DONLI EKINLAR

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

22,4 KB


 
 
 
 
 
 
DONLI EKINLAR 
 
 
   Reja. 
1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari. 
2. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari. 
3. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi. 
 
 
Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat manbayi 
hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun 
to‘yimli yem-xashak tayyorlanadi. Donli ekinlaridan sanoatda ham ko‘p 
foydalaniladi. Ularning donidan piva tayyorlanadi, kraxmal, spirt va boshqa 
mahsulotlar olinadi. Don va uni qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi 
hamda, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo 
bo‘lib xizmat qiladi. Donli ekinlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosini 
tashkil etadi. 
 
Ekin maydoni bo‘yicha don ekinlari yer yuzida birinchi o‘rinda turadi. Dunyo 
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydon bir milliard gektar bo‘lib, 
shundan 700 mln. gadan ortiq maydonga don ekinlari ekiladi. O‘zbekistonda ham 
don ekinlarining ekin maydoni kengayib hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarda 
boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga, lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don 
ekinlari ekilmoqda. 
 
Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab 3 ta biologik 
guruhlarga bo‘linadi. 
1. Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari-qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga 
mansub bo‘lgan bahorgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli va tretikale) va kuzgi (bug‘doy, 
arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi. 
DONLI EKINLAR Reja. 1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari. 2. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari. 3. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi. Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat manbayi hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun to‘yimli yem-xashak tayyorlanadi. Donli ekinlaridan sanoatda ham ko‘p foydalaniladi. Ularning donidan piva tayyorlanadi, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar olinadi. Don va uni qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi hamda, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Donli ekinlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Ekin maydoni bo‘yicha don ekinlari yer yuzida birinchi o‘rinda turadi. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydon bir milliard gektar bo‘lib, shundan 700 mln. gadan ortiq maydonga don ekinlari ekiladi. O‘zbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni kengayib hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga, lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab 3 ta biologik guruhlarga bo‘linadi. 1. Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari-qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub bo‘lgan bahorgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli va tretikale) va kuzgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi.  
 
 Bu guruhning asosiy belgilari : 
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi 
-bir nechta (3-8) boshlang‘ich murtak ildizcha chiqarib unadi  
-boshig‘ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan 
-gul to‘plami boshoq yoki ro‘vakdan iborat 
-issiqlikka talabchan emas 
-uzun kunli o‘simliklari  
-namga o‘ta talabchan 
-dastlabki fazalarida tez rivojlanadi 
-kuzgi va bahorgi shakllari bor 
2.  Ikkinchi guruhga-tariqsimon ekinlar kiradi. Roaseaye oilasiga kiradigan 
ekinlardan makkajo‘xori, jo‘xori (oq jo‘xori), tariq, sholi va Rolygonaceae 
(marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak(grechixa) kiradi. 
   Bu guruhning asosiy belgilari: 
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi,  
-doni bittadan boshlang‘ich murtak ildiz chiqaradi  
-gul to‘plami ro‘vak yoki so‘tadan iborat  
-boshog‘ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan 
-faqat bahorgi navlari bo‘ladi 
-issiqqa talabchan 
-qurg‘oqchilikka chidamli (sholidan tashqari). 
-qisqa kun o‘simligi 
-dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi 
 3. Uchinchi guruh-dukkakli-don ekinlari. Bu guruh vakillari dukkaklilar (Fabaceae) 
oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, 
mosh, soya ekinlari kiradi. Bu ekinlarning hammasi o‘q ildizli, bargi murakkab, 
mevasi dukkak, urug‘ida oqsil modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jihatidan dukkakli 
ekinlar xilma-xil bo‘ladi. 
Donli o‘simliklarning morfologik belgilari 
 
Donli ekinlar morfologik belgilari jihatidan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, 
bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi.  
Bu guruhning asosiy belgilari : -donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi -bir nechta (3-8) boshlang‘ich murtak ildizcha chiqarib unadi -boshig‘ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan -gul to‘plami boshoq yoki ro‘vakdan iborat -issiqlikka talabchan emas -uzun kunli o‘simliklari -namga o‘ta talabchan -dastlabki fazalarida tez rivojlanadi -kuzgi va bahorgi shakllari bor 2. Ikkinchi guruhga-tariqsimon ekinlar kiradi. Roaseaye oilasiga kiradigan ekinlardan makkajo‘xori, jo‘xori (oq jo‘xori), tariq, sholi va Rolygonaceae (marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak(grechixa) kiradi. Bu guruhning asosiy belgilari: -donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi, -doni bittadan boshlang‘ich murtak ildiz chiqaradi -gul to‘plami ro‘vak yoki so‘tadan iborat -boshog‘ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan -faqat bahorgi navlari bo‘ladi -issiqqa talabchan -qurg‘oqchilikka chidamli (sholidan tashqari). -qisqa kun o‘simligi -dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi 3. Uchinchi guruh-dukkakli-don ekinlari. Bu guruh vakillari dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, mosh, soya ekinlari kiradi. Bu ekinlarning hammasi o‘q ildizli, bargi murakkab, mevasi dukkak, urug‘ida oqsil modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jihatidan dukkakli ekinlar xilma-xil bo‘ladi. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari Donli ekinlar morfologik belgilari jihatidan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi.  
 
Ildiz tizimi. Ildizi popuksimon bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida 
joylashib,  yerga 100-120 sm va undan ham chuqurroq kirib boradi. Biroq ildizning 
asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashgan. Ildiz ikki xil; murtak yoki 
birlamchi ildizlardan iborat. Murtak ildizi urug‘ unib chiqish davrida hosil bo‘lib, 
birinchi guruh donli o‘simliklarda uchtadan sakkiztagacha, ikkinchi guruh donli 
o‘simliklarda faqat bitta bo‘ladi. Asosiy ildizlar keyinroq poyaning yer ostki 
bo‘g‘imlaridan vujudga keladi. Bundan tashqari, baland poyali donli o‘simliklarda 
(makkajo‘xori, jo‘xori) poyaning yer ustki bo‘g‘imlaridan ham ildizlar paydo 
bo‘ladi. Bular tayanch yoki havoyi ildizlar deb ataladi. 
 
Poyasi. Murtak ildizchalar paydo bo‘lgandan so‘ng, poyacha o‘sa boshlaydi, 
u ham donning po‘stini yorib, tuproq betiga yorug‘likka chiqadi, qobig‘li donlarda 
(arpa, suli) poyacha oldin donni o‘rab turgan qobig‘ ostidan o‘tib, donning uchidan 
yer betiga chiqadi, qobig‘siz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak 
joylashgan yerdan shakllanadi. 
 
Poyasi poxol, somon, xas bo‘lib ichi bo‘sh yoki g‘ovak parenxima bilan to‘la 
bo‘ladi. Past bo‘yli donli o‘simliklar 6-7, baland poyali donli o‘simliklar esa 20-25 
ta bo‘g‘im oraliqlariga egadir. Poyaning balandligi o‘simlik turiga va naviga qarab 
har xil bo‘ladi. 
 
Bargi. Sodda barg, lentasimon shaklda, barg shapalog‘i va barg qinidan 
iborat; barg qinini barg shapalog‘iga o‘tar yerida ikkita barg quloqchasi va 
ichkarisida barg tilchasi joylashgan. Barg qinini barg shapalog‘iga o‘tadigan joyida 
yupqa rangsiz parda hosil bo‘ladi, u tilcha deb ataladi. Barg novining asosida uning 
ikkala tomonida mayda o‘siqchalar-quloqchalar joylashgan, ular poyani o‘rab olib, 
barg novini unda tutib turadi. Donli o‘simliklarning tilchasi bilan quloqchalari har 
xil tuzilgan va rivojlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar birinchi guruh donli 
o‘simliklarda bir-biridan farq qilganligi bois muhim sistematik belgi hisoblanadi. 
Barg tilchalari kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin. Barg quloqchalari esa mayda, yirik, 
uzun yaxshi rivojlangan, ularda kiprikchalar bo‘lishi mumkin. 
 
Gul to‘plami. Donli o‘simliklarning gul to‘plami bug‘doy, arpa, javdarda 
boshoqsimon, suli, jo‘xori, tariq, sholida, supurgisimon makkajo‘xorida esa gul 
to‘plam ikki xil; supurgisimon va so‘tasimon.  
Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari 
Ildiz tizimi. Ildizi popuksimon bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashib, yerga 100-120 sm va undan ham chuqurroq kirib boradi. Biroq ildizning asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashgan. Ildiz ikki xil; murtak yoki birlamchi ildizlardan iborat. Murtak ildizi urug‘ unib chiqish davrida hosil bo‘lib, birinchi guruh donli o‘simliklarda uchtadan sakkiztagacha, ikkinchi guruh donli o‘simliklarda faqat bitta bo‘ladi. Asosiy ildizlar keyinroq poyaning yer ostki bo‘g‘imlaridan vujudga keladi. Bundan tashqari, baland poyali donli o‘simliklarda (makkajo‘xori, jo‘xori) poyaning yer ustki bo‘g‘imlaridan ham ildizlar paydo bo‘ladi. Bular tayanch yoki havoyi ildizlar deb ataladi. Poyasi. Murtak ildizchalar paydo bo‘lgandan so‘ng, poyacha o‘sa boshlaydi, u ham donning po‘stini yorib, tuproq betiga yorug‘likka chiqadi, qobig‘li donlarda (arpa, suli) poyacha oldin donni o‘rab turgan qobig‘ ostidan o‘tib, donning uchidan yer betiga chiqadi, qobig‘siz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak joylashgan yerdan shakllanadi. Poyasi poxol, somon, xas bo‘lib ichi bo‘sh yoki g‘ovak parenxima bilan to‘la bo‘ladi. Past bo‘yli donli o‘simliklar 6-7, baland poyali donli o‘simliklar esa 20-25 ta bo‘g‘im oraliqlariga egadir. Poyaning balandligi o‘simlik turiga va naviga qarab har xil bo‘ladi. Bargi. Sodda barg, lentasimon shaklda, barg shapalog‘i va barg qinidan iborat; barg qinini barg shapalog‘iga o‘tar yerida ikkita barg quloqchasi va ichkarisida barg tilchasi joylashgan. Barg qinini barg shapalog‘iga o‘tadigan joyida yupqa rangsiz parda hosil bo‘ladi, u tilcha deb ataladi. Barg novining asosida uning ikkala tomonida mayda o‘siqchalar-quloqchalar joylashgan, ular poyani o‘rab olib, barg novini unda tutib turadi. Donli o‘simliklarning tilchasi bilan quloqchalari har xil tuzilgan va rivojlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar birinchi guruh donli o‘simliklarda bir-biridan farq qilganligi bois muhim sistematik belgi hisoblanadi. Barg tilchalari kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin. Barg quloqchalari esa mayda, yirik, uzun yaxshi rivojlangan, ularda kiprikchalar bo‘lishi mumkin. Gul to‘plami. Donli o‘simliklarning gul to‘plami bug‘doy, arpa, javdarda boshoqsimon, suli, jo‘xori, tariq, sholida, supurgisimon makkajo‘xorida esa gul to‘plam ikki xil; supurgisimon va so‘tasimon. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari  
 
  
Urug‘ ekilgandan to hosil yetilgungacha o‘simlik hayotida keskin o‘zgarishlar 
ro‘y beradi-o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. Maysalar ko‘rina boshlangandan to urug‘ 
pishguncha o‘tgan davr o‘suv (vegetatsion) davri deyiladi. 
 
Don ekinlari o‘zining individual taraqqiyotida unib chiqish, tuplanish, nay 
o‘rash, boshoqlanish (ro‘vaklanish), gullash va pishish yoki yetilish fazalarini 
o‘tadi. 
 
Unib chiqish fazasi. Urug‘ unib chiqishi uchun namlik, issiqlik va havo zarur. 
Urug‘ o‘ziga nam tortgandan keyin bo‘rtadi va murtagining nafas olishi kuchayadi. 
Tarkibidagi fermentlar ta’sirida zahira moddalari (kraxmal, oqsil va yog‘lar) murtak 
uchun zarur bo‘lgan holatga o‘tadi. Murtak oziqlana boshlashi bilan urug‘ una 
boshlaydi. Donli ekinlar urug‘ining bo‘rtishi va ko‘karib chiqishi uchun talab 
qilinadigan suv miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Bug‘doy 47-48, javdar 58-65, arpa 
48-57, suli 60-76, makkajo‘xori 37-47, tariq va jo‘xori urug‘ vazniga nisbatan 25-
38% namlikni talab qiladi. Donli ekinlar juda past haroratda ham unib chiqa oladi, 
bu harorat bug‘doy va arpa uchun 1-30 iliq, makkajo‘xori va tariq uchun 8-100, 
jo‘xori va sholi uchun esa 10-120 ni tashkil etadi. Donli ekinlarning tez ko‘karib 
chiqishi uchun harorat 10-210 bo‘lishi kerak. Oldin ildizchalar o‘sa boshlaydi, 
ulardan keyin poya o‘sadi. Poyasining ustki qismi yupqa parda bilan qoplagan 
bo‘lib, u nihollarni mexanikaviy ta’sirlardan saqlaydi. Tuproqni ustki qismida 1 chi 
yashil bargning hosil bo‘lishi unib chiqish fazasi deyiladi. Sharoit qulay bo‘lsa, 
urug‘ ekilgandan keyin 5-7 kun o‘tgach, maysalar unib chiqadi. Unib chiqish davri 
10-12 kun davom etadi. Maysalarning rangi o‘simlik turlariga qarab har xil bo‘ladi: 
bug‘doyda -yashil, javdarda-binafsha, sulida-och yashil, arpada-ko‘kish kul rang, 
tariqsimon ekinlarda-yashil rangda bo‘ladi. Bu davrning oxiriga kelib o‘simlikda 2-
4 ta chinbarg rivojlanadi va murtak ildizining uzunligi 30-35 sm ga yetadi.  
 
Tuplanish fazasi. Yangi qo‘shimcha poyalarning paydo bo‘lishi tuplanish 
davrining boshlanishini bildiradi. 3-4 ta yashil barglarning hosil bo‘lishi bilan, yer 
ostki bo‘g‘imidan yangi poya va ikkilamchi ildizlar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi ildizlar 
va yangi poyalar yer ostki bo‘g‘imlarining yuqorisidan hosil bo‘ladi, odatda yer 
betidan 1-3 sm pastda bo‘ladi. Ana shu yuqorigi bo‘g‘im tuplanish bo‘g‘imi 
deyiladi. Dala sharoitida kuzgi g‘alla ekinlari o‘rtacha 5-6 tagacha; bahorgilari 2-3 
tagacha poya hosil qiladi. Ba’zan javdar 50 tagacha poya hosil bo‘lishi mumkin. 
Urug‘ ekilgandan to hosil yetilgungacha o‘simlik hayotida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi-o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. Maysalar ko‘rina boshlangandan to urug‘ pishguncha o‘tgan davr o‘suv (vegetatsion) davri deyiladi. Don ekinlari o‘zining individual taraqqiyotida unib chiqish, tuplanish, nay o‘rash, boshoqlanish (ro‘vaklanish), gullash va pishish yoki yetilish fazalarini o‘tadi. Unib chiqish fazasi. Urug‘ unib chiqishi uchun namlik, issiqlik va havo zarur. Urug‘ o‘ziga nam tortgandan keyin bo‘rtadi va murtagining nafas olishi kuchayadi. Tarkibidagi fermentlar ta’sirida zahira moddalari (kraxmal, oqsil va yog‘lar) murtak uchun zarur bo‘lgan holatga o‘tadi. Murtak oziqlana boshlashi bilan urug‘ una boshlaydi. Donli ekinlar urug‘ining bo‘rtishi va ko‘karib chiqishi uchun talab qilinadigan suv miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Bug‘doy 47-48, javdar 58-65, arpa 48-57, suli 60-76, makkajo‘xori 37-47, tariq va jo‘xori urug‘ vazniga nisbatan 25- 38% namlikni talab qiladi. Donli ekinlar juda past haroratda ham unib chiqa oladi, bu harorat bug‘doy va arpa uchun 1-30 iliq, makkajo‘xori va tariq uchun 8-100, jo‘xori va sholi uchun esa 10-120 ni tashkil etadi. Donli ekinlarning tez ko‘karib chiqishi uchun harorat 10-210 bo‘lishi kerak. Oldin ildizchalar o‘sa boshlaydi, ulardan keyin poya o‘sadi. Poyasining ustki qismi yupqa parda bilan qoplagan bo‘lib, u nihollarni mexanikaviy ta’sirlardan saqlaydi. Tuproqni ustki qismida 1 chi yashil bargning hosil bo‘lishi unib chiqish fazasi deyiladi. Sharoit qulay bo‘lsa, urug‘ ekilgandan keyin 5-7 kun o‘tgach, maysalar unib chiqadi. Unib chiqish davri 10-12 kun davom etadi. Maysalarning rangi o‘simlik turlariga qarab har xil bo‘ladi: bug‘doyda -yashil, javdarda-binafsha, sulida-och yashil, arpada-ko‘kish kul rang, tariqsimon ekinlarda-yashil rangda bo‘ladi. Bu davrning oxiriga kelib o‘simlikda 2- 4 ta chinbarg rivojlanadi va murtak ildizining uzunligi 30-35 sm ga yetadi. Tuplanish fazasi. Yangi qo‘shimcha poyalarning paydo bo‘lishi tuplanish davrining boshlanishini bildiradi. 3-4 ta yashil barglarning hosil bo‘lishi bilan, yer ostki bo‘g‘imidan yangi poya va ikkilamchi ildizlar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi ildizlar va yangi poyalar yer ostki bo‘g‘imlarining yuqorisidan hosil bo‘ladi, odatda yer betidan 1-3 sm pastda bo‘ladi. Ana shu yuqorigi bo‘g‘im tuplanish bo‘g‘imi deyiladi. Dala sharoitida kuzgi g‘alla ekinlari o‘rtacha 5-6 tagacha; bahorgilari 2-3 tagacha poya hosil qiladi. Ba’zan javdar 50 tagacha poya hosil bo‘lishi mumkin.  
 
Birinchi guruhga kiradigan donli ekinlarida tuplanish davrida avval qo‘shimcha 
poyalar rivojlanadi, keyin ikkilamchi ildizlar paydo bo‘ladi, tariqsimon ekinlarida 
esa avval ikkilamchi ildizlar hosil bo‘ladi keyin esa ikkilamchi poyalar rivojlanadi. 
Tuplanish 50 C boshlanib, 12-150 C da tezlashadi. Bu davrda murtak ildizlarining 
uzunligi 40-50 sm ni tashkil qiladi. Tuplanish davri umumiy hisobda 20-25 kun 
davom etadi. 
Nay o‘rash fazasi - bu bo‘g‘in oraliqlarining uzayishi yoki poya o‘sishi hamda 
generativ organlar (qismlar) shakllanishidir. Tuplanish fazasining oxirida bo‘g‘im 
oraliqlari uzayadi, tuproqning ustki qismiga chiqib, bargining orasidan poya 
bo‘g‘imlari ko‘rina boshlaydi. Bular nay o‘rash fazasi boshlanganligini ko‘rsatadi. 
Bu fazada ildiz, poya, barg va gul rivojlanadi. Shu fazada nihol tashqi muhitga 
(issiqlik, yorug‘lik, namlik, oziq va havoga) talabchang bo‘ladi. O‘simlikning o‘sishi 
gullash boshlanganda to‘xtaydi. Bu davr 20-25 kun davom etadi.  
Boshoq yoki ro‘vak chiqarish fazasi. -Nay o‘rash davrida boshlanadi. Bu 
davrning boshlanishida eng yuqorigi barg qinidan gul to‘plamning yarmi ko‘rina 
boshlaydi. Bu jarayon qancha tez borsa, don shuncha tez pishadi. Boshoqlanish 
fazasi 10-15 kun davom etadi. 
Gullash fazasi. Odatda boshoqlanishdan keyin 2-3 kun o‘tgandan keyin 
gullash davri boshlanadi. G‘alla ekinlarining ko‘pchiligi boshoq yoki ro‘vak 
chiqargandan keyin gullaydi.  
  
G‘alla ekinlari bug‘doy, arpa, suli, tariq, sholi o‘zidan, makkajo‘xori, oq 
jo‘xori, javdar chetdan changlanadi. Chetdan changlanadigan o‘simliklarda gul 
qobiqlari ochiq bo‘ladi, chang shamol yordamida tarqaladi. Boshoqli don ekinlarida 
gullash (bug‘doy, arpa, javdar) boshoqni o‘rta qismidan boshlanadi. Ro‘vakli don 
ekinlarida (suli, sholi, tariq, jo‘xori) gullash ro‘vakning ichki qismida boshlanadi, 
shu bois bu qismdagi don yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Gullash davri 10-15 kun davom 
etadi. 
  
Yetilish fazasi. 30-40 kun davom etadi. Bu faza 3 ga bo‘linadi. 
a) sut pishish-donning tarkibida sutsimon suyuqlik hosil bo‘ladi va suv miqdori 50-
51% ni tashkil qiladi. Poyalari yashil rangini saqlaydi, faqat pastki barglari quriydi. 
Bu davr 10-15 kun davom etadi 
Birinchi guruhga kiradigan donli ekinlarida tuplanish davrida avval qo‘shimcha poyalar rivojlanadi, keyin ikkilamchi ildizlar paydo bo‘ladi, tariqsimon ekinlarida esa avval ikkilamchi ildizlar hosil bo‘ladi keyin esa ikkilamchi poyalar rivojlanadi. Tuplanish 50 C boshlanib, 12-150 C da tezlashadi. Bu davrda murtak ildizlarining uzunligi 40-50 sm ni tashkil qiladi. Tuplanish davri umumiy hisobda 20-25 kun davom etadi. Nay o‘rash fazasi - bu bo‘g‘in oraliqlarining uzayishi yoki poya o‘sishi hamda generativ organlar (qismlar) shakllanishidir. Tuplanish fazasining oxirida bo‘g‘im oraliqlari uzayadi, tuproqning ustki qismiga chiqib, bargining orasidan poya bo‘g‘imlari ko‘rina boshlaydi. Bular nay o‘rash fazasi boshlanganligini ko‘rsatadi. Bu fazada ildiz, poya, barg va gul rivojlanadi. Shu fazada nihol tashqi muhitga (issiqlik, yorug‘lik, namlik, oziq va havoga) talabchang bo‘ladi. O‘simlikning o‘sishi gullash boshlanganda to‘xtaydi. Bu davr 20-25 kun davom etadi. Boshoq yoki ro‘vak chiqarish fazasi. -Nay o‘rash davrida boshlanadi. Bu davrning boshlanishida eng yuqorigi barg qinidan gul to‘plamning yarmi ko‘rina boshlaydi. Bu jarayon qancha tez borsa, don shuncha tez pishadi. Boshoqlanish fazasi 10-15 kun davom etadi. Gullash fazasi. Odatda boshoqlanishdan keyin 2-3 kun o‘tgandan keyin gullash davri boshlanadi. G‘alla ekinlarining ko‘pchiligi boshoq yoki ro‘vak chiqargandan keyin gullaydi. G‘alla ekinlari bug‘doy, arpa, suli, tariq, sholi o‘zidan, makkajo‘xori, oq jo‘xori, javdar chetdan changlanadi. Chetdan changlanadigan o‘simliklarda gul qobiqlari ochiq bo‘ladi, chang shamol yordamida tarqaladi. Boshoqli don ekinlarida gullash (bug‘doy, arpa, javdar) boshoqni o‘rta qismidan boshlanadi. Ro‘vakli don ekinlarida (suli, sholi, tariq, jo‘xori) gullash ro‘vakning ichki qismida boshlanadi, shu bois bu qismdagi don yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Gullash davri 10-15 kun davom etadi. Yetilish fazasi. 30-40 kun davom etadi. Bu faza 3 ga bo‘linadi. a) sut pishish-donning tarkibida sutsimon suyuqlik hosil bo‘ladi va suv miqdori 50- 51% ni tashkil qiladi. Poyalari yashil rangini saqlaydi, faqat pastki barglari quriydi. Bu davr 10-15 kun davom etadi  
 
b) dumbil pishish-bunda doni biroz sarg‘ayib, yumshoq bo‘ladi, tirnoq bilan 
ezganda quyuq, mumsimon modda chiqadi. Donidagi suvning miqdori 22-30% 
gacha kamayadi. O‘simlikning poyasi va barglari sarg‘ayadi. Bu davr 10-12 kun 
davom etadi. 
v) to‘liq pishish-bunda doni ancha qotadi, quriydi va suvning miqdori 14-19 % ga 
tushib qoladi. O‘simlik poyasi sarg‘ayadi va barglari quriydi. Bu davr 8-10 kun 
davom etadi. Don unuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganda to‘la pishgan deb 
hisoblanadi. 
G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi 
Turli xil sabablarga ko‘ra va birinchi navbatda ob-havo sharoitiga, agrotexnika 
darajasiga, tuproqqa, ekinning naviga qarab keskin o‘zgarib turadi. 
G‘alla 
ekinlari 
donining 
oziq-ovqatlik 
va 
oziqboplik 
ahamiyatini 
ifodalaydigan eng qimmatli qismi oqsildir. G‘alla ekinlari doni tarkibidagi oqsillar 
ekish xususiyatiga qarab 4 guruhga bo‘linadi: suvda eriydigan albumin; tuzlar 
eritmasida eriydigan globumin; ishqorda eriydigan glutenin va spirtda eriydigan 
gliadin. Oziq-ovqatga ishlatiladigan don tarkibida kleykovinadan tarkib topgan 
gliadin va glutenin ko‘proq ahamiyatga ega. Nonning sifati-hajmi va g‘ovakligi ana 
shu oqsillarning miqlori va nisbatiga bog‘liq. Gliadin va gluteninning nisbati 1:1 
bo‘lishi eng yaxshi hisoblanadi Respublikamizda yetishtirilayotgan bahorgi bug‘doy 
doni tarkibida oqsilning miqdori uning naviga qarab 18% gacha bo‘lishi mumkin. 
Kuzgi bug‘doyda esa oqsilning miqdori 13-14% ga yetadi. Aminokislotalar 
oqsilning asosiy tarkibiy qismidir (20 ta). Ularning 8 tasi ya’ni, lizin, triptofan, 
metionin, valin, leytsin, izoleytsin, treonin va fenilalanin oziq-ovqat uchun eng 
zaruriylari 
hisoblanadi. 
Bularning 
zarurligi 
shundaki, 
ular 
organizmda 
sintezlanmaydi, shuning uchun organizmga faqat oziq bilan kirishi kerak. 
Uglevodlar don umumiy vaznining 60-80 % ni tashkil etadi. Uglevodlar 
orasida kraxmal asosiy o‘rinni egallaydi. Uning miqdori donning markazidan 
qobig‘iga tomon kamayib boradi. Kraxmalning eng kam miqdori uning tashqi 
qismida bo‘ladi. Tuproq va iqlim sharoitiga bog‘liq holda donda kraxmalning 
miqdori o‘zgarib turadi. 
Yog‘lar. Donli ekinlar urug‘ining tarkibida 2-6% yog‘ bo‘ladi. U urug‘ 
tarkibida bir tekis joylashmagan bo‘ladi. Urug‘ning murtak hujayralarida ko‘p 
b) dumbil pishish-bunda doni biroz sarg‘ayib, yumshoq bo‘ladi, tirnoq bilan ezganda quyuq, mumsimon modda chiqadi. Donidagi suvning miqdori 22-30% gacha kamayadi. O‘simlikning poyasi va barglari sarg‘ayadi. Bu davr 10-12 kun davom etadi. v) to‘liq pishish-bunda doni ancha qotadi, quriydi va suvning miqdori 14-19 % ga tushib qoladi. O‘simlik poyasi sarg‘ayadi va barglari quriydi. Bu davr 8-10 kun davom etadi. Don unuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganda to‘la pishgan deb hisoblanadi. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi Turli xil sabablarga ko‘ra va birinchi navbatda ob-havo sharoitiga, agrotexnika darajasiga, tuproqqa, ekinning naviga qarab keskin o‘zgarib turadi. G‘alla ekinlari donining oziq-ovqatlik va oziqboplik ahamiyatini ifodalaydigan eng qimmatli qismi oqsildir. G‘alla ekinlari doni tarkibidagi oqsillar ekish xususiyatiga qarab 4 guruhga bo‘linadi: suvda eriydigan albumin; tuzlar eritmasida eriydigan globumin; ishqorda eriydigan glutenin va spirtda eriydigan gliadin. Oziq-ovqatga ishlatiladigan don tarkibida kleykovinadan tarkib topgan gliadin va glutenin ko‘proq ahamiyatga ega. Nonning sifati-hajmi va g‘ovakligi ana shu oqsillarning miqlori va nisbatiga bog‘liq. Gliadin va gluteninning nisbati 1:1 bo‘lishi eng yaxshi hisoblanadi Respublikamizda yetishtirilayotgan bahorgi bug‘doy doni tarkibida oqsilning miqdori uning naviga qarab 18% gacha bo‘lishi mumkin. Kuzgi bug‘doyda esa oqsilning miqdori 13-14% ga yetadi. Aminokislotalar oqsilning asosiy tarkibiy qismidir (20 ta). Ularning 8 tasi ya’ni, lizin, triptofan, metionin, valin, leytsin, izoleytsin, treonin va fenilalanin oziq-ovqat uchun eng zaruriylari hisoblanadi. Bularning zarurligi shundaki, ular organizmda sintezlanmaydi, shuning uchun organizmga faqat oziq bilan kirishi kerak. Uglevodlar don umumiy vaznining 60-80 % ni tashkil etadi. Uglevodlar orasida kraxmal asosiy o‘rinni egallaydi. Uning miqdori donning markazidan qobig‘iga tomon kamayib boradi. Kraxmalning eng kam miqdori uning tashqi qismida bo‘ladi. Tuproq va iqlim sharoitiga bog‘liq holda donda kraxmalning miqdori o‘zgarib turadi. Yog‘lar. Donli ekinlar urug‘ining tarkibida 2-6% yog‘ bo‘ladi. U urug‘ tarkibida bir tekis joylashmagan bo‘ladi. Urug‘ning murtak hujayralarida ko‘p  
 
miqdorda moy (bug‘doyda 14%, javdar va arpada 12,4%, sulida 26% gacha, tariqda 
20% gacha, makkajo‘xorida 40% gacha) bo‘ladi. Makkajo‘xori, suli va tariq doni 
yog‘ga eng boydir. Un va krupada yog‘ ko‘p bo‘lsa, ular taxir bo‘ladi. Shuning uchun 
makkajo‘xorini tortishdan oldin doni tarkibidagi murtak ajratib olinadi va ulardan 
oziq-ovqatga ishlatiladigan moy olinadi. 
Kletchatka (selluloza) hujayra devorlari va don qobig‘ining asosini tashkil 
etadi. Suning uchun po‘stli donda kletchatka ko‘p bo‘ladi. 
Kul elementlari asosan donning po‘sti va meva qobig‘ida ko‘proq bo‘ladi. 
G‘alla ekinlari kulida 50% ga yaqin fosfor va 30% kaliy bo‘ladi, qolgan qismi Mg, 
Sa, natriy, oltingugurt, temir tuzlari va boshqalarga to‘g‘ri keladi. Don tarkibida 
kletchatka va kul qancha kam bo‘lsa, u shuncha yuqori baholanadi. 
Vitaminlar odam va hayvonlar organizmining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam 
beradi. G‘alla ekinlari doni tarkibida A, V, V2, V3, S, D, YE vitaminlar bor. Oziq-
ovqat tarkibida ana shu vitaminlar bo‘lmasa yoki yetishmasa organizmda moddalar 
almashinuvi buziladi va avitaminoz kasalligi kelib chiqadi. 
Fermentlar zapas oziq moddalar murtak yaxshi o‘zlashtiradigan shaklga 
o‘tishida katta rol o‘ynaydi. Uglevodlarni (kraxmal, shakarni) parchalaydigan 
diastaza, yog‘larni parchalaydigan lipaza, oqsilni o‘zlashtiradigan proteaza, 
oksidlovchi fermentlar oksidaza, peroksidazalar asosiy fermentlar hisoblanadi.    
 
Sinov savollari. 
1. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab qanday guruhlarga 
bo‘linadi ? 
2. Donli o‘simliklarning morfologik belgilarini sanab bering? 
3. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari ? 
 
miqdorda moy (bug‘doyda 14%, javdar va arpada 12,4%, sulida 26% gacha, tariqda 20% gacha, makkajo‘xorida 40% gacha) bo‘ladi. Makkajo‘xori, suli va tariq doni yog‘ga eng boydir. Un va krupada yog‘ ko‘p bo‘lsa, ular taxir bo‘ladi. Shuning uchun makkajo‘xorini tortishdan oldin doni tarkibidagi murtak ajratib olinadi va ulardan oziq-ovqatga ishlatiladigan moy olinadi. Kletchatka (selluloza) hujayra devorlari va don qobig‘ining asosini tashkil etadi. Suning uchun po‘stli donda kletchatka ko‘p bo‘ladi. Kul elementlari asosan donning po‘sti va meva qobig‘ida ko‘proq bo‘ladi. G‘alla ekinlari kulida 50% ga yaqin fosfor va 30% kaliy bo‘ladi, qolgan qismi Mg, Sa, natriy, oltingugurt, temir tuzlari va boshqalarga to‘g‘ri keladi. Don tarkibida kletchatka va kul qancha kam bo‘lsa, u shuncha yuqori baholanadi. Vitaminlar odam va hayvonlar organizmining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi. G‘alla ekinlari doni tarkibida A, V, V2, V3, S, D, YE vitaminlar bor. Oziq- ovqat tarkibida ana shu vitaminlar bo‘lmasa yoki yetishmasa organizmda moddalar almashinuvi buziladi va avitaminoz kasalligi kelib chiqadi. Fermentlar zapas oziq moddalar murtak yaxshi o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishida katta rol o‘ynaydi. Uglevodlarni (kraxmal, shakarni) parchalaydigan diastaza, yog‘larni parchalaydigan lipaza, oqsilni o‘zlashtiradigan proteaza, oksidlovchi fermentlar oksidaza, peroksidazalar asosiy fermentlar hisoblanadi. Sinov savollari. 1. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi ? 2. Donli o‘simliklarning morfologik belgilarini sanab bering? 3. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari ?