DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI FANINING UMUMII MASALALARI

Yuklangan vaqt

2024-10-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

33,1 KB


 
 
 
 
 
 
DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI FANINING UMUMII MASALALARI. 
. 
 
Reja: 
1.Defektologiya fani va uning vazifalari.  
2.Defektologiya faning rivojlanish bosqichi. 
3.Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni 
tashkil etish.  
4.Defektologiya fanining tarmoqlari.  
 
 
Tayanch iboralar: 
 Korreksiya- tuzatish, nuqsonni ta’lim- tarbiya orqali bilinmaydigan holga 
keltirish (yumshastish)  
 Kompensatsiya-yuklash, o’rnini qoplash. Biror psixik funksiya qisman yoki 
to’la ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’ funksiyalar 
bajaradi.  
 Defekt – nuqson , kamchilik.  
 
 
 Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk Vatanimizning 
kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib 
tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshirishda, ya’ni sog’lom avlodni shakillantirish 
ishlarida ta’lim-tarbiya asosiy o’rinni egallaydi.  
O’zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat 
siyosati “O’zbekiston Respublikasida nogironlarining ijtimoiy himoyalanishi 
to’g’risidagi”gi qonuni bilan belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhi boshqa 
fuqarolar bilan teng asosda to’la qonli hayot kechirish, jamiyat fuqorolik 
majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish
DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI FANINING UMUMII MASALALARI. . Reja: 1.Defektologiya fani va uning vazifalari. 2.Defektologiya faning rivojlanish bosqichi. 3.Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish. 4.Defektologiya fanining tarmoqlari. Tayanch iboralar: Korreksiya- tuzatish, nuqsonni ta’lim- tarbiya orqali bilinmaydigan holga keltirish (yumshastish) Kompensatsiya-yuklash, o’rnini qoplash. Biror psixik funksiya qisman yoki to’la ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’ funksiyalar bajaradi. Defekt – nuqson , kamchilik. Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk Vatanimizning kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshirishda, ya’ni sog’lom avlodni shakillantirish ishlarida ta’lim-tarbiya asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat siyosati “O’zbekiston Respublikasida nogironlarining ijtimoiy himoyalanishi to’g’risidagi”gi qonuni bilan belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhi boshqa fuqarolar bilan teng asosda to’la qonli hayot kechirish, jamiyat fuqorolik majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish
 
 
maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ko’zda 
tutadi. Bu qonun aholi sog’ligini himoya qilish, nogironlikning oldini olish va 
nogironlarning jamiat hayotiga singib ketishi uchun shart-sharoitlar yaratishga 
safarbar qilingan ijtimoiy jamiatlar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yadigan 
dastlabki jiddiy huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi. 
Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning 
ijtimoiy tiklash bo’yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish 
bilan chambarchas bog’liqdir. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11- noyabrdagi 
433-son qarori bilan nogironlar ijtimoiy tiklanishining 1996- 2000 yilgacha 
mo’ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi, ayni vaqtda shu maqsad bilan “Sog’lom 
avlod” , “Ulug’bek”, “ Bolalik”, “Ekosan” va shu kabi jamg’armalar tashkil etildi. 
 
“Oila” ilmiy amaliy markazi o’z dasturlarini ishlab chiqdi. Uning maqsadi 
nogiron bolalarning ota-onalariga va ularning farzandlariga ilmiy amaliy yordam 
ko’rsatishni o’z dasturiga kiritdi.  
Bular qo’yidagilardan iborat:  
-  muhtoj oilalarni qo’llab quvvatlash, ya’ni ota - onalarning bolalar oldidagi asosiy 
majburiyatlarini amalga oshirishda yordam berish; 
- 
bolalarga g’axo’rlik qiluvchi ommaviy tadbirlarni yana ham samarali 
o’tkazish ishlarini amalga oshirish;  
- 
bolalar imkoniyatlarini samarali va muvoffaqiyatli rivojlantirish maqsadida 
dasturlar , tavsiyalar , qo’llanmalar yaratish; 
- 
bolalarni ta’minlash tizimida iqtisodiy o’zgarishlarni aniqlash bo’yicha 
boshqaruv tashkilotlar bilan ishlash. 
  
 
1989- yil bolalar Konvensiyasi BMT tomonidan qabul qilingan. 
 
1992- yil O’zbekiston bolalar Konvensiyasini tan oldi. Konvensiyada kichik 
yoshdagi bolalar bilan ishlash 3 bo’limni o’z ichiga oladi;  
- bolalarning yashash va rivojlanishi asosiy huquqidir; ( 6 modda )  
- ota onalarning bolalarni tarbiyalash va g’amxo’rlik qilish majburiyatlarini 
taqsimlashni tushunish (18 modda);
maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ko’zda tutadi. Bu qonun aholi sog’ligini himoya qilish, nogironlikning oldini olish va nogironlarning jamiat hayotiga singib ketishi uchun shart-sharoitlar yaratishga safarbar qilingan ijtimoiy jamiatlar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yadigan dastlabki jiddiy huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy tiklash bo’yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11- noyabrdagi 433-son qarori bilan nogironlar ijtimoiy tiklanishining 1996- 2000 yilgacha mo’ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi, ayni vaqtda shu maqsad bilan “Sog’lom avlod” , “Ulug’bek”, “ Bolalik”, “Ekosan” va shu kabi jamg’armalar tashkil etildi. “Oila” ilmiy amaliy markazi o’z dasturlarini ishlab chiqdi. Uning maqsadi nogiron bolalarning ota-onalariga va ularning farzandlariga ilmiy amaliy yordam ko’rsatishni o’z dasturiga kiritdi. Bular qo’yidagilardan iborat: - muhtoj oilalarni qo’llab quvvatlash, ya’ni ota - onalarning bolalar oldidagi asosiy majburiyatlarini amalga oshirishda yordam berish; - bolalarga g’axo’rlik qiluvchi ommaviy tadbirlarni yana ham samarali o’tkazish ishlarini amalga oshirish; - bolalar imkoniyatlarini samarali va muvoffaqiyatli rivojlantirish maqsadida dasturlar , tavsiyalar , qo’llanmalar yaratish; - bolalarni ta’minlash tizimida iqtisodiy o’zgarishlarni aniqlash bo’yicha boshqaruv tashkilotlar bilan ishlash. 1989- yil bolalar Konvensiyasi BMT tomonidan qabul qilingan. 1992- yil O’zbekiston bolalar Konvensiyasini tan oldi. Konvensiyada kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash 3 bo’limni o’z ichiga oladi; - bolalarning yashash va rivojlanishi asosiy huquqidir; ( 6 modda ) - ota onalarning bolalarni tarbiyalash va g’amxo’rlik qilish majburiyatlarini taqsimlashni tushunish (18 modda);
 
 
- har bir tadbirning asosiy prinsipi bolalar qiziqishlari bo’lishi shart. (3 modda). 
 
 Shuningdek bu Konvensiyada nogiron va yordamga muhtoj bolalarning 
yashash, rivojlanish , ta’lim olish, hayotga moslashish, sog’lom o’sish huquqlariga 
egaligi ko’rsatilgan. 
Defektologiya jismoniy va ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik 
rivojlanishdagi xususiyatlarini o’rganadigan, ularning ta’lim - tarbiyasi bilan 
shug’llanadigan fandir. 
“Defekt” - lotincha kamchilik, nuqson, yunoncha, “logos”- ta’limot, fan , 
o’rganish degani .  
 Defektologiyaning vazifasi anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, 
anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganish, 
ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanishdir. 
 Defektologiya fanining maqsadi - nomal bolalarning psixofiziologik 
kamchiliklarini iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga 
keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tadbiq etish yo’llarini tarbiyachi hamda 
o’qituvchilarga ko’rsatib berishdan iborat.  
 Defektologiya fanining mavzusi, bahsi anomal bolalardir. Anomaliyalar har xil 
bo’ladi. Ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, 
korreksiyalanadi, 
boshqalari 
esa 
bilinmaydigan 
holga 
keltiriladi, 
ya’ni 
kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo’pol kanchiliklar bo’lsa, to’g’ri tashkil etilgan 
logopedik choralarni o’z vaqtida ko’rish yo’li bilan batamom bartaraf etish mumkin. 
Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo’lsa, (masalan: 
oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi) uni to’liq bartaraf etib bo’lmasa ham, 
biroq qisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida yana shunday 
anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham korreksiyalab ham bo’lmaydi. Masalan: 
tug’ma ko’rlik yoki karlik. Bunda ko’rish analizatorining vazifasini sezgi 
organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko’rish analizatoriga yuklash 
ya’ni kompensatsiyalash, o’rnini bosish mumkin. Ko’rish qobiliyati zaif bolalar 
sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalaniladi. 
Bunda harf 6 ta nuqta konbinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif 
bolalar esa imo-ishora ya’ni daktil nutqidan , barmoqlar harakati bilan anglatiladigan 
nutqdan foydalanadilar.
- har bir tadbirning asosiy prinsipi bolalar qiziqishlari bo’lishi shart. (3 modda). Shuningdek bu Konvensiyada nogiron va yordamga muhtoj bolalarning yashash, rivojlanish , ta’lim olish, hayotga moslashish, sog’lom o’sish huquqlariga egaligi ko’rsatilgan. Defektologiya jismoniy va ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini o’rganadigan, ularning ta’lim - tarbiyasi bilan shug’llanadigan fandir. “Defekt” - lotincha kamchilik, nuqson, yunoncha, “logos”- ta’limot, fan , o’rganish degani . Defektologiyaning vazifasi anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanishdir. Defektologiya fanining maqsadi - nomal bolalarning psixofiziologik kamchiliklarini iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tadbiq etish yo’llarini tarbiyachi hamda o’qituvchilarga ko’rsatib berishdan iborat. Defektologiya fanining mavzusi, bahsi anomal bolalardir. Anomaliyalar har xil bo’ladi. Ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ya’ni kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo’pol kanchiliklar bo’lsa, to’g’ri tashkil etilgan logopedik choralarni o’z vaqtida ko’rish yo’li bilan batamom bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo’lsa, (masalan: oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi) uni to’liq bartaraf etib bo’lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham korreksiyalab ham bo’lmaydi. Masalan: tug’ma ko’rlik yoki karlik. Bunda ko’rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko’rish analizatoriga yuklash ya’ni kompensatsiyalash, o’rnini bosish mumkin. Ko’rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalaniladi. Bunda harf 6 ta nuqta konbinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora ya’ni daktil nutqidan , barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanadilar.
 
 
DEFEKTOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI. 
 Nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan muassasalar tarmoqlari 
1920-yillardan keyin rivojlandi. Ko’rlar, karlar aqli zaiflar, nutqi buzilganlar uchun 
maxsus , alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o’quv rejalari, dasturlar, 
darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida 
kamchiliklari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi 
qarordan keyin turli nuqsonli bolalarga bo’lgan munosabot birmuncha kuchaydi.  
Pedagok L.I. Navoselova 20-yilda Toshkentda 18 ta o’quvchisi bo’lgan ko’r 
va karlar boshpanasini ochdi. Keyinchalik ayrim umumiy maktablar huzurida aqli 
zaif bolalar sinflari ochildi.  
1929-yil Yo’ldosh Ohunboboyev tashabbusi bilan nogiron bolalar uchun 
alohida maktab ochildi. 1931-yilda nuqsonli bolalarni majburiy ta’limga jalb etish 
haqidagi qaror qabul qilindi. Tashkentda 3-pedagogika bilim yurtida o’zbek tilida 
maxsus mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Hozirgi kunda Respublikamizning 
barcha viloyatlarida maxsus yordamga muhtoj bolalar maktabgacha ta’lim 
muassasalari, maktab internatlari faoliyat ko’rsatmoqda.  
 O’zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967-yildan boshlab 
tezlashdi. Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining pedagogika va 
psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo’limi tashkil etildi. 1973-yili 
surdopedagogika bo’limi qo’shildi. 1984-yili mustaqil fakultet bo’ldi. Hozirgi kunda 
Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida defektologiyaning barcha yo’nalishlari 
bo’yicha mutaxasislar tayyorlanayapti. Bugungi kunda jamiatda nuqsonli bolalarni 
maxsus o’qitish, tarbiyalash, kamchliklarini korreksiyalash, psixologik- pedagogik 
reabilitasiya, ijtimoiy mehnatga moslashtirish va integratsiyalash , yaxshi sharoitlar 
yaratish muhum vazifalar sanaladi. Korreksion ta’lim va tarbiya sistemasini tashkil 
etish O’zbekistonda  dolzarb va murakkab muammolardan iboratdir, maqsad-
integratsiyalashgan o’qitishni rivojlantirish; bolalarni jamiyatga erta ijtimoiy 
adaptatsiyalash; psixofiziologik nuqsonli bolalar bilan ishlovchilar shu bolalar hulq 
atvoridagi o’zgarishlar sabablarini bilishlari; psixofiziologik nuqsonli bolalar xulq 
atvorini to’g’ri aniqlash. 
 Turli jismoniy va aqliy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar uyda yoki maxsus 
muassasalarda tarbiyalanadi. Aniq nuqsonga ega bo’lgan bolalar maxsus sharoitlar
DEFEKTOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI. Nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan muassasalar tarmoqlari 1920-yillardan keyin rivojlandi. Ko’rlar, karlar aqli zaiflar, nutqi buzilganlar uchun maxsus , alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi qarordan keyin turli nuqsonli bolalarga bo’lgan munosabot birmuncha kuchaydi. Pedagok L.I. Navoselova 20-yilda Toshkentda 18 ta o’quvchisi bo’lgan ko’r va karlar boshpanasini ochdi. Keyinchalik ayrim umumiy maktablar huzurida aqli zaif bolalar sinflari ochildi. 1929-yil Yo’ldosh Ohunboboyev tashabbusi bilan nogiron bolalar uchun alohida maktab ochildi. 1931-yilda nuqsonli bolalarni majburiy ta’limga jalb etish haqidagi qaror qabul qilindi. Tashkentda 3-pedagogika bilim yurtida o’zbek tilida maxsus mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Hozirgi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida maxsus yordamga muhtoj bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab internatlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967-yildan boshlab tezlashdi. Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo’limi tashkil etildi. 1973-yili surdopedagogika bo’limi qo’shildi. 1984-yili mustaqil fakultet bo’ldi. Hozirgi kunda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida defektologiyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha mutaxasislar tayyorlanayapti. Bugungi kunda jamiatda nuqsonli bolalarni maxsus o’qitish, tarbiyalash, kamchliklarini korreksiyalash, psixologik- pedagogik reabilitasiya, ijtimoiy mehnatga moslashtirish va integratsiyalash , yaxshi sharoitlar yaratish muhum vazifalar sanaladi. Korreksion ta’lim va tarbiya sistemasini tashkil etish O’zbekistonda dolzarb va murakkab muammolardan iboratdir, maqsad- integratsiyalashgan o’qitishni rivojlantirish; bolalarni jamiyatga erta ijtimoiy adaptatsiyalash; psixofiziologik nuqsonli bolalar bilan ishlovchilar shu bolalar hulq atvoridagi o’zgarishlar sabablarini bilishlari; psixofiziologik nuqsonli bolalar xulq atvorini to’g’ri aniqlash. Turli jismoniy va aqliy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar uyda yoki maxsus muassasalarda tarbiyalanadi. Aniq nuqsonga ega bo’lgan bolalar maxsus sharoitlar
 
 
yaratilgan bog’chalarga borib, maxsus dasturlar orqali kamchiliklarini bartaraf 
etadilar va rivojlanadilar. Agarda maxsus muassasalar bo’lmasa, ko’r, va kar boshqa 
nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar normal bolalar bilan muloqotga kirishishi nafaqat 
ularga, balki sog’lom bolalar uchun ham foydalidir. Muloqot orqali bolalar bir-
birlarini tushunishga, g’amxo’rlik qilishga o’rganadilar. Bunday bolalarni ta’lim 
olishga qiziqtirish, nutqiy ko’nikmalarni rivojlantirish yo’ki imo-ishorali nutqni 
mutaxasis yordamida o’rganadilar. Zarur vositalar (ko’z oynak, eshitish aparati) ham 
bunday bolalarga foydalidir. Ammo ularni zarur vaqtlardagina qo’llash mumkin . 
Uyda harakatsiz yotgandan ko’ra sog’lom bolalar bilan muloqotga kirishish,yaxshi 
natijalar beradi . Hozirgi kunda integratsiyalashgan ta’lim jahondagi 52 
mamlakatning ommaviy bog’cha maktablarida joriy etilgan.  
Defektologiya fanining tarmoqlari. 
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar fan 
sifatida ajralib chiqdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
Surdopedagogika (lotincha “surdus”–kar, gung so’zidan olingan)- eshitish 
qobiliyati 
zaif 
bolalarning 
ta’lim–tarbiyasi 
bilan 
shug’ullanadigan 
fan; 
tiflopedagogika (yunoncha “tiflos”-ko’r, so’qir so’zidan olingan)- ko’rish qobiliyati 
zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; oligofrenopedagogika 
(yunoncha “oligos”-kam, fren-aql), so’zlaridan olingan,-aqliy tomondan zaif 
bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; logopediya (yunoncha 
“logos”-so’z, “padio”-tarbiya so’zlaridan olingan)- og’ir nutq nuqsonlarni o’rganish, 
oldini olish, bartaraf etish yo’llari, usullarini o’rganadigan fan.  
 
 
Tekshirish uchun savollar. 
logopediya 
oligofrenopedagogikaaaa
aaaaaaaaaa 
tiflopedagogika 
  Defektologiya 
surdopedagogika
yaratilgan bog’chalarga borib, maxsus dasturlar orqali kamchiliklarini bartaraf etadilar va rivojlanadilar. Agarda maxsus muassasalar bo’lmasa, ko’r, va kar boshqa nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar normal bolalar bilan muloqotga kirishishi nafaqat ularga, balki sog’lom bolalar uchun ham foydalidir. Muloqot orqali bolalar bir- birlarini tushunishga, g’amxo’rlik qilishga o’rganadilar. Bunday bolalarni ta’lim olishga qiziqtirish, nutqiy ko’nikmalarni rivojlantirish yo’ki imo-ishorali nutqni mutaxasis yordamida o’rganadilar. Zarur vositalar (ko’z oynak, eshitish aparati) ham bunday bolalarga foydalidir. Ammo ularni zarur vaqtlardagina qo’llash mumkin . Uyda harakatsiz yotgandan ko’ra sog’lom bolalar bilan muloqotga kirishish,yaxshi natijalar beradi . Hozirgi kunda integratsiyalashgan ta’lim jahondagi 52 mamlakatning ommaviy bog’cha maktablarida joriy etilgan. Defektologiya fanining tarmoqlari. Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar fan sifatida ajralib chiqdi. Surdopedagogika (lotincha “surdus”–kar, gung so’zidan olingan)- eshitish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim–tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha “tiflos”-ko’r, so’qir so’zidan olingan)- ko’rish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha “oligos”-kam, fren-aql), so’zlaridan olingan,-aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; logopediya (yunoncha “logos”-so’z, “padio”-tarbiya so’zlaridan olingan)- og’ir nutq nuqsonlarni o’rganish, oldini olish, bartaraf etish yo’llari, usullarini o’rganadigan fan. Tekshirish uchun savollar. logopediya oligofrenopedagogikaaaa aaaaaaaaaa tiflopedagogika Defektologiya surdopedagogika