Do‘lning hosil bo‘lish sabablari. O‘zbekistonda do‘l hodisalari

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

27,9 KB


 
1 
 
 
 
 
 
Do‘l. Jala yomg‘irlar. 
 Do‘lning hosil bo‘lish sabablari. O‘zbekistonda do‘l hodisalari 
 
Do‘l va jala yomg‘irlar ham qishloq xo‘jaligiga noqulay meteorologik hodisalar 
qatoriga kiradi. Do‘l yog‘ishidan qishloq xo‘jalik ekinlari, do‘lning kattaligi va 
yog‘ish jadalligiga hamda yog‘ish davomiyligiga qarab oz yoki ko‘p darajada 
shikastlanadi. 
Do‘l yog‘ishi SHimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyo respublikalari, Qrim va 
Moldaviyaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida ko‘p kuzatiladi. Do‘l yilning iliq, 
havoning issiqlik konveksiyasi kuchaygan vaqtlarda, odatda tushki paytdan keyin 
vujudga keladi. Masalan, Toshkent viloyatida do‘l ko‘pincha may oyida kuzatiladi, 
chunki bu vaqtga kelib kunlar birmuncha isigan bo‘ladi. 
Agar do‘l kuchli yog‘sa o‘sib turgan ekinlarni payhon qilishi, meva barglarini 
to‘kib, shoxlarini sindirishi mumkin. Jala yomg‘irlar esa don ekinlarining yotib 
qolishiga, tuproqning suv eroziyasiga uchrashiga, tuproq yuzida qatqaloq hosil 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Do‘l yilning iliq davrida kuchli yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adigan 
atmosfera yog‘ini bo‘lib, sferik yoki noto‘g‘ri shaklli muz bo‘lakchalari tarzida 
yog‘adi. Do‘l donalarining kattaligi har xil.  
O‘zbekiston hududlarida yoqqan do‘lning diametri 5 dan 50 mm gacha etadi. 
Ba’zan ayrim erlarga kattaligi tuxumday keladigan do‘l yoqqanligi ham kuzatilgan. 
Masalan, 1966 yil 6 may kuni Tojikistonning Hisor vodiysi sharqida ro‘y bergan 
do‘l yog‘ishida osmondan tushgan do‘lning diametri 110-120 mm ga, og‘irligi esa 
700 g ga teng bo‘lgan. Mazkur do‘l yog‘ishidan daladagi ekinlar va bog‘lar vayron 
bo‘lgan, natijada qishloq xo‘jaligiga katta moddiy zarar etgan. 
H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlarning yozishicha, O‘zbekis-tonda eng katta 
o‘lchamdagi do‘l yog‘ishi 1981 yilning 20 avgustida Namangan shahrining 
1 Do‘l. Jala yomg‘irlar. Do‘lning hosil bo‘lish sabablari. O‘zbekistonda do‘l hodisalari Do‘l va jala yomg‘irlar ham qishloq xo‘jaligiga noqulay meteorologik hodisalar qatoriga kiradi. Do‘l yog‘ishidan qishloq xo‘jalik ekinlari, do‘lning kattaligi va yog‘ish jadalligiga hamda yog‘ish davomiyligiga qarab oz yoki ko‘p darajada shikastlanadi. Do‘l yog‘ishi SHimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyo respublikalari, Qrim va Moldaviyaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida ko‘p kuzatiladi. Do‘l yilning iliq, havoning issiqlik konveksiyasi kuchaygan vaqtlarda, odatda tushki paytdan keyin vujudga keladi. Masalan, Toshkent viloyatida do‘l ko‘pincha may oyida kuzatiladi, chunki bu vaqtga kelib kunlar birmuncha isigan bo‘ladi. Agar do‘l kuchli yog‘sa o‘sib turgan ekinlarni payhon qilishi, meva barglarini to‘kib, shoxlarini sindirishi mumkin. Jala yomg‘irlar esa don ekinlarining yotib qolishiga, tuproqning suv eroziyasiga uchrashiga, tuproq yuzida qatqaloq hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Do‘l yilning iliq davrida kuchli yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adigan atmosfera yog‘ini bo‘lib, sferik yoki noto‘g‘ri shaklli muz bo‘lakchalari tarzida yog‘adi. Do‘l donalarining kattaligi har xil. O‘zbekiston hududlarida yoqqan do‘lning diametri 5 dan 50 mm gacha etadi. Ba’zan ayrim erlarga kattaligi tuxumday keladigan do‘l yoqqanligi ham kuzatilgan. Masalan, 1966 yil 6 may kuni Tojikistonning Hisor vodiysi sharqida ro‘y bergan do‘l yog‘ishida osmondan tushgan do‘lning diametri 110-120 mm ga, og‘irligi esa 700 g ga teng bo‘lgan. Mazkur do‘l yog‘ishidan daladagi ekinlar va bog‘lar vayron bo‘lgan, natijada qishloq xo‘jaligiga katta moddiy zarar etgan. H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlarning yozishicha, O‘zbekis-tonda eng katta o‘lchamdagi do‘l yog‘ishi 1981 yilning 20 avgustida Namangan shahrining  
2 
 
shimolida kuzatilgan bo‘lib, unda 1 ta do‘lning kattaligi 6 sm, og‘irligi esa 125 g 
gacha etgan. Ularning ko‘rsatishicha, dunyoda eng katta do‘l 1981 yili Xitoyda 
kuzatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 7 kg ga etgan. Endi do‘lning hosil bo‘lishini 
qaraymiz.  
Do‘l havoning issiqlik konveksiyasi sababli vujudga keladigan kuchli ko‘tarilma 
harakat hisobiga tik yo‘nalishda katta rivojlangan yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlarda 
hosil bo‘ladi. Bunday bulutda, ko‘tarilayotgan oqim tezligi bulutning pastki sathida 
odatda 3-5 m/s ga, bulutning o‘rta qismida 15-20 m/s gacha ortadi, undan yuqorida 
esa kamayadi. 
SHunday qilib, yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar ichida havoning ko‘tarilma harakati 
tezligi balandlik bo‘yicha ortadi, uning tezligi taxminan bulutning o‘rta qismida eng 
katta bo‘ladi, undan yuqorida bulut cho‘qqisiga tomon esa kamaya boradi. 
Havoning maksimal tezlikdagi ko‘tarilma harakati sathi ustida yirik tomchilar 
to‘planadigan zona vujudga keladi. 
Bu zonaning suvliligi juda katta bo‘lib, 20-30 g/m3 gacha etadi. Oddiy bulutlarda 
1 m3 havoda 1 g suv bo‘lsa, do‘lli bulutlarda esa 4-5 g suv bo‘ladi, havoning 
maksimal tezlikli ko‘tarilma harakati ustida hosil bo‘lgan yirik tomchilar 
to‘planadigan zonada esa namlik eng katta bo‘lib, 20-30 g/m3 gacha etadi. Bu zona 
tik yo‘nalishda 3 km gacha cho‘ziladi. 
Agar bulutda nolinchi izoterma sathidan yuqorida havoning ko‘tarilma harakati 
tezligi 10 m/s dan ortiq, bulutning cho‘qqisi kristallanish sathidan yuqorida va 
harorati -20…-25°S bo‘lsa, bu bulutda do‘l hosil bo‘lishi mumkin. 
Havoning ko‘tarilma harakati bilan bulutning yuqori qismiga olib chiqilgan yirik 
tomchilar muzlab do‘l o‘zaklarini hosil qiladi, ular havoning ko‘tarilma harakatida olib 
chiqilgan boshqa o‘ta sovigan tomchilar bilan koagullanib (qo‘shilib) tez o‘sadi. 
Do‘l o‘zaklarining o‘sishi, ularning pastga tushish tezligi, havoning ko‘tarilma 
harakati maksimal tezligidan katta bo‘lguncha davom etadi va shundan keyin pastga 
tusha boshlaydi. Do‘lning asosiy o‘sishi ro‘y beradigan bulut qismi do‘l o‘chog‘i 
deyiladi. 
Havoning tik yo‘nalishdagi ko‘tarilma oqimlari tezligi qanchalik katta va ular 
qanchalik ko‘p vaqt davom etsa do‘l shunchalik katta bo‘ladi. 
2 shimolida kuzatilgan bo‘lib, unda 1 ta do‘lning kattaligi 6 sm, og‘irligi esa 125 g gacha etgan. Ularning ko‘rsatishicha, dunyoda eng katta do‘l 1981 yili Xitoyda kuzatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 7 kg ga etgan. Endi do‘lning hosil bo‘lishini qaraymiz. Do‘l havoning issiqlik konveksiyasi sababli vujudga keladigan kuchli ko‘tarilma harakat hisobiga tik yo‘nalishda katta rivojlangan yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlarda hosil bo‘ladi. Bunday bulutda, ko‘tarilayotgan oqim tezligi bulutning pastki sathida odatda 3-5 m/s ga, bulutning o‘rta qismida 15-20 m/s gacha ortadi, undan yuqorida esa kamayadi. SHunday qilib, yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar ichida havoning ko‘tarilma harakati tezligi balandlik bo‘yicha ortadi, uning tezligi taxminan bulutning o‘rta qismida eng katta bo‘ladi, undan yuqorida bulut cho‘qqisiga tomon esa kamaya boradi. Havoning maksimal tezlikdagi ko‘tarilma harakati sathi ustida yirik tomchilar to‘planadigan zona vujudga keladi. Bu zonaning suvliligi juda katta bo‘lib, 20-30 g/m3 gacha etadi. Oddiy bulutlarda 1 m3 havoda 1 g suv bo‘lsa, do‘lli bulutlarda esa 4-5 g suv bo‘ladi, havoning maksimal tezlikli ko‘tarilma harakati ustida hosil bo‘lgan yirik tomchilar to‘planadigan zonada esa namlik eng katta bo‘lib, 20-30 g/m3 gacha etadi. Bu zona tik yo‘nalishda 3 km gacha cho‘ziladi. Agar bulutda nolinchi izoterma sathidan yuqorida havoning ko‘tarilma harakati tezligi 10 m/s dan ortiq, bulutning cho‘qqisi kristallanish sathidan yuqorida va harorati -20…-25°S bo‘lsa, bu bulutda do‘l hosil bo‘lishi mumkin. Havoning ko‘tarilma harakati bilan bulutning yuqori qismiga olib chiqilgan yirik tomchilar muzlab do‘l o‘zaklarini hosil qiladi, ular havoning ko‘tarilma harakatida olib chiqilgan boshqa o‘ta sovigan tomchilar bilan koagullanib (qo‘shilib) tez o‘sadi. Do‘l o‘zaklarining o‘sishi, ularning pastga tushish tezligi, havoning ko‘tarilma harakati maksimal tezligidan katta bo‘lguncha davom etadi va shundan keyin pastga tusha boshlaydi. Do‘lning asosiy o‘sishi ro‘y beradigan bulut qismi do‘l o‘chog‘i deyiladi. Havoning tik yo‘nalishdagi ko‘tarilma oqimlari tezligi qanchalik katta va ular qanchalik ko‘p vaqt davom etsa do‘l shunchalik katta bo‘ladi.  
3 
 
Do‘l odatda jala yomg‘irlar bilan birgalikda yog‘adi, ba’zida shiddatli shamollar va 
momaqaldiroq bilan birga vujudga keladi 
Ko‘p hollarda do‘llar 1-2 sm o‘lchamda sferik yoki ellipsoid shakllarda bo‘ladi. 
Ammo ba’zan mazkur mavzu boshida ko‘rsatganimizdek, katta o‘lchamli 
do‘llar yog‘ishi ham uchrab turadi. 
O‘zbekiston tekisliklarida do‘l kam kuzatiladi: 10 yilda 1 kundan 6-7 kungacha 
do‘l kuzatilishi mumkin. Tog‘ oldi zonalarida yil davomida 1-2 kun do‘l yog‘ishi 
kuzatiladi. Past tog‘li (1000-2000 m) joylarda yiliga o‘rtacha 3-5 kun do‘l yog‘ishi 
ro‘y beradi. 
Tekisliklarda va tog‘ oldi hududlarda do‘l yog‘ishi odatda 15 minutdan ortiq 
davom etmaydi, ammo 45 minut davomida do‘l yog‘ishi ham kuzatilgan. Tog‘li 
joylarda do‘l yog‘ishning o‘rtacha davomiyligi 1 soat, ba’zan undan ko‘proq ham 
davom etishi mumkin. 
Do‘l yog‘ishi va qishloq xo‘jalik ekinlarini do‘l urishi O‘zbekistonning barcha 
hududarida kuzatiladi. Bu hodisalar ayniqsa SHarqiy O‘zbekistonda, tog‘ oldi va 
tog‘li hududlarda har yili bir necha martadan kuzatiladi. 
SHarqiy O‘zbekiston hududi do‘l hodisalarining takroriyligi bo‘yicha MDH 
mamlakatlarining do‘l yog‘ishi eng ko‘p kuzatiladigan hududlari qatoriga kiradi. 
H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlar ko‘rsatishicha MDH davlatlarining do‘l 
ko‘p kuzatiladigan hududlari o‘rtacha yillik do‘lli kunlar soni Armanistonda 0,4-
4,0; Moldaviyada 0,8-2,7; Kabardino-Balkariya va SHimoliy Osetiyada 0,1-3,0; 
SHimoliy Kavkazda 0,3-13,3; Gruziyada 0,4-3,9; SHarqiy O‘zbekistonda esa 0,1-
7,6 kunga teng.  
SHarqiy O‘zbekistonda do‘lli kunlar ko‘p bo‘lishi uning hududi relefining 
murakkabligi, soy va daryo o‘zanlari bilan o‘yilganligi, tog‘ tizimlarining havo 
oqimlariga nisbatan yo‘nalishlari sabab bo‘ladi. 
O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi Namangan viloyatining CHust, Kosonsoy, 
YAngiqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida eng ko‘p kuzatiladi. Bu hududlarda bir 
yilda o‘rtacha do‘lli kunlar soni 7 kunga etishi mumkin. Bu tumanlarning 
hududlarida bir yilda o‘rtacha do‘l yog‘ishidan zarar ko‘rgan ekin maydonlari 12-
15 ming gektarga, ba’zi yillari esa 60 ming gektarga etishi mumkin. 
3 Do‘l odatda jala yomg‘irlar bilan birgalikda yog‘adi, ba’zida shiddatli shamollar va momaqaldiroq bilan birga vujudga keladi Ko‘p hollarda do‘llar 1-2 sm o‘lchamda sferik yoki ellipsoid shakllarda bo‘ladi. Ammo ba’zan mazkur mavzu boshida ko‘rsatganimizdek, katta o‘lchamli do‘llar yog‘ishi ham uchrab turadi. O‘zbekiston tekisliklarida do‘l kam kuzatiladi: 10 yilda 1 kundan 6-7 kungacha do‘l kuzatilishi mumkin. Tog‘ oldi zonalarida yil davomida 1-2 kun do‘l yog‘ishi kuzatiladi. Past tog‘li (1000-2000 m) joylarda yiliga o‘rtacha 3-5 kun do‘l yog‘ishi ro‘y beradi. Tekisliklarda va tog‘ oldi hududlarda do‘l yog‘ishi odatda 15 minutdan ortiq davom etmaydi, ammo 45 minut davomida do‘l yog‘ishi ham kuzatilgan. Tog‘li joylarda do‘l yog‘ishning o‘rtacha davomiyligi 1 soat, ba’zan undan ko‘proq ham davom etishi mumkin. Do‘l yog‘ishi va qishloq xo‘jalik ekinlarini do‘l urishi O‘zbekistonning barcha hududarida kuzatiladi. Bu hodisalar ayniqsa SHarqiy O‘zbekistonda, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda har yili bir necha martadan kuzatiladi. SHarqiy O‘zbekiston hududi do‘l hodisalarining takroriyligi bo‘yicha MDH mamlakatlarining do‘l yog‘ishi eng ko‘p kuzatiladigan hududlari qatoriga kiradi. H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlar ko‘rsatishicha MDH davlatlarining do‘l ko‘p kuzatiladigan hududlari o‘rtacha yillik do‘lli kunlar soni Armanistonda 0,4- 4,0; Moldaviyada 0,8-2,7; Kabardino-Balkariya va SHimoliy Osetiyada 0,1-3,0; SHimoliy Kavkazda 0,3-13,3; Gruziyada 0,4-3,9; SHarqiy O‘zbekistonda esa 0,1- 7,6 kunga teng. SHarqiy O‘zbekistonda do‘lli kunlar ko‘p bo‘lishi uning hududi relefining murakkabligi, soy va daryo o‘zanlari bilan o‘yilganligi, tog‘ tizimlarining havo oqimlariga nisbatan yo‘nalishlari sabab bo‘ladi. O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi Namangan viloyatining CHust, Kosonsoy, YAngiqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida eng ko‘p kuzatiladi. Bu hududlarda bir yilda o‘rtacha do‘lli kunlar soni 7 kunga etishi mumkin. Bu tumanlarning hududlarida bir yilda o‘rtacha do‘l yog‘ishidan zarar ko‘rgan ekin maydonlari 12- 15 ming gektarga, ba’zi yillari esa 60 ming gektarga etishi mumkin.  
4 
 
Ekinlarga zarar etkazadigan do‘l yog‘ishi do‘l urishi deb yuritiladi. O‘zbekiston 
Respublikasida do‘lga qarshi kurash ishlari birinchi bo‘lib Namangan viloyatining 
yuqorida ko‘rsatilgan tumanlarida boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron va 
Bo‘stonliq tumanlarida ham do‘l ko‘p kuzatiladi. Respublikaning boshqa 
viloyatlarida ham do‘lli kunlar ko‘p kuzatiladigan joylar bor. O‘zbekistonda 
ekinlarni do‘l urishi may oyida eng ko‘p kuzatiladi. Farg‘ona vodiysida esa do‘l 
urishi iyun va iyul oyining birinchi yarmida eng ko‘p bo‘ladi. 
Do‘l yog‘ishi ekinlarning unib chiqishidan, mevali daraxtlarning gullashidan 
boshlab to hosil etilguncha davom etadi. 
Do‘l ozgina vaqt yog‘sa ham, o‘simlik shoxlarini sindiradi, bargi, guli 
mevalarini to‘kadi. Natijada hosil kamayib, sifati buziladi. 
O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi ko‘pincha tok o‘simligi avj olib o‘sayotgan davr 
(aprel, may) ga to‘g‘ri keladi. Do‘l, ayniqsa tok yoki novdalari jadal o‘sayotgan, tok 
gullayotgan, g‘ujumlar rivojlanayotgan davrda xavflidir. Do‘l ta’sirida tokning 
naysimon - o‘tkazuvchan tizimi hamda moddalar almashinishi jarayoni 
(metabolizm) buziladi. 
May oyida yoqqan do‘l g‘o‘za maysalari uchun o‘ta xavfli, undan g‘o‘za 
nihollari jiddiy shikastlanadi. 
Do‘l urish darajasiga qarab, chigitni qayta ekish yoki xatolariga ekish tadbirlari 
qo‘llanadi. 
Respublikamizning do‘l yog‘ishi eng ko‘p takrorlanadigan hududlarida qishloq 
xo‘jalik ekinlarini do‘ldan himoyalash ishlari amalga oshirilmoqda.  
H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlarning yozishicha, O‘zbekis-tonda do‘ldan 
himoya qilinadigan umumiy er maydoni 1999 yilda 739 ming gektarni tashkil 
qilgan. Bu maydonning 235 ming gektari haydaladigan er, 58 ming gektardan 
ko‘prog‘i bog‘ va uzumzorlar bo‘lib, umuman qishloq xo‘jaligida foydalanadigan 
qismi 462 ming gektarga teng. Haydaladigan 235 ming gektar erning 102,75 ming 
gektarida don ekinlari, 81,03 ming gektarida paxta, II ming gektardan ko‘prog‘ida 
sabzavot etishtiriladi. Ekinlarning do‘l urishidan zararlanishini kamaytirish uchun 
do‘lga qarshi kurash ishlari amalga oshiriladi. Do‘lga qarshi kurashish uchun 
bulutlardagi do‘l hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish kerak. 
4 Ekinlarga zarar etkazadigan do‘l yog‘ishi do‘l urishi deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasida do‘lga qarshi kurash ishlari birinchi bo‘lib Namangan viloyatining yuqorida ko‘rsatilgan tumanlarida boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlarida ham do‘l ko‘p kuzatiladi. Respublikaning boshqa viloyatlarida ham do‘lli kunlar ko‘p kuzatiladigan joylar bor. O‘zbekistonda ekinlarni do‘l urishi may oyida eng ko‘p kuzatiladi. Farg‘ona vodiysida esa do‘l urishi iyun va iyul oyining birinchi yarmida eng ko‘p bo‘ladi. Do‘l yog‘ishi ekinlarning unib chiqishidan, mevali daraxtlarning gullashidan boshlab to hosil etilguncha davom etadi. Do‘l ozgina vaqt yog‘sa ham, o‘simlik shoxlarini sindiradi, bargi, guli mevalarini to‘kadi. Natijada hosil kamayib, sifati buziladi. O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi ko‘pincha tok o‘simligi avj olib o‘sayotgan davr (aprel, may) ga to‘g‘ri keladi. Do‘l, ayniqsa tok yoki novdalari jadal o‘sayotgan, tok gullayotgan, g‘ujumlar rivojlanayotgan davrda xavflidir. Do‘l ta’sirida tokning naysimon - o‘tkazuvchan tizimi hamda moddalar almashinishi jarayoni (metabolizm) buziladi. May oyida yoqqan do‘l g‘o‘za maysalari uchun o‘ta xavfli, undan g‘o‘za nihollari jiddiy shikastlanadi. Do‘l urish darajasiga qarab, chigitni qayta ekish yoki xatolariga ekish tadbirlari qo‘llanadi. Respublikamizning do‘l yog‘ishi eng ko‘p takrorlanadigan hududlarida qishloq xo‘jalik ekinlarini do‘ldan himoyalash ishlari amalga oshirilmoqda. H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlarning yozishicha, O‘zbekis-tonda do‘ldan himoya qilinadigan umumiy er maydoni 1999 yilda 739 ming gektarni tashkil qilgan. Bu maydonning 235 ming gektari haydaladigan er, 58 ming gektardan ko‘prog‘i bog‘ va uzumzorlar bo‘lib, umuman qishloq xo‘jaligida foydalanadigan qismi 462 ming gektarga teng. Haydaladigan 235 ming gektar erning 102,75 ming gektarida don ekinlari, 81,03 ming gektarida paxta, II ming gektardan ko‘prog‘ida sabzavot etishtiriladi. Ekinlarning do‘l urishidan zararlanishini kamaytirish uchun do‘lga qarshi kurash ishlari amalga oshiriladi. Do‘lga qarshi kurashish uchun bulutlardagi do‘l hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish kerak.  
5 
 
Respublikamizda ob-havoga ta’sir etish ishlari avval O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining 
Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir etish harbiylashgan boshqarmasi (GJTEB) da 
olib borilgan, hozir esa bu ishlarni Mudofa Vazirligi huzuridagi Gidrometeorologik 
jarayonlarga ta’sir etish harbiylashgan boshqarmasi (GJTEB) olib borishmoqda. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda do‘lga qarshi kurash ishlari Namangan 
viloyatining CHust, Kosonsoy, YAngiqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida, 
Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz, Kitob va YAkkabog‘ tumanlarida, 
Samarqand viloyatining Samarqand va Toyloq tumanlarida, Surxondaryo 
viloyatining Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlarida, Andijon viloyatining 
Jalolquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hududlarida olib borilmoqda.  
 
Ekinlarni do‘l urishidan himoya qilish 
Biz oldingi mavzuda yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlarning yuqori qismiga havoning 
ko‘tarilma harakati bilan olib chiqilgan yirik suv tomchilari muzlab do‘l o‘zaklarini 
hosil qiladi va bu muz o‘zaklar havoning ko‘tarilma harakati bilan olib 
chiqilayotgan boshqa o‘ta sovigan suv tomchilarini o‘ziga qo‘shib olib tez 
kattalashadi deb aytganmiz. 
Do‘lning ekinlar uchun xavfli darajada kattalashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
bunday bulutlarda biror usul bilan do‘l o‘chog‘ini qo‘shimcha ko‘p sonli muz 
zarrachalari bilan boyitish kerak. Bunday qilinganda do‘l o‘chog‘ida namlikning 
qayta taqsimlanishi ro‘y berib, suv tomchilarining ko‘p qismi kiritilgan muz 
tomchilariga yopishib qoladi va yirik do‘l o‘zaklarining kattalashuvi to‘xtaydi va 
ekinlar uchun xavfli o‘lchamlargacha o‘smaydi. 
Endi yuqoridagi g‘oyaning amalda qanday bajarilayotganligini qaraylik. 
Keyingi yillarda ekinlarni do‘l urishga qarshi kurash ishlarini bulutlardagi do‘l hosil 
bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Do‘lli bulutlarga 
sun’iy ta’sir qilish natijasida yirik do‘llar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu 
maqsadda do‘lli bulutlar rivojlana boshlaganidan 15-20 minut o‘tgach do‘l hosil 
bo‘ladigan bulutlarda ko‘p sonli mayda muz kristallarini hosil qilish uchun ularga 
maxsus meteorologik raketa yoki zenit to‘p snaryadlari bilan yodli kumush va yodli 
5 Respublikamizda ob-havoga ta’sir etish ishlari avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir etish harbiylashgan boshqarmasi (GJTEB) da olib borilgan, hozir esa bu ishlarni Mudofa Vazirligi huzuridagi Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir etish harbiylashgan boshqarmasi (GJTEB) olib borishmoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda do‘lga qarshi kurash ishlari Namangan viloyatining CHust, Kosonsoy, YAngiqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz, Kitob va YAkkabog‘ tumanlarida, Samarqand viloyatining Samarqand va Toyloq tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlarida, Andijon viloyatining Jalolquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hududlarida olib borilmoqda. Ekinlarni do‘l urishidan himoya qilish Biz oldingi mavzuda yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlarning yuqori qismiga havoning ko‘tarilma harakati bilan olib chiqilgan yirik suv tomchilari muzlab do‘l o‘zaklarini hosil qiladi va bu muz o‘zaklar havoning ko‘tarilma harakati bilan olib chiqilayotgan boshqa o‘ta sovigan suv tomchilarini o‘ziga qo‘shib olib tez kattalashadi deb aytganmiz. Do‘lning ekinlar uchun xavfli darajada kattalashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday bulutlarda biror usul bilan do‘l o‘chog‘ini qo‘shimcha ko‘p sonli muz zarrachalari bilan boyitish kerak. Bunday qilinganda do‘l o‘chog‘ida namlikning qayta taqsimlanishi ro‘y berib, suv tomchilarining ko‘p qismi kiritilgan muz tomchilariga yopishib qoladi va yirik do‘l o‘zaklarining kattalashuvi to‘xtaydi va ekinlar uchun xavfli o‘lchamlargacha o‘smaydi. Endi yuqoridagi g‘oyaning amalda qanday bajarilayotganligini qaraylik. Keyingi yillarda ekinlarni do‘l urishga qarshi kurash ishlarini bulutlardagi do‘l hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Do‘lli bulutlarga sun’iy ta’sir qilish natijasida yirik do‘llar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu maqsadda do‘lli bulutlar rivojlana boshlaganidan 15-20 minut o‘tgach do‘l hosil bo‘ladigan bulutlarda ko‘p sonli mayda muz kristallarini hosil qilish uchun ularga maxsus meteorologik raketa yoki zenit to‘p snaryadlari bilan yodli kumush va yodli  
6 
 
qo‘rg‘oshindan bir turini olib chiqiladi va sochiladi. Bulutdagi do‘l o‘chog‘iga 
sochilgan reagent zarralari kuchli sovib juda ko‘p sonli kristallanish yadrolarini 
vujudga keltiradi. Bunda 1 g reagentdan 1012 taga yaqin kristallanish yadrolari hosil 
bo‘ladi va ularning sirtiga suv bug‘ining sublimatsiyasi boshlanadi. Bunda suv 
bug‘lari o‘ta sovigan tomchilardan kristallanish yadrolariga o‘tadi. Natijada do‘l 
o‘zaklarining kattalashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Mayda do‘llar esa pastga tushishida 
havoning iliq qatlamlarida erib yomg‘ir yog‘ishini yuzaga chiqaradi. Do‘lga qarshi 
kurashning bu usuli yaxshi samara berishi uchun raketa yoki snaryadga 
joylashtirilgan reagentni bulutdagi do‘l o‘chog‘iga etkazish va sochish kerak. 
Do‘lga qarshi kurashda avval PGI-M rusumli raketalardan va «Elbrus-2» rusumli 
artilleriya snaryadidan foydalanilgan. Bu snaryadni 100 mm li to‘p yordamida 
otilgan. Bu zenit quroli 14 km radiusli masofagacha samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
snaryad yordamida ekinlarni himoya qilish kamchiligi shuki, u bir nuqtada yorilgani 
uchun bulutning kichik qismigagina reagent sochadi. Raketalar esa reagentni uchish 
yo‘li bo‘ylab sochadi va bulutning ancha qismini reagent bilan ta’minlaydi. 
Keyingi yillarda O‘rta Osiyoning do‘lga qarshi kurash bo‘linmalarini artilleriya 
va raketa uskunalarining ikkalasi bilan ham ta’minlanib, 80-100 ming gektar 
maydonni 5-10 ta punktdan do‘ldan himoya qilish yo‘liga o‘tilgan. 90-yillarning 
boshlaridan beri «Elbrus» rusumli snaryadlarni chiqarish to‘xtatilgan. Reagentlarni 
olib chiqadigan raketalar esa takomillashtirilmoqda. 
Do‘lga qarshi kurash ishlarida keyingi yillarda «Alazan-CHM 15A» va 
«Alazan-5» rusumli raketalar yordamida amalga oshirilayotir. 
O‘zbekistonda do‘lga qarshi kurash ishlarini olib borishda O.J. Jo‘raev, N.N. 
Butov, V.P. Kurbatkin, H.A. Imomjonov,  B.A. Kamolov, B.SH. Qodirov va boshqa 
olimlarimizning xizmatlari katta. 
 
Jala yomg‘irlar. Tuproqning suv eroziyasi va 
 unga qarshi kurash tadbirlari 
Jala - yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adigan, jadalligi (mm/min) biror aniq 
qiymatdan kam bo‘lmagan kuchli yomg‘irdir. Jalaning davomiyligi qancha katta 
bo‘lsa, jala jadalligi shuncha kichik bo‘ladi. Masalan, davomiyligi 5 minut bo‘lgan 
6 qo‘rg‘oshindan bir turini olib chiqiladi va sochiladi. Bulutdagi do‘l o‘chog‘iga sochilgan reagent zarralari kuchli sovib juda ko‘p sonli kristallanish yadrolarini vujudga keltiradi. Bunda 1 g reagentdan 1012 taga yaqin kristallanish yadrolari hosil bo‘ladi va ularning sirtiga suv bug‘ining sublimatsiyasi boshlanadi. Bunda suv bug‘lari o‘ta sovigan tomchilardan kristallanish yadrolariga o‘tadi. Natijada do‘l o‘zaklarining kattalashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Mayda do‘llar esa pastga tushishida havoning iliq qatlamlarida erib yomg‘ir yog‘ishini yuzaga chiqaradi. Do‘lga qarshi kurashning bu usuli yaxshi samara berishi uchun raketa yoki snaryadga joylashtirilgan reagentni bulutdagi do‘l o‘chog‘iga etkazish va sochish kerak. Do‘lga qarshi kurashda avval PGI-M rusumli raketalardan va «Elbrus-2» rusumli artilleriya snaryadidan foydalanilgan. Bu snaryadni 100 mm li to‘p yordamida otilgan. Bu zenit quroli 14 km radiusli masofagacha samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bu snaryad yordamida ekinlarni himoya qilish kamchiligi shuki, u bir nuqtada yorilgani uchun bulutning kichik qismigagina reagent sochadi. Raketalar esa reagentni uchish yo‘li bo‘ylab sochadi va bulutning ancha qismini reagent bilan ta’minlaydi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyoning do‘lga qarshi kurash bo‘linmalarini artilleriya va raketa uskunalarining ikkalasi bilan ham ta’minlanib, 80-100 ming gektar maydonni 5-10 ta punktdan do‘ldan himoya qilish yo‘liga o‘tilgan. 90-yillarning boshlaridan beri «Elbrus» rusumli snaryadlarni chiqarish to‘xtatilgan. Reagentlarni olib chiqadigan raketalar esa takomillashtirilmoqda. Do‘lga qarshi kurash ishlarida keyingi yillarda «Alazan-CHM 15A» va «Alazan-5» rusumli raketalar yordamida amalga oshirilayotir. O‘zbekistonda do‘lga qarshi kurash ishlarini olib borishda O.J. Jo‘raev, N.N. Butov, V.P. Kurbatkin, H.A. Imomjonov, B.A. Kamolov, B.SH. Qodirov va boshqa olimlarimizning xizmatlari katta. Jala yomg‘irlar. Tuproqning suv eroziyasi va unga qarshi kurash tadbirlari Jala - yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adigan, jadalligi (mm/min) biror aniq qiymatdan kam bo‘lmagan kuchli yomg‘irdir. Jalaning davomiyligi qancha katta bo‘lsa, jala jadalligi shuncha kichik bo‘ladi. Masalan, davomiyligi 5 minut bo‘lgan  
7 
 
yomg‘irni, uning jadalligi 0,5 mm/min dan katta bo‘lsa jala deb hisoblanadi. 
Davomiyligi 1 soatdan oshiq bo‘lgan yomg‘irni jala deb atalishi uchun uning 
jadalligi 0,2 mm/min dan katta bo‘lishi kerak. Jalaning bunday minimal jadalligida 
1 soatda 12 mm qalinlikdagi yog‘in yog‘adi yoki 1 gektar maydonga 120 tonna suv 
to‘g‘ri keladi. Kuchli jalada 1 soatda 30 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Moskva 
shahrida jala yuzaga keltirgan yog‘inning sutkalik eng katta miqdori 66 mm ga 
(1953 yil iyul) etgan, Kiev shahrida 1936 yili yog‘inlarning sutkalik yig‘indisi 100 
mm dan oshib ketgan. Hozirgi vaqtgacha eng kuchli jadallikdagi jala 1955 yilning 
iyul oyida AQSH ning Ayova shtatida yoqqan, uning jadalligi 1 minut 24 sekund 
davomida 17,5 mm/min ga etgan. 
O.I. Subbotinaning yozishicha, 1967 yilning 27-29 aprelida O‘rta Osiyo 
hududlarida ancha kuchli yomg‘ir yog‘ishi qayd etilgan. Bunda yarim sutka (12 
soat) davomida CHorvoqda – 48 mm, Toshkentda – 35 mm, Ashgabadda – 29 mm, 
Bishkekda –26 mm yomg‘ir yoqqan. Tog‘larda va tog‘ oldi hududlarda yog‘in 
suvlarining pastga oqishida to‘planib daryolarga qo‘shilgan va ularning suvlari 
ko‘tarilib to‘siqlar va ko‘priklarni buzgan, paxta maydonlaridagi g‘o‘za nihollariga 
kuchli zarar etkazgan.  
A. Xisomovning yozishicha 1963 yil 4-5 may kunlari Toshkentda va Toshkent 
viloyatida kuchli jala kuzatilgan. 4 may kuni kunduzi jala paytida 10 mm dan, 
kechasi esa 16 mm dan oshiq miqdorda yomg‘ir yoqqan. Bunday jala yog‘ishi 5 may 
kuni kechqurun ham takrorlangan. Odatda Toshkent viloyatida may oyida o‘rta 
hisobda 20-40 mm yog‘in tushishini e’tiborga olsak, bu ikki kun mobaynida yoqqan 
yog‘in, uning oylik miqdoridan ham ortib ketgan.  
Bu misollardan ko‘rinadiki, O‘zbekiston hududlarida yog‘inlarning maksimal 
miqdori bahor oylariga to‘g‘ri keladi. 
Umuman olganda, katta hududda 12 soat yoki undan kam muddatda 15 mm dan 
ortiq yomg‘ir, 7 mm dan ortiq qor yog‘ishi xavfli hodisa hisoblanadi. SHu muddat 
ichida 30 mm yomg‘ir, 20 mm qor yog‘ishi esa o‘ta xavfli meteorologik hodisadir. 
Jala yog‘inlar sababli har yili ancha katta maydonlarga ekilgan don ekinlarining 
yotib qolishi ro‘y beradi. Masalan, 1973 yili sobiq Ittifoq Evropa qismining markaziy 
hududlarida yotib qolgan don ekinlarining maydoni, umumiy ekin maydonning 20-30 
7 yomg‘irni, uning jadalligi 0,5 mm/min dan katta bo‘lsa jala deb hisoblanadi. Davomiyligi 1 soatdan oshiq bo‘lgan yomg‘irni jala deb atalishi uchun uning jadalligi 0,2 mm/min dan katta bo‘lishi kerak. Jalaning bunday minimal jadalligida 1 soatda 12 mm qalinlikdagi yog‘in yog‘adi yoki 1 gektar maydonga 120 tonna suv to‘g‘ri keladi. Kuchli jalada 1 soatda 30 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Moskva shahrida jala yuzaga keltirgan yog‘inning sutkalik eng katta miqdori 66 mm ga (1953 yil iyul) etgan, Kiev shahrida 1936 yili yog‘inlarning sutkalik yig‘indisi 100 mm dan oshib ketgan. Hozirgi vaqtgacha eng kuchli jadallikdagi jala 1955 yilning iyul oyida AQSH ning Ayova shtatida yoqqan, uning jadalligi 1 minut 24 sekund davomida 17,5 mm/min ga etgan. O.I. Subbotinaning yozishicha, 1967 yilning 27-29 aprelida O‘rta Osiyo hududlarida ancha kuchli yomg‘ir yog‘ishi qayd etilgan. Bunda yarim sutka (12 soat) davomida CHorvoqda – 48 mm, Toshkentda – 35 mm, Ashgabadda – 29 mm, Bishkekda –26 mm yomg‘ir yoqqan. Tog‘larda va tog‘ oldi hududlarda yog‘in suvlarining pastga oqishida to‘planib daryolarga qo‘shilgan va ularning suvlari ko‘tarilib to‘siqlar va ko‘priklarni buzgan, paxta maydonlaridagi g‘o‘za nihollariga kuchli zarar etkazgan. A. Xisomovning yozishicha 1963 yil 4-5 may kunlari Toshkentda va Toshkent viloyatida kuchli jala kuzatilgan. 4 may kuni kunduzi jala paytida 10 mm dan, kechasi esa 16 mm dan oshiq miqdorda yomg‘ir yoqqan. Bunday jala yog‘ishi 5 may kuni kechqurun ham takrorlangan. Odatda Toshkent viloyatida may oyida o‘rta hisobda 20-40 mm yog‘in tushishini e’tiborga olsak, bu ikki kun mobaynida yoqqan yog‘in, uning oylik miqdoridan ham ortib ketgan. Bu misollardan ko‘rinadiki, O‘zbekiston hududlarida yog‘inlarning maksimal miqdori bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, katta hududda 12 soat yoki undan kam muddatda 15 mm dan ortiq yomg‘ir, 7 mm dan ortiq qor yog‘ishi xavfli hodisa hisoblanadi. SHu muddat ichida 30 mm yomg‘ir, 20 mm qor yog‘ishi esa o‘ta xavfli meteorologik hodisadir. Jala yog‘inlar sababli har yili ancha katta maydonlarga ekilgan don ekinlarining yotib qolishi ro‘y beradi. Masalan, 1973 yili sobiq Ittifoq Evropa qismining markaziy hududlarida yotib qolgan don ekinlarining maydoni, umumiy ekin maydonning 20-30  
8 
 
foizini tashkil qilgan. Ukrainada esa ba’zi joylarda don ekinlarining yotib qolishi 80 
foizgacha etgan, oqibatda hosil kamaygan va hosilni yig‘ishtirib olish qiyinlashgan. 
O‘zbekistonda ham don ekinlari pishishiga yaqin davrda yoqqan jala va uzoq 
muddatli burkama yomg‘irlar ta’sirida don ekinlarining qisman yotib qolishi uchrab 
turadi. Respublikamizda bahorda chigit ekilganidan keyin yoki chigit unib 
chiqqanidan keyin har galgi uzoq davom etgan yog‘ingarchilikdan keyin tuproq 
yuzasida qatqaloq hosil bo‘ladi. Qatqaloqdan chigit unib chiqishi qiyinlashadi yoki 
qisman xato unib chiqadi.  
Bu davrda dehqonlar er obi-tobiga kelishi bilan qatqaloqni yo‘qotish tadbirlarini 
qo‘llashi kerak. Demak, yog‘inlardan keyin paxta dalalarida paydo bo‘lgan qatqaloq 
ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zarar keltiradi. 
Jala va uzoq muddat davom etgan yomg‘irlar ta’sirida tuproqda suv eroziyasi 
vujudga keladi.  
Tuproqning qor, jala va yomg‘ir suvlari ta’sirida yuvilishi va emirilishiga suv 
eroziyasi deyiladi. 
Suv eroziyasi O‘rta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Karpat va Janubiy Ural tog‘ 
mintaqalarida keng tarqalgan. Suv eroziyasi yoppasiga yuvilish yoki yuza eroziya 
va uzunasiga ro‘y beradigan yoki jar eroziyasi turlarida uchraydi. Bundan tashqari 
oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suv (qor va yomg‘ir suvlari) 
ta’sirida ro‘y beradigan eroziya va sug‘orishdan hosil bo‘ladigan irrigatsion 
eroziyalarga bo‘linadi. 
Tuproq yuzasining yoppasiga yuvilishi qiyalik erlarda bahor (ba’zan yoz) 
davrida jala shaklida yoqqan yomg‘irlar ta’sirida yuzaga chiqadi. 
Suv eroziyasining boshlanishi uchun yonbag‘irlarning nishabi 1-2° dan oshiq 
bo‘lishi kerak. YOnbag‘irning qiyalik darajasi oshgan sari suv eroziyasi yanada 
kuchayadi. Qiyaliklarga jala yoqqanda jadalligi katta bo‘lgani uchun yog‘in suvi 
tuproqqa singib ulgurolmay pastga qarab oqadigan yuza oqar suvlar oqimini 
vujudga keltiradi, buning ustiga qiyalik tuprog‘ining suv o‘tkazish xossasi yomon 
bo‘lsa yuza oqar suvlar miqdori yanada kuchayadi. 
Qiyaliklarda yuza oqar suvlar pastga tushgan sari ko‘payib, tuproqning yuza 
qatlamini yuvib ketish, emirish jarayonlari kuchayadi. Bunda kuchli loyqalanib 
8 foizini tashkil qilgan. Ukrainada esa ba’zi joylarda don ekinlarining yotib qolishi 80 foizgacha etgan, oqibatda hosil kamaygan va hosilni yig‘ishtirib olish qiyinlashgan. O‘zbekistonda ham don ekinlari pishishiga yaqin davrda yoqqan jala va uzoq muddatli burkama yomg‘irlar ta’sirida don ekinlarining qisman yotib qolishi uchrab turadi. Respublikamizda bahorda chigit ekilganidan keyin yoki chigit unib chiqqanidan keyin har galgi uzoq davom etgan yog‘ingarchilikdan keyin tuproq yuzasida qatqaloq hosil bo‘ladi. Qatqaloqdan chigit unib chiqishi qiyinlashadi yoki qisman xato unib chiqadi. Bu davrda dehqonlar er obi-tobiga kelishi bilan qatqaloqni yo‘qotish tadbirlarini qo‘llashi kerak. Demak, yog‘inlardan keyin paxta dalalarida paydo bo‘lgan qatqaloq ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zarar keltiradi. Jala va uzoq muddat davom etgan yomg‘irlar ta’sirida tuproqda suv eroziyasi vujudga keladi. Tuproqning qor, jala va yomg‘ir suvlari ta’sirida yuvilishi va emirilishiga suv eroziyasi deyiladi. Suv eroziyasi O‘rta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Karpat va Janubiy Ural tog‘ mintaqalarida keng tarqalgan. Suv eroziyasi yoppasiga yuvilish yoki yuza eroziya va uzunasiga ro‘y beradigan yoki jar eroziyasi turlarida uchraydi. Bundan tashqari oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suv (qor va yomg‘ir suvlari) ta’sirida ro‘y beradigan eroziya va sug‘orishdan hosil bo‘ladigan irrigatsion eroziyalarga bo‘linadi. Tuproq yuzasining yoppasiga yuvilishi qiyalik erlarda bahor (ba’zan yoz) davrida jala shaklida yoqqan yomg‘irlar ta’sirida yuzaga chiqadi. Suv eroziyasining boshlanishi uchun yonbag‘irlarning nishabi 1-2° dan oshiq bo‘lishi kerak. YOnbag‘irning qiyalik darajasi oshgan sari suv eroziyasi yanada kuchayadi. Qiyaliklarga jala yoqqanda jadalligi katta bo‘lgani uchun yog‘in suvi tuproqqa singib ulgurolmay pastga qarab oqadigan yuza oqar suvlar oqimini vujudga keltiradi, buning ustiga qiyalik tuprog‘ining suv o‘tkazish xossasi yomon bo‘lsa yuza oqar suvlar miqdori yanada kuchayadi. Qiyaliklarda yuza oqar suvlar pastga tushgan sari ko‘payib, tuproqning yuza qatlamini yuvib ketish, emirish jarayonlari kuchayadi. Bunda kuchli loyqalanib  
9 
 
oqayotgan suv oqimlari ta’sirida tuproq chirindili qatlamining qalinligi kamayadi, 
tuproqning unumdor qatlamidan turli o‘lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq 
moddalar ham yuviladi va nishabligi kam yoki tekis erlarda yotqaziladi. 
Suv eroziyasining boshlanishi tuproqning mexanik tarkibiga, tuproqdagi gumus 
miqdoriga va yonbag‘ir erlarning qiyalik darajasiga bog‘liq. 
X.M. Maqsudov ma’lumotlari bo‘yicha qumoqli tipik bo‘z tup-roqlarda qiyalik 
nishabi 1,5-2°, chirindili to‘q tusli tuproqlarda esa qiyalik nishabi 2-3° bo‘lganda suv 
eroziyasi rivojlanadi. 
Suv eroziyasiga uchragan erlarda yiliga har bir gektardan 3-5 tonnaga yaqin 
serhosil tuproq qatlami yuvilib ketadi, tuproq tarkibidagi azot, fosfor, kaliy kabi 
oziq elementlar kamayadi. 
A.A. Xonazarov, G‘.K. Kumzullaev va A.N. Nig‘matovlarning ma’lumotlariga 
qaraganda O‘rta Osiyo mintaqalarida suv eroziyasida erlarning qiyalik nishabi 2 
marta oshsa, suv oqimining hajmi 1,5-2,5 marta, tuproq yuvilishi 1,9-5,5 marta 
kuchayadi. 
Jala-yomg‘irlarning yirik tomchilari ta’sirida tuproq agregatlari parchalanadi va 
har tomonga sochilib ketadi, ularni o‘z navbatida pastlikka qarab harakatlanayotgan 
yuza oqar suvlar qiyalik pastiga olib tushadi. 
SHunday qilib, suv eroziyasidan qishloq xo‘jaligi ancha zarar ko‘radi. SHuning 
uchun suv eroziyasiga qarshi kurashning samarali tadbirlarini ishlab chiqish va ularni 
izchillik bilan amalga oshirish lozim. 
Suv eroziyasining oldini olish uchun eroziya xavfi kuchli bo‘lgan erlarda 
o‘rmonzorlar va ko‘p yillik o‘tzorlar barpo qilish kerak. O‘rmonzorlar tuproqni 
yuvilishdan 
saqlashda 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
A.A. 
Xonazarov, 
G‘.K. 
Kumzullaevlarning yozishicha, tutashligi 0,2 dan 0,7 gacha bo‘lgan archazorlar 
yomg‘irlarning 4-27 foizini, tutashligi 0,2 dan 0,8 gacha bo‘lgan yong‘oqzorlar 
yomg‘irlarning 10-21 foizini ushlab qoladi. 
O‘rmonzorlarda bahorda qor sekin eriganligidan suv toshqi-nining oldi olinadi, suv 
tuproqqa singib er osti suvlarining zahirasi ko‘payadi. Daraxtlar bilan to‘la qoplangan 
tog‘ yonbag‘ir-larida tuproq ustida yomg‘ir suvlari oqimi qariyb to‘xtaydi, shuning 
uchun qalin daraxtzorlar ostidagi tuproq eroziyaga uchramaydi. 
9 oqayotgan suv oqimlari ta’sirida tuproq chirindili qatlamining qalinligi kamayadi, tuproqning unumdor qatlamidan turli o‘lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuviladi va nishabligi kam yoki tekis erlarda yotqaziladi. Suv eroziyasining boshlanishi tuproqning mexanik tarkibiga, tuproqdagi gumus miqdoriga va yonbag‘ir erlarning qiyalik darajasiga bog‘liq. X.M. Maqsudov ma’lumotlari bo‘yicha qumoqli tipik bo‘z tup-roqlarda qiyalik nishabi 1,5-2°, chirindili to‘q tusli tuproqlarda esa qiyalik nishabi 2-3° bo‘lganda suv eroziyasi rivojlanadi. Suv eroziyasiga uchragan erlarda yiliga har bir gektardan 3-5 tonnaga yaqin serhosil tuproq qatlami yuvilib ketadi, tuproq tarkibidagi azot, fosfor, kaliy kabi oziq elementlar kamayadi. A.A. Xonazarov, G‘.K. Kumzullaev va A.N. Nig‘matovlarning ma’lumotlariga qaraganda O‘rta Osiyo mintaqalarida suv eroziyasida erlarning qiyalik nishabi 2 marta oshsa, suv oqimining hajmi 1,5-2,5 marta, tuproq yuvilishi 1,9-5,5 marta kuchayadi. Jala-yomg‘irlarning yirik tomchilari ta’sirida tuproq agregatlari parchalanadi va har tomonga sochilib ketadi, ularni o‘z navbatida pastlikka qarab harakatlanayotgan yuza oqar suvlar qiyalik pastiga olib tushadi. SHunday qilib, suv eroziyasidan qishloq xo‘jaligi ancha zarar ko‘radi. SHuning uchun suv eroziyasiga qarshi kurashning samarali tadbirlarini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirish lozim. Suv eroziyasining oldini olish uchun eroziya xavfi kuchli bo‘lgan erlarda o‘rmonzorlar va ko‘p yillik o‘tzorlar barpo qilish kerak. O‘rmonzorlar tuproqni yuvilishdan saqlashda katta ahamiyatga ega. A.A. Xonazarov, G‘.K. Kumzullaevlarning yozishicha, tutashligi 0,2 dan 0,7 gacha bo‘lgan archazorlar yomg‘irlarning 4-27 foizini, tutashligi 0,2 dan 0,8 gacha bo‘lgan yong‘oqzorlar yomg‘irlarning 10-21 foizini ushlab qoladi. O‘rmonzorlarda bahorda qor sekin eriganligidan suv toshqi-nining oldi olinadi, suv tuproqqa singib er osti suvlarining zahirasi ko‘payadi. Daraxtlar bilan to‘la qoplangan tog‘ yonbag‘ir-larida tuproq ustida yomg‘ir suvlari oqimi qariyb to‘xtaydi, shuning uchun qalin daraxtzorlar ostidagi tuproq eroziyaga uchramaydi.  
10 
 
Ko‘p yillik o‘tlar qoplami ham tuproq yuvilishini keskin kamaytiradi. Aprel-may 
oylarida yoqqan jala yomg‘irlardan o‘tlar o‘s-gan joydagi tuproq yuvilishi boshqa o‘tsiz 
erlardagidan kam bo‘ladi 
Hozirgi vaqtda suv eroziyasiga qarshi kurashda quyidagi tadbirlar amalga 
oshiriladi: 
1. 
Qishloq xo‘jalik ekinlarini, ularning tuproqni eroziyadan himoyalash 
qobiliyatiga qarab joylashtiriladi. Bunda suv eroziyasi xavfi kam bo‘lgan erlarda - 
chopiq qilinadigan ekinlarni, eroziya xavfi katta erlarga esa ko‘p yillik o‘tlar, 
dukkakli don ekinlarini ekish kerak. 
2. 
YOnbag‘irlarda er haydashni qiyalik nishabiga ko‘ndalang ravishda 
bajariladi. Ekinlarni ham yuza suvlar oqimi yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalishda 
ekiladi va parvarish qilinadi. 
YOnbag‘irlarni ko‘ndalangiga haydashda tuproq yuvilishi ikki martadan ortiq 
kamayishi aniqlangan. 
3. 
Eroziya xavfi katta joylar relefini o‘zgartirib, eroziya xavfi kam relefga 
o‘tkaziladi. 
Tog‘ qiyaliklarida ko‘chat ekish uchun erlarni zinapoya – terrasa usulida 
tayyorlanadi. Ularning asosiy vazifasi yomg‘ir va qor suvlarini yoqqan joyida 
to‘xtatib qolish, ya’ni ularning qiyalik pastki qismigacha oqib tushishini va pastki 
qismda ko‘p hajmli suv to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Zinapoyalar qiyalikning 
nishablik darajasiga, yog‘ingarchilik miqdori va tezligiga, tuproqning suv o‘tkazish 
xossasiga asoslanib tayyorlanadi. 
Qiyalikning nishabligi ortgan sari zinapoyalarning bir-biridan masofasini ham 
orttiriladi. 
Zinapoyalar asosining kengligi 2,5 m dan 6,0 m gacha bo‘ladi. Bunday 
tayyorlangan zinapoyalar yuzasida bir, ikki va undan ham ko‘p qator daraxt 
o‘stiriladi. Zinapoyalarda suv yaxshi singiganligidan o‘sayotgan o‘simliklar suv 
bilan yaxshi ta’minlanadi. 
Suv eroziyasiga qarshi kurashning yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlari amalga 
oshirilib borilganda qiyalik erlarning suv eroziyasidan ko‘rgan zarari ancha 
kamayadi. 
10 Ko‘p yillik o‘tlar qoplami ham tuproq yuvilishini keskin kamaytiradi. Aprel-may oylarida yoqqan jala yomg‘irlardan o‘tlar o‘s-gan joydagi tuproq yuvilishi boshqa o‘tsiz erlardagidan kam bo‘ladi Hozirgi vaqtda suv eroziyasiga qarshi kurashda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini, ularning tuproqni eroziyadan himoyalash qobiliyatiga qarab joylashtiriladi. Bunda suv eroziyasi xavfi kam bo‘lgan erlarda - chopiq qilinadigan ekinlarni, eroziya xavfi katta erlarga esa ko‘p yillik o‘tlar, dukkakli don ekinlarini ekish kerak. 2. YOnbag‘irlarda er haydashni qiyalik nishabiga ko‘ndalang ravishda bajariladi. Ekinlarni ham yuza suvlar oqimi yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalishda ekiladi va parvarish qilinadi. YOnbag‘irlarni ko‘ndalangiga haydashda tuproq yuvilishi ikki martadan ortiq kamayishi aniqlangan. 3. Eroziya xavfi katta joylar relefini o‘zgartirib, eroziya xavfi kam relefga o‘tkaziladi. Tog‘ qiyaliklarida ko‘chat ekish uchun erlarni zinapoya – terrasa usulida tayyorlanadi. Ularning asosiy vazifasi yomg‘ir va qor suvlarini yoqqan joyida to‘xtatib qolish, ya’ni ularning qiyalik pastki qismigacha oqib tushishini va pastki qismda ko‘p hajmli suv to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Zinapoyalar qiyalikning nishablik darajasiga, yog‘ingarchilik miqdori va tezligiga, tuproqning suv o‘tkazish xossasiga asoslanib tayyorlanadi. Qiyalikning nishabligi ortgan sari zinapoyalarning bir-biridan masofasini ham orttiriladi. Zinapoyalar asosining kengligi 2,5 m dan 6,0 m gacha bo‘ladi. Bunday tayyorlangan zinapoyalar yuzasida bir, ikki va undan ham ko‘p qator daraxt o‘stiriladi. Zinapoyalarda suv yaxshi singiganligidan o‘sayotgan o‘simliklar suv bilan yaxshi ta’minlanadi. Suv eroziyasiga qarshi kurashning yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlari amalga oshirilib borilganda qiyalik erlarning suv eroziyasidan ko‘rgan zarari ancha kamayadi.  
11 
 
 
Savollar va topshiriqlar 
1. Tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi qanday sabablarga ko‘ra kelib chiqadi? 
Qurg‘oqchilikning o‘simliklarga zararli ta’sirini tushuntiring. 
2. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash qanday usullarda olib boriladi? 
3. CHangli bo‘ronlarning paydo bo‘lish sharoitlarini tavsiflang. 
4. CHangli bo‘ronlarga qarshi kurashish uchun qanday usullarni qo‘llash kerak? 
5. Do‘l hosil bo‘lish sharoitlarini tushuntiring. Do‘l qaysi bulutlardan yog‘adi? 
6. Do‘l yog‘ishiga qarshi kurashning mohiyati nimada? 
7. O‘zbekistonning qaysi viloyatlari va tumanlarida do‘lga qarshi kurash ishlari 
tashkil qilingan? 
8. Jala yomg‘irlar qaysi bulutlardan yog‘adi? 
9. Suv eroziyasi deb qanday hodisaga aytiladi? 
10. 
Suv eroziyasiga qarshi kurashish uchun qanday tadbirlar qo‘llaniladi? 
 
11 Savollar va topshiriqlar 1. Tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi qanday sabablarga ko‘ra kelib chiqadi? Qurg‘oqchilikning o‘simliklarga zararli ta’sirini tushuntiring. 2. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash qanday usullarda olib boriladi? 3. CHangli bo‘ronlarning paydo bo‘lish sharoitlarini tavsiflang. 4. CHangli bo‘ronlarga qarshi kurashish uchun qanday usullarni qo‘llash kerak? 5. Do‘l hosil bo‘lish sharoitlarini tushuntiring. Do‘l qaysi bulutlardan yog‘adi? 6. Do‘l yog‘ishiga qarshi kurashning mohiyati nimada? 7. O‘zbekistonning qaysi viloyatlari va tumanlarida do‘lga qarshi kurash ishlari tashkil qilingan? 8. Jala yomg‘irlar qaysi bulutlardan yog‘adi? 9. Suv eroziyasi deb qanday hodisaga aytiladi? 10. Suv eroziyasiga qarshi kurashish uchun qanday tadbirlar qo‘llaniladi?