Стр. 1
KURS ISHI
DA’VO ISHINI YURITISH
REJA:
I.
KIRISH
II.
Asosiy qism:
1. Umumiy qoidalar, ish qo’zg’atish hamda muhokamga tayyorlash
2. Sud muhokamasi va hal qiluv qarori
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabtalaridan yuzaga
kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday
harakatlari yuzasidan nizolashish to’g’risidagi ishlarni yuritish
xususiyatlari, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida
bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan
imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos
xususiyatlari hamda birinchi instansiya sudida ish yuritish
4. Sud bayonnomalari, soddalashtirilgan tartibda hamda sirtdan ish
yuritish
III.
Xulosa
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar
Стр. 2
I.
KIRISH
Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar Sud
tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga, agar qonunchilikda
ularni ko‘rishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik, mehnat,
oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar
bo‘yicha ishlar kiradi. Da’vo ishini yuritishga doir ishlarni ko‘rish tartibi Da’vo ishni
yuritishga doir ishlar ushbu kichik bo‘limda ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar
bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘riladi.
Ish qo‘zg‘atish Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki
elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi. Fuqarolik ishlarini sud
muhokamasiga tayyorlash vazifalari Sudya arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish
hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.
Sud muhokamasi: Fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish muddatlari Ishlar
sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay
sud tomonidan ko‘riladi va hal qilinadi. Bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha
sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan
ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlar mustasno.
Aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha
tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi
munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda
mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar
sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran yigirma kundan
kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.
Sudning hal qiluv qarori: Hal qiluv qarorini qabul qilish Sud ishni mazmunan
ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. Sud hal qiluv
qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. Sudning hal qiluv qarori
qonuniy, asoslantirilgan va adolatli bo‘lishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan
dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Стр. 3
II.
Asosiy qism:
1. Umumiy qoidalar, ish qo’zg’atish hamda muhokamga
tayyorlash
Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga, agar
qonunchilikda ularni ko‘rishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa,
fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan da’volar bo‘yicha ishlar kiradi. Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy
ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga
o‘tkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud
mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o‘tkazishga farmoyish
bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok
etish uchun o‘z tashabbusi bilan jalb qilishi shart.
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga o‘tkazish
ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu
protsessning o‘zidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki
kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash sababli tashkilotga
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda
mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat to‘g‘risidagi
qonunchilik bilan belgilanadi.
Er-xotinning mol-mulkini bo‘lish haqidagi talabi, agar bu nizoni to‘g‘ri hal
etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur bo‘lsa, nikohni bekor qilish
to‘g‘risidagi ish bilan birga ko‘rilishi mumkin emas. Sud alimentlar undirish
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin.
Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga ko‘ra sud
majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-
moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi.
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sud zarur bo‘lgan
taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga
olib, er (xotin) o‘z xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘
berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va
Стр. 4
qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan
qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi
kerakligi to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli. Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
Ish qo‘zg‘atish: ariza berish Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan
pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi.
Arizaning mazmuni Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1)
ariza berilayotgan sudning nomi;
2)
da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar
tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda
rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa,
vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
3)
javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar
tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda
rekvizitlari;
4)
da’vogarning talabi;
5)
agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
6)
da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar
tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7)
javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda
tutilgan bo‘lsa;
8)
arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil
tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini
tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat
boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan
arizada ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari ariza kimning
manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi
(nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak.
Стр. 5
Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning
telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv
qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda
ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga bo‘lgan
roziligidir.
Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi ko‘chirma nusxalari
bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza
mustasno.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi
hujjatlar ilova qilinadi:
o
arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
o
javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini,
basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
o
davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda
to‘langanligini;
o
arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil
tomonidan imzolangan bo‘lsa.
Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan
hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda
taqdim etish majburiyatini da’vogarning zimmasiga yuklashi mumkin.
Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish: Sudya
arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi
masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yakka
tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish
to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki
arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova
qilingan hujjatlar bilan birga, shuningdek arizani taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga
Стр. 6
o‘tkazish haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi arizachiga ajrim chiqarilgandan
keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Iqtisodiy yoki ma’muriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga
taalluqliligiga ko‘ra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning189, 190 va 191-
moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga
kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini)
kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning
uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish: Sudya ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish
yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan
arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni
hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar
qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda
berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani
qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga
yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy
sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi,
ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan
qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan
talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning
kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
Стр. 7
3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni
bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar
bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir
asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan,
qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan fuqarolik ishlar
bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish
uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
5) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir
asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish
to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni
ko‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi
tugatilganligi holati mustasno.
Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ish
yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik
qiladi. Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli bo‘lsa,
ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini ko‘rsatishi shart.
Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan
xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza
sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Arizani qaytarish: Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi
hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega
bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;
4) ariza ushbu Kodeksning189-moddasida belgilangan talablarga rioya
etilmagan holda berilgan bo‘lsa;
Стр. 8
5) 41)
da’vogar
(arizachi)
sudyaning
ushbu
Kodeks
192-
moddasiningikkinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan
muddatda bajarmagan bo‘lsa;
6) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab
birlashtirilgan bo‘lsa, basharti bu talablar o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa;
7) ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim
chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib
tushgan bo‘lsa;
8) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat bojini
to‘lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa
bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoki iltimosnoma rad etilgan
bo‘lsa;
9) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda
belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni
(ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan bo‘lsa;
10) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga
oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar
uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa.
Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat
qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat
qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Da’vogar bitta arizada o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni
birlashtirishga haqli. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi: Sudya
mazkur sudning ish yuritishida ayni bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir
nechta ish yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir nechta da’vogarning ayni
bitta javobgarga nisbatan arizalari bo‘yicha bir nechta ish mavjudligini aniqlasa, bu
Стр. 9
ishlarni birgalikda ko‘rish uchun bitta ish yuritishga birlashtirishga, agar bunday
birlashtirish ishning o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishiga olib kelsa, haqli. Agar
arizani ko‘rayotgan sudya talablarni ajratib ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa,
u birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini alohida ish yuritishga
ajratishga haqli.
Bir nechta da’vogar tomonidan yoki bir nechta javobgarga nisbatan talablar
taqdim etilgan taqdirda, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish
to‘g‘risida qaror qabul qilayotgan sudya, agar talablarni ajratib ko‘rishni maqsadga
muvofiq deb topsa, bir yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasi bo‘yicha
ajrim chiqariladi. Ajratilgan talab bo‘yicha ish ko‘rish muddati ajrim chiqarilgan
kundan boshlab hisoblanadi. Ishlarni birlashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Birlashtirilgan ishlarni ko‘rish muddati keyinroq qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha
belgilanadi.
Qarshi da’vo taqdim etish Sud tomonidan ish bo‘yicha hal qiluv qarori
chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun
da’vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim etishga haqli. Qarshi da’vo taqdim etish
da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sudya quyidagi hollarda qarshi da’voni qabul qilishi shart, agar:
qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo‘lsa;
qarshi
da’voning
qanoatlantirilishi
dastlabki
da’voning
qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
qarshi va dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud bo‘lsa hamda
ularni birgalikda ko‘rish nizoning tezroq va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishiga
yordam bersa.
Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari: Sudya arizani qabul
qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va
to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga
tayyorlaydi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
Стр. 10
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi
lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;
taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek
nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni
aniqlash;
ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va
ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;
ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi
masalani hal qilish;
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur
bo‘lgan dalillarni taqdim etilishi;
taraflarni yarashtirish
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va
fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay
amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha
sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin,
bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda
shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan
yetkazilgan
zararning
o‘rnini
qoplash
hamda
mehnatga
oid
huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to‘g‘risidagi ishlar mustasno.
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga
oshiradi:
1)
ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi to‘g‘risidagi
masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan, mustaqil
talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-
moddasiga muvofiq so‘roq qiladi;
2)
ishni ko‘rishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi;
Стр. 11
3)
ishda prokurorning ishtirok etishi to‘g‘risidagi va sud protsessida ishtirok
etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi
masalani hal qiladi;
4)
sherik da’vogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga
kirishishi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor
bo‘lmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi;
5)
guvohlarni sud majlisiga chaqirish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
6)
tashkilotlardan yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib
oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu
dalillarni olishga doir so‘rovlar beradi;
7)
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda,
ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish to‘g‘risidagi masalani hal
qiladi;
8)
kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni
xabardor qilgan holda, joyga chiqib ko‘zdan kechirishni amalga oshiradi;
9)
boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi;
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va
majburiyatlarini tushuntiradi;
11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga
ajratish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
12) da’voni va dalillarni ta’minlash masalasini hal qiladi;
13) taraflarni yarashtirish choralarini ko‘radi;
14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi
masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud
majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual
harakatlarni ham amalga oshiradi. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash
bo‘yicha harakatlari sudya tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan
holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi. Sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb
topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi
Стр. 12
hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va
joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar ko‘radi.
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan
quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1.
sudyaga kelib tushgan arizalarni o‘rganadi va ularni ko‘rish yuzasidan
takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
2.
ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan
ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni
jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishda ishtirok etadi;
3.
sud protsessini tayyorlashni va o‘tkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;
4.
arizalar va murojaatlar, shuningdek ko‘rilishi keyinga qoldirilgan yoki ish
yuritish to‘xtatib turilgan ishlar o‘z vaqtida ko‘rilishi ta’minlanishini
tashkil etadi;
5.
taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va joyi
haqida xabardor qiladi. Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi)
sudyaning topshirig‘iga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
2. Sud muhokamasi va hal qiluv qarori
Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan
kechiktirmay sud tomonidan ko‘riladi va hal qilinadi. Bu muddat o‘ta murakkab
ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi
mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchu qismida ko‘rsatilgan ishlar mustasno.
Aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast
yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud
muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay
birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.
Qarshi da’vo berilgan ish bo‘yicha ishni ko‘rish va hal qilish muddatining
o‘tishi asosiy da’vo bo‘yicha ish sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan
Стр. 13
e’tiboran hisoblanadi. Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda ko‘rish
uchun bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni ko‘rish va hal qilish muddatining
o‘tishi ushbu Kodeksning197- va 198-moddalariga muvofiq hisoblanadi.
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan
(protest keltirilgan) taqdirda, ishni ko‘rish va hal etish muddatining o‘tishi ish yuqori
instansiya sudiga yuborilgan paytdan e’tiboran to u birinchi instansiya sudining ish
yurituviga kelib tushguniga qadar to‘xtatiladi.
Sud majlisi: sh muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta
xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida o‘tadi. Yopiq sud majlislari qonunda
nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning
tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida
bevosita ishtirok etish og‘zaki shaklda o‘tkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga
tenglashtiriladi. Sudning tashabbusiga ko‘ra yoki sud protsessi ishtirokchilarining
iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish zarur bo‘lgan taqdirda,
shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda
sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini
bu haqda ogohlantiradi.
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma
qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va
videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida
translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining
ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish Sudlarda
videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati bo‘lgan taqdirda,
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi
shaxslar sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu haqda o‘zlari
iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga ko‘ra ishtirok etishi mumkin.
Стр. 14
Ko‘rsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok
etishi to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok
etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga
va o‘z ko‘magida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan
tegishli sudga yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud
majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi
yoki joylashgan yeri va turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa
tizimlaridan foydalaniladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud
majlisida ishtirok etishini ta’minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-
kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi, guvohlarga,
ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligi tushuntirilganligi to‘g‘risida ulardan tilxat oladi. Mazkur tilxat u
olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib
qo‘yish uchun ishni ko‘rayotgan sudga yuboriladi.
Ishni muhokama qilish uchun tayinlangan vaqtda sudya majlis zaliga kiradi,
sud majlisini ochadi va qaysi ish ko‘rilishi lozimligini e’lon qiladi. Sud majlisida
shu sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb
yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va
majburiyatlari to‘liq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining
tarbiyaviy ta’sirini ta’minlaydi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan hamma
narsani sud muhokamasidan chetlatadi.
Har bir guvoh alohida so‘roq qilinadi. So‘roq qilinmagan guvohlar ishni
muhokama qilish vaqtida sud majlisi zalida bo‘lishi mumkin emas. Raislik qiluvchi
guvohni so‘roq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashg‘uloti turini, ushbu
ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan o‘zaro
munosabatlarini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik
uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-modda muvofiq javobgar
Стр. 15
bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: “Ish
yuzasidan o‘zimga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni sudga aytib berishga
qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan
o‘zga narsani gapirmayman” deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi.
Guvohdan
unga
o‘z
huquqlari,
majburiyatlari
va
javobgarligi
tushuntirilganligi to‘g‘risida tilxat olinadi. Qasamyodning matni va tilxat sud majlisi
bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi. Raislik qiluvchi guvohga ish bo‘yicha shaxsan
o‘zi bilgan barcha ma’lumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan so‘ng
guvohga savollar berilishi mumkin.
Guvoh kimning arizasi bo‘yicha chaqirilgan bo‘lsa, shu shaxs va uning vakili
birinchi bo‘lib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar guvohga savollar
beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi bo‘lib
da’vogar beradi. Sudya (sudyalar) guvohga u so‘roq qilinayotganida istalgan vaqtda
savol berishga haqlidir. So‘roq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom
bo‘lguniga qadar sud majlisi zalida qolishi kerak. Sud so‘roq qilingan guvohlar
ishning muhokamasi tamom bo‘lmasidan oldin sud majlisi zalidan chiqib ketishiga
taraflarning roziligi bilan ruxsat berishi mumkin.
Zarur bo‘lgan taqdirda sud guvohni o‘sha majlisning o‘zida yoki kelgusi
majlisda takroran so‘roq qilishi, shuningdek guvohlarning ko‘rsatuvlaridagi
ziddiyatlarni aniqlash uchun ularni yuzlashtirishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi
shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi
raislik qiluvchining xatti-harakatlariga e’tiroz bildirgan taqdirda, bu e’tirozlar sud
majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi. Raislik
qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni ta’minlash uchun zarur choralar ko‘radi.
Hal qiluv qarorini qabul qilish Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston
Respublikasi nomidan qabul qiladi. Sudning hal qiluv qarori qonuniy,
asoslantirilgan va adolatli bo‘lishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan
dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Стр. 16
Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol
qabul qilinadi. Alohida hollarda, o‘ta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal
qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal
qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning
o‘zidayoq e’lon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar
asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini e’lon
qiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi
va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi Hal qiluv qarori sudya
tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul
qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar Sud hal qiluv
qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega
bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish
bo‘yicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilishi kerakligini
hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini
aniqlaydi.
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro
etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi. Agar
ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni
tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud
muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi
faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi.
Hal qiluv qarorining mazmuni Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon,
asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Hal qiluv qarorining kirish
qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini
qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud
majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi.
Стр. 17
Hal qiluv qarorining bayon qismi o‘zida da’vogarning talabi, javobgarning
e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks
ettirishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan
aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan
dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal
qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi kerak. Arz qilingan talab
javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan
talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi
mumkin. Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har
birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish to‘g‘risidagi yoxud qanoatlantirishni rad
etish haqidagi xulosasi bo‘lishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan
shikoyat qilish muddati va tartibi ko‘rsatilishi kerak.
Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilagan
yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning ijrosini
ta’minlashga doir choralar ko‘rgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori Ish bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilgan
sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan
quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar:
1) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini,
olib berilishi kerak bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart
bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;
2) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar
dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalarda, biroq bu xususda
hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa;
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori
chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay qo‘zg‘atilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok
etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu
Стр. 18
shaxslarning kelmaganligi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat
qilinishi va protest keltirilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy
kuchga kiradi. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim
chiqariladi. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning
ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi Sudning hal qiluv qarori,
agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, apellyatsiya
shikoyati (protesti) berish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal
qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv
qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni apellyatsiya instansiyasi sudi ko‘rib
chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok
etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga o‘sha asoslar
bo‘yicha yangidan o‘sha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va
huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki
davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi bo‘yicha
boshlangan bo‘lsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning
manfaatini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar
javobgardan davriy to‘lovlarni (alimentlar, sog‘liqqa shikast yetkazilganda ko‘rilgan
zararning o‘rnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bog‘liq to‘lovlar va hokazo)
undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin
to‘lovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga ta’sir etuvchi holatlar jiddiy
ravishda o‘zgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yo‘li bilan to‘lovlarning
miqdori va muddatini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
Darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari
Sudning quyidagi:
a. alimentlar undirish to‘g‘risidagi;
Стр. 19
b. xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish
to‘g‘risidagi;
c. mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi,
shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini
qoplash uchun to‘lovlar undirish to‘g‘risidagi;
d. mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki
g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga
tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish
asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;
e. sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi
kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmasiga g‘ayriixtiyoriy
tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi
muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi;
f. sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman
tan olganligiga qarab, to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar bo‘yicha
chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak.
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabtalaridan yuzaga
kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday
harakatlari yuzasidan nizolashish to’g’risidagi ishlarni yuritish xususiyatlari,
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib
tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda
birinchi instansiya sudida ish yuritish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish
to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha,
mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib
chiqiladi. Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar
belgilanmagan
bo‘lsa,
korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar,
jamoat
Стр. 20
birlashmalarining
qarorlari
va
ular
mansabdor
shaxslarining
harakatlari
(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi fuqaroning o‘z
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida unga ma’lum
bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish
to‘g‘risida da’vo arizasi berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati
sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining
qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasining shakli hamda mazmuni.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish
to‘g‘risidagi da’vo arizasi ushbu Kodeksning189-moddasida nazarda tutilgan
talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Da’vo arizasida quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
o
nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot,
jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni
(harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-
sharifining bosh harflari;
o
nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi,
nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
o
da’vogarning
fikriga
ko‘ra,
nizolashilayotgan
qaror,
harakatlar
(harakatsizlik) tufayli buzilayotgan o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
o
da’vogarning
fikriga
ko‘ra,
nizolashilayotgan
qaror,
harakatlar
(harakatsizlik) qaysi qonunchilikka zid bo‘lsa, o‘sha qonunchilik;
o
da’vogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni)
qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi talabi.
Стр. 21
Da’vo arizasiga ushbu Kodeksning191-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar,
shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish
to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud nizolashilayotgan qarorning yoki
uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini,
nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat
birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan
mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror
yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari
va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.
Korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar,
jamoat
birlashmalarining
qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan
qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar
(harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki
uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni)
qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud
harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda da’vogarning
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa,
arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul
qiladi. Da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa
qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Стр. 22
nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot,
jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir
etgan
mansabdor
shaxsning
familiyasi,
ismi,
otasining
ismi,
nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi,
nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
nizolashilayotgan qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki
harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb
topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining
yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki
muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud da’vogarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf
etish majburiyatini yuklaydi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash
to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari. Da’vo arizasini
berish Prokuror, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni
bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini
qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi
da’vo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.
Da’vo arizasining mazmuni O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat
mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni
buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda
tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ushbu Kodeksning 189- va 270-modddalarida nazarda tutilgan talablarni
buzgan holda berilgan da’vo arizasi ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda
tutilgan qoidalarga muvofiq da’vogarga qaytariladi.
Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Стр. 23
1.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib
tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida
nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
2.
qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan
qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib
tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan
tuzilgan dalolatnoma;
3.
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf
etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat
organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish
to‘g‘risidagi ogohlantirishi;
4.
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5.
huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini
qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlar
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan
o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘riladi. Ish sudya da’vo arizasini
ish yurituviga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqargan kundan
e’tiboran yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat
mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni
Стр. 24
buzib tashlash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning
23-bobida belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish to‘g‘risidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda,
sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 235, 255 va 256-
moddalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari:
1)
qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili);
2)
yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi ko‘rsatilishi
kerak.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi talab
sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida
ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan
tashqari:
a.
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi;
b.
buzilishi lozim bo‘lgan imorat ko‘rsatilishi kerak.
Agar da’vo arizasida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida
bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish to‘g‘risidagi va o‘zboshimchalik bilan qurilgan
imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan bo‘lib, bu talablar
qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning
ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Sudning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash
to‘g‘risidagi hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan
bo‘lsa, u qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer
uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori
qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron
Стр. 25
manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida
yuborilishi mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimlari. Ajrimlar sud tomonidan alohida
xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida
belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etishda sud o‘z joyida ajrim chiqarishi
mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar
chiqarilishi bilan darhol o‘qib eshittiriladi.
Sud ajrimida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining
kotibi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy
identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan
jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning
rekvizitlari), shuningdek soliq to‘lovchi qarzdor yuridik shaxsning
identifikatsiya raqami;
nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda
boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan o‘z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va
6bandlarida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Ajrimning
yozuvidagi xatolar va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-
moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.
Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning ko‘chirma
nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor
bo‘lgan o‘zga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan
kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi. Sud ajrimi, agar
Стр. 26
qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, darhol ijro
etiladi.
Sudning xususiy ajrimi Ishni ko‘rish chog‘ida davlat organining yoki boshqa
organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida
qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan
qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan
qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka
tortish to‘g‘risidagi masalani o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab
qilishi mumkin.
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga,
tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida
bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Sudning xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Agar sud ishni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini
aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda
prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
4. Sud bayonnomalari, soddalashtirilgan tartibda hamda sirtdan ish yuritish
Har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida
qilingan har bir alohida protsessual harakat to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Bayonnoma mazmuni Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining
yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari
aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1.
sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy;
2.
sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
3.
ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining
ismi, hamda sud majlisining kotibi;
4.
ishning nomi va raqami;
5.
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko‘maklashayotgan
shaxslarning kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;