DEVIANT XULQ -IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

Yuklangan vaqt

2025-01-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

28,9 KB


 
 
 
 
 
 
 
DEVIANT XULQ -IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. 
 
 
Reja: 
1. 
Deviatsiya va uning turlari. 
2. 
O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari. 
3. 
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot 
yuritish. 
4. 
Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya 
masalalari. 
 
Tayanch tushunchalar: Deviatsiya, anotomik-fiziologik tuzilishi, xulq-
atvor, ijtimoiy dezadaptatsiya, mikro ijtimoiy munosabatlar, Biologik omillar, 
psixopatiya,  o‘quv dekompensatsiyasi, Profilaktika. 
 
Odatda deviatsiyalar o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. O‘spirinlik davri 
yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o‘tish davri ham deb atashadi, chunki 
bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon o‘smir 
rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy 
rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida o‘smir hayoti va faoliyatida 
jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta 
shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga 
olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan kattalar 
tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. 
Deviatsiya turlari Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor 
normalaridanchetga chiqqan o‘smirlarni qiyin o‘smir yoki qiyin tarbiyalanadigan 
o‘smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik ta’sirga qarshilik 
DEVIANT XULQ -IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Reja: 1. Deviatsiya va uning turlari. 2. O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari. 3. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish. 4. Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari. Tayanch tushunchalar: Deviatsiya, anotomik-fiziologik tuzilishi, xulq- atvor, ijtimoiy dezadaptatsiya, mikro ijtimoiy munosabatlar, Biologik omillar, psixopatiya, o‘quv dekompensatsiyasi, Profilaktika. Odatda deviatsiyalar o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. O‘spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o‘tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. Deviatsiya turlari Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor normalaridanchetga chiqqan o‘smirlarni qiyin o‘smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o‘smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik ta’sirga qarshilik  
 
 
ko‘rsatish tushuniladi. O‘smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan 
norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o‘rganiladi. 
Deviatsiya (og‘ish) ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan 
o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada 
o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada 
o‘zgaruvchanlik faoliyatga bog‘liq va insonning atrofdagilar bilan o‘zaro 
munosabatini aks etadigan xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi. Avval aytib 
o‘tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo‘ladi. 
O‘smirning normal xulq-atvori uning bilan ijtimoiylashuvi rivojlanishi 
ehtiyojlariga mos tuShuvchi mikrosotsium o‘zaro munosabati. Agar bolani 
atrofdagilari o‘smirning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratishsa 
uning xulq-atvori doimo normal bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga 
chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va svilizatsiyasini bola shaxsiyatining 
xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib keluvchi bolaning 
jamiyat bilan munosabati sifatida tuShunsak bo‘ladi. Aftida chetga chiquvchi xulq-
atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.  
Bolalar va o‘smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga 
giriftor bo‘lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim: 
-maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar, 
-etim bolalar, 
- ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab 
o‘z navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan 
holda kutishadi. Shu bilan birga ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy 
qiynoqlarga duchor bo‘lishadi. 
-giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar, 
-jinsiy intizomsiz bolalar, 
-g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga 
ko‘ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda. 
Deviatsiya 
deviant, 
delikvent 
va 
jinoiy 
xulq-atvordan 
iborat. 
Deviant xulq-atvor - mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi 
munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan ijtimoiy normalar va xulq-
ko‘rsatish tushuniladi. O‘smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o‘rganiladi. Deviatsiya (og‘ish) ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik faoliyatga bog‘liq va insonning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatini aks etadigan xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi. Avval aytib o‘tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo‘ladi. O‘smirning normal xulq-atvori uning bilan ijtimoiylashuvi rivojlanishi ehtiyojlariga mos tuShuvchi mikrosotsium o‘zaro munosabati. Agar bolani atrofdagilari o‘smirning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratishsa uning xulq-atvori doimo normal bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va svilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib keluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tuShunsak bo‘ladi. Aftida chetga chiquvchi xulq- atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga giriftor bo‘lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim: -maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar, -etim bolalar, - ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab o‘z navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan holda kutishadi. Shu bilan birga ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy qiynoqlarga duchor bo‘lishadi. -giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar, -jinsiy intizomsiz bolalar, -g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda. Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor - mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan ijtimoiy normalar va xulq-  
 
 
atvor qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan 
biridir. Bu xulq-atvorni g‘ayriintizomiy deb atasak ham bo‘ladi.  
Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, 
chaqiruv, o‘qishdan qochish va daydilik, boalar va o‘smirlarning aroqxo‘rlik, 
giyohvandlik va u bilan bog‘liq g‘ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy xarakterdagi 
g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, o‘zigo‘ suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib 
keltirsak bo‘ladi. 
Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning 
takrorlanib turuvchi g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu 
harakatlar huquqiy normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy 
javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. 
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: 
-agressiv 
xulq-atvor, 
bunga 
haqoratlash, 
sadistik 
harakatlar, 
o‘t 
qo‘yish kabilar kiradi; 
- g‘arazli xulq-atvor: kichk o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib 
qochish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar; 
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. 
Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-
atvorda ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni bunda o‘smirda ichki tartibga solish tizimini 
nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o‘zgarishi ro‘y beradi. 
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga 
yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan 
moddalarida nazarda tutilgan g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. 
Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga 
aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, 
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo‘ladi. Ular tizimni barbod etishadi, uning 
asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi. O‘smirlarning deviant 
xulq-atvori sabablari me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega 
bo‘lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. 
 Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi 
omillar quyidagilardir: 
atvor qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g‘ayriintizomiy deb atasak ham bo‘ladi. Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, chaqiruv, o‘qishdan qochish va daydilik, boalar va o‘smirlarning aroqxo‘rlik, giyohvandlik va u bilan bog‘liq g‘ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy xarakterdagi g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, o‘zigo‘ suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo‘ladi. Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning takrorlanib turuvchi g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu harakatlar huquqiy normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: -agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi; - g‘arazli xulq-atvor: kichk o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar; -giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq- atvorda ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni bunda o‘smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o‘zgarishi ro‘y beradi. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo‘ladi. Ular tizimni barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi. O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo‘lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:  
 
 
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini 
qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini 
topadi. Ularga quyidagilar kiradi: 
-irsiy xsusiyatlar; 
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab 
tizimining zararlanishi va boshqalar; 
-organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning 
kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni 
quvvat manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar. 
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining 
aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, 
psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi 
boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Yorqin namoyon bo‘lgan psixopatiyaga 
(tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning eng 
keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun 
nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. 
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy 
hislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: 
yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar 
oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning 
himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy 
reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, 
psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo‘ladi. 
O‘smirlarga xos bo‘lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir-
biriga emotsional bog‘liq bo‘lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. 
O‘smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari 
g‘arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o‘smirlarga infantilizm, ko‘ngilochar 
hikoyalar xosdir. 
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida 
namoyon bo‘lib, uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan 
bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual 
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: -irsiy xsusiyatlar; -aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar; -organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar. 2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Yorqin namoyon bo‘lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo‘ladi. O‘smirlarga xos bo‘lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir- biriga emotsional bog‘liq bo‘lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. O‘smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari g‘arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o‘smirlarga infantilizm, ko‘ngilochar hikoyalar xosdir. 3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual  
 
 
hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan 
bo‘lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga 
befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptatsiyasidan dalolat 
beradi. 
Maktab o‘qo‘vchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi 
bosqichlardan o‘tadi: 
-o‘quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida 
qayinchiliklra paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan holat; 
-maktab dezadaptatsiyasi –o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir 
qatorda o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-
atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati; 
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish 
batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; 
-bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi. 
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim 
omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayriijtimoiy xulq-
atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish 
ham muhim ahamiyatga ega. Ular: 
-o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa 
bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish 
qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy 
munosabatlar turi; 
-to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari 
sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; 
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi, 
ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq a ijtimoiy munosabatlar turi. 
Shavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi yoki unga 
vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. 
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish Shuni 
ko‘rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi 
hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo‘lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi. Maktab o‘qo‘vchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi: -o‘quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan holat; -maktab dezadaptatsiyasi –o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq- atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati; -ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; -bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi. Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayriijtimoiy xulq- atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular: -o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi; -to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; -spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq a ijtimoiy munosabatlar turi. Shavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish Shuni ko‘rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi  
 
 
deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, 
boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan. 
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va 
kambag‘allarga sinflashishi, axoli ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, ishsizlik, 
inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat. 
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy 
darajasida, qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan esa 
jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qarashida o‘z aksini 
topadi. 
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish. 
O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O‘smirlik yoshida deviatsiya 
namoyon bo‘lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o‘smirlar 
bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish 
vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika 
va reabilitatsiya keng tarqalgan. 
Profilaktika-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og‘ishning turli 
shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga 
ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan 
bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq bo‘ladi.  
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pelagog 
quyidagi qoidalarga suyanadi: 
1. Ijtimoiy madaniy normani o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida 
amalga oshadi. Qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini 
o‘zlashtirmay inson jamiyatning to‘la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi. 
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va 
pedagogik qarovsizligi bo‘lib, u nafaqat bola rivojining g‘ayrinormal alomati balki 
uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi. 
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy 
normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo‘lgan boladan kelib chiqishi 
lozim. 
deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag‘allarga sinflashishi, axoli ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat. 5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qarashida o‘z aksini topadi. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish. O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O‘smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo‘lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o‘smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan. Profilaktika-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pelagog quyidagi qoidalarga suyanadi: 1. Ijtimoiy madaniy normani o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini o‘zlashtirmay inson jamiyatning to‘la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi. 2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo‘lib, u nafaqat bola rivojining g‘ayrinormal alomati balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi. 3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo‘lgan boladan kelib chiqishi lozim.  
 
 
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida 
amalga oshirilishi kerak. 
“Profilaktikasi” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va 
holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta 
turlarini ajratsa bo‘ladi: 
-neytrallashtiruvchi, 
-o‘rnini to‘ldiruvchi, 
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan 
ogohlantiruvchi, 
-bu holatlarni bartaraf etuvchi, 
-o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi. 
Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir 
nechta yondashuvlar mavjud: 
Informatsion yondashuv - voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va 
jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va 
majburiyatlardan xabardor qilinadilar. 
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni 
aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondaShuning mohiyati davlat, 
jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan 
deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni 
o‘tkazishdan iborat. 
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan 
ehtimoliy og‘ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga 
nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogik yondaShuv deviant xulq-atvorga ega o‘smirning ijobiy 
hislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. 
Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi 
Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa bir 
texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi 
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak. “Profilaktikasi” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo‘ladi: -neytrallashtiruvchi, -o‘rnini to‘ldiruvchi, - ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi, -bu holatlarni bartaraf etuvchi, -o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi. Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta yondashuvlar mavjud: Informatsion yondashuv - voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar. Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondaShuning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni o‘tkazishdan iborat. Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og‘ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik yondaShuv deviant xulq-atvorga ega o‘smirning ijobiy hislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi  
 
 
vazifalar, 
elementar 
ko‘nikmalardan 
tortib 
insonning 
jamiyatda 
to‘liq 
integratsiyalaShuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tizimi sifatida qaralishi mumkin. 
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar: 
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi bolalarning 
eng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar 
bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi 
kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og‘ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini 
aytsak bo‘ladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning to‘la qonli sub’ekti 
bo‘lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar 
ko‘rsatishlari mumkin. 
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga 
og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy 
rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim. 
Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida sanab 
o‘tilga funksiyalarni bajara olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam ko‘rsata 
olishi lozim. 
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional 
og‘ishlarga ega bolalar. 
a) surunkali somatik kasalliklar, 
b) funksional buzilishlar, 
v) asab-ruhiy hastaliklar, 
g) aqliy qoloqlik, 
d) nogironlik. 
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. 
Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular Shuningdek pedagog va 
ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o‘tkazishlari 
mumkin. Reabilitatsion yordam xarakteri: 
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish, 
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish, 
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish, 
vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning jamiyatda to‘liq integratsiyalaShuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin. Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar: 1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og‘ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo‘ladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning to‘la qonli sub’ekti bo‘lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko‘rsatishlari mumkin. 2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim. Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida sanab o‘tilga funksiyalarni bajara olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam ko‘rsata olishi lozim. 3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional og‘ishlarga ega bolalar. a) surunkali somatik kasalliklar, b) funksional buzilishlar, v) asab-ruhiy hastaliklar, g) aqliy qoloqlik, d) nogironlik. Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular Shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o‘tkazishlari mumkin. Reabilitatsion yordam xarakteri: -kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish, -jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish, -tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish,  
 
 
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish. 
Adaptatsiyadan farqli o‘laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida 
tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi mexanizm mavjud 
nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud 
nuqsonga ko‘nikish maqsadida qo‘llanadi. Demak, reabilitatsiya bu bolani 
jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-
tadbirlar tizimidir. 
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, 
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.  
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini 
o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi.  
Ruhiy reabilitatsiya o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, uning 
maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi 
tasavvurni yengib o‘tishdir. 
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun 
yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan 
iborat. 
Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga 
qaratiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini 
himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga 
qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.  
Ijtimoiy-pedagogik 
reabilitatsiya-bola 
hayotiy 
faoliyatida 
muhim 
ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam 
beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-
turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy 
xarakterdagi chora-tadbirlardir. 
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
-bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish, 
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish. Adaptatsiyadan farqli o‘laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko‘nikish maqsadida qo‘llanadi. Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora- tadbirlar tizimidir. Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy. Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi. Ruhiy reabilitatsiya o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o‘tishdir. Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat. Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish- turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va vazifalariga quyidagilar kiradi: -bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish,  
 
 
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va 
manbalarini aniqlash, 
-kasbiy, 
o‘quv, 
ijtimoiy-madaniy, 
sog‘lomlashtirish 
va 
boshqa 
komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual 
dasturlarini amalga oshishini ta’minlash, 
-uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash 
uchun dezadaptatsiya bo‘lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar 
tayyorlash, 
-nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy 
sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (Shu jumladan, ularga bepul ovqat 
tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.), 
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o‘z oilasiga qaytib 
kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish, 
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish, 
-boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada 
optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bu vazifalar ko‘lami 
muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog‘liq 
ravishda o‘zgarib turishi mumkin. 
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi: 
-ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-
psixologik yordamga muhtojlarga, 
-ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda 
qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga, 
-turli sabablarga ko‘ra deprivatsiyaga mayli borlarga, 
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga, 
-etim bolalar va ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun (muassasada 
yashashga rozi bo‘lmaganlarga). 
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi 
reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga 
oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: 
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi, 
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash, -kasbiy, o‘quv, ijtimoiy-madaniy, sog‘lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash, -uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo‘lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash, -nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (Shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.), -oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o‘z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish, -voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish, -boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bu vazifalar ko‘lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi: -ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy- psixologik yordamga muhtojlarga, -ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga, -turli sabablarga ko‘ra deprivatsiyaga mayli borlarga, -noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga, -etim bolalar va ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo‘lmaganlarga). Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: -nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,  
 
 
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga 
tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam, 
-ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish, 
-ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini 
bajarish, 
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy 
va pedagogik qo‘llab-quvvatlanish, 
-oilaga qaytib kelishga ruxsat, 
-normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash, 
-ishga jolashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. 
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan 
iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning 
reabilitatsiyadan 
keyingi 
himoyasi. 
Tashxis 
qilish 
voyaga 
yetmagan 
shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy 
qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik 
tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Reabilitatsion dastur har bir bola uchun 
individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, 
vositalari, bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy 
maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to‘g‘rilash, bolalarga 
muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam ko‘rsatish. 
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan 
chiqqanidan so‘ng oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan uyg‘un munosabatlarni 
tiklashga yordam beradi. Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitatsiya jarayonida 
tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega. 
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondaShuv asosida 
funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o‘zaro munosabatga 
kiriShuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan 
o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va 
pedagogik 
jamoadir. 
Maktab 
reabilitatsiyasi 
(tibbiy-psixologik-pedagogik) 
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam, -ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, -ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish, -shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo‘llab-quvvatlanish, -oilaga qaytib kelishga ruxsat, -normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash, -ishga jolashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi. Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to‘g‘rilash, bolalarga muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam ko‘rsatish. Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so‘ng oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan uyg‘un munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega. Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondaShuv asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o‘zaro munosabatga kiriShuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik)  
 
 
reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi. 
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: 
-bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash; 
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish; 
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish; 
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil 
qilish; 
-tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z vaqtida aniqlash; 
-o‘smirlarning ruhiy inqirozini yengib o‘tish; 
-maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har 
tomonlama yordam ko‘rsatish. 
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari: 
-mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy 
holatni inobatga olish; 
-sheriklik; 
-reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi; 
-ketma-ketlik; 
-individual, insoniy yondasuv. 
Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar 
kontingentlari, 
muassasalar 
strukturasini 
bilishni 
taqozo 
etadi. 
SHeriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-
pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan 
iborat. Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli 
chora-tadbirlar komelksini ko‘zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari 
mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b.  
Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan boshqasiga asta-
sekin o‘tishni ko‘zda tutadi.  
Individual-insoniy 
yondashuv bola 
rivojlanishining 
nafaqat 
aktual 
balkiShunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko‘zda tutadi. 
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga 
ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida 
reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi. Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: -bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash; -ularni bartaraf etish vositalarini qidirish; -ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish; -normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish; -tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z vaqtida aniqlash; -o‘smirlarning ruhiy inqirozini yengib o‘tish; -maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish. Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari: -mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni inobatga olish; -sheriklik; -reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi; -ketma-ketlik; -individual, insoniy yondasuv. Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi. SHeriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik- pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat. Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli chora-tadbirlar komelksini ko‘zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b. Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan boshqasiga asta- sekin o‘tishni ko‘zda tutadi. Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balkiShunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko‘zda tutadi. Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida  
 
 
bo‘ladi. Avvalambor u bolalarni o‘z maqomlarida (muomalaning to‘laqonli a’zosi 
sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o‘quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida 
tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan 
ish olib borishiga bog‘liq. Pedagoglar Shug‘ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan 
chetga og‘ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo‘lib, 
kerakli vositalar yordamida to‘g‘ri yo‘lga solinadilar. 
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va 
o‘smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli 
vaziyatlarni hal qilishga Shuningdek esa ularni o‘quv faoliyatining sub’kti sifatida 
tiklashga qaratiladi. 
 
           Savollar: 
1. Deviant xulq-atvorga ega o‘smirlar bilan ishlashning asosiy 
texnologiyalarini sanab o‘ting. 
2. Deviant xulq-atvor profilaktikasida axborot, ijtimoiy-profilaktik, tibbiy-
biologik va ijtimoiy-pedagogik yondaShuvlarning xususiyatlari nimadan iborat. 
3. “Reabilitatsiya”, “Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya” tushunchalariga ta’rif 
bering. 
4. Deviant xulq-atvorli o‘smirlar uchun reabilitatsion dasturlarning asosiy 
tarkibiy qismlariga ta’rif bering. 
 
bo‘ladi. Avvalambor u bolalarni o‘z maqomlarida (muomalaning to‘laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o‘quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog‘liq. Pedagoglar Shug‘ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og‘ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo‘lib, kerakli vositalar yordamida to‘g‘ri yo‘lga solinadilar. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o‘smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga Shuningdek esa ularni o‘quv faoliyatining sub’kti sifatida tiklashga qaratiladi. Savollar: 1. Deviant xulq-atvorga ega o‘smirlar bilan ishlashning asosiy texnologiyalarini sanab o‘ting. 2. Deviant xulq-atvor profilaktikasida axborot, ijtimoiy-profilaktik, tibbiy- biologik va ijtimoiy-pedagogik yondaShuvlarning xususiyatlari nimadan iborat. 3. “Reabilitatsiya”, “Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya” tushunchalariga ta’rif bering. 4. Deviant xulq-atvorli o‘smirlar uchun reabilitatsion dasturlarning asosiy tarkibiy qismlariga ta’rif bering.