajaradi.
Byudjet tuzilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni
yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir yuqori
turuvchi byudjet quyi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish
vazifasini bajargani holda, har bir mahalliy byudjetning ham o‘z harajatlarini
qoplashga mo‘ljallangan o‘z daromad manbalari mavjud bo‘ladi.
Federatsiya a’zolarining mavqeidan kelib chiqib byudjet qurilishi
modeli ikkiga ajratiladi:
- Simmetrik (federatsiya a’zolarining tengligi kuzatiladi, AQSH, Germaniya);
- Assimetrik (federatsiya a’zolarining 6 xil mavqei kuzatiladi, Rossiya).
Byudjet qurilishiga demokratlashtirish va markazlashtirishning ta’siri nuqtai
nazaridan ham ikki turi farqlanadi:
- Liberal-demokratik model (Rossiya). Ushbu model mustaqillik tamoyili
asosida amalga oshiriladi;
- Ma’muriy-jamoaviy model (sobiq ittifoq mamlakatlari). Ushbu model
yagonalik va markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshirilgan.
Mustaqillik darajasiga ko‘ra byudjet qurilishi amerika va g‘arbiy-yevropa
tipida bo‘lishi mumkin. Amerika tipidagi byudjet qurilishida quyi darajada
(ikkinchi va uchinchi darajada)gi byudjetlar avtonomligi bilan, g‘arbiy-yevropa
tipidagi modelda esa federal byudjet hududiy taraqqiyotni tartibga keltirishda
yuqori darajadagi ishtiroki bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonning byudjet tuzilishi modeli markazlashtirilgan bo‘lib, byudjet
tizimi ikki darajaga ega. Birinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjeti, ikkinchisiga esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlar kiradi. Bunda respublika byudjeti byudjet tizimining asosiy darajasi
hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning
yig‘indisi O‘zbekiston byudjet tizimining ikkinchi darajasini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti umumdavlat soliqlari va majburiy
to‘lovlari hisobiga shakllantiriladi va umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni
moliyalashtirishga ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 3-moddasiga asosan,
byudjet tizimi byudjetlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari jamg‘armalaridan iborat (2.1-chizma).
Ўзбекистон Республикаси бюджет тизими
Бюджет тизими
бюджетларини ташкил
этиш принциплари,
бюджет жараёнида юзага
келадиган ўзаро
муносабатлар
Бюджет ташкилотларининг
б
Давлат мақсадли
жамғармалари бюджетлари
Давлат бюджети
2.1-chizma. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining tuzilishi
Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan,
davlat qurilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga
solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig‘indisidan, shuningdek, har bir
byudjet bo‘g‘iniga tegishli bo‘lgan soliq va yig‘imlar yig‘indisidan, harajat
vakolatlari hamda byudjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir. Tor ma’noda
byudjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar
yig‘indisidir.
Biz yuqorida hokimiyatning markaziy va ma’muriy-hududiy birliklar
o‘rtasida taqsimlanishi darajasiga ko‘ra barcha davlatlar unitar, federativ va
konfederativ davlatlarga bo‘linishi, ularning hususiyatlarini ta’kidlab o‘tdik.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi unitar davlatdir.
Unitar davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi ikki
bo‘g‘indan – respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan tashkil topadi. Bu
byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli
bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti o‘z ichida respublika byudjetini,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va keng tarmoqli mahalliy byudjetlarni
birlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Byudjet tizimi
tushunchasi va prinsiplari” deb nomlangan 2-bobining 6-moddasida byudjet
tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet
tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet
jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida
ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining
milliy valyutasi – so‘mda amalga oshiriladi”2.
Bugungi kunda davlat byudjetida davlatning byudjetdan tashqari maqsadli
fondlari ham konsolidatsiyalashadi (jamlanadi), ular davlat byudjeti bilan
birgalikda jamlanma byudjetni (konsolidatsiyalashgan byudjet) tashkil qiladi.
2-savol bayoni. Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasining shakllanishi va
rivojlanishida tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida muayyan siyosat doirasida
amalga oshiriladigan davlat tomonidan tartiblash muhim rol o‘ynaydi. Davlatning
o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishiga, o‘z iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga
oshirishiga imkon beradigan qurol, dastaklardan biri ham bu davlat byudjetidir.
Byudjet – bu davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vazifalari va
funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari
jamg‘armalarini to‘plash va sarflash shaklidir.
Bozor munosabatlari va iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida
makro va mikro darajadagi moliyaviy resurslar oqimlarining barqaror
mexanizmlarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslar
oqimlarini mukammallashtirish iqtisodiyot rivojlanishining o‘zaro nisbiyligini va
tengligini ta’minlaydi, iqtisodiyoning turli sektorlari va sohalarini rivojlanishi
hamda
samarali
ishlashini
ta’minlaydi
hamda
byudjet
daromadlari
va
harajatlarining tengligini ta’minlaydi.
2 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son.
6-modda.
Byudjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tizimining ajralmas qismidir,
uning amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun
zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan ob’ektiv ravishda aniqlanadi.
Davlat byudjeti davlatning asosiy (bosh) moliyaviy rejasi sifatida davlat
iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini tashkil etadi.
Demak, bir tomondan byudjetning paydo bo‘lishi davlatlarning paydo
bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aynan bozor iqtisodiyoti
sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga
oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi byudjetning sifat belgilariga aniqlik
kiritiladi.
Byudjet – murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki, uning moddiy
asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
Byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida markazlashtirilgan pul mablag‘lari
fondini shakllantirish, rejali taqsimlash hamda foydalanish jarayonida yuzaga
keladigan iqtisodiy (pul) munosabatlari yig‘indisini anglatadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet quyidagi xususiyatlarga ega (1.1-
chizma):
1.1-chizma.
Бюджет
Муддатлилик
Тарихийлик
Режалилик
Ҳуқуқий
характерга
эгалиги
Tarixiylik xususiyati – byudjet kategoriya sifatida tarixan shakllangan, turli
davlatlarda o‘ziga xos yaratilish xususiyatlariga ega va bu holat zamonaviy
sharoitlarda ham namoyon bo‘lmoqda.
Rejalilik xususiyati – byudjet amal qilishining asosiy xususiyati uning rejali
harakterga ega ekanligidadir.
Huquqiy harakterga egaligi xususiyati – byudjet me’yoriy hujjat sifatida
qonuniy kuchga ega ekanligini anglatadi.
Muddatlilik xususiyati – byudjet belgilangan muddat uchun tuziladi va ijro
etiladi.
Demak, iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning
faol qismi bo‘lgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash
bo‘yicha kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimini anglatib, uning natijasida
iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi
ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi – davlat byudjeti tashkil
topadi va belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
3-savol bayoni. Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan
foydalaniladi:
1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham
davlat va mablag‘ to‘lovchilar o‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash
munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy
jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoq-lamalik
harakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng
avvalo, to‘lovchilarning harajatlaridan iborat bo‘lib, ularning daromadlaridan
chegirilsada, bir vaqtning o‘zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari
sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan
ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga
keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u
yoki
bu
darajada
to‘lovchilarning
(yuridik
va
jismoniy
shaxslarning)
manfaatdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga to‘lovlar” va “davlat byudjetining daromadlari”
tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega bo‘lsalar-da, bir vaqtning
o‘zida, ular o‘rtasida ob’ektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar yoki to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan
hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda
ko‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va byudjetning
sub’ektlar (xo‘jaliklar) bilan byudjet munosabatlari keng sohalarining boshqa
elementlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan
milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya
tizimining turli bo‘linmalarida turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Davlat byudjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi (yagona-ligi, birligi) bilan
farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat
qiladi. Undirish metodlari, to‘lovchilarning tarkibi, to‘lash muddatlari va hokazolarda
katta farqlanishlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi davlat pul fondini
shakllantirish bo‘yicha davlat va to‘lovchilar o‘rtasida vujudga kel-gan taqsimlash
munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o‘z navbatida, mablag‘larni
to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy
(byudjet) kategoriyaning bir ko‘rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga
asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa,
byudjet bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko‘rinishlaridan biridir. O‘z navbatida,
byudjet o‘ziga tegishli bo‘lgan (byudjetli) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular
davlat
byudjeti
deb
nomlangan
kategoriyaga
nisbatan
ma’lum
darajada
bo‘ysunuvchanlik harakteriga ega bo‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga
chiqadi. Ana shunday byudjet kategoriyalaridan biri davlat byudjetining
daromadlaridir.
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet kategoriyalarining ko‘rinishlaridan
biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va harakterli belgilarini
yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar
(xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan,
aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan,
ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish
(byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet
daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra ob’ektiv bo‘lib, ular davlatning
sub’ektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning
ob’ektiv zarurligi davlatning o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan
belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining
kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’ekti (masalan, korxonaning yalpi yoki
sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari)
bo‘lishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan
iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to‘lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti
(byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga
chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet
kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning
byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘shilgan qiymat
solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) byudjet kategoriyalarining navbatdagi
ko‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko‘ra
iqtisodiy kategoriyalar ob’ektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini
ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’ektiv bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan
xususiyatlar ob’ektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning – davlat
byudjeti daromadlarining namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning
to‘g‘riligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to‘lovlar ham mavjud bo‘la-di. Lekin
byudjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo‘yilgan
vazifalarga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida byudjetga to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o‘ynashi, vaqt
o‘tishi bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bilan
almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlari
kategoriyasining namoyon bo‘lish shakllarining o‘zgarib borganligiga qaramasdan,
bu kategoriyaning saqlanib qolganligini anglatadi. Demak, byudjetga to‘lovlar
ko‘rinishining o‘zgarishi, bir to‘lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy
kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyutsiyasidir. Biroq bundan
moliyaviy va byudjet kategoriyalari qat’iyan ob’ektiv, ularning namoyon bo‘lish
shakllari esa sub’ektivdir, degan xulosa chiqarmas-lik kerak. Iqtisodiy
qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish
munosabatlarining yetukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, davlat byudjeti
daromadlarining shakllarini ham belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti (yoki unga o‘tish)
sharoitida eng asosiy vazifa iqtisodiy taraqqiyotga erishish, uning samara-dorligini
ta’minlash, raqobatbardoshligiga erishish hisob-lansa, bu vazifalarning bajarilishiga
byudjetga to‘lovlarning shakllari ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shishi kerak.
Ular byudjet daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlabgina qolmasdan, balki ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli
taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan
o‘rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan byudjetga to‘lovlarning turli shakllari
davlatning qonunlarida, moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida
o‘z ifodasini topgan ob’ektiv omillarga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum
maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni
umumdavlat pul fondini bo‘lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga
oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo‘linmalardan ajralgan ichki
byudjet
jarayonidek
ko‘-rinadi.
Haqiqatda
esa
bu
taqsimlash
ijtimoiy
munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi
barcha sub’ektlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakatdagi har bir
ma’muriy-hududiy birlik o‘z byudjetiga ega bo‘lganligi uchun bu bosqichda ana
shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mo‘l-jallangan fondlarning) umumiy hajmini
to‘g‘ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu byudjetning harajatlari
joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni
qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi
byudjetlarni balanslashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, murakkab
taqsimlash
jarayoni
sodir
bo‘ladiki,
unda
mamlakat
ma’muriy-hududiy
bo‘linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o‘z mablag‘larini
berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag‘larni oladi.
Sirtdan qaralganda, hududlararo byudjetli taqsimlash byudjetlarning yuqori va
quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlardek ko‘rinadi. Chunki byudjetli tartibga
solish yuqori byudjetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o‘z
daromadlari hisobidan quyi bo‘g‘inlarning byudjet munosabatlarini tartibga
soluvchi har bir byudjet bo‘linmasi amalda bu munosabatlarning tar-kibiga
yuqorida ko‘rsatilgan balanslashtirish sodir bo‘layotgan ko‘plab ma’muriy-hududiy
birliklarni kiritadi. Ular esa, o‘z navbatida, byudjetli tartibga solishda xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar va aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu
jarayonda ham turli sub’ektlar o‘rtasida murakkab va ko‘p tomonlama taqsimlash
munosabatlari vujudga keladi.
Bir vaqtning o‘zida, byudjet va uning barcha bo‘linmalarida iqtisodiyot,
ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan investitsiyalar, hokimiyat va
boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondirishga
yo‘naltirilgan maqsadli fondlar shakllantiriladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot
tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo‘linmalari va hokazolar o‘rtasida mablag‘larni
qayta taqsimlash sodir bo‘ladi.
Byudjet fondlari o‘zining miqdoriga ko‘ra ko‘p sonlidir. Ular davlat
byudjetining barcha bo‘g‘inlarida va bo‘linmalarida yaratiladi. Shu bilan
birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik byudjet fondlari nisbatan tor doiralarga
mo‘ljallangan boshqa fondlarga bo‘linadi. Masalan, “Iqtisodiyot harajatlari” fondi