DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI.
REJA:
1.Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi.O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida.
2.O‘qitish jarayonining bosqichlari.
3.Ta’lim jarayoni qonuniyatlari.
Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy
kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika
nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy
qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi»
ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» –
o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635)
fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik
asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy
asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida
«Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga
o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining
mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari,
uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O’qitish jarayoni pedagogning o’rgatuvchilik
faoliyatini va o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichiga oladi.
Shu o’rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o’qituvchining
boshqaruvchilik roli o’z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy
tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar,
estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart
qilib qo’yadi.Bularning barchasi o’qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
vazifalarini amalga oshirishida o’z aksini topmog’i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib
aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilariga qo’lga kiritilgan bilimlarni
o’rgatadi. O’quv faoliyatida ularni ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan
bir paytda u o’quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va
qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi.
O’qituvchining faoliyati o’quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta
imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o’quv jarayonini
rejalashtiradi, ushbu jarayonda o’quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi.
O’quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o’tishda yordam beradi hamda ularning
bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O’z navbatida o’quvchilarning
faoliyati o’quv jarayonida o’rganishga, bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallashga,
o’zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo’naltiradi. Ta’lim jarayonida
o’quvchilarning faoliyati ko’p qirrali yo’nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat
bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi. Didaktika va metodika
mustahkam aloqa va o’zaro bog’liqlikda joylashadi. Didaktika o’qitishning umumiy
qonuniyatlarini o’rganadi. Aniq bir predmetni o’qtishning o’ziga xos xususiyatlari
xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda
insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan
faoliyati.
O’rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va
faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning
tartiblangan o’zaro harakati.
Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya
va fikrlash usullari tizimi.
Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari
yig’indisi;
Ko’nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan
bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash.
Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning
takomillashgan darajasi.
Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy
faoliyatda qo’llay olish layoqati.
Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda
safarbar etilishi.
Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma
va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish – qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni
taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni
uchun qobiq.
Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Vosita – o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni
o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
Natija – o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga
oshganlik darajasi.
Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so’zining o’zi
keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab
beruvchi o’ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo’lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga
kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o’rin
egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir alohida inson hayotining
o’ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish.
Insonparvar falsafa va psixologiya o’z-o’zini realizatsiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish
ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o’z noyobligini asrash
va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy
tanlovni amalga oshirishni o’zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni
bo’yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko’radi. Shuning uchun
shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch,
oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o’rnatish jarayonida sodir
bo’ladi.Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g’oyalarning rivojlanishida
psixologlar ham muhim hissa qo’shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson
rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy
faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi,
o’quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar,
shular jumlasidandir.Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta’limiy, tarbiyaviy),
ta’limning bosh maqsadi – madaniyatga yondashuvga, o’quv-tarbiya jarayoni doirasida
hal etiladigan vazifalariga, pedagog va talabalar orasidagi o’zaro ta’sir etish tavsifiga
ko’ra paradigmalar farqlanadi.
An’anaviy
(bilimga
yo’naltirilgan)
paradigma.
Bilimga
yo’naltirilgan
paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana
bilimdir». Shuning uchun ta’lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy
merosining ko’proq mavjud unsurlari – ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni
saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim
bilim, ko’nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va
saqlashda namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy,
bilim, ko’nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o’tuvchi, shaxsning
funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi.
Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy
paradigmaga qarama-qarshi o’laroq, o’zining diqqat markazida mazmunni emas,
o’quvchilarning turli turdagi bilimlarni o’zlashtirishining samarali usullarini qo’yadi.
Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi
turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi – ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy
madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni
shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi reaksiyalar, insoniy
xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg’usi va harakati»ni bildiradi.
Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilarning maqbul xulq-atvorini
shakllantirish maqsadida bilimlarni o’zlashtirish yo’li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday
ta’lim muassasasi – bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi. Bunday
o’qitishning asosiy metodlariga o’rgatish, trening, test nazorati, individual o’qitish,
korrektsiyalash kiradi.
Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o’z-o’zini
rivojlantirish ehtiyojiga ega bo’lgan, hayot sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati
sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo
muloqot, ijod, dialog, shaxs o’sishi uchun yordamga yo’naltirilgan. Insonparvarlik
paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning
xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida
bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani
rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e’tirof etish yagona
yo’nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir
ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va
vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o’qituvchi, ham
o’quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.
Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi
mezonlarga tayanadi:
-
ta’limning ijtimoiylashuvi – o’qituvchilarn tayyorlash jarayoniga nisbatan
texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o’zlashtiriladigan
bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta’minlash,
o’qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan
g’oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish;
-
milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bo’lish;
-
ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g’oyalariga asoslanish;
-
shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish hamda mustaqil ta’lim olishga bo’lgan
layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish;
-
o’qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida o’qituvchi hamda
talabalarning o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish;
-
ta’lim (xususan, kasbiy ta’limi) jarayonida o’quv dasturlarining talabalar qobiliyati
hamda qiziqishlariga ko’ra tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi;
-
pedagogik ta’limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya’ni, talabalar tomonidan
o’zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta’minlovchi invariant bilimlarning
o’zlashtirilishiga erishish;
-
mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy
ravishda o’zgarib turuvchi ehtiyojlarga to’laqonli javob bera oladigan ta’limni
shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash;
-
ta’limning uzluksizligi, ta’limning har bir jarayon bosqichining natijalanishini
ta’minlovchi kasbiy ta’lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash)
dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta’limning u yoki
bu bosqichida o’qitilishi yoki o’qishni boshqa tipdagi o’quv muassasida davom ettira
olish imkoniyatini bera olishi;
-
ta’limning ekvivalentligi, ya’ni uning davlat ta’lim standarti, milliy madaniyati va
mentalitet, shuningdek, xalqaro me’yorlarga muvofiq darajasi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun
zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o’zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch»,
shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson
o’zini
o’zicha
emas,
faqat
aniq
belgilangan
etalon
(o’rtacha
namuna,
standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik
paradigma sharoitida o’quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha – yo’q», «biladi –
bilmaydi», «tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi
mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib
aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo’ladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy
paradigmalardan biri. Mazkur so’zning yunonchadan so’zma-so’z tarjimasi «sirli»,
«yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o’zgarmas Haqiqatga
munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki
bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik
faoliyatning oliy maqsadi o’quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori
darajadagi ongga ega bo’lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda
namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funktsiyasi
ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va
mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O’qitish – o’qituvchi va
o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo’lib, bu jarayonda
o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka va
kompetensiyalar yuzaga chiqadi.O’qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o’quvchilarda
bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O’qitish natijasi
sifatida bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va
amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik
jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular
tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va
malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O’qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va
estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z ifodasini topadi.
Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O’qitish
jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari,
sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari,
o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O’qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o’quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning
sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, intellectual sohalarini
rivojlantirishda o’z aksini topadi. O’qitish jarayonida o’quvchini aqliy rivojlantirish,
aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish,
ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni
bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
O’qitish jarayonining bosqichlari. O’qitish o’qituvchi rahbarligida o’quvchining
o’quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish
bosqichidan iborat bo’lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin.
O’quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar
hosil qilish yo’lidan borib, ushbu bosqichlardan o’tishi kerak.
O’qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:
1) o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo’lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va malakalarning hosil
bo’lishi;
4) hosil qilingan ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash (kompetentsiyalarni
tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchun o’quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati
xarakterlidir. Bu faoliyat o’qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.
O’rganilayotgan materialni idrok qilish. O’quvchilarning o’rganilayotgan (yoki
o’rganilishi lozim bo’lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o’qituvchi
ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material
to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va
ko’rsatadi. O’rganilayotgan materialni fahmlab olish. O’rganilayotgan ob’yekt haqidagi
umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-sekin chuqurlashib
boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O’qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy
tushunchalarni tarkib toptirishdir.
Bilimlarni mustahkamlanishi, ko’nikma va malakalarnining hosil bo’lishi. O’quv
materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o’zlashtirish keyinchalik uni
mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi. Bilim, ko’nikma va malakalarni
amalda qo’llay olish (kompetentsiyalarni shakllantirish). Bilim, ko’nikma va
malakalarni amalda qo’llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va
izchillik bilan oshirib borish.
O’qitish va o’qish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi.
Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o’yin, sport) uning
tevarak-atrof olamni va o’z-o’zini bilish bilan bog’langan. O’qish tevarak-atrofdagi
olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o’qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir.
Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko’nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish,
o’quv fanlari mazmunini o’zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
O’rgatuvchilik faoliyati yoki o’qitish, o’quvchilarning o’quv faoliyatini
boshqarishdan iborat bo’ladi va ularni mashg’ulotlar uchun uyushtirishda, ularning
diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning
faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo’yib borishda, ularni
tekshirib borish kabilarda o’z ifodasini topadi.
O’quv faoliyati yoki o’qish bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishning
murakkab jarayoni bo’lib, o’quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-
g’ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag’batlantiradi. O’qituvchining
oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o’quvchilarning esa faol ongli
ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo’lishi mumkin emas. Ta’lim jarayonining
bu ikki tomoni (o’qitish va o’qish) bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va
metodlaridan foydalangan holda o’quv materialni egallab olish maqsadi bilan
birlashgandir.
O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma’lumki, bilish faoliyatining
sub’yekti o’quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-pedagogik asoslarga ega ta’lim markazida
uning shaxsi, ongi, ham o’rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga:
o’quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo’naltiruvchi o’qituvchilar
munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan.
Ta’limda o’quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o’quvchining bilish faolligi
tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O’kuvchining bilish faolligi uning bilish
jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida
namoyon bo’ladi. Bu xususiyatlar o’quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim
olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya’ni o’quvchi shaxsining
shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo’lgan faol munosabati uchun harakterlidir.
SHu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish
deb bemalol aytish mumkin.O’quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati
uning kechish xarakteridir. O’quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham,
usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o’quvchi jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha
kechishi; sub’yekt (o’quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan
borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda
izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Aynan faoliyat
jarayonining kechish xarakteri – uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko’nikma,
malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta’sir etadi.
O’quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo’li kabi haqiqat o’qituvchi tomonidan
fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o’rganish ularning tarixiy yo’lini o’zlashtirish
yordamida kechadi.Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi
faoliyat sub’yektining atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri va muhim boyliklar yaratuvchi
faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. O’quvchilarning ta’lim muassasasidagi bilish
faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan
mahsulga ega emas va o’quvchining o’zi hamma vaqt ham his etmaydi – javobi uchun
yomon baho olgan o’quvchining xafa bo’lib, «men o’qidim, o’rgandim! Adolatdan
emas» degan fikrni qat’iy takrorlashi bejiz emas. Bilishga qiziqish o’qishning eng
muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o’z bilish faoliyatiga
nisbatan ijodiy munosabatiga ko’maklashadi.
O’quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o’ziga xos uzoq yo’liga
ega bo’lishi mumkin. Ayrim o’quv-harakatlari ta’sirchisidan to butun faoliyatning
ustuvor motivigacha. Hatto o’qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish
shaxsning ma’naviy boyishiga ko’maklashuvchi umumiy yo’nalganligining ahamiyatli
qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda
rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o’quv va h.k.) bilan
birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir etadi. Ma’lumki, o’quv
jarayoni modeli o’zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o’qituvchi faoliyati, o’quvchi
faoliyati hamda o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning jadal o’zaro faoliyati. O’qituvchining
o’quvchilar bilan o’zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator
belgilariga ko’ra tasnif etish mumkin: yo’nalganligiga ko’ra (qayta aloqalar bilan yoki
qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko’ra (o’zaro harakatni tashkil etishda
axborot jarayonining yo’nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari
turiga ko’ra.
O’quvchilar bilimlarni o’zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon
etishadi. Ana shu sababli, o’quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai
nazardan qarash to’g’ri bo’lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish
zarur: o’quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o’zgaradigan
bilishning quyi darajasi; quyidan mo’tadillashgan bosqichga o’tish sifatidagi vaziyatli
faoliyat; o’quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o’quvchining sub’yektiv nuqtai
nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik.Yuqorida aytilganlarni
umumlashtirib, bilish faolligi ko’rsatkichi sifatida mo’tadillik, ishtiyoq, o’rganishning
anglanganligi, ijodiy namoyon bo’lishi, nostandart o’quv vaziyatlaridagi xulq-atvor,
o’quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o’tish mumkin (4-
rasm).O’quvchilarning o’quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo’lishi –
bu rivojlanib boruvchi, o’zgaruvchan jarayon. O’qituvchi yordamida o’quvchilarning
bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o’tib boradi.
Ko’p jihatdan o’quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko’tarilishi yoki
ko’tarilmasdan qolishi o’qituvchiga bog’liq. O’quvchilarning bilish faoliyati
ko’rsatkichlari
Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko’rinadiki, o’quv jarayonida o’qituvchi va
o’quvchilar orasidagi munosabat sub’yekt-sub’yekt tavsifiga ega bo’lishi zarur. Bundan
kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim – bu keng tarzda sotsiumning bo’lajak a’zosini
umumiy mehnat, hamkorlikka o’rgatish uchun zarur bo’lgan birgalikdagi faoliyat.
Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim
jarayonini ko’rib chiqish asosida o’quvchilarning rollar orqali namoyon bo’lishi
quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
•
o’quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;
•
guruhli faoliyatning ishtirokchisi;
•
namuna bo’yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so’ng faoliyat egasi;
•
faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;
•
o’z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o’z-o’zining faoliyati egasi.
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq
sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada
ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga
oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko’rib bo’lmaydi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
-ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va
imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan
bog’liqlikda aniqlashtiriladi;
-ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;
- ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati;
-o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish
darajasiga asoslaniladi;
-ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar;
- o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi;
-o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: o’quvchilarning bilim olishga
qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq;
-ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga;
- o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-
texnik ta’minotiga bog’liq;
-ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va
korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq;
-ta’limda rag’batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o’zaro uyg’unligiga
bog’liq. Shuningdek, pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud:
-
gnoseologik: ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’nikmalariga; ta’lim
samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati hajmiga;
-bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga; -
o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning
o’zlashtirilish hajmiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq;
-
psixologik: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga;
fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga;
xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq;
-
kibernetik: ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga;
-bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga;
-ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga;
-boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita
bog’liq;
-
sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan
individlarning rivojlanishiga;
-ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro bir-biriga
o’rgatishning jadalligiga;
- o’qituvchi va o’quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog’liq;
tashkiliy: ta’lim natijasi o’quvchining o’quv mehnatiga, o’zining o’quv majburiyatlariga
munosabatiga;
-o’quvchining ishchanlik qobiliyatiga;
-o’quvchilarning aqliy faolligini oshirish o’quv mashg’uloti jadvalining tuzilishi, unda
jismoniy tarbiya va mehnat mashg’ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog’liq.