DORI MODDALARNING ORGANIZMDAGI BIOTRANSFORMASIYASI
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
16,5 KB
DORI MODDALARNING ORGANIZMDAGI BIOTRANSFORMASIYASI
Reja:
1.Dorilarni organizmga yuborish yo‘llari.
2.Dorilarni dozalari. Dori dozalarining ahamiyati.
3.Dori moddalarning organizmdagi biotransformasiyasi.
Tayanch tushunchalar:
Dori moddalarning organizmdagi biotransformatsiyasi, dorilarni organizmdan
chiqish yo‘llari. Buyrak orqali, oshqozon-ichak yo‘li. Nafas organlari orqali, teri va
ter bezlari, orqali, sut bezlari orqali, sinergizm, potensiallash, antidotizm,
antagonizm
Dori moddalarning organizmdagi biotransformatsiyasi.
Dori moddalari organizmga yuborilgandan so‘ng turli xil ta’sirotlarga uchraydi:
dorilar
molekulalari
yuborilgan
joyida,
qonga
so‘rilganda,
organizmga
taqsimlanganda, organizmdan chiqayotganda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Dorilar
qonga tushgach qon oqsillari bilan bog‘lanadi va qon zardobida erigan holatda
bo‘ladi, aynan shu holatda dorilar organizm to‘qima va xo‘jayralariga o‘tadi.
Ko‘pchilik preparatlar xo‘jayra va to‘qimalarda tekis taqsimlanadi, boshqalari
esa o‘z yo‘lida barerlarga uchraydi. Har bir xo‘jayra har bir dori uchun o‘ziga xos
barerga (membrana) ega bo‘ladi. Bunday barerlar orqa miya kanaliga o‘tishda,
platssentadan homilaga o‘tish, tomirlar kapillyarlariga o‘tishda. To‘qimalarda
dorilarni o‘tishi va to‘planishi moddalarni to‘qimalar suyuqligida eruvchanligiga,
to‘qimalar ximiyaviy tuzilishi o‘xshashligiga, organlarda qon to‘planishi tezligiga
bog‘liq. Bunda adsorbsiya, diffuziya, osmos kapillyar kondensatsiya va boshqa
holatlar muhim rol o‘ynaydi.
Organizmda
dori
moddalari
murakkab
biotransformatsiya-o‘zgarishga
uchraydi, jumladan, ular parchalanadi, neytrallanadi, yangi birikmalarga aylanadi,
ba’zilari organizmdan o‘zgarishsiz chiqadi.
Organizmda dorilar turli yo‘llar bilan biotransformatsiyaga uchraydi:
-Oksidlanish (alkogol, alkoloidlar)
-Gidroliz (glikozidlar parchalanishi)
-Atsetillanish (sulfanamidlar parchalanishi)
-Demetillanish
-Kondensatsiya
Dorilarni organizmdan chiqish yo‘llari.
Dorilar organizmga tushgach to‘liq yoki qisman buziladi, lekin ko‘pchiligi
buzilmasdan yoki har xil birikmalar xolida organizmdan chiqib ketadi.
Dorilar organizmdagi tashqi sekretor faoliyatga ega organlar yordamida
tashqariga chiqariladi.
Agar
dorilar
to‘qimalarda
qanchalik
ko‘p adsorbsiyalangan
bo‘lsa,
organizmdan shuncha sekin chiqib ketadi. Dorilarni asosiy qismi organizmdan 1 chi
3-5 soatda, qolgan qismi bir necha kun davomida chiqib ketadi.
1.Buyrak orqali. Siydik bilan turli tuzlar, og‘ir metall tuzlari, alkoloid va
glikozidlar, yog‘lar, terpenlar va boshqalar chiqib ketadi. Ba’zi dorilar buyrak orqali
ajralib davolovchi (urotropin) ta’sir etishi mumkin.
2. Oshqozon-ichak yo‘li. So‘lak bezlari bilan yoditlar, bromidlar, og‘ir metall
tuzlari ajraladi. Oshqozon-ichak kanali orqali margumush preparatlari, og‘ir metall
tuzlari, aromatik birikmalar, Ca, Mg, alkoloidlar ajraladi.
3.Nafas organlari orqali uchuvchan gaz va par holatidagi moddalar (efir, efir
moylari, ammoniy xlorid) ajraladi. Nafas organlarida qon bilan ta’minlanish yaxshi
bo‘lganligi uchun dorilar tez ajraladi
4. Teri va ter bezlari orqali og‘iz metallar, galoidlar, margumush, fenol,
salitsilat va boshqalar ajraladi.
5.Sut bezlari orqali laktatsiya davrida antibiotiklar, og‘ir metallar, margumush
preparatlari insektitsidlar ajraladi.
Dori moddalarni birga qo‘llagandagi ta’sirlari.
Amaliyotda hayvonlarni davolash uchun bitta emas, bir nechta dori moddalari
bir vaqtni o‘zida qo‘llaniladi.
Bitta dori qo‘llansa, kerakli natija olib bo‘lmaydi, shuning uchun yuqori
terapevtik natija olish uchun dorilar bir biriga qo‘shib qo‘llaniladi. Bunda
organizmda sinergizm yoki antagonizm holatlari ro‘y beradi.
1. Sinergizm – bir necha dorilar birga qo‘shib qo‘llanilganda yuqori davolovchi
natija beradi. Sinergizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bo‘lishi mumkin, bunda
dorilar bitta organ yoki sistemaga ta’sir qiladi. Masalan: xloralgidrat bilan alkogolni
narkotik ta’siri, bular bir nerv xo‘jayralariga ta’sir qiladi. Bilvosita sinergizm –
bunda dorilar bir-birini ta’sirini har xil sistema yo organ orqali bo‘ladi. Masalan:
Atropin va adrenalin ta’siri ko‘z qorachig‘iga.
2.Potensiallash Dorilar birga qo‘llanilganda natija kutilgandan yuqori bo‘lishi
mumkin. M: aminazin bilan narkoz chaqiruvchi moddalarni birga qo‘llaganda.
3. Antidotizm – dori moddalari bilan zaharlanganda zaharlanishga qarshi
qo‘llaniladigan ximiyaviy moddalarni qo‘llash.
4. Antagonizm – dorilarni qarama qarshi ta’siri bo‘lib, bir dori ikkinchisini
ta’sirini yo‘q qiladi. Antogonizm ikki xil bo‘lishi mumkin. a) Ikki tomonlama
antogonizm – bunda ikki modda ham bir xil ta’sir qo‘chiga ega bo‘ladi. M: xloral
gidrat va strixnin ta’siri. Har ikkalasi ham bir birini ta’sirini susaytiradi. b) Bir
tomonlama antogonizm – bunda qarama qarshi ta’sirga ega dorilardan bittasi kuchli
ta’sirga ega bo‘ladi. M: Arekolin va atropinni qarama qarshi ta’siri. Arekolinni
ta’sirini atropin susaytiradi. Lekin atropin ta’sirini arekolin susaytira olmaydi.
Dorilarni takror qo‘llaganda ta’sir xususiyatlari.
Dori moddalari takror-takror yuborilsa, ularni ta’siri zo‘rayishi yoki susayishi
mumkin.
1. Uzoq muddat mobaynida takror yuborilgan dori moddalarini shifobaxsh
ta’siri susayishi – organizmni unga moslashib qolishi yoki tolerantlik deyiladi.
Masalan: antibiotiklarga mikroblarni o‘rganib qolishi yoki ayrim uyqu va surgi
dorilarga o‘rganib qolishi yoki cho‘chqalalar uzoq vaqt tetratsiklin berilib, keyin
to‘xtatilsa ular kasallangan.
2. Ba’zi holatlarda dori moddalari takror yuborilganda hayvonlarni reaksiyasi
doriga nisbatan susayishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Bunga taxifilaksiya
deyiladi. M: qon bosimi tushganda, efedrin yuborilsa, qon bosimi ko‘tariladi, 5-10
min. Keyin yuborilsa, uni ta’siri birinchisiga nisbatan kamroq bo‘ladi.
3. Idiosinkraziya – organizmni ba’zi dori moddalariga sezuvchanlikni oshishi.
Bu holat dori moddalariga moslashishiga qarshi holat.
4. Sensibilizatsiya – organizmga dorilar qayta-qayta yuborilganda organizmni
sezuvchanligini oshib ketishi. Idiosinkraziya birinchi yuborilganda paydo bo‘ladi.
5. Kumulyasiya – dori moddalarni takror-takror yuborilganda organizmda
to‘planib qolishi.
Material kumulyasiya – dori qayta yuborilganda organizmda sekin parchalanadi
va sekin chiqishidan hosil bo‘ladi.
Funksional kumulyasiya – dori qayta yuborilganda organizmdan tez chiqib,
lekin ta’siri uzoq qoldirishidan hosil bo‘ladi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar»
Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent
1996 y.