DORI MODDALARNING FARMAKODINAMIKASI VA FARMAKOKINETIKASI
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
26,0 KB
DORI MODDALARNING FARMAKODINAMIKASI VA
FARMAKOKINETIKASI
Reja:
1. Dori moddalari farmako-kinetikasi
2. Dori moddalari farmako-dinamikasi
Tayanch tushunchalar:
1- Dorilar farmakokinetikasi nima?
2- Dorilar farmakodinamikasi nima?
3- Ta’sir mexanizmi nima?
Umumiy farmakologiya
Umumiy farmakologiya-dori moddalarini qo‘llash, ular ta’sirida organizmda
bo‘ladigan hamma o‘zgarishlarni , dori moddalar shakllari to‘g‘risida, dorilarni
organizmga yuborish ususlari va organizmdan chiqib ketish yo‘llari, dorilarni
organizmga ziyonli ta’siri, dorilarni klassifikatsiyasini, yangi dori moddalarni kashf
qilish, hamda dori moddalarni ta’sir etish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Hayvonlar organizmida dori moddalar ta’sirida bo‘ladigan murakkab kompleks
o‘zgarishlarni bilish uchun dorilar umumiy ta’sir qonuniyatlarini bilishni taqoza
etadi. Buning uchun dorilarni farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va ta’sir
mexanizmi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Farmakokinetika-dori moddalarni organizmga yuborish, uni so‘rilishi,
taqsimlanishi, o‘zgarishi va organizmdan chiqish jarayonlarini o‘rganadi.
Farmakodinamika- bu dorilar ta’sirida organizmdagi kompleks o‘zgarishlar
bo‘lib, dorilarni organizmga yuborganda ta’siri boshlangandan to ta’siri
yo‘qolgangacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Dorilarni ta’sir mexanizmi- bu tirik organizmni bioximik va fiziologik
richaglarni jalb qilish va ularga susaytirib yoki kuchaytirib ta’sir etish. Richaglar- bu
ionlar, bioximik strukturalar retseptorlar va boshqalar.
Dorilarni ta’sir mexanizmi va farmakodinamikasi o‘zaro aloqada bo‘ladi va
birga o‘tadi.
Amaliyotda dori moddalarni qo‘llash uning farmakodinamikasi va ta’sir
mexanizmiga asosan ishlatiladi. SHuning uchun dorilar ta’sir mexanizmini to‘liq
bilish uni qo‘llashda yuqori bahoga egadir.
Hayvonlarda dorilarni ta’sir mexanizmi organizmga tushgandan so‘ng
namoyon bo‘ladi va bu jarayon 5 ta ko‘rinishda bo‘ladi.
1. Dorilarni organizm bilan birlamchi ta’sir reaksiyasi yoki fizik usulda ta’sir
etish. M: ichni suradigan tuzlar shu yo‘l bilan ta’sir etadi va ichakda osmatik bosimni
kuchaytirib suvni so‘rilishini to‘xtatadi, natijada ichak peristaltikasi kuchayadi.
2. Ximiyaviy o‘zgarishlar. Dorilarni shu usulda ta’sir etishiga kislota bilan
ishqor misol bo‘ladi. Ular organizmda xo‘jayra komponentlari bilan reaksiyaga
kiradi.
3. Bioximik o‘zgarishlar. Dorilar organizmga tushgach organizmdagi
fermentlarga ta’sir ko‘rsatadi, natijada organizmdagi bioximik jarayonlarni borishi
o‘zgaradi. Masalan: fizostigmin yuborilsa xolin esteraza fermenti aktivligi pasayadi.
4. Fiziologik o‘zgarishlar. Dori moddalari ba’zi hollarda organizmdagi
fiziologik ahamiyotga ega bo‘lgan moddalarga antoganistik raqaboti prensipiga
asosan ta’sir ko‘rsatadi. M: sulfanilamid birikmalar ba’zi mikrob xo‘jayralari hayoti
uchun zarur bo‘lgan PABK bilan raqobat qiladi.
5. Klinik belgilar yuzaga chiqadi. Bunday paytda hayvonlar og‘riq sezadi, puls,
nafas o‘zgaradi, shilimshiq pardalar rangi o‘zgaradi- oqaradi, sarg‘ayadi, qizaradi,
og‘iz bo‘shlig‘i quriydi.
Dori moddalar ta’sir turlari
Dori moddalari organizmga yuborilganda organizmga xos bo‘lmagan yangi
fiziologik jarayonlarni yuzaga keltirmaydi, balki mavjud jarayonlarni kuchaytirishi
yoki susaytirishi mumkin.
1.Qo‘zg‘alish- u yoki bu funksiyani kuchayishi yoki dori yuborilgangacha
bo‘lgan holatini kuchayishi. Bu holat 3 turga bo‘linadi.
a) Tiklanish- dori yuborilgangacha funksiya birdan susaygan bo‘lsa
qo‘zg‘atuvchi dorilar bilan fiziologik normagacha aktivlashtirish tushuniladi.
Bunday natijani faqat patologik jarayonni dastlabki bosqichida qo‘llaniladi.
b) Stimulyasiya- bu funksional holatlarni yoki protsesslarni normada yoki
fiziologik darajadan aktivlashtirish. Bunga M.N.S ni o‘sishni, sekretsiyani,
to‘qimalar tiklanishini stimullash kiradi.
v) Qitiqlash-organizmni dorilar yordamida fiziologik ko‘rsatkichlardan ham
yanada yuqori darajada aktivlash. Bu holat yallig‘lanishlarda surunkali holatdan
o‘tkir holatga o‘tkazishda yoki organizmda funksiyalarni susayish xavfini tezda
bartaraf etishda qo‘llaniladi (zaharlarni chiqarish uchun diuretiklar qo‘llash).
2.Susaytirish- qo‘zg‘alishga qarama-qarshi holat bo‘lib, dori yuborilganda u
yoki bu funksiyalarni pasayishi. Bu holat 3 ga bo‘linadi.
a) funksiyalarni tiklash- dori yuborilganga qadar yuqori fiziologik holatda
bo‘lib, keyin normaga tiklash.
b) funksiyalar susaytirish- fiziologik ko‘rsatkichlardan ham yanada
pasaytirish. Masalan: uyqu dorilar, neyroleptiklar.
v) falajlanish- organizm funksiyalarini to‘liq to‘xtatish. Masalan:ichaklar
peristaltikasini yoki bosh miya funksiyalarini falajlash.
Bundan tashqari dorilar ta’sirida bir necha xil ta’sir etish turlari farqlanadi:
1.To‘g‘ridan-to‘g‘ri va alohida ta’sir. Agar dori organizmda to‘qimalarda
birlamchi reaksiyaga kirishsa yoki dorini vositasiz ta’siri to‘qimalar to‘g‘ridan –
to‘g‘ri ta’sir deyiladi .
Agar dori to‘qima bilan birlamchi reaksiyaga kirishmasa alohida ta’sir deyiladi.
Masalan surgi dorilarni ichakga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bachadonga ta’siri alohida.
2.Asosiy va noxush ta’sir. Agar dori kerakli organga aniq va kuchli
ifodalangan ta’sir ko‘rsatsa- asosiy ta’sir deyiladi. Agar dori davolovchi ta’sir bilan
birga zaharli ta’sir namoyon qilsa- noxush ta’sir deyiladi. Masalan: ingalyasion
narkotiklar narkoz chaqirsa –asosiy ta’sir . lekin Yurakni to‘xtatsa –noxush ta’sir .
3. Umumiy va tanlab ta’sir. Agar dori biror organ yoki to‘qimaga taalluqli
ta’sir etsa- tanlab ta’sir deyiladi. Masalan: Yurak glikozitlari Yurakga, narkotiklarni
M.N.S ga ta’siri.
Agar dori ko‘plab organ yoki to‘qimalarga ta’sir etsa umumiy ta’sir deyiladi.
M: hayvonlar mahsuldorligini oshirishda qo‘llaniladigan dorilar.
4.Qaytar va qaytmas ta’sir. Dori organizmga qo‘llanilganda organizmda
funksiyalar vaqtinchalik o‘zgartiradi, dori ta’siri tugasa yana tiklanadi, bu ta’sir
qaytar ta’sir deyiladi. Lekin dorilar katta dozalarda organlarda qayta tiklanmaydigan
o‘zgarishlar chaqiradi-bu qaytmas ta’sir. M: kislota ta’sirida to‘qima nekrozi.
5.Etiotrop va patogenetik ta’sir. Etiotrop ta’sirda dori kasallikni
sababchisiga ta’sir etadi. M: antibiotiklar-mikroblarga.
Patogenetik ta’sirda-dorilar kasallikni paydo bo‘lishida asosiy buzilishlarni
yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. M:organizmni ximoya funksiyasi oshiruvchi dorilar.
Dori moddalarni organizmga yuborish yo‘llari
Dorilar hayvonlarga turli yo‘llar bilan qo‘llanishi mumkin.
1.Og‘iz orqali. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, suyuq,
yumshoq, qattiq dori shakllari hamda kuchli qitiqlamaydigan va kuydirmaydigan
toza holdagi dorilar qo‘llaniladi. Suyuq dori shakllari shisha, qoshiqlar, rezina shisha
yoki zondlar yordamida qo‘llaniladi .
Dorilar og‘iz orqali qo‘llanilganda agar oshqozon va ichaklar shilliq pardasini
qitiqlasa, ovqatdan keyin (temir, yod, kamfora), agar qitiqlash xususiyatiga ega
bo‘lmasa, ovqatdan oldin (urab oluvchi, burushtiruvchi, shilliq moddalar)
qo‘llaniladi. Og‘iz orqali qo‘llaniladigan dorilar organizmga mahalliy rezorbtiv va
reflektor ta’sir etadi.
2. Tashqi tomonga. Bu yo‘l bilan maz, pasta, liniment, eritmalar, poroshoklar
mahalliy, reflektor va qisman rezorbtiv ta’sir uchun qo‘llaniladi. Teri orqali terini
yog‘larida yaxshi eriydigan dorilar tez so‘riladi. Eritma yoki emulsiya shaklida
dorilar teriga puflash, yuvintirish, cho‘miltirish yoki aerozol yo‘llar bilan
qo‘llaniladi. Buning uchun maxsus apparatlar pulverizatorlar, gidropultlar,
avtomashinalardan foydalaniladi.
3. Shilliq pardalar orqali. Bu yo‘l bilan og‘iz bushlig‘i, ko‘z, burun, siydik
yo‘llariga dorilar patologik holatlarda mahalliy ta’sir uchun va rezarbtiv ta’sir uchun
qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan suyuq dori shakllari, qisman poroshoklar va svechalar
qo‘llaniladi.
4.To‘g‘ri ichak orqali. To‘g‘ri ichak o‘zidan sekret chiqarmaydi, shuning
uchun dorilar ferment va shiralar ta’siriga uchramaydi. To‘g‘ri ichak orqali dorilar
qo‘llanilganda, qon tez so‘riladi va og‘iz orqali qo‘llanilganiga nisbatan ta’siri tez
bo‘ladi. Lekin bu yo‘l bilan qitiqlovchi dori qo‘llanilsa, defekatsiya akti chaqirishi
va shilliq pardalar yallig‘lanishi mumkin.
Rektal yo‘l bilan mahalliy (svechalar), reflektor (sovunli suv va glitserin) va
rezarbtiv ta’sir etish uchun qo‘llaniladi. Rektal yo‘l bilan dori Esmerx apparati
yordamida antimikrob, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llaniladi.
Suyuqliklar miqdori 10 ml dan 2 litrgacha bo‘lishi mumkin.
5.Parenteral yo‘l. Bu yo‘l dorilar organizmga tushishini tezlashtiradi. Buning
uchun sterillangan eritmalar kuydiruvchi va qitiqlovchi ta’sir ega emas dorilar
qo‘llaniladi. Dorilar turli shirin va ignalar yordamida aseptika qoidalari asosida
ine’ksiya qilinadi.
a) Teri ostiga yuborish. Bu yo‘l orqali suvli, spirtli va moyli eritmalar mayda
hayvonlarga 0,1-2 ml, katta hayvonlarga 2-20 ml miqdorda yuboriladi. Dorilar teri
ostiga qoramollarga bo‘yin yuzasiga, quylarga-son oblasti ichki qismiga, it va
mushuklarga –en qism yoki ichki son oblastiga, chuchqalarga-quloqga yoki son ichki
qismiga yuboriladi. Dori ta’siri 2-15 minutdan keyin boshlanadi.
b) Muskul ichiga. Bu yo‘l bilan ham dorilarni suyuq shaklidagilar muskul
ichiga yuboriladi. Bu yo‘l bilan yuborilganda teri ostidagiga qaraganda ta’sir tez
bo‘ladi.
v) Vena ichiga. Bu yo‘l bilan dorilar maxsus shpritslar yordamida (jane),
vositasiz to‘g‘ri qonga ta’sir ko‘rsatish uchun yuboriladi.
Ot va tuyalarga dorilar buyintiriq venasiga, qoramol, quy –echkilarga
buyinturiq venasiga , chuchqa quloq venasiga, itlar elka yoki tirsak venasiga asosan
suvli eritmalari yuboriladi.
g) Arteriya ichiga. Bu yo‘l juda kam qo‘llaniladi, ko‘pincha bosh va oyoq
kasalliklarida ximioterapevtik vositalar yuboriladi.
6. Ingalyasiya yo‘l bilan. Bu nafas organlari orqali dorilarni yuborish . Bu
yo‘l bilan gaz, par va azrozol holatdagi dorilar yuboriladi va mahalliy, rezorbtiv,
reflektor ta’sir qiladi. Dorilar o‘pkaga tushgach yaxshi va tez so‘riladi.
Ingalyasiya yo‘li nafas organlarini o‘tkir va surunkali kasalliklarida, narkoz
chaqirish maqsadida, yuqumli kasalliklarni davolashda ximioterapevtik dorilar
individial va guruh holda qo‘llaniladi.
Dori moddalarining dozalari
Dorivor moddalarning hayvonlarga bir marta beriladigan miqdori doza deb
ataladi. Dozaga qarab dorivor moddalar har xil ta’sir etadi, ishlab chiqarishdagi
vrachlar dorivor moddalarning profilaktik va davolash dozalarini yaxshi bilish bilan
bir qatorda, unga dorivor moddalarning organizmni zaharlash va o‘ldirish dozalarini
ham bilish kerak.
Ayniqsa bu dozalarni yaxshi bilish kerak, zaharli dorilar qo‘llanilganda, har
xil dori moddalarning dozalari har xil bo‘ladi. Agar o‘lchov birligi qilib davolash
dozasini olganimizda, ularning zaharlash va o‘ldirish dozasini quyidagi tablitsadan
ko‘rish mumkin:
Preparat
Berilish dozasi
Davolash
Zaharli
O‘ldiruvchi
Flavakridina gidroxlorid
2
4
Arekolina gidrobromid
4
7
Natriya tiosulfat
8
24
Streptotsid
1000
38000
Penitsillin
800000
20000000
Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agar dozalarni to‘g‘ri berganda penitsillindan
qo‘rqmasdan foydalanishimiz mumkin. Ammo arekolin va flavakridinnig dozasini
sal oshirganimizda hayvonni zaharlashimiz yoki o‘ldirishiz mumkin.
Davolash dozalari bir marta 1sutkaga yoki davolash davriga mo‘ljallanib
beriladi.
Avval vrach diagnoz qo‘ygandan keyin davolash dozasini aniqlash zarur (bir
marta qabul qilingan) dozani shunday olish kerakki, u doza davolashga yaxshi bo‘lib
kasal organizmga ham zarar etkazmasligi kerak.
Ko‘p maxallar davolash muddati uzok bo‘ladi, bu maxalda dori moddalarining
necha kun yoki soatda organizmdan chiqishini hisobga olib, necha kundan keyin
yoki soatdan keyin davolash qo‘rsini davom ettirilishi aniqlanadi. Agar dorivor
moddalar organizmda uzoq vaqt saqlanadigan bo‘lsa, davolash mahalida dori berish
muddati uzun bo‘lib, davolash muddati qisqa bo‘ladi.
Kunlik doza – bu bir kunlik beriladigan dorining miqdoridir. Bir kunlik doza
bir marta beradigan dorining 2-4 miqdoridan iborat bo‘ladi.
Davolash oldidan kunlik davolashda qancha dori ketishini ham bilish kerak.
Bir xil dorilarning bir marta berilishi 1kurs davolashga teng bo‘ladi (gemosporidin
– piroplazmoz kasalida) ko‘p mahalda hayvonlar, yaxshi bo‘lgancha dori berishni
davom ettirish kerak bo‘ladi. Bu mahalda qo‘rsavoy doza har xil bo‘ladi. Oldini olish
va davolash dozalari maksimal va minimal bo‘ladi.
Minimal doza – bu eng kichik doza bo‘lib, buni yana ham kamaytirsa u
vaqtda bu davolash xususiyatini ko‘rsatmaydi.
Optimal doza- bu dorilarni o‘rta miqdorda qo‘llaydigan dozasi bo‘lib,
vrachlar asosan shu dozani davolash maqsadida ko‘p qo‘llaydi.
Maksimal doza –bu eng baland cho‘qqisi bo‘lib, yana sal ko‘paytirganimizda
bu hayvonning salomatligiga zarar etkazadigan bo‘ladi. O‘rtacha doza esa
davolashning eng qulay dozasi bo‘lib, hayvonning salomatligiga zarar tegizmasdan
kasal organizmga yaxshi davolash ta’sirini o‘tkazadi.
Har xil dorilar dozasini ko‘paytirish yoki kamaytirish natijasida ularning
ta’siri ham o‘zgaradi.
Misol: aroqni kamrok qabul qilganda u energetik ta’sir qilib, ko‘proq qabul qilganda
esa narkotik ta’sirini ko‘rsatadi. Saburni kam qabul qilganda ovqat hazm kilishni
yaxshilatsa, ko‘proq qabul qilganda ich surish ta’sirini ko‘rsatadi. Hayvonlarning
faqat turiga qarab ularning tirik og‘irligiga qaramasdan dozasini aniqlash mumkin
emas, chunki bir turdagi hayvonlarning tirik ogirligi har xil bo‘lishi mumkin.
Misol: otlar 280-300 kg, yirik shoxli mol 300-700 kg. Hayvonlarning tirik ogirligi
kancha ko‘p bulsa beriladigan dorilarning dozasini ham o‘shanga ko‘paytirish kerak.
SHuning uchun ko‘pincha doza mollarning 1 kg tirik ogirligiga karab olinadi.
SHunga karamasdan bu jarayon ham notugri bo‘lishi mumkin.
Misol: otlarga antigelmintik berish uchun 1 kg tirik og‘irligiga 0:1 fenotiazin
beriladi. Agar otning tirik ogirligi 700 kg bo‘ladigan bo‘lsa fenotiazinning dozasi
70.0 bo‘lib ot uchun zaharli bo‘ladi.
Mayda otlarga (250 kg) doza 0.25 bo‘lib ta’sir kilmaydigan bo‘ladi. Bundan
ko‘rinadiki, fenatiozinning dozasini 1 kg tirik ogirligidan olib 30.0 kam 40.0
oshirmaslik kerak. Veterinariya qo‘llanmalarida ko‘rsatilgan dozalar urg‘ochi mollar
uchundir. Erkak mollar urg‘ochi mollardan katta bo‘lganligi uchun dozalarni 10.25
% ko‘proq olish kerak. Yosh va qari mollar moddalarning zahariga sezgir
bulganliklari uchun ularni ham dorilarining dozasini kamaytirib berish kerak.
Ushanga uxshab kasal va arik mollarga ham dozalarning pasaytirib berish kerak.
Dorivor moddalarni davolash ta’sirida fakat ulari erib, qonga o‘tgandan keyingina
boshlanadi. Qonga kancha tez utadigan bulsa, shunga karab dorilarni og‘izdan,
qonga, teri ostiga va boshqa usulda beriladi. Agar og‘izdan berilgan dori moddani 1
deb xisob qilganda, boshqa usulda berilgani qo‘yidagicha dozada bo‘lar edi.
og‘izdan
1 doza vena ichiga
1-4 doza
Rektal
1. 1-2, 2 doza muskul
orasiga
1-3, 1-2 doza
Teri ostiga
1-3, 1-2 doza traxeya
ichiga
1-4 doza
Dori moddalar ogirligiga qarab aniqlanadi, suyukliklarni hajmiga karab, shuni
esda tutish kerakki har xil suyuqlikning xajmiy og‘irligi bir xil bulmaydi.
Antibiotik, garmonlar bulsa T6 bilan dozalari aniqlanadi, chunki ularning
xajmi va ogirligi bilan aniqlab bulmaydi. 1 T6 penitsillin 50 ml bo‘lsada zolotistiy
stafilokokk mikrobning o‘sishini to‘xtatish miqdordadir.
Asosiy adabiyotlar:
3. Salimov Yu. “Veterinariya farmakologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Noshir
nashriyoti. Toshkent. 2019 yil.
4. Salimov Yu., Xoliqov A.A., Farmonov N.O., “Veterinariya farmakologiyasi”
fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. Papirus-
Samarqand nashriyoti. Samarqand 2021 yil
Qoʻshimcha adabiyotlar
1. Машковский М.Д. Лекарственние средства. Справочник. Колос. Москва.
1998 год.
2. Соколов В.Д. “Фармакология”. Учебник. Агропомиздат. Москва.. 2010
год.