DUKKAKLI DON EKINLAI
Reja.
1. Dukkakli don ekinlari to‘g‘risida ma’lumot.
2. Soyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari.
4. Ko‘k no‘xat (rus no‘xati)ning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva
biologik xususiyatlari, ekish muddatlari .
5. No‘xatning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari .
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Dukkakli don ekinlari dehqonchilikda uchta
asosiy vazifani: o‘simlik oqsili masalasini, don yetishtirishni ko‘paytirishni va
tuproq unumdorligini oshirishni hal etishga yordam beradi.
Dukkakli don ekinlari oqsilning miqdori bilan emas, balki ularning sifati bilan
ham farq qiladi. Dukkakli ekinlarning doni mollar uchun qimmatli konsentrat oziq
hisoblanadi, pichani, silosi va ko‘kati juda to‘yimli bo‘ladi. Dukkakli don
ekinlarining urug‘i, poyasi va bargida donli ekinlarinikiga qaraganda 2-3 baravar
ko‘p oqsil bo‘ladi. Shuning uchun yem-xashakning oqsil tarkibini yaxshilash
maqsadida dukkakli don ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. Soya va
lyupin urug‘ida oqsil ayniqsa ko‘p 30-50% bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining poxoli
va to‘ponida 8-14% gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-4% oqsil bo‘ladi. Ba’zi
dukkakli don ekinlarining urug‘ida odam va hayvonlar uchun zarur bo‘lgan barcha
aminokislotalar, shu jumladan, zaruriy aminokislotalar bo‘ladi (lizin, metionin,
triptofan). Urug‘i tarkibida zaruriy aminokislotalarning miqdori va ularning
nisbatiga ko‘ra, soya birinchi o‘rinda turadi. Dukkakli don o‘simliklari tarkibidagi
oqsil miqdori ularning navi, tuproq-iqlim sharoitiga va agrotexnikaviy
xususiyatlariga juda bog‘liq bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘ida va ayniqsa
vegetativ organlarida vitaminlardan (A, V, V2, S) ham bo‘ladi. Dukkakli ekinlarning
agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko‘p miqdorda organik moddalar
to‘playdi, dehqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi va ularning ayrimlari (lyupin,
no‘xat va xashaki dukkaklilar) qiyin eriydigan fosfatlarni o‘zlashtiriladigan shaklga
aylantiradi.
Dukkakli o‘simliklar ildizlaridagi tuganaklarida bo‘ladigan tuganak
bakteriyalar yordamida atmosfera azotini biriktirib olib, azot bilan tuproqni boyitadi.
M.V.Fedorov ma’lumotlariga ko‘ra, lyupin 400 kg gacha, beda 150 kg,
yung‘ichqa 130 kg, no‘xat va vika 100 kg, soya 150 kg atmosfera azotini
o‘zlashtiradi.
Dunyo dehqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mlngektar atrofida ekiladi.
Dukkakli don ekinlari Hindiston, Xitoy va Amerikada keng tarqalgan.
Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 ming ga atrofida ekiladi.
O‘zbekistonda ko‘proq mosh, jaydari no‘xat, soya, oddiy no‘xat, loviya ekiladi.
Dukkakli don ekinlarining botanik xususiyatlari. Dukkakli don ekinlari
bargining tuzilishiga ko‘ra 3 ta kichik guruhga bo‘linadi.
1. Patsimon bargli o‘simliklar (ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, no‘xat,
dukkaklar).
2. Uchta bargli o‘simliklar (loviya, soya).
3. Panjasimon bargli o‘simliklar (lyupin).
Bu guruhdagi o‘simliklar dastlabki o‘sish xususiyatiga va shunga muvofiq
agrotexnikaviy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchi guruhga
kiruvchi o‘simliklar urug‘palla ustki bo‘g‘imi (epikotil) hisobiga o‘sadi va shuning
uchun urug‘pallasini tuproq yuzasiga olib chiqmaydi. Ularni urug‘ini ancha chuqur
ekish va maysalar paydo bo‘lgach hamda paydo bo‘lgandan keyin boronalash
mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh o‘simliklari dastlab urug‘palla ostki bo‘g‘imi
(gipokotil) ning cho‘zilishi tufayli o‘sadi va urug‘pallasini tuproq yuzasiga olib
chiqadi. Ular urug‘ini birmuncha yuza ekish va faqat maysa chiqargandan keyin juda
ehtiyotlik bilan baronalash mumkin.
Dukkakli don ekinlarining ildiz sistemasi yerga 2 metr gacha chuqur kiradigan
asosiy o‘q ildizdan va tarmoqlangan yon ildizchalardan iborat. Dukkaklilar ildizida
seziladigan shish, ya’ni tuganaklar bo‘lib, ularda havo azotini o‘zlashtiruvchi
bakteriyalar joylashadi.
Dukkakli don ekinlari poyasining mexanikaviy mustahkamligi turlicha
bo‘ladi. No‘xat, dukkaklar, lyupinda, loviya va soyaning buta shaklidagi
shakllarining poyasi vertikal holatda bo‘ladi. Ko‘k no‘xat, vika, burchoq, yasmiq va
loviyaning poyasi yetilish vaqtiga kelib yotib qoladi. Bunday hol sodir bo‘lmasligi
uchun dukkakli don ekinlari ko‘pincha poyasi pishiq boshqa ekinlar bilan qo‘shib
ekiladi, shunda ular gajaklari bilan o‘sha ekinlarga chirmashib o‘sadi.
Dukkakli don ekinlarining gullari kapalaksimon bo‘lib har xil (oq, pushti,
qizil, binafsha) rangdagi 5 ta gultoji bargidan iborat. Ustki gultoji bargi yirik bo‘lib
yelkan, pastki 2 tasi birlashgan-qayiqcha, yonidagi 2 tasi qanotga o‘xshash yoki
eshkak deb ataladi. Har qaysi gulda 10 tadan changchisi va 1 ta urug‘chi bo‘ladi.
To‘pguli shingil yoki boshchaga o‘rnashgan. Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat
hollarda barg qo‘ltiqlarida, 1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shaklidagi
gul to‘plam hosil bo‘ladi.
Mevasi har xil kattalikda, shakli ham har xil dukkak, har bir dukkakda 1 ta
yoki bir nechta urug‘ bo‘ladi. Urug‘larining shakli, rangi, kattaligi ham har xil, 1000
ta urug‘ining og‘irligi 40 g-1,500 g keladi. Urug‘i ikki palladan iborat bo‘lib, ustki
qismi po‘st bilan o‘ralgan.
Biologik xususiyatlari. Dukkakli don ekinlari vegetatsiya davrining
uzoqligiga qarab 2 guruhga, vegetatsiya davri qisqa va uzoq bo‘lgan o‘simliklarga
bo‘linadi.
Birinchi guruhga-ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq:
Ikkinchi guruhga-xashaki dukkaklar, no‘xat, loviya, soya kiradi.
Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari ham bo‘ladi. Dukkakli
don o‘simliklarining o‘sishning turli davrlarida temperaturaga talabi turlicha bo‘ladi.
Ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq sovuqqa ancha chidaydi. Ularning maysasi 4-50 C
dayoq paydo bo‘ladi. Bular erta ekiladigan ekinlardir. Lyupin, xashaki dukkak va
no‘xatga ancha ko‘proq issiq zarur (bular o‘rta muddatda ekiladigan ekinlardir).
Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simliklar bo‘lib, ularning maysalanishi uchun
temperatura 10-130 C bo‘lishi kerak. Bular kech ekiladigan ekinlardir.
Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab
qiladi. Masalan: urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 110-140% nam
talab qiladi, transpiratsiya koeffitsiyenti 400-800 gacha o‘zgarib turadi. Soya,
xashaki dukkaklar va lyupin namga juda talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ular nam
yetarli bo‘lgan hududlarda ekiladi. No‘xat va burchoq qurg‘oqchilikka chidamli
ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko‘k no‘xat va loviyaning ba’zi navlari ham
qurg‘oqchilikka chidaydi.
Yorug‘likka talabiga ko‘ra dukkakli don ekinlari 3 guruhga bo‘linadi:
1. Uzun kun o‘simliklari-ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, lyupin va xashaki
dukkaklar. Yorug‘ kun uzayishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi.
2. Qisqa kun o‘simliklari-soya va loviya (moshning ba’zi turlari). Yorug‘ kun
qisqarishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi.
3. Neytral o‘simliklar-loviya va no‘xatning ko‘p navlari.
Yuqorida aytilgan ta’rifga ko‘ra shimolga tomon dukkakli don ekinlaridan
no‘xat va vika birmuncha janubga tamon yasmiq ekish mumkin.
Tarkibida yetarli miqdorda R, K va Sa bo‘lgan kuchsiz kislotali yoki neytral soz
va qumloq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi. Juda
sernam, sizot suvlari yuza joylashgan va yengil qumoq tuproqli yerlar dukkakli don
ekinlari uchun yaroqsiz bo‘ladi. Lyupin bundan mustasno, u kislotali va qumli
tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi, lekin tuproqda ohak ko‘p bo‘lishi unga salbiy ta’sir
etadi. Qumli tuproqli yerlarda yem-xashak uchun ko‘k no‘xat ekish ham mumkin.
Asosiy o‘g‘it sifatida dukkakli don ekinlariga fosfor va kaliy solinadi. Ular
o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga azot to‘plovchi bakteriyalar
faoliyatini kuchaytiradi.
Azotli o‘g‘itlarni dukkakli don ekinlariga solish mumkin emas, chunki
ularning o‘zi havo azotini o‘zlashtiradi, solingan azotli o‘g‘itlar azot fiksatsiyasini
bo‘shashtiradi deb hisoblanar edi. Lekin keyingi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar
dukkakli don ekinlari azot fiksatsiyalash xususiyatiga qaramasdan, ildizida
tuganaklar hosil bo‘lguncha dastlabki o‘sish davrida kichikroq dozada azotga
(gektariga 30 kg) talabchan bo‘ladi deb hisoblaydilar. Lekin bu masala dukkakli don
ekinlarini yetishtirish sharoiti va tuproqning unumdorligini hisobga olgan holda
ko‘rib chiqiladi.
Soya
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Soya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada,
konserva tayyorlashda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Donining tarkibida 30-52%
oqsil, 17-27% yog‘, 20% uglevod bor. Kulida kaliy, fosfor, kalsiy ko‘p bo‘ladi. Soya
diabet bilan kasallangan bemorlar uchun parhez taom sifatida tavsiya etiladi. Soya
donining asosiy oqsili glitsin bo‘lib, parchalanganda go‘sht aminokislotalariga
tenglashadigan aminokislotalar hosil bo‘ladi. Soya tarkibida glistin aminokislotasi
borligi uchun sut va va qatiq mahsulotlarini qayta ishlashda achitqi sifatida
foydalaniladi. Soya donidan yog‘, margarin, sut, un, qandolat mahsulotlari va
konserva tayyorlanadi. Moyi lak bo‘yoq sanoatida, bo‘yoq ishlab chiqarishda
ishlatiladi. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40% ni soya
moyi tashkil etadi.
Soyaning vatani-janubiy-sharqiy Osiyo bo‘lib, Xitoyda, Hindistonda, Koreya,
Indoneziyada ko‘p tarqalgan. Yer yuzida don dukkakli ekinlari orasida birinchi
o‘rinni egallaydi va 73,5 mln. gektar ko‘proq maydonga ekiladi. O‘zbekistonda bu
ekinga endi e’tibor berilmoqda. 1998 yili 10 ming ga maydonga ekilgan. O‘zbekiston
sharoitida soyadan gektariga 15-40 ts don hosili olinadi.
Botanik xususiyatlari. Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L avlodiga kiradi.
Dehqonchilikda soyaning bitta madaniy turi -Glycine hispida Max ekiladi. Bu
madaniy tur 4ta kenja turga bo‘linadi: 1)Koreya turi,2) Manjuriya turi, 3)Hind turi,
4)Xitoy turi.
Soya bir yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasi dag‘al, yashil tusda, poyasining
diametri 4-22 mm, usti tukli, baquvvat, tik o‘sadi, sershox bo‘ladi. Bo‘yi 1,5 m gacha
yetadi. Ildizi o‘q ildiz tuproqqa 1,5-2,0 metrgacha chuqur kirib boradi. Ildizida
tuganaklar rivojlanadi. Barglari uchtali, toq patsimon, yon barglari mavjud. Barg
shapaloqlari yirik, keng, urug‘i har xil shaklda va kattalikda. Bargning yuzasi silliq
yoki burishgan bo‘ladi. Gul to‘plami barg qo‘ltiqlarida joylashgan, ko‘p gulli, 13-20
ta guli bor. Guli mayda oq yoki och binafsha rangda. Dukkaklari turli shaklda, 1-5
tagacha urug‘i joylashgan bo‘ladi. Bitta tup o‘simlikda dukkakning soni navning
xususiyatiga, tuproq iqlim sharoitiga bog‘liq holda 10-35 tagacha bo‘lishi mumkin.
Urug‘i jigarrang, qora, yashil, sariq ranglarda bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining vazni 400-
520 gr gacha bo‘ladi. Urug‘ining uzunligi 5-17 mm, eni 4-9 mm, qobig‘i silliq,
yaltiroq yoki xira bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Soya-issiqsevar o‘simlik. Urug‘ining unib chiqishi
uchun minimal temperatura 80 C bo‘lishi kerak. Maysalari 2-30 C gacha sovuqga
chiday oladi. Muqobil harorat 20-220 . Vegetatsiya davri 100 dan 160 kungacha
davom etadi. Soya namga juda talabchan. Transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600 ni
tashkil etadi. Yorug‘sevar qisqa kun o‘simlik. Soya kislotali, kuchsiz sho‘rlangan,
botqoqlangan tuproqlardan boshqa yerlarda o‘saveradi. Tuproqning optimal pH 6,5-
7,0 ga teng. Soya bahorgi bug‘doy, suli, sholi va boshqa ekinlar uchun yaxshi
o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘zbekistonda soyaning Orzu, Do‘stlik, O‘zbekiston-2,
O‘zbekiston-6 navlari ekiladi.
Soya g‘o‘za, sholi, makkajo‘xori, jo‘xori, kanopdan bo‘shagan yerlarga
ekiladi. Yerni haydash chuqurligi 22-25 sm bo‘ladi. Erta bahorda borona qilinadi va
ekish vaqtigacha kultivatsiya yoki chizel ishlatiladi.
O‘g‘itlash. Gektariga 10-15 t. go‘ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy solinadi.
Ekishdan oldin 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NRK va o‘suv davrida
30-50 kg fosfor solinadi.
Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60, 70 sm,
o‘simlik orasi 3-5 sm qilib ekiladi. Ekish meyori 350-500 ming dona urug‘ yoki 60-
100 kgga urug‘ ekiladi. Ekish uchun urug‘ saralanadi, bir tekis, toza, unuvchanligi
davlat andozalariga javob berishi lozim. O‘suv davrida qator orasiga ishlov beriladi.
3-5 marotaba sug‘oriladi. Hosil don kombayinida yig‘ib olinadi.
Loviya
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Loviya qadimgi va qimmatli oziq-ovqat
o‘simligi hisoblanadi. Mayda donli loviya O‘rta va Kichik Osiyoda, yirik donli
loviya Markaziy va Janubiy Amerkadan kelib chiqqan. Bu ekinlar Hindiston va
Pokistonda ko‘p ekiladi, shuningdek Italiya, Frantsiya, Meksika va Braziliya va
boshqa bir qancha mamlakatlarda ekiladi. Uning doni oziq-ovqat sifatida, pishmagan
dukkaklari konserva sanoatida ishlatiladi. Urug‘i tez pishadi, yaxshi xazm bo‘ladi.
To‘la pishmagan dukkaklari tarkibada 18% oqsil, 2% qand bo‘ladi. Uning to‘liq
pishgan doni tarkibida esa 28-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% kraxmal, 2,3-37,1%
kletchatka, 3,1-4,8% kul moddasi bo‘ladi, vitamin-V, turli mineral tuzlar va ovqat
hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. Barglaridan limon
kislota va tibbiyot preparatlari olinadi. Yashil o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin.
Loviyadan faqat oziq-ovqat sanoati va tibbiyotdagina emas, balki chorvachilikda
ham keng foydalaniladi. Loviyaning ko‘k poyasi tarkibida oqsil moddasi ko‘p.
Loviya yer yuzida 16 mln. ga yerga ekiladi, hosildorligi gektariga 15-20 s ga
teng.
O‘zbekiston
o‘simlikshunoslik
institutining
ma’lumotlariga
ko‘ra,
sug‘oriladigan maydonlarga may oyida ekilganda hosildorlik 30 ts gacha yetadi.
Botanik xususiyatlar Loviya Phaseolus L avlodining Fabaceae oilasiga
mansub bo‘lib, o‘z ichiga 150 dan otriq turlarni qamrab olgan bir yillik o‘tsimon
o‘simlik hisoblaninadi. Bu turlar tropik va subtropik mintaqalar - AQSH, Osiyo,
Afrikada tarqalgan. Ildizi o‘q ildiz, 1,5-2 m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida
tuganak bakteriyalari uchraydi. Loviyaning yon ildizchalari ham kuchli rivojlangan
bo‘lib, asosiy massasi tuproqning 40 sm chuqurligida joylashadi. Loviyaning
barglari uchtalik yo uch qo‘shaloq bo‘ladi. Barg bandi barg plastinkasidan kaltaroq,
ba’zan unga teng bo‘ladi. Barg bandidagi bargchalari yirik, to‘q yashil rangda.
Loviyaning gullari shingil holatda bo‘lib, bir qo‘ltiqda 2-12 tagacha gul joylashadi.
Gullari yirik, oq yoki binafsha rangda bo‘ladi. Loviyaning dukkagi boshqa
o‘simliklar dukkagiga qaraganda eng yirigi hisoblanadi. Bir dona dukkagining ichida
5-12 tagacha urug‘lar uzunasiga joylashadi. Dukkagining tashqi ko‘rinishidan uning
ichidagi urug‘lar sonini bilish mumkin. Dukkagining sirti tekis, bir oz yaltiroq, uchi
ingichka ilmoqli bo‘ladi. Dukkaklar rangi oq va sarg‘ish. Loviya dukkaklari
pishgandan keyin poyasida uzoq turib qolsa (15-20 kun) chatnashi mumkin.
Urug‘ining shakli buyraksimon, ovalsimon, ellipssimon, yassiroq bo‘lib, hajmi
15mm ga yetadi. Rangi oq, urug‘ choki yaxshi ko‘rinib turadi. 1000 dona urug‘ining
doni 150-200 gr keladi. O‘zbekistonda loviyaning- Radost, Navro‘z, Qahrabo,
Pobeda-104 navlari ekiladi. Ekiladigan navlari ichida eng ko‘p tarqalgan turlari:
Oddiy loviya -Phaseolus vulgaris.
Ko‘p gulli loviya-Phaseolus multiflorus.
O‘tkir bargli loviya -Phaseolus acutifolius.
Oysimon loviya-Phaseolus lunatus.
Tilla rang loviya-Phaseolus aureus.
Tilla rang loviya O‘rta Osiyoda mosh deb yuritiladi.
Biologik xususiyatlari. Oddiy loviya issiqsevar o‘simlik. Uning urug‘i 100 C
da unib chiqadi. Bir oz sovuq (0,5-10 C) maysalarni urib ketadi. Namga talabchan.
Loviya yoruqqa talabchan, qisqa kun o‘simligi hisoblanadi. Soya joylarda ham
yaxshi o‘sadi. Tillasimon loviya (mosh) juda issiqsevar, issiqga va qurg‘oqchilikka
chidamli. Loviyaning o‘suv davri 75-120 kun. Loviya sizot suvlari yaqin joylashgan
og‘ir tuproqli yerlarda, shuningdek, sho‘rlangan va kislotali tuproqlarda yaxshi
o‘smaydi. U qora, qumoq, soz, bo‘z va boshqa xil tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,5-
7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi.
O‘g‘itlash. Loviya uchun kuzgi ekinlar yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.
O‘g‘itlarga talabchan. Go‘ng solingan yerlarda yaxshi o‘sadi. Fosforli o‘g‘itlar
gektariga 45-60 kg (sof holda) kaliyli o‘g‘itlar 30-45 kg solinadi. Kam unumdor,
noqoratuproq zonada azotli o‘g‘itlar gektariga 15-25 kg solinadi.
Loviya keng qatorlab, qator oralarini 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. Loviya aprel
va iyun oylarida ekiladi. Loviyaning hosili ekish muddatiga qarab yozning
o‘rtalarida yoki kuzda yetiladi. kombayinda yig‘iladi. Saqlashda namlik 12-14% dan
ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ko‘k no‘xat (rus no‘xati)
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Asosiy dukkakli don ekini hisoblanadi. Asosan
oziq-ovqat ekini sifatida ekiladi. Yashil dukkaklari (sabzavot navlari) konserva
sanoatida ishlatiladi. Donining tarkibida 26-30% gacha oqsil, 25-30% shakar,
vitaminlardan A, V, V2 va S va mineral tuzlar bo‘ladi.Silos bostirish va ko‘kat oziq
uchun ham ekiladi. Ko‘k no‘xat agrotexnikaviy ahamiyatga ham ega, u har gektar
yerdan kamida 50-70 kg azot to‘playdi. No‘xatni lalmikor yerlarda yetishtirish
mumkin. Respublikamizda o‘rtacha hosildorligi 10-14 sga. ni tashkil etadi.
Sug‘oriladigan yerlarda 20-40 s ga don, 350-450 s ga ko‘k massa hosili olinadi,
lalmi yerlardan o‘rtacha doni hosil 5-6 dan 10 sga cha, ko‘k massa hosili 60-70 s
ga.
Ko‘k no‘xatning kelib chiqish markazlari- old Osiyo va O‘rta Yer dengizi
sohillari hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha ko‘k no‘xatning umumiy ekin maydoni 15 mln
gektar atrofida. Hosildorligi 2-5 tga. O‘zbekistonda no‘xatni ekin maydoni katta
emas. Asosan sug‘oriladigan, qisman lalmikor yerlarda ekiladi. O‘zbekistonning
sug‘oriladigan maydonlarida ko‘k poyasidan 320-350 sga, donidan 25-28 sentner
hosil olinadi. Ko‘k no‘xat Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarda, AQSH, Kanada,
Xitoy, Hindiston va Ukraina, Rossiyada ko‘p tarqalgan.
Botanik xususiyatlari. Ko‘k no‘xatning Pizum sativum L madaniy turi
ko‘proq ekiladi. Bu tur bir nechta kenja turlarga bo‘linadi: 1) ekma ko‘k no‘xat, 2)
dala ko‘k no‘xati.
Ko‘k no‘xatning ildizi o‘q ildiz bo‘lib, pishiq rivojlangan va tuproqqa 1m
gacha kirib boradi. Ildizlarida tuganaklar shakllanadi. Poyasi o‘tsimon, ko‘amncha
yotiq holda o‘sadi, balandligi 250-300 sm. Poyasining o‘sishiga qarab, past bo‘yli
(50 sm), yarim past bo‘yli (51-80 sm), o‘rta bo‘yli (81-150) va baland bo‘yli (151-
300 sm) xillariga bo‘linadi. Poyada bo‘g‘inlar mavjud bo‘lib, shu bo‘g‘inlarda
barglar o‘sadi. Bo‘g‘in oraliqlari uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Barglari murakkab
shaklga ega. Ikki-uch juft bargcha va jingalaklardan iborat. Jingalaklari yordamida
ko‘k no‘xat tayanch o‘simlikka o‘raladi. Barglarining shakli ponasimon,
cho‘zinchoq, rangi yashil, srg‘ich yashil, to‘q yashil bo‘ladi. Gullari ikki jinsli, yirik,
barg qo‘ltiqlarida 1-3 ta bo‘lib, gulbandda joylashadi. Gultojisi kapalaksimonYU,
yelkani yirik, tuxumsimon, qanotlari cho‘zinchoq, qayiqchasi rangsiz. Gulining
rangi oq. Mevasi dukkak bo‘lib, dukkaklarida 3-12 tagacha urug‘ joylashadi.
Dukkagining uzunligi 3-15sm gacha bo‘ladi. Dukkaklari xanjarsimon va o‘roqsimon
shaklda bo‘ladi. Urug‘lari ko‘pincha yirik, yumaloq, burchakli bo‘ladi. Urug‘ining
yuzi silliq yoki burishgan bo‘ladi. Rangi oq, sariq, yashil, to‘q yashil, sarg‘ich
jigarrang, ayrim holda naqshli bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Ko‘k no‘xat eng ertapishar don ekini hisoblanadi.
Ko‘k no‘xat sovuqqa chidamli, ertapishar va yer tanlamaydigan ekin bo‘lib., uning
vegetatsiya davri 70-140 kunni tashkil etadi. Ko‘k no‘xat unib chiqayotganda va
hayotining birinchi davrida ildizi tez rivojlanadi, yer ustki qismi sekin o‘sadi. 5-8 ta
barg chiqarish fazasida ildizlarida tuganaklar shakllana boshlaydi. Ko‘k no‘xat uzun
kun, yorug‘sevar o‘simlik bo‘lib, urug‘i 4-50 C da unib chiqadi. Vegetativ
organlarining rivojlanishi uchun 12-160 talab qilinadi. Issiqlikni uncha talab
qilmaydi. Harorat 260 dan oshsa, hosilning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqori hosil yetishtirish uchun tuproqning optimal namligi dala nam sig‘imining 70-