DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O’QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Yuklangan vaqt
2025-01-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
51,6 KB
DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O’QITISH
JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Reja:
1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
4. O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
5. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning
asosiy kategoriyalari, ta’ lim paradigmalari, ta’ lim qoninuyatlari, ta’lim
tamoyillari.
1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Insoniyatning butun faoliyati davomida o’qitish har doim ham muhim
ahamiyatga ega bo’lgan.
Uzoq vaqt davomida ko’plab olimlarning ilm olamidagi faoliyati natijasida
maktablar tashkil etildi, asarlar yaratildi va o’zlaridan o’chmas iz qoldirdilar, biroq
ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish orqali ta’lim qonuniyatlari ishlab
chiqilmadi, XVII asrda esa bunga aloxida e’tibor qaratilgan holda tarixda birinchi
marotaba ta’limning asoslangan tizimiga asos solindi uning nomini DIDAKTIKA
deb atashdi.
Pedagogikaning eng asosiy tarmoqlaridan biri bu Didaktika bo’lib Didaktika
«grekcha» so’zdan olingan bo’lib, «didaktos» - o’rgatish, «didasko» o’rganish
ma’nosini bildiradi. Didaktika pedagogika nazariyasining mustaqil qismi bo’lib,
unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi.
Didaktika - ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl,
metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning
alohida sohasi hisoblanadi.
“Didaktika” atamasini 1571-1635 yy yashab ijod etgan nemis pedagogi
Volfgang Ratke tomonidan ilk bor 1613 yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb
nomlangan ma’ruzasida qo’llagan. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va
metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi.
Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor 1592-1670 yy yashab
ijod etgan chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan ishlab
chiqilgan. U 1657-yilda chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi.
Didaktikani Komenskiy «Hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati»
deb tushuntirdi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish
jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish
tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Pedagog olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o’qitamiz? Nimani
o’qitamiz? Qanday o’qitamiz? Qaerda o’qitamiz? kabi savollarga javob izladilar.
Bu savolga javobni Komenskiy tomonidan Buyuk Didaktika asarida yoritib berdi.
Didaktikaning ob’ekti - o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy
va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan ta‘lim berish jarayoni
hisoblanadi.
Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish
(o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi.
Didaktikaning vazifalari;- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish
shartlarini ta’riflash va tushuntirish;
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ta’lim tizimlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish;- ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy
qonuniyatlarni aniqlash omillarini taxlil qilish va ta’riflash.
2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o’rgatish, o’rganish,
o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil
etish, shakl, metod, vosita, natija.
O’rgatish - o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning
tartiblangan faoliyati.
O’rganish - anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-
atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari
o’zgaradi.
O’qitish - qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan
o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
Ta’lim - o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar,
kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim - ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’
oyalari yig’ indisi;
Ko’nikma - egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi,
o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash.
Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish,
ko’nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va
kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati.
Maqsad - o’ qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay
yo’sinda safarbar etilishi.
Mazmun - o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy
ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish - qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga
zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik
jarayon.
Shakl - o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i,
mazmuni uchun qobiq.
Metod - o’ qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish)
yo’li.
Vosita - o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi
materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan
foydalaniladigan ob’ ekt.
Natija
-
o’quv
jarayonining
so’nggi
mahsuli,
belgilangan
maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
1. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
2. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
3. O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
4. O’qitish jarayoni bosqichlari.
5. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
6. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.
3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
Paradigma yunoncha, “paradeigma” so’zidan olingan bo’lib misol, namuna
ma’nosini anglatadi.
Pedagogika fani rivoji va ma’lim bosqichida ta’lim va tarbiya muammolarini
hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik
ko’rsatmalar to’plami hisoblanib, konseptual model sifatida qo’llaniladi.
Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondoshuv
mavjud bular quydagilar
1-qadriyatli (aksiologik) yondoshuv- madaniyat inson hayotining mazmuni
sifatida tushuniladi.
2-Faoliyatli yondoshuv asosat madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarni
yaratishga yo’naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3-Shaxsiy yondoshuv –madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo’ladi.
Har bir paradigma muayyan ta’lim muammolarini hal etishga
yo’naltiriladi. Hususan
- ijtimoiy institut sifatida o’quv muassasalarining vazifalari;
- ta’limning samarali tizimi;
- o’quv yurtlari oldida turgan eng muhim ustuvor masala;
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Zamonaviy pedagogik paradigmalar quydagi besh qismda farqlanadi.
An’anaviy –konservativ (bilimga yo’naltirilgan) paradigma; J.Majo,
L.Kro, J.Kapel va boshqalar ijod etishgan
An’anaviy –konservativ (bilimga yo’naltirilgan)
paradigma;
Ratsionalistik (bixevioristik, xulq- atvorga
doir) paradigma;
Gumanistik (yunoncha phainomenon
fenomenologik hisoblangan, alohida nodir
odan, mashxur) paradigma:
Texnokratik (aniq bilimlarni berish) ilmiy-
texnik paradigma:
Ezoterik (yunoncha esoterikos, ichki, sirli, yashirin, )
paradigma:
Yosh avlodning individual rivojlanishi, madaniy meroslarimizning muhim
elementlari bilim, ko’nikma-malaka, va qadriyatlarni saqlab qolgan holda avloddan-
avlodga o’tkazish.
Ratsionalistik (bixevioristik, (inglizcha bexavior xulq) xulq- atvorga doir)
paradigma;
P.Blum, R.Ganye, B,Skinner va boshqalar ijod etishgan
Bu paradigmaning diqqat markazida ta’lim mazmuni emas balki o’quvchilar
tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirishini ta’minlovchi samarali usullar haqida
aytilgan.
Insonga hos hamma ta’sirlanishlar uning fikrlari, sezgi va harakatlarida
ifodalanadi deb (R.Tayler).
O’quvchilar faqat o’zlashtirib qolmasdan balki muvofaqiyatli o’qishlari
mumkin (P.Blum)
Qachonki ta’lim jarayoniga mos ta’limiy usullar qo’llanilsa degan.
Gumanistik (yunoncha phainomenon fenomenologik hisoblangan, alohida
nodir odan, mashxur) paradigma:
A.Maslou, A.Kombs. K.Rodjers, L.S.Vugodskiylar ijod etgan.
O’quvchilarning aloxida individual-psixologik hususiyatlarini hisobga olib,
ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabad bildirish. 1991 yidan UZB
da keng qo’llanila boshladi.
Texnokratik (aniq bilimlarni berish) ilmiy-texnik paradigma:
shaxs muayyan (o’rtacha standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi
bo’lsagina jamiyat rivojlanadi o’sish amalga oshadi paradigmaning bosh g’oyasi
Ezoterik (yunoncha esoterikos, ichki, sirli, yashirin) paradigma:
bu paradigma haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina faxmlash asisuda
erishish mumkin dagan asosiy g’oyasi mavjud
4. O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
O’qitish - o’qituvchi va o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi
faoliyati jarayoni bo’lib, bu jarayonda o’quvchilarni rivojlantirishni amalga
oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O’qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi.
O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o’quvchilarda bilim, ko’nikma,
malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O’qitish natijasi sifatida
bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va
amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir.
O’qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-
axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z
ifodasini topadi.
O’qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning
munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro
munosabatlari, o’quvchilarning idrok yetish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi
hisoblanadi.
O’qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o’quvchi nutqining, fikrlashi,
shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional irodaviy, intellektual
sohalarini rivojlantirishda o’z aksini topadi.
O’qitish jarayonida o’quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari,
analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim
belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish,
uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga yerishiladi.
5. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Ta’limda o’quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o’quvchining bilish
faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bilishga qiziqish o’qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani
maktabga, darslarga, o’z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga
ko’maklashadi.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko’rsatkichi sifatida
mo’tadillik, ishtiyoq, o’rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo’lishi,
nostandart o’quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o’quv vazifasini hal yetishdagi
mustaqillik va boshqalarni aytib o’ tish mumkin
6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud, barqaror,
takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.
Ular ikki xil ko’rinishda ya’niy quydagicha
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
ta’limning maqsadi;
ta’lim mazmuni;ta’limning sifati;
ta’lim metodlari samaradorligi;
ta’limni boshqarish samaradorligi;
ta’limda rag’batlantirish samaradorligi.
Ta’limning xususiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
psixologik:
kibernetik:
sotsiologik:
tashkiliy:
Ta’lim tamoyillari o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga
binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi
boshlang’ich qoidalardir.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga.
Ta’limni insonparvarlashtirish.
Ta’limning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili.
Ta’limning madaniyat bilan uyg’unlik tamoyili.
Ta’limning ilmiylik tamoyili.
Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi.
Ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi tamoyili
Ta’limda ko’rsatmalilik tamoyili
Ta’limning o’quvchilarga mos bo’lish tamoyili.
Ta’limda bilim ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’zlashtirish
tamoyili.
Ta’limning tushunarliligi tamoyili.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1-Didaktika nimani o’rganadi?
2-Didaktikaning pedagogikadagi o’rni.
3-Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering.
4-Zamonaviy ta’lim paradigmalariga nimalar kiradi?
5-Ta’lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz?
6-Ta’limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud?
7-Ta’limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi?
8-Ta’lim tamoyillari deb nimaga aytiladi?
9-Ta’limning mazmunga doir tamoyillariga nimalar kiradi?