Dori shakllari. Eritmalarni tayyorlash texnologiyasi.
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
25,8 KB
Dori shakllari. Eritmalarni tayyorlash texnologiyasi.
Darsning maqsadi va utkazish usuli:
1. Dori shakllari, necha xilda bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish
va ularni tayyorlanish texnologiyasini urganish.
2. Eritmalar va erituvchilar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni yozib olish. Kuchli
eritmalarni suyultirish usulini urganish.
3. Natriy xlorning 0,9 foizli 100 ml miqdoridagi eritmasini laboratoriya
sharoitida tayyorlashni urganish.
4. Retseptlar yozish.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar: Dori shakllari yozib kursatilgan
jadval, natriy xlor kukuni, distillangan suv, tarozi va uning toshlari, suzgich qog‘oz,
sterilizator, suyuqliklarni ulchash va aralashtirish uchun maxsus silindr va kolbalar,
yorliq (etiketka).
Asosiy tushunchalar. Dori vositalari hayvonlar kasalliklarini davolash
maqsadida qo‘llaniladi. Ularni organizmga yuborish qulay bo‘lishligi va ta’sir
xususiyatlarini to’liq namoyon bo‘lishligi uchun u yoki bu shakllarda tayyorlanadi.
Farmasevtika zavodlarida hamda maxsus dorixonalarda dori vositalari har xil
shakllarda ishlab chiqariladi.
1. Suyuq shakldagi dori vositalari (eritmalar - miksturalar, emulsiyalar,
damlamalar, qaynatmalar).
2. Yumshoq shakldagi dori vositalari (maz, - pastalar, linimentlar, atala)
3. Qattiq shakldagi dori vositalari (tabletkalar, - kukunlar, yig‘malar, briketlar,
xab dorilar, pilyulalar).
4. Aerozol (gazsimon) shakldagi dori vositalari.
Suyuq shakldagi dori vositalari:
Eritmalar (Solutiones) – tarkibida bir xil kimyoviy tarkibga va fizikaviy
xolatlarga ega, teng qismlardan iborat bo‘lgan ikki yoki bir nechta dori moddalarini
erituvchida eritish yuli bilan olinadigan cho‘kmasiz, yod zarrachalarsiz bir xil
ko‘rinishdagi tiniq suyuqlik. Eritmalar tarkibi ikki vositadan kam bo‘lmagan, biri
erituvchi hamda eruvchilardan iborat bo‘ladi.
Amaliyotda kuproq erituvchi sifatida suv, bazida spirtlar, moylar, yog‘lar va
boshqa suyuqliklar ishlatiladi. Eritmalar veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilib
birinchidan tashqi tomondan (ko‘zga tomizish, teri yuzasiga, shilimshiq pardalarga,
yaralarga), enteral (per os,per rectum), parenteral (arteriya va vena qon tomirlari
ichiga, muskul orasiga, teri ostiga, traxeyaga va xoqoza). Ikkinchidan, ularni qattiq
shakldagi (furosillin), yumshoq (ixtiol), gazsimon (farmaldegid) shakldagi dori
vositalaridan ham tayyorlash mumkin.Uchinchidan, eritmalar tayyorlash tez va
qulay, aniq dozalarda, erituvchi eruvchi ta’sir xususiyatlarini uzgartirmasligi,
organizmda dori ta’siri tezda va to‘liq namoyon bo‘lishi hamda turli xil hayvonlarga
qo‘llash mumkin ekanligidadir.
Eritmalar tayyorlashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan erituvchilar ro‘yxati
Jadval 6
T/r
Erituvchilar nomlari
Lotincha nomlanishi
Tayyorlangan dori
vositalarni
organizmga yuborish
yo‘llari.
1.
Oddiy ichimlik suvi
Aqua fontana
Tashqi tomonga
2.
Qaynoq suv
Aq.cocta
Ichga va tashqi
3.
Distillangan suv
Aq.destillata
Ichga va tashqi
4.
Ikki marta distillangan suv
Aq.bidestillata
Inyeksiya qilish
5.
Etil spirti 20-33%
Spiritus aethylicus
Vena qon tomiri ichiga
Etil spirti 20%
Spiritus aethylicus
Ichga ichirish
Etil spirti 70%
Spiritus aethylicus
Tashqi tomonga
6.
Etilli efir
Aether aethylicus
Tashqi tomonga va
ingalyasiya uchun
7.
Vazelin moyi
Oleum Vaselini
Tashqi tomonga
8.
Shaftoli moyi
Oleum Persicorum
Inyeksiya qilish (teri
ostiga
va
muskul
orasiga)
9.
Bodom moyi
Oleum Amygdalazum Inyeksiya qilish (teri
ostiga
va
muskul
orasiga)
10.
Zaytun moyi
Oleum Olivarum
Tashqi tomonga
11.
Kungaboqar moyi
Oleum Helianthi
Tashqi tomonga
12.
Zig‘ir moyi
Oleum Lini
Tashqi tomonga
13.
Kana kunjut moyi
Oleum Ricini
Tashqi tomonga
Bundan tashqari amaliyotda teri parazitlariga qarshi qo‘llash uchun eritmalar
tayyorlashda, erituvchi sifatida solyarka moyi, kerosin va benzin ham ishlatilishi
mumkin.
Eritmalar qo‘llanilishiga qarab 3 guruxga bo‘linadi:
1) Ichga qabul qilish uchun
2) Inyeksiya qilish uchun
3) Tashqi tomonga qo‘llash uchun
- Ichga qabul qilish uchun tayyorlangan eritmalar retseptlarda divizion usulda
dozalarga bo‘linmagan xolatida yozib beriladi.
Rp.: Calcii chloridi – 15,0
Aquae destillatae - 150 ml
M.f. solutio
D.S. Ichga, kuniga 1 osh qoshiqdan 3 maxal.
#
yoki Rp.: Solutiones Calcii chloridi
10% - 150 ml
D.S. Ichga, kuniga 1 osh qoshiqdan 3 maxal
- Inyeksiya qilish uchun tayyorlangan eritmalarni asosiy xususiyatlaridan biri,
aniq dozalangan va sterillangan bo‘lishligidir. Bunday eritmalar shpris va igna
yordamida, teri ostiga, muskul orasiga va vena qon tomiri ichiga, kamdan-kam
xollarda arteriya qon tomiri va Yurakka yuborilishi mumkin.
Misol uchun: Itga galantamin gidrobromidning 0,001 g. dozada, teri ostiga 10
ta inyeksiya qilish uchun retsept yozish kerak. Dorini dozalash usuli asosan 0,001 x
10= 0,01g, Erituvchi – distillangan suv, hajmi 1ml. Shuning uchun 10 marta yuborish
uchun 1ml x 10= 10ml
Rp.: Galanthamini hydrobromidi – 0,01
Aq. destillatae – 10 ml
m.f. Solutio. Sterillis
D.S. Teri ostiga 1 mldan kuniga 2 maxal.
#
Agar ofisinal usulda bo‘lsa
Rp.: Sol. Galanthamini hydrobromidi
sterilyeisatae
0,1% - 10ml
D.S. Teri ostiga, 1 mldan kuniga 2 maxal.
-Tashqi tomonga qo‘llanish uchun tayyorlanadigan eritmalar retseptda ko‘p
miqdorlarda yozib kursatiladi. Bunday eritmalarni xirurgik asbob uskunalarni
zararsizlantirish, xonalarni dezinfeksiya qilish va yallig‘lanishlarda tana bo‘shliqlari
va yuzasini yuvish uchun qo‘llaniladi.
Misol uchun:
Rp.: Solutiones Kalii permanganatis 1:1000 – 500 ml
D.S. Og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish uchun.
#
Rp.: Chloramini B – 1,0
Aq. destillatae ad – 100 ml
m.f. solutio
D.S. tashqi tomonga.
Misol uchun: Kaliy permanganatning 1:1000 (0,1%) nisbatdagi eritmasini 1
litr miqdorida yarani bir marta yuvish uchun sarflansa 5%li eritmadan qancha
olinadi.
Qo‘llaganda, bir marta yarani yuvish uchun 1 litr sarflansa
eritmani talab etilgan miqdori (ml)X kerakli foiz miqdori
-------------------------------------------------------------------------------------- =
bor bo‘lgan foiz miqdori.
1000 ml · 0,1%
----------------------- = 20 ml
5 %
Shundan kurinib turibdiki 1 litr kaliy permanganatning 1:1000 (0,1%)
nisbatdagi 1 litr eritmasini tayyorlash uchun uning 5%li eritmasidan 20 ml olish
kerak ekan.
Topshiriq : – Laboratoriya sharoitida natriy xlorning 0,9 foizli sterillangan
100 mlli eritmasini tayyorlang va retsept yozing.
0,9 % li 100 ml sterillangan natriy xlorid eritmasini tayyorlash.
Topshiriqni bajarish tartibi.
1. Hamma bajariladigan ishlar aseptika qoidalari asosida bajarilishi shart.
2. Tarozi pallasi ish xolatiga keltiriladi.
3. Tarozida 0,9 gramm natriy xlorid kukunidan tortib olinib, toza shisha silindr
(menzurka)ga solinadi va 100 mllitr distillangan suv ulchab solinadi, silindr
yengil xarakatlantirilib natriy xlorid eritiladi.
4. Toza quygich olinadi, uni ichki devori distillangan suv bilan yuviladi va
paxtali suzgich (filtr) quyiladi, uning ustidan qog‘oz suzgich joylashtiriladi.
5. Yana boshqa toza shisha idish olinadi, suzgichlar joylashtirilgan quygichdan
eritma quyilib suzgichdan utkazib tozalanadi.
6. Yana toza idish olinib, suzgichli quygich urnatilib, eritma 2-chi marta
tozalanadi.
7. Tozalangandan so‘ng shisha idish og‘zi tiqin bilan berkitiladi va eritma
tozaligi tekshiriladi. Agar notozalik aniqlansa qayta suzgichdan utkaziladi.
8. Tekshiruvdan keyin shisha idishdagi eritma 30 daqiqa davomida
sterilizatorda qaynatiladi.
9. Eritma sovutilib maxsus idishga solinib unga yorliq (etiketka) yozilib
yopishtiriladi.
Retsept yozish:
Samarqand shahar, hayvonlar kasalliklariga
qarshi kurashish stansiyasi. S.Ayni ko‘chasi 11 uy
15
20 ------------ 15
I
Buzoq, qora-ola 10 oylik, egasi Hamidov N, Isoqov ko‘chasi 21 xona.
Vetvrach Xoliqov A.
Rp.: Natrii chloridi – 0,9
Aquae destillatae – 100 ml
m.f. Solutio/ Sterilisata
D.S. Vena qon tomiri ichiga 1 marta yuborish uchun.
#
Shu eritma tayyor xolatda bo‘lsa retsept quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
Rp.: Solutiones Natrii chloridi 0,9 % - 100 ml
D.S. Vena qon tomiri ichiga 1 marta yuborish uchun