Didaktik tadqiqot metodlari. O’quvchi bilimini tekshirish va baholash texnologiyasi

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

40,4 KB


 
 
 
 
 
 
Didaktik tadqiqot metodlari. O’quvchi bilimini tekshirish va baholash 
texnologiyasi 
 
 
 Ta’lim metodlari: ,,Metod” so’zining yunoncha tarjimasi ,,tadqiqot, usul, 
maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu 
tushuncha umumiy tarzda ,,maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan.  
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda ,,ta’lim metodi” tushunchasiga berilgan 
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning 
ayrimlarini keltiramiz:  
Ta’lim metodi - zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga 
yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir 
(V.I.Zagvyazinskiy).  
Ta’lim metodlari - o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) 
bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat 
qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga keltiradi 
(G.I.Shukina).  
Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning 
o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini 
topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi 
(I.F.Xarlamov). 
Ta’lim 
metodi-belgilangan 
maqsadga 
erishishni 
ta’minlovchi 
algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir).  
   “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini ѐrituvchi qarashlar, shuningdek, 
ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli 
faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud.  
 “Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi 
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha 
Didaktik tadqiqot metodlari. O’quvchi bilimini tekshirish va baholash texnologiyasi Ta’lim metodlari: ,,Metod” so’zining yunoncha tarjimasi ,,tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda ,,maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda ,,ta’lim metodi” tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: Ta’lim metodi - zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagvyazinskiy). Ta’lim metodlari - o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Shukina). Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov). Ta’lim metodi-belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir). “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini ѐrituvchi qarashlar, shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud. “Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha  
 
amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va 
o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy 
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi 
o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.  
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli ѐrituvchi ta’rifni aniqlashga 
bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. 
Biroq, ”Ta’lim metodi” tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha 
qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik 
mavjud. Aksariyat mualliflar “Ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish 
faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim 
metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar 
majmuidir.  
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida 
ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning 
o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.  
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon 
bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti 
hisoblanadi.  
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, 
shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Tabiiyki, umumiy holda 
erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga 
mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, 
shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jaraѐnda aniq maqsadga 
yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish 
jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud . 
Ta’lim metodlari:  
1.Motivatsiyali.  
2.Rivojlantiruvchi.  
3.Tashkiliy.  
4.Tarbiyaviy.  
5.Ta’limiy.  
Tarbiya metodlarining asosiy funktsiyalari.  
amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli ѐrituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, ”Ta’lim metodi” tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar “Ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jaraѐnda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud . Ta’lim metodlari: 1.Motivatsiyali. 2.Rivojlantiruvchi. 3.Tashkiliy. 4.Tarbiyaviy. 5.Ta’limiy. Tarbiya metodlarining asosiy funktsiyalari.  
 
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan 
holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol 
uchun, tashhisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi 
evaziga bajariladi.  
,,Ta’lim metodi” atamasi bilan birga ko’p hollarda “Metodik usul” 
(sinonimlari -pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim 
metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida 
qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini 
chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga 
imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib 
ko’rsatish mumkin:  
1.Metodik usullar.  
2.Masalani o’rganish.  
3.Namoyish (ko’rgazmali, ob’ektiv -tajriba, amaliy va aqliy harakatni 
namoyish etish, hokazolar).  
4.Yo’l-yo’riq ko’rsatish.  
5.Topshiriq berish.  
Metodik usullarning turlari. Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani 
muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. 
Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan 
yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.  
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:  
- didaktik maqsad asosida;  
- ta’lim mazmuni asosida;  
- o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi 
asosida;  
- o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.  
O’qituvchi 
tomonidan 
qo’llanilaѐtgan 
ta’lim 
metodlari 
majmuasi 
boshlang’ich sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab 
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi 
oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan 
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi. ,,Ta’lim metodi” atamasi bilan birga ko’p hollarda “Metodik usul” (sinonimlari -pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1.Metodik usullar. 2.Masalani o’rganish. 3.Namoyish (ko’rgazmali, ob’ektiv -tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar). 4.Yo’l-yo’riq ko’rsatish. 5.Topshiriq berish. Metodik usullarning turlari. Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: - didaktik maqsad asosida; - ta’lim mazmuni asosida; - o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; - o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida. O’qituvchi tomonidan qo’llanilaѐtgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang’ich sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan  
 
foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati 
darajasiga bog’liq holda o’zgaradi.  
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim 
metodlarining tasnifidir. ,,Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari 
bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari 
ma’lum”, - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasy fikrini quyidagicha davom 
ettiradi, - ,,Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va 
o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga 
ѐrdam beradi. O’qitish -favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi 
ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni 
qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak”.  
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib 
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan 
kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi 
(tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.  
Ta’lim 
metodlarining 
tasnifi 
asosiy 
didaktik 
maqsadlar 
bo’yicha 
tizimlashtiriladi.  
M.A.Danilov va B.P.Esipovlarning qarashlariga ko’ra:  
1. Bilimlarni egallash metodlari.  
2. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.  
3. Bilimlarni qo’llash metodlari.  
4. Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) 
metodlari  
1. Materialni og’zaki baѐn qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). 
O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol 
qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi 
sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining 
o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar 
faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.  
2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular 
e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va 
foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog’liq holda o’zgaradi. Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. ,,Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma’lum”, - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - ,,Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga ѐrdam beradi. O’qitish -favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak”. Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi. M.A.Danilov va B.P.Esipovlarning qarashlariga ko’ra: 1. Bilimlarni egallash metodlari. 2. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari. 3. Bilimlarni qo’llash metodlari. 4. Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari 1. Materialni og’zaki baѐn qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. 2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va  
 
tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va 
savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.  
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan 
javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.  
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud 
bilimlari va tajribalariga tayanadilar.  
3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni 
anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).  
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. 
O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, 
o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan 
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda 
aks etadi.  
4. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, 
saѐhat va ekskursiyalar) jarayonlarda).  
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va 
hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni 
qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini 
aniqlashga yo’naltiriladi.  
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (ѐki jaraѐn), tajriba, 
model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini 
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy 
rahbarlikni 
olib 
borish, 
qismlarga 
ajratish, 
asosiylarini 
aniqlash 
va 
umumlashtirishdan iboratdir.  
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. 
O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan 
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy 
xulosa chiqarishni o’rgatadi.  
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni 
o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim 
materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.  
tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar. 3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi. 4. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, saѐhat va ekskursiyalar) jarayonlarda). O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (ѐki jaraѐn), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir. Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi. 6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.  
 
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. 
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni 
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, 
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.  
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik 
masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, 
dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish 
jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.  
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, 
mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali 
ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.  
O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash, 
mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat 
va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g’rilashdan kabi holatlarda 
namoyon bo’ladi.  
 Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-reptseptsiya)ning 
mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayѐr holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul 
qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali 
vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, 
balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat 
bo’ladi. Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning 
ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri 
va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha 
farqlanadi.  
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar 
metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018. 
2. Choriyev A., Choriyev 1. Pedagogikaning fanlararo bogliklik metodologiyasi 
(o‘quv kullanma). - Toshkent.: Fan, 2011. 
3. Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv kullanma).. 
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi. 7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi. O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g’rilashdan kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-reptseptsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayѐr holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi. Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha farqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018. 2. Choriyev A., Choriyev 1. Pedagogikaning fanlararo bogliklik metodologiyasi (o‘quv kullanma). - Toshkent.: Fan, 2011. 3. Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv kullanma)..  
 
- Toshkent.: Fan, 2010. 
 
- Toshkent.: Fan, 2010.